Научная статья на тему 'TALABALAR KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIK ATAMALAR VA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA RIVOJLANIRISH'

TALABALAR KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIK ATAMALAR VA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA RIVOJLANIRISH Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
30
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Atamalar / pedagogika / rivojlantirish / nofilologik / talabalar / morfologik / tasnif / izohlar / tavsiflar / komponent.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Mavlanov Shavkat Yusupovich

Maqolada nofilologik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini pedagogik atamalar asosida rivojlantirishga oid fiklar va xorijiy tajribalar, olimlarning tahlillari qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALAR KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIK ATAMALAR VA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA RIVOJLANIRISH»

TALABALAR KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIK ATAMALAR VA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA RIVOJLANIRISH Mavlanov Shavkat Yusupovich

Namangan davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10676455

Annotatsiya. Maqolada nofilologik yo'nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini pedagogik atamalar asosida rivojlantirishga oidfiklar va xorijiy tajribalar, olimlarning tahlillari qayd etilgan.

Kalit so'zlar: Atamalar, pedagogika, rivojlantirish, nofilologik, talabalar, morfologik, tasnif, izohlar, tavsiflar, komponent.

Dunyoda ilm-fan, ilm-ma'rifat, texnika va texnologiya tarakkiy etib borar ekan, yangi g'oyalar, yangi qarashlar, yangi atamalar paydo bo'lib boraveradi. Pedagogikada yangi atamalarning kirib kelishi esa ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi yangi imkoniyatlar va rivojlanishlar uchun muhim axamiyat kasb etadi. Shuningdek, o'ziga xos qiyinchiliklarni ham paydo qilishini inkor etib bo'lmaydi. Atamashunoslik yangi so'z yasash, so'zlarga yangi ma'nolarni singdirish, ba'zi tushunchalarning leksikalashuvi, so'z birikmasining semantik bir butun xolga kelib qolishi, boshqa turli tillardan so'z olish va so'z yasash kabilar asosida taraqqiy etib bormoqda. Nofilologik yo'nalishi talabalarini bo'lajak yosh mutaxassislar sifatida pedagogik atamalardan foydalanishi, to'g'ri izohlay olishi, kasbiy faoliyatlarida uning ma'naviy-ma'rifiy imkoniyatlari kabi masalalariga oid ko'pgina tadkikotlar olib borilgan bo'lsa-da, mazkur masala o'zining etarlicha tasdig'ini topgan, deyolmaymiz.

Pedagogik atamalar yangiligi va ularning izohiga ta'sir qiluvchi omillar tufayli umumiy xarakterga ega. Shuningdek, pedagogik atamalar uchun qo'yiladigan talablar va ma'lum bir izohni tanlashga ta'sir kiluvchi omillarga e'tibor berish zarur. Atamalar izohlanishida ba'zi an'analarni o'rganib chiqib, izohlar uchun eng muvaffakiyatli va umuman foydalanilmaydigan variantni tahlil qilish mumkin. Hozirgi kunga qadar "atama"ning umumiy kabul kilingan ta'rifi mavjud emas. Bu borada pedagogik atamani ta'riflash bo'yicha olimlarning turli yondashuvlari mavjud. Biroq, aksariyat olimlar atama - bu ma'lum bir yoki faoliyat sohasi bilan bog'lik bo'lgan tushuncha va o'ziga xos yoki mavxum, og'zaki ravishda ifodalanuvchi sintetik shakl ekanligini ta'kidlaydi. Atamaning asosiy xususiyatlari quyidagilar xisoblanadi: ta'rifning mavjudligi, aks ettirilgan tushunchaga muvofikdigi, ko'prok ma'lumot to'yinganligi, noaniklikka moyillik, uslubiy betaraflik va ifoda etishmasligi, izchillik.

Ushbu asosiy xususiyatlardan tashkari, atamaning qo'llanish xususiyatlariga ko'ra bir qator xossalari va talablarini olimlardan K.A.Myakshin ajratib ko'rsatadi: amalga oshirish (umumiy kabul kilingan, tushunarli), variatsion barkarorlik (takrorlanuvchanlik), evfoniklik (evfoniylik talabi) [2, 112-114-b.]. Ta'kidlash kerakki, atamaning lingvistik shakli "so'zning lingvistik shaklidan farq kilmaydi", ya'ni har qanday atama morfologik, xosilaviy va sintaktik tuzilishga ega va uning shakli leksik asosli bo'lishi mumkin. Masalan, "integratsion" va "innovatsion" nuktai nazaridan "-tion" qo'shimchasi jarayonni bildiradi.

R.F.Proninaning fikricha barcha atamalar morfologik tasnifiga ko'ra ajratiladi. Ular quyidagilarga bo'linadi: oddiy (resistance, spin); murakkab (flyweight, earthometer); atama-iboralar/ko'p komponentli atamalar (meter multiplier, computer assisted drafting machine) [4, 8-b.].

"Atama" konsepsiyasi - bu ma'lum xususiyatlarga ega bo'lgan ko'p qirrali tushuncha bo'lib, uning eng to'lik tasnifi Vladimir Moiseevich Leychik tomonidan atamalar tipologiyasi sifatida berilgan bo'lib, turli xil xususiyatlarga ko'ra quyidagilarni ta'kidlaydi:

I. Atamalarning eng muhim belgilariga ko'ra tasnif: toifali atamalar, umumiy ilmiy va umumiy texnik atamalar, tarmoklararo atamalar, maxsus atamalar.

II. Atamalarni individual xususiyatlariga ko'ra tasnif: mazmunli, rasmiy, funksional, til ichki va tashki omillarga asoslangan atamalar [1, 256-b.].

Turli xil asoslardagi tasniflarning ko'pligi ilmiy adabiyot tilida juda ko'p atamalar mavjudligidan dalolat beradi. Birok, ularning soni nafakat tasniflashni, balki tarjimani xam talab kiladigan yangi atamalar bilan doimiy ravishda to'ldirilib boriladi.

Barcha uslubdagi matnlar, ayniksa ilmiy va texnik matnlarni izohlashda atamashunoslar ko'p xollar duch keladigan muammo bu - yangi atamalarni maqsadga muvofiq izohlay olishdir. Bunday matnlarni ihzohlash bilan shug'ullanadigan mutaxassis atamalarni izohlashda uning o'ziga xos xususiyatlarini xisobga olish zarur. Atamashunoslarda uchraydigan muammolar an'anasi, xususan, atamalarga beriladigan izohlar va uning o'ziga xos xususiyatlari bo'yicha quyidagilar alohida ahamiyatga ega. Jumladan, atamalar izohlanish jarayonida atamashunos o'zining kompetensiyasiga alokador bo'lmagan tavsiflash qiyinchiliklariga duch kelishi mumkin. Mazkur muammolarni Kristian Nord to'rt toifaga, ya'ni pragmatik, ma'naviy-ma'rifiy, lingvistik va matnga xos muammolarga ajratadi [3, 521-b.]. Ushbu muammolar echimini topish uchun atamashunosdan anik tavsif strategiyasini qo'llash talab kiladi.

Pragmatik muammolar asosan asliyat va izohlanadigan matndan tashqari omillardagi farq tufayli kelib chikadi. Ular idiomatik iboralar, so'zlar, kinoya, hazil yoki ma'naviyat-ma'rifatga bog'lik atamalarda uchraydi. Tavsiflash yoki izohlashda ma'naviy-ma'rifiy muammolar, o'z navbatida unga o'zaro bog'lik bo'lgan tushunchalardagi farqlardan kelib chikadi. Bunga konvensiyalar, matn turi va janr konvensiyalari, nomlanishlar, festivallar yoki ma'naviy-ma'rifiy mazmundagi misollar sabab bo'ladi. Lingvistik, o'zga tillar yoki lisoniy tarjima muammolari lug'at yoki sintaksisdagi tarkibiy farqlardan kelib chikadi. Atamalarni tarjima tilida turli xil ma'no va ta'sirga ega bo'lgan asliyat tili iboralarining bir nechta variantlarini yaratishga imkon beradigan xolatlar mavjud. Matnga xos muammolar esa ma'lum bir matnni izohlashda, muallifning uslubi va uning umumiy konvensiyalarni qabul qilish darajasida paydo bo'ladi. Bu jarayonda atamaning izohi muammolarga, so'z o'yinlari, qofiya, alliteratsiya yoki ritorik konstruksiyalar kiradi.

Atamalar bo'yicha ko'plab olimlar va nazariyotchilar atamalarni izohlash, tavsiflashga oid muammolar uchun keng strategiyalarni taklif kilishlariga karamay, tegishli tarjimani topish har doim ham oson emas. Pragmatik izohlash muammolarni hal qilish uchun qiskacha ma'lumotga murojaat qilish tavsiya etiladi. Pedagogikaga oid atamalarni izohlash yuzaga kelganda, parallel atamalar bilan tanishish uchun parallel matnlar bilan ishlab, korpus yaratish kerak bo'ladi. Atamashunoslik muammolari ixtisoslashtirilgan lug'atlar yoki ma'lumotlar bazalariga murojaat qilish yo'li bilan hal qilinishi mumkin, matnga xos bo'lganlari esa ijodkorligini talab kiladi.

Ta'kidlash joizki, atamashunoslikda odatda aloxida so'zlar yoki iboralar bilan emas, balki matnlar bilan ish yuritiladi. Ko'pincha ular shu vaziyatdagi va pedagogikaga oid matnlar bilan ishlashga majbur bo'ladi [5]. Tavsiflanadigan matn kommunikativ bo'lishi Bogrande, Dressler va Noyber kabi olimlar tomonidan ta'kidlangan. Atamalarni izohlashda ettita matn me'yorlari talabiga javob berishi kerak. Ular: vaziyat, maqsadlilik, maqbullik, axborotlilik, interteksttuallik, izchillik va bog'liqlik. Ushbu me'yorlar gazeta va jurnal makolalaridagi matnlarning izohlanishi uchun ishlab chikarilgan. Binobarin, asliyat matn izohlangan matnga olib o'tilishida yangi

kontekst ustida mustakil ravishda ishlash, shuningdek, biroz o'zgarishning amalga oshirilishi va matnning ettita me'yorlarini o'zida namoyish etishi zarur.

Pragmatik muammolar asosan asliyat va izohlangan matnning kommunikativ vaziyatlari o'rtasidagi qarama-qarshilikdan kelib chiqadi Odatda bu qarama-qarshilik, makon, vakt yoki atama manzil bilan bog'lik bo'ladi. Shaffner o'z asarida "makon, vaqt bilan bog'lik axborotlar, tashkilot va muassasa nomlari atoqli otlar, pedagogikaga oid atamalarni izohlash asosiy muammolardan" [5], ekanligini ta'kidlaydi. Pedagogik atamalar bilan bog'lik bo'lgan tashkilotlar yoki ma'rifiy-ma'naviy yo'nalishga xos bo'lgan atamalar ko'pincha asliyat tiliga taallukli buladi. Ba'zan, muassasalarning tegishli nomlari ularga mos keladigan me'yoriy terminlarga ega bo'ladi, ammo tegishli atama yoki iborani topishi kerak bo'lgan bir necha xolatlar mavjud bo'ladi. Masalan, "Namangan davlat universiteti" atamasi mavjud. Ushbu birikma atama turdosh va atokli otning o'zaro birga qo'llanishi natijasida yuzaga kelgan. Mazkur atamani oddiygina "NamDU" deb izohlansa, atamaning o'ziga xos ma'rifiy-ma'naviyligi yo'qolishi mumkin. Undagi o'ziga xoslikni saqlab qolish uchun ekstralingvistik bilim va qo'shimcha axborot manbalaridan ma'lumotga ega bo'lishlik talab etiladi.

Xulosa. Hozirda yangi zamonga iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ilm-fan va ma'naviy-ma'rifiy kabi sohalar bilan bog'liq bo'lgan chet so'zlar, ya'ni "Atmalar" kirib kelmoqda. Nofilologik yo'nalishi talabalari kelgusida yosh mutaxassislar sifatida bugungi pedagogik atamalarni anglashi, turkiy tilni rivojlantirishi, pedagogik salohiyatlarini oshirishi uchun pedagogik atamalarga oid yirik lug'atlar va ilmiy asarlar zarur. Pedagogik atamalar va tushunchalarning barcha ta'lim boskichlari uchun yagona standart shakllarini ishlab chikish va amaliyotga joriy etish orkali atamalar hamda tushunchalar bilan bog'liq muammolarning bartaraf etilishi talaba-yoshlarning pedagogika fanidan egallaydigan bilim, malaka va ko'nikmalarni rivojlantirishga ijobiy ta'sir kiladi.

REFERENCES

1. Leychik V.M. Terminovedenie: predmet, metodbi, struktura. 4-e izd., ispr. i dop. - M.: LIBROKOM, 2006. - 256 s.

2. Myakshin K.A. K voprosu ob osnovnbix priznakax termina // Almanax sovremennoy nauki i obrazovaniya. № 8. - Tambov, 2009. S. 112-114.

3. Nord C. Text Analysis in Translation. - Amsterdam, New York: Rodopi, 2005. - P. 521.

4. Pronina R.F. Perevod angliyskoy nauchno-texnicheskoy literaturbi. 3-e izd., pe-rerab. i dop.. - M. : Vbisshaya shkola, 1986. - S. 8.

5. Schaffner C and Wiesemann U. Annotated Texts for Translation: English-German. Clevedon, Buffalo, Toronto, Sydney: Multilingual Matters Ltd, 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.