Научная статья на тему 'S. PYOGENES BAKTERIYASINI RESPUBLIKA SHOSHILINCH TEZ TIBBIY YORDAM ILMIY MARKAZLARIDA TARQALISH DARAJASI'

S. PYOGENES BAKTERIYASINI RESPUBLIKA SHOSHILINCH TEZ TIBBIY YORDAM ILMIY MARKAZLARIDA TARQALISH DARAJASI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Iskandarova Yulduzoy Nizamitdinovna, Fayziyev Vohid Baxramovich, Adilxonova Nargiza Aripovna

Kirish. Ma’lumki, streptokokk infektsiyalari klinik va profilaktik tibbiyotning, xususan, epidemiologiyaning muammolaridan biridir[8]. Kasallik tarkibidagi yuqori ulush, asoratlarni rivojlanish xavfi va shoshilinch profilaktika vositalarining yetishmasligi indikator guruhlarida streptokokkning klinik va epidemiologik ko‘rinishlarining xususiyatlarini o‘rganish zarurligini belgilaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «S. PYOGENES BAKTERIYASINI RESPUBLIKA SHOSHILINCH TEZ TIBBIY YORDAM ILMIY MARKAZLARIDA TARQALISH DARAJASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

& PYOGENES BAKTERIYASINI RESPUBLIKA SHOSHILINCH TEZ TIBBIY YORDAM ILMIY MARKAZLARIDA TARQALISH

DARAJASI

1Iskandarova Yulduzoy Nizamitdinovna, 2Fayziyev Vohid Baxramovich, 3Adilxonova

Nargiza Aripovna

1Chirchiq davlat universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti 2Chirchiq davlat universiteti biologiya fanlari doktori, professor 3Toshkent tibbiyot Akaemiyasi Bakteriologik labarotoriya bo'lim mudiri, Tibbiyot fanlari

nomzodi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13846144

Kirish. Ma'lumki, streptokokk infektsiyalari klinik va profilaktik tibbiyotning, xususan, epidemiologiyaning muammolaridan biridir[8]. Kasallik tarkibidagi yuqori ulush, asoratlarni rivojlanish xavfi va shoshilinch profilaktika vositalarining yetishmasligi indikator guruhlarida streptokokkning klinik va epidemiologik ko'rinishlarining xususiyatlarini o'rganish zarurligini belgilaydi.

Streptokokklar guruhidan eng muhim patogen S. pyogenes bo'lib, beta-gemolitik bo'lib, Lancefield tasnifiga ko'ra A guruhiga kiradi, shuning uchun u A guruhining beta-gemolitik streptokokklari (GABHS) sifatida tasniflanadi.[1]

Streptokokklar gram-musbat aerob organizmlar bo'lib, ular faringit, pnevmoniya, yara va teri infektsiyalari, sepsis va endokardit kabi turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.[3] Semptomlar ta'sirlangan organga qarab o'zgaradi. GABHS infektsiyasining asoratlari orasida revmatik isitma va glomerulonefrit mavjud. So'ngi yillarda O'zbekiston hududida Covid-19 davrida nafaqat piogen kokklar qo'zg'atuvchi kasalliklar bilan, balki boshqa infeksiyalar bilan kassallanish keskin pasaydi. Olimlarning fikricha insoniyatning to'g'ri yashash tarzi, gigiyena qoidalariga rioya qilishi buning asosiy sababi hisoblanadi. Toshkent shahar hududi miqyosida oladigan bo'lsak piogen kokklar qo'zg'atuvchi kasalliklar bilan kasallangan odamlar soni 2021-2023 yillarda 2020 yilga nisbatan muntazam ravishda ko'tarilib bordi.

Tadqiqot maqsadi. Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida Streptokokkk bilan kasallangan bemorlar sonining yillar bo'yicha dinamikasini o'rganish.

Natijalar. O'rganilgan adabiyotlar so'ngi yillarda AQSH va Kanadada, Hindistonda kasallanish holatlari ko'payotganligini ko'rsatadi.[1] Toshkent shahrida joylashgan Respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida 2021yili bu infeksiyalar bilan kassalanganlar soni 2022-2023 yillarda muntazam ko'tarilib boradi. Shu o'rinda erkaklarda kasallik ko'rsatkichlari ayollarga nisbatan yuqori ekanligi bu shifoxonamizada ham kuzatildi. Emiziklik davrda 2023 yildagi ko'rsatkich 2021 yilga nisbatan 46 taga ortdi. Vaholanki, yillar taqsimoti bo'yicha streptokokkk bilan kasallangan bemorlar soni anchayin katta ko'rsatkichlarni ko'rsatgan. Birinchi bolalik davrida 2022 yilda 2021 yilga qaraganda 26% kamaygan. Ikkinchi bolalik davrida bu ko'rsatkich 30% ga ortgan. Navqironlik davrda esa bu 55% ga kamaydi. Jami kassalanish soni dastlabki yillarda 254 kishini tashkil qilgan bo'lsa, 2023 yilga kelib o'sish ko'rsatkichi 721 kishini tashkil qildi. Keksalik davrida so'ngi yillarda ko'rsatkichlar 78% gacha ortdi. Qarilik davrida 81 % ga Uzoq umir ko'ruvchilar orasida Streptokokk bilan kassalanish 84% belgilandi. 2022 yili kassalik biroz ortga chekinish natijasida umumiy kasallanganlar soni 153 kishini tashkil qildi. Bulardan 79 tasi erkaklar 74 tasi ayyollarni tashkil qildi.Ushbu kassalik sababli dunyo bo'ylab har

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

yilli 517 000 o'lim ko'rsatkichi ko'rsatiladi.[4] Biz olib borgan monitoring natijasida Yetuklik davrining I-bosqichi Yetuklik davrining II-bosqichiga nisbatan kattaroq ko'rsatgichni ko'rsatadi, ayyollarda kassalanish erkaklarga nisbatan2022yilda79ta erkak74ta ayol 2023yilda 366erkak 355 ayollarda infeksiya aniqlangan.2021yilda127 ta erkakva 127ta ayolda kassalik kuzatildi. Keksalik va qarilik davrlari emizikli davirga nisbatan ko'proq. Birinchi bolalik davrini keksalik davriga taqqoslasak tenglikni kuzatamiz. Qarilik davri Emizikli davrga nisbatan bir barobarga kamdir.

Xulosa. Streptococcus pyogenes infeksiyasi ayollarga qaraganda erkaklarda tez-tez uchraydi, eng yuqori ko'rsatkichlar keksalar va chaqaloqlarga to'g'ri keladi. Buyuk Britaniyada skarlatina bilan kasallanish odatda 100 000 aholiga 4 tani tashkil etgan, ammo 2014 yilda kasallanish ko'payib, 100 000 aholiga 49 taga yetdi.[5] Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida Streptokokkk bilan kasallangan bemorlar sonini so'ngi uch yil ichida 1128 kishi kassalandi. Bulardan 556 ayollar 572 erkaklar. 2021 yilda kassalanish 2022 yilga nisbattan 40% kamaydi.2023 yilda kassalangan bemorlar 721 kishini tashkil qildi va anchayin ortdi. Streptokokk bilan kassalanish surati imun tizimimizga va yashash sharoitimizga bog'liqdir.2021yilda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida 127 kishida infeksiya aniqlandi. 2022 yilda 74 kishida,2023yilda 366 kishida infeksiya aniqlandi.Ko'rsatkichlar keskin ko'tarildi 20212022 yilga nisbattan.Umumiy maskanlar yuvinish xonalari infeksiyani yuqishiga qo'shimcha sabab bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Molecular Characterization of the 2011 Hong Kong Scarlet Fever Outbreak / H. Tse, J.Y. Bao, M.R. Davies et al. // Journal of Infectious Diseases. -2012. [1]

2. Scarlet fever epidemic, Hong Kong, 2011 / E.Y. Luk, J.Y. Lo, A. Z. Li et al. // Emerging Infectious Diseases. - 2012. [2]

3. Scarlet Fever Epidemic in China Caused by Streptococcus pyogenes Serotype M12: Epidemiologic and Molecular Analysis / Y. You, M.R. Davies, M. Protani et al. // EBioMedicine. - 2018. [3]

4. ВОЗ. Рост числа случаев скарлатины и инвазивной стрептококковой инфекции группы А - данные по нескольким странам. 15.12.2022. https://www.who.int/ru/emergencies/disease-outbreak-news/item/2022-D0N429[4]

5. Балабанова, Р.М. Заболеваемост населения России острой ревматической лихорадкой и хроническими ревматическими болезнями сердца (2011 - 2012 гг.) / Балабанова Р.М. // Современная ревматология. -2014. [5]

6. Burden and economic cost of group A streptococcal pharyngitis / E. Pfoh, M.R. Wessels, D. Goldmann et al. // Pediatrics. - 2008.[6]

7. The current evidence for the burden of group A streptococcal diseases / J.R. Carapetis, A.C. Steer, E.K. Mulholland et al. // The Lancet Infectious Diseases. - 2005. [7]

8. The effect of changes in the consumption of macrolide antibiotics on erythromycin resistance in group a streptococci in Finland / H. Seppala, T. Klaukka, J. VuopioVarkila et al. // New England Journal of Medicine. - 1997.[8]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.