Научная статья на тему 'MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIK TARMOG‘INI YANADA RIVOJLANTIRISH, SOHADA YARATILAYOTGAN QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARNING IQTISODIY AHAMIYATI'

MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIK TARMOG‘INI YANADA RIVOJLANTIRISH, SOHADA YARATILAYOTGAN QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARNING IQTISODIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

223
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Meva-sabzavotlar / uzumchilik / ishlab chiqarish / klaster / eksport / intensiv bog‗lar / oziq-ovqat mahsulotlari / atrof-muhitning ifloslanishi / Fruit and vegetable sector / viticulture / production / cluster / export / intensive orchards / food / environmental pollution

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Ulugʻbek Zoxidjonovich Ergashov

Ushbu maqolada Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‗ini rivojlantirish sohada yaratilayotgan qoʻshimcha chora-tadbirlar va bog‗dorchilik tarmogʻi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishining ahamiyati bayon qilingan. Bogʻdorchilik tarmog‗ini atrof muhit va iqtisodiyotda ahamiyatini ko‗rsatilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes additional measures being created in the field of development of the fruit and vegetable sector and viticulture, and the importance of sustainable development of the economy of the horticulture sector. The importance of horticulture in the environment and economy is shown

Текст научной работы на тему «MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIK TARMOG‘INI YANADA RIVOJLANTIRISH, SOHADA YARATILAYOTGAN QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARNING IQTISODIY AHAMIYATI»

MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIK TARMOG'INI YANADA RIVOJLANTIRISH, SOHADA YARATILAYOTGAN QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLARNING IQTISODIY AHAMIYATI

Ulug'bek Zoxidjonovich Ergashov

Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali tayanch doktoranti (PhD)

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog'ini rivojlantirish sohada yaratilayotgan qo'shimcha chora-tadbirlar va bog'dorchilik tarmog'i iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishining ahamiyati bayon qilingan. Bog'dorchilik tarmog'ini atrof muhit va iqtisodiyotda ahamiyatini ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Meva-sabzavotlar, uzumchilik, ishlab chiqarish, klaster,eksport, intensiv bog'lar, oziq-ovqat mahsulotlari, atrof-muhitning ifloslanishi.

ABSTRACT

This article describes additional measures being created in the field of development of the fruit and vegetable sector and viticulture, and the importance of sustainable development of the economy of the horticulture sector. The importance of horticulture in the environment and economy is shown.

Keywords: Fruit and vegetable sector, viticulture, production, cluster, export, intensive orchards, food, environmental pollution.

Kirish. So'nggi yillarda qishloq xo'jaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo'lga qo'yildi, klasterlarga ajratilgan qishloq xo'jaligi maydonlarining hajmi ekin turlari bo'yicha paxta-to'qimachilikda — 67 foizni, chorvachilikda — 8 foizni, meva-sabzavotchilikda — 7,5 foizni tashkil etmoqda

Klaster usulida yetishtirilgan xomashyoni qayta ishlash natijasida tayyor mahsulot ko'rinishida iste'molchiga yetkazib berish imkonini bermoqda.

Bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo'jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. 2010-yilda eksportning 11,3 foizi paxta tolasi hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2018-yilga kelib ushbu ko'rsatkich 1,6 foizgacha kamaydi. Bu raqamlar yil sayin pasayib bormoqda. Buning o'rniga

October 5-6

211

yetishtirilgan xomashyoni tayyor mahsulot sifatida qayta ishlab chiqarish yil sayin oshib bormoqda.

Shu bilan birga, sohada ayniqsa meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishda samarali bozor mexanizmlari tizimli yo'lga qo'yilmaganligi, ilmiy yondashuvning yetarli emasligi tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmasligiga olib kelmoqda.

Hisob-kitoblarga ko'ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong'oqdan 5 baravar ko'p daromad olish imkoniyati mavjud.

Bog'dorchilik tarmog'i yuqori sifatli vitamin ishlab chiqaradigan sohalardan biridir. Shuning uchun unga oziq-ovqatda muhim o'rin beriladi davlat siyosatida, tavsiya etilgan oqilona iste'mol stavkalariga muvofiq. Meva iste'mol qilinishi kishi boshiga yiliga 90-120 kg bo'lishi kerak.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son farmoni ijrosini ta'minlash, meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o'zlashtirish, paxta, g'alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo'jaligi ekinlari ekishni ko'paytirish, shuningdek, bog', tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish maqsadida hukumat va davlatimiz rahbari tomonidan qator qaror va farmonlar ishlab chiqilib ijrosi ta'minlanmoqda.

Bunga misol qilib O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 14-martdagi "Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo'jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4239-son qaroriga asosan:

Jizzax, Samarqand, Toshkent va Farg'ona viloyatlarining 8 ta tumanida jami 41 ta meva-sabzavotchilik yo'nalishidagi qishloq xo'jaligi birlashmalari tashkil etilganligi;

O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan kam ta'minlangan oilalar bandligini ta'minlash maqsadida xalqaro moliya institutlari mablag'larini jalb etgan holda 2020-yilda Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlarining 22 ta tumanida 31 ta, 2021-yilda

October 5-6

respublika bo'yicha 100 ta qishloq xo'jaligi birlashmalari tashkil etilishi haqida to'xtalib o'tishimiz o'rinli.

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda klaster va kooperatsiya tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish to'g'risidagi takliflar ishlab chiqilgan.

-meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo'yicha klasterlarni tashkil etish tashabbuskor, tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi o'rtasida tuziladigan uch tomonlama kelishuv (keyingi o'rinlarda uch tomonlama kelishuv) asosida amalga oshiriladi;

-meva-sabzavot klasterini tashkil etish bo'yicha tashabbuskorlar, qoida tariqasida, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar orasidan, ularning tajribasi va imkoniyatlaridan kelib chiqib tanlab olinadi, bunda birinchi navbatda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash bo'yicha to'liq ishlatilmayotgan quvvatlarni ishga tushirish nazarda tutiladi;

-meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetishtiruvchilarni meva-sabzavot klasterlariga biriktirish hamda ular bilan qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar hamda tuman hokimligi o'rtasida ixtiyoriylik asosida tuziladigan mahsulot yetkazib berish shartnomalari orqali amalga oshiriladi;

-meva-sabzavot klasteri ishtirokchilari — mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlar mahsulot yetkazib berish shartnomalari orqali tartibga solinadi;

-mahsulot yetkazib berish shartnomalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari tomonidan qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning takliflari asosida qabul qilinadigan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini joylashtirish to'g'risidagi qarorlar va uch tomonlama kelishuv shartlari asosida tuziladi hamda tuman qishloq xo'jaligi bo'limi tomonidan ro'yxatdan o'tkaziladi;

-mahsulot yetkazib berish shartnomalari fuqarolik qonun hujjatlari talablari asosida tuziladi, ularda shu jumladan mahsulot narxini haqiqiy xarajatdan kelib chiqib aniqlash, xarid qilinadigan mahsulot uchun oldindan ajratiladigan avans mablag'lari hisobiga mahsulot

yetishtiruvchilarni urug', ko'chat, mineral o'g'itlar, yonilg'i-

October 5-6

moylash materiallari va boshqa resurslar bilan ta'minlash, agrotexnika va agrokimyo xizmatlari ko'rsatish, yangi innovatsion texnologiyalarni qo'llash bo'yicha tavsiyalar berish, axborot-maslahat xizmatlari ko'rsatish nazarda tutiladi.

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi bilan birgalikda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanning barchasidagi mavjud bog' va tokzorlarni to'liq xatlovdan o'tkazilish, xatlov natijalariga ko'ra samarasiz bog' va tokzorlarni yangilash yuzasidan har bir tuman kesimida manzilli ro'yxatlarni shakllantirish va tasdiqlash, bunda 2020-yil davomida yaroqsiz bog' va tokzorlarni, 2021 — 2025-yillarda esa kam hosilli, eskirgan va samarasiz bog' va tokzorlarni yangilash nazarda tutilgan.

Yangi bog' va tokzorlarni barpo etish ularni oldindan aniq meva-sabzavot klasteriga yoki qishloq xo'jaligi birlashmasiga biriktirilishini, iqtisodiy jihatdan samaradorligini nazarda tutgan holda amalga oshirilishini ta'minlanganligini aytish mumkin. Ekologik me'yorlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda tadbirkorlik uchun imkoniyatlar yaratish juda muhim masalalardan hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish agentligi hamda O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloq xo'jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, hosildorligi past bo'lgan paxta va g'alladan bo'shagan maydonlar, shuningdek, yaroqsiz deb topilgan bog' va tokzorlar joylashgan yerlarda intensiv bog' va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida, shu jumladan tijorat banklari va lizing kompaniyalari orqali taqdim etish, keyinchalik ular negizida qishloq xo'jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlarini tuzish ishlarini tashkil qilishni tashkillashtirish o'rinli hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligi birlashmalari a'zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari o'rtasida kooperatsiya aloqalarini rag'batlantirish ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi, bunda yangi bog', tokzor va issiqxonalar barpo etish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash obyektlarini yaratish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan umumiy qiymati 5 milliard so'mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan miqdordagi kreditlar bo'yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi hisobidan asosiy stavkadan oshgan, lekin asosiy stavkaning 30 foizidan ko'p bo'lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya va qiymati 2,5 milliard so'mdan oshmagan

October 5-6

214

miqdordagi kreditlar bo'yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) miqdorda kafillik taqdim etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda:

-meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish tizimini moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag'lari keng jalb qilinishini;

-qishloq xo'jaligi birlashmalari a'zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko'chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratishga;

Zero, davlat rahbarimiz Shavkat Mirziyoyev shunday so'zlar bilan "O'zbekiston qishloq xo'jaligining kelajagi, ilm-fan va innovatsiyalarni joriy etmay turib, bu sohani raqobatbardosh qilib bo'lmaydi" deb bejizga ta'kidlamagan. "Klaster va manfaatdorlik - binobarin, bundan keyin klasterning aholi daromadlarini oshirish, ishchi o'rinlarini yaratish, iqtisodiyot, jumladan, qishloq xo'jaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishdagi ahamiyati ortib boraveradi, aslo kamaymaydi. Bunda paxta maydonlarini 33,6 ming gertarga va g'alla maydonlarini 40 ming gektarga qisqartirish hamda 320 ming gektar yerlarini foydalanishga kiritish hisobiga oziq-ovqat va ozuqa ekinlari maydonlari 193,6 ming gektarga kengaytirish zarur hsoblanadi. Bog'dorchikil va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish agentligi 2021 yil 1 apreldan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda viloyatlarda hudud ixtisosligidan kelib chiqib tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bog' va tokzorlar barpo etish va yetti yil muddatda to'lash sharti bilan aholiga sotish tizimini yo'lga qo'yilishini aytish mumkin.Ushbu farmon va qarorlarning hammasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishga, xalqimiz hayoti turmush darajasini oshishida katta ahamiyat kasb etadi.

Xulosa va takliflar. Shuni aytish o'rinliki, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi hisobidan - ishsiz fuqarolar, kam ta'minlangan oilalar a'zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo'jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun subsidiyalar ajratilsa maqsadga muvofiq

bo'ladi.

October 5-6

-meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining turlari bo'yicha noan'anaviy bozorlar, xususan, Xitoy, Koreya, Hindiston, Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksportni ko'paytirish;

-xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan import bojlari va aksiz solig'i stavkalarini qo'llashda imtiyoz va chegirmalar berish to'g'risida muzokaralar o'tkazish;

-xalqaro darajada tan olingan standartlar talablariga mos mahsulot yetishtirishni ko'paytirish, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini ushbu standartlar talablari asosida qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar qamrovini kengaytirish, eksportbop mahsulotlarni xalqaro talablar asosida sertifikatlash ishlarini jadallashtirish;

-"sog'lomlik" sertifikati bo'lmagan urug' va ko'chatlarni import qilish hamda ekishni to'xtatish;

-meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mineral o'g'itlar sotish va zararkunandalarga qarshi kurashish bo'yicha samarali tizim tashkil etish, ularning faoliyatida ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishini ta'minlash va ekologik toza xavfsiz ozuqa mahsulotlarini yetishtirishni yo'lga qo'yish;

-meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan 55 ta tumanni alohida mahsulot turiga ixtisoslashtirish, ularda faoliyat yuritadigan meva-sabzavotchilik yo'nalishidagi qishloq xo'jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlari faoliyatining samarali tashkil etilishi hamda 2020-yilda 26 ming gektar kam hosilli va yaroqsiz bog'lar o'rnida intensiv usulda 7 ming gektarida gilos, 8 ming gektarida yong'oq va shaftoli, 8,5 ming gektarida o'rik va anor hamda 2,5 ming gektarida olxo'ri bog'lari tashkil etilishi uchun taliflar ishlab chiqilgan. Bu ko'rsatkichlarni yildan-yilga oshirib borish maqsaqga muvofiq bo'ladi va tarmoq kelajakda iqtisodiyotning asosiy drayveriga aylanishini aytib o'tishimiz mumkin. Bu esa o'z navbatida yangidan- yangi bog'zorlarni barpo etilishi atrof muhitning yashilligini va toza ekologik hududlarni yaratishga zamin yaratadi. Tabiat, jamiyat iqtisodiyotining birgalikda rivojlanib borishi mamlakatning barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистан давлатини биргаликда барпо этамиз. - Тошкент: "Узбекистан" НМИУ, 2017. - 56 б.

2. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш - юрт тараккиёти ва халк

October 5-6

216

фаровонлигининг гарови. - Тошкент: "Узбекистон" НМИУ, 2017. - 48 б.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 martdagi "Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo'jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4239-son qaroriga asosan.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Mirziyoyev Sh.M. 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni.

6. Murtazayev O., Axrorov F. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti. - T.: ILM-ZIYO, 2017.

7. Barqaror qishloq xo'jaligi va qishloq taraqqiyotiga ko'maklashish: Agenga 21. Rim: FAO, 1996 .-158 b.

8. Кудашкин А.С. Условия устойчивого развития садоводства в экологически чистой зоне / А.С. Кудашкин, А.И. Колобова // Тр. Кубан. гос. аграр. ун-та. -2008. - № 1 (10). - С. 48-52.

9. Internet ma'lumotlari va boshqa manbalar

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.