Научная статья на тему 'ARAB TILINING RIVOJIGA HISSA QO‘SHGAN MOVAROUNNAHRLIK OLIMLAR VA ULAR YOZGAN ASARLAR'

ARAB TILINING RIVOJIGA HISSA QO‘SHGAN MOVAROUNNAHRLIK OLIMLAR VA ULAR YOZGAN ASARLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
145
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Movarounnahr / Mahmud Zamaxshariy / Xorazm / grammatika / Xuroson / “Al-Mufassal” / Makka / Bag‘dod / Misr / Movarounnahr / Mahmoud Zamakhshari / Khorezm / Grammar / Khurasan / "Al-Mufassal" / Makkah / Baghdad / Egypt

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Boboqulov, Imomiddin Ramazonovich

Ushbu maqolada Movarounnahr arab tili maktabi paydo bo'lishidan to shakllanishigacha bo'lgan barcha bosqichlarni va hatto yagona ilmiy maktabning to'liq rivojlanishini qamrab olmaydi. Lekin biz keltirgan ma’lumotlar, shubhasiz, Movarounnahr arab maktabiga oydinlik kiritib, Basra, Kufa, Bag‘dod, Misr va Andalusiyadagi boshqa arab maktablari qatorida muhim o’rin egallshini ochib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MOVAROUNNAHR SCIENTISTS WHO CONTRIBUTED TO THE DEVELOPMENT OF THE ARABIC LANGUAGE AND THEIR WORKS

This article does not cover all the stages from the emergence to the formation of the Movarounnahr Arabic language school and even the complete development of a single scientific school. But the information we have provided will undoubtedly shed light on the Arabic school of Mowarounnahr and reveal that it occupies an important place among other Arabic schools in Basra, Kufa, Baghdad, Egypt and Andalusia.

Текст научной работы на тему «ARAB TILINING RIVOJIGA HISSA QO‘SHGAN MOVAROUNNAHRLIK OLIMLAR VA ULAR YOZGAN ASARLAR»

ARAB TILINING RIVOJIGA HISSA QO'SHGAN MOVAROUNNAHRLIK OLIMLAR VA ULAR YOZGAN ASARLAR

Ushbu maqolada Movarounnahr arab tili maktabi paydo bo'lishidan to shakllanishigacha bo'lgan barcha bosqichlarni va hatto yagona ilmiy maktabning to'liq rivojlanishini qamrab olmaydi. Lekin biz keltirgan ma'lumotlar, shubhasiz, Movarounnahr arab maktabiga oydinlik kiritib, Basra, Kufa, Bag'dod, Misr va Andalusiyadagi boshqa arab maktablari qatorida muhim o'rin egallshini ochib beradi.

Kalit so'zlar: Movarounnahr, Mahmud Zamaxshariy, Xorazm, grammatika, Xuroson, "Al-Mufassal", Makka, Bag'dod, Misr

В данной статье не охвачены все этапы от возникновения до формирования арабской языковой школы Моваруннахр и даже полного развития единой научной школы. Но предоставленная нами информация, несомненно, прольет свет на арабскую школу Моваруннахра и покажет, что она занимает важное место среди других арабских школ в Басре, Куфе, Багдаде, Египте и Андалусии.

Ключевые слова: Моваруннахр, Махмуд Замахшари, Хорезм, Грамматика, Хорасан, «Аль-Муфассал», Мекка, Багдад, Египет

This article does not cover all the stages from the emergence to the formation of the Movarounnahr Arabic language school and even the complete development of a single scientific school. But the information we have provided will undoubtedly shed light on the Arabic school of Mowarounnahr and reveal that it occupies an important place among other Arabic schools in Basra, Kufa, Baghdad, Egypt and Andalusia.

Keywords: Movarounnahr, Mahmoud Zamakhshari, Khorezm, Grammar, Khurasan, "Al-Mufassal", Makkah, Baghdad, Egypt

BOBOQULOV Imomiddin Ramazonovich

Oriental universiteti Lingvistika (arab tili) fakulteti

2-kurs magistranti imomiddinboboqulov@gmail.com (99) 548 43 38

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

4

www.birunijournal .uz

KIRISH

Ma'lumki, arab grammatikasining paydo bo'lishi Basra, Kufa, Bag'dod, Misr va Andalusiyada vujudga kelgan va taraqqiy etgan bir qancha grammatik maktablar orqali uning rivojlanishi va takomillashuvi bilan bog'liq bo'lgan1

Fath qilingan Movarounnahr va Xorazm o'lkalarining xalqi ilk o'rta asrlarda haqiqiy islom dinini qabul qilgandan so'ng arab tilida fanlar paydo bo'la boshladi. O'sha dastlabki bosqichning rivojlanishi insoniy fanlarning turli sohalarini o'z ichiga olgan erkin rivojlanishni va arab tilida yozilgan kitoblar orqali umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni almashishni o'z ichiga olgan bo'lib, bu Movarounnahr bo'ylab taniqli olimlarning paydo bo'lishiga imkon berdi. arab islom fanlari va madaniyatini boyitish. Bu turk va forslardan ilm-fan, she'riyat, falsafa va tarixdagi daholarning chiqishi edi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Movarounnahr o'lkasida ham nahv va sarf ilmi borasida zabardast allomalar yetishib chiqqan va bu sohada qimmatli asarlar yozib qoldirganlar. Jumladan, Az-Zamaxshariyning "al-Mufassal fi nahv", "Al-Harokot", "Asasul balog'a", Umar Jundiyning "Al-Iqlid" asari, tarixda Zamahshariyning izdoshi nomi bilan tanilgan Al-Mutorriziyning "Al-Misbah fi nahv", "Al-Iqna'u fil lug'at", Muhammad Al-Muiziyning "Tasriful afal", Hamididdin Doririyning "Muqaddimatu Ad -Doririy" va Abdurahmon Al-Jomiyning "Sharh Mulla" asarlari shular jumlasidandir. Bu asarlar Islom olamidagi bebaho asarlar sirasiga kiradi2.

Arab tilining qonun-qoidalari tizimi - nahv ilmini yaratgan va kamolga yetkazgan olimlar orasida bizning bobokalonimiz Mahmud Zamaxshariy muhim o'rin egallaydi. Alloma haqidagi ma'lumotlar asosan O'rta asr arab manbalarida keltirilgan. Abul Qosim Mahmud ibn Umar Zamaxshariy 467-1075 yil 27 rajab oyi-19 martda Xorazmning Zamaxshar qishlog'ida tavallud topgan. Otasi unchalik badavlat bo'lmasa-da, savodli, taqvodor, diyonatli kishi bo'lgan va aksar vaqtini ibodat bilan o'tkazib, Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. Onasi ham xudojo'y bo'lgan. Sharqda allomani chuqur hurmat va mehr bilan "Ustozul arab val ajam" ("Arablar va g'ayri arablar ustozi"), "Faxru Xorazm" ("Xorazm faxri") kabi sharafli nomlar bilan ataganlar. Zamaxshariy hayoti davomida ilm o'rganish maqsadida tinmay dunyo kezgan. Buyuk alloma Xuroson, Eron, Arabiston, Iroq, Yaman, Shom (Suriya) kabi davlatlarning Marv, Nishopur, Isfahon, Bag'dod, Hijoz, Damashq va Makka kabi shaharlarida bo'lib, asarlari uchun boy manba to'plagan. Ma'lumotlarga ko'ra, olim o'zining ko'plab asarlarini Makkada yozgan va xuddi shu

1 Ibn Xalqon: Mashhurlarning o'limlari. Buloq: 1881 yil

2 Bulgakov B. G.: Al-Beruniy hayoti va kitoblari. Toshkent: 1972. (rus tilida)

5

www.birunijournal .uz

yerda buyuk olim sifatida e'tirof etilgan, shuhrat qozongan. Zamaxshariy o'z davrining zabardast olimlaridan biri bo'lib, fanning turli sohalariga oid yetmishga yaqin asar yozgan. Afsuski, bizga shulardan ba'zilarigina yetib kelgan, xolos. Allomaning asarlari ro'yxati turli manbalarda turlicha keltiriladi. Nemis sharqshunos olimi K.Brokkelman o'zining "Arab adabiyoti tarixi" nomli asarida Mahmud Zamaxshariyning 31 ta asari bo'lgani haqida ma'lumot bergan bo'lsa, doktor Ahmad Muhammad Xufiy-" Zamaxshariy" nomli risolasida uning 48 asari borligini aytib o'tadi. Arab olimlaridan Jurji Zaydon, Ahmad Muhammad Xudiy, Ali Bajoviy, Bahija Boqir Husniy, Muhammad Abul fazl Ibrohim, Husni Abdujalil Yusuf, Ibrohim Samaroiy, Muhammad Bosil Uyun Sud va boshqalar alloma ijodini har tomonlama o'rganishga harakat qilgan va bugungi kunda ham ko'pgina olimlar Mahmud Zamaxshariy asarlari ustida tadqiqotlar olib bormoqda.3

Akademik A.Rustamovning "Mahmud Zamaxshariy" kitobida allomaning 39ta asari bo'lgani haqida ma'lumotlar bor. B.Z.Xolidov o'z maqolasida Zamaxshariy 55 ta asar yozganini ta'kidlaydi. Mahmud Zamaxshariy ilmiy merosining yana bir tadqiqotchisi U.Uvatov "Nozik iboralar" nomli kitobida allomaning 34 ta asariga oid ma'lumot bergan.Mahmud Zamaxshariy qomusiy olim sifatida tilshunoslik, adabiyot, geografiya, tarix va boshqa qator yo'nalishlar bo'yicha maktab yaratgan. Alloma 200 dan ortiq shogirdi bo'lgan. Asarlarini bevosita o'rganib, ilm-u fanning sirlarini egallagan 100 dan ortiq olim g'oyibdan o'zini Zamaxshariyning shogirdi deb hisoblagan. Buyuk allomaning bebaho merosi durdonalari orasida tilshunoslikka oid eng mashhur asarlaridan "Sharh abyat kitob Sibavayh" ("Sibavayh kitobining sharhi"), "Al-Mufassal", "Al-Unmuzaj" (grammatikaga oid) alohida ahamiyatga ega. Arablarda ham bunday maqol bor: "Agar Zamaxshariy bo'lmaganida, arablar o'z tilini bilmas edi" Shunga ko'ra, allomaning bunday tahsin-maqtovlarga erishishi va butun dunyoga mashhur tilshunos, grammatik olim bo'lib tanilishiga sabab arab tili grammatikasiga bag'ishlab yozilgan "Al-Mufassal fin nahv" - "Nahv (grammatika) haqida mufassal kitob" asari bo'lsa, ajab emas4. "Al-Mufassal" arab tili nahv sarfini o'rganishda yirik qo'llanma sifatida azaldan Sharqda ham, G'arbda ham shuhrat topgan asarlardan hisoblanadi. Ko'pchilik olimlar o'z ilmiy qimmati jihatidan az-Zamaxshariyning bu asari taniqli arab tilshunosi Sibavayhning (796 yili vafot etgan) arab grammatikasiga oid yozgan "Al-kitob"idan keyin ikkinchi o'rinda turadi, deb ta'kidlaganlar. O'sha davrning o'zidayoq arablar orasida ham bu asar katta e'tibor

3 Nosirova M. O'rta asrlar arab nahvidan namunalar (Mahmud Zamaxshariyning "Unmuzaj fi nahv" risolasi asosida). -T.: ToshDSHI nashriyoti, 2004. 6-bet

4 Nosirova M. O'rta asrlar arab nahvidan namunalar (Mahmud Zamaxshariyning "Unmuzaj fi nahv" risolasi asosida). -

T.: ToshDShI nashriyoti, 2004. 5-bet

6

qozongan va arab tilini o'rganishda asosiy qo'llanmalardan bin sifatida keng tarqalgan.

Iroqlik olim Fozil Solih Samariy ma'lumotiga qaraganda, Zamaxshariy qoldirgan boy ilmiy merosni quyidagicha tasniflash mumkin: diniy ilmlar, islom ulamolari va fiqhga oid asarlar; lug'atshunoslik, arab tili grammatikasi (sarf va nah ); aruz va adabiyot nazariyasi; badiiy adabiyot (she'riy devonlar va nasriy asarlar); mantiq va falsafaga oid asarlar; jo'g'rofiya va etnografiyaga oid asarlar.

Quyida alloma qalamiga mansub tilshunoslikka oid asarlar bilan tanishamiz. "Al-Mufassal fi san'atil e'rob" - "E'rob san'ati haqida mufassal kitob", "Asosul-balog'a" - "Balog'at asosi" ,"Al-Harokot", "Al-Mufrad val muallif fin nahv" - Arab tilida birlik va ko'plik""Al-AmoliyM fin nahv" - "Grammatik qoidalarda orfografiya""Al-Mufrad val murakkab fil arabiya" - "Arab tilida birlik va ko'plik" 5 Imom Zamaxshariy qarindosh-urug'larining qistovlariga qaramasdan, hayotida biror marta ham uylanmaganlar. Ilmiy asarlar yozish va munosib shogirdlar tayyorlashni farzand o'stirishdan a'lo deb hisoblagan. Imom Zamaxshariy qaysi shaharga borsalar ko'plab kishilar u kishiga shogird tushib u kishidan ilm olishga jiddu-jahd qilgan, ulardan Abu Umar Omir ibn al-Hasan as-Samsar, Abul-Maxosin Ismoil ibn Aliy at-Tubla, Aliy ibn Iydo ibn Xamza ibn Vahhos ibn Abdul Muttolib.

Zamaxshariy oxirgi marta Makkadan qaytib, Xorazmda bir necha yil yashaydilar va hijriy 538 yilda, arafa kechasi (1144-yil 14-aprel) vafot etadilar. Alloh taolo Imom az-Zamaxshariyni oxiratlarini obod etsin, qiyomat kuni Firdavs jannati bilan mukofatlasin, bizga qoldirgan oltin meroslarini o'qib manfaat olishimizni nasb etsin.

Jomiy (Abdurahmon Jomiy),(taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (1414.7.11, Jom— 1492.8.11, Hirot) — fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. Asarlari o'zbek tiliga tarjima qilinib, bir necha marta nashr etilgan. "Kofiya sharhi risolasi", "Sharhi Mullo" (yoki "Mullo Jomiy") Markaziy Osiyo va Idil (Volga) bo'yi tatarlari madrasalarida arab tili grammatikasidan darslik sifatida o'qitilgan. O'zbekiston va Tojikistonning bir qancha jamoa xo'jaliklari, ko'chalar, maktablar Jomiy nomi bilan ataladi.

Abu Ali ibn Sino Ovrupoda Avitsenna nomi bilan mashhur bo'lgan va Sharqda uluglab ,"Shayxur rais" nomi bilan atalgan vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino (9801037) turli sohalarda, shu jumladan, tilshunoslik bobida ham bir qancha asarlar yaratdi. "Kitobi al milh finnahv" ("O'tkirlik sintaksisda ekanligi kitobi")

"Kitob lisonul arab"("Arab tili kitobi"),"Asbobi xudut al-xuruf" ("Tovushlarning chegaralanish sabablari") kabi tilshunoslikka oid qator asarlar

5 Nosirova M. O'rta asrlar arab nahvidan namunalar (Mahmud Zamaxshariyning "Unmuzaj fi nahv" risolasi asosida). -

T.: ToshDShI nashriyoti, 2004. 6-bet

7

qoldirdi. Shu kungacha "Asbobi xudut al xuruf' asarining to'rtta nashri: Qohira (2),Tiflis nashri va Toshkent nashrlari malum.Asarning Toshkent nashrini tayyorlashda professor A.Mahmudov va professor Q.Mahmudovlarning xizmatlari katta bo'ldi.

Al-Qosim Al-Xorazmiy (555-617 hijriy - 1160-1220 milodiy) U Al-Qosim bin Al-Husayn bin Muhammad Al-Xorazmiy, Xorazmda tug'ilgan. U arab tili grammatikasi va morfologiyasi bo'yicha mashhur olim bo'lib, "Sadru-l-Afzal" laqabli. U huquqshunos, grammatikachi, yozuvchi, shoir, nosir, edi. Uning asarlaridan: "Grammatikada rivoyatlar kitobi", "Grammatika bo'yicha Al-Mufassal kitobi"ning izohi. Az-Zamaxshariyning "Al-Unmuzaj" sharhi sarlarini yozgan.6

Muhammad al-Buxoriy (895 hijriy- 1490 milodiy) Shamsuddin, Abdulhamid, Muhammad bin Muhammad al-Buxoriy ar-Ramatoniy, grammatika va huquqshunos, Makka hanafiy mazhabining imomi bo'lgan. Kitoblari orasida: "Arjumiyaning muqaddimasi tafsiri", "Taqnih al-lubobning izohi". asarlarini yozgan.7

Inoyatulloh Oxund bin Abdulloh Al-Vobkandiy Al-Buxoriy Al-Hanafiyning grammatikaga doir asari: "Al-Kofiya sharhiga izoh", asarini yozgan8

Muhammad al-Xorazmiy al-Barqiy (Imom Abu Abdulloh) Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf bin Ismoil bin Shoh al-Xorazmiy al-Barqiy fasohatli olim va voizlardan biri bo'lib, Iroqqa safar qilib, Baytul Muqaddasni ziyorat qilgan. So'ngra Buxoroda yashab, fiqh, she'r, til, grammatika ilmlarida imomlik qilgan9.

Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad bin Mansur bin Al-Hayot, grammatik olim (hijriy 320-yil, 932-yilda vafot etgan) samarqandlik bo'lib, u yerdan Bag'dodga safar qilgan grammatik, tilshunos, shoir, tarixchi sifatida kelgan. Uning asarlari, jumladan, "Katta grammatika kitobi", "Al-Muqniy kitobi", "Al-Mujjaz kitobi"ni qoldirdi. U "Qur'on ma'nolari" kitobini ham yozgan. Abu Bakr ibn Xayyat Basrada vafot etdi. 10 Abu al-Fath Nosir bin Al-Makarim Abdul-Sayyid bin Ali, Al-Matraziy (538-610 hijriy - 1143-1213 milodiy) nomi bilan mashhur. U az-Zamaxshariy vafot etgan yili shu shaharda tug'ilgan. Shuning uchun unga "xalifa Az-Zamaxshariy" unvoni berilgan. Az-Zamaxshariy vafotidan keyin u "Grammatika imomi" sharafli unvonini oldi. Al-Matraziy grammatika, til va adabiyotga oid bir qancha foydali asarlar yozgan, jumladan: "Al-Misboh fi grammatika", "Al-Muqaddima al-Matraziya", "Al-

6 Salah Ravi: Arab tili grammatikasi: kelib chiqishi, rivojlanishi, maktablari va olimlari. Misr: Dar al-G'arib, 2003yil.

7 Arablarning grammatik tizimidagi tadqiqotlar. Sankt-Peterbork: 1873. (rus tilida)

8 Mazen al-Muborak: Arab grammatikasi. Grammatikaning kelib chiqishi va rivojlanishi. Bayrut: 1971 yil

9 Tilshunoslik ta'limoti tarixi. O'rta asrlarda. Leningrad: 1981. (rus tilida)

10 Hoji Xalifa: Gumonlarni oshkor qilish. C.6. Bayrut: 1981 yil

8

Iqno' fi al-lug'ah", "Qisqacha. Al-Iqna' fi al-Lugah", "Al-Mag'rib" va "Al-Mu'arab fi Sharh" 11

O'rta Osiyo fan va madaniyati tarixi bo'yicha taniqli rus tadqiqotchisi Bulgakov shunday yozgan edi: "O'rta Osiyo olimlarining nomlarining ko'pligi va ularning faoliyati uzoq vaqt davomida tabiat va adabiyot fanlari tarixiga chuqur ta'sir ko'rsatdi. Faoliyatining buyukligi tufayli shuhrati O'rta Osiyo yerlaridan tashqariga ham tarqaldi. Balki, Markaziy Osiyo olimlarining nomlari ko'pligi va ularning ilmfan oldidagi xizmatlari ilm-fanni taraqqiyot sari harakatlantirgan va ko'p sahifalarni egallagan buyuk kuchdir".

Qolaversa, Movarounnahrlik olimlar grammatika va arab tilini o'rganish uchun Shom, Iroq va Hijoz arab mamlakatlariga ham borganlar. Ulardan: Ibn al-Hayyat, Yusuf al-Barqiy, Ahmad al-Barqoniy va boshqalar.12

Xulosa o'rnida, XI asrda shakllangan Movarounnahr arab tili maktabi haqida ma'lumot berdim, degan umiddaman. Mening ishonchim komilki, bitta malumot paydo bo'lishidan to shakllanishigacha bo'lgan barcha bosqichlarni va hatto yagona ilmiy maktabning to'liq rivojlanishini qamrab olmaydi. Lekin biz keltirgan ma'lumotlar, shubhasiz, Movarounnahr arab maktabiga oydinlik kiritib, Basra, Kufa, Bag'dod, Misr va Andalusiyadagi boshqa arab maktablari qatorida uning to'liq va sharafli huquqini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ibn Xalqon: Mashhurlarning o'limlari. Buloq: 1881 yil.

2. Bulgakov B. G.: Al-Beruniy hayoti va kitoblari. Toshkent: 1972. (rus tilida)

3. Nosirova M. O'rta asrlar arab nahvidan namunalar (Mahmud Zamaxshariyning "Unmuzaj fi nahv" risolasi asosida). - T.: ToshDShI nashriyoti.

4. Abdul Karim Samoniy: Nasablar kitobi. C.1. Bayrut: 1988 yil.

5. Yoqut al-Hamaviy: Yozuvchilar lug'ati. C.2. Misr: 1924 yil.

6. Arablarning grammatik tizimidagi tadqiqotlar. Sankt-Peterbork: 1873. (rus tilida)

7. Tilshunoslik ta'limoti tarixi. O'rta asrlarda. Leningrad: 1981. (rus tilida)

11 Abdul Karim Samoniy: Nasablar kitobi. C.1. Bayrut: 1988 yil.

12 Yoqut al-Hamaviy: Yozuvchilar lug'ati. C.2. Misr: 1924 yil.

9

XULOSA

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.