Научная статья на тему 'UMUMTA‟LIM MAKTABLARINING 10-11SINFLARIDA “SADDI ISKANDARIY” DOSTONINING O„RGANILISHI'

UMUMTA‟LIM MAKTABLARINING 10-11SINFLARIDA “SADDI ISKANDARIY” DOSTONINING O„RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1327
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
umuta‟lim maktablari / darslik / Alisher Navoiy / “Xamsa” / “Saddi Iskandariy” / yakunlovchi doston / badiiy talqin / tahlil. / вузы / учебник / Алишер Навои / «Хамса» / «Саддий Искандарий» / заключительная сага / художественная интерпретatsiя / анализ

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Adolat Nuraliyeva

Maqolada umumta‟lim maktablarining 10-11sinflarida Alisher Navoiyning “Xamsa”sining beshinchi dostoni “Saddi Iskandariy” o„rganilishi masalasi yoritilgan. Bunda doston matnidan kelib chiqib, o„quvchilarga uning mazmunini singdirish yo„llari, g„oyaviy-badiiy xususiyatlarini tahlil etishda amal qilinadigan tamoyillar xususida so„z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье рассматривается вопрос изучения пятого эпоса Алишера Навои «Хамса» «Садди Искандарий» в 10-11 классах общеобразовательных школ. На основе текста эпоса рассказывается о способах донесения до учащихся его содержания, принципах, которых следует придерживаться при анализе его идейно-художественных особенностей.

Текст научной работы на тему «UMUMTA‟LIM MAKTABLARINING 10-11SINFLARIDA “SADDI ISKANDARIY” DOSTONINING O„RGANILISHI»

UMUMTA'LIM MAKTABLARINING 10-11- SINFLARIDA "SADDI ISKANDARIY" DOSTONINING O'RGANILISHI

Adolat Nuraliyeva

O'zbekiston Milliy universiteti O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o'qituvchisi

E-mail: budur87@list.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada umumta'lim maktablarining 10-11- sinflarida Alisher Navoiyning "Xamsa"sining beshinchi dostoni "Saddi Iskandariy" o'rganilishi masalasi yoritilgan. Bunda doston matnidan kelib chiqib, o'quvchilarga uning mazmunini singdirish yo'llari, g'oyaviy-badiiy xususiyatlarini tahlil etishda amal qilinadigan tamoyillar xususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: umuta'lim maktablari, darslik, Alisher Navoiy, "Xamsa", "Saddi Iskandariy", yakunlovchi doston, badiiy talqin, tahlil.

АННОТAЦИЯ

В статье рассматривается вопрос изучения пятого эпоса Алишера Навои «Хамса» «Садди Искандарий» в 10-11 классах общеобразовательных школ. На основе текста эпоса рассказывается о способах донесения до учащихся его содержания, принципах, которых следует придерживаться при анализе его идейно-художественных особенностей.

Ключевые слова: вузы, учебник, Алишер Навои, «Хамса», «Саддий Искандарий», заключительная сага, художественная интерпретatsiя, анализ.

ABSTRACT

The article covers the issue of studying the fifth epic of Alisher Navoi's "Khamsa" "Saddi Iskandariy" in the 10th-11th grades of general education schools. Based on the text of the epic, it talks about the ways of instilling its content to the students, the principles to be followed in the analysis of its ideological and artistic features.

Keywords: higher education schools, textbook, Alisher Navoi, "Khamsa", "Saddiy Iskandariy", concluding saga, artistic interpretation, analysis.

Alisher Navoiy poetik ijodining yuksak cho'qqisi "Xamsa" tarkibiga kirgan dostonlar orqali o'zbek xalqining epik dahosini

8-fevral

427

yozma adabiyotda birinchi bo'lib keng miqyosda to'la namoyish qildi. "Xamsa" tufayli o'zbek adabiyoti jahon adabiyotining eng yuqori o'rinlardan birini egallaydi. "Xamsa"ga kirgan dostonlari orqali Navoiy o'z davrining ilg'or g'oya va intilishlarini badiiy jihatdan keng va chuqur aks ettirish imkoniga ega bo'ldi. Lirik ijod sohasidagi ishlarini "ushoq ish" deb hisoblagan shoir masnaviy shakliga g'oyat yuksak baho berib, o'zining eng yuqori maqsadlarini ana shu she'riy shakl orqaligina ifodalash mumkin deb tushundi. Uning epik talanti, avvalo, shunda ko'rinadi. Navoiyda juda erta, u hali Nizomiy, Xusrav Dehlaviy dostonlarini o'qib yurgan yoshlik yillarida ularga javoban turkiy tilda "Xamsa" yozishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan edi. "Saddi Iskandariy" dostonida, xususan, shu haqda so'z yuritadi: Burundin chu ko'rguzdungiz yorliq, Base etti sizdan madadkorlik,

Kichik erkanimdan bo „lib qoshima, Ulug„ muddao soldingiz boshima. [1.176] Umumta'lim maktablarida g'azal mulkining sultoni, xamsanavis Alisher Navoiyning har sinflarda (5-11- sinflar) o'quvchining yosh jihatlari inobatga olingan holda hayot va ijod yo'llarining ketma-ketlikdagi bosqichli pog'onalari o'rganilib boriladi. Jumladan, 10-11- sinflarda "Saddi Iskandariy" dostonidan namunalar berilgan, darslik mualliflarining asar talqinlari o'rin olgan [8.155. 4.101].

"Saddi Iskandariy" "Xamsa" dostonlarining yakunlovchisi bo'lib, asar hajmiga ko'ra ham eng yirik dostondir. U 89 bobdan iborat: 1-14- boblar Muqaddima, 15-87-boblar asosiy qism, 88-89-boblar xotima qismini tashkil etadi. Asosiy qism o'zaro yaxlitlikni tashkil etadigan 18 ta mavzuni yoritadi. Ularda himmat, adolat, qish, bahor, to'g'rilik, mehmondorchilik, yoshlik, safar qilish, o„lim va aza singari mavzular yorililgan. Mavzular mazmunini yoritish tartibi ham o'ziga xos bo'lib, Iskandarning sarguzashti, mavzuga oid mulohazalar, ayni mavzudagi hikoyat, xulosa (Iskandar va Arastu yoki boshqa hakimlar hikmatlar) tarzida bayon qilingan.

Dostonda Iskandarning sarguzashtlari ayrim epizodlar tariqasida keltiriladi. Undan keyin falsafiy-didaktik mazmundagi mulohazalar o'rin oladi. Yaxlitlikning uchinchi qismini ayni mana shu sarguzasht va mulohazalar mazmuniga ishora qiluvchi hikoyatlar tashkil etadi. Doston Iskandarning Arastu bilan savol-javoblari tariqasidagi hikmatlar yakunlaydi.

Doston Faylaqus (Iskandarning otasi - A.N.)ning Iskandarni topib olishi bilan boshlanadi. Unga munosib tarbiya beradi. Iskandarga Naqumohis (Arastuning otasi - A.N.)) ustozlik qiladi.

8-fevral

428

Iskandarning yoshlikdan bilim egallashga ishtiyoqi dostonda alohida ta'kidlanadi:

Qayu ishni ta 'lim qilg „on zamon, Eshitmak hamon erdi - bilmak hamon.....

Bori ishda bir erga etdi ishi

Ki, mumkin emas andoq o „Imoq kishi....

Bilik kasbini qildi to joni bor, Hunar bildi onchaki imkoni bor. [2.93] Iskandar barcha fanlami puxta egallagach, harbiy san'atni ham o'rganadi. Aql va tafakkurini o'stiradigan mashg'ulotlar bilan jiddiy shug'ullanadi. Faylaqus vafot etadi. Iskandar taxtga o'tirishdan voz kechishini o'ylab turganida, otasining vasiyati esiga tushadi. U: "Bu dunyo bilan xayrlashdim, mening o'rnimga o„tirsang-da, mening nomus-orim, shon-shuhratim ellarga uchmasa, degan umidda seni topgan edim", - degan edi. Iskandar ikkilanib qoladi va xalq bilan maslahat qilib ko'nglidagi gaplarni aytadi:

Bu ishga keraktur tavono kishi, Emas men kibi notavono kishi.

Erur tortmoq sher chekkonni mo „r, Yukin pilning aylamakpashsha zo „r.

Ne bor shahlik aylarga niyat manga, Ne aylay desam qobiliyat manga. [1.6-538] Xalq bu gaplarga ko'nmay Iskandarning o'zini podshoh qilib ko'taradi. O'g'il ota vasiyatiga amal qiladi. Xalqning arz-dodlarini eshita boshlaydi. Ayni vaqtda Rum ahli Faylaqusning qo'l ostida edi. Ammo jahonning katta qismi Doroga qarar edi. Faylaqus ham unga har yili ming tilla tuxumdan iborat boj to'lar edi. Iskandar bu paytda qo'lga kiritgan er-suvlari Rum mamlakatiga qaraganda ikki-uch marta ko'proq bo'lgan. Uch yil davomida uning boyliklari otasining davridagidan o'n marta ko'proq bo'ldi. Ammo bu paytda u boj to'lashni hayoliga ham keltirmadi. Xiroj talab qilib kelgan elchilarga u "tilla tuxum tug'udigan qushlar uchib ketdi", - deb javob beradi. Doro yana elchilar orqali unga chavgon bilan to'p - koptok, bir idishni to'ldirib kunjut yuboradi. Bu sen yosh bolasan, bolalar esa mana shu narsalar bilan ovunib yurishi lozim. Mening askarlarim kunjut donalari singari behisob, - degan edi. Iskandar shunday javob

8-fevral

429

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-427-432 o'rganish masalalari

qaytaradi: "Olimlar er yuzini go'yo (koptok) singari yumaloq ekanini aniqlashgan. Demak, Doro menga er yuzini in'om etibdi. Chavgon esa uni boshqarish ramzidir. Kunjutlarni u menga qushlarimning ozuqasi sifatida yuboribdi". [8.155]

Nihoyat, Eron va Yunon o'ratsida jang boradi, uning nihoyasida Doro o'limi oldidan

- suiqasd qilganlami jazolash;

- qavm-qarindoshlariga zulm qilmaslik;

- qizi Ravshanakning kayoniylar podshohligining merosxo'ri ekanligini inobatga olib, uni o'z xonadonining munavvar shamiga aylantirish kabi talbalar qo'yadi.

Iskandar bularning barchasini qabul qiladi. Doro vafot etadi. Iskandarni kayoniylar an'anasiga muvofiq taxtga chiqarishadi. U Doro mamlakatlariga elchilar jo'natadi.

Qish fasli boshlangani uchun u Arron (qadimgi Ozarboyjon) mamlakatining Qorabog' degan joyida qoladi. Bahorda Xuroson uning qo'liga o'tadi. Bu o'lka unga juda yoqadi. Ayniqsa, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon uni behad maftun etadi. Shuning uchun u Hirot, Samarqand shaharlarini obod qildi. So'ng u Kashmirga yo'l oldi. Shunda ham Iskandarga 500 olim yo'ldosh edi. Kashmir zafaridan keyin Hindiston safar boshlanadi. Hind royi uzrxohliklar bilan xatosini bo'yniga oladi. U Iskndarga saroyidan joy berar ekan, askarlarini shaharga joylashtirish mumkinligi haqida eslatadi. Iskandar esa unga shunday javob beradi:

- Qo'shin shahar ichiga sig'mas. Ularni o'rmonga joylashtirsa ham bo'ladi, siqqanda ham shaharga joylashtirish ma'qul emas. Zero, ulardan xalqqa ziyon-zahmat etishi mumkin.... Iskandarning qilgan karam va yaxshiliklarini eshitib, hamma behad shodlandi va duolar qilishdi.

Oldinda Chin safari bor edi. Chin xoqoni elchi yuboradi. U ancha dono va tajribali edi. Xoqonning o'zi elchi qiyofasida Iskandar huzuriga keladi. O'rtada sulh va omonlik paydo bo'ladi. Navoiy qalamida u shunday tasvirlanadi:

Ki Xoqon chu bo'ldi Skandarparast, Skandarga Chin ichra bo'ldi nishast.

Xoqon Iskandarga bir oyna tuhfa qiladi. Bu oyna chin va yolg'onni ajrata oladigan xislatga ega edi. Iskandarda ham shunday kashfiyot qilish istagi po'ydo bo'ladi. Uning topshirig'iga ko'ra olimlar ikkita tilsim: suturlob va ko'zgu yasaydilar. Iskandar jang paytida ham o'ng yonida ilm-kamolot egalari, so'l tomonida esa harbiy rahbarlar qurshovida tasvirlanadi.

Darslikda dostondagi bitta poetik yaxlitlik: Iskandarning Kashmirga yurishi va u bilan bog'liq holda qarilik va yoshlik,

8-fevral

430

yigitlikni behuda o'tkazmaslik haqidagi boblarda mujassamlashgan badiiyat olami bilan tanishish mumkin bo'ladi. Albatta, ular o'quvchilarning qalblaridan munosib o'rin olishi shak-shubhasizdir.

Darslikda berilgan "Saddi Iskandariy" dostonidan parchalar 11-sinf o'quvchilarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, nazarimizda, berilgan doston parchalaridan uzviy bog'liqlikda mavzuning yakunidan so'ng odatiy ravishda savol-topshiriqlar beriladi. Tabiiyki, o'quvchi darslikda berilgan "dostondan parchalar" bilan chegaralanib qoladi, buning natijasida esa dostonlar to'liq o'qilmay qolinishi kuzatiladi. Natijada esa o'quvchi baho olish uchun, fan o'qituvchisi esa go'yoki belgilangan Davlat ta'lim standartini bajargan hisoblanadi.

Oliy ta'lim tegishli mutaxassislari tomonidan darsliklar yaratiladi, umumta'lim muassasasida esa fan o'qituvchilari tomonidan yaratilgan darsliklardan foydalanish bilan cheklanadi. Bu erda ko'rishimiz mumkinki oliy ta'lim va umumta'lim o'rtasida tafovut, ya'ni uzilish ko'zga yaqqol ko'rinadi. Ilmning boshlanishi maktabgacha ta'lim deb oladigan bo'sak, bosqichli ta'limda izchillik, uzviylik va o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadga muvoffiqdir.

Umumta'lim yo'nalishida sinflar kesimida bosqichma-bosqich buyuk mutafakkir qomusiy olim xisoblanmish buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning hayot yo'llari, ijod yo'nalishlarini har bir yosh avlodimiz to'liqligicha ma'lumotlarga, bilimga, ilmga ega bo'lmoqlari lozim. Bu borada ba'zi takliflarimizni bildirib o'tsak.

- o'quvchilarning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda, maktabgacha ta'lim sohasidan boshlash (ertaklar qiyosida masallaridan namunalar);

- umumta'lim muassasalarining barcha 5-11 sinflarida Alisher Navoiyning hayot yo'llari, ijodiy izlanishlari, yaratgan asarlari bilan to'laqonligicha o'quvchilar boy madaniy merosimiz bilan tanish bo'lmog'i;

- buyuk xamsanavislar Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abburahmon Jomiy, Alisher Navoiylarning yaratgan Xamsa dostonlari taqqoslanib o'rgatilmog'i;

- Qo'shimcha to'garak mashg'ulotlarini faqat "past o „zlashtiruvchi " o'quvchilar bilan emas, barcha sinf o'quvchilarinini jalb etgan holatda noodatiy metodlar bilan o'rganilishi (asosiy darsga soat etmay qolishi, darslikda berilgan parchalar to'liqligicha o'rganilishi samarali kechadi).

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy / To'la asarlar to'plami. 8-jild. - T.: G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-427-432

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

B. 6-538.

8-fevral

2. Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy MAT. 11-jild. - T.: Fan, 1993. - B. 93.

3. Erkinov A.S. Alisher Navoiyning peyzaj yaratish mahorati ("Saddi Iskandariy" dostoni misolida). Filol. fanlari nomzodi ... diss. - T., 1990. -121 b.

4. Mirzayeva Z, Jalilov K. Adabiyot / Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik. Yangi nashr. - T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2022. - B. 101

5. O'zbek adabiyoti tarixi. 2-jild. - T.: Fan, 1978. - B. 304-323.

6. Qayumov A. Nodir sahifalar. Navoiyning kam o'rganilgan ba'zi asarlari to'g'risida. - T.: Fan, 1991. - 144 b.

7. Sharq mumtoz poetikasi H.Boltaboyev talqinida. - T., 2008. - 430 b.

8. To'xliyev B, Karimov B, Usmonova K. Adabiyot (O'rta ta'lim mussasalarininng 11-sinfi va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining o'quvchilari uchun darslik-majmua. Birinchi nashr. I qism). T.: O'zbekiston milliy ensklklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2018. - B. 157.

9. Yusupova D. Alisher Navoiy "Xamsa"sida mazmun va ritmning badiiy uyg'unligi. - T.: MUMTOZ SO'Z, 2011.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-427-432

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.