Научная статья на тему 'TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA NUTQIY MASHQLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI'

TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA NUTQIY MASHQLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
18
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kommunikativ kompetensiya / nutq mashqlari / kommunikativlik dunyoqarashi / mashqlar tipologiyasi / muloqotchanlikni oshirish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Bazarbayeva Azizaxon Shokirovna

Mazkur maqolada kommunikativ kompetentlik tushunchasining mazmun-mohiyati, lug‘atlarda ta’riflanishi, pedagogik ahamiyati va uni shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimining imkoniyatlari va mavjud holati tadqiq etilgan. Shuningdek, kommunikativlik dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari, qonunchilik normalarining amaliyotdagi holati ham yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA NUTQIY MASHQLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA NUTQIY MASHQLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK

ASOSLARI Bazarbayeva Azizaxon Shokirovna https://doi.org/10.5281/zenodo.11052188

Annotatsiya. Mazkur maqolada kommunikativ kompetentlik tushunchasining mazmun-mohiyati, lug'atlarda ta'riflanishi, pedagogikahamiyati va uni shakllantirishga qaratilgan ta'lim tizimining imkoniyatlari va mavjud holati tadqiq etilgan. Shuningdek, kommunikativlik dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari, qonunchilik normalarining amaliyotdagi holati ham yoritilgan.

Kalit so'zlar: Kommunikativ kompetensiya, nutq mashqlari, kommunikativlik dunyoqarashi, mashqlar tipologiyasi, muloqotchanlikni oshirish.

Abstract. This article examines the essence of the concept of communicative competence, its definition in dictionaries, its pedagogical significance, and the possibilities and current state of the educational system aimed at its formation. Also, the organizational and legal foundations of the development of communicative worldview and thinking, and the state of legal norms in practice are also covered. For this purpose, it is appropriate to clarify the content of the concept of competence first.

Keywords: Communication competence, speech exercises, communication worldviews, exercise typology, improving communication.

Аннотация. В данной статье рассматривается сущность понятия коммуникативной компетенции, ее определение в словарях, ее педагогическое значение, а также возможности и современное состояние образовательной системы, направленной на ее формирование. Также освещены организационно-правовые основы развития коммуникативного мировоззрения и мышления, состояние правовых норм на практике.

Ключевые слова: Коммуникативная компетентность, речевые упражнения, коммуникативные мировоззрения, типология упражнений, совершенствование коммуникации.

Bugungi kunda talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash tizimida kommunikativ bilim va ko'nikmalarni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish va bu boradagi ta'limiy islohotlarni jadallashtirishga doir ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatimizning barcha sohalarida o'tkazilayotgan islohotlar uzluksiz ta'lim tizimiga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Yangi O'zbekistonda yosh avlodni muloqotchanlik va kreativlik asosida tarbiyalash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylanishi bejiz emas.

"Kompetensiya" atamasi birinchi marta AQSH Massachusets universitetida XX asrning 60-70 yillarida Noam Chomskiy tomonidan "til kompetensiyasi" (language competence) orqali amaliyotga kiritilgan va unga quyidagicha ta'rif berilgan: "Kompetensiya - tilni qo'llash jarayonidagi faoliyatga yo'nalgan bilim, malaka va ko'nikmalar majmui"dir . Ayrim manbalarga ko'ra, 1959-60 yillarida R.Uayt asarlarida "Kompetensiya - inson hayoti shaxs motivatsiyasiga (motivation reconsidered the concept of competence) asoslangan yaxlit konsepsiya" sifatida talqin qilingan . Shunday qilib, Yevropada bu atama 1970-yillarda qo'llana boshlandi.

Pedagogikadan atamalar lug'atida "kompetensiya — u yoki bu soha bo'yicha bilimdonlik" sifatida tarif berilgan bo'lsa, O'zbekiston milliy ensiklopediyasida "kompetensiya — 1) muayyan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

davlat organi (mahalliy o'zini o'zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba" sifatida tariflanadi.

Kompetensiya atamasi lug'aviy jihatdan bevosita chuqur bilimga asoslangan qobiliyat, layoqatlilik darajasini anglatadi . Mazmunan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish"ni bildiradi. Umuman olganda, "kompetensiya" va "kompetentlilik" tushunchalariga berilgan ta'riflarda kompetensiya muayyan faoliyatda talab qilinadigan xulq-atvor, o'zini tutish, kompetentlilik esa ushbu talabga moslik darajasi, ya'ni kompetensiyani namoyish qilishning pirovard natijasi deb talqin qilinadi.

Kompetentlilik tushunchasi (lotinchadan competenlia, compete so'zidan olingan bo'lib — "birgalikda erishaman, qozonaman, mos kelaman, to'g'ri kelaman" degan ma'noni bildiradi) lug'atlarda esa "nimadir to'g'risida fikr yuritishga yo'l beradigan bilimlarga ega bo'lish", "xabardor bo'lmoq, huquqli bo'lmoq" degan ma'noni bildiradi. Amalda barcha lug'at tuzuvchilar "kompetentlik" va "kompetensiya" kategoriyalarini chegaralab qo'yadi. Kompetentlik ta'rifi o'xshash va bir-birini o'rnini egallaydi (to'ldiradi), shu bilan bir vaqtda kompetensiya so'zi uchun yagona izohlash yo'q, bu tushuncha "vakolatlar yig'indisi (huquq va majburiyatlar) qandaydir organ yoki lavozimli shaxsning qonun, nizomlar bilan belgilab qo'yilgan ushbu organ yoki boshqa holatlar", "nimanidir to'g'risida fikr yuritishga yo'l beradigan bilimlarga ega bo'lish (egalik qilish)", "kimdir yaxshi xabardor bo'lgan savollar to'plami (sohasi)" tushuniladi . "

1.1-rasm. Kompetensiya tushunchasi mazmuni Tadqiqotlar asosida kompetensiya so'zining quyidagi ma'nolari farqlanadi: aniq vaziyatlarda bilim va ko'nikmalarni qo'llay olish qobiliyati; kasbiy standart tavsifiga mosligi; bilim, ko'nikma va malakalar (BKM), qobiliyat, motiv, shaxs, kommunikativ sifatlar va boshqa tushunchalarning umumiy yig'indisi; sifatli ishga tayyorgarligi va ko'nikmasi; lavozim vazifalariga mas'ulligi va vakolati; BKM+kasbiy muhim sifatlar; kompetensiyaning turli jihatlari; kasbiy muhim sifatlar tashkilotchilik konteksti bilan birgalikda kasbiy tajribani chuqur anglanishi; shaxsiy xususiyat, individuallik; muvaffaqiyatli faoliyatda inson omili; samarali ishlab chiqarish faoliyati mezonlari; ijodkorlik; aniq tashkilotlarda ishlab chiqarish vazifalari . Demak, kompetensiya bu - bilimlar, ko'nikmalar, malakalar, sabab omillari, shaxsiy sifatlar, maqsadli vaziyatlarning umumiy uyg'unligi hisoblanadi.

O'zbek olimi N.M.Muslimovning fikricha inglizcha "competence" tushunchasining lug'aviy ma'nosi "qobiliyat" demakdir, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko'nikma, mahorat va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi . Boshqa bir o'zbek olimi I.Alievning fikricha, kompetentlik deganda ma'lum bir egallangan kompetensiya, ya'ni ma'lum bir sifatlarning to'liq shakllangan majmui tushuniladi . Mazkur tushuncha lug'atlarda "nimadir to'g'risida fikr yuritishga yo'l beradigan bilimlarga ega bo'lish," "xabardor bo'lmoq, huquqli bo'lmoq" deya tariflanadi. "Kompetentlik ta'rifi o'xshash va bir-birini o'rnini egallaydi (to'ldiradi), shu bilan bir vaqtda kompetensiya so'zi uchun yagona izohlash yo'q, bu tushuncha "vakolatlar yig'indisi (huquq va majburiyatlar) qandaydir organ yoki lavozimli shaxsning qonun, nizomlar bilan belgilab qo'yilgan ushbu organ yoki boshqa holatlar", "nimanidir to'g'risida fikr yuritishga yo'l beradigan bilimlarga ega bo'lish (egalik qilish)", «kimdir yaxshi xabardor bo'lgan savollar to'plami (sohasi)" tushuniladi . Demak, kompetentlikning ma'nolari turli sohalarda turlicha ma'no kasb etadi. Rus olimi N.V.Tarasova bo'lsa, "kompetensiya" tushunchasini "muammoni hal etish uchun bilim va vaziyat, bilim va harakat o'rtasida aloqadorlikni ta'minlash imkonini beradigan bilim, qadriyatlar, layoqatlarga asoslangan umumiy qobiliyat" sifatida talqin etadi . Muallifning fikridan kelib chiqqan holda, kompetensiya - insonning mavjud bilim va hayotiy tajribalarga tayangan holda ma'lum bir muammoni hal etishga doir qobiliyati, degan xulosaga kelish mumkin.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, "kompetensiya" tushunchasiga berilgan aksariyat ta'riflar kasbiy ta'lim, kasbiy faoliyat bilan bog'liqlikda bayon etilgan. Biroq umumiy o'rta ta'lim bilan bog'liqlikda mazkur tushuncha innovatsiya tavsifiga ega bo'lganligi sababli, uning mohiyatini aniqlashtirishga alohida ehtiyoj mavjud.

Aslida kompetentlilik tushunchasi ta'lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai-nazardan kompetentlilik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik" ni anglatadi. Shuningdek, kompetensiyalar bilimlarni doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi. U bilimga asoslangan haqiqiy, shakllangan shaxsiy sifat hisoblanib, shaxsning intellektual va shaxsan aniqlangan ijtimoiy va kasbiy shakllanishidir. Shuningdek, u muayyan obyektlar va jarayonlar bilan bog'liq holda aniqlangan va ularga nisbatan yuqori sifatli ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo'lgan o'zaro bog'liq xususiyatlar to'plamini (bilim, ko'nikma, faoliyat usullari) o'z ichiga oladi . Demak, talabalarga nisbatan ularning ta'lim jarayonidagi tayyorgarligiga bo'lgan ma'lum bir ajratib olingan, maxsus talab hisloblanadi.

Bugungi kunda biz kommunikativ kompetentlik deb ataydigan samarali muloqot qilish qobiliyati har doim ko'plab olimlarni qiziqtirgan. Tilshunoslik, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika kabi fanlar va boshqa zamonaviy bilim sohalarida shaxslararo o'zaro munosabatlarni, shaxsning kommunikativ xatti-harakatlarini nazariy o'rganishga e'tibor qaratilgan.

Bugungi kunda kommunikatsiya tushunchasiga nisbatan berilgan qator ta'riflar mavjud bo'lib, ularning ayrimlariga to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq. Kommunikatsiya, umumiy ma'noda, xabar, har qanday ma'lumotni uzatishdir . Muloqot jarayoni inson va jamiyat hayotining muhim asoslaridan biri sifatida taqdim etiladi. Shu bilan birga, tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, muloqot jarayoni o'zini ham, uning natijasini ham anglatadi . O'z navbatida, shaxslararo muloqot ma'lumotni bir shaxsdan boshqa insonga maqsadli obyektga yoki ma'lum bir guruh obyektlariga o'tkazish jarayonidan boshqa narsa emasligidan dalolat beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Kommunikatsiya so'zi bilan o'zakdosh bo'lgan "kommunikabellik" -"muomala qilishga layoqati bor" ma'nosida, "kommunikabel" - "kirishimli, dilkash" ma'nosini bildiradi, shuningdek "kommunikativ" - ya'ni "kommunikatsiyaga oid" .

Kommunikatsiya - bu, birinchi navbatda, faoliyat usuli bo'lib, u insonlarning o'zaro muomalaga moslashishini namoyon qiladi . Demak, kommunikatsiya o'ziga xos o'zaro fikr almashish jarayoni sifatida qabul qilinishi mumkin, buning natijasida o'zaro yordam ko'rsatish va murakkablikning turli darajalaridagi harakatlar muvofiqligi ta'minlanadi. Shuningdek, kommunikatsiyani muloqotning tarkibiy qismla ridan biri sifatida belgilash mumkin. Shunday ekan, kommuniktivlik muloqot qiluvchi tomonlarning g'oyalari, fikrlari, bilimlari, his-tuyg'ularini aks ettiruvchi integral belgilar shakllanishining almashinuvi deb ta'kidlash mumkin .

Kommunikativ kompetentlik borasida olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar shuni ko'rsatadiki, aynan kompetensiyalar ta'lim va tarbiya jarayonida talabalarga nimani o'rgatish va qanday o'rgatish, nimalarni shakllantirish lozimligi muhim sanaladi. Bu jarayonda ingliz tili darslari ham bundan mustasno emas. Shu nuqtai nazardan olganda, "kommunikativ kompetentlik" tushunchasini tahlil qilish biz uchun dolzarb muammodek ko'rinadi.

Tadqiqotchi olim E.I.Litnevskaya kommunikativ kompetensiyaga nisbatan quyidagi ta'rifini ilgari suradi: "Nutq faoliyatining barcha turlarini og'zaki va yozma nutq madaniyati elementlarini, ma'lum bir yoshdagi muloqotning hayotiy sohalari va vaziyatlarida tildan foydalanishning asosiy ko'nikmalari va malakalarini o'zlashtirishdir" .

Kommunika tiv kompetentsiya

Sotsiolingvistik kompetentsiya -* Ling kompe F- »vistik ;tentsiya Pragmatik kompetentsiya

Gapirish

Fonetik kompetensiya

Yozish

Leksik kompetensiya

Yozuv

Gramatik kompetensiya

1.2-rasm. Kommunikativ kompetentsiyaning tarkibiy qismlari

Boshqa bir olim N.I.Gez kommunikativ kompetentlikni "turli ijtimoiy jihatdan belgilangan sharoitlarda tilni to'g'ri qo'llash qobiliyati" deb tushunadi . Demak, kommunikativ kompetentlik nutqni muloqotning maqsadi va holati bilan taqqoslash qobiliyatini, shuningdek, kommunikativ xatti-harakatlarning madaniy va ijtimoiy me'yorlarini hisobga olgan holda muloqotni to'g'ri yo'lga qo'yish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Shu o'rinda kommunikativ kompetentlikka nisbatan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

mukammal ta'rif M.R.Lvov tomonidan keltirib o'tilgan bo'lib, uning ta'kidlashicha, "kommunikativ kompetentlik - bu til va uning fonetik xususiyatlarini, leksik va grammatik birliklarini, stilistikasini, nutq madaniyatini, ushbu til vositalariga ega bo'lishni va nutq faoliyati turlarini bilishni bildiruvchi tushunchadir. Shuningdek, nutq, tinglash, o'qish, yozish - insonning ijtimoiy, kasbiy, madaniy talablari doirasida va kommunikativ kompetensiya tabiiy nutq faoliyati hamda maxsus tayyorgarlik natijasiga ega bo'ladi" .

Kommunikativ kompetentlik bir qator olimlar tomonidan "til yordamida o'zaro ta'sirni amalga oshirish, ya'ni suhbatdoshlar bilan muloqot qilish jarayonida o'z fikrlarini ifodalash va ulardan turli sharoitlarda foydalanish, tilshunoslik tizimini to'g'ri qo'llash qobiliyati", deb talqin qilinadi hamda nutq me'yorlari, ma'lum muloqot sharoitlariga mos keladigan kommunikativ xatti-harakatlarni afzal ko'radilar" .

A.N.Kazarsevning fikriga ko'ra, "kommunikativ kompetensiya - bu begonalarni tushunish va muloqotning maqsad, sohalar, vaziyatlariga mos keladigan nutq xatti-harakatlari orqali o'z dasturlarini yaratish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning jamlanmasidir. U nutq lingvistikasining asosiy tushunchalari - uslublar, turlar, matndagi jumlalarni bog'lash usullari va boshqalar haqidagi bilimlarni o'z ichiga oladi; matnni tahlil qilish malakalari va qobiliyatlari va muloqot qila olish qobiliyatlari - qabul qiluvchi va maqsadni hisobga olgan holda muloqotning turli sohalari va vaziyatlariga nisbatan og'zaki muloqot qilish ko'nikmalari va qobiliyatlari" .

Kommunikativ kompetensiya asosini quyidagilar tashkil qiladi: - muloqotni tashkil qilish — shaxslararo muloqot ko'nikmasi; - muloqotni, kontaktni saqlash, teskari aloqani o'rnatish; -muloqot natijalarini analiz qilish . Shunday ekan, kommunikativ kompetentlik muloqot qilish ko'nikmasi, muloqotni o'rnatish, teskari muloqot san'atini egallash va muloqot natijalarini analitik tahlil qilish ko'nikmalarini o'z ichiga oladi.

Talabalarning kommunikativ kompetentligiga nimalar kiritilishi kerakligiga ko'plab yondashuvlar mavjud. D.Xayms bu yerga diskursiv (aytilayotgan gapning ma'nosini qurish qoidalari) va strategik (suhbatdosh bilan aloqani davom ettirish qoidalari), grammatik (til qoidalari) va ijtimoiy-lingvistik (dialekt nutq qoidalari) kompetensiyalarini kiritishni zarur deb hisobladi . Tadqiqotchi A.A.Bodalyovning izohlashicha, "muloqotning kommunikativ tomoni insonlar orasida ma'lumotlar bilan o'rtoqlashishdan, muloqotning interfaol tomoni individlar orasida o'zaro hamkorlikni tashkillashdan, ya'ni nafaqat bilim va g'oyalar, shu bilan birga xatti-harakatlar bilan axborot almashinishdan..., muloqotning perseptiv tomoni bir-birlarini qabul qilish jarayonini muloqotdagi sherik deb qabul qilishi va shuning zaminida hamjihatlik munosabatidan iborat. Shaxs muloqot qilayotgan sheriklarining o'z fikri, dunyoqarashi, g'oyalarini to'la-to'kis ifodalashga psixologik sharoitlar yaratish, vositalarning boy, turli-tuman palitrasini tashkillash, adekvatlikning barcha perseptiv, kommunikativ, interfaol qirralarini egallashga yo'naltirilgan bo'lishi kerak" . Rus olimi O.Kazarseva fikricha, kommunikativ kompetentlilik "tug'ma qobiliyat bo'lmay, inson tomonidan ijtimoiy-kommunikativ tajribani egallash jarayonida shakllanuvchi qobiliyatdir. Kommunikativ-ijtimoiy tajriba, avvalo, munosabatlarni o'zgartirish mexanizmini o'z ichiga olib, nutqni stilistik jihatdan turli variantlarda qo'llashda namoyon bo'ladi. Bunday o'zgarishning asosida muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi rolli muloqotlarning o'zgarishi yotadi" . Demak, ushbu kompetentlik, murakkab kommunikativ ko'nikma va faoliyat turi bo'lib, yangi ijtimoiy ko'nikmalar, muloqot normalari va cheklovlar, bilim, urf-odatlar, etiket, odob-axloq, ta'limga xos orientatsiyalar hisoblanadi.

Chet tillarni o'qitishning pragmatik jihati talabalarning bilimlari, ko'nikmalari va qobiliyatlarini shakllantirish bilan bog'liq bo'lib, ularning bilimlari o'rganilayotgan davlatning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

etnik madaniy qadriyatlari bilan tanishish va madaniyatlararo tushunish va idrok sharoitida chet tilini amaliy qo'llash imkonini beradi. Bunday bilimlar, ko'nikmalar va qobiliyatlarning kombinatsiyasi talabalarning kommunikativ kompetensiyasidir. Muloqot konsepsiyasi odamning ilmiy va shaxslararo muloqot qobiliyatlari o'rtasida davom etayotgan urinishlar natijasidir. Kommunikativ yondashuv asosida chet tillarini o'rganish jarayonida chet tilida muloqot qilish kompetensiyasini shakllantirish yoki boshqa so'z bilan aytganda kommunikativ qobiliyatga ega bo'lish kerak. Kommunikativ yondashuv nutqning barcha turlarini ishlatish kompetensiyasini bildiradi: o'qish, tinglash, nutq (monolog, dialog), yozish.

Chet tilida muloqot jarayoni faqat axborotni uzatish va olish jarayoni sifatida emas, balki kishilar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, muloqotning holatini baholash, tahlil qilish kompetensiyasi, kommunikativ salohiyatini baholab, zarur qarorlarni qabul qilish kabi turli xil o'zaro ta'sirlarni o'rnatishdir.

Chet tilida kommunikativ kompetensiya - til, og'zaki va ijtimoiy-madaniy bilim, ko'nikma va qobiliyatga ega bo'lgan ma'lum bir darajadir, bu esa talabaning aloqa sharoitlariga bog'liq ravishda og'zaki xatti-harakatlarini o'zgartirishi uchun kommunikativ ravishda maqbul va maqsadga muvofiq bo'lishiga imkon beradi.

Chet tilida muloqot kompetensiyasi kommunitiv madaniy rivojlanish uchun asos yaratadi. O'tgan asrning oxirlarida chet tillarni o'qitish nazariyasi va amaliyotida yangi bir yo'nalish paydo bo'ldi. "Kommunikativ metod" nomini olgan bu yo'nalish keyinchalik "kommunikativ metod", "Kommunikativlikka o'rgatish", "Kommunikativlikka yo'naltirilgan ta'lim" atamalari bilan yuritila boshlandi va talabalar o'quv faoliyatini interfaol usullarda tashkil qilishning muhim omili sifatida tabora ommalasha boshladi. An'anaviy o'qitish metodikasida xorijiy tillarni o'qitishdan asosiy maqsad talabalarning nutq faoliyatining to'rt turiga: gapirishga, eshitib tushunishga, o'qish va yozishga o'rgatish bosh maqsad qilib belgilangan bo'lsa, kommunikativ ta'limda talabalarni muloqotga o'rgatish asosiy maqsad qilib belgilana boshlandi. Natijada metodik adabiyotlarda kommunikativlikka (muloqatga) o'rgatishning lingvodidaktik, psixologik, metodik asoslari, tamoyillari, vosita va usullari keng va atroflicha tadqiq qilina boshlandi.

Kommunikativ kompetensiya atamasiga o'rganilayotgan chet til bo'yicha egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo'llash qobiliyati, degan mazmunda ta'rif berilgan. Ushbu atama tarkibidagi asosiy tushunchani ifodalovchi kompetensiya (competence) so'zi dastlab N.Xomskiy tomonidan "grammatik kompetensiya", ya'ni gapiruvchi va tinglovchining til haqidagi bilimi, degan ma'noda qo'llanilgan .

D.Xayms til haqidagi bilimlar (grammatika)ni o'zlashtirish jarayonida undan to'g'ri foydalanishni ham, ya'ni qachon, qaerda, kimga, qay tarzda va nima haqida gapirish maqbulligini o'rganish orqali kommunikativ kompetentligini takomillashtirib boradi, deya kommunikativ kompetensiya atamasining muallifiga aylandi .

Bugunga kelib kompetensiya insonning turli sohalarda faoliyat olib borishi uchun zarur bo'ladigan bilim, malaka, ko'nikma va shaxsiy fazilatlar yig'indisini ifodalaydi .

Lingvistik kompetensiya til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglash, gapirish, o'qish va yozuv) bo'yicha ko'nikmalar egallashni nazarda tutadi.

Sotsiolingvistik kompetensiya so'zlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash imkonini yaratadi. Sotsiolingvistik kompetensiya ijtimoiy-madaniy kompetensiyani o'z ichiga olib, autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o'zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni bilish hamda tili o'rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish qobiliyatini ko'zda tutadi.

Sotsiolingvistik kompetensiya - axborot sohibi (kognizant)ni shakllantirishning asosiy ko'rsatkichi bo'lib, u shaxsning o'rganilayotgan tildan kommunikativ faoliyat me'yorlari, o'zga lingvoetnomadaniy qadriyatlar va o'zga til dunyosining milliy manzarasiga uyg'un tarzda foydalana olish kompetentligini nazarda tutadi.

Sotsiolingvistik kompetensiyani madaniyatlararo kompetensiyaga fikran bog'lash mumkin. Chunki sotsiolingvistik kompetensiya deganda, ko'proq ta'lim sharoitida bo'lajak tarjimonlarni madaniyatlararo hamkorlikka tayyorlash tushunilmoqda. Talabalarni madaniyatlararo muloqotni o'rgatish birinchidan, xorijiy tildagi kodlarni o'zlashtira olish uchun nutqiy faoliyat yuritishga oid ko'nikma va malakalarni shakllantirish, ikkinchidan, turli madaniyatga mansub kommunikantlar bilan uchrashganda, ularning madaniyatini tushunishlari uchun suhbatdoshining madaniyati bilan yaqindan tanishtirish orqali amalga oshiriladi . Xorijiy til va begona madaniyat bilan tanishish talabalarning dunyoqarashini, til boyligining kengayishiga xizmat qiladi .Chet til ta'limi maqsadi sifatida madaniyatning ma'naviy qadriyatlar tizimi sifatida anglanishi tushunilmoqda. Bu o'rinda madaniyat - tili o'rganilayotgan xalq yoki jamiyat tomonidan turmushning maishiydan tortib falsafiygacha bo'lgan barcha jabhalarida yaratilgan va to'plangan, amalga oshgan yoki oshmagan ma'naviy qadriyatlar majmuini ifodalaydi . O'quv dasturida ta'kidlanganidek, chet til va madaniyat yaxlit (integratsiyalashgan) holda o'rgatiladi. Madaniyat, bu o'rinda, inson fikri va faoliyati hosilasi tushunchasini ifodalaydi. Chet til o'rganish jarayonida o'rganilayotgan til sohiblari yaratgan madaniy merosning o'zlashtirilishi targ'ib etiladi.

Pedagogik muloqotni tashkil etishda faqat pedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqish mumkin emas, aslida aynan ular faoliyatning asosida bo'lishi tabiiy. Muloqotning bunday holatida amal qilish xususiyati shunga olib keladiki, o'qituvchi u bilan doim o'z fikri, ya'ni faqat "o'zinigina" talabini bayon qilish orqali muloqotga intiladi. Bolalar bilan muloqotda "o'zinigina" talabini bayon etish orqali emas, balki "bolalardan" fikr olish, ularning qiziqishlari, intilishlarini nazarda tutib, muloqot qurish muhim, shunda bola o'z qiziqish va o'z olami bilan pedagogik maqsadlar radiusida bo'ladi .

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

April 26, 2024_

1.3-rasm. Lingvokommunikativ kompetensiya

Kommunikativ kompetentlik tushunchasi bilan yaqin aloqador bo'lgan - shaxsning kommunikativ yadrosi tushunchasi mavjud. "Kommunikativ yadro" tushunchasi yaqinda paydo bo'lgan va ilmiy tadqiqot ishlarida zamonaviy psixolog A.A.Bodalev tomonidan birinchi marta qo'llanildi. Shaxsning kommunikativ yadrosi psixologik hodisa sifatida ko'rib chiqilishi har bir insonda muloqotni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi asos mavjud. Bunday asos har qanday katta yoshli insonlarda, bolalar shaxsida ham mavjud bo'lib, kommunikativ yadrosiga shaxsiy xususiyat va sifatlar kirishi mumkin. Aynan ular oxir-oqibat, muloqot metodi va yo'nalishi boshqa tomondan, o'qituvchining kasbiy kommunikativ kompetentligining past darajasi unga professional sifatida o'zini o'zi amalga oshirishiga imkon bermaydi, oqibatda umuman, hayotdan qoniqmaslikni tug'dirishi mumkin . Demak, bo'lajak pedagoglarda muloqotni muvafaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi muloqot metodlari va yo'nalishlarini to'g'ri tanlay bilishlari talab etiladi.

Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish nutq faoliyatiga o'rgatish jarayonida nutqiy faoliyat usullarini o'rgatuvchi kommunikativ topshiriqlar orqali tashkil qilinadi. Bunday topshiriqlar o'qituvchi tomonidan tayyorlanib, ularni bajarishning psixologik va metodik omillari belgilanadi.

E.N.Zaretskayaning fikricha, kommunikativ faoliyat ma'lum tartibda amalga oshiriluvchi izchil harakatlar tizimi bo'lib, ularning har biri xususiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan va muomala maqsadi tomon qo'yilgan o'ziga xos "qadam" sifatida ko'rib chiqilishi mumkin" . Taniqli tadqiqotchi A.N.Leontevning konsepsiyasiga tayangan holda , unda "kommunikativ faoliyat"ning, aniq strukturaviy komponentlardan iborat ekanini ko'rish mumkin.

Kompetentlikning mohiyati va tuzilishini sinchkovlik bilan o'rganish bizga ikkita, o'zaro bog'liq va o'zaro aloqada bo'lgan darajalarni ajratish imkonini berdi: birinchi daraja bevosita muloqotning o'zida kommunikativ kompetentlilikning namoyon bo'lishini belgilab beradi, ya'ni insonning kommunikativ xulq-atvorida; ikkinchisi, o'qituvchi kasbiy motivatsiyasining o'ziga xos

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

xususiyatlari va yo'naltirilishi, uning muloqotga alohida ehtiyoji orqali pedagogik-kommunikativ qadriyatlarni kiritishi kerak.

Talabalarning kommunikativ kompetentligi o'zaro tolerant munosabatlar asosida rivojlanib boradi. Dars jarayoniga noan'anaviy topshiriqlarning kiritilishi talabalardan chuqur va keng fikrlashni, taqqoslash va isbot qilish, bilimlarni yangi holatga ko'chirishni tatbiq etish usullaridan foydalanishni talab etadi. Talabalar mustaqil ravishda tahlil qilishlari, umumiy ma'lumotlar oqimidan keraklisini tanlab olishlari, mustaqil ravishda loyihani rasmiylashtirishlari mumkin. Talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish muammosini nazariy va amaliy jihatdan o'rganish, unga bog'liq bo'lgan obyektiv va subyektiv omillarni aniqlash, talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan kuzatishlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik:

Birinchidan, talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga ehtiyojni, qiziqishni va imkoniyatlarni aniq hisobga olinishni;

Ikkinchidan, muloqotchanlik ko'nikmalarini rivojlantirish shakllari, metodlari va yo'nalishlarini to'g'ri tanlanishi. Bu o'z navbatida, talabaning turli sharoitlarda yuzaga keluvchi vaziyatlarni to'g'ri baholay olishini, munosabatga kirisha olishi va ta'lim jarayonida faol, ongli ishtirok etishini ta'minlaydi. Ta'lim jarayonidagi layoqatli yondashish bazaviy kompetensiyalar bilan uyg'unlashadi, ya'ni ta'lim mahsuli va samaradorligi shakllanadi. Ta'limning modulli jarayoni ta'lim oluvchilar uchun yakka tartibdagi ta'lim yo'nalishini shakllantiradi va to'lig'icha kommunikativlikka yo'naltiriluvchi jarayonni hosil qiladi. Ushbu holatda o'zgarish - nafaqat bilimning me'yori, chuqurligi, bilim olish metodi, layoqat shakli o'zgaradi, balki ularning muloqotchanlikka ishtiyoqi kuchayadi.

Tadqiqotchi olim E.N.Zaretskayaning fikricha, kommunikativ faoliyat ma'lum tartibda amalga oshiriluvchi izchil harakatlar tizimi bo'lib, ularning har biri xususiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan va muomala maqsadi tomon qo'yilgan o'ziga xos "qadam" sifatida ko'rib chiqilishi mumkin" . Taniqli tadqiqotchi A.N.Leontevning konsepsiyasiga tayangan holda , unda "kommunikativ faoliyat"ning, aniq strukturaviy komponentlardan iborat ekanini ko'rish mumkin.

Kommunikativ kompetentlilikning mohiyati va tuzilishini sinchkovlik bilan o'rganish bizga ikkita, o'zaro bog'liq va o'zaro aloqada bo'lgan darajalarni ajratish imkonini berdi: birinchi daraja bevosita muloqotning o'zida kommunikativ kompetentlilikning namoyon bo'lishini belgilab beradi, ya'ni insonning kommunikativ xulq-atvorida; ikkinchisi, talabaning o'quv faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari, uning muloqotga alohida ehtiyoji orqali pedagogik-kommunikativ qadriyatlarni kiritishi kerak.

Kommunikativ kompetentlilikni talaba shaxsiga oid murakkab tavsifnoma sifatida ham tushunish mumkin, u kommunikativ kompetensiyalarni, ruhiy-pedagogik kompetensiyalarni, shaxsning boshqa insonlar bilan muloqotida ko'rinadigan ruhiy holatlarini qamrab oladi -bularning barchasi insonning kommunikativ xulq-atvorida namoyon bo'ladi.

Aynan kommunikativ xulq-atvor muloqot uchun zarur bo'lgan alohida ruhiy-pedagogik kompetensiyalarni qamrab oladi. Lekin shunga qaramay, bu yerda yetakchi o'rin umuman olganda talabada yo'nalishni aniqlash va asoslash uchun javob beruvchining muloqot qilishga ehtiyojini anglatuvchi kommunikativ qadriyatlarga tegishli bo'ladi. Shuningdek, kommunikativ kompetentlilikka ma'lum vaziyatlarda kommunikativ harakatlarni sifatli va foydali tashkil qilish uchun zarur bo'lgan, ilmiy-pedagogik adabiyotlarda shaxsning ichki imkoniyatlarining alohida tizimi sifatida ham qaraladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

Kommunikativ kompetentlilikni mukammal egallash deganda "real vujudga kelgan kommunikativ vaziyatga muvofiq muloqot jarayoniga kirishishga tayyorlikni" tushunish kerak . Ta'kidlash joizki, kompetentlilik shakllanganligining asosiy ko'rsatkichi fikr-mulohazalarni ravon, yaxlit va mantiqan izchil bayon qilish mahorati bo'lib, bunda muloqot tilining ifodali hamda aniq muloqot bo'yicha sheriklarning kommunikativ faolligining har qanday turini tushunish va mos ravishda javob qaytarish layoqatidan foydalaniladi.

1.4-rasm. Kommunikativ kompetentlik tasnifi

Kommunikativ kompetentlikni shakllantirish ta'limda pedagogik muloqot va tolerant ijtimoiy munosabatlarni o'rnatishga tayanadi. Muloqotning bunday holatida amal qilish xususiyati shunga olib keladiki, o'qituvchi o'quvchi bilan doim o'z fikri, ya'ni faqat "o'zinigina" talabini bayon qilish orqali muloqotga intiladi. Bolalar bilan muloqotda "o'zinigina" talabini bayon etish orqali emas, balki "bolalardan" fikr olish, ularning qiziqishlari, intilishlarini nazarda tutib, muloqot qurish muhim, shunda bola o'z qiziqish va o'z olami bilan pedagogik maqsadlar radiusida bo'ladi.

Kommunikativ kompetentlikning quyidagi turlari mavjud:

- qo'llanilishi bo'yicha: umumiy va kasbiy;

- sifat jihatidan: ijodiy va reproduktiv;

- o'ziga xos xususiyatlari bo'yicha: tinglovchining va ma'ruzachining kompetentligi.

Kommunikativ kompetentlik tarkibi: - muloqot nima ekanligini tushunish, uning turlarini,

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

rivojlanish fazalarini bilishi; - kommunikativ usullar va uslublar, ularning harakatlari, imkoniyatlari va cheklovlari; - turli odamlarga va turli vaziyatlarga qarshi samarali usullar; -o'zlarining kommunikativ qobiliyatlari va usullarining rivojlanish darajasi, o'zlarining ishlaridagi samarali usullar. - nutq qobiliyati; - tashqi va ichki ko'rinishlarni uyg'unlashtirish, fikr-mulohaza yuritish, muloqot jarayonidagi to'siqlarini yengib o'tish qobiliyati; - interfaol ko'nikmalar: muloqotni demokratik asosda qurish, qulay hissiy va ruhiy muhitni yaratish, o'zini-o'zi boshqarish qobiliyati, kasbiy etika va odob-axloq qoidalari va bu qoidalariga amal qilishi, faol tinglash qobiliyati; - ijtimoiy-perseptual qobiliyat: muloqotda sherikning hatti-harakatlarini yetarli darajada idrok etish va baholash, imo-ishoralar orqali uning holatini, istaklari va harakatlarining sabablarini aniqlash, boshqalarning shaxs sifatida munosib qiyofasini yaratish, ijobiy taassurot qoldirish qobiliyati.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

Muloqot qobiliyati quyidagilardan iborat: muloqot qilish kerak bo'lgan kommunikativ vaziyatning ijtimoiy-psixologik prognozini berish; muloqot jarayonini ijtimoiy-psixologik jihatdan dasturlash, kommunikativ vaziyatning o'ziga xosligiga asoslangan; kommunikativ vaziyatda aloqa jarayonlarini ijtimoiy-psixologik boshqarishni amalga oshirish. Buning uchun esa, avvalo quyidagi qarama-qarshiliklar o'z yechimini topishi lozim: o'quvchi shaxsini rivojlantirish zaruriyati - keng qamrovli muloqot o'rnatishga qiziqishi; o'quvchilarda muloqotchanlikni namoyon qilishiga yuqori imkoniyatli bilim va ushbu bilimlarning yetarli darajada emasligi, uning muhimligi, maktabda o'quvchilarning kommunikativlik ko'nikmalariga yetarli e'tibor qaratilmaganligi. Yuqorida qayd etilgan qarama-qarshiliklar kommunikativlik ko'nikmalarini muhimliligini anglatadi va maktab ta'limida bu muammoni hal etish orqali o'quvchilarda faol munosabat o'rgatish fazilatlarini shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.

Ma'lumki, nutq kommunikatsiyaning eng universal vositasi hisoblanadi, chunki nutq orqali ma'lumot uzatilganda, uning ma'nosi kamroq yo'qotiladi. Aynan nutq yordamida ma'lumotni kodlashtirish va mos ravishda dekodlash mumkin: kommunikator nutqiy xabar jarayonida ushbu ma'lumot kodini ochadi. Bunda bildirilgan fikr tinglovchilar tomonidan aniq tushunilganligi kommunikator uchun faqat "kommunikativ rollar" almashishi sodir bo'layotganda aniq bo'lishi mumkin.

Nutq bir vaqtning o'zida qandaydir ma'lumotning manbai vazifasini bajarishi, shu bilan bir qatorda, o'z suhbatdoshiga ta'sir ko'rsatish usuli sifatida ham namoyon bo'lishi mumkin. Biroq o'zaro ta'sir ko'rsatish jarayonini to'liq tavsiflash uchun faqat kommunikativ akt strukturasini bilish kamlik qiladi. Muomalada bo'lgan har ikki tomonning motivlari, ularning maqsad va vazifalarini ham sinchiklab tahlil qilish zarur.

Kommunikativ nutq - bu talabalarning nutq yordamida bir-birlari bilan fikr almashuvidir.

Kommunikativ nutq madaniyati - talabalarning bir-birlari bilan fikr almashishi jarayonida axloq qoidalariga amal qilgan holda nutqdan moxirona foydalanishi. Talabalarda lug'at boyligi qancha ko'p bo'lsa, u shuncha o'zini erkin tutadi. Nutqning aniqligi - kommunikativ nutqning muhim belgisi hisoblanadi. Nutq tarkibidagi har bir so'z o'zining lug'aviy ma'nosiga to'liq mos kelishi shart. Aytilishi kerak bo'lgan fikr o'z ifodasini topmay qoladi. Voqelik hodisalari so'zlovchining nutqida aniqlikni aks ettirib turishi kerak.

Kommunikativ nutq jarayonlarida so'zlar aniq bo'lishi talab qilinadi. Nutqdan doimiy ravishda to'g'ri foydalanish kerak. Nutq muallif tomonidan aytilishi kerak bo'lgan fikrni to'liq qamrab olib, uning mavzusi va asosiy g'oyasini ochib berishi shart. Nutqning keyingi muhim kommunikativ sifati uning tozaligi, ya'ni adabiy tilda begona elementlarning yo'qligi. Nutqda parazit so'zlarning mavjudligi leksik zaxiraning yetishmasligidan, ehtimol nutq mavzusining haqiqatiga nisbatan ishonchning yo'qligidan yoki u haqida ma'lumotning yetishmasligidan dalolat berib, aytilgan so'z uchun javobgarlikni qisman olib tashlaydi. Demak, kommunikativ kompetentlik bugungi globallashuv sharoitida va axborotlashgan jamiyatda muhim xususiyatlardan biri sifatida namoyon bo'lmoqda. Shuning uchun kommunikativ kompetentlikni o'stirish yo'llarini tadqiq etish, pedagogik jarayonda ta'lim oluvchining muloqotchanlik va faol aloqa bog'lovchilik ko'nikmalarini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotdagisini takomillashtirish vazifalari dolzarb bo'lib qolmoqda.

Xulosa qilganda, talabalarda muomala, muloqot malakalarining rivojlanishi ularda kommunikativ kompetentlikning taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatuvchi omil ekanligi aniqlandi; kommunikativ kompetentlikning talabalarda shakllanishi boshqalar bilan o'zaro munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yishiga hamda muloqotchanlik malakalarining rivojlanishiga olib keladi; talaba

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

shaxsida kommunikativ kompetentlikning shakllanishi ularda ijtimoiy ko'nikmalarining

rivojlanishi bilan belgilanadi.

REFERENCES

1. Graham Stanley. Language Learning with Technology (Cambridge Handbooks for Language Teachers). - Cambridge University Press: 2013. P-275. Aisha Walker. Technology Enhanced Language Learning: Connecting Theory and Practice (Oxford Handbooks for Language Teachers). - Cambridge University Press: 2013. P-214.

2. Bazalgette C. Teaching English in the National Curriculum.Media education. C.Bazalgette.Ключевые аспекты медиаобразования Buckingham, D. The Media Literacy of Children and Young People / D. Buckingham. London: University of London, 2007. 70 p.Tyner, K (2009). Audiences, Intertextuality, and New Media Literacy. IJLM. Vol. 1, N 2, pp. 25-31. Graham Stanley. Language Learning with Technology (Cambridge Handbooks for Language Teachers). - Cambridge University Press: 2013.

3. Aisha Walker. Technology Enhanced Language Learning: Connecting Theory and Practice (Oxford Handbooks for Language Teachers). - Cambridge University Press: 2013. Pérez Tornero, J.M. and Varis, T. (2010). Media Literacy and new Humanism. Moscow: UNESCO Institute for Information Technologies in Education, 136 p.

4. Kubey, R. (1998). Obstacles to the Development of Media Education in the United States. Journal of Communication (Winter), pp.58-69.

5. Dorr, A. (2001) Media Literacy. In: International Encyclopedia of the Social & Behavioral Sciences. Vol. 14 / Eds.N.J.Smelser & P.B.Baltes. Oxford, 2001, pp.9494-9495.

6. CLEMI (1996).L'Actualite' et les medias " a l'ecole primaire, au college et au licee. Paris: CLEMI, 120 p p.12

7. Children and social competence: Arenas of action / Ed. by Hutchby I., Moran-Ellis J.; L. Wach. : Falmer press, 1998.

8. CLEMI (1996).L'Actualite' et les medias " a l'ecole primaire, au college et au licee. Paris: CLEMI, 120 p p.12

9. UNESCO. Recommendations Addressed to the United Nations Educational Scientific and Cultural Organization UNESCO. In: Education for the Media and the Digital Age. Vienna: UNESCO, 1999, p.273-274.

10. UnlandM., Kleiner B.H. New developments in organizing around core competences/ M. Unland, B.H. Kleiner. Work study. London: 1996. Vol.45, Iss. 2.

11. Rokeach M. The role of values in public opinion research // The Public Opinion Quarterly. Vol. 32. No. 4. - P. 547-559.

12. Hofstede G. Cultures and organizations. Software of the mind. - L.McGraw - Hill Book Company, 1991.

13. McLuhan M. Understanding Media: The Extensions of Man - Cambridge; London: MIT Press, 1994.

14. Masuda Y. The information society as postindustrial society.Tokyo, 1981. Р. 75.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.