Научная статья на тему 'SABZAVOTCHILIKDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH YO‘NALISHLARI'

SABZAVOTCHILIKDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
16
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sabzavotchilik tizimi / sabzavot yetishtirish iqtisodiy samaradorligi / innovatsiyalar / iqtisodiy ko‘rsatkichlar / samaradorlikni oshirish yo‘nalishlari. / Vagetable growing system / economic efficiency of vegrtable growing / innovations / economic indicatiors / ways to improve efficiency.

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Shermatov O.A.

Maqolada bugungi kunda oziq ovqat xavfsizligini ta’minlashda sabzavotchilik tizimini o‘rni va ahamiyati hamda sabzavotchilik tizimida iqtisodiy samaradorlikni oshirish masalalari tahlil etilgan. Monografik kuzatuvlar olib borilgan Andijon viloyati sabzavotchiligi statistik ma’lumotlar asosida taxlil qilingan hamda zarur fikr va muloxazalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIRECTIONS FOR INCREASING ECONOMIC EFFICIENCY IN VEGETABLE GROVING

The article discusses the role and importance of the vegetable growing system in ensuring food safety today, as well as the issues of increasing economic efficiency in the vegetable growing system. On the basis of statistical data, the vegetable growing of the Andijan region, where monographic observations were carried out, was analyzed, and the necessary conclusions and recommendations were developed.

Текст научной работы на тему «SABZAVOTCHILIKDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH YO‘NALISHLARI»

Shermatov O.A.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsenti

SABZAVOTCHILIKDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH

YO'NALISHLARI

Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda oziq ovqat xavfsizligini ta'minlashda sabzavotchilik tizimini o'rni va ahamiyati hamda sabzavotchilik tizimida iqtisodiy samaradorlikni oshirish masalalari tahlil etilgan. Monografik kuzatuvlar olib borilgan Andijon viloyati sabzavotchiligi statistik ma 'lumotlar asosida taxlil qilingan hamda zarur fikr va muloxazalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Sabzavotchilik tizimi, sabzavot yetishtirish iqtisodiy samaradorligi, innovatsiyalar, iqtisodiy ko 'rsatkichlar, samaradorlikni oshirish yo'nalishlari.

Shermatov O.A. associate professor Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnologies

DIRECTIONS FOR INCREASING ECONOMIC EFFICIENCY IN

VEGETABLE GROVING

Abstract. The article discusses the role and importance of the vegetable growing system in ensuring food safety today, as well as the issues of increasing economic efficiency in the vegetable growing system. On the basis of statistical data, the vegetable growing of the Andijan region, where monographic observations were carried out, was analyzed, and the necessary conclusions and recommendations were developed.

Key words: Vagetable growing system, economic efficiency of vegrtable growing, innovations, economic indicatiors, ways to improve efficiency.

Mamlakatimizda oziq-ovqat ta'minoti barqarorligini saqlashda barcha oziq-ovqat maxsulotlari qatori sabzavot maxsulotlari iste'molini o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki, sabzavotlar va sabzavot maxsulotlari o'zida inson organizmi uchun eng zarur xisoblangan vitaminlarni saqlaydi.Shu asosda sabzavotlar iste'moli bir tomondan oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlasa,ikkinchi tomondan inson salomatchiligi uchun ham bebaho ne'mat xisoblanadi. Yuqoridagilar asosida bugungi kunda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida sabzavotchilikka ixtisoslashgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni rivojlantirish bo'yicha keng miqyosda islohotlar olib borilmoqda. Ammo, sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini barqaror oshirib borishi, sabzavotchilikda yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalarida qator muammo hamda kamchiliklar kuzatilmoqda. Shu bois, bu yo'nalishdagi maxsulot

yetishtiruvchilarda samarali tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish asosida sabzavot yetishtirishni izchil rivojlantirish mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish kabi masalalar ustuvor vazifa qilib belgilab olindi. Mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish sabzavotchilikda faoliyat yuritayotgan xo'jaliklarda mahsulot yetishtirish faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligini ko'rsatmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, Niderlandiya xar yili o'zining 1 million gektar yerida dehqonchilik qilib, 102 milliard dollarlik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilar ekan. O'zbekistonda esa bugungi kundagi statistika bo'yicha 4 million gektarga yaqin yerda dehqonchilik qilinsa bo'ladigan yerlar bor. Shundan paxta va bug'doy yetishtirilayotgan yerlardan tashqari qishloq xo'jaligi yerlari 2 million gektar atrofida. 2 million gektarga yaqin qishloq xo'jaligi yerlarining tarkibi-dexqon xo'jaliklari, tomorqa yer egalari yerlari va turli yo'nalishdagi fermer xo'jaliklariga qarashli bo'lgan yerlar hisoblanadi. Bugungi kunda sabzavot maxsulotlari yetishtiruvchilarning amaldagi faoliyati bozor iqtisodiyoti talablariga mos emasligi kelgusidagi oziq-ovqat xavfsizligini barqarorligiga xavfni keltirib chiqaradi. Chunki, aytaylik, kimdir 1 gektar yerda biror mahsulot yetishtirib, uni eksport qilish orqali 10 ming dollargacha foyda qila oladi. Yana kim esa buning o'rniga 2 ming dollar keltiradigan mahsulot ekishi mumkin. Bunday holat fanda yerdan noratsional foydalanish deyiladi. Zero, qaysidir yer egasi o'zini va mamlakatini oz emas -ko'p emas xar gektar xisobiga - 8 ming dollardan maxrum qilyapti. Savol tug'iladi nima uchun dexqon xo'jaliklari, tomorqa yer egalari va fermer xo'jaliklarida iqtisodiy samaradorlik turlicha?, ya'ni dehqon va tomorqa yer egalarida yuqori va fermer xo'jaligida past. Fikrimizcha agar sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan fermerlarda ham xuddi dehqon xo'jaligi va tomorqa yer egasisidek o'z mulkiga nisbatan iqtisodiy va texnologik mustaqillik bo'lganida edi ularda ham samaradorlik yuqori bo'lar edi. Chunki, bu xolatda sabzavot yetishtiruvchi fermer o'ziga qarashli yerga nima ekadi, qachon ekadi, yetishtirilgan maxsulotni qaerga sotadi va nihoyat erishilgan foydani qanday taqsimot qiladi? kabi qator masalalarni o'zi mustaqil xal etadi. Bugungi kunda Andijon viloyati bo'yicha aholi soni 2023 yil 1 may xolatiga 3 253 501 kishidan ortgan va viloyatda bir kvadrat kilometrga o'rtacha 760 kishi to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich Respublika bo'yicha o'rtacha 76 kishini tashkil etadi. Viloyatda 201026 gektar sug'orilib dehqonchilik qilinadigan ekin yerlari mavjud bo'lib, shundan 8074 gektarini sabzavot ekiladigan maydonlar tashkil etadi. Biz tadqiqot davomida Andijon viloyatida 2022 yilda sabzavot yetishtirish xolati statistikasi bilan tanishdik. Viloyat bo'yicha jami 8 074 gektar yerlarda sabzavot yetishtiriladi. 2022 yil yakuni bo'yicha viloyatda sabzavotlarning o'rtacha xosildorligi gektariga 190.3 sentnerni tashkil etib, 153658 tonna sabzavot yetishtirilgan. Demak, bugungi kunda viloyatda jami 153658 tonna atrofida sabzavotlar yetishtirish imkoniyati mavjud bo'lib, bu ko'rsatkich viloyatning xar bir aholisiga (153658000 kg / 3 253 501=47.3 kg/kishi/365 kun=128 gr / kuniga) kuniga o'rtacha 128 grammdan to'g'ri keladi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti

o'z ma'lumotlarida qishloq xo'jaligi mahsulotlaridan birgina meva va sabzavotlar iste'molini kishi boshiga kunlik 400-500 grammga chiqarish lozimligini, lekin afsuski, ushbu me'yordunyobo'yicha o'rtacha 150-200 grammni tashkil etayotganini e'tirof etmoqda. Xalqaro dietologlar tavsiyasiga ko'ra, inson iste'moliga kiradigan oziq-ovqatning kamida 50 foizini meva va sabzavotlar tashkil etishi lozimligi aytiladi. Shuni 50 foizini sabzavotlar tashkil etsa bu ko'rsatkich kuniga xar kishi uchun 75-100 grammni tashkil etadi. Agar Andijon viloyatida bugungi kunda yetishtirilayotgan meva va sabzavotlar viloyat aholisi kishi boshiga kuniga o'rtacha 128 grammmdan to'g'ri kelayotganligini xisobga olsak, demak mamlakatimizda aholi zichligi bo'yicha eng yuqori o'rinda t uruvchi Andijon viloyatida bugungi kunla sabzavotlar yetishtirish xolati kishi boshiga kuniga to'g'ri keladigan xalqaro me'yorlardan kishi boshiga kuniga 25-50 grammdan ortiqcha yetishtirilmoqda, demak Andijon viloyatida xar bir kishi boshiga kunlik ortiqcha yetishtirilgan 25-50 gramm miqdoridagi sabzavotlarni eksport qilish imkoniyati bor.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar asosida sabzavotchilik sohasida maxsulot yetishtirishni ko'paytirish, sifatini bugungi kun talabi darajasida yaxshilash va bu soxada iqtisodiy samaradorlikni optimal darajagacha ko'tarish uchun quyidagilarni taklif etamiz:

1. Xozirgi sharoitda yer, jazirama quyosh, millionlab tajribali qishloq dehqonlari, issiq quyoshda yetilgan o'zbek sabzavotlariga bo'lgan yuqori talab, yonimizdagi katta bozorlar mavjudligi aholisi zich, ishsizlik miqdori yuqori bo'lgan hududlarda kichkina yer xo'jaliklarini tuzish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Sabzavotchilik sohasida kichik yer xo'jaliklarini vujudga keltirish hozirda faoliyat yuritib turgan shu yo'nalishdagi fermerlarning yerlarini qayta taqsimlashni taqozo etadi. Ammo hozirda yerda bevosita ishlaydigan oila a'zolariga ega bo'lmagan (xozirda meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermerlar tarkibida ko'p uchraydi) aksariyat xollarda oilaviy a'zo lar mehnatidan emas, balki yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermerga, o'z erki o'ziga qo'yib berilishi sharti bilan unga, deylik, yerining bir qismi qoldirilishini, boshqa qismi yuksak darajadagi dehqonchilik tajribasiga ega bo'lgan hamqishloqlariga berilishini aytsangiz, albatta rozi bo'ladi. Buning nimasi yaxshi?

- Dehqon shaxsiy manfaati yo'lida o'z yerida chin dildan ishlaydi;

- o'zi egalik qilayotgan yerida nima yetishtirishni obdon o'ylaydi;

- yetishtirishni rejalashtirayotgan maxsuloti bo'yicha hisob-kitob qiladi;

- bozorni o'rganadi;

- novatsiyalarga intiladi;

- mahsuloti ko'p va sifatli bo'lishiga intiladi va hokazo.

2. Tomorqalarda sabzavot yetishtirishni yanada ko'paytirish zaruriyati. Mavsumiy xarakterga ega bo'lgan qishloq xo'jaligi sohasida yilning xoxlagan paytida aholini sabzavot mahsulotlari bilan ta'minlash tajribasi xuddi shu tomorqalarda issiqxona usulida sabzavot yetishtirish amaliyoti bilan bevosita bog'liqdir. Bu sohada ko'p yillik xayot tajribasiga ega bo'lgan sabzavot

yetishtiruvchilarning amaldagi faoliyatini o'zi bugungi kunda bu sohadagi innovatsiyalarga asos bo'lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, issiqxonalarda tomchilatib sug'orish texnologiyalari bilan bir vaqtning o'zida sabzavotlarni oziqlantirish tajribalari. Shuningdek, issiqxonalarda sabzavot yetishtirishda sabzavotlarni yomg'irlatib sug'orish asosida iqlim o'zgarishlarining noqulay muhitidan himoya qilish tajribalari ham bu sohadagi yangi innovatsiya darajasida rivojlanmoqda.shuning uchun bu tajribalarni kengroq yoyishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

3. Sabzavotchilikda ham barcha qishloq xo'jaligi ekinlari qatori urug'chilik yetishtirilayotgan maxsulot xajmi va sifatini belgilovchi eng asosiy omil xisoblanadi. Shu asosda bu sohada ham tabiiy-iqlim sharoitlarimizga mos keluvchi serhosil, sifatli maxsulot beruvchi urug'chilikni shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan xisoblanadi.Shuning uchun sabzavotchilikda maxalliy urug'chilikni rivojlantirishni taklif etamiz. Chunki, bu tadbirni amalga oshirilishi sabzavot yetishtiruvchilarda urug'likka oldindan ishonch va urug'lik xarajatlaridan ozod bo'lish imkoniyatlarini yaratadi.

Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash mumkinki, bugungi kunda ilg'or sabzavot yetishtiruvchilar faoliyatidagi yangi innovatsiyalarni o'rganish asosida ular faoliyatini diversifikatsiyalash sabzavotchilik iqtisodiy samaradorligini oshirishning eng asosiy omillaridan hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.AбдуFaниев A.A., AбдуFaниев A.A. К,ишлок хyжaлиги щтисодиёти. Дaрслик. - Т: "Лдиб Шшриёти" МЧЖ, 2011, - 400 б.

2. O.Shermatov. The role and importance of fruit and vegetable growth in ensuring food security in Uzbekistan. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 2249-7137 Vol. 12, Issue 05, May 2022 SJIF 2022 = 8.252. DOI: 10.5958/2249-7137.2022.00373.1 3.O.Shermatov, B.Nosirov, R.Imomov, M.Kobulova. Problems of effective usage of lands in agriculture for ensuring food security. South Asian Journal of Marketing & Manage ment Research (SAJMMR). ISSN: 2249-877X Vol. 10, Issue 4, April Spl Issue 2020, Impact Factor: SJIF 2020= 7.11

4. www.fao.org - UN Food and Agriculture organization

5. O.Shermatov, Bakhodir Sultanov, Napisa Abdurazakova, Oybek Fayziyev, Azamat Jumanov, Nilufar Dekhkanova. The economic feasibility of cultivating intensive orchards. E3S Web of Conferences 284, 03006 (2021)TPACEE-2021https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403006

6. Лндижон вилояти CTaracTOKa бошкaрмaси Ma^nyMoraap^ 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.