Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA OIV INFEKSIYASI PROFLAKTIKASINING TIBBIY VA IJTIMOIY AHAMIYATI'

OʻZBEKISTONDA OIV INFEKSIYASI PROFLAKTIKASINING TIBBIY VA IJTIMOIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
OIV / OITS / infeksiya / prafilaktika / ―95-95-95‖ tamoyiliga koʻra / parenteral yoʻl / vertikal yoʻl. / HIV / AIDS / infection / prophylaxis / according to the "95-95-95" principle / parenteral route / vertical route.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — S. N. Shukurova

Maqolada bugungi kunda dunyoda va Oʻzbekistonda OIV kasalligi holati, ularga chalingan insonlar bilan olib borilayotgan ijtimoiy ish profilaktikasi, bu boradagi yutuq, kamchiliklar va muammolar, bu masalada ayrim takliflar haqida soʻz boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDICAL AND THE PROPHYLAXIS OF HIV INFECTION IN UZBEKISTAN SOCIAL SIGNIFICANCE

The article talks about the state of HIV disease today in the world and in Uzbekistan, prevention of social work with people infected with it, achievements, shortcomings and problems in this regard, some proposals in this matter.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA OIV INFEKSIYASI PROFLAKTIKASINING TIBBIY VA IJTIMOIY AHAMIYATI»

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

NationalUniversityofUzbekista^^^^^ranSiOBm2

O'ZBEKISTONDA OIV INFEKSIYASI PROFLAKTIKASINING TIBBIY VA

IJTIMOIY AHAMIYATI

S. N. Shukurova

"Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi, Guliston davlat universiteti, Guliston, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Maqolada bugungi kunda dunyoda va O'zbekistonda OIV kasalligi holati, ularga chalingan insonlar bilan olib borilayotgan ijtimoiy ish profilaktikasi, bu boradagi yutuq, kamchiliklar va muammolar, bu masalada ayrim takliflar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: OIV, OITS, infeksiya, prafilaktika, "95-95-95" tamoyiliga ko'ra, parenteral yo'l, vertikal yo'l.

MEDICAL AND THE PROPHYLAXIS OF HIV INFECTION IN UZBEKISTAN

SOCIAL SIGNIFICANCE

S. N. Shukurova

Teacher of the Department of "Social Sciences", Gulistan State University, Gulistan,

Uzbekistan

ABSTRACT

The article talks about the state of HIV disease today in the world and in Uzbekistan, prevention of social work with people infected with it, achievements, shortcomings and problems in this regard, some proposals in this matter.

Keywords: HIV, AIDS, infection, prophylaxis, according to the "95-95-95" principle, parenteral route, vertical route.

Insoniyat globallashgan inavatsiyon taraqqiyot davrda yashayotganligi uni turli tahdidlardan va muammolardan xoli deyishga asos bo'lmaydi. Bugunni oldida turgan muhim va hal qilinishi lozim bo'lgan tahdidalardan biri bu OITS kasalligi bo'lib kelmoqda. JSST ma'lumotlariga ko'ra dunyoda 39 million inson bu kasallik bilan yashab kelmoqda. Ularning soni har yili 1.5 millionga oshmoqda. Har yili bu kasallik 600 mingdan ortiq kishining hayotiga zomin bo'lmoqda. Xalqaro tashkilotlar OlVning tarqalishi taraqqiyot yo'lidagi asosiy muammo bo'lib qolayotganini e'tirof etmoqda. Qayd etilishicha hozirgi vaqtda respublikamizda 48 mingdan ortiq shaxsda OIV infeksiyasi tashhislangan. So'ngi 5 yilda OIV infeksiyasiga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3.5 millionga yoki 5 barobarga ortgan. Hukumat tomonidan dori vositalarini moliyalashtirish 80 foizni tashkil etgan.

Respublikada OIV infeksiyasini oldini olish, onadan bolaga yuqishiga barham berish uchun har yili bemor onalardan dunyoga kelayotgan (o'rtacha 600 nafargacha) bolalarni quruq

April 20, 2024

765

sut aralashmalari bilan 6 oygacha uzluksiz ta'minlanmoqda. Buning natijasida 99.7 foiz bolalar sog'lom bo'lishiga erishilmoqda. O'zbekiston 2030-yilga borib OITS kasalligi yuqishiga to'liq barham berish maqsad qilingan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi, Respublika OITSga qarshi kurash markazi mas'ullari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

2030-yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun 2025-yilga qadar "95-95-95" strategiyasiga erishish zarur. "95-95-95" tamoyiliga ko'ra, OIV yuqtirgan bemorlarning 95 foizi o'z statusini bilishi, bemorlarning 95 foizi maxsus terapiya bilan qamrab olinishi, bemorlarning 95 foizida virus yuklamasi past darajaga tushishiga 2025-yilgacha erishish va 2030-yilda OITS kasalligining yuqishiga barham berish maqsad qilingan [1]. Bugungi kunda Respublikamizda 48 mingdan ortiq shaxs OIV infeksiyasi bilan yashab kelmoqda. Ularning 54 foizi erkaklar, 46 foizi ayollar, 14 foizini 18 yoshga to'lmagan bolalar tashkil etadi. OITS faqatgina tibbiyot muammosi bo'lmay, boshqa sohalarni rivojlantirishga ham to'sqinlik qiladi. Har yili 1 dekabr sanasi "OITSga qarshi butunjahon kurash kuni" sifatida nishonlanib kelmoqda. OITS bilan og'riganlarni qo'llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo'yicha aholi orasida targ'ibot ishlarini olib borish, ogohlikni oshirish masalalariga e'tiborni qaratish maqsad qilindi.

OIV virusining 3 xil xil yo'l bilan yuqishi aniqlangan.

1. Jinsiy aloqa yo'li orqali: bu yuqish yo'liga - geteroseksual, biseksual, gomoseksual yuqish yo'llari, palapartish xayot kechirish kiradi

2. Parenteral yo'l orqali, ya'ni virus bilan zararlangan qon va qon mahsulotlari quyilganda, nosteril shpristlar va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanilganda, teri butunligi buzilishi bilan kechadigan barcha muolajalarda yuqishi mumkin.

3. Vertikal yo'l orqali, ya'ni OIV virusini tashuvchi onadan homilaga yoki chaqaloqqa tug'ruq jarayonida va tug'ilgandan so'ng ona suti orqali yuqishi mumkin.

Kasallik turli aholi yoshdagi, ayniqsa, navqiron 20-49 yoshlar o'rtasida ko'plab kuzatilishi bilan ahamiyatlidir. Mehnat migrantlari orasida OIV infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ko'plab kuzatilmoqda. OIV infeksiyasi butun dunyo bo'yicha 15-59 yoshdagi aholi orasida ko'plab uchramoqda. OIV/OITS bilan kasallanganlar (95% i) yashash sharoiti past va o'rtacha bo'lgan davlatlarda yashaydilar, bu yerlarda ko'pincha OITS tufayli o'lim holatlari ko'p uchraydi. OIV infeksiyasining xavfli guruhlar orasida narkotik moddalarini qabul qiluvchilarda kasallik ko'rsatkichi yuqori darajada ekanligi aniqlangan. Yuqoridagi statistic ma'lumotlarning o'zi ham bu masalaning jiddiy ekanligini ko'rsatadi. Hozirgi kunda OIV infeksiyasiga qarshi kurashadigan asosiy qurol - bu profilaktika, ya'ni kasallikning oldini olishdir. Bunda quyida keltirilgan holatga e'tibor berish kerak:

1. OIV infeksiyasi va uning oldini olish bo'yicha aholining boxabarligini oshirish.

2. Giyohvand moddalarni qabul qiluvchilarda OIV infeksiyasi yuqish xavfini kamaytirish.

3. Kasallikning jinsiy yo'l orqali yuqishini oldini olish, tashxis qo'yish hamda o'z vaqtida davolash.

April 20, 2024

766

4. Donor qonini OIV infeksiyasiga majburiy tekshirish.

5. OIV infeksiyasini onadan bolaga o'tishining profilaktikasini amalga oshirish.

6. OIV infeksiyasini kasb taqozosi bo'yicha yuqishining oldini olish.

OITS aniqlangan har bir bemorga kasallik oqibatlari, uni boshqalarga yuqtirmaslik uchun sog'lom turmush tarziga rioya qilishlari haqida tavsiya beriladi. Ta'kidlanishicha, bunday bemorlar soqol, tirnoq oluvchi uskunalardan alohida foydalanishlari kerak. Oila a'zolari va boshqa shaxslar bundan foydalanishi mumkin emas. Lekin boshqa shaxslarga qasddan yuqtirish holatlari bo'lsa, unga nisbatan javobgarlik belgilangan. Ma'lumot uchun Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko'ra, agar shaxs o'zida OIV infeksiyasi borligini bila-turib o'zga shaxsga kasallikni yuqtirsa yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirsa, unga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu BHMning 59 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb qilinishi, yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishga sabab bo'lishi mumkin. So'nggi yillarda butun dunyoda OITSning jinsiy yo'l bilan yuqish darajasi ortib bormoqda. Bu holat, afsuski, mamlakatimizda ham kuzatilyapti. Masalan, o'tgan yili ro'yxatga olingan bemorlarning 79 foiziga kasallik jinsiy aloqa yo'li orqali yuqqanligi gumon qilingan. JSST tomonidan bemorlarni virusga qarshi davolash kasallikning bosqichidan qat'i nazar, u aniqlangan kundan boshlanishi zarurligi tavsiya etiladi.

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi Uslubiy profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish bo'limi boshlig'i Shoakbar Anvarovning so'zlariga ko'ra, joriy yilning o'n oyida jinsiy yo'l bilan yuqtirganlik holati OIV aniqlangan fuqarolar orasida 77 foizni tashkil qilmoqda. 10 foiz holatda parental yo'l bilan yuqtirib olish holati qayd etilgan. Vertikal yo'l orqali, ya'ni onadan bolaga yuqish holati esa 0,2 foizni tashkil etadi. 2010-2012 yillarda OIV infeksiyasi onalardan tug'iladigan bolalarning 5-6 foiziga OIV infeksiyasi yuqqan bo'lsa, bugungi kunda bu ko'rsatkich 0,2 foizni tashkil qiladi [2]. Mamlakatimizda OITS kasalligiga qarshi kurashishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, joriy yil 2023 yilning 20 yanvarida "Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2030-yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun "95-95-95" strategiyasi olg'a surilgan bo'lib, uning doirasida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi o'zining OIV statusini, ya'ni organizmida OIV mavjudligini bilishi, 95 foiz OIV yuqtirib olganlar maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishlari hamda 95 foizi qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishiga erishish maqsadi belgilangan. OITS bilan kasallangan bemorning qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushushiga erilishil;sa, u bemor yuqturuvchi hisoblanmaydi, ya'ni bu kasallikni boshqalarga yuqtirmaydi. Bu maqsadlarga erishish uchun respublikamizda 173 ming nafardan ortiq aholi o'rtasida ekspress-testlar o'tkazildi. Shuningdek 129 mingta ekspress-testlar respublikaning barcha tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy polikilinikalarga yetkazildi.

April 20, 2024

767

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

^ationalUniversityofUzbekista^^^^^ranfimSiiSno

OIV infeksiyasini to'liq davolashning imkoni yo'q. Biroq OIV va opportunistic infeksiyalarning oldini olish, tashxislash, davolash va parvarishlash imkoniyatlarining ortib borayotganligi sababli OIV infeksiyasi boshqarilishi mumkin bo'lgan surunkali kasallikka aylandi. OIV bilan yashovchi shaxslarning sog'lom va uzoq umr ko'rinishlari imkonini yaratilgan. Mamlakatimizda ham bu borada keng ko'lamli ishlar qilinmoqda. Jumladan davlat byudjeti hamda OITS, sil va bezgak kasalliklariga qarshi kurash bo'yicha Global jamg'arma mablag'lari hisobidan qariyib 7 million AQSH dollori midorida retrovirusga qarshi dori vositasi xarid qilinib, 40 ming nafardan ortiq bemor virusga qarshi terapiya bilan qamrab olingan. Respublika OITSga qarshi kurashish markazi hamda FHDYO organlari axborot tizimi integratsiya qilindi. Ushbu tizim orqali nikohlanuvchilarning OIVga tibbiy tekshiruv jarayoni qulay va sodda holatga olib kelindi. Yurtimizda OIV infeksiyali bemorlarning 83 foizi davolashning dunyoda tan olingan usuli - antiretrovirus muolajalar bilan qamrab olingan. Ular uchun zarur bo'lgan preparatlar xarajatlarining qariyb 80 foizi davlat byudjeti mablag'lari, qolgan 20 foizi esa xalqaro fondlar hisobidan qoplanmoqda.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki bugungi kunda OITS kasalligi proflaktikasi borasida ko'zga ko'rinarli amaliy ishlar qilinmoqda, shu bilan birga bu boradagi muammo va qilinishi lozim bo'lgan ishlar ham talaygina.

REFERENCES:

1. https://uza.uz/oz/posts/mamlakatimizda-48-mingdan-koproq-oiv-infeksiyasi-aniqlangan-fuqarolar-bor-ularning-54-foizi-erkaklar-46-foizi-ayollar_544006

2. Узбекистонда ижтимоий хдёт трансформацияси. Аб,^ани ХОЛБЕКОВ, Сарвар Назаркосимов, Бобир Бердиев. - Т.: «Kaleon press», 2021.

2. Medetovna, Axmedova Feruza. "Tibbiyot yo 'nalishidagi sotsial muammolar." journal of innovations in scientific and educational research 6.2 (2023): 15-20.

3. Kholmamatovich Z. E. The essence and significance of the neighborhood in the development of the national mentality //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2023. - Т. 21. - С. 271-277.

4. Сухомлинова М. В., Сабирова У. Ф. Формирование здоровьесберегающего пространства вуза //журнал социальных исследований. - 2020. - Т. 3. - №2. 1.

5. Алщориев Н.С., Каримова Н.Я. Ёш оилаларда ажримларни олдини олиш чоралари// Ижтимоий тадкщотлар журнали. 4 - жилд, 2-сон. (2021) DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181-9556-2021-2

6. Ernazarov B. Avlodlar almashinuvidagi yosh klasifikatsiyasining sosiologiyadagi ahamiyati //News of UzMU journal. - 2024. - T. 1. - №. 1.2. 1. - S. 261-265.

7. Isropilov M.B. The role of pr technologies in ensuring the sustainable development of society//Open Access Repository. - 2023. - T. 4. - №. 2. - S. 729-735.

768

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.