Научная статья на тему 'SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING TAFSIRI HILOL ASARIDAGI LINGVOPOETIK XUSUSIYATLAR'

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING TAFSIRI HILOL ASARIDAGI LINGVOPOETIK XUSUSIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1165
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qur’oni Karim / Injil / Tavrot / tafsir / Yasrib / oyat / sura / Islom dini / moʻminlar / Makkiy / Madaniy / hadis / rivoyat / yahudiylar. / Qur’oni Karim / Injil / Torah / Tafsir / Yasrib / Verse / Surah / Islam / Believers / Makki / Madani / Hadith / Narration / Jews.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Matniyozova

Usbu maqola Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ijod namunasi — «Tafsiri Hilol» asari va uning mazmunini yoritishga bag‘ishlangan. Hamda Islom dinining Dasturi sanalmish Qur’oni Karimdagi suralarning qaysi hudud va qay tarzda nozil bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan darak beradi va uning mo’jizakorligi, o‘qilish tartibi, Payg‘ambarimiz Muhammad Sollallohu Alayhi VAssalamga qanday nozil bo‘lganligi borasidagi rivoyatlar va turli xil dalillarni keltirish barobarida mazkur kitob Islom dinini o‘rganish istagida bo‘lgan har bir ilm ahli uchun, musulmon uchun manfaatli bo‘lishi shubhasiz ekanligi haqidagi fikr-mulohazalarni bildirib o‘tadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC AND POETIC FEATURES IN THE WORK OF TAFSIR HILAL BY SHEIKH MUHAMMAD SADIQ MUHAMMAD YUSUF

This article is dedicated to highlighting the work of Sheikh Muhammad Sadiq Muhammad Yusuf "Tafsiri Hilal" and its content. Also, the program of the Islamic religion gives information about the area and manner in which the surahs of the Holy Qur'an were revealed, and its miraculousness, the order of recitation, how it was revealed to our Prophet Muhammad, may God bless him and grant him peace. In addition to citing narrations and various evidences, this book expresses opinions that it will undoubtedly be beneficial for every scholar and Muslim who wants to study the religion of Islam.

Текст научной работы на тему «SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING TAFSIRI HILOL ASARIDAGI LINGVOPOETIK XUSUSIYATLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING TAFSIRI HILOL ASARIDAGI LINGVOPOETIK XUSUSIYATLAR Dilrabo Ulug'bekovna Matniyozova

Samarqand shahar 21-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7069914

Annotatsiya. Usbu maqola Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ijod namunasi — «Tafsiri Hilol» asari va uning mazmunini yoritishga bag'ishlangan. Hamda Islom dinining Dasturi sanalmish Qur'oni Karimdagi suralarning qaysi hudud va qay tarzda nozil bo'lganligi to'g'risidagi ma'lumotlardan darak beradi va uning mo'jizakorligi, o'qilish tartibi, Payg'ambarimiz Muhammad Sollallohu Alayhi VAssalamga qanday nozil bo'lganligi borasidagi rivoyatlar va turli xil dalillarni keltirish barobarida mazkur kitob Islom dinini o'rganish istagida bo'lgan har bir ilm ahli uchun, musulmon uchun manfaatli bo'lishi shubhasiz ekanligi haqidagi fikr-mulohazalarni bildirib o'tadi.

Kalit so'zlar: Qur'oni Karim, Injil, Tavrot, tafsir, Yasrib, oyat, sura, Islom dini, mo'minlar, Makkiy, Madaniy, hadis, rivoyat, yahudiylar.

ЛИНГВОПОЭТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ В ПРОИЗВЕДЕНИИ ТАФСИР ХИЛЯЛЬ ШЕЙХА МУХАММАДА САДИКА МУХАММАДА ЮСУФА

Аннотация. Данная статья посвящена освещению произведения шейха Мухаммада Садыка Мухаммада Юсуфа - «Тафсири хиляль» и его содержания. Также программа исламской религии дает информацию о области и способе ниспослания сур Священного Корана, и его чудесности, порядке чтения, как это было ниспослано нашему Пророку Мухаммаду, да благословит его Аллах и даруй ему мир.Помимо цитирования повествований и различных свидетельств, в этой книге высказываются мнения, что она, несомненно, будет полезна каждому ученому и мусульманину, желающему изучать религию Ислам.

Ключевые слова: Священный Коран, Инджил, Тора, Тафсир, Ясриб, Стих, Сура, Ислам, Верующие, Мекки, Мадани, Хадис, Повествование, Евреи.

LINGUISTIC AND POETIC FEATURES IN THE WORK OF TAFSIR HILAL BY SHEIKH MUHAMMAD SADIQ MUHAMMAD YUSUF

Abstract. This article is dedicated to highlighting the work of Sheikh Muhammad Sadiq Muhammad Yusuf - "Tafsiri Hilal" and its content. Also, the program of the Islamic religion gives information about the area and manner in which the surahs of the Holy Qur'an were revealed, and its miraculousness, the order of recitation, how it was revealed to our Prophet Muhammad, may God bless him and grant him peace. In addition to citing narrations and various evidences, this book expresses opinions that it will undoubtedly be beneficial for every scholar and Muslim who wants to study the religion of Islam.

Keywords: Qur'oni Karim, Injil, Torah, Tafsir, Yasrib, Verse, Surah, Islam, Believers, Makki, Madani, Hadith, Narration, Jews.

KIRISH

Ushbu kitob bir vaqtlar islom nuri yog'dusida yashagan xalq zulmatda qolganligi va lekin endilikda qorong'ulik chekinib qora tun bag'ridan hilol nur sochayotgani kabi insonlar qalbiga islom dinining haqiqiy adolati, huzur va halovati naqadar cheksiz ekanini yana bir bor tasdiqladi. Bu kitob Islom xalqi ma'naviyatiga yangi chiqqan oy misoli yog'du sochib turishi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

uchun "Tafsiri Hilol" deb nomlangan. Kelajakda ham bunday madaniy meroslarimizning o'rni va salmog'i aslo tushmaydi. Chunki islom dini mukammal din ekaniligini insoniyat hayoti mobaynida bu dindagi bilimlarga ko'proq ehtiyoj sezayotganini tobora chuqurroq anglab yetmoqda. Ushbu kitob dinimiz asoslarini o'ranishni xohlagan har bir mo'min va musulmon uchun juda manfaatli bo'lib, Qur'oni Karimning har bir oyatini alohida tarjimasi hamda bu oyatlar nozil bo'lish sabablari hadislar orqali aniq va ravon tushuntirilgan. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Xalqimizning islom dini asoslarini Qur'oni Karim ma'nolarini bilishga chanqoqligini e'tiborga olingan holda insoniyat hayotining asosiy dasturi bo'lmish Qur'oni Karim imkon qadar xalqona tilda tafsir qilingan.

Albatta, bu ishda ko'plab ulamolarimizning bebaho tavsirlaridan foydalanilgan hamda bunday tafsirlardagi bilimlar hadis va rivoyatlar bilan yanada tushunarli va manfaatli bo'lgan.

Shu bilan birga hozirgi zamonda paydo bo'lgan bir qancha yangi ma'lumotlardan ham foydalanilgan. Xalqimizning islom ilmidan xabardorlik darajasini hisobga olib iloji boricha sodda til va sodda uslubni qo'llashga harakat qilingan. Har bir suraning nomi, makkiy yoki madaniyligi, oyatlar soni haqida ma'lumot berilgandan keyin shu suraning mavzusi haqida qisqacha ma'lumot beriladi.

Har bir oyat raqamlangan va keyin matnning arabchasi yozilgan. So'ngra oyati karimaning ma'nosi berilgan. So'ngida esa oyatning ma'nosi iloji boricha sodda va ravon qilib xalqona tilda izohlangan. Ba'zi hollarda Kalomullohda kelgan va jonli nutqda buzilib talaffuz qilinayotgan so'zlar aynan Qur'oni Karimga mos ravishda berilgan. Bundan Alloh taoloning kalomi o'zgarmas degan ma'no kelib chiqadi. Har bir musulmon aAlloh taoloning kalomini va unga bog'liq barcha narsalarni o'ta hurmat qilishi kerakligi aytiladi.Shuning uchun hushu', xuzu', ruku', man, ta'vil jannati na'iym kabi so'zlar asliga mos tarzda yozilgan.

Tarixiy shaxslar va joylar nomini asliga to'g'ri ya'ni Iyso, Masih, Oisha Madina tarzida yozilgan. Alloh taoloning ismlarini ham Qur'oni Karimga asoslanib yozilgan. Alloh, Rohman, Rohiym, G'ofur, Kariym, Hakiym. Alloh taoloning ismlari bo'lmagan tangri, xudo, parvardigor kabi so'zlarni qo'llamaslikka harakat qilingan va Qur'oni Karimda kelgan Alloh, Robbul olamiyn kabi sifatlarning o'zi yozilgan. Bu bilan Alloh taoloning so'zi va uning ismlari o'zgarmas ekanligi, xalq orasida buzilib aytilayotgan so'zlarni asli Qur'oni Karimdagidek aytilishi kerakligi uqtirilgan.

Din (asli diyn), tahorat (asli toharat) kabi so'zlar jonli nutq asliga to'g'ri talaffuz qilinsa ham ba'zi bir mulohazalarga ko'ra bu so'zl adabiy til normalariga mos shaklda yozilgan. Adabiy tilda nisbatan ko'p uchraydigan ba'zi bir so'zlar esa bevosita tafsirda o'zbek tilidagi variantini oyatlar tarjimasida esa asl holati yozilgan. Masalan: juma- jumu'a, manba -manba' va hokazo.

Oyatlarni bir-biriga bog'lash uchun ham tushuntirish yozilgan ba'zi oyatlarning tushish sabablari haqida rivoyatlar kelgan bo'lsa, ular ham keltirilgan. Ba'zilarini tushuntirish uchun tarixiy voqealar, qissalar keltirgan. Kitobda ba'zi shaxslar qavmlar haqida qisqacha ma'lumotlar berilgan. Kitobxonning e'tiborini Qur'oni Karim matnidan chetlatadigan ma'lumotlarni keltirmaslikka harakat qilingan. Masalan: Alloh taolo osmonni bekamu-ko'st yaratgani haqidagi oyat tavsifida osmon haqidagi ilmiy ma'lumotlarni xohlagancha keltirish mumkin edi. Kitobxon bu kabi ma'lumotlarni boshqa manbalardan o'qib olishi mumkinligini inobatga olgan holda ortiqcha ilmiy mulohazalar keltirilmagan.

TADQIQOT NATIJALARI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Mazkur asarda alloma Qur'on nuzulining boshlanishi haqida ham qisqacha ma'lumotlar bergan. Masalan: Muhammad sollallohu alayhi vasallam 40 yoshga yetganlarida ko'ngli yolg'izlikni xohlab qoladilar hamda Makka atrofidagi tog'larning birida "Hiro" nomli bir g'orga kirib bir necha kunlab ibodat bilan mashg'ul bo'ladilar. Bir kuni g'or og'zidan chiqishlari bilan "O'qi" degan gumburlagan ovoz eshitadilar va u kishi "Oqishni bilmayman" deb javob beradilar shundan so'ng yelkasidan bir narsa siqdi-da qo'yib yubordi va yana "O'qi" dedi Ul zot uch marta ham bu so'zga "O'qishni bilmayman" deb javob berdi. Shundan so'ng gulduroq ovoz "Alaq" surasining birinchi besh oyatini o'qidi.

Payg'ambarimiz bu oyatlarni toshga o'yilgan yozuvdek yodlab oldilar. Ul zot uylariga rangi oqargan holda kirib keldilar va Hadiyja onamizga bo'lgan voqeani aytib berdilar. Hadiyja onamiz bu yaxshilikkadir axir siz hammaga yaxshilik tilaysiz deya javob beradi. Bu voqeani hadiyja onamiz amakilari Varaqa ibn Navfalga aytib beradilar. U kishi juda dindor va diniy kitoblarni ko'p o'qigan inson bo'lgani uchun "Suyunchi ber jiyan" Muhammadga Muso payg'ambarga kelgan farishta kelibdi deydi. Shu tariqa Islomning dasturi so'nggi Payg'ambarga 13 yil Makkada 10 yil Madinada- jami 23 yil nozil bo'lgan. Qur'ondagi suralar jami 114ta bo'lib ularning har birining nomi bor. Bu nomlar ba'zi suralarning boshlanishidan olingan bo'lsa, ba'zilarining nomi surada ko'p zikr qilingan narsalarning yoki voqealarning nomi bilan ataladi. Qur'ondagi suralar uch yoki undan ko'p oyatlarni o'z ichiga oladi. Qur'on suralari ikki qismga bo'linadi:

Makkiy suralar (Makkada tushgan suralar) Madaniy suralar (Madinada tushgan suralar)

Makkada tushgan suralar qisqaroq bo'lib, Allohning yagonaligi va sifatlari, Qur'on va Payg'ambarning haqligi, Odam alayhissalom va shayton, qiyomat kuni kabi mavzularni jamlaydi. Madaniy suralar esa nisbatan uzunroq bo'lib shar'iy hukmlar, ibodatlar, jinoyatchilarni jazolash, urush va xalqaro aloqalar, munofiqlar haqidagi mavzularni o'zida jamlaydi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam o'qish va yozishni bilmaganlar. Oyatlarni farishtalardan eshitib yodlab olardilar. Yonlarida yurgan o'qish va yozishni biladiganlar payg'ambarimiz tilidan yapaloq toshmi, xurmoning po'stlog'imi, qog'ozmi, katta suyakmi shunga o'xshash narsalarga yozib olardilar. Har bir oyat nozil bo'lganda Payg'ambarimiz bu oyat qaysi surada ekanligi, qaysi oyatdan oldin va qaysi oyatdan keyin turishini aytib turganlar.

Bundan tashqari ushbu kitobda Qur'onning nuzul bo'lishi bilan birgalikda Qur'onning jamlanishi, Qur'onning tarqoq holda nozil bo'lishi, Qur'onning insonlarni ojiz qoldirishi, Qur'onning mo'jizakorligi haqida ham bir qancha ma'lumotlar berilgan. Jumladan, Qur'onning mo'jizakorligi haqida gap ketganda avvalo, shuni aytish kerak-ki, yuqorida aytilganidek arab tilida arab so'z ustalarini ojiz qoldirish uchun yuborilgan kitob bo'lib, haqiqiy mo'jizasini to'liq tushunish uchun arab tilini biladigan kishi bo'lishi shart. Biz arab bo'lmaganimiz va arab tilini bilmaganimiz uchun Qur'onning arab tiliga bog'liq bo'lmagan mo'jizalaridan ba'zi keltirib o'tilgan. Shulardan biri kelajakda bo'ladigan hodisalardan berilgan xabarlardir Qur'oni Karimda inson aqlini lol qoldiradigan darajada ba'zi bir xabarlar keladi. Misol surai "Nur"da shunday deyilgan:

"Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amallar qilganlarga ularni yer yuzida xuddi ulardan oldin o'tganlarni xalifa qilganidek xalifa qilishni, ular uchun O'zi rozi bo'lgan dinni mustahkamlashni va ularning xavf-xatarlaridan so'ng omonlikni badal qilib berishni va'da qildi".

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Mana shu oyat nozil bo'lmasdan oldin musulmonlar hatto uxlaganlarida ham qurollari bilan uxlab bizga ham bir osoyishtalik kelib diniy amallarimizni bemalol bajaradi olarmikanmiz deb turganlar. Oyat nozil bo'lgandan so'ng ko'p o'tmasdan ular orzu qilgan vaqtlar yetib keldi va islom ummati Allohning yerdagi xalifasi deb e'lon qilindi. Yana bir misol, "Moida" surasida shunday deyilgan:

"Ey Payg'ambar! Senga Robbingdan nozil qilingan narsani yetkaz. Agar shunday qilmasang, Uning elchiligini yetkazmagan bo'lasan. Alloh seni odamlardan saqlar. Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas".

Bu oyat nozil bo'lishidan oldin Payg'ambarimiz Muhammad sallollohi alayhi vasallam ba'zi sahobalar o'z ixtiyorlari bilan kofirlarni yomonligidan qo'riqlab turishardi. Oyat nozil bo'lgandan so'ng esa Payg'ambar alayhissalom hujayralaridan boshlarini chiqarib, qorovullarga qarab "Endi sizlar ketaveringlar, Allohning o'zi meni kishilarni yomonligidan saqlaydigan bo'ldi", deb aytdilar.

Shu oyat Qur'onning ilohiy kitob ekanligiga eng kuchli dalillardan biridir. Chunki bu oyat nozil bo'lgandan so'ng Payg'ambar alayhissalom hech qo'rqmasdan kofirlarning ichida yurdilar, birinchi safda turib ular bilan jang qildilar va boshqa holatlarda ham bemalol yuraverdilar. Kofirlar qanchalik urinmasin U zotga pashsha chaqqanchalik ozor yetkaza olmadilar.

Qur'onda avval o'tgan payg'ambarlar va ularning ummatlari haqida ko'pgina qissalar bor ma'lumki, Muhammad alayhissalom o'qish yozishni bilmaganlar umrlarida biror soat ham dars olmaganlar shunga qaramay Qur'onda kelgan qissalardan to'g'ri va dalillik bo'lib, hatto Injil va Tavrot kabi kitoblarning xatolarini to'g'rilab kelgan. Bu haqida XX asrda shu qissalarning ba'zilariga taalluqli bo'lgan dalillarni o'rgangan mashhur ulamolar ham aytganlar. Ularning orasida oldin musulmon bo'lmaganlari bu ilmiy ishlardan keyin Qur'onning haqiqiy ilohiy kitob ekanligiga ishonib musulmon bo'lganlar.

Qur'on kishilarni to'g'ri yo'lga boshlash uchun nozil qilingan bo'lib, koinot, mavjudot va ilmiy masalalarda so'z yuritish uning vazifasi emas. Ammo Qur'onda ba'zi bir ilmiy so'zlar kelganki, albatta, ular Qur'onning ilohiy mojizakor kitob ekanligiga katta dalildir. Bu esa Payg'ambar alayhissalom ilmiy masalalardan mutlaqo bexabar bo'lsalarda, Qur'onda shunday ilmiy masalalarda zikr qilinganki, buning sirini o'sha vaqtda va undan keyin ham hech kim bilmagan. Faqat bizning davrimizga kelib ilm-fan rivojlangan davridagina u narsalar tushunildi.

Alloh taolo "Anbiyo" surasida shunday deydi:

"Kufr keltirganlar Osmonlaru yer bitishgan bo'lgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaslarmi? Iymon keltirmaslarmi?!"

Bu oyatda Osmonlaru yer aslida bir narsa bo'lgani, so'ngra bir-biridan ajralgani aytiladi. bu oyatni hozirgi zamon ilmi ham tasdiqlagan. Olimlarning fikricha, butun borliq bir gazdan iborat bo'lib, keyin bo'laklarga bo'lingan. Quyosh galaktikasi ham shu bo'linishdan kelib chiqqan. Buning isboti sifatida ulamolar aytishadiki, yerda to'qson ikki xil turli moddalar bo'lib, shundan 67 tasi quyoshda ham bor ekan. Quyoshdagi ko'p uchraydigan moddalar masalan, azot, fosfor, temir, karbon va boshqalar yerda ham uchraydi. Ulamolar oy jinslarini ham olib o'rganib ko'rganlaridan keyino yda ham yerdagi moddalar bor ekaniga guvoh bo'lishdi. Bularning hammasi shuni ko'rsatib turibdiki, olamdagi barcha narsalarning asli Qur'onda aytilganidek bir ekan. Endi oyatning "va suvdan hamma narsani yaratganimizni" degan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qismiga kelsak. Bu ulamolar sirini ochgan ilmiy haqiqatlardan eng kattasi hisoblanadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Hayot va o'sish uchun kerakli barcha kimyoviy o'zgarishlar, albatta suvsiz bo'lmaydi. Suv hayotning davom etishi, koinot va nabototning yashashi uchun asosiy narsadir. yer yuzasining to'rtdan uch qismi suv bilan o'ralgan bo'lib, suvning xususiyatlaridan biri yer yuzidagi haroratni bir xil saqlanib turishini ta'minlaydi. Agar shunday bo'lmaganda, yer yuzida hayot bo'lmas edi. Suvning xususiyatlari juda ko'p bo'lib ularning har biri Alloh taolo suvni O'zining maxluqlariga zarur narsa qilib yaratganligiga dalildir. Suv muzlasa zichligi kamayadi va hajmi katta bo'ladigan yagona moddadir. Bu xususiyatning suvda yashaydigan hayvonlarga ahamiyati katta bo'lib, shu sababidan sovuq qattiq bo'lganida muz suvning ustiga ko'tariladi (boshqa modda bo'lsa pastga ketishi kerak edi). Suv hayvonlari uchun zaruriy narsadir past darajali haroratda suv o'ziga kislorodni ko'p tortadi muzlagan suvdan esa harorat chiqib daryo va dengizlarda yashovchi hayvonlarning hayotini saqlashda juda qo'l keladi. Qur'onning hikmatini qarangki, ozgina so'zlar bilan yer yuzidagi hayotning cheksiz sirlarini bayon qildi. Mana shu oyatning o'ziyoq Muhammad alayhissalomning haqiqiy Payg'ambar, Qur'onning haqiqiy ilohiy kitob ekanligiga katta dalildir.

Ushbu aytib o'tilgan mo'jizalar dengizdan bir tomchi xolos. Bu haqida necha-necha kitoblar bitilgan. Hozirda "Qur'on va sunnatdagi ilmiy mo'jizalar" nomi bilan atalgan xalqaro tashkilotlar, ilmiy nashrlar bor. Tib ilmidagilar Qur'onning tibbiy mo'jizalarini, kimyo olimlari -kimyoviy, tarixchilar-tarixiy, fizikachilar-fizikaviy, munajjimlar-fazoviy va hokazo har bir ilm egasi o'z ilmi doirasida Qur'on mo'jizalariga tan bergan. G'arb mamlakatlarining zabardast olimlari shu mo'jizalar tufayli islom dinini qabul qilgan va haligacha qabul qilmoqdalar.

MUHOKAMA

Mazkur kitobda har bir suraning mazmunini shunday mahorat bilan kitobxonga tushuntirganki, hatto oyatlarning tushishiga sabab bo'lgan voqealar ham sodda tilda izohlar bilan berilgan. Quyida shunday sharhlangan suralardan bir nechtasiga to'xtalamiz.

"Ar-Rohman" surasi. Makkada nozil bólgan 78 oyatdan iborat. Bu suraning nomi birinchi oyatidan olingan bo'lib, "Ar-Rohman" Allohning sifatlaridan biridir. Imom Bayhaqiy hazrati Ali karramallohu vajhahudan qilgan rivoyatda Payg'ambar alayhissalom: "Har bir narsaning kelinchagi bor, Qur'onning kelinchagi "Ar-Rohman" surasi" deganlar. Chunki bu surada xuddi yangi kelinlar bezaklari bilan boshqalardan ajralib turgani kabi o'ziga xos uslubi bilan boshqa suralardan ajralib turadi. Makkiy suralarning asosiy mavzu bo'lgan aqiyda asoslari masalasi bu suraning ham bosh mavzuidir. Surada ham jinlarga ham insonlarga xitob qilinadi . Suraning boshida Alloh taoloning ochiq-oydin ne'matlari, jumladan Qur'onning ta'limi, bayon qilish qobiliyati, quyosh, oy, yulduz va boshqalar zikr qilinadi. Ushbu ne'matlarga bandalar shukr keltirishlari lozimligi asosiy maqsadlardandir. So'ngra qiyomat kunining tayyorgarligi insonga ham jinlarga ham lozimligi uqtiriladi. Uning daxshatlari sifatlanadi va nihoyat sura Alloh taoloni ulug'lovchi oyatlar bilan tugaydi.

"Voqi'a" surasi. Makkada nozil bólgan 96 oyatdan iborat. Voqi'a qiyomatning nomlaridan biri bo'lib, ushbu suraning birinchi oyatida ham tilga olingan va unga ism bo'lib qolgan. Surai karimada asosan qiyomat voqealari jannat va do'zax hamda ularning ahllari haqida so'z yuritiladi. Surada qiyomat manzaralari haqida batafsil bayon etiladi. O'sha kunda odamlar uch toifaga bo'linadilar. O'ng taraf egalari va chap taraf egalari va peshqadamla. Surada har bir toifaning oqibati haqida so'z yuritilib ularga Alloh taolo tomonidan tayyorlab qo'yilgan jazo va mukofotlar haqida xabar beriladi. Bu surada Allohning borligi, yagonaligi va qudratining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

barkamolligi uning insonni yaratishdagi, nabototni o'stirishdagi, yomg'ir yog'dirishdagi va boshqa ishlardagi ajoyib tadbirlari haqida so'z ketadi. Umuman surada "Ar-Rohman" surasining mavzu va uslubi davomini ko'rishimiz mumkin. Sura qiyomatdagi dahshatli voqealar tog'larning uchishi, yerning qattiq larzaga kelishi, umuman yerdagi vaziyat ostin-ustun bo'lib ketishi yaxshilari obro' topib, yomonlar yer bilan yakson bo'lishlari haqidagi tasvirlar bilan boshlanadi.

"Mujodala" surasi. Madinada nozil bo'lgan. 22 oyatdan iborat. Bu muborak sura ikki xil nomlanib kelmoqda agar sura "Mujodila" deb nomlansa "tortishuvchi ayol" "Mujodala" deb nomlansa "tortishuv" deb tarjima qilinadi. Ikkala holatda ham Xavla bitni Sa'labaning shaxslarga ishora qilingan bo'ladi. Odatda "Mujodala" nomi ko'proq ishlatiladi. Bu surani o'rganish davomida Alloh taolo mo'min-musulmonlarning hayotiy ishlariga bevosita aralashib ularning noto'g'ri ishlarini tuzatib turganini guvohi bo'lamiz. Ya'ni oilaviy ishda er-xotin o'rtasida bo'ladigan muomalada Alloh taolo oyatlar bilan tuzatishlar kiritib turganini ko'ramiz. Islomdan avval arablarning johiliyat tizimida er xotiniga "sen men uchun onamning belideksan" deb aytsa oralaridagi er-xotinlik aloqalari abadiy barbod bo'lardi. Ushbu sura mana shunda voqealardan azob chekkan xalqni qiynab kelayotgan bir yukdan xalos etdi. Imom Ahmad ibn Hanbal Payg'ambarimiz alayhisalomning jufti halollari Oisha onamizdan quyidagi rivoyatni keltiradilar. Bu voqea bilan Oisha onamiz Alloh taolo har bir narsani eshitib turuvchi ekanligiga yana bir bor amin bo'lganligini aytadilar. Bu suraning nozil bo'lishida Xavla bitni Sa'laba va uning turmush o'rtog'i Avs ibn Somitning orasida kelib chiqqan janjal sabab bo'lgan. Xavla bitni Sa'labaning turmush o'rtog'i achchiq ustida "sen men uchun onamning belideksan" deb yuboradi va hovuri bosilgach bu ishidan qattiq pushaymon bo'ladi. Shunda Xavla bitni Sa'laba Payg'ambarimiz Muhammad sallollohi alayhi vasallamning oldiga kelib "Endi men erimga harommanmi" deb so'raydi. Shunda Payg'ambarimiz "Sen unga harom bo'libsan" deydi. Ayol esa hech to'xtamasdan tortishaverdi. Rasululloh sallollohi alayhi vasallam unga "Harom bo'libsandan" boshqa gapni aytmadilar va "Sening to'g'ringda biror amr kelgani yo'q" dedilar. Shunda ayol boshini osmonga ko'tarib "Allohim O'zingga yolboraman Payg'ambarning tiliga mening mushkulimni oson qiluvchi oyatlarni nozil qil" dedi. Payg'ambarimiz shunda jim bo'lib qoldilar. Vahiy tushganda bo'ladigan holat yuzaga keldi. Bir muddatdan keyin u zot muborak boshlarini ko'taradilar-da Alloh taolo sen va sening ering haqida oyat nozil qildi dedilar. Bu qissadan johiliyat qonunlari o'sha davr kishilarga qanchalik qiyin bo'lgani ko'rinib turibdi. Zihor qilganlarga gunohini yuvish uchun moliyaviy ibodatni ya'ni kafforatni joriy etadi. Unga ko'ra zihor qilganlar bir qulni ozod etishi kerak. Agar bunga qurbi yetmasa ikki oy ketma-ket ro'za tutishi lozim. Unda ham iloji bo'lmasa oltmish miskinni to'yg'azishi zarur bo'ladi. So'ngra sura bir-birlari bilan pichirlashib gaplashish odoblarini o'rgatadi. Chunki o'sha davrda yahudiy va munofiqlar o'zaro suhbatdagi fikrlari bilan mo'min-musulmonlarga ozor berishardi. Alloh taolo o'zining mo'min bandalarini ularga o'xshamaslikka, g'iybatdan yiroq yurishga chaqiradi. Surada yahudiylarning so'z o'yini qilib, makkorlik bilan xuddi salom berganda o'xshab, aslida esa yomonlikni ifoda qiluvchi so'zlarni aytishlarini ham Alloh taolo bayon qiladi. Bu esa Allohning har bir zararli va botiniy narsalarni ko'ruvchi va biluvchiligiga dalolatdir. Munofiqlar haqidagi oyatlar kelganda esa ularning yahudiylar bilan do'stlik aloqalarini o'rnatganliklarini va musulmonlarning sirlarini ularga yetkazib turganliklari haqida xabar beriladi. Surada Alloh taolo har bir barsani xoh botiniy bo'lsin, xoh zohiriy bo'lsin barcha narsalarni ko'rib va bilib turguvchi zot ekani dalillangan hamda isbotlangan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Hashr" surasi madinada nozil bo'lgan 24 oyatdan iborat. "Hashr" - ko'chirish, yashab turgan joyini tark etkazib, ikkinchi bir shaharga chiqarish kabi ma'nolarni anglatadi. Bu sura yahudiylarning xiyonatlari avj olgan bir paytda nozil bo'lgan. Bu sura Bani Nazir qabilasining Yasrib (Madina shahrining eski nomi)dan ko'chishi haqida. Payg'ambarimiz Madina shahriga ko'chib kelganida Bani Nazir qabilasi bilan qo'shni bo'ladilar va bu qabila avval do'st tutinib, keyinchalik Quraysh qabilasi bilan til biriktirib Payg'ambarimizga qarshi fitna qiladilar. Bani Nazir qabilasi Payg'ambarimiz ustiga tomdan kelib katta xarsangtosh tashlab o'ldirmoqchi bo'ladilar va buni Jabroil alayhissalom Rasulullohga yetkazadi. Yahudiylarning bunday hiylasidan keyin Payg'ambarimiz ularga urush ochishga ahd qiladi. Yahudiylarning qo'rg'oni mustahkam bo'lib, uni zabt etish mushkul ish edi. Rasululloh avval ularning xurmolarini kesib, qo'rg'on atrofiga uyishlarini keyin esa unga o't qo'yishga buyuradilar. Yahudiylarda ikkita yo'l biri Rasulullohning aytganlarini qilish, keyingisi qo'rg'ondan chiqib urushish yo'li qolgan edi. O'n kunlik qamaldan so'ng yahudiylar qo'rg'onlaridan chiqishdi va Rassulullohadn kechirim so'rashadi va Yasribdan ketishga izn so'rashadi. Ularning ba'zilari Xaybarga, ba'zilari esa Shomga jonab ketishadi. Sura oxirida Alloh taoloning oliymaqom sifatlari-yu go'zal ismlari zikr qilinadi.

XULOSA

Xulosa sifatida aytish mumkinki, Islomning dasturi bo'lmish Qur'oni Karimdagi oyatlar va ularning tafsirini har bir mo'min yaxshi bilmog'i lozim. Islomni va uning ahkomlarini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun ushbu dastur juda manfaatli bo'ladi deb o'ylayman. Chunki bu asarni Qur'oni Karimning bundan oldingi tafsirlari va qisqa holatlarda uchraydigan sharhlari hamda bugungi kundagi yangi bilimlarni o'zida jamlagan mukammal asrlardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Allohning ismlar va kalomi o'zgarmas ekanini har bir musulmon bilmog'i zarur. Bugungi kunda yosh avlod orasida G'arb mamlakatlari madaniyatiga taqlid qilayotganlar ham afsuski topiladi. Zamonaviylik deb milliy urf-odatlar va qadriyatlaimizni unutib yuborayotganimiz ayni haqiqat. Shu bilan birga Islomni ezgulik, adolat va haqiqat sifatida tan olib, unga ergashayotgan yoshlarimizning ham borligi quvonarli hol, albatta.

Ushbu asardan Qur'oni Karimning nozil bo'lishidan tortib uning qay holatda nozil bo'lishi, Qur'onning mo'jizakorligi, Qur'onni qanday o'qish lozimligi, Qur'onning insonlarni ojiz qoldirishi haqida mufassal to'xtalgan. Kalomullohda kelgan suralarning turlari va undagi mavzular yuzasidan aniq, isbotlangan va dalillangan ma'lumotlarni kitobxonga tushunarli bo'lishi uchun turli rivoyatlar bilan asoslab berilgan. Kitob olti juzdan iborat bo'lib, asar so'ngida muallif nihoyatda kamtarlik bilan bundan oldin yozilgan tafsirlardan foydalangani hamda ushbu dasturni chop etishda taniqli ulamolardan maslahat so'ragani va "Asardagi yutuqlar faqat Allohning tavfiqi, kamchiliklar bo'lsa kaminaning xatolari deb biling" deya kitobxondan uzr so'rab, mazkur dasturga qo'l urganligini aytadi. Tafsirxon kitobni o'qish jarayonida hech qandan notanish yoki tushunarsiz so'zlarga duch kelmaydi. Chunki muallif buni ham inobatga olgan holda oddiy, sodda tilda ta'bir joiz bo'lsa, so'zlarning lug'aviy ma'nolarini keltirib o'tgan.

Asar Qur'oni Karimning mo'jizakorligini, Allohning borligi va birligini, Qur'onning ilohiy kitob ekanligini, Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam Allohning rasuli ekanligini, qiyomat haqligini, inson vafotidan keyin qayta tirilib qilgan qilmishlari uchun hisob berishini, namoz va ro'za farz ekanligini Qur'ondagi oyatlarning tafsiri bilan yanada nozikroq ma'nolarini ochib bergan holda yozilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Qur'oni Karim

2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Tafsiri Hilol" 6 juzlik. "Hilol nashr" T., 2022.

3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Baxtiyor oila". "Hilol nashr" T., 2022.

4. Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy "Sahihul Buxoriy". T., 1973.

5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Mo'minning me'roji". "Hilol nashr" T., 2018.

6. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Keksalarni e'zozlash". "Hilol nashr" T., 2021.

7. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Hadis va Hayot".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.