Научная статья на тему 'HUDUDLARDA MEVA-SABZAVOT KOOPERATSIYALARIНИНГ IQTISODIY MEXANIZMLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI'

HUDUDLARDA MEVA-SABZAVOT KOOPERATSIYALARIНИНГ IQTISODIY MEXANIZMLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kooperatsiya / meva-sabzavot / hajm / hosildorlik / ko‘rsatkichlar / samaradorlik / iqtisodiy mexanizm / klaster / sub’ekt / oziq-ovqat xavfsizligi / ta'minot / cooperative / fruit and vegetable / volume / productivity / indicators / efficiency / economic mechanism / cluster / subject / food safety / supply

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sh.Sh.Fayziyeva

Ushbu ilmiy maqolada Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida meva-sabzavot kooperatsiyalarini tashkil etilishi, meva-sabzavot mahsulotlari hajmini oshirish, jahon miqyosida va mamlakat hududida hosildorlik koʻrsatkichlari, samaradorlikni oshirish boʻyicha iqtisodiy mexanizmlardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Qashqadaryo viloyati va tumanlar kesimida meva-sabzavot mahsulotlari va klasterlari toʻg‘risidagi ma’lumotlar taqqoslangan. Shuningdek, hududlarda meva-sabzavotchilik sohasini takomillashtirish orqali sub’ektlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlanishi, yirik ishlab chiqarishning yuzaga kelishi va mahalliy ishlab chiqarish orqali oziq-ovqat xavfsizligining ta'minlanishiga oid xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POSSIBILITIES OF USING ECONOMIC MECHANISMS OF FRUITS AND VEGETABLES COOPERATIVES IN THE REGIONS

This scientific article analyzes the importance of organizing fruit and vegetable cooperatives in the regions of the Republic of Uzbekistan, the use of economic mechanisms to increase the volume of fruit and vegetable production, productivity indicators at the global level and in the country, and also to improve efficiency. Information on fruit and vegetable products and clusters of the Kashkadarya region and districts was compared. Conclusions were also given regarding strengthening ties between subjects by improving the fruit and vegetable industry in the regions, the emergence of large-scale production, and ensuring food security through local production.

Текст научной работы на тему «HUDUDLARDA MEVA-SABZAVOT KOOPERATSIYALARIНИНГ IQTISODIY MEXANIZMLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI»

UDK 334:633.1:631

HUDUDLARDA MEVA-SABZAVOT KOOPERATSIYALARIНИНГ IQTISODIY MEXANIZMLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Sh.Sh.Fayziyeva*

Kalit co 'zlar: kooperatsiya, meva-sabzavot, hajm, hosildorlik, ko'rsatkichlar, samaradorlik, iqtisodiy mexanizm, klaster, sub'ekt, oziq-ovqat xavfsizligi, ta'minot.

Hududlar qishloq xo'jaligidagi meva-sabzavot mahsulotlari asosan xususiy tarmoqda yetishtirilayotgan bo'lib, uning 75-85 foizi dehqon va fermer xo'jaliklari ulushiga to'g'ri keladi. Bugungi kunda bog'dorchilik sohasidagi yirik tadbirkorlik sub'ektlarining soni ortishi meva-sabzavot yetishtiruvchi xususiy tarmoq o'rtasida raqobatning kuchayishiga olib kelmoqda. Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribalarining tahlillari ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasini rivojlantirish zarurati borligini ko'rsatmoqda. Bunda tizimda mavsumiy pishib yetiladigan meva-sabzavot mahsulotlari juda ko'p sonli, joylashuvi jihatidan tarqoq hamda hajmi kichik dehqon va fermer xo'jaliklarining raqobat kurashida ishtirok etishlari uchun ularning kooperatsiyaga birlashishlari maqsadga muvofiqdir.

Qishloq xo'jaligining rivojlanishi va taraqqiy ettirish uchun hukumatimiz tomonidan bir qator meyoriy hujjatlar qabul qilinmoqda. Xususan, O'zbekiston RespublikaOT Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853 - sonli farmoni hamda 2019 yilning 14 martdagi "Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo'jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4239-sonli qarori bilan meva-sabzavotchilik rivojlangan hududlarida faoliyat yuritayotgan fermer va dehqon xo'jaliklari negizida ixtisoslashgan kooperativlar tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish hamda qulay biznes muhitini yaratish nazarda tutilgan. Shuningdek, 2019 yil 11 dekabrdagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, sohada qo'shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4549-sonli qarorlari qabul qilindi [2, 3-b]. Qabul qilingan qarorlar va mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Respublika qishloq xo'jaligida meva-sabzavot tarmogi muhim o'rin egallaydi. Bunda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qulay agrobiznes muhitini va qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish, qishloqlardagi kam ta'minlangan aholi daromadlarini oshirish, hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida Prezidentimizning "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoniga asosan, qishloq xo'jaligida ishlash imkoniyati va ishtiyoqi bo'lgan 50 nafar inson bir hududda birlashtirilib, kooperativlar tashkil etilmoqda.

O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan kooperatsiyalar dehqon va fermerlarimizga, agrar soha vakillariga yangicha zamonaviy uslubda ishlashni o'rgatdi va qishloq xo'jaligi sub'ektlari tomonidan birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo'jalik faoliyatini yuritish uchun o'zlarining moddiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida, ixtiyoriy ravishda mulkiy pay badallarini birlashtirish asosida tashkil etiladi.

* Shirin Shodmonovna Fayziyeva - "Innovatsion iqtisodiyot" kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi, i.f.n. Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti.

Qashqadaryo viloyatidagi meva-sabzavotchilik klasterlari

Qamashi tumanida "Agro-vostok" MCHJ, Kitob tumanida "Sharofat ona Qahramon qizi" agrofirmasi, Kitob tumanida "Shahrisabz tomorqa xizmati" MCHJ, Yakkabog' tumanida "Abdul Axat Axmedivich" f/x, Yakkabog' tumanida "Green atr rlaster" MCHJ, Yakkabog' tumanida "Arsenal nur baraka" MCHJ, Shaxrisabz tumanida "Bog'izar Varganza uzumzorlari" MCHJ, Chiroqchi tumanida "Marble industry Kitob" MCHJlar faoliyat yuritmoqda.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, Qashqadaryo viloyatida barcha toifalarda ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarida sabzavotchilik mahsulotlarini ulushi 2020-2022 yillar oralig'ida 54% ni tashkil etib, eng past natijani 11% miqdorida uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish egallagan. Demak, sabzavotchilikda raqobat muhitini rivojlantirib, eksportga yo'naltirish va uzumchilikda hosildor navlarni yaratib, tarmoqda ishlab chiqarishni kengaytirish zarur.

1-jadval. Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlari kesimida

Shahar va tumanlar nomi 2020 2021 2022 2023 yil yanvar-sentabr

Qashqadaryo viloyati 23777,8 28275,6 32240,7 27363,7

Qarshi sh. 172,4 179,6 214,9 206,3

Shahrisabz sh. 196,6 238,0 250,4 174,5

tumanlar

G'uzor 1503,6 1785,3 2004,3 1822,0

Dehqonobod 1096,9 1208,1 1295,4 1074,9

Qamashi 2186,2 2629,5 2894,1 2412,2

Qarshi 1950,0 2364,9 2616,0 1953,6

Koson 2249,1 2685,5 3150,0 2569,6

Kitob 1971,9 2434,7 2487,5 2572,2

Mirishkor 1517,0 1863,3 2287,3 1683,6

Muborak 1117,3 1425,1 1620,9 1426,4

Nishon 1523,2 1842,7 2360,2 1843,2

Kasbi 2028,3 2443,2 2950,0 2322,3

Ko'kdala - - 1692,7 1408,0

Chiroqchi 3029,1 3209,2 2145,3 1866,7

Shahrisabz 1522,7 1798,0 1994,9 1843,4

Yakkabog' 1713,5 2168,5 2276,8 2184,8

Yuqoridagi jadval ma'lumotlarini tahlil qiladigan bo'lsak, viloyat qishloq xo'jaligida 2022 yilda Koson tumanida 3150,0 mlrd.so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, viloyat kesimida bu ko'rsatkch 9,8% ni tashkil etdi. Bu natija 2021 yilga qaraganda 102,7 foizga oshganligini ko'rsatmoqda. Mazkur davrda Qarshi shahrida 214,9 mlrd.so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 6,7% naijani egalladi. 2021 yilga nisbatan bu ko'rsatkich 114,8 foizga oshganligini ko'rishimiz mumkin.

Hududlarning ma'lumotlari asosida Tahlil natijalariga ko'ra qishloq xo'jaligida meva-sabzavot tarmogini rivojlanishida qator muammolar yechimini topishi zarurligini korsatmoqda.

1. Meva-savzavot mahsulotlarning tannarxi past bo'lishini ta'minlash. Bu aholining mahsulotlarni sotib olish imkoniyatlarini kengaytiradi, turmush darajasini oshiradi, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning esa foydasi ko'payishini ta'minlaydi.

2. Tarmoqda mehnat umumdorligini oshirish. Mehnat unumdorligining oshishi mahsulot tannarxi nisbatan past bo'lishini, katta miqdordagi resurslar tejalishini ta'minlaydi. Rivojlangan davlatlar tajribalari shuni ko'rsatadiki, bizda mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlari juda katta. Masalan, AQSH, Germaniya, Gollandiya kabi rivojlangan davlatlarda qishloq xo'jaligida band bo'lgan bir xodim mamlakat aholisining 90-110 tasiga yetarli mahsulot ishlab chiqaradi. Bizda bu ko'rsatkich 8-9 tani tashkil etadi. [4, 55-b]

3. Tarmoqlarining bir-biriga mutanosib holda rivojlanishini ta'minlash. Qishloq xo'jaligida yetishtirilgan mahsulotlarning nobud bo'lmasligi ko'p jihatdan ularni tayyorlovchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va iste'molchilarga yetkazib beruvchi tarmoq va xizmatlarning mavjudligiga, ularning jihozlanishiga va bir me'yorda yetarli quvvat bilan ishlashiga bog'liq va tarmoqlardagi integratsiyani rivojlantirish.

Meva-sabzavot mahsulotlarini uzluksiz ishlab chiqarish, kooperativlarga birlashtirish hamda eksport salohiyatini oshirish uchun tarmoqqa innovatsion, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, "Aqlli qishloq xo'jaligi" (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalar kompleks tizimi joriy etilishi kerak.

Hududlarimizda meva-sabzavotchilik sohasini takomillashtirish, shu jumladan meva-sabzavot mahsulotlari ekiladigan maydonlarni, saqlash va qayta ishlash quvvatlarini sezilarli oshirish, mazkur tarmoqni rivojlantirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning mablag'larini faol jalb etishga yO'naltirilgan kompleks chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tahlillar kO'rsatishicha, respublikada sabzavot yetishtirish hajmlari 2005-2020 yillarda barcha toifadagi xO'jaliklar bO'yicha O'sgan. Sabzavot mahsulotlari ekin maydonlari 2005 yildagi 137,7 ming gektar O'rniga 2020 yilga kelib 220,5 ming gektarni tashkil qilgan va ushbu yillar davomidagi O'sish 155,1 foizga teng bO'lgan. O'rtacha hosildorlik esa mos ravishda 215,8 sentnerdan 301,6 sentnerga ortib, umumiy O'sish 140,6 foizni tashkil qilgan. Natijada yetishtirilgan yalpi hosil miqdori 2005 yildagi 2971,6 ming tonna O'rniga 2020 yilda 6650,3 ming tonnani tashkil qilgan va yalpi O'sish 2,2 martadan ortiqni tashkil qilgan. Meva-sabzavotchilik sohasini takomillashtirish orqali quyidagilarga erishiladi:

- meva - sabzavotchilik sub 'ektlari o 'rtasidagi aloqalar mustahkamlanadi va yirik ishlab chiqarish yuzaga keladi;

- mahalliy ishlab chiqarish orqali oziq-ovqat xavfsizligi sezilarli darajada ta'minlanadi;

- meva-sabzavotchilik sub'ektlaridagi texnika va texnologiyalarni modernizatsiya qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish orqali zararlilarni moliyaviy sog'lomlashtiriladi.

"Asosiy maqsadlarimizdan biri - tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni "o'zbek brendi" nomi bilan olib chiqishdan iborat" [3, 3-b]. Hozirgi kunda O'zbekiston eksport salohiyatida qishloq xo'jaligining, ayniqsa, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining ahamiyati juda yuqori. Oxirgi paytlarda bu mahsulotlarni yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo'yicha bir qancha imtiyozlar mavjud.

Shu bilan bir qatorda "...sohada ayniqsa, meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishda samarali bozor mexanizmlari tizimli yo'lga qo'yilmaganligi, ilmiy yondashuvning etarli emasligi tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmasligiga olib kelmoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xom ashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan б baravar, yong'oqdan 5 baravar ko'p daromad olish imkoniyati mavjud" [1, 2-b].

Oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash, bandlikni yaratish, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarni rivojlanish va o'sishni rag'batlantirish uchun kooperativlar hudud iqtisodiyotiga sezilarli hissa qo'shadi. Qishloq xo'jaligi kooperativlari qishloq xo'jaligi xarajatlarini, qashshoqlikni kamaytirish, bozorga kirish uchun muhim rol o'ynaydi. Kichik qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo'llab-

quvvatlash a'zolari iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirish, barqaror qishloq bandligi va iqtisodiga erishish uchun kooperativlarning iqtisodiy va ekologik zarbalarga chidamliligini oshirish uchun ularning xavf-xatarlarini boshqarish zarur [6, 3-b].

Xulosa qilib aytganda, qishloq xo'jaligi kooperativlari mahsulot sifati va korxona rentabellikni oshirishga imkon beruvchi munosabatlar tizimidir. Milliy iqtisodiyotda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Uning rivojlanganlik darajasi davlarning oziq-ovqat xavfsizligini va qishloq hayotining farovonligini belgilab beradi. Shu munosabat bilan qishloq xo'jaligida kooperativlarning barqaror rivojlanish darajasini sifatli baholash juda dolzarb hisoblanadi. Kooperativlarning barqaror rivojlanishini baholash uslubiyatini takomillashtirish, undagi asosiy yo'nalishlarni aniqlash, bu muammoni hal qilishda turli xil nuqtai nazar va qarashlarni hisobga olish hamda ularni chuqur tahlil qilish va tizimlashtirishni talab qiladi.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xO'jaligi ishlab chiqarishida dehqon xO'jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari tO'g'risida"gi PQ-4549-sonli qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-sonli Farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2018 yil 28 dekabr

4. R.Xakimov, M.Otaqulov, E.Yusupov, M.Yusupov "Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti"-T:2004.

5. Husanov R. Dehqon xo'jaligini yuritishning ilmiy va amaliy asoslari. T.: Cho'lpon, 2000. - 103 b.

6. Shirin Fayziyeva, Gulnoza Samiyeva, Shakhribonu Yuldosheva Ensuring food safety in Uzbekistan and its forecasting. BIO Web of Conferences, 010 (2023) CIBTA-II-2023 https://doi.org/10.1051/bioconf/20237101072 (Web of Science)

HUDUDLARDA MEVA-SABZAVOT KOOPERATSIYALARIНИНГ IQTISODIY MEXANIZMLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Ushbu ilmiy maqolada O 'zbekiston Respublikasi hududlarida meva-sabzavot kooperatsiyalarini tashkil etilishi, meva-sabzavot mahsulotlari hajmini oshirish, jahon miqyosida va mamlakat hududida hosildorlik ko'rsatkichlari, samaradorlikni oshirish bo'yicha iqtisodiy mexanizmlardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Qashqadaryo viloyati va tumanlar kesimida meva-sabzavot mahsulotlari va klasterlari to'g'risidagi ma'lumotlar taqqoslangan. Shuningdek, hududlarda meva-sabzavotchilik sohasini takomillashtirish orqali sub 'ektlar o 'rtasidagi aloqalarni mustahkamlanishi, yirik ishlab chiqarishning yuzaga kelishi va mahalliy ishlab chiqarish orqali oziq-ovqat xavfsizligining ta'minlanishiga oidxulosalar berilgan.

ВОЗМОЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ХОЗЯЙСТВЕННЫХ МЕХАНИЗМОВ ПЛОДООВОЩНЫХ КООПЕРАТИВ В РЕГИОНАХ

В данной научной статье анализируется значение организации плодоовощных кооперативов в регионах Республики Узбекистан, использование экономических механизмов для увеличения объемов плодоовощной продукции, показатели продуктивности на мировом уровне и в стране, а также повысить эффективность. Сравнивалась информация по плодоовощной продукции и кластерам Кашкадарьинской области и районов. Также были даны выводы относительно укрепления связей между субъектами за счет

совершенствования плодоовощной отрасли в регионах, возникновения масштабного производства, обеспечения продовольственной безопасности за счет местного производства.

POSSIBILITIES OF USING ECONOMIC MECHANISMS OF FRUITS AND VEGETABLES COOPERATIVES IN THE REGIONS

This scientific article analyzes the importance of organizing fruit and vegetable cooperatives in the regions of the Republic of Uzbekistan, the use of economic mechanisms to increase the volume of fruit and vegetable production, productivity indicators at the global level and in the country, and also to improve efficiency. Information on fruit and vegetable products and clusters of the Kashkadarya region and districts was compared. Conclusions were also given regarding strengthening ties between subjects by improving the fruit and vegetable industry in the regions, the emergence of large-scale production, and ensuring food security through local production.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.