Научная статья на тему 'RIVOJLANGAN DAVLATLARNING TALABALAR KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIK ATAMALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH TAJRIBALARIDAN AMALIYOTDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI'

RIVOJLANGAN DAVLATLARNING TALABALAR KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIK ATAMALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH TAJRIBALARIDAN AMALIYOTDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
atamalar / nofilologik / talabalar / kompetentlik / sharh / izohlar / pedagogik ensiklopediya / pedagogika.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mavlanov Shavkat Yusupovich

Maqolada rivojlangan davlatlarning pedagogika sohasidagi nofilologik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini pedagogik atamalar asosida rivojlantirishga oid tajribalaridan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari ta'kidlab o‘tilgan. Shuningdek, pedagogik atamalarning kashf etilishi, dastlabki darslik va qo‘llanmalarning tarjima qilinishi va yaratilishiga oid manbalar qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RIVOJLANGAN DAVLATLARNING TALABALAR KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIK ATAMALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH TAJRIBALARIDAN AMALIYOTDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

RIVOJLANGAN DAVLATLARNING TALABALAR KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIK ATAMALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH TAJRIBALARIDAN AMALIYOTDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Mavlanov Shavkat Yusupovich

tadqiqotchi, NamDPI https://doi.org/10.5281/zenodo.11505903

Annotatsiya. Maqolada rivojlangan davlatlarning pedagogika sohasidagi nofilologik yo'nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini pedagogik atamalar asosida rivojlantirishga oid tajribalaridan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari takidlab o'tilgan. Shuningdek, pedagogik atamalarning kashf etilishi, dastlabki darslik va qo'llanmalarning tarjima qilinishi va yaratilishiga oid manbalar qayd etilgan.

Kalit so'zlar: atamalar, nofilologik, talabalar, kompetentlik, sharh, izohlar, pedagogik ensiklopediya, pedagogika.

Oliy ta'lim muassasalarida talabalarni har tomonlama rivojlantirish, ta'lim-tarbiya jarayonlarida pedagogik atamalarning shakillanish va amaliyotda qo'll anilishi masalalarida keng ko'lamli tadqiqotlar amalga oshirilayotgan. Biroq, nofilologik yo'nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini pedagogik atamalar asosida rivojlantirishda ularning shakillanish tarixi va amaliyotda qo'llanilishi masalasi alohida tadqiqot sifatida chuqur o'rganilmagan. Pedagogik atamalarning shakillanish tarixi va ularni amaliyotda qo'llashni takomillashtirish pe-dagogik muomaladagi kiyinchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Shu bilan bir katorda pedagogik mazmundagi matnlarni tushunishni osonlashtiradi. Pedagog va tadkikotchilar pedagogik xodisa xamda vaziyatlarni tavsiflashda ushbu atamalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Ushbu atamalardan foydalanishda ularning xar biri kanday ma'noda iste'mol kilinishidan qat' i nazar nofilologik yo'nalishi talabalari uchun qulay va tushunarli bo'lishi muhim ahamiyatga ega.

Ushbu muammoning turli jihatlariga bag'ishlangan ko'plab monografik asarlar va maqolalarni o'rganib chiqish asosida tarixiy yondashuvlar asosida pedagogik atamalarning shakillanish tarixi va amaliyotda qo'llanilishiga oid turli tadqiqotlar tahlil etildi. Turli muammolariga oid adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, pedagogika nazariyasining ikkita muhim jihati tadqiqotchilar nuqtayi nazaridan chetda qolib ketgan. Ular:

- pedagogik atamalarning shakillanish tarixini o'rganish va amaliyotda ilk qo'llanilishini aniqlashtirish;

- zamonaviy pedagogik atamalarining qo'llanilishini aniqlashtirish va tuzatishga yondashuvlarni ishlab chiqish.

Bu jihatlarni har tomonlama anglab yetmasdan va tahlil qilmasdan turib, pedagogikaning zamonaviy atamalarini amaliyotda qo'llash va milliy pedagogika nazariyasini rivojlantirishni ilmiy asoslab bo'lmaydi. Tarixiy yondashuvlar asosida pedagogik atamalarning shakillanish tarixi va amaliyotda qo'llanilishi jarayonini o'rganish, zamonaviy milliy pedagogikani rivojlantirish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Pedagogik atamalar mazmunini takomillashtirish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar bilan bog'liq holda pedagogik atamalarning yangi mazmun-mohiyatga ega bo'lishiga asoslangan holda yondashish, bunda mazkur atamalarning boshqa tillarda qay shaklda qo'llanishi va qanday mazmun-mohiyat kasb etishini o'rganish va o'zaro qiyoslash muhimdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Bugungi kunga qadar qator xorijiy mamlakatlarda turli davrlarda pedagogik atamalarning mazmuni bo'yicha izlanishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Rijov A.N., Romansev G.M., Fedorov V.A., Osipova I.V., Tarasyuk O.V., Koshkina Ye.A., Orudjaliyeva A.S. kabi rus pedagog olimlari pedagogik atamalarning aniq tasnifini belgilash, pedagogik terminologiyani tizimlashtirish va uning tasnifini yangi asoslarda qurishga oid masalalarni ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, ular tomonidan pedagogik terminlarning shakllanishi va taraqqiyoti masalalari ham tadqiq etilgan [4].

Rus pedagog olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar

Yillar kesmida Rossiya olimlari Pedagogik atamalarga oid tadqiqotlar

XX asrning 1968 yillarda I.M.Kantor Xorijiy va mahalliy pedagogik lug'at-ensiklopedik adabiyotlarni batafsil tahlil qilgan

IX-XIII asrlarda S.D.Babishin Qadimgi Rossiyada maktab va ta'limni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari

XVIII asrning birinchi choragida Ye.A.Koshkina Rossiyada keng tarqalgan pedagogik atamalar majmuasini ajratib ko'rsatadi

1917-1931 yillarda L.I.Atlantova Rossiya pedagogikasining "tarbiya", "ta'lim", "o'qitish" atamalarini izohlash bilan bog'liq izlanishlarini jarayonlarga tadqiq etagan

50-80-yillarda D.A.Krechko Pedagogikada "ta'lim" toifasiga oid masalalarni tadqiq etgan

XIX asrning 30-yillari XX asrlarning boshlarida I.K.Karapetyan Ilmiy va o'quv-uslubiy adabiyotlarda pedagogik atamalarning amaliyotda qo'llanilishiga oid tahlillar ko'rib chiqilgan

1980-yillar V.S.Bezrukova, Yu.V.Slozhenikin a, E.L.Xristova, V.S.Shapovalova Rus pedagogikasining terminologiya bo'limidagi muammolarni yoritishga xissa qo'shgan

90-yillar I.V.Kicheva Pedagogik terminologiyani tizimlashtirish va tasniflash bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borgan

XVIII-XX asrlarda R.M.Tagiyeva "Xalq ta'limi" va "Ta'lim muassasalari" atamalarining paydo bo'lish jarayoni hamda ularning rus tilida rivojlanishiga xissa qo'shgan

X-XX asrning o'rtalarida Rossiya bu davrlarda rus pedagogik tushunchalarning rivojlanish jarayonini tahlil etilgan va pedagogik atamalarning rivojlanishi muammosiga bag'ishlangan maxsus tarixiy-pedagogik tadqiqotlar ustida izlanishlar olib borishgan. O'z davri uchun rus pedagogik terminologiyasi va rus tilining rivojlanishi juda muhim masala bo'lgani bois, qator pedagogik tushunchalarni ishlab chiqishda davomiylikni kuzatish imkonini berargan. Xususan, 1968 yilda I.M.Kantor [6] XVIII-XX asrlar oxirida xorijiy va mahalliy pedagogik lug'at-ensiklopedik adabiyotlarni batafsil tahlil qilgan. Muallif XVIII asrda "tarbiya", "ta'lim", "ma'rifat" va boshqa bir qator pedagogik atamalarning paydo bo'lgan davri ekanligini ta'kidlagan. Shunga o'xshash nuqtayi nazarda, rus pedagogik terminologiyasining kelib chiqishi yevropa ma'rifati va Rossiyadagi ushbu oqimning boshqaruvchilariga qarzdor degan taxminga asoslangan edi [6]. XVII asrning o'rtalariga qadar rus tilida pedagogik atamalarning yo'qligi haqidagi qarashlar ko'p jihatdan bu davrlarda rus pedagogik terminologiyasining rivojlanishi muammosiga bag'ishlangan maxsus asarlarda izohlab o'tilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

XI-XVII asrlarda Rossiyada maktab va ta'lim tarixining umumiy muammolari bilan birga pedagogik terminologiyaning mavjudligini asoslashga qaratilgan bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Masalan, S.D.Babishining "Qadimgi Rossiyada maktab va ta'lim ni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari (IX-XIII asrlar)" [3] nomli fundamental tadqiqotida, nafaqat XI asrda shakllangan pedagogik terminologiya mavjudligini qayd etibgina qolmay, balki uning tarkibiga kirgan yigirmaga yaqin atamalarni ham sanab o'tdi. Shuningdek, XVIII asrning birinchi choragida Ye.A.Koshkina [2] Rossiyada keng tarqalgan pedagogik atamalar majmuasini ajratib ko'rsatadi va ilmiy pedagogika nazariyasining tashkil etilishi bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borgan. L.I.Atlantova [6] ham 1917-1931 yillarda Rossiya pedagogikasining "kommunistik ta'lim" fani sifatida shakllanishi davrida "tarbiya", "ta'lim", "o'qitish" atamalarini izohlash bilan bog'liq izlanishlarini jarayonlarga tadqiq etadi. 50-80-yillarda pedagogikada "ta'lim" toifasiga oid masalalarni D.A.Krechko o'zining tadqiqot ishlarida o'rganib chiqadi. XIX asrning 30-yillari XX asrlarning boshlarida I.K.Karapetyan [2] tomonidan ilmiy va o'quv-uslubiy adabiyotlarda pedagogik atamalarning amaliyotda qo'llanilishiga oid tahlillar ko'rib chiqilgan.

1980-yillar rus pedagogikasining terminologiya bo'limidagi muammolarni yoritishga xissa qo'shgan rus olimlaridan V.S.Bezrukova, Yu.V.Slozhenikina, E.L.Xristova va V.S.Shapovalovalarning izlanishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, 90-yillarda I.V.Kicheva [5] pedagogik terminologiyani tizimlashtirish va tasniflash bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borgan. XX asrda uning tasnifini yangi asoslarda qurishga harakat qilindi. Pedagogik terminologiyaning rivojlanishi filolog olimlarning ham ilmiy qiziqishlariga sababchi bo'lgan. Xususan, XVIII-XX asrlarda R.M.Tagiyevaning ilmiy izlanishlarida "xalq ta'limi" va "ta'lim muassasalari" [1] atamalarining paydo bo'lish jarayoni hamda ularning rus tilida rivojlanishini ko'rish mumkin.

Pedagogikaning metodologik asosi sifatida ushbu muammoga, xususan, rus pedagogikasining konseptual va kategorik apparatining hozirgi holati muammosiga qiziqish 1990-yillarning boshidan boshlab sezilarli darajada o'sdi. Bunday qiziqish, "marksistik-leninistik ta'limot" hukmronligi rad etilgandan keyin rus pedagogika nazariyasining yangi uslubiy asoslarini izlash bilan bog'liq edi.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, rus tilida turli davrlarda yaratilgan bir necha variantdagi pedagogik lug'at va ensiklopediyalar mavjud. Ularda ayni bir atamaning mazmun jihatdan o'zgarib kengayganligi tadrijiy tarzda o'z ifodasini topgan. Biroq o'zbek tilida pedagogik atamalar turli davrlarda har xil mazmun mohiyatga ega bo'lib kelayotgan bo'lsa-da, ularning maxsus tadqiq etilgan ilmiy izlanishlar soni cheklangan. Natijada ayni bir atama mutaxassislar tomonidan turlicha sharhlanmoqda. Aksariyat hollarda esa ularning ma'nosi noto'g'ri talqin etilmoqda. Pedagogik atamalar ilmiy jihatdan to'g'ri tavsiflanishi, ularning barcha ma'nolari izohlanishi lozim. Pedagogik atamalarni batafsir o'rganish va tadqiq etish zaruriyati dolzarb masalalardan biridir. Pedagogik atamalarning ilmiy jihatdan rivojlanishi va ommalashishida mazkur tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Борисова Л.И. Лексико-стилистические трансформации в англо русских научно-тех ни ческих переводах (Метод. пособие). - М.: ВЦП, 1981. - 168 с.

2. Дорохова Т.С. Богуславский М.В. Эволюция отношения российского общества к инвалидности в XX-XXI вв. понятийно-терминологический аспект / Понятийный

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

аппарат педагогики и образования: сборник научных трудов. - Екатеринбург: УГПУ, 2020. - 80-89 с.

3. Кошкина Е.А. Понятийно-терминологический аппарат педагогики как предмет историко-педагогического исследования. // Образование и наука. 2012 № 5 (94) С. 8395.

4. Оруджалиева А. С. Лингвистические особенности педагогических терминов в Азербайджанском языке: автореферат дис. ... кандидата филологических наук: 10.02.02 / Азерб. пед. ин-т.- , 1990.- 19 с.

5. Профессионально-педагогические понятия: Слов. / Сост. Г.М.Романцев, В.А.Федоров, И.В.Осипова, О.В. Тарасюк; Под ред. Г.М. Романцева. - Екатеринбург: Изд-во Рос. гос. проф.-пед. ун-та, 2005. - 456 с.

6. Рыжов А.Н. Генезис педагогических понятий в России в XI - XX вв. Монографии, 2012. 290 стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.