Научная статья на тему 'AT-TERMIZIYNING YOSHLAR TARBIYASIGA OID TO'PLAGAN HADISLARI HAQIDA'

AT-TERMIZIYNING YOSHLAR TARBIYASIGA OID TO'PLAGAN HADISLARI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2018
577
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
at-Termiziy / Al Buxoriy / din / hadis / muhaddis

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Samatov Hurshid Olmasjonovich, Kuvatov Zuxriddin Samariddin O'G'Li, Boltaev Otabek Xusan O'G'Li, Xasanov Golibjon Safarboy O'G'Li

Ushbu maqolada hadis ilmining buyuk vakillaridan biri hisoblangan,yetuk Muhaddis olim Imom At-Termiziy(Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bug‘iy Termiziy)ning hayoti va ijodi yozgan asarlari,asarlari mohiyati haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AT-TERMIZIYNING YOSHLAR TARBIYASIGA OID TO'PLAGAN HADISLARI HAQIDA»

AT-TERMIZIYNING YOSHLAR TARBIYASIGA OID TO'PLAGAN

HADISLARI HAQIDA

Samatov Hurshid O'lmasjonovich

TATU Samarqand filiali dosenti, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Kuvatov Zuxriddin Samariddin o'g'li Boltaev Otabek Xusan o'g'li Xasanov Golibjon Safarboy o'g'li TATU Samarqand filiali talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.7450631

Annotatsiya: Ushbu maqolada hadis ilmining buyuk vakillaridan biri hisoblangan,yetuk Muhaddis olim Imom At-Termiziy(Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bug'iy Termiziy)ning hayoti va ijodi yozgan asarlari,asarlari mohiyati haqida so'z yuritiladi.

Kirish so'zlar: at-Termiziy, Al Buxoriy, din, hadis, muhaddis.

Termiziy Abu Iso, Imom Termiziy (to'liq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bug'iy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bug' qishlog'i, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga do'st tutingan, Bug'iy deyilishiga sabab o'sha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida ko'zi ojiz bo'lib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida o'tgan, dastlabki ma'lumotni ham shu yerda olgan. Bolaligidan o'ta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan o'z tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan o'rgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun ko'pgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chog'ida qiroat ilmi, bayon, fiqh, tarix, ayniqsa, o'zi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi bo'yicha o'sha davrning yirik olimlarndan ta'lim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn G'aylon va boshqa uning ustozlari edi.

Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda bo'lgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini e'tirof etadi. O'z navbatida Imom Buxoriy o'z shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "Sen mendan bahra topganingdan ko'ra men sendan ko'proq bahra topdim", degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho

edi.

Termiziy yo'lda, safarda bo'lganda ham, yoki bir joyda muqim turganda ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ulami tartibli ravishda alohida alohida qayd qilib borardi. 868 yil xorij safaridan o'z yurtiga qaytgan Termiziy ilmiyijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashg'ul bo'ldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, islom dini va o'z obro'siga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo molmatosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning g'amini yeyish Termiziyning hayoti tarzi edi. Termiziyning shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida Makhul ibn alFadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamod ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiy va boshqalarni ko'rsatish mumkin.

Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. "Al-jome' as-sahih" ("Ishonarli to'plam"), "ashShamoil annabaviya" yoki "AshShamoil annabiy sallolohu alayhi va sallam" ("Payg'ambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "alIlal filhadis" ("Hadislardagi illatlar"), "Risola filxilof valjadal" ("Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola"), "atTa'rix" ("Tarix"), "Kitob uzzuhd" ("Zohidlik kitobi"), "Kitob ulasmo valkuno" ("Ismlar va kunyalar kitobi") va boshqa Termiziyning asarlari ichvda eng mashhuri, shubhasiz, "Al-jome' as-sahih" bo'lib, 6 ta ishonchli hadislar to'plamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda "Jome' at -Termiziy", "Sahihi Termiziy", "Sunani Termiziy" nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asarlaridan yana biri "ash-Shamoil an-nabaviya" Muhammad (alayhi sallom)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o'z ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini o'ziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi g'oyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. "Ash-Shamoil annabaviya"ning 1-qismida keltirilgan hadisi shariflar payg'ambarning suvrat (tashqi qiyofasi) iga, 2-qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosiyu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bag'ishlangan. Kitobning 16-asrga oid bir qo'lyozmasi Toshkentda, O'zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. "AshShamoil an-nabaviya" o'zbek tiliga o'girilib so'nggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi. 1990-yil Termiziy tavalludining 1200-yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi 2016 2017-yillari qaytadan ta'mirlanib, qutlug' ziyoratgohga aylantirildi.

Imom Termiziy yoshligidan o'ta tirishqoq, idrokli, aql- zakovatli bo'lganligi bois o'z tengdoshlari ichida ajralib turgan. Ilmga o'ta qiziqishi tufayli o'sha davrning ko'pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallagan. Termiz, Samarqand, Marv va Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlarida istiqomat qilgan mashhur ulamo va muhaddislar asarlarini qunt bilan o'rgangan. Qo'shni Balx va Hayraton

shaharlaridagi ilm ahllari bilan ilmiy aloqalar o'rnatilishiga munosib hissa qo'shgan yetuk olimlardan biridir. Yoshligidan ilmu-fanga tashna Imom Termiziy 850 yildan, ya'ni yigirma olti yoshidan boshlab uzoq yurtlarga, qator xorijiy mamlakatlar va shaharlarga safarlar qiladi. Jumladan, u Hijozda — Makka va Madina, Iroq, Xurosonning qator shaharlarida ko'plab muhaddis, faqih, va ulamolar bilan uchrashib, muloqotda bo'lib, ulardan ta'lim oladi, qizg'in ilmiy munozara va bahslarda ishtirok etadi.

Shu bilan bir qatorda Iso Termiziy payg'ambar alayhissalom hadislarini to'plashga alohida e'tibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U o'zi o'qigan yoki biror roviydan eshitgan hadisini alohida qog'ozlarga qayd etib borar, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlab to'g'riligiga to'liq ishonch hosil qilsagina maxsus qog'ozlarga qayd etardi. Hadislarning to'g'riligiga shubha bo'lganda ularni alohida ajratib yozardi. Shu tariqa hadislar sahiyh (to'g'ri, ishonchli), hasan (yaxshi, ma'qul), zaif (bo'sh, ishonchsiz), g'ariyb (g'alati) kabi turlarga ajratilgan.

Hadis ilmini egallashda va takomillashtirishda Imom Termiziy o'z davrining mashhur muhaddislaridan tahsil oldi. O' o'sha davrning yetuk muhaddisi sifatida ko'pgina shogirdlarga ustozlik ham qilgan. Alloma zehnining o'tkirligi hamda quvvai-hofizasi kuchliligi xususida tarixiy manbalarda ko'plab misol va rivoyatlar keltiriladi.

Muhaddis bobokalonimiz Imom Iso Termiziy zamonidagi olimlar uning hadis ilmidagi xizmatlarini yuqori baholagan. Ulardan biri Imom Termiziyni "Hadis ilmida iqtido qilinadigan yagona olim" deb yozsa, boshqa biri esa uni "Birinchilardan bo'lib hadislarni sahih, hasan, zaifga taqsim qilganiga guvohlik beradi". Ayniqsa, muhaddis olimning asarlaridagi ravonlik faqat ziyoli kishilar uchun emas, balki har bir inson tushunishi mumkin bo'lishiga sabab ekanini alohida ta'kidlash joiz. Dunyo ulamolari buyuk ilm sohibi bo'lgan hamda yuksak e'tirofga munosib ko'rilgan bobokalonimizning ibratli hayot yo'llari va boy ma'naviy merosini har tomonlama o'rganish biz yoshlar uchun ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.

«AL-JOMT AS-SAHIYH»

At-Termiziyning ijodiy faoliyatida yaratilgan asarlari ichida «al-Jomi' as-sahiyh» («Ishonchli to'plam») eng asosiy o'rinni egallaydi. Ushbu asar yuqorida qayd qilganimizdek, «al-Jomi' al-kabiyr», («Katta to'plam»), «Sahiyh at-Termiziy», «Sunan at-Termiziy» («Termiziy sunnatlari») kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Tarixchi Ibn Xajar al-Asqaloniyning yozishicha, at-Termiziy ushbu asarini 270 hijriy (884 melodiy) yilda, ya'ni qariyb oltmish yoshlarida, ilm-fanda katta tajriba orttirib, imomlik darajasiga erishgandan keyin yozib tugatgan

Ushbu asar qo'lyozmalari dunyoning bir qancha shaharlarida, shuningdek, o'zimizda, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomli

Sharqshunoslik institutida ham saqlanmoqda. Muhim manba sifatida «Al-Jomi' as-sahiyh» bir necha marta nashr qilingan. Bunga dalil sifatida 1283 (1866) yili Mitohda, 1292 (1875) yili Qohirada, shuningdek, 1980 yili Bayrutda nashr etilganligini ko'rsatish kifoya. At-Termiziyning bu muhim asariga bir qator sharhlar ham yozilgan bo'lib, ulardan ibn al-Arabiy (vafoti 543 hijriy, 1148 melodiy yili) nomi bilan mashhur bo'lgan imom hofiz Abu Bakr Muhammad ibn Abdulla al-Ashbiliyning «Oridat al-Ahvaziy ala kitob at-Termiziy» nomli 13 juz' (qism)dan iborat sharhlarini keltirish mumkin. Ushbu sharh dastlab 1931 yidda Qohirada nashr qilingan. Imom Hofiz Abu Ali Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurahim al-Muborakfuriy (1283-1353) qalamiga mansub yana bir sharh ham «Tuhfat ul-Ahvaziy bisharhi at-Termiziy» deb ataladi. To'rt juz'dan iborat bo'lgan bu asar 1979 yilda Bayrutda nashr qilingan (Hindiston nashri ham mavjud). Misrlik olim va adib Jamoliddin Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Suyutiyning (1445-1505) at-Termiziy asariga yozgan sharhi «Qut al-mug'taziy ala Jomi' at-Termiziy» (undan ikki qismi nashr qilingan), deb atalgan.

Bulardan tashqari Muhammad ibn Abduqodir Abu at-Tayyib al-Madaniyning «Sharh Sunan at-Termiziy», Ahmad Muhammad Shokirning «Tahqiyq va sharh Jomi' at-Termiziy» (o'ndan ikki qismi 1937 yidda Mustafa al-Bobiy al-Halabiy tomonidan nashr qilingan), Muhammad Yusuf al-Bannuriyning «Maorif sunan sharh sunan at-Termiziy» (uning birinchi qismi 1963 yilda Pokistonda nashr kilingan), Siroj Ahmad as-Sarhandiyning «Sharh sunan at-Termiziy» nomli forscha sharhi, shuningdek Rashib Ahmad al-Kanuhiyning «Al-kavkab ad-durriy ala at-Termiziy» (Hindistonda chop etilgan), Muhammad Anvarshoh al-Kashmiriyning ikki juz'dan iborat «Al-Urf ash-shaziy ala Jomi' at-Termiziy» (bu asar ham Hindistonda chop etilgan) va nihoyat Abul-Hasan Muhammad ibn Abdulhodiy as-Sanadiyning (u 1138 yilda vafot etgan) «Hoshiya ala sunan at-Termiziy»[13] kabi sharhlarini ko'rsatish mumkin.

Avval eslatib o'tganimizdek, hijriy uchinchi asr (melodiy to'qkizinchi asr) hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblanadi. Dastlab bu davrda yashab ijod qilgan Imom al-Buxoriy, Imom Muslim kabi allomalarning sermahsul faoliyati katta ahamiyat kasb etadi.

ILMU AMALI IBRATLI ALLOMA

Mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziyning shaxsiy hayoti va barkamol ijodining har tomonlama o'rganilishi tufayli buyuk bobokalonimizning hozirgi davrimiz uchun ham o'rnak bo'ladigan ko'p ibratomuz fazilatlarining guvohi bo'lamiz. Eng avvalo, at-Termiziyning yoshligidan ilm-fanga g'oyatda chanqoqligi va zo'r havas bilan qiziqishi, bu borada har qanday qiyinchiliklarga ham bardosh berib o'z maqsadi, ya'ni o'z bilimini oshirish yo'lidagi jiddu-jahdi katta-katta tahsinga sazovordir.

Yozma manbalarda keltirilishicha, hadisshunoslik ilmi sakkizinchi asrning

ikkinchi yarmidan o'n birinchi asr o'rtalarigacha asosiy va zaruriy mashg'ulotlardan biri darajasiga aylangan. Bu davrda Sharqning turli mamlakatlaridan bo'lgan to'rt yuzdan ortiq mualliflar ana shu ilm (hadisshunoslik) bilan shug'ullanganlar.

Ma'lumki, o'z bilimini oshirish borasida at-Termiziy ko'pgina xorijiy mamlakatlarni ziyorat qilgan. Elma-el kezib, cho'lu biyobonlar oshib roviylardan eshitgan hadislarini yitish bilan shug'ullangan. Ularni tartibli ravishda yozib qayd qilish bilan birga ushbu hadislarni qanchalik darajada sahiyh, hasan yoki zaif, mavzu (soxta, o'ylab chiqarilgan) ekanligini qayta-qayta tekshirgan, ilmiy ravishda chuqur tadqiq etgan. Allomaning shogirdlari orasida turli millat vakillari ham bo'lgan.

Yoshi qirqdan oshgan va turli mamlakatlar olimlaridan ta'lim olgan at-Termiziy ham Imom al-Buxoriy mashhur bo'lgan paytda yetuk olim darajasida tanilgan. Ikkala olim o'rtasida 863-868 yillar oralarida Nishopurda ko'pdan-ko'p samarali ilmiy munozaralar, samimiy do'stona uchrashuvlar bo'lgan. At-Termiziy o'z asarlari uchun ko'pgina foydali ma'lumotlarni al-Buxoriy bilan bo'lgan uchrashuvlarida olganligini yozadi

Abu Iso at-Termiziy asarlari hozirda ham o'z qimmatini yo'qotgan emas. Uning «Al-Jomi' as-sahiyh», «Ash-shamoil an-nabaviyya» kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib insonlarni halol, adolatli, iymon-e'tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmat-e'tiborli bo'lishga chorlaydi.

Bu ibratli pand-nasihatlar va o'gitlar xalqimizni, jamiyatimiz ahlini, ayniqsa yosh avlodni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash o'rinlidir. At-Termiziyning asarlari faqat diniy ilmlar majmuasiga oid bo'lib qolmasdan, balki dunyoviy ilmlarga oid ma'lumotlarga ham boydir. Masalan, uning bosh asari bo'lgan «al-Jomi' as-sahiyh»da tarix, mantiq huquqshunoslik, tabobat, ziroatga oid ko'plab qimmatli ma'lumotlarni uchratamiz. Arab tilini rivojlantirishda at-Termiziyning xizmatlari kattaligini zamonaviy olimlar qayta-qayta ta'kidlaydilar.

Xulosa qilib aytganda, buyuk bobokalonimizning shaxsiy hayoti va uning boy ma'naviy merosini chuqur va har tomonlama o'rganish ham ilmiy, ham amaliy jihatdan katta ahamiyatga egadir.

Фойдаланилган адабиётлар:

1. Усмонхон Алимов. Илмнинг фазилати. -Тошкент: Мовароуннахр, 2010 йил. 6-бет.

2. Алимов У. Илмнинг фазилати. -Тошкент: Мовароуннахр, 2010 йил. 4748 бетлар.

3. Ахлок-одобга оид хадис намуналари. -Тошкент: "Фан", 1990 йил. 32 бет.

4. Ахлок-одобга оид хадис намуналари. -Тошкент: "Фан", 1990 йил. 104

бет.

5. Носирхyжaев С.Х., Лaфaсов М.Ф., Зaрипов М.З. Мaънaвият aсослaри. -Тошкент: "Шaрк", 2005 йил. 158-бет.

6. Ахлок-одобга оид х,адис нaмyнaлaри. -Тошкент: "Фен", 1990 йил. 108-

бет.

7. Фaлсaфa комусий лyFaт. "Узбекистон фaйлaсyфлaри миллий жaмияти ташриёти", -Т.: 2004. -Б.66.

8. Мозийдж тaрaлгaн зиё. - Т.: Мaънaвият, 1998. - Б. 60.

9. Шяйх Абдулозиз Мaнсyр. Минг бир хддис. -Т.: Fофyр Fyлом нaширёти, 2017 йил. 183 - бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.