XIV-XV ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIY-SIYOSIY FIKRLAR RIVOJLANISHI
NOSIROV Rashod Adilovich,
Toshkent davlat transport universiteti, "Xalqaro ommaviy xuquq " kafedrasi professori TEMIROVA Svetlana Vladimirovna,
Toshkent davlat transport universiteti "Xalqaro ommaviy xuquq " kafedrasi katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-3-10-16
Ushbu maqolada XIV-XV asrlarda movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy fikrlar taraqqiyoti tahlil qilindi. O'rta asrlarda Movarounnahrda bir qator ilm-fan rivojlanib taraqiy topdi. Bular qatorida tafsir (Qur'on sharhi) ilmi ham o'zining taraqqiyot bosqichini bosib o'tdi. XIV-XV asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksak darajada rivojlanganligi va o 'sha davrda yashab ijod qilgan olimlarning ilmlariga to 'xtalib o 'tilgan. Kalit so'zlar: tarix, aqliy, naqliy, tasavvuf, ishoriy, aqida, fiqh, nahv, siyosiy tarqoqlik, siyosiy kurash maydoni,sarf.
This article analyzed the development of socio-political thoughts in Movarounnahr in the XIV-XV centuries. In the Middle Ages, a number of sciences developed and flourished in Movarounnahr. Among these, the ABSTRACT science of tafsir (exegesis of the Qur'an) also passed its stage of development. In the 14th and 15th centuries, science was highly developed in Movarounnahr and the knowledge of the scientists who lived and worked in that period was mentioned. Key words: history, intellectual, narrative, Sufism, Ishari, belief, fiqh, nahw, political disunity, field of political struggle, consumption.
KIRISH (Introduction)
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlar bizni bevosita o'tmish va madaniy merosimizga bo'lgan munosabatimizga qaytatdan tanqidiy asosda yondashishimizni va o'rganishimizni talab qilmoqda. Yangicha fikrlash va madaniy merosimizni xolisona о'rganishni va munosabatda bo'lishni, ijtimoiy-falsafiy, siyosiy fikr tarixidagi dog'larni tugatishni dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo'ymoqda.
Ma'lumki, XIV asr o'rtalarda Baxouddin Naqshband asos solgan tasavvuf suluki naqshbandiya deb ataladi. Hazrat Baxouddin Naqshband ta'limotida boshqalar
10
mehnati bilan kun kechirishni, tekinxo'rlikni, ijtimoiy zulm va istibdod qat'iyan qoralanadi. Mazkur ta'limot tarafdorlari tarkidunyochilikka, boy-zadagonlarning zulm va istibdodiga qarshi bo'lganlar, kishilarni faqat o'z qo'l kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga chaqirganlar. SHuning uchun o'z davridagi ilm-ma'rifatning, adabiyotning yirik namoyondalari bo'lmish Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil, So'fi Olloyor, Mashrab, Maxtumquli singari SHarqdagi ulkan taraqqiyparvar, insonparvar shoirlar va mutafakkirlar naqshbandiya yo'lini tanlab, barakali ijodlarida uning qadr-qimmatini yuksaklarga ko'targanlar. Ulug'bek hukmronlik qilgan davrda fan va madaniyat keng taraqqiy etdi. SHu davrda Samarqandda qozizoda Rumiy, Jamshid bin Ma'sudi, Muyiddin va uning o'g'li Mansur Koshiy, Ali ibn Muhammad Jurjoniy, Xirotda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, ulug' rassom Behzod, tarixshunos Xondamir, Sulton Ali Mashhadiy va boshqalar barakali ijod qilganlar. Boshqa tabiiyotshunoslar singari Ulug'bek va uning shogirdlari moddiy olamni kishi ongidan tashqarida, obektiv mavjudligiga shubha qilmadilar va uni chuqur o'rganishga da'vat etdilar. qomusiy ilmlar sohibi bo'lgan Mirzo Ulug'bek riyoziyot, falakiyot, musiqashunoslik, falsafa, tarix sohasida ijod qilgan. «Bir darajaning sinusini aniqlash haqida risola», «Risola dar ilmi musiqa», «Risolai yirik tarixiy kitob»larning muallifi Ulug'bek nomi butun dunyoga mashhur bo'ldi. Ayniqsa, unga shon-shuhrat keltirgan bebaho asar «Ziji jadidi Ko'ragoniy»dir. Bu asar Ulug'bekning 20 yil davomida olib borgan astronomik kuzatishlarining natijasi bo'lib, uning asosiy qismi yulduzlar jadvalidan iboratdir. Ulug'bek o'limidan keyin ikki yuz yil davomida bu jadval o'zining aniqligi va ilmiyligi bilan jahonda tengi yo'q xisoblab kelingan .
MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)
Tafsir ilmi o'rta asrlarda Movarounnahrda rivojlanish va sustlashish kabi bosqichlarni bosib o'tdi. Lekin aytish kerakki, tafsir sohasida o'ziga xos jihatlarni kuzatish mumkin. Ushbu xususiyatlarni tafsir ilmida mavjud tafsir turlari asosida tahlil etish mumkin. Ma'lumki, tafsir ikkita katta turga — naqliy va aqliylarga bo'linadi. Aqliy tafsirlar ham o'z navbatida nahv va sarf, lug'at, balog'at va fasohat, tasavvuf, aqida va fiqh kabi qismlardan iborat. Mana shu taqsimot asosida XIV-XV asrlarda Movarounnahrda yozilgan tafirlarni ko'rib chiqish va tahlil qilish mumkin. Lekin ushbu tadqiqotda nafaqat XIV-XV asrlar bilan kifoyalanildi, balki undan oldingi davrlarda tafsir ilmi qanday rivoj topgani hamda keyinchalik qaysi holatda bo'lganini aniqroq bilish maqsadida Movarounnahrga islom kirib kelganidan keyin IX-XII asrlarda yozilgan tafsirlarning eng mashhurlarini ham tahlil qilindi. Naqliy tafsirlar. IX-XII asrlar. IX asrda Movarounnahrda naqliy tafsir yozish an'anasini Abd
11
www.birunijournal .uz
Ibn Humayd al-Keshiy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Abdulloh ad-Dorimiy kabi muhaddislar boshladilar. Abd ibn Humayd al-Keshiyning naqliy uslubda kitobat qilingan kitobi mavjud. Oli Imron va Niso suralari sharhidan iborat holda 2004 yilda Bayrutda chop etilgan ushbu tafsir bugungi kunda tadqiqot jarayoniga jalb etilgan. Imom al-Buxoriyning "at-Tafsir" nomli kitobi borligi manbalarda qayd qilingan. Biroq u bizgacha yetib kelmagan, shu sababli ushbu kitob haqida aniq fikr aytish qiyin. Lekin al-Buxoriyning kitob ta'lif etish uslubidan kelib chiqib, uni naqliy tafsir deyish mumkin. At-Termiziy va ad-Dorimiylarning tafsir kitobi yozganliklari ma'lum bo'lsama-da, ularning hadis to'plamlarida Qur'on tafsiriga oid alohida boblar borligi va unda oyatlar hadis orqali sharhlanganligidan kelib chiqib, ularni naql asosida tafsir qilgan muhaddislar deyish mumkin. X asr va undan keyin ham davom ettirildi. Abu Ishoq an-Nasafiy xali qo'lyozmasi topilmagan, biroq naqliy tafsir bo'lishi mumkin bo'lgan "at-Tafsir" kitobi borligi ta'kidlanadi. Yana bir olim Abu Lays as-Samarqandiy "Bahrul ulum"da oyat va hadislarga asoslangan tafsirlardan ko'p foydalangan. Abu Hafs Umar ibn Muhammad al-Hamazoniy as-Samarqandiyning ham "at-Tafsir" nomli asari borligi aytilsa-da, bizgacha yetib kelmaganligi bois uning qanday tafsir ekanligi borasida aniq fikr bildirish qiyin. Biroq o'sha paytdagi davr va olimning qarashlaridan kelib chiqib, katta ehtimol bilan uning naqliy tafsir bo'lgan deyish mumkin. Toshkentlik Abu Bakr al-Qaffol Muhammad ibn Ali ash-Shoshiyning ham "at-Tafsirul kabir" nomli tafsiri borligi ta'kidlanadi. Lekin uning ham nusxasi saqlanib qolmagan. Biroq ayrim tafsirlarda undan keltirilgan bir qator iqtiboslar mazkur tafsirning naqliy va aqliy ekanini ko'rsatadi. Olimning muhaddis olim bo'lganligi ham uning tafsirlarda naqliy dalillardan foydalanganligiga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. XIV-XV asrlar. XIV-XV asrlarda tafsir ilmi ketma-ketlikda taraqqiy etdi. Biroq davrlar o'tishi va ilmda yangi sohalarning paydo bo'lishi hamda aqliy javoblarga ehtiyojning ortishi natijasida X-XII asrlardan keyin naqliy tafsirlar nisbatan kamroq yozilganini kuzatish mumkin. Ammo bu naqliy tafsirlar yozilmadi, degan xulosa ham emas, balki mufassir olimlar o'z tafsirlarida aqliy sharhlarni berish bilan bir qatorda naqliylaridan ham foydalanganlar. O'zi aslida aqliy va naqliyga ajratish bevosita quyidagi uslub ko'riladi: bir tafsir kitobida aqliy va naqliy dalillar ham bo'ladi, biroq ulardan qaysi biri ko'proq bo'lsa o'sha tomoni qabul qilinadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, kuzatishlar natijasida XII asrdan keyin naqliy tafsir borligi aniqlanmadi. Bu holat umumiy tarzda islom olamida ham shunday edi. Ayrim hollardagina naqliy tafsirlar yaratilgan. Bunga Ibn Kasir, Abdurahmon as-Saolibiy, Jaloluddin as-Suyutiyni misol qilish mumkin. Shu ma'noda aytish mumkinki, XIX-XX asrlarda ham ayrim hollardagina naqliy tafsirlar yozildi. Jumladan, Alloma Muhammad ibn Ali ibn
12
www.birunijournal .uz
Abdulloh ash-Shavkoniy (vaf. 1250/1834-35 y.)ning "Fathul kodiril jomi' bayna fannir rivoya vad diroya min ilmit tafsir" va Muhammad Amin Shanqitiyning (vaf. 1393 h.y.) "Azvoul bayon fi izohil Qur'on bil Qur'on" kitoblarini aytish mumkin.
Shuni aytish kerakki, naqliy tafsirlar asosan XII asrgacha bo'lgan davrda ko'proq yozilgan. Buni Movarounnahr va butun islom olami misolida ham ko'rish mumkin. Ayniqsa, Muhammad ibn al-Jarir at-Tabariyning (vaf. 310/922) "Jomiul bayon an ta'vili oyil Qur'on", Ibn Abu Hotam ar-Roziyning (vaf. 327/939) "Tafsirul Qur'onil karim", Abu Lays as-Samarqandiyning (vaf. 375/985) "Bahrul ulum", Abu Ishoq as-Saolibiyning (vaf. 427/1036) "al-Kashf val bayon an tafsiril Qur'on", Abu Muhammad al-Bag'aviyning (vaf. 516/1122) "Maolimut tanzil", Ibn Atiyya al-Andalusiyning (vaf. 546/1146) "al-Bahrul vajiz fi tafsiril Kitabil aziz" kabi mashhur naqliy tafsirlar ham aynan manashu davrga to'g'ri keladi. Keyingi davrlarda naqliy tafsirlarga nisbatan aqliy tafsirlar ko'proq yozildi. Buning boisi nima degan savol tug'ilishi tabiiydir. Javoban bir nechta omillarni sanab o'tish mumkin. Birinchidan, naqliy rivoyatlar hadis to'plamlari, musnadlar, dastlabki tafsir kitoblarida jamlanib bo'lingan edi. Vaqt o'tishi va sahih to'plamlarning shakllanishib bo'lishi natijasida kitoblarda hatto roviylar ham zikr qilinmay qo'yildi. Chunki sahih hadislar ajratib bo'lingan, roviylari aniqlashtirilgan, endilikda bunga ehtiyoj qolmagan edi. Buning o'rniga al-Buxoriy, Muslim, at-Termiziy rivoyati kabi iboralar bilan kifoyalanib qo'yiladigan bo'lindi. Ushbu holat ham naqliy tafsirlarning kamroq yozilishiga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Ikkinchidan, ilm-fanning rivoji, fanda yangi sohalarning paydo bo'lishi, kashfiyot va ixtirolar natijasida Qur'onni o'sha ilmlar asosida tushunishga ehtiyoj ham paydo bo'la bordi. Masalan, aqliy ilm yo'nalishlaridan sanalgan fiqh, aqida, falsafa, tasavvuf kabilar bilan bog'langan tafsirlar ko'plab yozila boshlandi. Ayniqsa, bugunga kelib, oyatlardagi ma'nolarni zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga bog'lash holati mavjud. Natijada Qur'onda tibbiyot, falakiyot, fizika singari ko'plab tadqiqotlar paydo bo'ldi. Uchinchidan, Qur'on tilini, so'zlarining ma'nolari, grammatik xususiyatlari, g'arib so'zlar, balog'at va fasohati kabilarni o'rganishga nafaqat arab bo'lmagan, balki arablarning o'zlarida ham ehtiyoj paydo bo'ldi. Chunki vaqt o'tishi bilan asl tildan uzoqlashish, ayrim so'zlarning tushunmaslik yoki yanada chuqurroq tushunish zarurati paydo bo'lgan edi. Tabiiy ravishda tilshunos olimlarning ushbu jihatlarni o'rganishlari natijasida alohida Qur'oni karimning til bilan bog'liq ko'plab tafsirlari vujudga keldi. Aslida oyatlarni arab tilini yaxshi bilmasdan tushunish imkoniyati ham yo'q edi. Bu va yana boshqa bir qator omillar naqliy tafsirlardan ko'ra aqliylarining ko'payishiga sabab bo'lgan. Aqliy tafsirlar. IX-XII asrlar. X asrda Movarounnahrda to'liq yozilgan aqliy tafsirlar paydo bo'ldi va Abu Mansur al-Moturidiy bularning dastlabkilaridan biri bo'ldi.
13
www.birunijournal .uz
To'g'ri, al-Moturidiyning "Ta'vilot ahlis sunna" kitobini naqliy deyuvchi olimlar ham mavjud. Biroq uning yozilish usullaridan kelib chiqib, aqliy deyish mumkin. Masalan, alloma ko'p joylarda aqliy savollar berib, ularga mantiqqa asoslangan javoblarni beradi va ularni oyat va hadislar bilan asoslab ketadi. Fotiha surasini sharhlashda ham bir nechta oyat va hadislarni keltiradi, biroq u yerdagi aqliy izoh va ta'villar naqliyga nisbatan ko'pligini kuzatish mumkin. Mazkur tafsirda naqliy dalillarga tayanilgan aqliy misollar ko'p deyish to'g'riroq bo'lardi. Keyinchalik aqliy tafsir yozish an'anasi Abu Hafs Umar an-Nasafiy, Abu Nasr al-Haddodiy as-Samarqandiy, Alouddin as-Samarqandiy singari olimlar tomonidan davom ettirildi. Aytish kerakki, Abu Hafs Umar an-Nasafiy tafsirda fors tiliga ham alohida urg'u berdi. Jorulloh az-Zamaxshariy aqliy bilimlarni maromiga yetkazgan yetuk olim sifatida Qur'oni karimning balog'iy, nahviy, lug'aviy jihatlarini yuqori darajada bayon etdi. Buni asrlar osha ko'plab mufassirlar e'tirof etib keladilar. Abul Barakot an-Nasafiy esa, al-Moturidiydan aqliy va mantiqiy misollar, ta'vil, oqimlarga raddiya berishda tafakkurga chorlovchi uslublarni hamda az-Zamaxshariydan Qur'onning balog'at va fasohati, nahv va lug'at sirlarini ochishdagi mahoratlarni olib qo'llagan. Shu tarzda "Tafsir an-Nasafiy"ning bir nechta joyida yirik mufassirlarning tafsirlaridan foydalangan. Aqliy ilmlar asosida yoritilgan tafsirlarni Abu Ali Ibn Sino, Muhammad ibn Abdurahmon az-Zohid al-Buxoriy kabi olimlar ijodida ham uchratish mumkin. Ushbu davrlarda yashagan bir qator olimlarning tafsir qo'lyozmalari saqlanib qolmagan, agar ularni topish mumkin bo'lganda, balki mazkur ro'yxatni yana davom ettirish imkoniyati ham tug'ilar edi. XIV-XV asrlar. Movarounnahrda aqliy tafsirlarning yozilish an'anasi keyingi asrlarda davom etdi. Bunday olimlar qatorida Abul Barakot an-Nasafiy, Jamoluddin al-Koshoniy, Abul Fazoil Muhammad al-Burhon al-Hanafiy, Alouddin Abdulaziz al-Buxoriy, Mas'ud Sa'duddin at-Taftazoniy, Alouddin Ali Mavlono al-Qushchiy, Abul Qosim ibn Abu Bakr as-Samarqandiy al-Bayoniy, Kamoluddin Hofiz al-Ko'hakiy at-Toshqandiy, Buxoriy-zoda Muhammad al-Buxoriy kabilarni aytib mumkin. Bulardan Abul Barakot an-Nasafiy "Madorikut ta'vil va haqoiqut ta'vil" kitobini arab tili qoidalari, aqliy mushohada va misollar asosida keng sharhlagan. Olimning tafsirida naqliy ilmlar ham mavjud. Biroq aqliy ilmlar nisbatan ko'pligi uchun u aqliy ilmlar asosida sharhlangan kitob deyish mumkin. Umuman olganda, alloma o'z tafsirida quyidagi ilmlardan foydalangan: - tilga oid ilmlar: sarf, nahv, lug'at, arab adabiyoti, she'riyati, maqollar, balog'at, fasohat, qisman fors va ibroniy tillar; - diniy ilmlar: Qur'on, hadis, sahoba va tobe'inlar rivoyatlari, aqida, fiqh, usul al-fiqh, meros, qiroat, nosix va mansux, tasavvuf; - boshqa ilmlar: tarix, isroiliyot, geografiya, hisob-kitob. Movarounnahrda aqliy tafsirlar ichida ishoriy tafsirlarning ham rivoj topganini
14
www.birunijournal .uz
kuzatish mumkin. Buni X asrlarda yashagan al-Hakim at-Termiziy misolida ham ko'rish mumkin. Alloma qalamiga mansub, biroq nomi noma'lum kitobida Qur'onda uchragan 80 ta so'zga sharh yozilgan va oyatlar tasavvufiy-ishoriy uslubda izohlangan. Ishoriy tafsirlar orasida Najmiddin Kubro, Jamoluddin al-Koshoniy, Xo'ja Porso, Ya'qub Charxiy kabilarni ham aytib o'tish mumkin. Umuman olganda, tasavvuf tariqatlari rivojlanishi bilan tasavufiy tafsirlari ham ko'payib bordi.
REFERENCES
1. Adilovich, Nosirov Rashod. "THE STRATEGIC VALUE OF EDUCATION FOR THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND TRAINING OF PROMISING PERSONNEL POTENTIAL." (2022): 183-186.
2. Nosirov, R., & Mamajanova, G. (2022). International Ratings and Index Indicators of the Republic of Uzbekistan. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 86-88.
3. Adilovich, Nosirov Rashod, and Yuldashev Bakhtiyar Ergashevich. "Structural and functional approaches to the development of the social sector: Reform and prospects." European Journal of Molecular and Clinical Medicine 8.1 (2021): 13881396.
4. Adilovich, N. R. (2022). THE STRATEGIC VALUE OF EDUCATION FOR THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND TRAINING OF PROMISING PERSONNEL POTENTIAL.
5. Nosirov, R. (2022). THE PLACE AND ROLE OF THE MASTER AMIR TEMUR IN WORLD HISTORY. Uzbek Scholar Journal, 9, 203-205.
6. Nosirov, R., & Mamajanova, G. (2022). International Ratings and Index Indicators of the Republic of Uzbekistan. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 86-88.
7. Nosirov R. A. O'ZBEK XALQINING ETNIK SHAKLLANISHI //Uzbek Scholar Journal. - 2022. - T. 9. - S. 198-202.
8. Adilovich, Nosirov Rashod, and Yuldashev Bakhtiyar Ergashevich. "Structural and functional approaches to the development of the social sector: Reform and prospects." European Journal of Molecular and Clinical Medicine 8.1 (2021): 13881396.
9. Nosirov R. A. EDUCATIONAL PROBLEMS IN THE HISTORY OF CENTRAL ASIA //Innovative Technologica: Methodical Research Journal. - 2021. -T. 2. - №. 04. - S. 82-85.
15
10. Adilovich, N. R., Sharifovna, Y. N., Upashevna, A. L., Vladimirovna, T. S., & Juraevna, N. N. (2020). THE PHENOMENON OF FRIENDSHIP IN THE SOCIAL VIEWS OF EASTERN THINKERS. Journal of Critical Reviews, 7(13), 4695-4698.
11. Adilovich, N. R., Sharifovna, Y. N., Upashevna, A. L., Vladimirovna, T. S., & Juraevna, N. N. (2020). The phenomenon of friendship in the social views of eastern thinkers. Journal of Critical Reviews, 7(13), 4695-4698.
12. Nosirov, R. A., Raximova, M. I., & Temirova, S. V. (2022). Jamiyatda ijtimoiy ongning o'zgarishi-ijtimoiy munosabatlar taxlili. innovatsii v pedagogike i psixologii,
5(3).
13. Nosirov, R. O., & Temirova, S. V. (2022). XALQIMIZ SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASH DAVLATIMIZ SIYOSATINING USTUVOR YO 'NALISHI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 242248.
14. Adilovich, N. R., & Temirova, S. V. (2023). ECONOMIC REFORMS, FORMATION OF PRIVATE OWNERSHIP HISTORY OF THE DEVELOPMENT OF MARKET RELATIONS IN UZBEKISTAN. American Journal of Business Management, Economics and Banking, 11, 107-109.
15. Adilovich, N. R., & Temirova, S. V. (2023). ECONOMIC REFORMS, FORMATION OF PRIVATE OWNERSHIP HISTORY OF THE DEVELOPMENT OF MARKET RELATIONS IN UZBEKISTAN. American Journal of Business Management, Economics and Banking, 11, 107-109.
16. Nosirov, R. A., & Temirova, S. V. (2022). MUSTAQIL O 'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING QABUL QILINISHINING TARIXI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 177-182.
17. Nosirov, R. A., & Temirova, S. V. (2022). JAMIYAT HAYOTIDA KONSTITUTSIYANING O'RNI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 249-252.
16