Научная статья на тему '“SADDI ISKANDARIY” DAGI RAMZLARNING MA’NO QIRRALARI'

“SADDI ISKANDARIY” DAGI RAMZLARNING MA’NO QIRRALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
273
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
RAMZ / O‘Q / YOY / ULUG‘LIK / OMONAT / ADOLAT / GADO / IKKI SO‘NGAK / KAKLIK VA BOSHQALAR

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Otanazarova Sh.A.

Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodidagi yetakchi mavzulardan biri - adolat, shuningdek, odil shoh, ma’rifatli arbob, komil shaxs haqidagi ayrim mulohazalar, fikr-qarashlar ramziy obrazlar orqali tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MEANINGS OF THE SYMBOLS IN «SADDI ISKANDARII»

This article explores one of the leading themes in Alisher Navoi's work - justice, as well as, some opinions and views about a just king, an enlightened figure, a perfect person through symbolic images.

Текст научной работы на тему «“SADDI ISKANDARIY” DAGI RAMZLARNING MA’NO QIRRALARI»

Otanazarova Sh.A.

Urganch davlat universiteti talabasi

"SADDI ISKANDARIY" DAGI RAMZLARNING MA'NO QIRRALARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodidagi yetakchi mavzulardan biri - adolat, shuningdek, odil shoh, ma'rifatli arbob, komil shaxs haqidagi ayrim mulohazalar, fikr-qarashlar ramziy obrazlar orqali tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: ramz, o'q, yoy, ulug'lik, omonat, adolat, gado, ikki so'ngak, kaklik va boshqalar.

Otanazarova Sh.A.

student

Urganch State University THE MEANINGS OF THE SYMBOLS IN «SADDI ISKANDARII»

Abstract. This article explores one of the leading themes in Alisher Navoi's work - justice, as well as, some opinions and views about a just king, an enlightened figure, a perfect person through symbolic images.

Key words: symbol, arrow, bow, majesty, deposit, justice, gado, two stumps, partridge, etc.

O'zbek mumtoz adabiyotida ramziy ma'noga ega voqea-hodisalar, turli ashyolar ko'p bo'lib, ularning ba'zilari biror tushunchani ifodalasa, ayrimlari jumboq, sirli tilsim shaklida namoyon bo'ladi. Turkiy xalqlarda ayrim ashyolar ma'lum bir tushuncha, qarash, vosita sifatida qo'llanishi qadim davrlarga borib taqaladi. Masalan, turkiy xalqlarda yoy hokimiyat ramzi bo'lib, Saljuqiylar davlatining ramzi ham yoy edi. Yoki»osmon kamari" (kamalak) ham Tangrining bir yoyi kabi edi. O'q esa elchilik ramzi hisoblanadi. Bir joyga borgan elchilar ramz sifatida qo'llarida o'z hukmdorlarining o'qlarini olib borardilar.

Ozarbayjon olimi M.Sayidov ana shunday qarashlar o'g'uzlarda ham uchrashini ta'kidlaydi:»O'g'uz va o'g'uzlar ishonadilarki, yoy va o'q Tangri tarafidan yuborilgandir. O'g'uz deydiki, qadimgi insonlar yoyni — shox, o'qni esa elchi deb hisoblardilar " 22 Bugina emas, Osman Turanning fikricha,»yoy ulug'likni, hukmronlikni, mustaqillikni, o'q esa tobelikni, vassallikni bildirarmish" 23 Ayni paytda, yoy va o'q oila qurish, mustaqil uy sohibi bo'lish ramzi ekanligi ham ta'kidlanadi.24 Ko'rinadiki, o'q ham, yoy ham bir emas, bir

22 Sayidov M. Ozarbayjon mifik tafakkurining g'aynaklari. Boku, 1983. 272-bet.

23 O'sha asar. 272-bet.

24O'sha asar. 270-bet.

necha ramziy ma'noni ifodalaydi. Bu ma'nolar bir-biri bilan bog'liq, biri ikkinchisini to'ldiradi.

Yusuf Xos Hojibning»Qutadg'u bilig" asarida ham ramziy xarakterdagi bir necha o'rinlar uchraydi. Asardagi Oyto'ldining koptok ustida o'tirib, ko'zini yumib olishi, Kuntug'dining uch oyoqli kursida o'tirishi, qo'lidagi xanjar, o'ng tomonidagi shaker, so'l tomonidagi zahar, O'g'dulmish xayolidan kechirgan tayoq, boshga oqqush qo'nishi, O'zg'urmish tush ko'rgan ellik poyali shoti, otliq tutgan bir kosa suv va uni ichish shular sirasiga kiradi. Ularning qanday ma'nolari bor?

Oyto'ldi - davlat timsoli. Mol-mulk, boylik - kelib-ketadigan narsa: bugun senda, ertaga boshqaga o'tib ketadigan bevafo omonat. Shuning uchun u koptokka o'xshatilgan. Ko'zni yumib olish esa, davlatning ko'zi ko'r ekanligiga ishora. Kuntug'di o'tirgan uch oyoqli kursi - hokimiyat, hukmronlikning mustahkamligi, xanjar - kuch-qudrat, g'azab, muammolarni hal qilish, shakar -yaqinlar, tarafdorlar, do'stlar nasibasi, zahar - dushmanlar, elikka qarshi turganlar qismati;jazo, o'lim ramzi. O'g'dulmishdagi tayoq va boshga qo'ngan oqqush - qarilik, soch oqarishi ifodasi.

Alisher Navoiyning»Xamsa" sida ham ana shu xildagi ramziy tasvirlar ko'zga tashlanadi.»Saddi Iskandariy" dostonidagi ikki suyak, ikki kaklik jangi, baliqlar, osh, tobutdan chiqarib qo'yilgan bo'sh qo'l, topishmoq - ramz hisoblasa bo'ladigan go'y, chavgon, kunjut voqealarida buni ko'rish mumkin. Dostonning o'n yettinchi bobida»Iskandar bila ul gadolig' ixiyor etgan podsho..." haqidagi hikoyat keltirilgan. Unda tasvirlanishicha, Iskandar qaysi yurtni egallasa, o'sha yerning o'zidan mamlakatga shoh tayinlardi. Mag'rib elida ham yurt podshohligiga munosib kishini surishtirad25i. Xalq unga odamlardan uzlatga chekingan, qabristonni makon qilgan, tiriklikdan, bu hayotdan ko'ra»elni fano sori targ'ib etar" zot haqida ma'lumot beradilar. Mana uning ko'rinishi:

Yalang erdi boshu oyog'i yalang, Yaqo chokidin ko'ksi dog'i yalang. Jahon shug'li gardiga silkib etak, Tutub iki ilgiga iki so'ngak.

Gado - faylasuf, donishmand inson. U yashash, tiriklikning mohiyatini teran tushunadi. Bu dunyo o'tkinchi, bevafo, hech narsaga arzimasligini»ikki so'ngak" vositasida ko'rsatib beradi. Uning ta'kidicha: Chu o'lganda birdur bu iki mato, Tiriklikda nevchun qilurlar nizo.(102)

Tiriklikda birov shoh, boshqasi gado, kimdir boy-badavlat, ayrimlar kambag'al, qashshoq, yana birov uzoq umr ko'radi, boshqalar qisqa - lekin hamma bu dunyodan o'tadi. O'lganda»iki mato" - ikki suyak kimniki ekanligini ajratib bo'lmaydi. Shunday ekan, o'zni yuz balo, g'am-tashvish, turmush yugur-

25 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. Yigirma jildlik . 11-jild. Toshkent, 1993. 101-bet. Bundan keyin mazkur nashrga murojaat qilinganda, sahifasi qavs ichida ko'rsatiladi.

yugurlariga urishning ma'nosi yo'q. Gado Iskandardan to'rt narsani: abadiy hayot, qariligi yo'q yigitlik, yoshlik, tuganmas boylik, yana g'am-u motami yo'q shodlik ato etishini, shunda podshohlikka rozi bo'lishini bildiradi. Demak, asosiy maqsad ikki suyak - qaysi shohniki-yu, qaysi gadoniki ekanligini aniqlashdan iborat edi.

"Saddi Iskandariy"ning yigirma yettinchi bobi Doroning Iskandarga qarshi Lashkar tortishi voqealariga bag'ishlangan. Doro qo'shini behisob edi. Iskandar buni ko'rib vahmda qoladi. Ammo ikki tog' kakligi bilan namoyon bo'lgan manzara uning ko'nglini ko'taradi. Ikki kaklikdan biri kuchsiz, ojizroq, ikkinchisi esa»jussa ichra zabardast", baquvvat edi. Iskandar haqir, kuchsiz kaklikni o'ziga, qudratlisini Doroga nisbat beradi. Ular orasidagi ayovsiz jangn i kuzatadi. Shu vaqt osmondan uqob - burgut uchib keladi-da, ulug', baquvvat kaklikni o'lja qilib oladi. Iskandar bu voqeadan xursand bo'ladi: Skandar bo'lub xushdil ul holdin, Tanumand o'lub ko'ngli bu foldin. Bilibkim, anga xasm o'lur zerdast Va lekin topar o'zga yerdin shikast.(167)

Kimning mag'lublik,»zerdast" - tobelik qismatida bo'lsa, u boshqa tomondan ham, har qanday sharoitda ham zabun bo'ladi. Iskandar jangga otlanadi. Ikki tomon ham shiddatli va ayovsiz olishadi. Doroning ikki noibi unga xiyonat qiladi - shohga tig' sanchadi. Iskandar g'olib bo'ladi. Bu voqea oldindan oydinlashgan edi. Ikki kaklik - Doro va Iskandar. Kuchli kaklikni sayd etgan burgut esa xoin noiblar ramzi sifatida ko'rinadi.

«Saddi Iskandariy" dagi baliqlar bilan bog'liq hikoyatda o'zi suvda, daryoda bo'la turib, yanada ulkanroq suvni orzu qilgan baliqlar to'dasi haqida gap boradi. Bir baliqning gapiga kirib, nahang kezib yuradigan girdobga suzib borishadi. Ularning qismati fojiaga aylanadi: Bolig'larga tushganda dardu firoq, Ki, bir-birdin o'lmish edilar yiroq, Borin yutti bir-bir nahangi fano, Ichi javfida jam' qildi yano. (429)

Nahang ularni yutib yuboradi. Girdobda turli tomonga ketib, bir-biridan yiroqlashgan baliqlar nahang qornida yana jam bo'ladilar. Baliqlar -qanoatsizlik, noshukurlik timsoli. O'zi suvda bo'la turib, yana boshqa suvni orzu qilish kaltabinlikdir. Ularni girdob sari boshlagan baliq esa, aqlsizlik, aldov ramzi.

Dostonda shu ruhdagi yana bir hikoyat bor. Unda Mashriqdan xazina topib, eshikdagi bundan ham kattaroq xazinaga ega bo'lishni istasa, Mag'ribga borsin degan yozuvni o'qib yo'lga chiqqan kishi haqida gap boradi. U tamagir edi. Boriga qanoat qilmadi. Tezda Mag'ribga otlandi. Necha yil izlab, azobchekib, xazinaga yetishgan mahal ajalga duch keldi. Necha yil qilib qat daryiyu dasht, Bo'lub anga yuz ming balo sarguzasht.

Yetib, istagan yerni topqon mahal, Boshiga yetishti sarosar ajal.(490)

Bu hikoyatdagi kishi ham noshukrlik, tamagirlik, qanoatsizlik ramzi sifatida namoyon bo'ladi. Shoir aytmoqchiki, boriga qanoat qilish xotirjamlik, tinchlik belgisi.. Yanada ko'prog'idan umidvorlik, ochko'zlik, qanoatsizlik -umr zavoli.

Umuman,»Saddi Iskandariy" so'ngida Iskandar umrining nihoyasini aks ettiruvchi, unga oldindan ayon bo'lgan»temurdin yer, oltundin samo" ning nasib etishi, tuhmatdan qo'li kesilgan, butun qo'liga kesilganini olib atrofdagilarga saboq beruvchi inson hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sayidov M. Ozarbayjon mifik tafakkurining g'aynaklari. Boku, 1983. B.300.

2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. Yigirma jildlik. 11-jild. Toshkent, 1993.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.