Научная статья на тему 'MUSTALAHUL HADIS ILMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI (avvalgi uch davr)'

MUSTALAHUL HADIS ILMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI (avvalgi uch davr) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
660
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hadis / tadvin / marfu‘ / mavquf va maqtu‘ / sunan

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abubakr Muhiddin O‘g‘li Mustafoev

Mazkur maqolada Ulumul hadis fani, ―mustalahul hadis‖ sohasining shakllanishi va rivojlanishining avvalgi uch davr haqida, uning tendensiyasi haqida so‗z yuritilgan. Hadislarning paydo bo‘lishidan boshlab tadvin (hadislarni yozma holatga keltirish) davrigacha bo‘lgan rivojlanishi atroflicha bayon qilingan. Shuningdek har bir davrda bu sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlar, rivojlanish bosqichlari olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar asosida birma-bir asoslab berilgan. Shu uch davrda hadisshunoslik sohasida xizmat qilgan buyuk olimlar, ularning qilgan yangiliklari, qoldirgan bebaho asarlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTALAHUL HADIS ILMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI (avvalgi uch davr)»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-64-69

MUSTALAHUL HADIS ILMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

(avvalgi uch davr)

Abubakr Muhiddin o'g'li Mustafoev

Xalqaro Islom Akademiyasi "Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o'rganish

ICESCO" kafedrasi tayanch doktoranti E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Ulumul hadis fani, "mustalahul hadis" sohasining shakllanishi va rivojlanishining avvalgi uch davr haqida, uning tendensiyasi haqida so'z yuritilgan. Hadislarning paydo bo'lishidan boshlab tadvin (hadislarni yozma holatga keltirish) davrigacha bo'lgan rivojlanishi atroflicha bayon qilingan. Shuningdek har bir davrda bu sohada qo'lga kiritilgan yutuqlar, rivojlanish bosqichlari olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar asosida birma-bir asoslab berilgan. Shu uch davrda hadisshunoslik sohasida xizmat qilgan buyuk olimlar, ularning qilgan yangiliklari, qoldirgan bebaho asarlari yoritib berilgan.

Kalit so'z: hadis, tadvin, marfu', mavquf va maqtu', sunan

Islom dinining haqqoniyligi, pokligi, insonparvarligi, bag'rikengligi, odamzodni doimo yaxshilik va ezgulikka chorlashi, hayot sinovlarida o 'zini oqlagan qadriyat va ananalarni ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi o'rni hamda ahamiyati katta. Islom dini ta'limotining shakllanishida Qurondan so'ng Muhammad (s.a.v.)ning sunnatlari muhim o'rin tutadi. Islomda diniy-ma'rifiy, ilmiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy hayot, qonun qoidalar me'yorlari Quroni Karim va hadis bilab tartibga solib borilgan.

Hadislar islom ta'limoti va asoslari haqida muhim ma'lumotlar beruvchi diniy, ma'naviy-axloqiy hamda tarixiy manba hisoblanadi.

Payg'ambar (s.a.v.)ning aytgan so'zlari, qilgan ishlari, taqrirlari, tashqi ko'rinish va odob-axloqlariga oid ma'lumotlar hadis deb ataladi. Shunga ko'ra, muhaddislar hadislarni qavliy, fe'liy, taqririy xalqiy va xulqiy turlarga ajratganlar. Lug'aviy jihatdan "hadis" - ko'plikda "ahadis"— "gap", so'z , xabar", "hikoya", "yangi" va "zamonaviy" degan ma'nolarni anglatadi.1

Payg'ambar (s.a.v.) ning hadislarini o'rganish bilan "ulumul hadis" fani va uning turli sohalari shug'ullanadi. "Ulumul hadis" fani va uning "mustalahul hadis"

1 Гиргас В.Ф. Арабско -русский словарь к Корану и хадисам. -Москва: Диля, 2006.-С.152 E-mail: [email protected]

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-64-69

sohasi tarix davomida bosqichma-bosqich rivojlanib keldi. Biznining hadis ilmi istilohlarini taraqqiyot yo'nalishi aniqlash borasidagi zamonaviy tadqiqotimiz, uning tarixidan to hozirgacha qaysi bosqichlarni bosib o'tganligini o'rganishga ilhomlantirdi. Tadqiqotlar natijasida biz bu bosqichlarni hadis ilmi tarixi ilgari o'rganmagan davrlarga bo'lishga erishdik. Biz quyida ular haqida gapiradigan bir nechta davr mavjud:

Birinchi davr: paydo bo'lish davri. Bu esa Payg'ambarimiz (s.a.v.), sahobalar va kata tobeinlar davri bo'lmish hijriy I asr oxirigacha davom etgan.

Payg'ambar (s.a.v) vafot etgach, sahobalar islom mash'alini ko'tardilar. Uar Payg'ambar (s.a.v) dan eshitgan har bir hadislarini butun ummatga yetkazish, insoniyatni zalolat botqog'idan qutqarish yo'lida tinmadilar. Sahobalar Qur'oni Karimni to'liq hifz qilganlaridek Nabaviy hadislarni ham yodlagan va chuqur anglagan edilar. Ular o'z vazifalarini bakarish uchun yer yuzi bo'ylab tarqaldilar.

Ikkinchi davr: takomillashuv davri bo'lib, bu davrda hadis ilmlari takomillashtirildi. Hadisning barchasi birin-ketin topilib, olimlar tomonidan tartiblangan qoidalarga solingan. Bu davr II asrndan III asrning boshigacha davom etgan.2

Ammo bu davrda bir necha yangi muammolar paydo bo'la boshladi. Ularning eng asosiylari:

1 - Imom Zahabiy "Tazkiratul huffoz"da aytib o'tganidek, odamlarda yodlash qobiliyati zaiflashdi.

2 - Hadislarni sahobalarning har biridan ko'pgina jamoalar tinglab, bu jamoa vakillari turli mamlakatlarda tarqalib ketgani bois sanadlar uzun va shoxlangan edi. Insonlardagi ijobiy xislatlar kamaya borgani sabab hadis sanadlariga maxfiy va zohiriy illatlar paydo bo'ldi.

3 - To'g'ri yo'ldan, sahobalar va tobeinlarga ergashganlar izidan og'ishgan firqalar ko'paydi. Masalan, mo''tazila, jabariyya, xorijiylar va boshqalar.

Islom ulamolari bu zaruratlarga qarshi turishdi va har bir favqulodda vaziyatda yuzaga kelgan bo'shliqni to'ldirish uchun unga yechim topishdi, jumladan:

1 - Hadislarni yozma qayd etish. Umar ibn Abdulaziz sunnat xazinalarini asrab-avaylash zarurligini his qilib, islom diyorlariga xat yozdi. Bundan keyin hadislar zoye bo'lmasligi uchun o'zlari bilgan barcha hadislarni yozib qo'yishni tayinladi.

2 Nuriddin Itr. Manhajun naqd fi ulumil hadis. Bayrut. Darul fikr. -2020: B-62.

3 Osha asar. - B-62.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-64-69

Imom Buxoriy rivoyat qiladilar: "Umar ibn Abdulaziz Abu Bakr ibn Hazmga shunday yozgan: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida nima borligini ko'rib, yozib qo'yinglar, chunki men ilmning saboqlaridan va olimlarning yo'qolishidan qo'rqaman».4

Zuhriy, Abu Bakr ibn Abdurrahmon va boshqalar o'zlarining hadis ufqlarida bo'lgan barcha narsani yozdilar. Tez orada hadislar jome' va musannafotlarda jamlandi. Bulardan: Jomei Muammar ibn Roshid (154-hij.), Jomei Sufyon as-Savriy (161-hij), Jomei Sufyon ibn Uyayna (198-hij), Musonnafi Abdurazzoq (211-hij), Musonnafi Hammod ibn Salama (167-hij) va Imom Molikning "Muvatto" asari. "Muvatto" o'sha davrdagi eng sahih asar hisoblangan. Lekin uning hadislari kam bo'lib, sahoba va tobe'inlardan 500 ga yaqin hadisni o'z ichiga olgan. Ko'pgina olimlar u kishiga taqlid qilib Muvatto yozgan. Hattoki Muvattolar qirqtaga yetgan. Imom Shofe'iy: "Allohning kitobidan keyin eng to'g'ri kitob Molik kitobidir"5, deganlar.

Olimlar bu asarlarda marfu', mavquf va maqtu' hadislarni ham kiritdilar. Chunki ular hadislarni saralashni emas balki ularni saqlab qolish uchun to'plashni niyat qilgan edilar. Shuning uchun ular turli masalalar borasida zikr qilingan barcha hadislarni aytuvchisiga borib yetadigan sanad zanchirlari bilan yozib qoldirdilar.

2 - Insonlarda yod olishda zaiflik keng tarqalganligi, havoyi nafs va bid'atlarning tarqalishi sababli jarh va ta'dil ulamolar yetishib chiqdi. Shunday qilib, bir guruh imomlar o'zlarini kishilarni tanqid qilishga bag'ishladilar. Shu'ba ibn Al-Hajjoj (160-hij), Sufyon Savriy va Abdurrahmon ibn Mahdiy (198-hij.) va boshqalar bu ilmda shuhrat qozondilar.

3- Hadisni bilmaganlardan qabul qilishni to'xtatildi. Imom Muslim "Sahih"ining muqaddimasida Abu Zinoddan quyidagicha rivoyat qiladi: "Men Madinada yuz kishini uchratdim, ulardan hadis olishlik man qilingan edi. Ularga nisbattan: "Laysa min ahlihi (u hadis ahlida emas)" deb aytilar edi".

4- Hadislar kuzatila boshlandi. Har bir yangi holatga yechim bo'ladigan, hadisdagi hukmlarni aniqlashtiradigan alohida-alohida qoidalar joriy qilishdi. Shundan so'ng hadis turlari takomillashdi va bu ilmdagi maxsus istilohlar vujudga keldi.

Hadis ilmining illatlarini aniqlash maqsadida rivoyatlarni tadqiq qilish va kuzatib borishga alohida e'tibor qaratildi. Bu maqsad yo'lida turli yurtlarga safar qilish boshlandi. Bu safarlar hadis izlanuvchilari uchun juda zarur hisoblangan.

4 Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Sahihu-l-Buxoriy. Bayrut. Dar ibn Kasir. 2018: -J.1- B-27

5 Nuriddin Itr. Manhajun naqd fi ulumil hadis. Bayrut. Darul fikr. -2020: B-63.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-64-69

Chunki sanad zanjiridagi noma'lum bir roviyni faqatgina u yashab turgan yurtiga boribgina uni aniqlashtirish mumkin. Ulamolar bu sayohatlaridan juda ko'p foydalar olganlar. Sahobalar yer yuzi bo'ylab turli ufqlarda yoyilgan edilar. Ular bu diyorlarga safar qiluvchi muhaddis olimlarning huzuridagi hadislarning roviy va matnlari orasidagi zanjirlarini tartiblab berishar edi. Buning natijasida ko'plab foydalar bo'ldi. Ilm olish uchun safarga chiquvchilar "sayohatchi" laqabi bilan yuritila boshlandi. Buyuk muhaddislar uchun bu shior edi. Hatto ularning ko 'plari sharq va g'arbni bir necha marta aylanib chiqqanlar. Olimlar insonlarga o'z safarlari davomida o'zlari duch kelgan mashaqqat va ajoyibotlar6 haqidagi ma'lumotlarni yetkazganlar.

Bu davrda Imom Zuhriy hadis borasidagi qonun-qoidalarni yig'ib, bir tizimga tushurish uchun qo'l ostidagilariga ularni to'plashni buyurdi. Hattoki ba'zilar uni hadis ilmlarining muallifi deb hisoblashgan.

Ammo bu ilm va qonun-qoidalarning har biri yig'ilib bir tizimga kiritilgunicha odamlarning zehnida saqlanib qolgan. Ularning hech biri kitobga yozilmagan. Bu fan borasida muhim bo'lgan alohida boblar va istilohlarni qog'ozga tushirish nuqtai nazaridan Imom Shofi'iy eng avvalgi hisoblanadilar. Imom Shofi'iy kitobi "Al-Umm"da dalil sifatida keltirgan hadisi sharif haqida gapirib, unda sahihning shartlarini qayd qilib qo'ygan. Roviyning hifzi, ma'no bilan rivoyat qilish, mudallis

о

uning hadisini qabul qilish shartlari haqida ham so'z yuritgan. Mursal hadisni qabul qilish haqida ham gapirib bu borada juda kuchli hujjatlar keltirgan. Bundan tashqari hadis ilmiga oid boshqa masalalar ham muhokama qilingan.

Shu sababdan hadis ilmidan bizga yetib kelgan birinchi manba Imom Shofi'iy yozgan kitob sanaladi.

Uchinchi davr: hadis ilmlari tadvini (kitobat holiga keltirish). Du davr hijriy III asrdan to IV asrning o'rtalarigacha bo'lgan vaqt qamrab oladi.

Uchinchi asr, ya'ni hadis ilmlarini tadvini (kitobat holiga keltirish), hadislarning oltin davri hisoblanadi. Unda hadislar va unga doir ilmlar to'liq qayd etilgan edi. Bu davr boshida ulamolar Rasululloh (s.a.v.) ning hadislarini tasniflash yo'li bilan alohida ajratib ko'rsatishga qaror qildilar. Shuning uchun ular "Musnad'larni joriy qildilar. "Musnad'larda hadislarni sahobalarning ismlariga qarab tartib berganlar. Masalan Abu Bakr Siddiq r.a.dan rivoyat qilingan hadislarning hammasi bir joyda jamlangan. Xuddi shuningdek Umar r.a.ning hadislari ham va xuddi shun zaylda davom etilgan.

6 Nuriddin Itr. Manhajun naqd fi ulumil hadis. Bayrut. Darul fikr. -2020: B-63.

7 Muhammad Abdurrohman Muborakfuriy. Tuhfatu-l-ahvaziy. Bayrut. Daru-l-fikr. 2008: -B.2-3; Ibrohim Bajuriy. Sharhu Shamail. B-6.

8 Muhammad ibn Idris Shofeiy. Ar-risala. Bayrut. DKI. 2006: - B-370-372

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-64-69

Shu davrda Imom Buxoriy kelib "Sahih hadis"larni ajratib oldi. Hadislarning topilishi oson bo'lishi va undagi fiqhni yegillatishini umid qilib, "Al-Jomi as-Sahih" asarini yozdi. Qolgan muhaddislar ham shu ishni davom ettirdilar. Shu tariqa "Sihohi sitta" vujudga keldi. Imom Nasoiydan boshqa barchalari bu borada Imom Buxoriyning shogirdlari edilar. Garchi "Sunan" egalari sahihlikni shart qilib qo'yishmagan bo'lsada, ular kitoblarini alohida boblarga ajratib chiroyli tartibladilar. Xuddi shunday qilib Imom Buxoriy boshlab bergan hadis maktabi hadis rivoyat qilish va ulumul hadis sohasida katta ustunlikka erishdi. Keyinchalik Ibn Xuzayma (311 hij) va Ibn Hibbon (354 hij) hadislarni ajratishda "sahih'lik shartini qo'yish borasida Imom Buxoriyga ergashdi.

Bu davrda hadisning har bir turi alohida fanga aylandi. Masalan, sahih hadis ilmi, mursal hadis ilmi, roviylarning ism va laqablar ilmi va hokazolar. Shuning uchun ham ulamolar u ilmlarning har biri uchun alohida alohida asarlar ta'lif qilishdi.

Yahyo ibn Maiyn (234-hij.) tarixu rijol haqida, Muhammad bin Sa'd (230-hij.) tabaqot borasida, Ahmad ibn Hanbal (241 hij.) esa illatlar va kishilarni tanish borasida kitoblar yozishgan. Imom Buxoriyning ustozi Ali Ibn Abdulloh al-Madiniy (234-hij.) kitob ta'lif qilishda tengsiz edi. U turli ilmlarga doir juda ko'p kitoblar yozgan. Hattoki uning kitoblari ikki mingga yetgan9.

Kitob tasnif qilish hadis ilmida muhaddislarning ajralmas ishiga aylandi. "Sihohi sitta" mualliflari ham ulumul hadis borasida juda ko'pgina kitoblar yozib qoldirishdi. Boshqa soha vakillari ham xuddi shu tarzda ishlashdi. Har bir sohada yozilgan asarlar o'sha ilm nomini oldi. Bu ish ulumul hadis sohasining har bir sohasini qamrab oldi. Shu tariqa hadis borasidagi har bir ilmlar o'z sohasiga ko'ra alohida-alohida10 kitoblarga ajratildi. U ilmlarning jamlanmasi "ulumul hadis"(hadis ilmlari) deb nomlandi. Xuddiki fiqh, usul, tafsir va tavhid "ulumul islom" deb nomlanganidek.

Ulamolar matn va roviylar sanadini chuqur o'rganish va tadqiq qilishda orqali to'ldirishgan. Imom Termiziy va boshqalar ta'kidlanganidek har bir hadis turi uchun alohida istilohlar yuzaga kelib, ulamolar orasida ma'lum bo'lgan.

Ammo bu davrda Imom Termiziyning "Ilal us-Sag'iyr" nomli asaridan boshqa ushbu fanlarning qoidalarini o'z ichiga olgan va ular haqidagi istilohlar tizimini tartibga solgan hech qanday tadqiqot yo'q. Garchi Imom Termiziy bu kichkina asarini

9 Muhammad ibn Jafar Kattoniy. Risalatu-l-muistatrifa. Daru-l-bashairu-l-islamiy. 2009: - B-95.

10 O sha asar.: - B-99-100.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-64-69

o'zining "jome" kitobining xotimasi sifatida bitgan bo'lsada, undagi ko'pgin afoydalar uchun ulamolar uni alohida bo'lim qilib olganlar.11

U jarh va ta'dildagi muhim masalalar, roviylar darajalari, hadisni qabul qilish va yetkazish odoblari, ma'noga ko'ra rivoyat qilish va mursal hadislar haqidagi keng qamrovli kitobdir. Unda hasan hadis ta'rifi, g'arib hadis ta'rifi va bu ta'riflarning izohi

1 9

keltirilgan.

REFERENCES

1. Shayx Muhammad Avvomaning qalamlariga mansub "Faqih imomlar ixtilofida hadisi sharifning o'rni" asari (Tarjimon Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hilol nashr. - T.: 2018).

2. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mustalahul hadis. - T.: Sharq, 2011

3. Abdul Majid Juzajoniyning "Muhaddislar va hanafiy fuqaholar nazdida hadis ilmlari" asari (Tarjimon Muhammadrahim Abdulqodirov Hilol nashr. - T.: 2021).

4. Uvatov U. Movarounnahr va Xuroson olimlarining hadis ilmi rivojida tutgan o'rni (Al-Buxoriy, Muslim, At-Termiziy): tarix fanlari doktori... dis. avtoref. - T.: Toshkent islom universiteti, 2002.

5. Abdulmajid Turkmoniy. Dirosat fi usul al-hadis ala manhajil hanafiy. Dar Ibn Kasir. -Bayrut.: 2020

6. Abdulmajid Turkmoniy. Al madxal fi usul al-hadis ala manhajil hanafiy. Dar Ar-Rayohiyn. - Urdun.: 2021

11 Imom Muslimning o'z "Sahih"lariga yozgan muqaddimalari, Abu Dovudning Makka ahliga yozgan risolalari ham xuddi shu ishga yaqinroq, ammo ular juda qisqa bolganligi bois "Ulumul hadis" fanida talif etilgan risola sifatida qabul qilinmagan. Nuriddin Itr. Manhajun naqd fi ulumil hadis. Bayrut. Darul fikr. -2020: B-66.

^NurjddinJtr.Jmom^ermiziy.^ohira.^^

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.