Научная статья на тему '“KUTUBI SITTA” TO‘PLAMINING SHAKLLANISHIGA DOIR NAZARIYALAR TAHLILI'

“KUTUBI SITTA” TO‘PLAMINING SHAKLLANISHIGA DOIR NAZARIYALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
354
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Kutubi sitta” / Imom Buxoriy / Imom Termiziy / Ibn Huzayma / sahih / hadis / matn / isnod / “Musannaf”. / “Kutubi sitta” / Imam Bukhari / Imam Termezi / Ibn Huzayma / sahih / hadith / text / isnad / “Musannaf”.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gulnozaxon Alijonova

“Kutubi sitta” to‘plamining shakllanish jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, o‘n ikki davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu davr mobaynida to‘plamlar saralanib, shuhrat topdi. Maqolada “Olti ishonchli” to‘plamning shakllanish jarayoning ilk asrlarda ilgari surilgan qarashlar o‘z ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THEORIES FOR THE FORMATION OF THE KUTUBI SITTA COLLECTION

The process of formation of the Kutubi Sitta collection has its own characteristics and includes twelve periods. During this time many collections were made and selected. The article reflects the views of the first centuries on the formation of the "Six Trustworthy" collection.

Текст научной работы на тему «“KUTUBI SITTA” TO‘PLAMINING SHAKLLANISHIGA DOIR NAZARIYALAR TAHLILI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2021

ISSN: 2181-1601

"KUTUBI SITTA" TO'PLAMINING SHAKLLANISHIGA DOIR

NAZARIYALAR TAHLILI

Gulnozaxon Alijonova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, islom tarixi va manbashunosligi IRCICA

kafedrasi tayanch doktoranti gulnozaalij onova002@gmail .com

ANNOTATSIYA

"Kutubi sitta" to'plamining shakllanish jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, o'n ikki davrni o'z ichiga oladi. Ushbu davr mobaynida to'plamlar saralanib, shuhrat topdi. Maqolada "Olti ishonchli" to'plamning shakllanish jarayoning ilk asrlarda ilgari surilgan qarashlar o'z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar. "Kutubi sitta", Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ibn Huzayma, sahih, hadis, matn, isnod, "Musannaf'.

ANALYSIS OF THEORIES FOR THE FORMATION OF THE KUTUBI SITTA

COLLECTION

ABSTRACT

The process of formation of the Kutubi Sitta collection has its own characteristics and includes twelve periods. During this time many collections were made and selected. The article reflects the views of the first centuries on the formation of the "Six Trustworthy" collection.

Keywords. "Kutubi sitta", Imam Bukhari, Imam Termezi, Ibn Huzayma, sahih, hadith, text, isnad, "Musannaf'.

Hijriy III asrda turli xil hadis kitoblarini solishtirish va matn farqlarini ko'rsatish, sahih matnni aniqlash uchun kerak bo'lgan mashxur usuldir. Bu usul klassik bo'lib, oldingi davr olimlari ham undan foydalanishgan. Ushbu usuldan foydalanadigan bo'lsak, ya'ni sanadlar yordamida tekshirib asarlardagi keltirilgan rivoyatlarni o'zaro solishtirilsa ko'plab asarlar bir-birlari uchun manba rolini bajarganiga guvoh bo'lamiz. Abdurrazzoqning "Al--Musannaf' asari va Buxoriyning sahihi bir xil, ammo daraja mavqei bir xil emas. Albatta "Musannaf' asari sahih kabi shuhrat qozonmagan. Chunki, Buxoriydan yuzlab odamlar hadis rivoyat qilishgan va minglab odamlar Buxoriyni tinglashgan. "Musannaf' esa haligacha bunday mavqega erisha olmagan. "Sahihul Buxoriy" esa butun avlodlar tomonidan katta hurmat bilan qabul qilingan. Barcha nusxalaridagi o'zaro tafovutlar ham aniqlanib tadqiq qilingan[1:47].

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2021 ISSN: 2181-1601

Hijriy III asrga kelib "Kutubi sitta"ni ta'lif etilganini ko'ramiz. Biroq, hijriy VI asrda hadis ilmiga oid asarlarda "Kutubi sitta" nomini uchratmaymiz:

Birinchidan, hijriy IV asrning ilk yarmida yozilgan kitoblarga nazar tashlasak, "Kutubu sunna" atamasining mavjud bo'lganiligini va asosan aqoid kitoblari uchun qo'llanilganiga guvoh bo'lamiz[2:38-44]. Bu kitoblar sunnatga rivoya qilishni rag'batlantirish, bidatlardan saqlanishga chaqirgan. Ularning "Kutubi sitta" kontseptsiyasi bilan aloqasi yo'q. Shuning uchun bu kontseptsiyani batafsil ko'rib chiqilmaydi.

Ikkinchidan, bu davrda o'z izini qoldirgan muhaddislardan biri bo'lmish "Sahihi ibn Huzayma" asarida na sahih kitoblari, na sunan kitoblari tilga olgan. Hatto Ibn Huzayma sahihayn haqida ham hech narsa yozmagan[3:16-21]. Ammo u Buxoriyni maqtagan. Al-Maqdisiy Ibn Huzaymaning sahihayn haqida hech narsa demaganini tabiiy qabul qilgan holda, Ibn Huzaymaning Buxoriyning maqtashi y uchun yetarli ekanligini ta'kidlaydi [4:31].

Uchinchidan, bu davrda "Kutubi sitta"dan o'rin olgan kitoblarga mustahroj, sharh va hakazo shakldagi kitoblar ta'lif qilina boshladi. Ulardan biri Abu Avvonaning (vaf. 928) sahihi Muslimga bag'ishlab yozgan "Al-Mustahroj" kitobidir. Bu kitobda Abu Dovud faqatgina roviy sifatida tilga olingan. Uning "As-Sunan" asariga hech qanday ishora bermagan. Abu Avvona Abu Dovudning Sunanini ko'rgan deb tahmin qilinsa ham o'sha paytlarda kitoblarga havola berish qoralangani ilmiy nuqati nazardan zaiflik deb baholanganligi sababli, "Kutubi sitta" kitoblarining nomini keltirmagan.

To'rtinchidan, Abu Jafar at-Tabariy (vaf. 922) "Kutubi sitta" atamasini qo'llamagan. At-Tabariy o'zining "Jome ul-bayan", "At-Tavilil Qur'an" tafsirida hadislarni keltirgani holda isnod tizmidan foydalangan. Biroq u sanadlar haqida sahih, zaif va boshqa hukmlarni bermagan. Bu ishni u o'quvchiga havola qilgan. Tabariy o'zining mashxur tafsirida keltirgan hadislarining roviylari haqida, jarh va tadilda gapirgani, lekin "Kutubi sitta"dagi kitoblarga murojat qilmagani isnod hali ham urf-odat holida ishlatilganini ko'radi. Bu tafsirni hadis ilmi nuqtai nazridan tadqiq qilish va ilmfan olamiga ishonchli ma'lumotlarni taqdim etish zarurdir. Bu tadqiqot rivoyat qilingan hadislarning manbalarini ochib beradi. O'sha davrda yozilgan tafsirlarda qo'llanilgan hadisga doir ma'lumotlarning "Kutubi sitta"da bo'lgan tafsir bo'limidagi hadislarga mos yoki mos emasligini aytib o'tilgan. Shuning bilan birga, At-Tabariy o'zining yana bir "Tahzibul osor" nomli asarida ham "Kutubi sitta" asari haqida to'xtalmagan.

Shunday qilib, IV asrda yozilgan asarlarda, "Kutubi sitta" atamasi ishlatilmagan. Chunki, isnod an'anasi bu davrda shu qadar kuchli ediki, bu omil kitoblardan iqtiqbos keltirishni taqiqladi. Shu bilan birga, bu davrda muhaddislarning "Kutubi sitta" kitoblariga bo'lgan munosabati boshqa hadis kitoblariga bo'lgan munosabati bilan bir xil edi. Shu va shunga o'xshash sabablarga ko'ra, bu davrda "Kutubi sitta" atamasi haqida bahs qilish deyarli imkonsizdir.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2021 ISSN: 2181-1601

Hijriy V asrda, garchi bu asrda yozilgan kitoblar "Kutubi sitta" atamasi ishlatilmagan bo'lsada, "Sunani Ibn Mojja"dan tashqari Sahihayn va "Kutubi Hamsa"ni aralashtirgan holda besh kitob haqida ma'lumot berilishi olimlarning bu boradagi ziyrakligini ko'rsatadi. Bu davrning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, bu oltita kitob haqida, xususan, "Sahihul Buxoriy" haqida ko'plab yaxshi so'zlar aytilgan bo'lsada uning xatolarini aytib bergan muhaddislar ham yashab o'tgan.

Hokimning sihoh atamasini faqatgina sog'lom hadislar ma'nosida ishlatganini ko'ramiz . Hokimning "As-Sahihan" sahihayn atamalarini yoritib berganlardan biri bo'lmish Hokimning say-harakatlari keyingi asrlarda behuda ketmagan. Ikki sahih ma'nosini bildiruvchi bu ta'bir Buxoriy va Muslimning sahihlari uchun qo'llanilgan. Buxoriyning "Al-Jome as-sahih" va Muslimning "Sahihul Muslim" asarlari musulmonlar tomonidan Qur'oni Karimdan keyin eng sahih kitoblar sifatida qabul qilingan har ikki kitobda faqatgina sahih hadislar mavjud ekanligini Imom Hokim va boshqa muhaddislar tasdiqlashgan. Al-Maqdisiygacha "Kutubi sitta" kontseptsiyasining shakllanishiga katta hissa qo'shgan Hokim an-Naysoburiy hadis tarixida Buxoriy va Muslim kitoblarini to'liq "mutlaq" sahih deb qabul qilgan birinchi olimdir. Biroq Hokimning ushbu nazariyasi uzoq muddat mashxur bo'lmadi. Hijriy V asrda yashagan Abu-Hayyon At-Tavhidiy (vaf. 1023) o'zining "Al-Basoyir vaz-zahayir" nomli asarida "Kutubi sitta" asari haqida to'xtalmagan. Abdul Qohir Al Bag'dodiy (vaf. 1037) mazhablar tarixiga bag'ishlab yozgan "Al-farq baynal firoq" nomli asarida bir roviy haqida ma'lumot berar ekan Buxoriyning o'z sahihida u haqida to'xtalmaganini Muslimni esa ushbu roviydan hadis olganini yozadi. Abdul Qohir Al-Bag'dodiy Buxoriy va Muslimning kitoblari uchun sahihayn ifodasini ishlatmagan. Oradan bir asr o'tdi. "Kutubi hamsa" iborasi ham sahihayn iborasi ham o'sha davrda ushbu sohaga oid yozilgan asarlar orasida ishlatilinmadi. Abu Nuaymning asralariga nazar tashlansa, y yashagan davr geografik nuqtai nazradan "Kutubi sitta"ga yetib kelgani oydinlashadi. Biroq nimagadir u o'zining asarida "Hilliyatul avliyo" va "Tabaqotul asfiya" va boshqa asarlarida lafzlarini keltirmagan.

Bayhaqiyning "Daloilun Nubuvva" nomli asarida ham "Kutubi sitta" haqida hech narsa demagan. Holbuki, Bayhaqiy ushbu asarini sahihayn Abu Dovudning sunani va boshqa hadis kitoblariga tayangan holda yozgan. Bayhaqiy hijriy III asrdagi hadis ilmiga oid asarlarni sanab o'tarkan "Al-Muvatto"ni mashxur kitoblardan biri sifatida e'tirof etgan. Bayhaqiy o'zining "Daloilun Nubuvva" nomli asarida bir hadisni keltirganidan keyin har bir hadis Imomining ismini va kitobini alohida-alohida keltirgan. Bayhaqiy u usulni qo'llagan bo'lsada, "Kutubi sitta"ning yuzaga keltirgan tushunchalar haqida hech narsa demagan. Bayhaqiyning o'z asarida faqatgina sahihayn va Abu Dovudning sunanlaridan iqtiboslar keltirishi uning boshqa sunan kitoblarini ko'rmaganini anglatadi. Hijriy V asrning o'rtalarida Bayhaqiy kabi olimlarning "Kutubi sitta"ning borligidan xabardor bo'lamaganliklari bu asarlarning o'sha davrda shuhrat

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2021 _ISSN: 2181-1601

qozonmaganini bildiradi. Yuzlab asarlar yozgan bu muhaddislaming "Kutubi sitta"dan xabari yo'qligi hadis tarixidagi yechib bo'lmas muammolardan biri hisoblanadi.

Muhaddis olim Hatib Al-Bag'dodiy esa, sahih nomini Termiziy va Nasoiyning sunanlariga berilishi xato ekanligini Bu ikki sunanning ichida juda ham ko'plab munkar rivoyatlar mavjudligini ta'kidlagan. Biroq Al-Bag'dodiydan ikki asrcha keyin yashab ijod qilgan. Ibn Saloh "Kutubi sitta"ni sahih o'laroq e'tirof etdi. Sahoviy bu holatni sharhlar ekan. Bu davo o'sha davrdagi (VII asr o'rtalari) sohta muhaddislarning salbiy ta'sirini yo'qotish maqsadida aytganligini yozgan. Shunday bo'lsada, u hadis kulliyotiga berilgan sahihlik unvoni asrlar osha bizning zamonimizgacha yetib keldi. Hatib Al-Bag'dodiy sahih nomining Termiziy va Nasoiyning sunanlariga berilishiga e'tiroz bildirgan bo'lsa, boshqa tomondan u "Sahihul Buxoriy"ni maqtagan. Biroq u o'zining "Al-Muaddih" asarida Buxoriyni ham tanqid qilib o'tib ketgan. "Kutubi sitta"ning boshqa mualliflari haqida ko'p ma'lumot bermagan. Hatib Al-Bag'dodiy zamondoshlariga ko'ra, Allohning kitobidan boshqa butkul sahih bo'lgan kitobning mavjud bo'lishi mumkin emas.

REFERENCES

1. Ali Akyuz. Kaynak Tetkiki Akichindan Abdurrezzak- Buhari Iliskisi Uzerine Bir Mukaese. MUIF Vakfi yayinleri. Istanbul.: 1997.

2. Al- Barbahariy. Sharhus-sunna. Tahqiq: Holid ibn Qosim ar-Raddodiy. Riyod.: Dorus-salaf. 1997.

3. Muhammad ibn Is'hoq ibn Huzayma as-Sulamiy as-Nisoburiy. Sahihi ibn Huzayma. (noshir Muhammad Mustafo al-A'zami). Bayrut.: 1975. Jild I.

4. Abu Avvona. Musnadu Abu Avona mustahraj a'la Sahihi-Muslim. Tahqiq: Ayman Orif ad-Dimashqiy. Qohira.: Maktabatus-sunna. 1995.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.