Научная статья на тему '“RUUSUL-MASAIL”NING ZAMONAVIY FIQHIY MUAMMOLAR YECHIMIDAGI AHAMIYATI'

“RUUSUL-MASAIL”NING ZAMONAVIY FIQHIY MUAMMOLAR YECHIMIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
No‘mon ibn Sobit / Mahmud Zamaxshariy / ibn Xalikon / Xoji Xalifa / Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy / Ruus al-masail / Tojal-tarojim / A’lom. / Nuʿmān ibn Thābit / Maḥmūd Zamakhsharī / ibn Khallikān / Ḥājjī Khalīfah / Muḥammad ibn Idrīs ash-Shāfiʿī / Ru’ūs al-masā’il / Tāj al-tarājim / al-Aʻlām.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — S.S.Saidjalolov

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutgan paytda Mahmud Zamaxshariy fidoyi olimlar bilan ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi. Uning o‘nta asari bugun ma’lum bo‘lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to‘xtovsiz davom etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF " RU’ŪS AL-MASĀ’IL " IN THE SOLUTION OF MODERN FIQH PROBLEMS

Maḥmūd Zamakhsharī is a great mufassir, mutakallim, jurist who came from Movarounnahr. When the scientific, cultural and economic situation in Mā Warāʾ al-Nahr was in decline, Maḥmūd Zamakhsharīserved to revive and restore science with selfless scientists. Ten of his works are known today, and scientific researches on these works continue without stopping.

Текст научной работы на тему «“RUUSUL-MASAIL”NING ZAMONAVIY FIQHIY MUAMMOLAR YECHIMIDAGI AHAMIYATI»



ARTICLE INFO

THE IMPORTANCE OF " RU'ÜS AL-MASÄ'IL " IN THE SOLUTION OF MODERN FIQH PROBLEMS S.S.Saidjalolov

International Islamic Academy of Uzbekistan Study of Islamic studies and Islamic civilization Senior teacher of ICESCO department, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11652089

ABSTRACT

Received: 06th June 2024 Accepted: 13th June 2024 Online: 14th June 2024

KEYWORDS Nucman ibn Thabit, Mahmud Zamakhshari, ibn Khallikan, Hajji KhaUfah, Muhammad ibn Idris ash-Shafi'i, Ru'us al-masa'il, Tajal-tarajim, al- A'lam.

Mahmud Zamakhshari is a great mufassir, mutakallim, jurist who came from Movarounnahr. When the scientific, cultural and economic situation in Ma Wara' al-Nahr was in decline, Mahmud Zamakhshari served to revive and restore science with selfless scientists. Ten of his works are known today, and scientific researches on these works continue without stopping.

"RUUSUL-MASAIL'NING ZAMONAVIY FIQHIY MUAMMOLAR YECHIMIDAGI

AHAMIYATI S.S.Saidjalolov

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o'rganish ICESCO kafedrasi katta o'qituvchisi, t.f.PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11652089

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th June 2024 Accepted: 13th June 2024 Online: 14th June 2024

KEYWORDS No'mon ibn Sobit, Mahmud Zamaxshariy, ibn Xalikon, Xoji Xalifa, Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy, Ruus al-masail, Tojal-tarojim, A'lom.

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutgan paytda Mahmud Zamaxshariy fidoyi olimlar bilan ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi. Uning o'nta asari bugun malum bo'lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to'xtovsiz davom etmoqda.

«Ruusul-masail"ning ahamiyati XX asrning 80-90--yillarida O'zbekistondagi diniy-ma'rifiy vaziyatda namoyon bo'ldi. Ma'lumki, mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida asrlar davomida Markaziy Osiyoda amalda bo'lgan hanafiy mazhabining ilmiy asoslarini ochib berish, uni yangi oqimlar ta'siridan himoya qilish o'ta dolzarb vazifaga aylandi. Sababi, diniy-ma'rifiy vaziyatga fiqhiy masalalar, mazhablar o'rtasidagi ixtilofli hukmlar bevosita ta'sir

ko'rsatdi. Dastlabki ixtilof namozda "omiyn" lafzini baland yoki past ohangda aytishdan boshlandi. Hanafiy mazhabida namozda "Fotiha" surasidan keyin "omiyn" ovoz chiqarmay, pichirlab aytiladi. Shofeiy mazhabida esa, mazkur ibora ovoz chiqarib aytiladi. Markaziy Osiyo musulmonlari asrlar davomida ibodatlarini hanafiy mazhabida ado etganlar bois, "omiyn" lafzini ovoz chiqarmay aytib kelganlar. 90--yillarida ayrim oqimlar tomonidan shofeiy mazhabi fiqhiy masalalari ibodatga kiritila boshlandi.

"Ruusul-masail"ning 55-masalasi namozda "Fotiha" surasini qiroat qilish borasidadir1. Hanafiy va shofeiy mazhablari bu borada ixtilof qilganlar. Zamaxshariy aytadi: "Bizning nazdimizda, "Fotiha" surasini o'qiy olmasa (boshqa sura o'qisa) namoz joizdir. Shofeiy nazdida joiz emas. Bu boradagi dalilimiz Qur'oni karim "Muzzammil" surasining: "Qur'ondan (o'zingizga) oson bo'lgan darajada o'qiyveringiz!" mazmunidagi 20-oyatidir2. Bu oyatda Alloh ta'olo "Fotiha" surasi va boshqa surani farqlamadi. Masalaning ma'nosi: "Qur'ondan qanday bo'lsa ham oyat o'qishdir" va bu bilan namozi sahih bo'lishi vojib bo'ldi. Bu xuddi ruku' qiluvchi ozgina vaqt ruku' qilsa ham rukuga o'tishiga o'xshaydi. Shofeiy Payg'ambar alayhis-salomdan Uboda ibn Somit rivoyat qilgan hadisni hujjat qildi: "Fotiha" surasi o'qilmagan namoz namoz emas"3. Biz bunga javoban aytamizki: "Qur'on o'qilmagan namoz namoz emas", degan rivoyat ham bor".

XX asrning 90-yillarda ayni masalada ko'plab ixtiloflar yuzaga kelgani ma'lum va mashhur. Hanafiy mazhabi dalillarini bilmasdan, xorijlik soxta da'vatchilar ta'sirida "Fotiha" surasini o'qish farz ekan, deb e'tiqod qiluvchilar, diniy-ma'rifiy sohada ziddiyatlar va beqarorlikka sabab bo'ldilar. Zamaxshariy kabi allomalarning "Ruusul-masail"i yetishmas edi. Uni bilgan insonlar deyarli yo'q edi. Shu sabab hanafiy mazhabiga ergashuvchilar orasida shofeiy mazhabi ta'limotining targ'ib qilinishi tushunmovchiliklarga sabab bo'ldi. Shofeiy mazhabi ta'limotiga ergashuvchilar: "Shu ishimiz hadisga muvofiq, hanafiylarda hadis yo'q" deyishlari, hanafiylikka ergashuvchilar esa, shofeiylikka ergashuvchilarni: "Adashgan, zalolatda" deyishlari sabab ko'plab mojarolar bo'lib o'tdi.

"Ruusul-masail"ning 58-masalasi ham dolzarbdir. O'tgan asrning oxirlarida diniy-ma'rifiy vaziyatga ta'sir ko'rsatgan omillardan biri bu - "Imomga ergashib namoz o'qiyotgan kimsaning imomning ortida qiroat qilishi"dir. Hanafiy mazhabida imomga ergashgan kimsa sukut saqlaydi. Shofeiylarda "Fotiha" surasini o'qishi vojibdir. Bu masalada Zamaxshariy quyidagilarni qayd etadi: "Imomning ortida qiroat qilish bizning nazlimizda vojib emas. Shofeiy nazdida vojibdir. Bu masaladagi dalilimiz Payg'ambar alayhis-salomdan naql qilingan hadisda ul zot aytdilar: "Imom ibodatda bosh-qosh bo'lish uchun tayin qilingan: u ruku qilsa ruku qiling, u sajda qilsa sajda qiling, u qiroat qilsa jim eshiting" Bu hadisni Imom Buxoriy4 va

1

Abdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matni. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.311.

2 Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021. -B.575

3 Buxoriy Muhammad ibn Ismoil. Sahih al-Buxoriy. Damashq: Dar ibn Kasir, 2002.B.186.

4 O'sha kitob.-B.172.

Muslim5lar rivoyat qilganlar. Bir kuni Rosululloh ortlarida qiroat qilayotgan kishi haqida: "Nega men qiroat borasida tortishyapman", dedilar. Ma'nosi: "Mening ortimda nega qiroat qilyapsizlar?" deganidir6.

Shofeiy esa, Payg'ambar (s.a.v)dan rivoyat qilingan quyidagi hadisni hujjat qilgan: Ul zot aytdilar: "Fotiha surasisiz namoz yo'q" va bu hadisda imom yoki boshqasi orasini ajratmadilar".

"Ruusul-masail"dagi mazkur ifoda ayni paytda ham ijtimoiy ahamiyatini yo'qotmagan. Bugungi kunda ham ijtimoiy barqarorlikni asrashda muhim. Turli oqimlarning soxta da'volariga raddiya berishda asosdir. Bu esa, fiqhiy mazhablar va ular o'rtasidagi farqli jihatlarni anglab yetmagan kishilar o'rtasidi ijtimoiy ziddiyatni keltirib chiqardi. Mazhablar o'rtasidagi farqlarni ochib beruvchi "Ruusul-masail"ga o'xshash asarlarga ehtiyoj paydo bo'ldi.

Mahmud Zamaxshariy "Ruusul-masail" asarining 59-masalasida shunday yozadi: "Omiyn lafzini aytishda bizning nazdimizda ovoz chiqarmay aytish sunnat,xoh imom bo'lsin, xoh ergashuvchi bo'lsin. Shofeiy nazdida "omiyn" ovoz chiqarib aytiladi Bu masaladagi bizning dalilimiz: "Omiyn" Qur'oni karimda o'qiladigan oyat emas. U tasbehdir. Tasbehlarni ovoz chiqarmay aytish sunnatdir. Va bunga boshqa tasbehlarni ovoz chiqarmay aytishdagi hukm dalil bo'ladi. Shofeiy esa, uni qiroat qilinadiganlar qatoriga qo'shdi va ovoz chiqarib aytishga hukm qildi7".

Taxminan 1992-yilda Toshkent shahridagi masjidlardan birida hanafiy mazhabi ta'limotiga zid ravishda namozda qo'lni ko'tarish masalasi ilgari surildi. Ayrim shaxslar shofeiy mazhabidagi "raf'ul-yadayn" hukmini joriy qilmoqchi bo'ldilar. Ularning bu ishlari hanafiy mazhabiga va O'zbekistonda qabul qilingan me'yorlarga zid ekani aytilganida: "Bizga hadisdan dalil keltiring" dedilar. Shunda dalil qidirib, O'zbekiston musulmonlari idorasi "Islom nuri" gazetasi tahririyatida uzoq yillar ishlagan, Toshkent islom institutida ko'plab talabalarga islom ilmlaridan dars bergan Muhammad Sharif Jumanov domlaga murojaat qilindi. Muhammad Sharif Juman bu masalaga "Ruusul-masail"da yechim borligini tushuntirgan holda Mahmud Zamaxshariyning mazkur muammoga munosabatini taqdim qildilar va Zamaxshariy naql qilgan hadisni ko'rsatdilar. Hadis ixtilof qilayotgan kimsalarga yetkazildi va natijada muayyan darajala vaziyat mo'tadillashishiga erishildi. Namozda qo'l ko'tarish borasida "Ruusul-masail"dagi 61-masala quyidagicha: "Namozda qo'llar faqat namoz kirishda takbir aytilganida ko'tariladi, bu bizning nazdimizda. Shofeiy nazdida qiyomda turishdan ilgari, ruku'dan va sajdadan bosh ko'tarishda qo'llar ko'tariladi. Dalilimiz: Nabiy alayhis-salomdan rivoyat qilingan hadisda ul zot sahobalarga aytdilar: "Nega men sizlarni otlar dumlarini qimirlatgandek namozda qo'l ko'tarayotganlaringizni ko'ryapman. Namozda sokin turinglar". Shofeiy bu masalada qiyosiy dalilni keltiradi: "Bu takbir namozda joriy qilindi va uni aytganda qo'llarni ko'tarish vojibdir. Dalili: Namozga kirishayotgandagi takbirdir". Mazkur masalada Zamaxshariyning yondashuvi o'ziga xosdir. Hanafiy mazhabining boshqa manbalarida "Raf' al-yadayn" bobida mazkur hadisni uchratmaymiz. Ular namozda ortiqcha

5 Muslim ibn al-Hajjaj. Sahihu Muslim. Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1991. J.1.-B.310

6. Termiziy Abu Iso. Sunan at-Termixiy. Qohira: Dar at-ta'sil, 2014. J.1. B.460

7

Chester Beatty Library. CBL AR 3600. - P.15.

qo'l ko'tarmaslik bobida boshqa dalillarni zikr qiladilar. Bugungi kunda faqihlar allomaning mazkur yondashuvini yoqlab, uni hanafiy mazhabining muhim dalili sifatida e'tirof etadilar8.

"Ruusul-masail"ning 66-masalasi ham dolzarbdir. Zamaxshariy aytadi: "Vitr, bizning nazdimizda, vojibdir.Shofeiy nazdida sunnatdir. Dalilimiz: Amr ibn Shuayb otasidan, u bobosidan, u Payg'ambar alayhis-salomdan rivoyat qilgan hadisda ul zot aytdilar: "Alloh ta'olo sizlarga bir namozni ziyoda qildi va u qizil tuyadan ham yaxshiroqdir. U vitrdir va uni muhofaza qilinglar"9. Hadisda Payg'ambar alayhis-salomning "Namoz ziyoda qildi", deganlari uning shar'iy jihatdan vojibligini bildiradi. Sunnat esa, vojib darajasida bo'lmaydi". Mazkur hadisni Amr ibn Shuaybdan rivoyat qilgan Imom Doruqutniy unga zaif hukmini bergan. Lekin aynan Doruqutniy "Sunanida" mazkur ma'noni tasdiqlovchi hadisni boshqa sanad bilan naql qilingan: "Abdulloh ibn Sulaymon ibn Ash'as, Iso ibn Hammoddan, u Lays ibn Sa'ddan, u Yazid ibn Abiy Habibdan, u Abdulloh ibn Roshid az-Zufiydan, u Abdulloh ibn Abi Murra az-Zufiydan, u Xorija ibn Xuzofadan naql qiladi: "Bizning oldimizga Rosululloh chiqdilar va aytdilar: ""Alloh ta'olo sizlarni bir namoz bilan qo'llab-quvvatladi, u qizil tuyadan ham yaxshidir, Alloh uni xufton va tong otquncha bo'lgan vaqt orasiga joriy qildi""10.

Shofeiy o'z qarashini quyidagicha dalillaydi: "Namozning besh vaqt ekaniga ummat ijmo qilgan. Agar vitrni vojib deyilsa, namozning vaqti oltita bo'lib qoladi, bu esa, mumkin emas". Mazkur mavzu kitobning 74-masalasida ham davom etadi. Zamaxshariy aytadi: "Vitr namozi bizda uch rak'atdir. Shofeiy nazdida bir rak'at bo'lib, undan oldingi ikki rak'at sunnatdir. Dalilimiz Ibn Mas'uddan naql qilingan rivoyatdir. U aytdi: Allohga qasamki, bir rak'atli namoz aslo joiz bo'lmadi". Shofeiy o'z qarashini quyidagicha dalilladi: "Bu namoz vitr, ya'ni toq namoz deb ataldi. Uning ismi bir rak'atligiga dalolat qiladi"11.

O'tgan asrning so'nggi o'n yilligida Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solgan turli oqimlar dastlabki ixtiloflarni bir qarashda ijtimoiy barqarorlikka ta'siri yo'qdek tuyulgan ibodat masalasida yuzaga keltirdilar. Bir qarashda bag'rikenglik nuqtai nazaridan, kim qaysi dinga, qaysi yo'nalishga e'tiqod qilishi uning shaxsiy ishi. Lekin aynan asrlar davomida Markaziy Osiy musulmonlari orasidagi birdamlik va hamjihatlik muhitining sobitligiga sabab bo'lib kelgan hanafiy mazhabi va moturidiya ta'limotiga xilof bo'lgan ta'limotlarni kiritishga urinishdan maqsad bag'rikenglik, turfalik emas edi. Keyingi voqealar rivoji buni ko'rsatdi. Masjidlarda "omiyn"ni baland aytish, noo'rin joylarda qo'llarni ko'tarish, imom ortida qiroat qilish, vitr namozini jamoa bilan emas, boshqacha tarzda o'qish kabi ibodatdagi ixtiloflar bora-bora aqidaviy ziddiyatlarga olib keldi12. Ekstremistik va terroristik tashkilotlar ta'limotining asosiy unsurlari bo'lgan "takfir" - musulmonlarni dinsizlikda ayblash, "hijrat" - yoshlarni turli o'lkalarga o'z vatanlarini tashlab chiqib ketishga undash, "jihod" - noma'lum kishilarga ergashib, qurolli kurash olib borish va "shahidlik" - o'z-o'zini

8 Abdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matni. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.312.

9 Doruqutniy Ali ibn Umar. Sunan ad-Doruqutniy. -Bayrut: Dar al-ma'rifa, 2001.J.2.-B.150

10 O'sha kitob.-B.149

11 Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-

islamiya", 1987. -B.173.

12

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ixtiloflar, sabablar, yechimlar. -T: Hilol nashr, 2019.

qurbon qilish kabi hech bir qonun-qoidaga to'g'ri kelmaydigan buzg'unchi g'oyalar ayrim ilmsiz va g'o'r yoshlar ongiga ta'sir ko'rsata boshladi13.

Aslida, mintaqa musulmonlari orasida ibodat masalalarida ixtilof chiqarayotgan kishilar maqsadi islomdagi mazhablarni targ'ib qilish va ular o'rtasidagi bag'rikenglikni ta'minlash emas, balki mazhabsizlik g'oyasini tarqatish bo'ldi. Har bir musulmon mazhabga emas, Qur'on va sunnatga mustaqil ergashishi kerak, degan g'oya bilan kishilarni adashtirdilar. Har bir inson Qur'on va hadisni o'zi tushunadigan bo'lsa, olimlar, ulamolar, imomlar va muftiylar faoliyatining keragi yo'q, degan g'arazli maqsad ilgari surildi. Oqibatda, ayrim adashgan kimsalar rasman tan olingan va qonuniy ro'yxatdan o'tgan diniy tashkilotlar, masjid va madrasalarning imomlari va ustozlarini, O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati, Ulamolar kengashini tan olmay, xorijlik soxta da'vatchilar g'oyalariga aldandidar. Oqibatda, "Hizbut-tahrir", "Akromiylar", "Nurchilar", "Jihodchilar" kabi oqimlar fuqarolar o'rtasida diniy parchalanish va adovatning yuzaga kelishiga sabab bo'lib, mavjud konsitutsiviy tuzum barqarorligiga tahdidga aylandi.

Qiyosiy huquqshunoslik - "tamazhub"ni, ilmi ijtihod darajasiga yetmagan insonning biror fiqhiy mazhabga ergashishi zaruriyatini asoslab beradi. "Lamazhabiya", ya'ni mazhabsizlik qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini asoslashda muhim omildir. Mahmud Zamaxshariyning "Ruusul-masail" asari mazhabsizlik g'oyasiga qarshi ma'rifat bilan kurashishda muhimdir. Dunyo tan olgan, Qur'on ma'nolariga uning darajasida hech kim yeta olmagani e'tirof etilgan Mahmud Zamaxshariydek alloma mazhabga ergashganini ilmiy asoslash bugungi kunda ham dolzarbdir.

Tinchlik va barqarorlikka tahdid solgan oqimlar o'zlarining g'arazli maqsadlarini hanafiy mazhabi va moturidiya ta'limotiga "hujum" qilish orqali amalga oshirishga intildilar. Oqibatda, mazhabsizlik g'oyasi mintaqaga tahdid soldi. Ko'zga ko'ringan ulamolar mazhabsizlikka qarshi kitoblar bitdilar14. Ular hanafiylik asoslarini islom asoslari bo'lmish Qur'on va sunnatdan uzoq deb tushuntirishga intildilar va bu holat ayni paytda ham internet olamida davom etmoqda. Hanafiylar va moturidiylar "adashgan" deb e'lon qilgan ayrim soxta da'vatchilar yoshlarni turli buzg'unchi yo'llarga boshlamoqdalar. Mahmud Zamaxshariyning "Ruusul-masail" asari islom ta'limotining asoslaridan bo'lmish "tamazhub", ya'ni mazhabga ergashishni ilmiy asoslashda muhimdir15. Asarda sunniylik mazhablarining ilmiy asoslari bayon qilingan. Asosiysi, asarda qayd etilgan 406 ta masalaning deyarli barchasida Jorulloh Mahmud Zamaxshariy hanafiylik nomidan so'zlab: "Bizda, bizning nazdimizda" degan jumlalar bilan hanafiylik qarashlarini bayon qilishi va uning dalillarini keltirishi, ayrim o'rinlarda, muxolif mazhabning dalillariga hanafiylikning munosabatini qayd etishi mazhabga ergashishning dolzarbligini isbotlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

13 J,Karimov. Jaholatga qarshi ma'rifat. -T: O'zbekisttn xalqaro islom akademiyasi nashriyot-matbii birlashmasi, 2019.

14

Muhammad Said Ramazón Butiy. Mazhabsizlik islom shariatiga tahdid soluvchi eng xatarli bid'atdir. T: Hilol-nashr, 2018.

15 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mazhablar birlik ramzi..-T: Hilolnagr, 2018.

References:

1. Abdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matni. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.311.

2. Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021. -B.575

3. Buxoriy Muhammad ibn Ismoil. Sahih al-Buxoriy. Damashq: Dar ibn Kasir, 2002.B.186.

4. Muslim ibn al-Hajjaj. Sahihu Muslim. Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1991. J.1.-B.310

5. Termiziy Abu Iso. Sunan at-Termixiy. Qohira: Dar at-ta'sil, 2014. J.1. B.460

6. Chester Beatty Library. CBL AR 3600. - P.15.

7. Abdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matni. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.312.

8. Doruqutniy Ali ibn Umar. Sunan ad-Doruqutniy. -Bayrut: Dar al-ma'rifa, 2001.J.2.-B.150

9. Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.173.

10. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ixtiloflar, sabablar, yechimlar. -T: Hilol nashr, 2019.

11. J,Karimov. Jaholatga qarshi ma'rifat. -T: O'zbekisttn xalqaro islom akademiyasi nashriyot-matbii birlashmasi, 2019.

12. Muhammad Said Ramazon Butiy. Mazhabsizlik islom shariatiga tahdid soluvchi eng xatarli bid'atdir. T: Hilol-nashr, 2018.

13. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mazhablar birlik ramzi..-T: Hilolnagr, 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.