Научная статья на тему 'FARZAND VA OTA-ONAGA QILINADIGAN NAFAQA'

FARZAND VA OTA-ONAGA QILINADIGAN NAFAQA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
568
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nafaqa / qarindosh / Niso surasi / farzandlar / nikohi qarom qilingan qarindoshlar / Hanafiy mazhabi / farzandlar nafaqasi / boy ota-ona / ulushlar / nafaqa miqdori.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nargiza G„ofurovna Eshpo„latova

Bu maqolada nafaqa tushunchasi , uning mazmun-mohiyati va vazifalari, nafaqa kimlarga berilishi va kimlarga berish joizmasligi, qarindoshlarning turlari , nikohi halol va nikohi halol bo‘lmagan qarindoshlar va ular orasidagi farqlar, kambag‘al va boy qarindoshlar, bolalarning va qizlarning nafaqasi kimga vojib bo‘lishi, boy ota yoki boy onaning bola nafaqasidagi o‘rni kabi mavzular yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARZAND VA OTA-ONAGA QILINADIGAN NAFAQA»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

FARZAND VA OTA-ONAGA QILINADIGAN NAFAQA

Nargiza G'ofurovna Eshpo'latova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik yo'nalishi 4-kurs talabasi [email protected]

ANNOTATSIYA

Bu maqolada nafaqa tushunchasi , uning mazmun-mohiyati va vazifalari, nafaqa kimlarga berilishi va kimlarga berish joizmasligi, qarindoshlarning turlari , nikohi halol va nikohi halol bo'lmagan qarindoshlar va ular orasidagi farqlar, kambag'al va boy qarindoshlar, bolalarning va qizlarning nafaqasi kimga vojib bo'lishi, boy ota yoki boy onaning bola nafaqasidagi o'rni kabi mavzular yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Nafaqa, qarindosh, Niso surasi, farzandlar, nikohi qarom qilingan qarindoshlar, Hanafiy mazhabi, farzandlar nafaqasi, boy ota-ona, ulushlar, nafaqa miqdori.

KIRISH

O'zidan boshqa uchun vojib bo'ladigan nafaqaning ikkinchisi qarindoshlik sababidan vojib bo'lgan nafaqadir. Alloh taolo Qur'oni karimda:

* ^JJAJI ^jjj UUA) ¿¿.tftjLj liloi AJ 1 jiJuh Vj 'M 1 j^lj* "Allohga ibodat qilingiz va Unga hech narsani sherik qilmangiz! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz! Shuningdek, qarindoshlarga ham"

* Ak ^JJHI i'j cAj *

"Qarindoshga (xayr ehson qilishlik bilan) haqqini ado eting"

Niso surasida Alloh taolo^J ^ ya'ni yaqin qarindoshlarga yaxshilik qilishlikka buyurayotgan bo'lsa Isro surasida yaqin qarindoshlarning bir-birlarida haqqi borligini bildirmoqda.

Bahz ibn Hakim o'z otalaridan ular bobolaridan rivoyat qiladilar. «Men Rasululloh (s.a.v) dan so'radim :

« Ey Allohning Rasuli kimga yaxshilik qilay.» U zot: «Onanga» dedilar.

«So'ngra kimga » dedim. «Onanga» dedilar. «So'ngra kimga» dedim.

«Onanga» dedilar. «So'ngra kimga» dedim. «Otangga va yaqin qarindoshlaringa»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

dedilar.

Hadisning oxirgi iborasidan kambag'al qarindoshlarning nafaqasi boy qarindoshlarning zimmasida vojib bo'lishligi hamda ushbu qarindoshlar merosxo'r bo'ladimi yoki yo'qmi farqsiz ekanligi ma'lum bo'ladi.

Qarindoshlik aslida ikki turli bo'ladi:

1.Tug'ishgan qarindosh. Bularga asllar ya'ni ota-ona kiradi. Ota-ona deganda bobo-buvilarni ham o'z ichiga oladi. Shuningdek, tug'ishgan qarindoshga far'lar ya'ni farzandlar ham kiradi. Farzandlar deganda farzandlarning farzandlarini ham o'z ichiga oladi.

2.Tug'ishmagan qarindosh. Tug'ishmagan qarindoshlar ham o'z o'rnida yana ikki xil bo'ladi: a) nikohi harom qilingan qarindoshlar. Bularga aka-uka, opa-singil, amaki, tog'a kabilar kiradi; b) nikohi harom qilinmagan qarindoshlar. Bularga amaki, tog'a va xola kabilarning bolalari kiradi.

Ikkinchi turdagi qarindoshlardan birinchisi ya'ni nikohi harom bo'lgan qarindoshlarga mahram qarindoshlar deyiladi.

Nafaqasi vojib bo'lgan qarindoshlarga qaysi qarindoshlar kirishi haqida to'rtta mazhab vakillari orasida turlicha qarashlar mavjud bo'lib har birlarining o'z dalillari bor.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ushbu maqola Hanafiy mazhabi asosida yozilayotganligi bois, shu mazhab dalili bilan kifoyalaniladi. Boshqa mazhab qarashlarini esa qisqacha aytib o'tiladi:

Molikiy mazhabiga ko'ra qarindoshlarga faqat ota-ona va farzandlar kiradi.

Shofe'iy mazhabiga ko'ra qarindoshlarga ota-ona, bobo-buvi va undan yuqoridagilar. Farzand, nabira va undan pastdagilar kiradi.

Hanbaliy mazhabiga ko'ra qarindosh deganda har bir meros oluvchi kishi va nasab asoschilari(erkaklar)ga aytiladi. Masalan: onaning otasi kabi.

Hanafiy mazhabiga ko'ra esa, qarindosh deganda uylanishligi harom bo'lgan barcha qarindoshlar kiradi. Ular ota-ona, bobo-buvi va undan yuqoridagilar va farzandlar, nabira va undan quyidagilar va barcha yaqin, mahram qarindoshlardan iborat. Mahram bo'lmagan qarindoshlarga nafaqa vojib bo'lmaydi..

Shunga ko'ra qarindoshlarning nafaqasi uch turga bo'linadi. Bular, farzand va ota-ona nafaqasi hamda mahram qarindoshlar nafaqasi. Ushbu bo'limda farzand va ota-onaga qilinadigan nafaqa borasida so'z yuritiladi.

Far'lar - bolalarning nafaqasi. Islomda boshqa barcha haq-huquqlar singari

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

farzandlarning huquqlariga ham alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, bular vaziyatga qarab avvalo ota-onalari, ota-onalari bo'lmagan hollarda yaqin qarindoshlari so'ng yashayotgan jamiyatlariga vazifa qilib yuklatilgandir. Bu haqlarni ado etish vojib bo'lib, unga amal qilmoqlik majburiydir.

Ushbu haqlarga uning nasabini aniq bo'lishi, emizilishi, kimningdir homiyligi so'ng valiyligi ostida bo'lishi, nafaqa bilan taminlanishi va go'zal tarbiya olishi kabilarni kirgizishimiz mumkin. Ushbu faslda yuqorida zikr qilingan haqlardan biri bo'lgan - nafaqa haqqi, ya'ni moliyaviy ta'minoti xususida batafsil ma'lumot berib o'tiladi.

Fuqaholar kambag'al, o'zi kasb qilishlik yoshiga yetmagan yosh bolalarining taomi, kiyim-boshi va yashash joyidan iborat nafaqalarining barcha turi otaning zimmasiga vojib bo'lib, unga bu borada hech kim sherik bo'lmasligiga ijmo' qilishgan.

Ushbu so'zlariga Qur'on karimdan, Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning hadislaridan bir qancha dalillarni keltirganlar: Alloh taolo "Baqara" surasining 233-oyatida shunday marhamat qiladi: * ¿4*jj ^ *

"Ularni (onalarni) me'yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir".

Ularning dalil olishdagi qarashlari, bolaning sababidan onaga nafaqa berish vojib bo'lganidan keyin bolaning o'ziga nafaqa berish vojib bo'lishida hech shubha qolmaydi, deydilar.

Shuningdek, Oisha onamizdan rivoyat qilingan hadisni dalil qilganlar:

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Hind binti Utba: Yo Rasululloh, Abu Sufyon o'ta baxil odam, menga va bolamga kifoya qiladigan narsani bermaydi. Magar, unga bildirmay olsamgina bo'lur", - dedi. "O'zingga va bolangga yetarlisini ol", - dedilar u zot. (Buxoriy rivoyati.)

Ushbu hadisda Payg'ambarimiz (s.a.v.) Abu Sufyon (r.a.)ning ayoliga o'ziga va bolalariga infoq qilishi uchun erining molidan olishga ruxsat bermoqdalar. Agar bolalarga va ayollarga nafaqa qilish er(yoki ota)ning zimmasidagi vojib haq bo'lmaganida edi, Payg'ambarimiz (s.a.v.) unga ruxsat bermas edilar. Chunki bir musulmonning moli boshqasi uchun haromdir.

Albatta, insonning farzandi uning bir bo'lagidir. Demak bola otaning bir bo'lagi hisoblanadi.. Kishi o'ziga va ahliga infoq qilishi vojib ekan, o'zining bo'lagiga ham infoq qilishi vojib bo'ladi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

Ibn Munzir aytadi: "Ahli ilmlar tamonidan ijmo' qilingan narsa shuki, kishining zimmasiga mol-mulki yo'q bolalarining nafaqasi vojib bo'ladi".

Jumhur fuqaholar farzandlar qancha pastga qarab ketsa ham, ularning nafaqasi aslning zimmasida vojib ekanligini aytishgan. Chunki farzand deyilganda bevosita farzandni ham, undan tarqalganlarni ham o'z ichiga oladi. Shu bilan birga nafaqaning bu turi meros olish yo berish tufayli emas, balki juz'iyatlik sababidan vojib bo'ladi.

Bolalarning nafaqasi vojib bo'lishligi uchun uchta shart lozim bo'ladi:

1.(Asl) Ota boyligi yoki boy bo'lmasada kasb qilishga imkoniyati borligi sababli infoq qilishga qodir bo'lishi: agar ota boy yoki kasb qilishga qodir bo'lsa, unga bolalarining nafaqasi vojib bo'lib, ularga o'z molidan infoq qiladi. Jumhur ulamolari nazdida agar ota kambag'al bo'lsa-yu, lekin kasb qilishga qodir bo'lsa, unga kasb qilish vojib bo'ladi. Agar kasb qilishdan bosh tortsa, qozi uni qamab qo'yadi. Ammo o'zining nafaqasi boshqalarga vojib bo'ladigan darajada kambag'al bo'lsa va kasb qilishdan ham ojiz bo'lsa, uning zimmasiga nafaqa lozim bo'lmaydi. Chunki o'zining nafaqasi boshqaga lozim bo'lib turgan odamga nafaqani vojib qilish aqlga ham to'g'ri kelmaydi.

Payg'ambarimiz (s.a.v.) bu borada shunday marhamat qilganlar:

Jobir (r.a.)dan rivoyat qilinadi. Payg'ambar (s.a.v): "Sadaqani avval o'z nafsingdan boshla, agar biror narsa ortsa, ahlinga ber. Va agar ahlingdan biror narsa ortsa, qarindoshinga ber", dedilar.

Qarindoshlarning bir-birlariga nafaqasi o'zaro yordamdir. Bu huddi zakot singaridir. Muhtoj odamga zakot berish vojib bo'lmaganidek, nafaqa qilish ham vojib bo'lmaydi.

Molikiylar: "ota kambag'al bo'lsa, bolalariga infoq qilishi uchun kasb qilishi shart bo'lmaydi", deyishgan.

2. Bola kambag'al, o'zining moli yo'q bo'lishi va kasb qilishga ham qodir bo'lmasligi: agar bolaning o'ziga yetarli moli bo'lsa, uning nafaqasi o'sha moldan bo'lib, boshqaning zimmasiga tushmaydi. Agar kasb qilishga qodir bo'lsa, kasb qilishi vojib bo'ladi. Kasb qiluvchi yosh bolaning ham nafaqasi o'zining kasbidan bo'ladi. Otasining zimmasida bo'lmaydi. Shunga ko'ra moli yoki kasbi sababli boy bo'lgan bolaga nafaqa berilmaydi. Chunki qarindoshlik nafaqalari o'zaro yaxshilik yo'liga ko'ra bo'ladi. Boy esa bunday yaxshilikdan behojatdir. Agar ota o'ta isrof qilib yuboruvchi bo'lsa, bolaning topgan puli ishonchli kishiga beriladi. Agar bolalarning o'zlarining moli bo'lsa, ushbu mol yoki hozirda mavjud (ya'ni ota uni olib, bolaga ishlatishlikka imkoniyatli) bo'lishi mumkin yoki g'oib (ya'ni uni

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

olishlikning imkoni yo'q joyda) bo'lishi mumkin. Agar mol hozirda mavjud bo'lsa, ularning nafaqalari o'zlarining mollaridan bo'lib, otaning zimmasiga hech narsa vojib bo'lmaydi. Agar mol g'oib bo'lsa, otaning zimmasiga vojib bo'ladi. Ota keyin guvoh keltirib qilgan infoqini qaytarib olishligi mumkin.

Otaning zimmasiga bolaning nafaqasi qachonki bolaning o'z moli bo'lmasa vojib bo'ladi. Agar moli bo'lsa, asl qoidaga ko'ra har-bir insonning nafaqasi o'z molidan bo'ladi.

Kasb qilishdan ojizlik quyidagi sifatlardan biri bilan bo'ladi:

A) (Sag'ir) kichik yoshda bo'lishligi, ya'ni kasb qilish yoshiga yetmagan bo'lishligi. Agar o'g'il bola kasb qilish yoshiga yetsa, ota uni biror ishga yollashligi yoki biror kasb o'rganish uchun hunarmandga berishi lozim bo'ladi va o'zining ishlab topganidan o'ziga infoq qilinadi. Ammo qiz bola esa, xizmat uchun yollanilmaydi. Chunki xizmat sababli xilvatda qolish xavfi bor bo'lib, bu shar'an joiz emas. Lekin unga o'ziga mos bo'lgan tikuvchilik yoki kashtachilik kabi kasblarni o'rganish uchun muayyan hunarmand ayolga berish mumkin. Agar qiz ushbu ishlari bilan o'zini o'zi boqa olsa, uning nafaqasi o'zining kasbidan bo'ladi. Nafaqasi otaning zimmasida bo'lmaydi. Lekin topgani o'ziga yetmasa, yetadigan miqdorda unga infoq qilinadi.

MUHOKAMA

Katta yoshdagi bolaning nafaqasi otaning zimmasida vojib bo'lmaydi. Lekin majnun, esi pastlik kabi aqlidagi kasallik sababli yoki ko'zi ojiz, shol, ikki qo'li va ikki oyog'i kesilgan sababli jismidagi kasallik sababli yoki ilm tolibi bo'lganligi sababli yoki ishsizlik keng tarqalib ketgan bo'lib, ish topa olmayotganligi sababli kasb qilishdan ojiz bo'lsa, uning nafaqasi otaning zimmasida bo'ladi.

Hanbaliylar jumhurga xilofan kambag'al ota garchi sog'lom bo'lsada, uning nafaqasini bolalariga vojib qilganlaridek, kambag'al katta yoshdagi bolaning nafaqasini otaning zimmasiga vojib qilishgan.

Agar bolalar yosh va kambag'al yoki katta yoshli lekin ojiz bo'lib, ota ham kasb qilishdan ojiz bo'lsachi?, degan savolga Xassof : "Ota odamlardan so'rab, bolalariga infoq qiladi", deganlar. Ularning nafaqasi baytul moldan bo'ladi ham deyilgan. Agar ota kasb qilishga qodir bo'lsa, kasb qiladi. Agar kasb qilishdan bosh tortsa, qamab qo'yiladi. Agar otaning kasb qilib topgan puli ularning ehtiyojlariga yetmasa yoki kasb qilishga muyassar bo'lmaganligi uchun kasb qilmayotgan bo'lsa, qarindoshlari unga infoq qiladilar. Ota boyiganda undan qaytarib oladilar.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

B) Ayollik. Kambag'al qizning nafaqasi to turmushga chiqqunicha otaning zimmasida bo'ladi. Turmushga chiqqach nafaqasi erning zimmasida bo'ladi. Agar taloq qilinsa, uning nafaqasi yana otasiga qaytadi. Ota uni kasb qilishga majburlamaydi. Agar qiz tikuvchilik, ta'lim berish va doktorlik kabi obro'li ishlar bilan kasb qiladigan bo'lsa, uning nafaqasi otaning zimmasidan soqit bo'ladi. Lekin kasb orqali topgan puli o'ziga yetarli bo'lmasa, muhtoj bo'lgan miqdorni ota beradi.

D) Kasb qilishdan mashg'ul qiladigan ilm talab qilish: ilm talab qiluvchining nafaqasi, garchi u ishga va kasb qilishga qodir bo'lsa ham, uning nafaqasi otasining zimmasida bo'ladi. Chunki ilm talab qilish farzi kifoyadir. Agar ilm talab qiluvchilarga kasb qilish buyuriladigan bo'lsa, ummatning salohiyati yo'qqa chiqadi. Lekin bundagi shart ilm talab qiluvchi ilm olishda harakatchan va jiddu jahd qiladigan bo'lishi lozim. Agar darslariga beparvo qaraydigan bo'lsa, uning ta'lim olishidan foyda yo'q. Unga o'ziga lozim bo'lgan hunarni egallashi lozim bo'ladi.

Ba'zi Hanafiylar quyidagilarni qo'shimcha qilganlar: obro'si va obro'li kishilarning bolasi bo'lganligi sababli kasb qilishi tufayli unga ayb yetadigan kishining nafaqasi otasining zimmasida bo'ladi. Agar bunga kasb qilish o'z ehtiyojlarini qondirish uchun bo'ladi va oilani ta'minlash ham farz, qanday qilib bu ayb bo'ladi, deb tanqid qilinsa, ular aytadilar: agar bola ulug' va obro'li kishilarning farzandi bo'lsa, insonlar ularni biror ishga yollamaydilar. Shu tamonlama u ojiz bo'lib, nafaqaga haqli bo'lib qoladi. Aslida islomda insonlarni bir-birlaridan hech bir imtiyozi yo'q. Ulug' sahobalardan bo'lgan Abu Bakr Siddiq va Ali roziyallohu anhumlar ham tijorat va boshqa ishlarni qilganlar. Biror ishda or qilish yo'q. Shu jihatdan ba'zi boy bolalarni boshqa insonlardan ajratishlik to'g'ri bo'lmaydi.

Hanbaliylar nazdida boshqa-boshqa dinda bo'lmasliklari ham shart qilingan. Hanbaliylar bir nasabda bo'lsada dinlarining turlicha bo'lganligi tufayli nafaqa vojib bo'lmaydi, deyishgan. Chunki nafaqa o'zaro bir-birlariga yaxshilik qilishdir. Dinning turlicha bo'lishligi bilan esa bu narsalar vojib bo'lmaydi.

Hanbaliylardan tashqari jumhur ulamolar bolalarning nafaqasi uchun dinning bitta bo'lishini shart qilmaganlar. Ushbu so'zlariga dalil sifatida "Baqara" surasining 233-oyatini dalil qilishadi: * UijjkiJb ¿£3j14j ¿4-3jj ÂJ Jjijjl Jcj *

"Ularni (onalarni) me'yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir".

Bu oyat bolalarning nafaqasini u uchun tug'ilganga ya'ni otalarga vojib bo'lishiga sabab, tug'ilish ekanligiga dalolat qilayapti. Din bir xil bo'ladimi yoki

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 i Issue 5 i May, 2022 i SJIF: 5,965 i UIF: 7,6 i ISRA: JIF 1.947 i Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

boshqa-boshqa bo'ladimi tug'ilish sobitdir. Chunki nafaqa hayot vasilasidir. Hayot garchi u kofir bo'lsada undan talab qilingan. Mol aslida ahamiyatsiz narsa. Shuning uchun ham Alloh taolo mo'minni ham kofirni ham barobar rizqlantiradi.

Kamol ibn Humam bu masalani quyidagicha zikr qilganlar: "Yosh bola garchi otasining dinidan boshqa dinda bo'lsa ham, uning nafaqasi otaning zimmasiga vojibdir. Huddi boshqa dinda bo'lgan ayolining nafaqasi uning zimmasiga vojib bo'lganidek. Boshqa dinda bo'lgan bolasining nafaqasi uning zimmasiga vojib bo'lishligiga sabab bola uning bir bo'lagi hisoblanadi. Go'yo u o'zi uchun nafaqa qilgandek bo'ladi. Boshqa dinda bo'lgan ayoldagi sabab esa, sahih aqd nikohdir. Nafaqa ushbu nikoh orqali yuzaga keluvchi qo'l ostida ushlab turilishlikning muqobilidir. Musulmon bilan ahli kitob ayol o'rtasida nikoh aqdi durust bo'lib, bu orqali uni qo'l ostida ushlab turishlik yuzaga kelgach, nafaqa ham vojib bo'ladi".

Yuqorida aytib o'tilgan shartlar topilgach, bolaning nafaqasi vojib bo'ladi. Lekin fuqaholar ushbu nafaqa kimning zimmasiga vojib bo'lishi borasida ham o'z mulohazalarini aytishgan.

Bolalarning nafaqasi kimning zimmasiga vojib bo'ladi. Fuqaholar ittifoq qilishganki, agar ota tirik bo'lib boy yoki kasb qilishga qodir bo'lsa, bolalarning nafaqasi yolg'iz uning o'zini zimmasiga lozim bo'ladi. Bu borada unga hech kim sherik bo'lmaydi. Bunga dalil qilishib "Baqara" surasining 233-oyatini keltirishadi: * i-ijjk^b ¿4jjí4j ¿4 jj ^ -ij-Ji J^j *

"Ularni (onalarni) me'yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir".

Ushbu oyat nafaqani faqat unga cheklayapti. Bolalar uning bir bo'ligidir. Ularning nafaqasi va hayoti go'yo o'zining nafaqasidekdir. Ammo ota yo'q bo'lsa yoki kasalligi, yoshi kattaligi va shunga o'xshash sabablar tufayli kasb qilishdan ojiz, kambag'al bo'lsa yoki kasb qilish orqali topgan mablag'i nafaqani qoplamasa, Hanafiylarning fikriga ko'ra ularning nafaqasi boy bo'lgan erkak yoki ayol asllarning zimmasida bo'ladi. Otasi yo'q bo'lib, bobo boy bo'lgan o'rinlarda, bolaning nafaqasi boboning yolg'iz o'ziga vojib bo'ladi. Yoki boy buvining yolg'iz o'ziga vojib bo'ladi. Ota kambag'al bo'lib, surunkali kasal bo'lmasa, bobo yoki buvi ota boyiganda unga murojat qilishi mumkin. Ular infoq qilgan narsalar otaning zimmasida qarz bo'ladi.

Shuningdek, ota yo'q bo'lgan yoki bor bo'lsada nafaqa qilishga qurbi yetmagan holatda mavjud asllarga qaraladi, agar ularning barchasi merosxo'r bo'lsalar, nafaqa ularning barchasidan merosdagi ulushiga ko'ra talab qilinadi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Agar bobo ona bilan birga mavjud bo'lsa, nafaqa ularning zimmasiga merosdagi ulushiga ko'ra lozim bo'ladi. Shunda onaning zimmasiga uchdan bir va boboning zimmasiga uchdan ikki qismi lozim bo'ladi. Agar bobo ikki buvi ya'ni, ona va otaning onasi bilan birga bo'lsa, ikki buvining zimmasiga oltidan bir ular o'rtasida tengma-teng lozim bo'ladi. Qolgani boboning zimmasida bo'ladi.

Ota kambag'al bo'lib, ona boy bo'lsa bolalarga infoq qilishlikka ona buyuriladi. Va bu otaning zimmasida qarz bo'ladi. Ushbu holatda bolalarga infoq qilishga boy onani buyurish, boy boboni buyurishdan avloroqdir. Ya'ni, boy ona bilan birga boy bobo ham bo'lsa, ona o'z molidan ularga infoq qilishga buyuriladi. Bobo buyurilmaydi. Chunki ona ularga yaqinroq bo'lib, boshqa qarindoshlardan ko'ra ularning mashaqqatini ko'tarishi avloroq bo'ladi.

Agar bolaning qarindoshlari meros olmaydigan zavil arhamlardan bo'lsa, nafaqa qarindoshlik darajasi eng yaqini bo'lganining zimmasiga tushadi. Agar qarindoshlik darajalari bir xil bo'lsa, nafaqa ularning zimmasiga teng tushadi. Shuningdek, qarindoshlarning ba'zilari merosxo'r va ba'zilari meros olmaydigan bo'lsa, nafaqa eng yaqin qarindoshining zimmasida bo'ladi, garchi merosxo'r bo'lmasa ham. Agar ular qarindoshlik darajasida teng bo'lsalar, nafaqa merosxo'r qarindoshning zimmasida bo'ladi.

Molikiylar nazdida: nafaqa faqat otaning o'zini zimmasiga vojib bo'ladi. Shofe'iylar nazdida: agar ota mavjud bo'lmasa yoki ojiz bo'lsa nafaqa onaning zimmasiga vojib bo'ladi..

Hanbaliylar nazdida: agar yosh bolaning otasi bo'lmasa, barcha merosxo'rlarning zimmasiga merosdagi ulushiga ko'ra lozim bo'ladi. Shuningdek, bola hali yosh bo'lib, o'zi uchun nima foyda-yu nima zarar ekanligi bilmasa, uni kimdir qaramog'iga olishi, zararli narsalardan muhofaza qilishi, uni tozalab, yedirib-ichirib, kiyintirib, ehtiyoji uchun kerakli narsalar ila ta'minlab, tarbiyalashi vojib bo'ladi. Alloh taolo bu ishni avvalo bolaning ota-onasiga topshirib, moddiy jihatdan ta'minlab turishga (bolaning tarbiyasiga ham mas'ul bo'lishi bilan birga) otani belgiladi. Chunki otalar bu ishga layoqatlidirlar. Tarbiyaviy tamoniga esa asosan onalarni belgiladi. Zero onalar bolaga nisbatan boshqalardan ko'ra mehribonroq va ushbu ishga loyiqroq hisoblanadilar. Bu hukm ota-ona birga bitta nikohda turganlarida bo'ladi.

Ammo ota-ona o'rtasiga qandaydir sabab tufayli ajrim tushadigan bo'lsa, bola ma'lum yoshga yetgunicha onaga topshiriladi. Buni fiqhiy istilohda "Hizona" ya'ni "himoya quchog'iga olish davri", deyiladi. Bu davr ichidagi bolaning nafaqasi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

otaning zimmasida bo'ladi. Ona bolani olishni istamagan yoki ona mavjud bo'lmagan holatda bu ishga tartib bilan onaning qarindoshlari mas'ul qilinadi. Ushbu holatda tarbiya uchun to'lanadigan haq ya'ni nafaqa, agar bolaning mablag'i bo'lsa, bolaning shaxsiy molidan bo'ladi. Agar bolaning moli bo'lmasa, u holda bolaning nafaqasi kimning bo'ynida bo'lsa, o'shaning vazifasi hisoblanadi. Birinchi navbatda bolaning nafaqasi otaning bo'ynidadir. Ammo ota bo'lmasa yoki bo'lsa ham nafaqa to'lashga qodir bo'lmasa, bolaning boshqa qarindoshlari zimmalariga tushadi. Shuningdek, bolani tarbiya qilgan ayol: "Men qilgan mehnatimga haq olmayman", desa ham haqqi bor.

"Himoya quchog'iga olish" davri, agar farzand o'g'il bola bo'lsa, o'zi yeb-ichishga va kiyim kiyishga qodir bo'lganda tugaydi. Qiz bola bo'lsa, to bolig'a bo'lgungacha davom etadi. Bu o'lchov avvalgi ulamolarning bolaning tabiatiga qarab belgilagan muddatlaridir. Ammo keyingi ulamolar farzand o'g'il bo'lsa, yetti yoshgacha va qiz bola bo'lsa, to'qqiz yoshgacha deganlar.

Emizikli bolalarning nafaqasi borasida esa quyidagilarni aytishlik mumkin. Emizishlik ham bolalarning moddiy ehtiyojiga kiradi. Hammamizga ma'lumki, bolalarni emizishlik onalarning vazifasi hisoblanadi. Alloh taolo bu haqida: А fctojîi fJJ ¿1 Jtj ¿¿í*¿¿SjA ¿lljJljjlj *

"Onalar bolalarini to'la ikki yil emizadilar.( Bu muddat) emizishni kamoliga yetkazishni istovchilar uchundir."

deb, marhamat qiladi. Lekin bu onaga diyonatan lozim bo'lib, hukman majbur emas. Chunki ona shar'iy uzr sababli bolani emizishlikdan ojiz bo'lishi mumkin. Masalan: ona, agar bolani emizsam sog'ligimga zarar yetadi, uni emizishga qodir emasman desa, u majbur qilinmaydi. Chunki Baqara surasida

- " is ^ ^ л -

ЦаЗ— s^j ^Uuü V ya'ni "bola tufayli ona zarar ko'rmasin" deyilgan. Ona bolani emizishni xohlamagan bir paytda uni majburlab zarar etkazilmaydi. Bu hukm boshqa emizuvchi topilgan paytda bo'ladi.

Aslida bolani emizishlik ya'ni unga emizuvchi topishlik hamda uni haqqini berishlik otaning zimmasidadir. Chunki bolaga kifoya qiladigan nafaqa otaga bo'lib, emizishlikni haqqini berish ham nafaqadan hisoblanadi.

0 & ji йдол" л o , ^

Bunga dalil: * O^Jj ^ J—j^l Jz-j * (qarang: 53-bet) oyatidir.

Bu oyatda mutloq bolalarning nafaqasi otaga vojib ekanligi bayon etilgan bo'lib, emizikli bolalar ajratilmagan.

Ammo atrofda onadan boshqa emizuvchi topilmasa, bolani zoe bo'lib ketishidan muhofaza qilish uchun ona emizishga majburlanadi. Onadan boshqa

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

emizuvchi topilsa u majburlanmaydi.

Emizish uchun ijaraga olingan ayol bolani onaning huzurida emizadi. Boshqa joyda emas. Ammo ayol o'zi xohlasa mumkin. Chunki bolani qo'yib yuborishlik yoki qo'yib yubormaslik onaninng haqqi hisoblanadi. Ammo bolaning onasini o'zini ijaraga olib bo'lmaydi. U eridan ajrashib iddada o'tirgan bo'lsa ham. Chunki, ona ojizligi sababidan bolani emizmagan edi. Endi, u haq evaziga emizishga rozi bo'lyaptidimi, demak emizishga qodir ekan. Qodir bo'lgandan keyin unga emizishlik vojib bo'lib qoladi va haq olish joiz bo'lmaydi.

Iddada bo'lsa deganda, roj'iy taloq iddasidagi ayol nazarda tutilgan. Bunday iddada nikoh qoim turgan bo'ladi. Shuning uchun haq olishi joiz bo'lmaydi. Bir rivoyatda boin taloq iddasida ham nikohning ba'zi hukmlari (masalan, iddada o'tirish kabi) qoim turganligi uchun joiz bo'lmaydi, deyilgan. Chunki iddadagi ayolga eri shundoq ham nafaqa beradi. Emizish uchun ham bersa ikkita nafaqa bo'lib qoladi. Bir rivoyatda boin taloq iddasida o'tirgan ayol emizish uchun haq olsa bo'ladi, chunki nikoh butunlay uzilgan, deyiladi. Shuningdek idda tugagach, haq olsa bo'ladi. Sababi u begona ayol kabi bo'lib qoladi. Ota begona ayolni ijaraga yollagan paytida ona o'shaning haqqiga yoki haq olmaslikka rozi bo'lib men emizaman desa, ona haqliroq bo'ladi. Chunki begonadan ko'ra ona bolaga mushfiqroqdir. Lekin u ko'proq haq talab qilsa, er majbur qilinmaydi. Baqara surasidagi

A Jjiji Vj иДя J^" V ya'ni с"bolalari tufayli ota ham, ona ham zarar ko'rmasin!" deyilgan.

Bolalarning nafaqasini miqdori, uni qarzga aylanishi, soqit bo'lishi. Fuqaholar ittifoq qilganlarki, bola va bolaning bolasi bo'lgan qarindoshning nafaqasi non, nonga qo'shib yeyiladigan narsa, ichimlik, kiyim-bosh, yashash joyi va emizikli bo'lsa emizish kabi infoq qiluvchining holati va shaharning odatlariga ko'ra yetarlik miqdor bilan belgilangan. Chunki, nafaqa ehtiyoj uchun vojib bo'ladi. Shu sababli o'sha ehtiyojga ko'ra belgilanadi. Batahqiq Payg'ambarimiz (s.a.v.) Hindga: "o'zinga va bolalaringga yetarli miqdorni yaxshilik ila ol" deganlar. Ushbu hadisda payg'ambarimiz uning va bolalarining nafaqasini kifoya qilish miqdori bilan belgiladi.

Agar infoq qilinadigan bola o'ziga xizmat qiladigan xodimga muhtoj bo'lsa, ota unga xodim topib beradi. Chunki bu uning kifoya qilish miqdorining mukammalidir.

Agar bolaning xotini bo'lsa, Shofe'iy va Hanbaliylarning nazdida xotining ham nafaqasi vojib bo'ladi. Chunki bu uning kifoya qilish miqdorining mukammalidir.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

Abu Hanifa (r.a.)ning nazdlarida o'g'ilning xotini nafaqasi vojib bo'lmaydi.

Molikiylar nazdida erning kambag'allik holatida xotinning nafaqasi soqit bo'ladi.

Bolalarning nafaqasi Hanafiylar nazdida uni qozi belgilaganmi yoki yo'qmi zimmada aslo qarzga aylanmaydi. Bu ayollarning nafaqasini xilofichadir. Ayollarning nafaqasi qozining belgilashi yoki o'zaro bir mibidorga sulh tuzishlik sababli zimmada qarzga aylanar edi.

Shofe'iylar aytadilar: bolaning nafaqasi qozining belgilashi yoki otaning g'oibligi yoki infoq qilishdan bosh tortganligi sababli qarz olishga izn berishligi tufayli uning zimmasida qarzga aylanadi.

Fuqaholar nazdida nafaqani qo'lga kiritmasdan oldin bir qancha muddat o'tishligi bilan bolaning nafaqasi soqit bo'ladi. Chunki nafaqa otaning zimmasiga bolani hojatini daf qilish uchun vojib bo'lgan edi. Vaqt o'tganligi bilan hojat ketgach, nafaqa ham soqit bo'ladi. Xotinning nafaqasini xiloficha. Hanafiylardan boshqalarning nazdida vaqtning o'tishi bilan nafaqa soqit bo'lmaydi.

Hanafiylar nazdida nafaqaga hukm qilingandan keyin yoki unga o'zaro rozi bo'lishganidan keyin soqit bo'lmaydi. Nafaqani soqit bo'lishi esa nafaqaga hukm qilinishidan oldin yoki unga o'zaro rozi bo'lishlaridan oldin bo'ladi.

Hanafiylar aytadilar: bir shaxs qarindoshlaridan bir qancha muddatning nafaqasini oldindan olgan bo'lib, u muddatdan oldin vafot etib qolsa, ushbu nafaqadan biror narsa qaytarib olinmaydi.

Hanafiy ulamolaridan Ibn Obidiyn o'zlarining kitoblarida bu borada quyidagi matnlarni keltiradilar:

Agar ona erim bolalarga nafaqasini yetarli bermayapti yoki infoq qilmayapti deb shikoyat qilsa, qozi uni belgilab beradi. Va nafaqani yetkazishlikni onaga beradi, agar u xiyonatkor bo'lmasa. Nafaqani yetkazishlikda qozi unga nafaqani ertalab va kechqurun beradi. Yoki onadan boshqa bolalarga infoq qiladigan kishiga buyuradi. Onani yosh bolalari tomonidan turib, ularning nafaqasi uchun, garchi ozgina ziyodalikka yoki ularga yetadigan mol-mulkka qilgan sulhi to'g'ri hisoblanadi. Lekin sulh haddan tashqari ziyodalikka bo'lgan bo'lsa, otaning zimmasidan soqit qilinadi.

Ota bolasiga nafaqa qilimaganligi tufayli hibs qilinadi. Boshqa qarzlari tufayli hibs qilinmaydi. Chunki aslida otaga aziyat yetqazish haromdir. Hibs qilishda esa aziyat yetkazish bor. Lekin nafaqada esa zarurat bo'lib, u bolani halokatga uchrashidan saqlab qolishdir. Zero ota bolaga nafaqa qilmasa, bola halok bo'ladi. Unga nafaqa berishini man' qilishi go'yo uni qasddan o'ldirshi kabi bo'lib qoladi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

Uning ushbu qasdi hibs bilan qaytariladi.

Xulosa qilib aytganda shariat farzandlar va ularning haq-huquqlariga katta e'tibor bergan. Ularning homila payti, go'daklik davri, kasb qilish yoshiga yetmagan va yetgan holatlari, turli sabablarga ko'ra kasb qilishdan ojiz bo'lishliklari, katta yoshli bo'lsalarda o'zini kerakli ehtiyojlar bilan ta'minlay olmaydigan darajada kambag'al bo'lishliklari kabi barcha holatlari e'tibordan chetda qolmagan. Ular ushbu holatlarning barchasida o'z infoq qiluvchilari tomonidan ta'minlangandirlar. Shuningdek ilm talabida yurgan farzandlar, garchi kasb qilishlikka qodir bo'lsalarda, ilmlari sababidan o'z yaqinlari tomonidan qo'llab quvvatlangandir. Boshqa dinda bo'lgan farzandlar ham nafaqa borasida o'z huquqlariga yegadirlar. Boshqa dinda bo'lishligi, musulmon kishi kitobiya ayolga uylangan bo'lib, uning farzandi ham onasining dinida ekanligi bilan bo'ladi. Ayniqsa islom qiz farzandlarga yuksak darajada e'tibor bergan bo'lib, ular doimo, turmushga chiqqunlaricha otaning, turmushga chiqqach erning, mabodo qaytib kelsa yana otaning, ota bo'lmagan holatlarda aka-uka kabi yaqinlarining qaromog'ida va himoyasida bo'ladilar. Qisqacha qilib aytganda ular hech qachon nafaqasiz qolmaydilar. Ular kasb qilishga qodir bo'lsalarda, majburlanmaydi. Ular mashaqqatlari-yu nafaqalariga sabr qiluvchilar uchun jannatga olib boruvchi vositadirlar. Zero olamlarning sarvari, Alloh taoloning tanlab olgani payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.): qizlarning mashaqqatlariga va nafaqasiga sabr qilsa, ularga qilgan nafaqasi uchun jannat bo'ladi, deb marhamat qilganlar.

Malakaviy bitiruv ishining ushbu bo'limida yuqorida aytib o'tilgan, turli holatdagi farzandlarning nafaqalari imkon boricha, Alloh qodir qilguncha to'liq bayon etildi. Kelgusi bo'lim ota-onalarning nafaqasi deb nomlanadi.

Asllar -- ota-ona (bobo-buvi)larning nafaqasi. Islom jamiyat ustunlarini mustahkam asosga tiklagan. Jamiyatda insonlarning bir-birlariga o'zaro mehr-muhabbatli bo'lishlari, bir-birlarini yaxshi ko'rib, moddiy yoki ma'naviy yordam berishlari, xususan, ota-ona va yaqin qarindoshlarni hurmatlab, ularning haqlariga rioya qilish ushbu asosni yanada mustahkamlovchi omillardandir.

Ota-onaning hurmati, farzand ustidagi haqqi to'g'risida oyatlar, hadislar va ulamolarning hikmatli so'zlarida batafsil ravishda zikr qilingan.

Inson ichki dunyosi bilan doimo kelajakka boqadi. Kuchli istak bilan uylanish va zurriyot qoldirishga intiladi. Bunga insonning tabiiy omili kuchli undovchi hisoblanadi. Islom ota-onani o'z farzandlariga yaxshilik qilishlariga tavsiya qilmaydi. Chunki bu insonning fitratida mavjud. Ba'zan inson ortiga qarashni unutadi va bunga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

ahamiyat ham bermaydi. Shu sababdan insonga o'zining qanday vujudga kelgani va ota-onasining o'z ustidagi haqqi nimalardan iborat ekani qayta-qayta eslatiladi. Toki inson o'zi uchun tunlarini bedor o'tkazgan va uyqusidan kechgan, o'zlaridan ko'ra uni ortiq ko'rgan zotlarning mehnatini esidan chiqarib yubormasin.

Ota-onalar bu haqiqatni o'z farzandlariga nisbatan yaxshi tushunib yetadilar. Ota-ona o'zi kasal bo'lsa-da, farzandi kasal bo'lmasligini, o'zi och qolsa-da, farzandi och qolmasligini xohlaydi. Qo'lidagi mazzali taomdan farzandi tanavvul qilishi bilan huzurlanadi. Shuning uchun ham islom ota-ona va qarindoshlar haqqini Allohning haqqidan keyinoq keltirgan:

"Allohga ibodat qilingiz va Unga hech narsani sherik qilmangiz! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz! Shuningdek, qarindoshlarga ham".

Payg'ambarimiz alayhissalom hadislarida ota-onaga yaxshilik qilish Allohga suyukli amallarning eng afzali ekanini aytganlar. Dinning asosi namoz bo'lsa, ota-onaga yaxshilik qilish fazilatda namozdan keyin, Alloh yo'lidagi jihoddan oldin turadi.

Abdulloh ibn Mas'ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi: "Men Payg'ambar alayhissalomdan: "Alloh taologa qaysi amal eng suyukli?"- deb so'radim. U zot: "O'z vaqtida o'qilgan namoz",-dedilar. Men: "Keyin qaysi (amal)?"- dedim. U zot: "Ota-onaga yaxshilik qilish",- dedilar. Men: "Keyin qaysi (amal)?"- dedim. U zot: "Alloh yo'lidagi jihod",-dedilar ". (Imom Buxoriy rivoyati.)

Islom farzandlar zimmasida ota-onalarning bir qancha haq-huquqlari borligini ta'kidlaydi. Bu masala Qur'oni karimda, sunnati nabaviyada va Islom tarbiyasi haqidagi kitoblarda alohida bayon qilingan. Bundan tashqari mujtahid ulamolarimiz ota-onalarga yaxshilik qilish borasidagi oyat va hadislarni o'rganishib, o'zlariga xos hukmlar chiqarganlar. Ushbu chiqarilgan hukmlar asosida mo'tabar fiqhga doir kitoblarimizning "Nafaqalar" bobida alohida o'rin ajratilib, ota-onaga infoq qilinishlikning vojibligi, vojib bo'lishlik shartlari, kimning zimmasiga vojib bo'lishi va nafaqaning miqdori xususida bahslar yuritilgan.

Fiqhiy istelohda insonning yuqoriga qarab ketgan nasabini ya'ni ajdodlarini "asllar" deyiladi. Ushbu istelohdan kelib chiqib ota-ona deganimizda ularning ota-onalarini, ya'ni bobo-buvilarni ham o'z ichiga oladi.

Ota-onalarga shirin so'z va yaxshi muomalada bo'lish, ularga mehribonlik ko'rsatish, tavozeu'li va muloyim bo'lish va Alloh taoloning shariatiga zid bo'lmagan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

barcha buyruq, talab va istaklarini bajarish farzand zimmasidagi ularning ma'naviy haqlaridir. Albatta, bulardan tashqari garchi ota-ona o'ziga to'q bo'lsa ham, ularning yashash sharoitini yaxshilash, nafaqa berib turish, ularni so'rashga muhtoj qilmay yoki minnat qilmay izzat ko'rsatish ularning moddiy haqlari hisoblanib, ushbu haqlar farzandning zimmasiga vojib bo'lishligiga ittifoq qilingan.

Bu haqda Alloh taolo "Isro" surasida shunday marhamat qiladi: U4! (J !ia UA!>Σ JÎ UAAÜ j£l\ ¿Ыс ¿¿Я; Uj üLAj ¿J^IJLJJ ô\jj Vj I¿ßj ^:

о * £ ' """о" } О' - I

l'P^-j' Çj (J ¿JÜl \ ! c^f^'J (23) 1-^.jS \ ¿)3J l'A VJ ç^l

(24)

"Robbingiz, Uning O'zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "uf!.." dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so'z ayt!" 23. "Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va (duoda) ayt: "Ey, Rabbim! Meni (ular) go'daklik chog'imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!" 24.

Zero, ota-ona muhtoj bo'lib turgan paytda ularga infoq qilishlik ehson-yaxshilik qilishga kiradi.

Payg'ambarimiz (s.a.v.): "Otalaringizga mehribon bo'lingizlar, shunda sizlar ham farzandlaringizdan mehr-muruvvat ko 'rasizlar", deb,marhamat qilganlar.

Otalar bolalarini yoshlik chog'larida qarovsiz qoldirishgan bo'lsa, ular katta bo'lganlarida o'zlariga ham manfaat yetkazmaydilar.

Va yana "Luqmon" surasining 15-oyatida hayoti dunyoda ularga yaxshi munosabatda bo'lishni buyurib shunday marhamat qilgan:

*...\iJJ*- *

"... Ularga (garchi kofir bo'lsalarda) dunyoda yaxshi muomalada bo'lgin..."

Ota-ona muhtoj bo'lib turgan paytda ularni yetarli miqdor bilan ta'minlash ma'ruf ishlardan hisoblanadi.

Abdulloh bin Amr (r.a.)dan rivoyat qilinadi. "Bir kishi Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning oldilariga kelib: "Ey Allohning elchisi! meni mol-mulkim va otam bor. Otam mening molimga muhtoj" dedi. Shunda Payg'ambarimiz (s.a.v):"Sen va moling otangnikidir. Albatta farzandlaringiz kasblaringizni eng halolidir. Bas bolalaringizni kasbidan yeyaveringlar" dedilar". Abu Dovud rivoyati.

Ibn Munzir bu boradagi ijmo'ni naql qilib aytadilar: "kasb qilmaydigan va biror moli bo'lmagan ota-onaning nafaqasi farzandning molida vojib ekanligiga ulamolar ittifoq qilganlar".

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

Islom shariati qodir farzandlarga ojiz bo'lgan ota-onalar haqini kafolatga olishga hukm etgan. Ota-onalari keksayib, zaiflashgan vaqtlarida farzandlari ularning haqqini ado qilishlari lozimligini birinchi o'ringa qo'yagan. Hatto ishni ularning o'zlariga topshirib qo'ymasdan, balki bu kafolatni farz qilib belgilab qo'yib, agar vaqtida vafo qilmasa, keyinchalik qazosi vojib bo'lishini ta'kidlagan. Aslida bola ota-onasiga qanchalik ehson qilmasin, qanchalik o'zidan ortiq ko'rmasin, o'zi dunyoga kelishiga sabab bo'lgan mukofotni qaytara olmaydi.

Fuqaholar asllarga ya'ni ota-ona va bobo va buvilarga infoq qilishlikning vojibligida quyidagi shartlarni keltirganlar.

1. Hanafiylar, Shofe'iylar nazdidagi sahih so'zga ko'ra va ba'zi Molikiylarning so'lariga ko'ra: asl, ya'ni ota-ona kambag'al bo'lib kasb qilishga qodir bo'lsa ham ularning nafaqasi far'ga, ya'ni farzandining zimmasiga vojib bo'ladi. Chunki Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilishga buyurgan. Farzand boy bo'la turib, ota-onani kasb qildirib qo'yish, ularga nisbatan yaxshilikni tark qilish va ularga aziyat yetkazish bo'lib qoladi. Bu esa joiz emas. Inson boy bo'la turib o'z yaqinini ayniqsa u muhtoj bo'lib turgan paytda qarovsiz tashlab qo'yishi nihoyatda xunuk ish hisoblanadi. Xossatan Alloh farzandni o'z ota-onasiga eng kichik aziyatni ham yetkazishdan, ya'ni ularga "uf" ' deyishidan qaytargan.

Molikiylarning ko'pchiligi, Hanbaliylar va Shofe'iylarning bir so'zida: agar asl faqir yoki kasb qilishdan ojiz bo'lsagina ularning nafaqasi farzandga vojib bo'ladi deyishgan.

Imom Saraxsiy: ota kasb qilishga qodir bo'lsa ham o'g'il unga infoq qilib turishga majbur qilinishligini aytganlar.

Imom Halvoniy: agar ota kasb qila oladigan bo'lsa, u kasbining e'tibori bilan boy hisoblanadi, shuning uchun nafaqasini boshqaga vojib qilishlikni zarurati yo'q deganlar.

2. Barcha fuqaholarning ittifoqiga ko'ra farzandning boy bo'lishligi. Hanbaliylar va Shofe'larning sahih so'zlariga ko'ra farzand kasbga qodir ham bo'lishi kerak.

Farzandning moli yoki kasbi orqali topgani o'z nafsining nafaqasidan ortiqcha bo'lishi lozim. Agar undan biror narsa ortmaydigan bo'lsa, uning zimmasiga biror narsa vojib bo'lmaydi. Payg'ambarmiz (s.a.v.)dan nafaqa qilish borasida vorid bo'lgan hadislarda kishi avval o'zidan boshlashi, so'ng ortsa qaramog'idagilarga berishi aytilgan.

Burhoniddin al-Marg'inoniy aytadilar: farzand molida va kasbida o'zining,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

bolalarining va ayolining nafaqasidan ortiqchaligi bo'lishi lozim, agar undan biror narsa ortmaydigan bo'lsa, uning zimmasiga nafaqa vojib bo'lmaydi.

Hanbaliylar tashqari jumhur ulamolar nazdida aslni far'ga infoq qilishligida, ular o'rtasida bitta dinda bo'lish shart qilinmaydi. Chunki, Alloh taolo kofir ota-onaga ham yaxshilik qilishga buyurgan. Islom ota-onaga yaxshilik qilishda ularni yaxshi-yomonga ajratmaydi. Bu, ado qilinishi vojib bo'lgan haq va vafo qilinishi lozim bo'lgan yaxshilik deb qaraydi. Qanday bo'lishlaridan qat'iy nazar dunyoda ularga yaxshi munosabatda bo'lishga targ'ib qilinadi. Bu borada Alloh taolo "Luqmon" surasining 15-oyatida shunday tavsiya qiladi:

jX Jj h 11 Iijj*-« 13-^1 ■ ^J 1 UJ yà -Je. tt] (j] l* ^ tt jj2 (1 Jb ¿HÜla. (jj *

s , s о s s s ^ -- s "" * ' с

* qjiaxj iaj -£jl-li -J Çjljl

"Agar ular (ya'ni ota-onang) seni o'zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo'rlasalar, u holda itoat etma! Ularga (garchi kofir bo'lsalarda) dunyoda yaxshi muomalada bo'lgin va o'zing Menga tavba qilgan kishilarning yo'liga ergashgin! So'ngra (ya'ni qiyomat kunida) qaytish Mening huzurimgadir, bas, sizlarga (o'shanda) qilib o'tganamallaringizning xabarini berurman."

Zero farzand ota-ona xizmatida doimo shay turishi, hatto mushrik bo'lsalar ham ularning roziligini topishi zarur.

Asllarning nafaqasi kimga vojib bo'ladi. Ota-onaning nafaqasi farzandining zimmasiga vojib bo'ladi. Bu ishda unga hech kim sherik bo'lmaydi. Zero Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning "Sen ham va moling ham otangnikidir" degan so'zlariga binoan bolaning moliga ota-onaning ham egaligi aytilgan. Shu bilan birga ularga eng yaqin kishi farzand hisoblanadi. Shuning uchun ularning nafaqasini o'z zimmasiga olishi haqli bo'ladi.

Hanafiylar nazdida farzandning erkak yoki ayol bo'lishligi barobardir. Chunki ma'no ikkalasini ham o'z ichiga oladi.

Jumhur ulamolari nazdida ularning nafaqasi farzandining farzandini zimmasiga ham vojib bo'ladi. Molikiylar faqat farzandga vojib bo'ladi deydilar.

Agar farzandlar bir necha bo'lsa, asllarning nafaqasi quyidagicha bo'ladi: agar farzandlar ikki o'g'il yoki ikki qiz kabi qarindoshlik darajalari barobar bo'lsa, nafaqa qilish ular o'rtasida teng bo'linadi. Barobarlik qarindoshlik va juz'iyatlik jihati bilan e'tibor qilinadi. Merosdagi ulushiga qarab emas. Shuning uchun ham bir kishining tug'ishgan akasi va qizining qizi bo'lib, garchi (o'lganidan so'ng) uning merosi akasiga tegsa ham va qarindoshlik darajasi turlicha bo'lsa ham, uning nafaqasi qizining qizini zimmasida bo'ladi. Bu borada Abu Hanifa (r.h.) yana shunday

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

deydilar: agar far'larning qarindoshlik darajalari bir xil bo'lsa, ya'ni ikki o'g'il yoki ikki qiz yo o'g'il va qiz kabi, nafaqa ular o'rtasida barobar vojib bo'ladi. Bunda ularning merosxo'r bo'lishlari yoki ba'zilari merosxo'r, ba'zilari meros olmaydigan bo'ladimi farqi yo'q. Chunki ular qarindoshlik va juz'iyatlikda barobardirlar. Merosda o'g'il qizdan ikki barobar ko'p olishligiga ham qaralmaydi. Bundan mulohaza qilinadiki, far'lar bir nechta bo'lgan paytda, Hanafiylar meros olish e'tiborini emas, balki qarindoshlik va farzandlik e'tiborini hisobga olishgan.

Agar farzand ikkita bo'lsa, nafaqa ularning zimmasida teng bo'linadi. Bir o'g'il va bir qiz bo'lsa ham xuddi shuningdek bo'ladi. Nafaqa borasida erkak qizdan ortiq ko'rilmaydi. Chunki bular vojiblik sababida ya'ni tug'ilishlikda barobardirlar. Agar otaning huzurida qizi va singlisi bo'lsa, nafaqa qizning zimmasida bo'ladi. Chunki tug'ilishlik uning uchun bo'lgan. Bu nafaqa meros sababli e'tiborga olinmasligiga dalolat qiladi. Zero singil qiz bilan birga merosxo'r bo'lib qolganda meros oladi. Lekin, nafaqada qiz bilan qolgan paytda nafaqa uning zimmsiga vojib bo'lmaydi.

Asllarning nafaqasi miqdori borasida barcha fiqh kitoblarida ayollar va farzandlarning nafaqasi kabi kifoya qiladigan miqdor bilan belgilanishligi aytilgan. Chunki nafaqa ehtiyoj yuzasidan vojib bo'ladi, shu sababli ehtiyojni qoplaydigan miqdor e'tiborga olinadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Allohning kalomi bo'lmish Qur'oni karimda va Rasululloh(s.a.v.)ning hadisi shariflarida ota-onaga yaxshilik qilish haqida bejizga qayta-qayta buyurilmagan. Ko'pchilik insonlar o'zlarini go'daklik chog'laridan asrab avaylab kelgan, hatto shamol tegib qolishidan ham qo'rqib, turli xavf xatarlarga o'z bag'rlarini qalqon qilib kelgan ota-onasiga nisbatdan e'tiborsiz bo'lib qolganlar. Ular go'yoki bu narsalardan bexabardek. Ayniqsa oila qurganlaridan so'ng o'z farzandlari atrofida ovora bo'lib, bir paytlar ularning ham atrofida parvona bo'lishganini, u hali inson deb atalmasidanoq, onasining vujudida eng nozik guldanda ko'proq muhofazada bo'lganligini o'ylab ham ko'rmaydilar. Ota-onaning haqlariga rioya qilish jannatga olib boruvchi yo'l ekanligini tushunib yetmoqlik va buni amalda qo'llamoqlik har bir musulmonning ota-onasi hamda Alloh oldidagi burchidir. Ushbu bo'limda ota-onaning haqlaridan biri bo'lgan nafaqa borasida so'z yuritildi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-572-589

REFERENCES

1. Az-Zuhayliy Vahba. Al-fiqhul-islamiy va adillatuhu. 10-juz. Damashq. Darul-fikr, 2006.

2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ruhiy tarbiya. 3-juz. Toshkent. Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2008.

3. Ibn Obidin Muhammad Amin. Roddul-Muxtor a'la Durril-Muxtor. 5-juz. Bayrut. Darul-kutubil-ilmiya, 1994.

4. Al-Buxoriy Abu abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Sahihul-Buxoriy. 3-juz. Qohira. Darut-taqvo, 2001.

5. Quvayt vaqf va Islomiy ishlar vazirligi. Fiqh ensiklopediyasi. 41-juz. Quvayt. Tibo'atu zotus-salosil, 2005.

6. Kamol ibn Humam. Fathul-qodir. 4 -juz. Bayrut. Darul-kutubil-ilmiya, 2005.

7. Al-Marg'inoniy Burhoniddin Abu Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujalil Al-Farg'oniy. Al-Hidoya sharhu Badoyatul-Mubtadiy. 2juz. Bayrut-Livan. Darul-kitabul-ilmiya, 2000.

8. Salohiddin Muhiddin. Oila va shar'iy nikoh odoblari. Toshkent. Movarounnahr, 1999.

9. Al-Kosoniy Alauddin ibn Mahmud al-Hanafiy. Badai'u-sanoi' fi taftishish-sharoi'. 8-juz. Bayrut. Darul-kutubil-ilmiya, 1997.

10. Ayniy Mahmud ibn Ahmad ibn Musa ibn Ahmad ibn al-Husayn Badriddin. U'mdatul-qoriy sharhu Sahihil-Buxoriy. 14-juz. Bayrut. Darul-fikr, 2005.

11. Usmonxon Alimov. Yoshlar - kelajagimiz. Toshkent. Movarounnahr. 2008.

12. Sharbiniy Muhammad. Mug'niy al-muhtoj. 3 juz.-B. 447. Maktabatush-shomila.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.