CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
RESPUBLIKAMIZDA MEVA-SABZAVOT VA UZUMCHILIK SOHASINIYANADA RIVOJLANTIRISH
Nazarov Ibrohim Hasan o'g'li
"TIQXMMI" MTU BuxTRBI "Yer kadastri va yerdan foydalanish" ta'lim
yo'nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12579771
ARTICLE INFO Received: 17th June 2024 Accepted:18th June 2024 Published: 28th June 2024 KEYWORDS bog'dorchilik, uzumchilik, issiqxona,
klaster, tokzor, meva-sabzavotchilik.
ABSTRACT Ushbu maqolada bog'dorchilik va uzumchilikni rivojlantirishda klasterlarni tashkil etish va qishloq xojaligida pirovard mahsulotlarni ishlab chiqarishni tahlil qilish keltirilgan.
Qishloq xo'jaligi korxonalarining moddiy texnika bazasi yaxshilanib bormoqda. Qishloq xo'jaligi korxonalarining faoliyatini yanada yaxshilash, yangi mulkchilik shakllarini yaratish bugungi davr talabidir. Kun kelib bog'dorchilik va uzumchilik xo'jaliklarini tashkil etish mamalakat iqtisodiyotining asosini tashkil etishiga hech qanday shubha yo'q. Shu nuqtayi nazaridan qishloq xo'jaligi korxonalarining mehnat samaradorligini yanada oshirish borasida prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ huquqiy hujjatlar qishloq xo'jaligida yangi davr boshlash uchun muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Bog'dorchilik qishloq xo'jaligining serdaromad tarmog'i hisoblanib, odam organizmi uchun meva va rezavor mevalar tarkibida bo'lgan shakarlar, organik kislotalar, oksidlar, moylar, vitaminlar, mineral tuzlar, pektin, fermentlar, kolloidlar va boshqa moddalar mavjud. Meva va rezavor meva oziq-ovqat hamda sanoat uchun xomashyo hisoblanadi. O'zbekistonda bog'dorchilik qadimdan asosiy tarmoqlardan biri hisoblangan. V asrdan boshlab mevali daraxtlar haqidagi ilk ma'lumotlar to'planganligi ma'lum bolgan. Bu davrda mevali daraxtlar asosan yovvoyi holda o'sgan. Eramizning X asri boshidan mevalarni madaniy holda parvarish qilinishi boshlangan Respublikamiz aholisi moddiy farovonligi o'sishi bilan ularning meva mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlari ham oshib bormoqda, chunki mevalar (ho'l va quritilgan holatlarda) inson salomatligi uchun zarur bo'lgan to'yimli, mazali va shifobaxsh oziqdir. Shu bois yil davomida aholining mevaga bo'lgan talabini ta'minlash bu - davr talabidir. Uzumchilik «mamlakatimiz qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan biri. Markaziy Osiyo respublikalarida, xususan, O'zbekistonda uning roli, ayniqsa, katta. O'zbekistonning qulay tabiiy sharoiti bu yerda xilma-xil nav uzum yetishtirishga imkon beradi. Bog'dorchilik - intensiv bog'dorchilik va tomchilatib sug'orish texnologiyasini qo'llash asosida va mevachilik, yong'oqchilik, sitrus va ko'p yillik mahsulot yetishtirishga ixtisoslashgan, uzumchilik - tomchilatib sug'orish texnologiyasini qo'llagan holda intensiv asosda xo'raki yoki sanoatbop uzum mahsulotlari yetishtirishga issiqxona - qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishda issiqxona koplekslaridan foydalanishga ixtisoslashgan tarmoq hisoblanadi. So'nggi yillarda qishloq xo'jaligini isloh
Volume 1, Issue 10, June 2024
Page 148
qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo'lga qo'yildi, klasterlarga ajratilgan qishloq xo'jaligi maydonlarining hajmi ekin turlari bo'yicha paxta-to'qimachilikda - 67 foizni, chorvachilikda - 8 foizni, meva-sabzavotchilikda - 7,5 foizni tashkil etmoqda. Klaster usulida etishtirilgan xomashyoni qayta ishlash natijasida tayyor mahsulot ko'rinishida iste'molchiga etkazib berish imkonini bermoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta'minlash, meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi erlarni o'zlashtirish, paxta, g'alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo'jaligi ekinlari ekishni ko'paytirish, shuningdek, bog', tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo'lga qo'yilmoqda. Prezident tashabbusi bilan bog' va tokzorlar, issiqxonalar aholiga 3 yillik imtiyozli davr bilan, 7 yilgacha lizing asosida berila boshlanadi. Respublikamiz prezidenti "2020-yil qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasi vakillari uchun katta sinov va keng imkoniyatlar yili bo'ladi" deb ta'kidladigan edilar. Prezident 2020-yilda meva va sabzovotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tuman, 86 ta klaster va 125 ta kooperativlar yetakchi bo'lishi kerak degan tashabbus bilan chiqdilar. Bog' va tokzorlarda qator oralari, takroriy maydonlarning har bir qarichidan samarali foydalanish 2-3 marta hosil olish tizimi yo'lga qo'yish bo'yicha ham qator ishlarni boshlash vaqti kelganligini har kun takidlamoqdalar. Mahsulot hajmini oshirish uchun joriy yilda 124ming gektar oborotdan chiqqan yerlar to'liq o'zlashtirilmoqda. O.zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi "Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo.jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to.g.risida"gi PQ-4239-son qaroriga asosan: Jizzax, Samarqand, Toshkent va Farg'ona viloyatlarining 8 ta tumanida jami 41 ta meva-sabzavotchilik yo'nalishidagi qishloq xo'jaligi birlashmalari tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2029-yil 20-martdagi "O'zbekiston Respublikasida bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'grisida"gi PQ-4246-son qarori bilan Qishloq xo'jaligi vazirligi huzurida Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Qarorga muvofiq, Qishloq xo'jaligi vazirligi huzurida Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi. Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etildi. Jamg'arma mablag'lari jumladan, bog'larda va issiqxonalarda irrigatsiya tadbirlarini o'tkazish, suv yetkazib berish, artezan quduqlari, quduqlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sig'imlar xarid qilish uchun sarflanadi.Tomchilatib va yomg'irlatib sug'orish asosidagi suv tejovchi sug'orish texnologiyalarini joriy qilgan yangi tashkil etiladigan bog'lar va issiqxona xo'jaliklari subsidiya ajratish yo'li bilan qo'llab-quvvatlanadi. Bugungi kunda respublikamizda etishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo'jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. 2010 yilda eksportning 11,3 foizi paxta tolasi hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2018 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 1,6 foizgacha kamaydi. Shu bilan birga, sohada ayniqsa meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishda samarali bozor mexanizmlari tizimli yo'lga qo'yilmaganligi, ilmiy yondashuvning etarli emasligi tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmasligiga olib kelmoqda.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki bugun qishloq xo'jaligida yangi davr boshlandi. Qishloq xo'jaligi deganda ko'z oldimizga faqat g'alla yoki paxta kelmasligi kerak. Bugun bog'dorchilik uzumchilik va issiqxona xo'jaliklariga qaratilayotgan davlat darajasidagi e'tibor hech birimizning diqqat markazimizdan chetda qolmasligi kerak. Qishloq xo'jaligi sohasida har bir tarmoqni qaytadan ko'rib chiqish va oqsagan har bir tarmoq ustida kechayu kunduz halol va vijdonan mehnat qilmoq zamon talabidir.
Volume 1, Issue 10, June 2024
Page 149
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini belgilovchi va katta daromad keltiradigan asosiy sohalardan biri bog'dorchilik hisoblanadi. Bu sohani ilmiy asosda rivojlantirmasdan turib, aholi va sanoatimizning meva mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish mumkin emas. Shunday ekan, qishloq xo'jalik sohalarini, shu jumladan, bog'dorchilikni chuqur o'rganib chiqib, qanday muammolar sodir bo'lganligini aniqlab olish va ularning ijobiy yechimini topishni taqozo etadi. Bog'dorchilik tarmog'ini rivojlantirish bugungi oziq - ovqat tanqis bo'lib turga ayni bir zamonda mamlakat iqtisodiyotini barqaror ushlab turishda va uni rivojlantirishga asos bo'lib xizmat qiladi.
Bog'dorchilik va uzumchilikni rivojlantirishda aholi bandligini ham ta'minlash inobatga olinmoqda albatta. Bekor yurgan yoshlar yangi tashkil etilayotgan bog'dorchilik xo'jaliklariga jalb qilinadi. Bog'dorchilik tarmog'ini rivojlantirish shunisi bilan muhimki bu sohada ekinning suv tanqisligi sharoitida qurib qolish ehtimoli paxta yoki g'allaga hisbatan ancha kam. Nisbatan an'anaviy ekinlarga qaraganda bog'zor va tokzorlarda ishchi kuchi nizbatan kamroq talab etiladi. Mahsulotni yig'ib olish, saqlash va sotishda muammolarning bartaraf etilganligi va mamlakatning barcha hududlarida logistika markazlarining tashkil etilganligi mevani jahon bozorlarida eksport qilish imkonini ham yaratadi. Hisob-kitoblarga ko'ra, 1 gektar maydonda etishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong'oqdan 5 baravar ko'p daromad olish imkoniyati mavjud. Bu raqamlar shu kecha kunduzda qishloq xo'jaligida yangi islohotlar boshlashga vaqt kelganligini bizga eslatmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati:
1. R.Yunusov, K.Umarov, B.Karimov "Bog'dorchilik" O'quv qo'llanma. Toshkent - 2016.
2. O.zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi "Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo.jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to.g.risida"gi PQ-4239-son qarori
3. O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi "Meva-sabzovotchilik va uzumchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, sohaga qo'shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risda"gi PQ-4549 son qarori.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi "O'zbekiston Respublikasida bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'grisida"gi PQ-4246-son qarori.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5853-son Farmoni
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyuldagi "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-4406-son qarori,
8. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi "Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaliklarini hamda meva sabzovot klasterlarini qo'shimcha moliyaviy qo'llab-quvvat quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 102-son qarori.
9. Xudoyberdiyev, F. S. (2020). TAKRORIY EKIN-QO 'SHIMCHA DAROMAD. Студенческий вестник, (24-6), 47-48.
10 Shamshodovich, K. F., Utkirovich, B. S., & Mukhtarovich, M. K. (2021). Innovative approach to pasture management and productivity improvement. Academicia Globe, 2(05), 491-494.
11. Худойбердиев, Ф. Ш. (2020). Зарубежный опыт в области пастбищных территорий, возможности и условия их использования в Узбекистане. Землеустройство, кадастр и мониторинг земель, (10), 24-27.
12. Shamshodovich, K. F., Akhtamov, S., Muhammadov, K., & Bobojonov, S. (2021). The importance of the cluster system today. International Engineering Journal For Research & Development, 6, 3-3.
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES à
13. Худойбердиев, Ф. Ш. (2019). Научная статья «Улучшение пастбищ, создание новых пастбищ и разработка эффективных методов использования пастбищ». Вестник Хорезмской Академии Мамуна, 17-20.