MUHAMMAD ABU ZAHRA VA ZAHRAT-UT TAFSIR ASARI
Isakdjanov Ramzjon Raximjanovich
O 'zbekiston xalqaro islom akademiyasi
dotsenti, fal.f.Phd e-mail: [email protected]
tel: 90 322 91 74
Pardayev Abdurahim Chori o'g'li
O 'zbekiston xalqaro islom akademiyasi stajyor-tadqiqotchisi e-mail: [email protected] tel: 97140 06 00
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Shayx Muhammad Abu Zahraning shaxsiyati haqida ya'ni bolalik davridan, umrining so 'ngiga qadar bo 'lgan davr yoritib berilgan. Muhammad Abu Zahra qayerda boshlang'ich ta'limni olganligi, oliy ta'limni qayerda olganligi, mehnat faoliyati haqida ma 'lumotlar keltirib o 'tilgan. Muhammad Abu Zahraning ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yozilgan. Ayniqsa Muhammad Abu Zahraning tafsir ilmiga oid qarashlari hamda Zahrat'ut tafsir asarining yozilish tarixi, asar yozilishida foydalanilgan metod va metodikalar haqida alohida-alohida to'xtalib o'tilgan. Muhammad Abu Zahra tafsir ilmi rivojida tutgan o'rni haqida xulosalar keltirilgan. Qur 'on va tafsir Abu Zahraning hayotida hamisha bo'lgan. Bu jarayon yoshligida Qur 'onni yod olishdan boshlab, vafotigacha davom etgan. U fiqh ilmiga va fiqh darslariga ko'proq vaqt ajratganligi tufayli tafsir ilmidan biroz uzoqlashgan bo'lsa-da, vaqti-vaqti bilan tafsir ilmiga oid konferensiya va majlislar orqali tafsirga bo'lgan qiziqishi va tafsir ilmini o'rganishni davom ettirgan. U kuchli faqih bo'lishidan tashqari, «Livau'l-Islom» jurnalida oyat tafsirlariga yozgan maqolalari va radioda 40 dan ortiq oyat tafsirlariga oid chiqishlari bilan o'zini yetuk Qur 'on sharhlovchisi ekanligini isbotlagan. Qozilar Madrasasi Saroyidagi tafsir darslarini o'tishga Abu Zahra tayinlangani tafsir ilmida u kishining tafsirda ilmida ham yetuk olimlardanligining isboti bo 'ladi.
Kalit so'zlar: Qur'on, sura, oyat, qiroat, tafsir, tafsir ilmi, kalom ilmi, fiqh, sunnat, sahobalar, tobeinlar, mufassir.
4
www.birunijournal .uz
KIRISH (Introduction)
Muhammad Abu Zahra 1898 yil 29 mart kuni Misrning ilm, iqtisod, savdo va sanoat markazlaridan biri hisoblangan "Mahallatu'l-Kubro" shahrida, islomiy qadriyatlarga sodiq bo'lgan va hurmatga sazovor oila bo'lgan Abu Zahra oilasida tug'ilgan. U o'z davrining yuqori saviyali ilmiy madrasalarida ta'lim olgan. U o'tkir aql-zakovati, kuchli mulohazalari va izchil fikrlari bilan do'stlari orasida e'tiborni tortgan.1
Hayoti davomida Qur'on va tafsir ilmlariga oid asarlar, notiqlik san'antiga oid asarlar, fiqh, usulul fiqh, mantiqga oid, fuqaho va mujtahidlar hayotiga oid biografik, siyosat va oila tartibi, asosiy inson huquqlari va erkinliklaridan tortib diniy ilm va dinshunoslik sohalariga oid saksonga yaqin juda foydali asarlar yozgan.
Abu Zahra ilmli shaxs bo'lishi bilan bir qatorda taqvoli, qanoatli, go'zal axlo qli, mutaassiblikdan yiroq, aqidada ahli sunnat, fiqhda esa hanafiy mazhabida bo'lgan.2 Har doim millat va mamlakat manfaatlarini barcha manfaatlardan ustun qo'ygan. Hatto davlat arboblariga ham Qur'on va Sunnatga zid bo'lgan amallarda ochiqdan -ochiq qarshilik ko'rsatgan.3
Muhammad Abu Zahraning bolaligidan umrining oxirigacha uning ilmiy hayoti va faoliyati quyidagicha rivojlandi: Dindor sifatida tanilgan otasi Ahmad Abu Zahra va onasi Hadirexonim tomonidan Qur'on yod olish uchun yuborilgan va 9 yoshida yodlashni yakunlagan. Maktabda o'qish va yozishni o'rgangan 4. U Islom ilmlari bilan bir qatorda aniq fanlarni ham o'rgandi (matematika, geografiya).
1913-yilda Mirsning mashhur shaharlaridan biri bo'lgan Tantaga boradi va "ikkinchi Azhar" nomini olgan Al-Ahmadiyya universitetiga o'qishga kiradi. Abu Zahra u erdagi uch yillik o'qish davomida ajoyib yutuqlar va yuqori natijalarga erishadi. Bu bilimlarni o'ziga yetarli deb, hisoblamay 1916-yilda, shariat sudlari uchun qozilar, kotiblar, advokatlar va muftiylar tayyorlaydigan "Qozilar madrasasi"ga o'qishga kiradi. To'qqiz yil o'qigan ushbu madrasani 1925 yilda "Doktor" unvoni bilan tamomlaydi.
1925 yilda inson huquqlarini himoya qilish va ularga yordam berish maqsadida bir yil davomida stajyor advokat (huquqshunos) bo'lib ishlaydi. Bu stajyorlik uning
1 Abdü'l-Müiz Abdülhamid el-Cezzar, "Min a'lâmi'l-Ezher: Muhammed Ebû Zehre", Mecelletü'l-Ezher, Kahire 1984, c. LVI, sayi. 8, s.1266-1273; Ahmed Fuat Paça, Mevsüatü a'lâmi'l-fikri'l-islâmî: Muhammed Ebû Zehre, Kahire 1984, s. 901; Hayreddin Zirikli, el-A'lâm: Kâmûsu terâcim, Dâru'l-ilm li'l-Melayin , Beyrut 1996, VI, 25-26.
2 Muhammed Osman §übeyr, Muhammed Ebû Zehre, imâmû'l-fukahâi'l-muâsmn ve'l-mûdâfiu'l-cerîu an-hakâiki'd-dîn, Dâru'l-Kalem,Dimeçk 2006, s. 56-80; Saffet Köse, "Muhammed Ebû Zehre", DiA,TDV, istanbul 2005, XXX, 480481.
3 Ebû Zehre, La Conception de la guerre dans l'Islam (Son Banç Çagrisi), Cemal Aydin (çev.), §ûle Yayinlari, istanbul 1998, s. 1
4 Nasir Mahmud Vehdan, Ebû Zehre: Âlimen islâmiyyen, hayatuhû ve menhecuhû fî buhûsihî ve kûtûbihî,§irketi'n-Nas li't-Tibaa, Kahire 1996, s. 11, 34
5
www.birunijournal .uz
shar'iy ilmlarga bo'lgan munosabati va bu ilmlarni sharhlashdagi uslubini shakllantirdi.5 Bir yillik huquqshunoslik amaliyotidan so'ng tayyorgarlik bosqichida arab tili va fiqh fanlaridan dars bera boshlaydi, tafsir saboqlarini beradi. Qozilar madrasasiga o'qituvchi etib tayinlanadi va bu vazifani uch yil bajaradi.
Shundan keyin Abu Zahra uchun o'qituvchilik hayoti boshlanadi. 1933-yildan al-Azhar universitetiga qarashli "Usulid-Din" kulliyasining maorif, ritorika, din va mazhablar bo'limida o'qituvchi bo'lib ishlaydi. Mualliflik hayotini ham bu yerda o'qitgan saboqlari haqida yozgan asarlari bilan boshlagan. Uning "Notiqlik", "Tarihu'l-adil", "Tarihu'd-diyonati'" kabi asarlari ko'plab tillarga tarjima qilingan. "Diyonat-ul-qodimiy", "Muhadarat fi'n-Nasroniyya" asarlarini ham shu davrda yozishni boshlagan.
1934-yil 2-noyabrda o'sha paytda I.Fuad universiteti deb atalgan Qohira universitetining huquq fakultetiga notiqlik o'qituvchisi, oradan bir yil o'tib esa islom huquqi fani o'qituvchisi lavozimiga tayinlangan. Keyinchalik Islom huquqi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
1934-1942 yillarda Usulid-din fakultetida mehmon ma'ruzachi sifatida ma'ruzalarini davom ettirgan. Abu Zahra Islom tadqiqotlari jamiyati a'zosi edi. 1952-yilda Islom tadqiqotlari institutining tashkil etilishida katta hissa qo'shgan va bu institutda dars berishdan tashqari islom huquqi kafedrasi mudiri vazifalarini ham o'z zimmasiga olgan. Hanafiy va Shofe'iy mazhablari bo'yicha kodifikatsiya komissiyasi rahbari bo'lgan. Abu Zahra 1963-1964 yillarda al-Azhar universitetining Biznes boshqaruvi fakultetida islom huquqi fanidan dars bergan.6
MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)
Abu Zahra o'zining beqiyos sa'y-harakatlari, fidoyiligi, jasorati bilan, bergan saboqlari va yozgan asarlari bilan umrini islomga va musulmonlarga xizmat qilishga bag'ishlagan. 1973 yilning oxirida Iskandariya universitetida va Qohira universitetlarida Musulmon yoshlar jamiyati bilan birgalikda islomga hujum qilganlarga qarshi kurash uchun ko'plab konferensiya va yig'ilishlar uyushtirgan. Bundan tashqari Ijtimoiy ishlar vazirligining "Oila qonuni" loyihasi doirasi ajralish, ko'pxotinlilikni cheklash va oila qurish bo'yicha al-Azhar va Islomshunoslik akademiyasida ma'ruzalar o'qigan.
5 Ebû Bekir Abdûrrezzâk, Ebû Zehre: imâmu asrihî, hayâtûhû ve eseruhü'l-ilmiyyü, Dâru'l-i'tisâm, Kahire 1985, s. 25-
6 Enver el-Cûndî, "Muhammed Ebû Zehre", A'lâmû'l-karni'r-rabia açere el-hicri: A'lâmû'd-da'veti ve'l-fikr,Mektebetü'l-Encelü'l-Misriyye, Kahire 1981, s. 35-49; Saffet Köse, "Muhammed Ebû Zehre: Hayati, islâm Hukuku ve Diger Disiplinlerle ilgili Bazi Gôrûçleri", islâm Hukuku Araçtirmalari Dergisi, 2005, s. 479 -496.
30.
6
www.birunijournal .uz
1974-yiling aprelida u izlanishlari doirasida diniy va ijtimoiy muammolarni muhokama qilish, yangi huquqiy muammolarni hal qilish uchun "Islomning zamonaviy muammolari" deb nomlangan milliy konferensiya o'tkazishga qaror qilgan va konferensiyaga raislik qilish vazifasi bir ovozdan Abu Zahraga topshirilgan.7
U yig'ilish joyida izlanishlari doirasida so'ngi ma'ruzalarini qilgandi. Chunki, konferensiyadan so'ng uyiga qaytib, uyining yuqori qavatidagi kutubxonaga chiqadi. Maqsadi, o'zi boshlagan Naml surasining tafsirini davom ettirish bo'lgan. Biroq oradan biroz vaqt o'tib, bir qo'lida tafsir qog'ozlari va birida qaxva finjoni bilan zinadan pastga tushayotganda yiqilgan va tafsir qog'ozlari ustiga sajda holatida turib qolgan .
Bu yiqilish tufayli boshidan yaralangan va juma namozidan o'sha kun oqshomiga qadar hushidan ketishda davom etgan Abu Zahra 1974-yil 12-aprel kuni 77 yoshida vafot etgan. Vafotining ikkinchi kuni 1974 yil 13 aprel shanba kuni al-Azhar universiteti qabristonida dafn qilingan.
Muhammad Abu Zahra ilmni, odob-axloqini, fazilatini o'sha davrning yetuk ustozlaridan olgan. Ustozlari tufayli yuksak axloq, hikmatli diniy ilm, fiqhda teranlik, tafakkurda ulkan martabaga erishdi. Maorif, axloq, huquq va vatanparvarlik borasida o'rnak olgan ustozlaridan ba'zilari quyidagilar: Ta'lim: Ahmad Ibrohim (1955- yilda vafot etgan); Huquq: Muhammad Ahmad Faras as-Sanhuri (vaf. 1977); Axloq: Muhammad Atif Barakat (vaf. 1924); Vatanparvarlik: Abdulvahhob Azzam (vaf. 1959); Adabiyot: Ahmad Amin (vaf. 1954); Fiqh: Ali Muhammad al-Hafif (vaf. 1978) va Abdulvahhob Hallaf (vaf. 1956); Notiqlik: Muhammad Ahmad az-Zavahiriy (vaf. 1944), Abdulhamit Hasan (vaf. 1976) va S'ad b. Ibrohim Zaglul (vaf. 1927).
Muhammad Abu Zahra Axloqiy, siyosiy, adabiy, fikriy va boshqa ko'plab sohalarda, ayniqsa bilim va jasoratda o'z davrining taniqli olimlaridan biri sanalgan.
Uning ma'rifiy va g'oyaviy dunyoqarashlaridan bahramand bo'lgan turli sohalarda ko'plab shogirdlari bor. Uning g'oyalarini to'g'ridan-to'g'ri va kitoblaridan foydalanib, o'zlashtirishga, tatbiq etishga va tarqatishga harakat qilgan ba'zi shogirdlari quyidagilardir: Tafsir ilmi: Ahmad Sayyid al-Kumiy; Islom tarixida: Muhammad at-Toyyib an-Najjor (vaf. 1991); Huquq: Abdulaziz Muso Amir; Fiqh: Muhammad G'azali (vaf. 1996), Sayyid Kutup (vaf. 1966), Yusuf b. Abdillah al-Kardavi, Zakariya al-Barri, Salah Abu Ismoil, Vahba Zuhayli va Ahmad Fathi Surur.
7 Ebü Zehre, Zehretü't-tefäsir, Däru'l-Fikri'l-Arabi, Kahire 2002, I, 10-11; X, 5482
7
www.birunijournal .uz
Zahratu't tafsir asari haqida
Qur'on va tafsir Abu Zahraning hayotida hamisha bo'lgan. Bu jarayon yoshligida Qur'onni yod olishdan boshlab, vafotigacha davom etgan.
ilmiga va fiqh darslariga ko'proq vaqt ajratganligi tufayli tafsir ilmidan biroz uzoqlashgan bo'lsa-da, vaqti-vaqti bilan tafsir ilmiga oid konferensiya va majlislar orqali tafsirga bo'lgan qiziqishi va tafsir ilmini o'rganishni davom ettirgan. U kuchli faqih bo'lishidan tashqari, «Livau'l-Islom» jurnalida oyat tafsirlariga yozgan maqolalari va radioda 40 dan ortiq oyat tafsirlariga oid chiqishlari bilan o'zini yetuk Qur'on sharhlovchisi ekanligini isbotlagan. Qozilar Madrasasi Saroyidagi tafsir darslarini o'tishga Abu Zahra tayinlangani tafsir ilmida u kishining tafsirda ilmida ham yetuk olimlardanligining isboti bo'ladi. Shu bilan birga, 1960 yilda Avqof vazirligi tomonidan Abu Zahra Qur'onning qisqa, ixcham va tushunarli tafsirini tayyorlash va bu tafsirni boshqa tillarda tarjima qilish maqsadida tuzilgan o'ttiz yetti nafar olimdan iborat komissiya raisi etib tayinlangan.
at, mashaqqatli mehnat natijasida Al-Muhtasar fi Tafsir al-Quran al-Karim tafsiri tayyorlangan.
qilib aytadigan bo'lsak, Abu Zahraning vafotigacha bo'lgan davrdagi Qur'on tafsiriga oid ilmiy izlanishlari, radio chiqishlari, Qur'on haqidagi tadqiqotlari va maqolalari e'tiborga olinsa, u zotning Qur'on ilmlarini o'rganishda va tafsir sohasi rivojida ham katta hissasi borligi ko'rinadi.
1. Yozma sharhdan
Abu Zahra Qur'on tafsirini yozishdan maqsadini tafsir muqaddimasida aytib o'tgan. Abu Zahraning fikricha:
a. Keng yoki qisqa yozilgan tafsirlar bu sohada muvozanatni ta'minlay olmaydi. Bu esa juda uzun ham emas, qisqa ham bo'lmagan o'rta hajmli tafsirning yozilishiga sabab bo'ldi. Chunki klassik tafsirlarda mazhablar, fiqhiy qarashlar, dramatik tahlillar yoki bahsli masalalar, kelishmovchiliklar va turli qarashlarning batafsil bayoni munozara uslubida tarqalib ketgan. Shuning uchun Qur'onning mo'jizaviy tomoni yashirin bo'lib qolgan. Boshqa tomondan, Qur'onning asl mohiyatini qisqa tafsirlarda
U fiqh
Darhaqiq
Xulosa
Muallifning Zahratu't-tafsir asarini yozishdagi yondashuvlari
8
ko'rib bo'lmaydi. Tafsir Qur'on ma'nolari atrofida muhokama qilingan bo'lsa-da ma'nolar to'liq ochib berilmagan.
b. Garchi bu Qur'oni Karim tamoyillariga zid bo'lsa-da, tafsirchilarning ma'no bo'yicha kelishib olishlari boshqalarni ham o'zlari bilan birga xato qilishga majbur
^ - fi «» o ^ \oj * a " «• "O " "* - * ) S-9 ^ °s2 k-0 - "» -»
qiladi. Masalan, fàl ¿j^ ij U^a f^ Sjiül Ujoll UTij, dji
çjàjp jâiiJ fl^T-j Hiakj Hj.* ¿^OJ ijj l^? ùjT-4^ Ma'nosi: Yoki ular Robbingning rahmatini taqsimlaydilarmi? Biz hayoti dunyoda ularning oralarida maishatlarini taqsimladik va ba'zilari ba'zilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qo'yganmiz. Robbingning rahmati ular jamlaydigan narsadan yaxshidir [Zuxruf surasi 32-oyat].8 Oyatning tafsiriga nazar tashlasak, mufassirlar tafsiriga ko'ra, bu oyatda boyning kambag'aldan ustun ekanligi aytiladi, bu tushuncha islom tamoyillariga ham, din asoslariga ham mos kelmaydi. Bunda bizning vazifamiz ana shunday ma'nolarni isloh qilish va Qur'oni Karim sha'ni va payg'ambarlik kamolotiga muvofiq to'g'ri so'z aytishdir. Ularning ma'nolarini ochib berish uchun tafsirimizni yozishga kirishdik.9
2. Abu Zahra tafsirlarida qabul qilingan asoslar: Abu Zahra o'z tafsirlarida ko'rib chiqqan va foydalangan tamoyillarni quyidagicha sanab o'tish mumkin.
a. Qur'on va Sunnatning boshqa dalillardan ustunligi: Oyatlarni tafsir qilishda Qur'on va Sunnatning boshqa dalillardan ustunligini amalda ko'p ishlatgan.10
b. Siyoq va siboq (bog'lama)ga murojaat qilish: Siyoqga ishora qilish, oyatdan keyin kelgan misralarga murojaat qilib, bayt yoki undagi mavzuni ma'nosini bir ma'noda izohlash demakdir. Abu Zahra aytishicha: "Oyatning bu ma'nosi ko'pchilik mufassirlar ittifoq qilgan va rozi bo'lgan ma'nodir "11 "Bu ma'no oyatning mavzusiga mos keladigan kuchli ma'nodir".12 "Bu tarjimamiz oyatning ma'nosiga to'g'ri keladi" 13 Shu kabi iboralar bilan tafsirda oyatga murojaat qilishning naqadar muhimligiga ishora qilib, oyatlarni shu tamoyilga muvofiq talqin qilishini ta'kidlaydi.
Shu bilan birga siboqqa baytdan oldingi misra, mavzu va iboraga e'tibor bergan; "Bu oyat oldingi oyat (siboq bilan) bilan bog'liqdir." "Ushbu oyat bilan undan oldingi oyat o'rtasidagi munosabat mana shundaydir." Oyatlarni oldingi va keyingi bilan bir butun qilib talqin qilishga harakat qilgan.
c. Oyatning o'ziga xosligini ko'rsatuvchi aniq dalil bo'lmagan holda
8 Zuhruf, 43/32.
9 Ebû Zehre, Zehretû't-tefâsîr, I, 19
10 Ebû Zehre, Zehretû't-tefâsîr, I, 241
11 Ebû Zehre, Zehretû't-tefâsîr, II, 595
12 Ebû Zehre, Zehretû't-tefâsîr, II, 999
13 Ebû Zehre, Zehretû't-tefâsîr, II, 636
9
mavzuning umumiyligiga ko'ra ma'no berishdir. Mufassirlar bu usulni tafsir qilishning umumiy uslublaridan sanashadi va usulni yoki uslubni amaliyotda ko'p uchratish mumkin. Shunga ko'ra Abu Zahra ham o'z tafsirida bu uslubdan foydalangan. Zarur bo'lganda so'zlarga maxsus ma'nolar bergan.
d. Abu Zahra oyatni yoki oyatlarni zohiriy ma'nosiga ko'ra tafsir qilish kerak deydi. Chunki uning zohiriy ma'nosini berishga to'sqinlik qiladigan hech qanday to'siq yo'q ya'ni Allohning kalomiga hech qanday e'tiroz va savol bo'lishi mumkin emas, oyatlarga zohiriy ma'nodan boshqa ma'no bermaslik kerak. Abu Zahra shu kabi tamoyillar bilan tafsir masalasiga e'tibor qaratdi. Islom huquqi va Qur'on ilmlariga oid asarlarida o'z tafsirida foydalangan metodlarini bayon etgan va zohiriy ma'nodan boshqa ma'nolar to'g'ri emasligini qayd qilgan.14 3.Tafsirda rivoyat va aniqlik usuli Garchi tafsirlar turli tomonlardan baholanib, tarjimonlarning holati va usullaridan kelib chiqib, turli metodlarga bo'lingan bo'lsa-da, ular manbaga ko'ra ikki guruhga bo'linadi:
a. Rivoyat qilingan tafsir: Qur'oni Karimning ba'zi oyatlari Payg'ambar (s.a.v.)ning so'zlari va sahobalarining so'zlari bilan tafsir qilishiga asoslangan tafsir turidir. Ba'zilar bunga tobe'inlarning so'zlarini ham qo'shadilar. Bu manbalar asosida tuzilgan tafsir "naqliy" tafsir yoki "rivoyat qilingan tafsir" deb ham ataladi.15 a1. Qur'onning Qur'on bilan tafsiri: Islom ulamolari mujmal va mavhum oyatlarni izohlashda eng ishonchli tafsir Qur'onning o'zi ekanligini ta'kidlaydi.16 Abu Zahra ham bu yo'nalishda Qur'onni Qur'on bilan sharhlashga birinchi o'rinni berdi. Bu usulni tez-tez ishlatgan. U mujmalni tasvirlashda, mutlaqni qayd etishda, mavhum ma'noni anglatishda, afzal ma'noni kuchaytirishda, qisqa va ixcham tarzda bayon qilingan oyatlarni boshqa misralar bilan izohlashda, qarama-qarshi ko'ringan oyatlar orasidagi ziddiyat haqidagi noto'g'ri tushunchani yo'q qilishda ishlatgan. Umumiy bo'lgan narsalarni taqsimlashda va shunga o'xshash masalalarni yoritishda Qur'on tafsiridan foydalangan.
a2. Qiroat ilmi tafsiri:
Tafsir harakatlarida qiroat ilmi muhim o'rin tutadi. Chunki mufassirlar Qiroatlarga asoslanib, oyatlardan turli hukmlar olganlar. Abu Zahra esa faqat
14 Ebû Zehre, Zehretu't-tefâsîr, I, 341; VI, 2806
15 Muhammed es-Seyyid Huseyin ez-Zehebî, et-Tefsir ve'l-mufessirûn, §irketu Dâru'l-Erkam bin Ubey el-Erkam, Beyrut ts., I, 105
16 ismail Cerrahoglu, Tefsir Tarihi, Fecr Yayinlari, Ankara 2005, s. 37-38.
10
qiroatdagi farqlarni ko'rsatish bilan kifoyalanib qolmay, qiroatdagi tafovutlardan kelib chiqadigan erob yoki irob holatlarni va fiqhiy masalalardagi ixtiloflarni ham ko'rsatgan.
Bu holatlarni oyat va hadislar bilan isbotlagan. Shu nuqtai nazardan, Abu Zahra qiroatlarning o'zgarishi bilan yuzaga keladigan turli ma'nolar o'zgarishinini ko'rsatgan. Ba'zida turli qiroat bilan ochilgan ma'nolarni jamlagan bo'lsa, vaqti-vaqti ular orasidan afzalroq ma'noligini tanlab tafsiriga kiritgan.
a3. Qur'onning sunnat bilan tafsiri:
Rivoyat tafsirining ikkinchi manbasi Payg'ambarimiz(s.a.v.)ning izohlari bilan qilingan Qur'on tafsiridir.17 Barcha sohabalar va salaf ulamolari, xususan, tafsir ilmi bilan shug'ullanuvchilar Qur'on oyatlarni tafsir qilishda sunnatga murojaat qilganlar.18
Abu Zahra ham o'z tafsirida sunnatdan maksimal darajada foydalangan. Tafsirda Sunnatning manba ekanligi va bu usuldan foydalanish haqida ba'zi misollarga e'tibor bersak: Oyatga tegishli va oyat ma'nosiga mos keladigan hadislarni zikr qiladi. Qur'onni tafsir qiluvchi; Oyatlarning tafsirida ularni izohlovchi hadislarni zikr qilgan.
U o'z tafsirlarida uning tafsirini dalillovchi hadislarni tayanch sifatida tilga olgan. Xuddi shunday, agar biror oyat haqida turlicha fikrlar bo'lsa, fikrlarni alohida aytib o'tgan va nima uchun o'zi afzal ko'rgan fikrni ma'qullaganini va shu fikrga mos keladigan hadisni keltirgan.
Hadisning zohiriy ma'nosi oyatga zid deb hisoblangan hollarda, hadisning oyatga zid emasligini; Oyatni hadis bilan uyg'unlashtirib tafsir qilgan.
U hadislarni yetkazishda asosan manba sifatida foydalangan tafsirga ishora qilgan va ularni qisqa qilish maqsadida hadislarning hujjat va ko'chirmalarini tilga olmagan.19
Majburiy yo'l bilan qilingan talqinlarni va tasodifiy qilingan talqinlarni, hadis dalillarni keltirish orqali rad etdi.
Hadislarning sahihligi va sahihmi yoki yo'qligini kamdan-kam tilga oldi: "Buxoriydan rivoyat qilingan." "Muslim o'zining "Sahihi"sida rivoyat qilgan." "Buxoriyda, Muslim, Ahmad ibn Hanbalning "Musnadi" va Imom Shofiiyning "Musnad"larida Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan."
Sahihan/Sahihayn"da rivoyat qilingan", "Ibn Moja Umar (r.a.)dan rivoyat qilgan",56 kabi iboralar bilan hadislar rivoyat qilgan.
17 Sadreddin Gümüj, Kur'ân Tefsirinin Kaynaklari, Kayihan Yayinlari, istanbul 1990, s. 45
18 Yakup Çiçek, Tefsir Usûlû, Sofya 1995, s. 99
19 Ebû Zehre, Zehretû't-tefâsîr, V, 1511
11
E'tiqod bilan bog'liq (aqidaviy) oyatlarni tafsir qilishda ohad hadislari dalillarni qabul qilinmagan.20
Abu Zahra, umuman olganda hadislardan; oyatda berilgan ma'noning to'g'riligini tasdiqlash uchun, oyatdagi so'zni izohlash uchun, uning tafsiriga dalil bo'lishi uchun, to'g'ridan-to'g'ri va ko'chma ma'noni ifodalovchi oyatlarni izohlash va mavhumlikni ochiqlash uchun foydalangan.
a4. Qur'onning sahobalar so'zlari bilan tafsiri:
Qur'onni tafsir etishda Qur'on va payg'ambarimiz (s.a.v.)dan keying o'rinda Qur'on tafsirini Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan tinglagan va o'rgangan olgan sahobalardir.21 Abu Zahra ko'p bo'lmasa-da, tafsirlarida sahobalarning rivoyatlaridan foydalangan. Bu rivoyatlarni asosan nomi bilan zikr qilgan. Rivoyatlarda, asosan, Ibn Abbos'65 va Ibn Mas'ud'66 sharhlarini; vaqti vaqti bilan Hazrati Abu Bakr, 67 Hazrati Umar68 va Hazrati Alining 69 ta qarashlarini aytib o'tgan.
a5. Qur'onning Tobiyn so'zlaridagi tafsiri:
Qur'on tafsirida zikr qilingan manbalardan biri sahobalar darajasida bo'lmasa-da, bu sohada muhim o'ringa ega bo'lgan tobiinlarning tafsiridir.22 Abu Zahra tafsirda tobe'inlarning o'rni bilan sahobalarning tafsirdagi o'rni deyarli bir xil degan. Qur'onda, sunnatda va sahobalarning so'zlarida biror masalada aniq hukm bo'lmasa, tobeinlarning so'zlariga murojaat qilish zarurligini ta'kidlaydi.
Mujohid Hasan Basriy va Ibn Jubayr kabi ko'plab tobiyn mufassirlaridan iqtiboslar keltirgan. Jumladan, isroiliyat tipidagi xabarlarni tafsirga kiritmaslik masalasida sezgir bo'lib, bunday xabarlarning tafsirga kiritilishiga qattiq e'tiroz bildirgan.23
b. Diroyat tafsiri:
Mufassir Arab tili va adabiyotining har bir jabhasini, arabcha iboraning barcha jihatlarini, uning nozil bo'lish sabablarini, Qur'oni karimning nasx va bekor qilingan oyatlarini va tafsirga muhtoj bo'lgan boshqa masalalarni bilgandan keyin, Qur'on tafsirini nafaqat rivoyatlar bilan tafsir qilish bilan cheklanmasdan, o'ziga xos ijtihod bilan ham talqin qilish mumkin deb bilgan. Shu tarzda talqin qilingan tafsirlar "ra'y bilan tafsir" yoki "ma'qul tafsir" deb ham ataladi.24 b1. Tafsirning lingvistik (til) jihati:
Qur'onning ma'nolarini to'la anglash va tafsir qila olish uchun, arab tilining taraqqiyotini, tuzilishini, izohlanish uslubini, sarv va nahv ilmlarining nozik
20 Ebû Zehre, el-Mu'cizetu'l-kubrâ: el-Kur'ân, s. 560
21 Muhammed Aydin, Genel Tefsir Kurallan, Nûn Yayincilik, istanbul 2009, s. 57-58.
22 Zehebî, a.g.e., I, 69
23 Ebû Zehre, Zehretu't-tefâsîr, I, 29-30.
24 Zehebî, a.g.e., I, 170
12
tomonlarini bilish kerak. Abu Zahraning fikricha, tafsir ilmida til juda muhim o'rin tutadi; Payg'ambarimiz (s.a.v.), sahobalar va tobeinlardan keyingi uchinchi tafsir manbasi tildir degan.25 U shuning uchun oyatlardagi so'zlarni lug'at, nahv va balogat nuqtai nazaridan korib chiqqan va izohlagan.
Lug'at ilmi nuqtai nazaridan: Abu Zahra so'zning kelib chiqishi va lug'aviy manosini izohlagan, so'zning lug'aviy va istilohiy manolari o'rtasidagi bog'lanishni ko'rsatgan, bir nechta manoga ega bo'lgan so'zning turli manolarini izohlagan. So'zning turli xil ma'nolarini ko'rsatgandan so'ng, ushbu oyatda nazarda tutilgan ma'noni bergan. So'zning kelib chiqishi (majburiy-zarur) jihatidan mano o'zgarishini ta'kidlagan. So'zning turli ma'nolarini bildirgandan keyin o'zining afzal ko'rgan manosiga ishora qilgan va qarama-qarshi (zid) ma'noli so'zlarning farqini aytib, lug'at ilmidan ko'p foydalangan.
Sarf-Nahv ilmi nuqtai nazaridan: Abu Zahra o'z tafsirida juda ko'p oyatlar tafsirlariga ko'proq aniqlashtirish va ularni yaxshiroq tushunish uchun sarf va nahv qoidalarini kiritgan. So'zlarning jumlada turli o'rinlarda ishlatilishi va ularning turli xil ma'nolarda kelishini; kesim, ot yoki sifatdosh ekanligini; Bundan tashqari zarur joylarda mubtada-xabar,26 mafulo mutlaq,27 i'lal,28 hadif , istisno29 va shunga o'xshash sarf va nahv qoidalarini qisqa, aniq va tushunarli tarzda ta'kidlab o'tgan.
Bazan nahvchilarning fikricha Qur'onga zid bo'lgan til qoidalari "Allohning kitobi Qur'on sarf va til olimlari belgilagan qoidalardan ustundir".
"Nahvchilarning qoidalari odamlar uchun majburiydir, ular Qur'on uchun majburiy emas." u quyidagi fikrlarni tanqid qildi va rad etdi" 30
Balog'at ilmi nuqtai nazaridan: Ta'rif, mano va jisn ilmlaridan iborat bo'lgan balog'at ilmi Qur'ondagi betakror lug'at uslubi va nozikligini ochib berish, so'zlarda nazarda tutilgan ma'noni anglash uchun mufassir bilishi lozim bo'lgan ilmlardandir. Abu Zahraning balog'at ilmining ahamiyatga ega bo'lgan ba'zi ma'no va adabiy san'atlaridan mohirona foydalanganligini uning tafsirida Qur'on ruhidan chiqmamagan holda o'z qarashlariga mos ravishda foydalanayotganini ko'ramiz.
Bu bo'limda, bayon ilmi qismlaridan; majoz,kinoya, tashbeh, taqqoslash va o'xshatish san'atlarini tez-tez ishlatgan; mano ilmining qoidalaridan bo'lgan ijoz, itnob, takror, tak'id, iltifot, taqdim va istifhom san'atlariga ham so'zda ham gapda ham ishora qilgan. Tafsirda badiiylik ilmiga oid misollarni oz bolsada ko'rishimiz mumkin.
25 Ebü Zehre, el-Mu'cizetü'l-Kur'án: el-Kur'án, s. 586
26 Ebü Zehre, Zehretü't-tefásir, VIII, 3961
27 Ebü Zehre, Zehretü't-tefásir, III, 1435; VI, 3149
28 Ebü Zehre, Zehretü't-tefásir, VII, 3551
29 Ebü Zehre, Zehretü't-tefásir, VII, 4086
30 Ebü Zehre, Zehretü't-tefásir, V, 2362
13
b2. Tafsirning kalomga oid jihati:
Islom dinining e'tiqod asoslari bo'yicha muxoliflar tomonidan ilgari surilgan shubha va e'tirozlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli shubhalarni bartaraf etish maqsadida diniy aqidalarning isbotini qat'iy dalillar yordamida mustahkamlashni maqsad qilgan fan sohasi "Kalom ilmi" deb ataladi.31 Tafsirda kalom sohasidagi munozarali masalalar haqida so'z yuritilgan oyatlarning tafsirini turli mazhablarning fikrlari asosida tushuntirishga harakat qilgan Abu Zahra, kalom masalalari izohida odatda Zamaxshariydan iqtibos keltirgan.
Tafsirda tavhid (Allohning borligi va birligi) dalili, sifatulloh qonunidan: istivo' va yod (qo'l) sifati; payg'ambarlik masalasi: rasul va nabiy o'rtasidagi farq, payg'ambarlarga iymon keltirish zaruriyat, payg'ambarlar orasida fazilat darajasi, payg'ambar erkak kishi bo'lganliklari, Iso alayhissalomning nasl-nasabi va shafoati kabi muhim diniy masalalarni oz uslub va tamoyillari asosida talqin qilgan.
Abu Zahraning fiqh merosi sharq va g'arb musulmonlariga oz ta'siri, yo'naltiruvchilik kuchi va sohasining kengligi jihatidan qoldirgan tengi yo'q eng yaxshi ilmiy boylik deb qabul qilinadi. Barcha ijtimoiy muammolarni hisobgan olgan va biz yashayotgan davrdagi muomlarning yechimini shu merosdan topsa bo'ladi.32
Ayniqsa, ahkom oyatlarini tafsir qilishda boshqa oyatlarga nisbatan kengroq va diqqatga sazovor tafsirlar qilgani e'tibordan chetda qolmaydi. U tafsirda fiqh metodini shunday ifodalaydi: "Ahkom oyatlarini tafsir qilishdagi uslubimiz; Ibodatlar, nikoh va boshqa ahkomlarga oid masalalarda Qur'on bilan sobit bo'lgan hukmlarni qavliy va amaliy sunnat yordamida tushuntirishdir. Xuddi shu tarzda; Sunnatning izohiga muhtoj sezgan ahkom oyatlarimizni sunnat-i nabaviyya yordamida, ba'zan sunnat bilan ittifoq bo'lgan qarashni tanlash, ba'zan esa nassga yaqin bo'lgan nuqtai nazarni tanlash bilan amalga oshiriladi." Abu Zahraning tafsir muqaddimasida yozgan bu qarashlarini inobatga olsak, tafsirdagi fiqh uslubiga oid quyidagi fikrlarga e'tibor qaratiladi:
Fiqhiy masalada mutaassiblikdan yiroq bo'lish: U o'z tafsirida o'zi ko'rgan har bir mavzuni barcha jihati bilan yaxshilab tekshirib ko'rgan. Bu borada oyatlar va hadislarga o'rin berib, fiqhning mohiyatiga ko'ra, har xil mutaassiblik, dalilsiz taqlid va aqliy sustlikdan saqlangan holda, faqat Qur'on va sunnatga amal qilib, dalil bilan tafsir qilgan. Ahkom oyatlarini tafsir qilar ekan to'rt mazhab va vaqti-vaqti bilan Jafariya va Imomiya kabi boshqa imomlarning qarashlarini ham tafsirga kiritgan. Bazan biror mavzudagi bir qarash bilan qanoatlanar, bazida ikki mazhab o'rtasidagi
31 Bekir Topaloglu, Kelâm ilmi, Damla Yayinevi, istanbul 1996, s. 49
32 Köse, "Muhammed Ebû Zehre", islâm Hukuku Araçtirmalan Dergisi, iHAD, s. 483 -486.
14
b3. Abu Zahraning fiqh ilmiga oid qarashi va fiqhiy metodi:
www.birunijournal .uz
turli qarashlarni tilga olardi. Bazan o'zi aytgan fikrni hech qanday havolasiz, uning kimga va qaysi mazhabga mansubligini ko'rsatmay turib bergan. Ba'zi o'rinlarda bu ko'pchilik fiqh ulamolarining fikridir deya fiqhiy hukmni oyati karimaga tayangan holda izohlagan. Tafsirining mutaassiblikdan yiroq bo'lgan umumiy talqini diqqatni tortsa-da, Hanafiy fiqhiga moyil fiqhiy talqinni qo'llaganligi e'tibordan chetda qolmaydi. Jumladan, hanafiy fiqhining qarashlari batafsilroq va tez-tez keltiriladi.33 Xuddi shunday, ba'zan Hanafiy mazhabining nuqtai nazari yanada aniqroq va amalga oshirish osonroq ekanligi ta'kidlanadi.
Oyatga yaqinroq va sunnatga mos keladigan fiqhiy qarashlarga to'xtalib: Oyatning mohiyati va manosidan uzoq bo'lgan fiqhiy bahslarga kirishish o'rniga, U o'z tafsirida oyat ma'nosiga yaqinroq bo'lgan, sunnatga to'g'ri keladigan mazhab qarashlariga o'rin bergan.34 Fiqhiy mavzularni tasniflashda: Oyatdagi har qanday fiqhiy hukmni turli nuqtai nazardan tasniflash zarur bo'lganda, o'quvchining tafakkurida chalkashlik keltirib chiqarmaslik uchun mavzularni bir-biriga qo'shmasdan, alohida tafsirlagan va taqdim etgan. Abu Zahraning bunday uslubili turli oyatlar tafsirida tez-tez uchrab turadi va bu usul o'quvchiga mavzuni osonroq tushunish va tahlil qilish imkoniyatini beradi. Aslini olganda, oyatlar mazmunida; o'g'irlik jazosi, zino jazosi birdan uch taloq bilan ajralish, ko'p xotinli nikoh va foiz,ribo kabi fiqh masalalarida o'ziga xos va diqqatga sazovor sharhlar bergan.
XULOSA (Conclusion)
Abu Zahra tafsirlarini Qur'on va Sunnat asosida hamda o'z davrigacha bo'lgan umumiy ma'lumotlar va farqlarni hisobga olgan holda, o'z bilimlaridan ko'p narsalarni qo'shib yozganini bilish mumkin. Bulardan tashqari, islom tamoyillari va g'arb sivilizatsiyasiga nisbatan turlicha qarashlarni hisobga olgan holda; huquqshunoslik, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa ko'p masala va muammolarni tafsiriga kiritgan.
Xulosa qilib aytganda tafsirda shakl va mazmun jihatdan diqqatni tortadigan fikrlarni quyidagicha keltirish mumkin:
1. Garchi Rivoyat usuli qo'llanilgan bo'lsa-da, hikmatli bo'lgan bu tafsirda Qur'on oyatlari alohida alohida olinib tafsir qilingan; Tafsir qilishning ishonchli yo'llaridan biri bo'lgan Qur'oni Qur'on bilan va sunnat bilan tafsir qilishga katta ahamiyat berilgan. Binobarin sahobalar va tobe'inlarning so'zlaridan; ya'ni rivoyatlarga asoslangan har xil tafsir materiallaridan foydalanilgan.
2.Umuman oyatlar moddiylashtirilib qilib tafsir qilingan.
33 Ebû Zehre, Zehretû't-tefâsîr, II, 805-806; V, 2341; V, 2343; V, 2360
34 Ebû Zehre, Zehretû't-tefâsîr, II, 760-764.
15
3.Har bir suraning tafsirida o'sha suraga kirish sifatida yozilgan muqaddima yozilgan bo'lib unda surada nechta oyat borligi va qayerda nozil qilinganligi, umumiy mavzu Makkiy suralardagi mazmun va madinada nozil bo'lgan oyatlar kabi masalalar rivoyatlar asosida bayon etilgan.
4.Tafsirchilarning turli fikrlarini murosaga keltirilgan, qarashlar o'rtasida ziddiyat yoki farq yo'qligi, bu fikrlarni bir-biriga moslashtirish mumkinligi, huddi shu usul uning tomonidan amalga oshirilganligi aytilgan.
5.Tafsirda ko'plab manbalardan unumli foydalanilgan. Islom olamida qabul qilingan tafsirlardan iqtibos keltirish orqali ko'plab fikrlar birlashtirilgan. Ismlarni shaxsan zikr qilish orqali Tabariy, Ibn Kasir, Zamahshariy, Kurtubiy, Roziy, Qodi Baydaviy, Muhammad Abduh, Rashid Rizo kabi ko'plab mufassirlarning fikrlari keltirilgan. Vaqti-vaqti bilan Alusiydan va ba'zi boshqa tafsirlardan hamda ilmiy ishlardan ham foydalanilgan.
6.Agar oyat nozil bo'lishiga oid bir mazmunda bir nechta rivoyat bo'lsa, u rivoyatlar umumlashtirilib, bir ma'no ostida beriladi. Ba'zi o'rinlarda nozil bo'lish sababiga oid turli rivoyatlar aytilgandan so'ng, oyatga eng yaqin bo'lgan rivoyatga afzallik berilgan va o'sha rivoyat zikr qilingan.
7.Qiroat xususiyatlari va farqlari bayon qilingan va shu farqlarga ko'ra oyatning ma'nolari izohlangan. Olinishi mumkin bo'lgan ma'nolar ko'rsatilgan.
8.Faqih bo'lganligi sababli uning tafsirlarida fiqhiy uslublari e'tibordan chetda qolmaydi. Shu sababli u tafsirda ko'plab fiqh masalalari bilan shug'ullangan -toshbo'ron qilishni qabul qilmaslik, uch taloq bilan taloqni bir taloq (taloq) deb qabul qilish, bir necha xotin bilan turmush qurish, toshbo'ron qilish, sunnat qilish kabi huquqiy masalalarda o'ziga xos yechimlar berib, bu sohada oz o'rni borligini isbotladi.
9.Hanafiy mazhabi g'oyalari fiqh masalalariga kiritilgan bo'lsada, boshqa mazhablarning ham o 'z tushunchalariga mos keladigan qarashlari bayon etilgan. Hanafiy mazhabi nuqtai nazarini birinchi o'rinda tutishga harakat qilinsa-da, Imomi A'zam, Imom Shofiiy, Imom Molik, Imom Ahmad b. Hanbal, Imom Muhammad va Imom Abu Yusuflarning qarashlaridan ham yetarlicha foydalanilgan.
10.Mujmal va mushkil oyatlar izohlangan bo'lib, Qur'onda ijoz, nozil bo'lish sabablari, Qur'on qissalari kabi va boshqa bir qator Qur'on ilmlari tilga olingan.
ll.Suraning boshida keladigan "Harf-i Muqatto" harflari mavzusiga qisqacha to'xtalib o'tilgan. Bu o'rinda salafi solihlarning qarashlari bilan bir qatorda uning o'z qarashlarini ham tafsirga kiritgan.
12.Oyatlar orasidagi munosabatga rioya qilingan. Tafsirda oyatning siyoq va siboqligi mazmuni hisobga olingan va shunga muvofiq tafsir qilingan.
16
www.birunijournal .uz
13.Oyatdagi lafzning o'ziga xosligi haqida ishonchli va qat'iy dalil bo'lmasa, lafz umumiy baholanib, oyatga umumiy ma'no berilgan.
14.Qur'on qissalari haqida gap ketganda; qissalar Qur'onning asosiy maqsadiga mos ravishda bayon qilinganligi va bu qissalardan qanday saboq va ibrat olish kerakligi ta'kidlangan va ularga qanday tamoyillar asosida amal qilish kerakligi haqida qisqacha aytib berishga harakat qilingan. Abu Zahra isroiliyaga nisbatan o'ta nozik va sinchkovlik bilan yondoshgan. Qur'onga to'g'ri keladimi yoki yo'qmi deb tekshirib ko'rgan. Ko'pincha shunday qissalarni tafsirlarga kiritib qo'yilishi haqida shikoyat qilgan.
15.Kalam ilmiga oid oyatlar tafsir qilinayotgan bo'lsa-da, aksariyat hollarda ular batafsil bayon qilinmagan; tavhid (Allohning borligi va birligi), sifatlar(sifatulloh), iymon, e'tiqod, shafoat, Iso alayhissalomning yerga qayta tushishi kabi ko'plab ilohiy masalalar Ahli sunnat qarashlari doirasida bayon qilingan. Vaqti-vaqti bilan mo'taziliy qarashlarga murojaat qilingan.
16.Mutashobeh oyatlarni tafsir qilishda oyatning zohiriy ma'nosidan ko'ra oyatning asl ma'nosi afzal ko'rilgan. Boshqacha qilib aytganda, oyat boshqa oyatlardan qo'llab-quvvatlash orqali mos ravishda tafsir qilingan.
17.Ortiqcha tafsilotlar keltirilmasdan oyatlarning ma'nolari aniqroq bo'lishi va tushunarli bo'lishi uchun lug'at, sarf va nahv qoidalari keltirilgan, Zarur bo'lmasa, sarf va nahv hukmlari zikr qilinmagan. Qolaversa, jumlalarda iste'fo, istifhom, kechiktirish, tak'id, takror, hazf, ilol kabi holatlarga ham tez-tez to'xtalib o'tiladi. She'riyatdan juda oz bo'lsada qo'llangan, oyatlardagi balog'at va uning nozikliklariga ya'ni, bayon, ma'no va badiiy san'atga oid mavzular keng yoritilgan.
18.Avvalo oyatlar to'g'ridan-to'g'ri ma'noda tafsir qilingan. Agar kuchli dalil bo'lsagina asl ma'nodan boshqacha tafsir qilish mumkinligiga ishora qilgan. Abu Zahra o'z asarlarini yozish aynan shu prinsipdan foydalangan, ya'ni, "So'z (lafz)ning to'g'ridan-to'g'ri ma'nosini bermaslikka majbur qiladigan qat'iy dalil bo'lmasa, har doim so'zning to'g'ridan-to'g'ri ma'nosiga murojaat qilish" tamoyilidan foydalanib asarlarini yozgan.
ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Abdu'l-Muiz Abdulhamid el-Cezzar, "Min a'lâmi'l-Ezher: Muhammed Ebû Zehre", Mecelletu'l-Ezher, Kahire 1984, c. LVI, sayi. 8, s.1266-1273; Ahmed Fuat Pa§a, Mevsûatu a'lâmi'l-fikri'l-Îslâmî: Muhammed Ebû Zehre, Kahire 1984, s. 901; Hayreddin Zirikli, el-A'lâm: Kâmûsu terâcim, Dâru'l-îlm li'l-Melayin , Beyrut 1996, VI, 25-26.
17
www.birunijournal .uz
2. Muhammed Osman §ùbeyr, Muhammed Ebû Zehre, îmâmù'l-fukahâi'l-muâsirîn ve'l-mùdâfiu'l-cerîu an-hakâiki'd-dîn, Dâru'l-Kalem,Dime§k 2006, s. 5680; Saffet Kose, "Muhammed Ebû Zehre", DÎA,TDV, Istanbul 2005, XXX, 480-481.
3. Ebû Zehre, La Conception de la guerre dans l'Islam (Son Bari§ Çagrisi), Cemal Aydin (çev.), §ûle Yayinlari, Istanbul 1998, s. 1
4. Nasir Mahmud Vehdan, Ebû Zehre: Âlimen îslâmiyyen, hayatuhû ve menhecuhû fî buhûsihî ve kùtùbihî,§irketi'n-Nas li't-Tibaa, Kahire 1996, s. 11, 34
5. Ebû Bekir Abdùrrezzâk, Ebû Zehre: îmâmu asrihî, hayâtùhû ve eseruhù'l-ilmiyyù, Dâru'l-Î'tisâm, Kahire 1985, s. 25-30.
6. Enver el-Cùndî, "Muhammed Ebû Zehre", A'lâmù'l-karni'r-rabia açere el-hicri: A'lâmù'd-da'veti ve'l-fikr,Mektebetù'l-Encelù'l-Misriyye, Kahire 1981, s. 35-49; Saffet Kose, "Muhammed Ebû Zehre: Hayati, îslâm Hukuku ve Diger Disiplinlerle ilgili Bazi Gôrùçleri", îslâm Hukuku Araçtirmalari Dergisi, 2005, s. 479-496.
7. Ebû Zehre, Zehretù't-tefâsîr, Dâru'l-Fikri'l-Arabî, Kahire 2002, I, 10-11; X, 5482
8. Zuhruf, 43/32.
9. Ebû Zehre, Zehretù't-tefâsîr, I, 19
10. Ebû Zehre, Zehretù't-tefâsîr, I, 341; VI, 2806
11. Muhammed es-Seyyid Hùseyin ez-Zehebî, et-Tefsir ve'l-mùfessirûn, §irketu Dâru'l-Erkam bin Ubey el-Erkam, Beyrut ts., I, 105
12. îsmail Cerrahoglu, Tefsir Tarihi, Fecr Yayinlari, Ankara 2005, s. 37-38.
13. Sadreddin Gùmù§, Kur'ân Tefsirinin Kaynaklari, Kayihan Yayinlari, îstanbul 1990, s. 45
14. Yakup Çiçek, Tefsir Usûlù, Sofya 1995, s. 99
15. Ebû Zehre, Zehretù't-tefâsîr, V, 1511
16. Ebû Zehre, el-Mu'cizetù'l-kùbrâ: el-Kur'ân, s. 560
17. Muhammed Aydin, Genel Tefsir Kurallari, Nûn Yayincilik, îstanbul 2009, s. 5758.
18. Zehebî, a.g.e., I, 69
19. Ebû Zehre, Zehretù't-tefâsîr, I, 29-30.
20. Zehebî, a.g.e., I, 170
21. Ebû Zehre, el-Mu'cizetù'l-Kur'ân: el-Kur'ân, s. 586
22. Ebû Zehre, Zehretù't-tefâsîr, VIII, 3961
23. Ebû Zehre, Zehretù't-tefâsîr, III, 1435; VI, 3149
24. Bekir Topaloglu, Kelâm îlmi, Damla Yayinevi, îstanbul 1996, s. 49
25. Kôse, "Muhammed Ebû Zehre", îslâm Hukuku Araçtirmalari Dergisi, îHAD, s. 483-486.
18
www.birunijournal .uz
26. Ebü Zehre, Zehretü't-tefasir, II, 805-806; V, 2341; V, 2343; V, 2360
27. Ebü Zehre, Zehretü't-tefasir, II, 760-764.
19