Научная статья на тему 'GURLAN TUMANI AHOLISI SALOMATLIGI VA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMINING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI'

GURLAN TUMANI AHOLISI SALOMATLIGI VA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMINING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ambulatoriya-poliklinika / dorixona / epidemiologik vaziyat / ijtimoiy inratuzilma / ichimlik suvi / profilaktika / sanitar-gigiyenik sharoit / shifoxona muassasasi / tibbiy yordam / tibbiy xizmat. / ambulatory clinic / pharmacy / epidemiological situation / social infrastructure / drinking water / prevention / sanitary and hygienic conditions / hospital / medical aid / medical service.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xamroyev M.O., Po‘Latova Q.D.

Maqolada Xorazm viloyati Gurlan tumani aholi salomatligi va tibbiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining hududiy-geografik xususiyatlari o‘rganilgan va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GEOGRAPHICAL CHARACTERISTICS OF THE HEALTH AND MEDICAL CARE SYSTEM OF THE POPULATION OF GURLAN DISTRICT

In the article, the regional and geographical features of public health and medical service networks of Gurlan district of Khorezm region are studied and analyzed.

Текст научной работы на тему «GURLAN TUMANI AHOLISI SALOMATLIGI VA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMINING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI»

Xamroyev M. O.

Urganch davlat univesiteti "Geografiya" kafedrasi dotsenti

Po'latova Q.D.

"Geografiya" mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

GURLAN TUMANI AHOLISI SALOMATLIGI VA TIBBIY XIZMAT

KO'RSATISH TIZIMINING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Maqolada Xorazm viloyati Gurlan tumani aholi salomatligi va tibbiy xizmat ko'rsatish tarmoqlarining hududiy-geografik xususiyatlari o 'rganilgan va tahlil qilingan.

Kalit so 'zlar: ambulatoriya-poliklinika, dorixona, epidemiologik vaziyat, ijtimoiy inratuzilma, ichimlik suvi, profilaktika, sanitar-gigiyenik sharoit, shifoxona muassasasi, tibbiy yordam, tibbiy xizmat.

Khamroev M.O. associate professor "Geography" department Urganch State University Polatova K.D.

2nd stage master's student in "Geography" specialty

GEOGRAPHICAL CHARACTERISTICS OF THE HEALTH AND MEDICAL CARE SYSTEM OF THE POPULATION OF GURLAN

DISTRICT

Abstract. In the article, the regional and geographical features of public health and medical service networks of Gurlan district of Khorezm region are studied and analyzed.

Key words: ambulatory clinic, pharmacy, epidemiological situation, social infrastructure, drinking water, prevention, sanitary and hygienic conditions, hospital, medical aid, medical service.

Kirish. Sog'liqni saqlash tizimi davlatning aholi salomatligini muhofaza qilish masalalari bilan shug'ullanuvchi yetakchi tarmog'idir. U ijtimoiy sohalarning boshqalaridan farqli, aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi, uning takror barpo bo'lishi va rivojlanishini ta'minlaydi. Sog'liqni saqlash tizimi mamlakat va uning hududlari miqyosida aholi o'rtasida kasalliklarni oldini olish va uni davolash, yuqori mehnat qobiliyatini va uzoq umr ko'rishni hamda, shu asosda, jamiyatni barqaror rivojlanishini ta'minlaydi.

Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrdagi PF-158-sonli "«O'zbekiston - 2030»

strategiyasi" Farmonini 1-ilovasi 1.2-bandida aholi salomatligi ko'rsatkichlarini yaxshilash, oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko'rsatish, chaqaloqlar va bolalar o'limini kamaytirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada keng amalga oshirishga katta e'tibor qaratilgan.

Ishning maqsad va vazifalari: Gurlan tumani aholisi, salomatligi, tibbiy xizmat ko'rsatish tarmoqlarining hududiy xususiyatlarining rivojlanishi va zamonaviy holati, aholi salomatligining birlamchi bo'g'ini - kichik hududlar tibbiy infratuzilmasi hududiy tashkil etilishi, uning aholi salomatligida aks etishi, hamda uni rivojlamtirishning ijtimoiy geografik jihatlarini o'rganish va tahlil qilish asnosida xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Asosiy qism: Aholining fiziologik ko'rsatkichlari, salomatligi bevosita jamiyat taraqqiyotining, hududning ekologik sharoiti mahsulidir.

O'zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki yillardanoq, aholi salomatligini yaxshilash, tibbiy xizmat ko'rsatish muassasalar faoliyatini takomillashtirish masalalariga katta e'tibor qaratildi. Ushbu boradagi chora-tadbirlar va amaliyotlar yildan-yilga chuqurlashtirilib, ko'lami kengaytirilib borilmoqda. Bunga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2018 yil 7 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-5590-son farmoyishi hamda u asosda amalga oshirilayotgan 2019 — 2025 yillarda O'zbekiston Respublikasining sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi bunga dalil bo'la oladi.

Ammo, respublikamizning ayrim mintaqalarida shu jumladan viloyatimizda ekologik vaziyatning yomonlashuvi, aholi ijtimoiy ta'minotida muammolar va bir qancha omillar ta'sirida o'lim ko'rsatkichlari, ayniqsa bolalar o'limi darajasini pasaytirishda erishilgan yutuqlarga qaramay kasalliklarga chalinish darajasi ortib borishi kuzatilmoqda.

1-rasm. Xorazm viloyatida aholining birlamchi kasalliklarga chalinishi (100

000 aholiga nisbatan). Manba: Xorazm viloyatida sog'liqni saqlash sohasining asosiy statistik ko'rsatkichlari (2022- yil yakuni bo'yicha).

Yuqoridagi rasmdan ko'rinib turibdiki, Xorazmda aholining birlamchi va umumiy kasallanishi hajmida nafas olish a'zolari kasalliklari (NOAK) hamda

ovqat hazm qilish xastaliklaгi ko'pchilikni tashkil etadi. Masalan, 2022 yilda dastlabki marotaba kasallangan bemorlarning har 1GGGGG kishiga 16,7 mingi NOAK, 13,4 mingi ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklariga chalingan (1-rasm).

Shifo maskanlariga muгojaat qilgan bemoгlaг bo'yicha keyingi asosiy tarkibni peгinatal davгda ro'y beгgan ayгim holatlaг va homiladoñik, tug'гuq va tug'гuqdan keyingi davr asoгatlaгi kasalliklaгi tashkil etadi, jarohatlanish, zahaгlanisЫaг va ayгim tashqi sabablaT bilan bog'liq asoгatlaг ko'гsatkicЫaгi (8,0%) ham ancha yuqoridir.

Urganch sh.

Hazorasp Urganch Gurlan Qo'shko'pir Yangibozor Shovot Yangiariq Bog'ot Xiva Xonqa Xiva sh. Tuproqqal'a

64826(0 60582,4 57412,6

147287,7

55454,8 53658,2 52176,0 51418,0 49661,6 46837,5 45671,7 43195,7 42816,5

2-rasm. Shahar va tumanlar kesimida aholining birlamchi kasalliklarga

chalinishi (100 000 aholiga nisbatan). Manba: Xorazm viloyatida sog'liqni saqlash sohasining asosiy statistik ko'rsatkichlari (2022- yil yakuni bo'yicha).

Gurlan tumani aholisi salomatligi ko'гsatkichlaгing viloyatning boshqa hududlarinikiga taqqoslaganda ancha salbiy holatlaг yaqqol ko'zga tashlanadi. Xususan, 2G23 yilda, tuman har 1GGGGG kishiga nisbatan birlamchi kasallanish darajasi bo'yicha viloyatda tuman va shaharlar o'rtasida Urganch shahгi hamda Hazorasp va Urganch tumanlaridan keyin 4 - o'rinni (aholi soni bo'ycha 7-o'rinni egallaydi) egallagan (2-rasm).

Ta'kidlab o'tganimizdek, tumanda aholi o'rtasida kasallanishining umumiy miqdori ortib bormagani holda yuqumli va xavfli kasalliklarning ayrimlari oldingi yilga nisbatan ortgan (1-jadval). Masalan, 2G22-2023 yillar oralig'ida umumiy

kasalanish hajmida, ulushi unchalik katta bo'lmasa-da, davolash qiyin yoki iloji yo'q bo'lgan OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi - 104,2, qandli diabet 104,0, oshqozon va ichak kasalliklari 105,0 foizga oshdi. Faqat o'tkazilayotgan profilaktik tadbirlar samarasi o'laroq, yuqumli, parazitar, qon va qon hosil qiluvchi a'zolar xastaliklari ko'payish sur'ati turg'unlashgan, shikastlanish va zaharlanishlar hajmi esa kamayib bormoqda.

1-jadval.

Kasalliklar va kasallanish darajasi_

Kasallik nomi Kasallanish (har 10 ming aholiga) 2022-2023 yillar oralig'idagi o'sish %

2022 yilda 2023 yilda

Yuqumli kasalliklar: 1490 1054 70,7

- OITS 48 50 104,2

- sariq 35 35 0,0

- qizamiq 1 5 500,0

-suvchechak 0 1 100,0

- boshqalar 1406 963 68,5

Yuqumli bo'lmagan kasalliklar: 107506 106431 99,0

- qandli diabet 2605 2710 104,0

- yod taqsilligi 1181 1207 102,2

- oshqozon va ichak kasalliklari 1919 2025 105,5

Boshqalar 101801 100489 98,7

Manba: Xorazm viloyatida sog'liqni saqlash sohasining asosiy statistik

ko'rsatkichlari (2022- yil yakuni bo'yicha).

Tumanda aholi salomatligining yomonlashib borishiga aholi zichligi va ijtimoiy muammolarning murakkablashayotganligi ham sabab bo'lmoqda. Sanitariya-epidemilogiya tadqiqotlari xulosalariga ko'ra, hududda aholining zichligi 1 kv.km. ga 200 kishidan ortsa, makonda sanitariya va epidemilogiya sharoiti keskinlashadi. Shuningdek, aholi miqdori va zichligining ortib borishi tabiiy ravishda insonining fiziologik va psixologik holatiga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qo'ymaydi. Tumanning asosiy qismi deyarli bir turdagi tabiat landshafti hamda xo'jalik ixtisosligiga ega bo'lsada, aholisi salomatligi ko'rsatkichlari ma'lum tafovutlarga ega.

Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish bo'yicha kompleks profilaktika, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlarining joriy etilishi o'ta xavfli yuqumli kasalliklar, poliomielit, difteriya, chaqaloqlar qoqsholi yuzaga kelishidan to'liq himoya qilish imkonini berdi. Mahalliy kelib chiqishi mumkin bo'lgan qizamiq va qizilcha (suvchechak)ning ommaviy tarqalishiga yo'l qo'yilmayapti.

Infeksion kasalliklar orasida sil kasalligi ancha xavfli bo'lib, u sil infeksiyasi tashuvchi mikrobakteriyalardan o'tadi. Bu kasallik asosan o'pkaning shikastlanishi bilan kuzatilib, 2022 yil 9 oyida viloyatda 490 ta sil kasalligiga chalingan bemor qayd etilgan va 34 tasi Gurlan tumaniga to'g'ri kelgan va ushbu kasallikka chalinish bo'yicha tuman viloyatda har 100000 aholiga to'g'ri keladigan ko'rsatkich bo'yicha viloyat o'rtachasidan past va faqat Xiva shahri, Qo'shko'pir, Xonqa va Yangiariq tumanlaridan oldinda turadi. Eng quvonarlisi, tumanda ushbu xavfli kasallikka chalinish darajasi oldingi yilning shu davriga qaraganda pasaygan.

Tumanda, viloyatning boshqa hududlarida kuzatilganidek, xavfli o'sma kasalliklariga chalinish miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Xususan, 20212022 yillar oralig'ida, ya'ni bir yilda tumanda ushbu kasalliklar bilan xastalanish 103,2 foizga o'sgan. Tumanda ushbu guruh kasalliklar bilan og'rish darajasi bo'yicha viloyat o'rtachasidan past va ushbu kasallika chalinish bo'yicha faqat Bog'ot, Tuproqqal'a, Hazorasp tumanlaridan oldinda turgan.

Xavfli o'sma kasalliklarining umumiy kasallanish hajmidagi ulushi unchalik katta emas, ammo u bilan bog'liq o'lim holati ancha yuqori. Ushbu kasallik turlarining davolash imkoniyatlari hozirda cheklangan va faqat dastlabki aniqlanish davrida davolanish ijobiy natija beradi. Ushbu hol bu guruhga kiruvchi kasalliklarning nihoyatda xavfli ekanligini ko'rsatadi.

Xavfli o'sma kasalliklari epiteliy to'qimalar faoliyatining kanserogen moddalar, ayrim virus va nukleidlar hamda texnogen ta'siri ostida shakllanadi. Muhitga texnogen ta'sirning ortib borishi natijasida ekologik sharoitning o'zgara borishi turli xil konservantlar va salbiy odatlarga (ichish, chekish va xokazo) ruju qo'yish ushbu kasalliklarning ortib borishiga sabab bo'lmoqda.

2-jadval.

Gurlan tumanida ayrim kasalliklarga birlamchi chalinish (2021-2022 uch kvartali) ko'rsatkichlarining viloyat o'rtachasi bilan taqqoslama jadvali.

2021 yil 9 oylik 2022 yil 9 oylik

Mutloq sonda 100000 aholiga Mutloq sonda 100000 aholiga

Sil kasa ligi

Gurlan 35 23,6 34 22,6

Viloyat bo'yicha 426 22,7 490 25,7

Zahm

Gurlan 0 0 2 1,3

Viloyat bo'yicha 84 4,5 102 5,3

So'za

Gurlan 6 4 1 0,7

Viloyat bo'yicha 107 5,7 110 5,8

Narkomaniya

Gurlan 1 0,7 1 0,7

Viloyat bo'yicha 14 0,7 16 0,8

Alkogolizm

Gurlan 33 22,2 43 28,5

Viloyat bo'yicha 444 23,6 479 25,1

Ruhiy kasalliklar

Gurlan 24 16,2 32 21,2

Viloyat bo'yicha 446 23,7 495 25,9

O'sma kasalligi

Gurlan 62 41,7 64 42,5

Viloyat bo'yicha 890 47,3 928 48,6

Qandli diabet kasalligi

Gurlan 149 100,3 167 110,8

Viloyat bo'yicha 2668 141,9 2716 142,3

Manba: Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari

Xastaliklar orasida ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari ikkinchi o'rinda turadi. Ushbu guruhga kiruvchi xastaliklar bevosita ekologik va sanitar-epidemiologik sharoit bilan bog'liq. Yerosti suvlarning yaqinligi, tuproq qoplamining yuqori darajada sho'rlanganligi, issiq va quruq iqlim, noto'g'ri ovqatlanishi va turmush tarzi (alkagolizm, narkomaniya) va boshqa qator omillar ozuqa mahsulotlari, ichimlik suvi sifatining buzilishi zamirida ushbu guruh kasalliklari shakllanadi.

Oshqozon-ichak kasalliklari bilan xastalanish Gurlan tumanida viloyatning boshqa ma'muriy tizimlarinikidan ancha yuqori. Uni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan alkagolizmning mutloq ko'rsatkichi bo'yicha tuman viloyatda 3-o'rinda, har 100000 aholiga nisbatan 5-o'rinda turadi. 2023 yilda tumanda oshqozon va ichak kasalliklari bilan birlamchi xastalanish ko'rstkichlari oldingi yilga nisbatan 105,5 foizga ortgan.

2023 yilda viloyatda birlachi kasallanish hajmida NOAK yetakchilik qilgan. Tumanning daryobo'yi hududlarining Sultonuvays sanoat zonasiga yaqinligi sement ishlab chiqarish, ohaktosh va boshqa rudalarni o'zlashtirish bilan bog'liq korxonalar chiqindilari bilan ifloslanishiga olib kelmoqda.

NOAK dan bronxit, surunkali bronxit, astma, sil kasalliklari hayot uchun ancha xavfli bo'lib, so'nggi yillarda tuman hududida ushbu xavfli kasallik bilan xastalanish ko'rsatkichlari pasayib bormoqda.

Qon va qon hosil qilish a'zolari kasalliklari tumanda, butun viloyatda bo'lganidek, keng tarqalgan. Ushbu guruh xastaliklari ichki omillar ta'sirida shakllanmasada, bevosita inson salomatligiga putur yetkazuvchi boshqa tizim kasalliklar oqibatida yuzaga keladi.

Xususan, endokrin tizimi yoki ichki sekresiya bezlari faoliyatining buzilishi, asab tizimi va boshqa qon va qon hosil qilish a'zolari kasalliklarini keltirib chiqaradi. Tumanda ichki sekresiya bezlari, ovqatlanish, modda almashinuvi va immunitetning buzilishi natijasida yuzaga keladigan eng xavfli

kasallik - qandli diabet ortib bormoqda. Xususan birgina 2022 yilda ushbu kasallik har 100 ming aholi boshiga 110,8 ni tashkil etgan. Ushbu ko'rsatkkich viloyat ko'rsatkichida ancha kam bo'lsada, oldingi yilga qaraganda 6,7 foizga ortgan, vaholanki, viloyatda uning o'sishi atigi 0,3 foini tashkil etgan.

Qon va qon yaratish a'zolari xastaliklari bilan aholining kasallanishi viloyatining Yangibozor, Yangiariq, Hazorasp tumanlarida eng yuqori, Gurlan, Qo'shko'pir tumanlarida o'rtacha, Xiva, Bog'ot, Honqa Urganch, Shovot tumanlari hamda Urganch shahrida o'rtachadan past.

Ulushi bo'yicha keyingi o'rinda turuvchi qon aylanish tizimi kasalliklari bilan aholining xastalanishi qon va qon hosil qilish a'zolari kasalliklariga qaraganda hayotga xavf solishi bilan ajralib turadi. Aholi o'rtasida eng keng tarqalgan qon aylanish tizimi kasalliklariga qon arterial va venoz bosim kasalliklari, yurak ishemiyasi, miokard infarkti, qon tomirlari yorilishi natijasida ichki a'zolarga qon quyilishi, qon tomirlari shikastlanishi va boshqalar kiradi. Qon aylanish tizimi kasalliklari bilan xastalanish ulushi umumiy kasallanish hajmida unchalik katta emas 6,5- 6,8 foizni tashkil etadi.

Qolgan guruh kasalliklari bilan xastalanish, ayrimlarini (ayirish a'zolari, teri-tanosil kasalliklari, shikastlanish va zaharlanishlar) hisobga olmaganda, umumiy kasallanish hajmida salmoqli o'rinni egallamaydi. Biroq, ularning aksariyatining nisbiy ko'rsatkichlari bo'yicha viloyat respublikada yetakchilik qiladi. Xususan, asab tizimi, ayirish a'zolari, suyak-mushak va biriktiruvchi to'qimalar, teri va teri osti kasallikari, homiladorlik, tug'ish va undan keyingi tug'ma asoratlar, noaniq holatlar va belgilar nisbiy ko'rsatkichi bo'yicha birinchi va ikkinchi o'rinlarni band etadi.

Ruhiy kasallanish darajasi ham 2021 - 2022 yillarda tumanda mutloq (133,3 %) va 100 ming aholiga nisbatan (132,5 %) ortgan. Ruhiy kasalliklar turli-tuman stress va noxushliklar natijasida shakllanadi, aksariyat hollarda ijtimoiy muammolar ta'sirida shakllanadi. Ruhiy xastaliklari bilan kasallanish darajasi bo'yicha tuman viloyat o'rtachasidan past ko'rsatkichga ega.

Tuman aholisi salomatligi ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir o'tkazayotgan, ayni vaqtda ekologik, ijtimoiy ekologik sharoitini nisbatan yomonligidan dalolat beruvchi jihatlaridan biri ijtimoiy muammolar zamiridagi kasalliklarning (zaxm, so'zak) ortib borishidir. Umuman olganda, tuman aholisi salomatligi bo'yicha viloyatda o'rtacha ko'rsatkichlarga ega bo'lib qolmoqda.

Aytish o'rinliki, aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish muassasalarining hududiy tashkil etilishi hududlarda aniq ifodalangan tizim sifatida gavdalanadi. Tibbiy xizmat ko'rsatish muassasalari, avvalo, tumanning katta-kichikligiga, aholi soni va ayrim hollarda hudud ekologiyasi va nozologiyasi bilan bog'liq bo'ladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Mustaqillik yillarida viloyatda aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish tizimida ancha ijobiy o'zgarishlar bo'ldi. Xususiy dorixona va klinikalar tashkil etila boshlandi. Hududlarda qator kasalxona va klinikalar tugatilib, chekka joylarda yangi vrachlik punktlari, ambulatoriya va kasalxonalar, birinchi tibbiy sanitariya

yordami (ilgarigi feldsheг-akusheгlik punktlaгi o'mida) punktlari (BTSYo) ko'гsatish tashkil etildi.

Qishloq vгacЫik punktlaгi va quyi bo'g'indagi kasalxonalarni maqbullashtiгish tadbiгlaгiga mos ravishda ulaгdagi bemoгlar o'гinlaгi ham kamaydi va tizim yanada markazlashtirildi. Kasalxonalarda o'гinlaг va ovqat bilan ta'minlashni pullik tizimiga o'tkazilishi yengil shakldagi bemoгlaгni uyda davolanishga o'tishiga sabab bo'ldi. Shu bilan biгga sobiq Ittifoq davгida eski tipda qurilgan aksaг kasalxonalaгdagi shaгoit aholining ayrim qatlamiga ma'qul bo'lmaganligi ham bunga sabab bo'ldi, aholi iqtisodiyotini yaxshilanib borayotganligi esa xususiy klinikalarga talabni oshirdi. Ushbu jaгayonlaг tadqiqot obyekti Guгlan tumani uchun ham xosdir.

Guгlan tumanida hoziгda 30 ta stantsionañaT aholiga tibbiy xizmat ko'rsatmoqda. 2023 yil sog'liqni saqlash muassasalari faoliyatining asosiy ko'гsatkicЫaгi quyidagicha, shifoxona muassasalari soni 30 tani tashkil etib shundan xususiy shifoxona muassasalari soni 15 ta, 1 ta tez (shoshilinch) tibbiy yordam ko'rsatish tuman bo'limi mavjud. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 22 tani tashkil etib, shundan 10 tasi xususiy, 3 QVP, 6 oilaviy (ilgarigi ambulatoriya) poliklinika muassasalari 2 ta bosh sanitaT tez yordam ko'rsatish markaziga qarashli shahobcha(BSTYo) tibbiyot muassasi faoliyat yuritgan.

Guгlan shahaгchasida 1 ta 331 o'rinli shifoxona joylashgan. 2023 yilda statsionar holda 20332 ta bemor davolangan. Haг 10000 aholi hisobiga 202,2 o'rindan to'g'гi keladi. Xorazm viloyati markazi Uгganch shahri sog'liqni saqlash tizimi nafaqat shahar, balki butun viloyat aholisiga, Qoraqalpog'iston Respublikasining yondosh tumanlaгi aholisiga tibbiy xizmat ko'rsatadi. Bu yeгda ko'p tarmoqli viloyat, shahaг, markaziy klinik kasalxonalaгi, asab, uгologik, infeksion, pediatriya shifo markazlari joylashgan. Viloyatning boshqa ma'muriy biгliklaгi oгasida kasalxona xizmati bilan ta'minlanishi daгajasi bo'yicha Gurlan, Uгganch, Bog'ot va Xiva tumanlari biгoz ajгalib tuгadi. Jumladan, har 10000 aholiga to'g'ri keladigan bemor o'rinlari soni Urganch tumanida 36,5 ga, Xivada 34,9 ga, Gurlanda 30,1 ga Bog'otda 22,1 ga teng bo'lgan. Kasalxona xizmati bilan ta'minlanishi nisbatan past ko'rsatkichga ega hududlarga Xonqa, Yangiariq, Qo'shko'pir va Yangibozor tumanlarini kiritish mumkin. Bunday vaziyat bevosita ushbu tumanlaming viloyat markazi Urganch shahriga yaqinligi bilan izohlanadi.

Birlamchi tibbiy yordamni birlamchi tibbiy yordam ko'rsatuvchi davlat muassasalari, davlat o'rta va uchinchi darajali muassasalarining ambulatoriya-poliklinikalari va xususiy ambulatoriya-poliklinikalari ta'minlaydi. Qishloq joylaгda biгinchi aloqa punkti qishloq vгachlik punkti bo'lsa, ikkinchi darajali ambulatoгiya yoгdami tuman tuman kasalxonalarining ambulatoгiya xizmatlaгi tomonidan ko'rsatiladi.

Shahar joylaгda biгlamchi tibbiy-sanitariya yoгdami va tanlab olingan ikkilamchi yordam xizmatlari poliklinikalar tomonidan ta'minlanadi. Hozirda barcha turdagi poliklinikalar (ilgari kattalar, bolalar uchun ajratilgan va ayollar

sog'lig'iga ixtisoslashgan poliklinikalar) hozirgi kunda aholining barcha guruhlari uchun birlamchi tibbiy yordam ko'rsatadigan oilaviy poliklinikalarga aylantirilgan.

Shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari, xususan, shifoxonaga asoslangan shoshilinch tibbiy yordam sohasida muhim islohotlar amalga oshirildi. Mamlakat bo'ylab tuman, viloyat va respublika miqyosidagi statsionar muassasalarida shu jumladan, Gurlan tumanida bosh ko'p tarmoqli kasalxonasi qoshida tez (shoshilinch) tibbiy yordam bo'limlari tarmog'i tashkil etilgan.

Bugungi kunda tuman tez tibbiy yordam bo'limi qoshida 5 ta tez tibbiy yordam stansiyasi faoliyat yuritmoqda. Bu tarmoq stansiya va bo'limlarini son jihatdan ko'p yoki kamligi asosan tumandagi ma'muriy birliklarning markazga yaqin yoki uzoqligi bilan bog'liq. Gurlan tumanida markazga nisbatan olis (15 km va undan yiroq) qishloqlar mavjud.

Umuman olganda, aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish tarmoqlarini joylashtirishda ham tumanning yaqinlik masofasi xaritasidan foydalanish mumkin. Bevosita tuman markaziga olis hududlarda dorixona tarmog'i, aholiga tez tibbiy yordam ko'rsatish bo'limlarini tashkil qilishga e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

Tumanda ko'p tarmoqli bitta shifoxona mavjud, ko'plab kasallik toifalari va aholi guruhlari viloyat markazi va boshqa tumanlardagi alohida kasalxonalarda davolanadi.

Tibbiy xizmatlar ko'lami va sifatini oshirish jarayonini yuqori samarali dori-darmonsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Tumanda 84 dorixona mavjud. Dorixonalar katta qismi tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi. Tahlillar tumanda o'rtacha 1838 kishiga bitta dorixona to'g'ri keladi.

Shahar joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va tanlab olingan ikkilamchi yordam xizmatlari poliklinikalar tomonidan ta'minlanadi. Ilgari bir nechta poliklinikalar mavjud edi - kattalar, bolalar va ayollar sog'lig'iga ixtisoslashgan poliklinikalar. Qishloq joylarda umumiy amaliyotni joriy etishning so'nggi tendensiyalari shaharlarda takrorlanmoqda. Hozirgi kunda barcha turdagi poliklinikalar aholining barcha guruhlari uchun birlamchi tibbiy yordam ko'rsatadigan oilaviy poliklinikalarga aylantirilmoqda.

Xulosa: Tumanda aholi salomatligi va ekologik vaziyatni yaxshilash, eng avvalo, ichki imkoniyatlarni ishga solish bilan bog'liqdir. Xususan, Orol ekologik fojeasining kengayib va yanada chuqurlashib ketishini oldini olish maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlari va jahon hamjamiyatining atrof-muhitni muhofazalash tashkilotlari doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Tuman ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini jadal rivojlantirish hozirgi kunning asosiy masalalaridan sanaladi. Yangi ish o'rinlari yaratish orqali xo'jalik tarmoqlarini rivojlantirish, sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish ma'lum ma'noda ijtimoiy masalalarni hal qilish, o'z navbatida, aholining moddiy masalalar bilan bog'liq holda yuzaga keladigan kasalliklarini kamaytirish imkoniyatini yaratadi. Ma'lumki, doimiy yashash sharoiti va moddiy ahvolini

yaxshilash bilan bog'liq masalalarning murakkabligi hudud ijtimoiy masalalarini keskinlashtiradi va ayni vaqtda aholining rivojlanishi hamda salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Tuman sanitar-epidemiologik holatini yaxshilash maishiy chiqindilarni tashlash, saqlash hamda ularni qayta ishlash, ya'ni ekologik infratuzilma mexanizmini yangicha tashkil etish bilan bog'liqdir. Ayniqsa, grunt suvlarining yer betiga yaqinligi qattiq va kanalizatsiya chiqindilari tashlanadigan tizimni maxsus jihozlash, ayniqsa yopiq tizimli inshootlar holatiga o'tish tavsiya etiladi. Kanalizatsiya oqova chiqindilarini yopiq trassa orqali betonlashtirilgan havzaga tashlanishini va ularda zamonaviy tozalash inshootlarini barpo etish ushbu masalaning asosiy jihatlaridan hisoblanadi. Tumanda markazida markazlashgan kanalizatsiya tizim majud emas. Ko'p qavatli binolar oqovalari ayrim vaqtlarda butun shaharni bezovta qilgan vaqilar kuzatilgan.

Tuman aholisini chuchuk suv bilan ta'minlash asosiy masalalardan biridir. Hozirda viloyat aholisining 92 foizdan sal ortiqrog'i sifatli ichimlik suvi bilan ma'lum darajada taminlangan. Markaziy ta'minot tizimi suvining me'yorlarga javob bermasligi hamda yer osti suvlarining iste'molga yaroqsizligi aholi salomatligiga salbiy ta'sir etmoqda va aholi uni asosan maishiy maqsadlarda ishlatadi, ko'proq hozirda keng tarqalgan maxsus tozalangan ichimlik suvini iste'mol qiladi.

Inson salomatligi murakkab tabiiy va ijtimoiy muhitning mahsuli bo'lib. keyingisining aholi sog'lig'ining izdan chiqishida ulushi ortib bormoqda. Xususan, sivilizatsiya kasalliklari - gipertoniya, yurak ishemik kasalliklari, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi, diabet, bronxial astma, modda almashinuv, nevrozlar, ruhiy buzilishlar va boshqalar ijtimoiy muhitni zichlashib, yuqori shovqin, gipodinamiya, havoning kuchli ifloslanishi va h.k. qatori ijtimoiy muammolar ketidan quvish kabilar keltirib chiqaradi.

Ta'kidlangandek, tuman aholisi salomatligi viloyatda o'rtacha ko'rsatkichlarga ega, bolalar o'limi ko'rsatkichlari (2022 yilda 7,3) har ming tug'ilgan bolaga nisbatan pasayib borayotgan bo'lsa-da, tumanda qator tor yo'nalishdagi kasalxonalarni ochish, tibbiy xizmatni quyi tizimlarini texnik va texnologik qurollantirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистан давлатини биргаликда барпо этамиз. - Тошкент: «Узбекистан» НМИУ, 2016. - 56 6.

2. Комилова НД. Тиббиёт географиясининг назарий ва амалий масалалари. Монография. -Тошкент. 2016.

3. Комилова НД., Солиев А.С. Тиббиёт географияси. - Т.: Истиклол, 2005. - 162 с.

4. Хамроев М.О. Хоразм вилояти ижтимоий экологияси ва ахрли саломатлигининг географик хусусиятлари // геог.ф.ном. ол. уч. тай. диссертация-Т.: Университет, 2009

5. Курбонниёзов Р. Хоразм географияси. - У.: Хоразм, 1996. - 115 б.

6. Internet manbalari: https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/uzbekiston-2030_strategiyasi_asosiy_yunalishlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.