Научная статья на тему 'TALABALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH'

TALABALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
hamkorlikka yo‘naltirilgan pedagogika / hamkorlikda o‘qitish / shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim / birgalikdagi faoliyat / pedagogik hamkorlik / hamkorlik muhitini tashkillash.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qurbonova Baxtixon Qo‘Chqarbayevna

Ushbu maqolada talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini kengaytirish, pedagogik faoliyat tajribasining nazariy tahlili, umumlashtirilishi, shuningdek, ta’kidlovchi tajriba natijalari, talabalarning o‘quv guruhida moslashuviga pedagogik hamrohlik qilish usullarini asoslash va ishlab chiqish xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

TALABALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH Qurbonova Baxtixon Qo'chqarbayevna

pedagogika fanlari doktori, professor https://doi.org/10.5281/zenodo.11058543

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini kengaytirish, pedagogik faoliyat tajribasining nazariy tahlili, umumlashtirilishi, shuningdek, ta'kidlovch tajriba natijalari, talabalarning o'quv guruhida moslashuviga pedagogik hamrohlik qilish usullarini asoslash va ishlab chiqish xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: hamkorlikka yo'naltirilgan pedagogika, hamkorlikda o'qitish, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, birgalikdagifaoliyat, pedagogikhamkorlik, hamkorlikmuhitini tashkillash.

Аннотация. В данной статье рассматривается расширение педагогических и психологических возможностей подготовки студентов к общественной жизни, теоретический анализ и обобщение опыта педагогической деятельности, а также результаты акцентирующего опыта, обоснование и разработка методов педагогической поддержки в адаптации студентов в учебной группе.

Ключевые слова: педагогика сотрудничества, сотрудничество в обучении, индивидуально-ориентированное обучение, совместная деятельность, педагогическое сотрудничество, организация сотрудничества.

Abstract. This article deals with the expansion of pedagogical and psychological possibilities of students' preparation for social life, theoretical analysis and generalisation of pedagogical experience, as well as the results of accentuating experience, justification and development of methods of pedagogical support in the adaptation of students in the study group.

Keywords: pedagogy of cooperation, cooperation in learning, individual-oriented learning, joint activity, pedagogical cooperation, organization of cooperation.

Kirish

Jahon ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash jarayonini innovatsion yondashuv asosida loyihalash, bo'lajak o'qituvchilarni muayyan kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini rivojlantirish, kasbiy yetuklikka erishish jarayonida pedagogik, psixologik qadriyatlarni tatbiq etish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Global axborot oqimlari jadallashuvi, fan-texnika rivojlanishi, talabalarning kasbiy layoqatini rivojlantirish, bo'lajak pedagoglarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash, pedagogik hamkorlik modellarini takomillashtirish, talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha ilmiy-tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Respublikamizda so'nggi yillarda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali hamkorlik pedagogikasining ilg'or uslublarini joriy etish asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish, xalqaro hamkorlik va korporativ xizmatlarda ishtirok etishini ta'minlashning me'yoriy asoslari yaratilmoqda. "Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash. Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

madaniyati darajasini yuksaltirish"1 ustuvor vazifalar etib belgilandi. Natijada, hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni hozirgi kun talabiga to'la javob bera oladigan yetuk salohiyatli shaxslar etib tayyorlash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatlari kengayadi.

Hozirgi kunda talabalarni intellektual va psixoemotsional rivojlantirish, mediatexnologiyalarni joriy etish orqali talabalarda ijodiy-tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish, ta'lim jarayonini boshqarishni avtomatlashtirish ijodkorlikni rivojlantirishning intellektual tizimlarini loyihalash, kompetentli yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy pedagogik ijodkorligini rivojlantirish, mustaqil fikrlash, masalalarni ijodiy yechish, ta'lim jarayonini pedagogik psixologik loyihalash, intensiv hamda integrativ texnologiyalar asosida rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqot ishlariga katta e'tibor berilmoqda. Bularning barchasiga talabalarning hamkorlikda o'qitish, jamoaviy ishlash ko'nikmasini rivojlantirish orqali erishiladi.

Hamkorlikdagi ta'lim jarayonida o'qituvchi bilan talabalarning do'stlashishi, bir-birini tushunishi, muloqotga kirishishlari uchun zamin hozirlashi kerak. Talabalar o'zaro baland ovozda gapirmasliklari, bir-biriga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lish, zarur vaziyatlarda o'zlarini tuta bilish va xatti-harakatlarini nazorat qilishni ta'minlashi muhim. Talabalarda hayotiy tajribaning etishmasligi tufayli ular orasida ishchan, do'stona muloqot o'rnatish murakkab kechadi. Bunda o'qituvchi talabalarni hamkorlikdagi faoliyatga jalb etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va qo'llashi, ularning individual xususiyatlarini chuqur tahlil qilishi va har tomonlama o'rganishi kerak[4].

Hamkorlikdagi pedagogik vaziyatni vujudga keltirishda o'qituvchi, birinchi navbatda o'yin usulidan samarali foydalanishi lozim. Buning uchun o'qituvchi ham, talabalar ham zarur shaxsiy sifat va ko'nikmalar bilan qurollangan bo'lishlari kerak. Shunda ular vaziyatlarga ijobiy yyechim topa oladilar.

Pedagogik hamkorlik jarayonida talabalarda xush kayfiyat, tabassum, rahmdillik, ko'tarinkilik, quvonch, do'stona munosabatlar, muloqotga kirishuvchanlik, qiyin daqiqalarda bir-birlariga ko'maklashish, kechira olish, mas'uliyatlilik, haqgo'ylik, bag'rikenglik, toqatlilik, tushunish kabilar kuzatiladi. Mashg'ulotlar yakunida talabalar bir-birini yaxshi bilganliklari, yaqindan do'stlashganliklari, o'zlari haqidagi ma'lumotlarga ham ega bo'lganliklari, yaxshi sifatlarni namoyon qilganliklari, atrofdagilarning o'zlariga bo'lgan munosabatlarini aniqlaganliklari, o'zlariga tashqaridan baho berish imkoniyatiga ega bo'lganliklari, ijobiy hamkorlik muhitiga ega ekanliklari, o'zlari va sinfdoshlariga nisbatan ishonch hissini tuyganliklarini kuzatish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI

O'qituvchi ta'lim jarayonida hamkorlikda o'qitishning zamonaviy va innovatsion metodlaridan foydalanishi uchun ushbu texnologiyaning o'ziga xos xususiyatlariga oid bilim, ko'nikma va malakalarni, talabalarning mustaqil ishlari, o'quv bahsi va munozaralarni samarali tashkil etish yo'llarini egallagan, talabalarda esa darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlarning mazmuni ustida mustaqil-ilmiy va ijodiy ishlash, mazkur mazmun haqida o'z fikrini doimiy ravishda qisqa va zamon talabiga mos aniq bayon etish, fikrlarni to'laqonli asoslash ularni aniqlash to'g'risida dalillash, mazkur jarayon to'g'risida mantiqiy fikr yuritish, faoliyatga doir o'quv bahsi hamda munozaralarda faol va tahliliy tanqidiy qatnashish ko'nikmalari shakllangan bo'lishi kerak.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida. PF-60-son. 2022-yil 28-yanvar. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Hamkorlik pedagogikasi asosida ta'lim-tarbiya sifati samaradorligini oshirishning konseptual masalalari, hamkorlikka asoslanilgan o'qitish jarayonini tashkil etishning ayrim texnologik jihatlari Sh.A.Abdullayeva, N.G'.Dilova, Q.Inaqov, B.Xodjayev, O.Balashov, O.Gataulina, Yu.Kostinko, V.Petrova, S.Shibayevalarning tadqiqot ishlarida yoritilgan. Shuningdek, xorijlik E.Aronson, N.Blaney, C.I.Barnard, R.Jonson, H.B.Lewis, J.B.Maller, M.Mead, C.W.Park, S.Sharan, R,Slavin kabi olimlar tomonidan talabalar o'rtasidagi hamkorlik muammolari tadqiq etilgan.

Ta'lim jarayonida qo'llashni tavsiya etayotgan hamkorlikda o'qitishning zamonaviy texnologiyalaridan biri jamoada o'qitish:

Jamoada o'qitishda (R.Slavin)[7] talabalarning teng sonli ikkita yoki bir nechta jamoaga ajratiladi. Ajratilgan jamoaga bir xil topshiriq beriladi. Jamoaning har bir a'zosi berilgan topshiriqni hamkorlikda zamonaviy usullarni qo'llab bajaradi, har bir talaba mavzuning nazariy qismida ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarni integratsion o'zlashtirishiga e'tiborni to'laqonli qaratadi.

Talabalarning kichik guruhlardagi o'quv faoliyati o'yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.

Hamkorlikda o'qitishning "birgalikda o'qiymiz" metodi. Sinf talabalari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqning ma'lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarni to'liq bajarishi natijasida o'quv materialining yaxlit o'zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy prinsiplari - komandani taqdirlash, talabalarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish sanaladi[1].

Kichik guruhlarda ishlash jarayonida ijodiy hamda izlanishni samarali tashkil etish metodi. Bu metodni qo'llash jarayonida ko'proq talabaning ya'ni talabalarning mustaqil, mantiqiy va ijodiy fikrlashiga urg'u qaratiladi.

TAHLIL VA NATIJALAR

O'zaro hamkorlikning muhim vazifalaridan yana biri - talabalarni muayyan faoliyatga yo'naltirish va bosqichma-bosqich tayyorlashdan iborat. Hamkorlik jarayoniga jalb etilmagan yoki hamkorlikka kirishishi murakkab kechadigan talabalarda muvozanatsizlik, hissiy tushkunlik, hadiksirash, ishonchsizlik va xavotirga tushish holatlari kuzatiladi. Talabalar orasida hamkorlik muhitining vujudga keltirilishi ularning o'quv faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini ta'minlash imkonini beradi. Chunki, bunday hamkorlik jarayonida talabalar bilmagan narsalarini bir-birlaridan o'rganadilar va o'zlari uchun ma'lum bo'lgan axborotlarni guruhdoshlariga etkazadilar.

O'quv-tarbiya jarayonida amalga oshirilayotgan muloqotning qanday kechishi va kimning ko'proq ta'sir ko'rsata olishi jarayon sub'ektlari bajaradigan rollarga bog'liqdir. O'quv jarayonining birinchi sub'ekti bo'lgan o'qituvchida talabalarga muayyan darajada ta'sir ko'rsatish maqsadi mavjud. Bu maqsadni amalga oshirish uchun o'qituvchi zarur pedagogik vositalardan foydalanadi.

O'qituvchi va talabalarda tarkib topgan bir-birlarini tinglay olish ko'nikmalari o'zaro hamkorlik jarayonining samaradorligini ta'minlash bilan bir qatorda o'qituvchi-talabalar hamda talabalar orasida o'zaro do'stona muhitni vujudga keltirishga xizmat qiladi. SHuning uchun ham talabalarda o'z suhbatdoshini diqqat bilan tinglash ko'nikmasini tarkib toptirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun talabalarni o'zaro muloqot va hamkorlik jarayoniga jalb qilishga xizmat qiladigan usullar va metodlardan samarali foydalanish kerak. Talabalarda o'zaro muloqot

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

o'rnatish, hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida ijtimoiy pedagogik xarakterga ega bo'lgan treninglardan samarali foydalanish muhim.

Pedagogik hamkorlik jarayonida talabalarda pedagogik-psixologik vaziyatni to'g'ri tashkillshda xush kayfiyat, tabassum, rahmdillik, ko'tarinkilik, quvonch, do'stona munosabatlar, muloqotga kirishuvchanlik, qiyin daqiqalarda bir-birlariga ko'maklashish, kechira olish, mas'uliyatlilik, haqgo'ylik, bag'rikenglik, toqatlilik kabilarga e'tibor qaratish muhim sanaladi. Shundagina har bir mashg'ulot yakunida talabalar bir-birlarini yaxshi bilganliklari, yaqindan do'stlashganliklari, o'zlari haqidagi ma'lumotlarga ham ega bo'lganliklari, yaxshi sifatlarni namoyon qilganliklari, atrofdagilarning o'zlariga bo'lgan munosabatlarini aniqlaganliklari, o'zlariga tashqaridan baho berish imkoniyatiga ega bo'lganliklari, ijobiy hamkorlik muhitiga kirishganliklari, o'zlari va guruhdoshlariga nisbatan ishonch hissini tuyganliklarini kuzatish mumkin.

Pedagogik hamkorlik ko'pgina didaktik va psixologik imkoniyatlarga ega. Bu o'z navbatida, talabalarni har tomonlama rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir talabada o'z guruhining muvaffaqiyatidan quvonish, kamchiliklari uchun javobgarlik hissi qaror topadi.

Hamkorlikda ishlash jarayonida olingan natijalar muntazam tarzda o'qituvchi tomonidan tahlil qilinishi lozim. O'zaro hamkorlik muhitini tashkil etishda "o'qituvchi-ta'lim oluvchi-talabalar guruhi"ning hamjihatlikdagi faoliyatiga asoslaniladi.

Talabalarga insonparvarlik asosida yondashish ular orasidagi ziddiyatlarning o'ziga xos jihatlarini tushunish va bartaraf etish imkonini beradi. Talabalar orasidagi ziddiyatlarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish quyidagi omillar bilan bevosita bog'liqdir: talabalarning yosh xususiyatlari; hamkorlikdagi ta'lim jarayonini tashkil etishning o'ziga xos jihatlari; talabalarning ziddiyatlarga munosabati, ularning o'ziga xos jihatlari va rivojlanishi haqidagi tasavvurlari; ziddiyatlar vujudga kelgan holatlarda talabalarning harakatlari kabilar.

O'qituvchining faoliyati, birinchi navbatda, ziddiyatlarga ijobiy yechim topishga qaratilishi kerak. Bu, o'z navbatida, o'qituvchining pedagogik ziddiyatlarning vujudga kelishi, rivojlanishi va ularning yechimini topish haqidagi bilimlarni nechog'li chuqur egallaganligiga bog'liq.

Ziddiyatli vaziyatlarda talabalarda o'zaro munosabatlarga kirishish va hamkorlik qilish tajribasining shakllanishida turli ichki qarama-qarshiliklarni birgalikda bartaraf etish muhim o'rin egallaydi. Bunday tajribaning shakllantirish uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Bu talabalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan vaziyatlarni o'z ichiga oladi. Har bir vaziyatda talabalarda bir qator sifat o'zgarishlari vujudga keladi.

Oliy o'quv yurti va ijtimoiy-madaniy muhitning ta'lim resurslarini integratsiyalash hamrohlik qiluvchi faoliyatining bosh yo'nalishi hisoblanadi va u keng ko'lamli ijtimoiy-psixologik-pedagogik ish usullari va shakllaridan kompleks ravishda foydalanishga imkon beradi. Talabalarning o'quv guruhida moslashuviga pedagogik hamrohlik qilishda talabalarga asosiy ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik yordam berish va qo'llab-quvvatlash, birgalikdagi faoliyatni tashkil etishda an'anaviy axborot berish shakllari, tarbiyalovchi vaziyatlar, dolzarblashtirish, mustahkamlash va boyitish, ko'maklashish va ijodni loyihalash usullarini hamda individual va guruhli suhbatlar, munozaralar, jamoaviy-ijodiy ishlar, vaziyatli o'yinlarni keng qo'llash ijobiy samara beradi.

Ta'lim-tarbiya jarayoni sifat va samaradorligini oshirishda yordam ko'rsatishi, mavjud muammolarni birgalikda hal etish va o'zaro hamfikrlilik muhitini tashkil etishni talab etadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Hamkorlik pedagogikasining g'oya va tamoyillarini amalga oshiruvchi pedagog-novatorlarning

konseptual g'oyalarini tahlil etish ularning talabalarning ta'lim-tarbiyasiga yondashuvi yangi,

insonparvar tizimga egaligini alohida qayd etishni taqozo etadi.

REFERENCES

1. Aronson E., Blaney N., Stephan C., Sikes J., Snapp M. The jigsaw classroom / E.Aronson, N.Blaney, S.Stephan, J.Sikes, M.Snapp. - Beverly Hills: Sage Publi-cations, 1978. - 197 p.

2. Asqarova O'., Usmonboyeva M., Raxmatova X., Ehsonova F., Asqarova F. Pedagogika. Izohli lug'at. "Navro'z" nashriyoti- Toshkent: 2014.

3. Mead M. Cooperation and Competition Among Primitive People / M.Mead. - McGrawHill, 1997.

4. Park C.W. The cooperative system of education. An account of cooperative educa-tion as developed in the College of Engineering, University of Cincinnati. - Washington: Government Printing Office, 1916. - 48 p.

5. Qurbonov Sh, Seytxalilov E. Ta'lim sifatini boshqarish. /T.: «Turon-Iqbol», 2006. -592 b.

6. Shermuhammadov B.Sh., Qurbonova B.Q., Maqsudov U.Q., Qo'chqarova M.A., Sidikova Z.M. Umumiy pedagogika. /Farg'ona: "Classic" nashriyoti-2022. -240 b.

7. Slavin R.E. Student teams and comparison among equals: Effects on academic performance and student attitudes. / R.E. Slavin. - Journal of Educational Psychology, vol. 70, 1978. - P. 532-538.

8. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. - T.: O'qituvchi, 1996. - 93 b.

9. Sharan, S., Sharan Y. Small group-teaching / S. Sharan, Y. Sharan. - Englewood Cliffs, NJ: Educational Technology Publications, 1996. - 237 p.

10. Qurbonova B. Talabalarni hamkorlik pedagogikasi asosida ijtimoiy hayotga tayyorlashda moslashuvchanlik imkoniyatlarini oshirishni modellashtirish. Scientific journal of the Fergana State University. 2023 Jun 22(1):24-.

11. Kurbonova B. Preparation of students for social life based on cooperative pedagogy as a pedagogical problem. Science and innovation. 2023;2(B1):387-91.

12. Kurbanova B. Modern forms of organizing students independent work as a pedagogical problem. Science and innovation. 2023;2(B2):525-8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.