Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA MARKETINGNING O‘RNI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA MARKETINGNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
84
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qishloq xo‘jalik / investitsiya / marketing / marketing xizmati.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Musaeva Shoira Azimovna

Mazkur maqolada qishloq xo‘jalik sohasida, jumladan meva-sabzavotlarni ishlab chiqarishda marketing xizmatlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Qishloq xo‘jalik maxsulotlari eksportyorlari faoliyatida marketing hususiyatlari ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA MARKETINGNING O‘RNI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO'JALIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA MARKETINGNING O'RNI

Musaeva Shoira Azimovna

Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti professori https://doi.org/10.5281/zenodo.8354430

Annotatsiya. Mazkur maqolada qishloq xo'jalik sohasida, jumladan meva-sabzavotlarni ishlab chiqarishda marketing xizmatlarini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan. Qishloq xo'jalik maxsulotlari eksportyorlari faoliyatida marketing hususiyatlari ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jalik, investitsiya, marketing, marketing xizmati.

Аннотация. Данная статья посвящена вопросам развития маркетинговых услуг в сельском хозяйстве, в частности производстве плодоовощной продукции. Показаны особенности маркетинга в деятельности экспортёров сельскохозяйственной продукции.

Ключевые слова: сельское хозяйство, инвестиция, маркетинг, служба маркетинга.

Abstract.This article is devoted to the development of marketing services in agriculture, in particular to the production of fruits and vegetables. The features of marketing in the activities of exporters of agricultural products are shown.

Key words: agriculture, investments, marketing, service of marketing.

Bugun Respublikamizda ishlab chiqarishni kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirish uchun ekin maydonlari sezilarli ravishda kengaytirildi, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo'yicha qo'shimcha quvvatlar ishga tushirildi, moliyaviy resurslar, jumladan, xalqaro moliya institutlari mablag'lari faol ravishda jalb etilmoqda. Misol uchun 2022 yil yanvar-dekabr oylarida 189924,3 mlrd.so'mlik investitsiyalarning 8%-i qishloq xo'jalik sohasiga yo'naltirilgan. Natijada, shu yilda ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi maxsulotlari hajmi 215,7 trln.so'mni yoki 2021 yilga nisbatan 102,7%ni, shu jumladan dehqonchilik maxsulotlari 108,3 trln.so'mni (103,7 %), chorvachilik maxsulotlari - 107,4 trln.so'mni (101,7 %) tashkil qildi. [1]

Agrosanoat kompleksida islohotlarni kuchaytirish masalasi mamlakatimiz uchun dolzarb dolzarb bo'lib qolmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 martdagi "Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo'jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4239-sonli Qarorida meva-sabzavotchilik sohasida qo'shilgan qiymat zanjirini yaratishni rag'batlantirish, sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va uning eksporti barqarorligini ta'minlash, mazkur mahsulot ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish maqsad qilib qo'yilgan.[2]

SHu bilan birga xorijiy meva-sabzavot mahsulotlari bozorlaridagi yuqori darajadagi raqobat agrotexnikaning hamda ishlab chiqarish va mahsulot etkazib berish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy uslublarini jadal ravishda joriy etishni talab qilmoqda.[3]

Meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlanishida mahsulot etishtirishning ilg'or texnologiyalarini qo'llash, mahsulotni qayta ishlash va saqlashning zamonaviy usullarini joriy qilish bugungi kunda oziq-ovqat tanqisligini oldini olish imkonini yaratadi. Ma'lumki,

etishtirilgan meva- sabzavot mahsulotlarini iste'molchiga tayyor mahsulot ko'rinishida etib borishigacha bir qator texnologik jarayonlardan o'tadi. Meva-sabzavotlarni faqatgina nobud bo'lishini oldini olish bo'yicha emas, balki, ekiladigan maydonlarni kengayishi va olinadigan yalpi hosilning ortib borishi ham bu soha mutaxassislari oldiga katta vazifalarni yuklaydi. Buning uchun birinchi navbatda ekiladigan navlarning seleksiyasiga va agrotexnik ishlov berish jarayonlariga katta e'tibor berilashi lozim. Meva-sabzavotlar pishib etilishi bilan ularni o'z vaqtida yig'ishtirib olish va kerakli keyingi bosqichlarga o'z vaqtida etkazish yaxshi natija beradi.

Xalqaro tajribadan malumki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o'zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta'minlash, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, nazorat qilish mumkin bo'lgan ichki omillar, jumladan, tovar, narx, joy va bozorga kirish kabi omillarni hisobga olish marketing samaradorligini belgilab beradi.[4] Ammo, ko'pgina meva va sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar marketing boshqaruvini tashkil etishda bu omillarni nazorat qilmaydilar. Ularning konsepsiyasi va yondoshuvlarini bilan tanishib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, ularda o'z mahsulotini pirovard iste'molchiga olib borish bo'yicha ishlab chiqaruvchilar bilan o'zaro munosabatlarning aniq ishlab chiqilgan strategiyasi yo'q.

Ko'p hollarda marketing ishlarini tashkil etish xarid, saqlash, tashish bilan cheklanib qoladi, ammo mahsulotni tarqatish, ya'ni uni sotishga u qadar e'tibor qaratilmaydi. Ma'lumki, aynan ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlarini tarqatish va xomashyo xarid qilish tarmoqni rivojlantirishning hal qiluvchi omili hisoblanadi va korxona marketing strategiyasining asosida aynan shu omillar yotishi kerak.

Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning assortiment tuzilmasini takomillashtirishning eng yuqori omillaridan biri ozuqaviy qo'shimchalarni mintaqamizda mavjud tabiiy xom ashyo zaxiralarini qayta ishlash asosida keng assortimentini tayyorlashni amalga oshirishdir. Misol uchun, shirin yaxna ichimliklar ozuqaviy qo'shimchalarning asosiy qismi chetdan valyuta hisobiga keltirilayotgan sun'iy xom ashyolar (nastoyka, ekstratlar) yordamida tayyorlanmoqda. Vaholanki, respublikamizda mavjud xom ashyo potensialini, ho'l mevalarni qayta ishlash asosida olinishi mumkin bo'lgan raqobatbardosh, tabiiy sof ozuqaviy qo'shimchalar xom ashyo bazasi yaxna ichimliklar assortiment turkumining o'nlab yangi qirralarini ochib berishi mumkin. SHu bilan birga, viloyatlarda import xom ashyoga valyuta mablag'i bo'lmagan yuzlab turli quvvatdagi yaxna ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari ish faoliyatini tiklash imkoniyati yaratilishi mumkin.

Tahlillar natijasining ko'rsatkichiga ko'ra, meva-sabzavotchilik mahsulotlari hajmlarining yildan-yilga oshib borishi saqlash va qayta ishlash tarmog'idagi bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, sohani isloh qilishda zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda tub burilishni amalga oshirishni talab etmoqda. Xususan:

- respublikada umumiy ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan mevaning 18,9 foizi, sabzavot va poliz mahsulotlarining 5,6 foizi, uzumning 9,5 foizi sanoat korxonalarida qayta ishlanmoqda;

- etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini hududlarda saqlash uchun sovutgichlar bilan ta'minlanganlik darajasi 3,7 foizni (sovutish omborxonalari yil davomida bor-yo'g'i 20-22%ga mahsulot bilan ta'minlangan) tashkil etmoqda;

- mavjud sovutgichlarning aksariyati ma'nan eskirgan, texnologik jihatdan yangilanmagan, zamonaviy texnologiya va raqamli innovatsion ishlanmalar lozim darajada tatbiq etilmagan;

- soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasiga innovatsion yondashuvni taqozo etmoqda. Ilg'or tajribali zamonaviy uskunalar bilan ishlash qobiliyatiga ega, qayta ishlash, saqlash yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashga etarlicha e'tibor berilmayapti;

- saqlash va qayta ishlash korxonalarining zamonaviy-texnologik talablari va hajmlaridagi mahsulotlar bilan etarli darajada ta'minlash masalalariga tizimli yondoshilmayapti;

- transport va logistika sohasi zamon talabidan ortda qolmoqda;

- so'nggi yillarda meva-sabzavotchilikni yuritish intensiv texnologiya asosida olib borilmoqda. Natijada qishloq xo'jaligida foydalaniladigan resurslar, jumladan, YOMM, kimyoviy vositalar (meva-sabzavot etishtirish uchun 255 ming tonna fosforli, 290 ming tonna azotli o'g'it etishmaydi) va urug'lik narxlarining ortib ketishi, qishloq aholisi daromadlarining pastligi, shuningdek, mineral o'g'itlar, kimyoviy vositalarning qo'llanilishi, og'ir texnikadan foydalanish, er resurslari sifatining yomonlashuvi, ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda.

SHu bois, tahlillar va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasidagi tashkilotining (FAO) ma'lumotlariga ko'ra, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini yig'ishtirish, tashish va saqlashdagi yo'qotishlar hajmi 22-45 foizgacha, isrofgarchiliklar esa 12-18 foizni tashkil etmoqda.

YAna bir muhim masala hududlarda etishtirilayotgan mahsulotlar haqida xaridorlarga zarur bo'lgan ma'lumotlarni beruvchi axborot-maslahat markazlari va raqamli texnologiyalar faoliyati yo'lga qo'yilmaganligidadir. Bundan tashqari respublikada transport-logistika borasidagi mavjud muammolarni hozirgacha hal etilmaganligi mahsulotlarni saralash, qayta ishlash, qadoqlash va xaridorlarga yuborish muammoligicha qolmoqda.

Xalqaro tajriba

Rivojlangan mamlakatlarda mehnat resurslarining 2-5 foizi, kam taraqqiy etgan aksariyat mamlakatlarda esa 90 foizgacha qishloq xo'jaligi tarmog'ida mehnat qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan ancha katta rol o'ynaydi. YAlpi ichki mahsulotda qishloq xo'jaligining salmog'i rivojlanayotgan mamlakatlarda o'rtacha 22 foizni, rivojlangan mamlakatlarda 4 foizni tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlangan mamlakatlarda etishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining yarmidan ko'prog'i etishtirilmoqda. BMT ekspertlari fikrlaricha, har yili oziq-ovqat muammosini echish uchun uning hajmi 6 foiz oshirib borilishi talab etiladi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasidagi tashkilotining (FAO) ma'lumotiga ko'ra, Evropada quritilgan yong'oq va mevalar savdosi 11 milliard evroni, quritilgan sabzavotlar esa 8 milliard evrodan ziyodni tashkil etdi. Vetnam kabi yangi ishtirokchilarning tajribasi shuni ko'rsatdiki, to'g'ri strategiya asosida ish yuritilsa, yiliga 1 milliard evrodan oshiq hajmdagi mahsulotni eksport qilish imkoniyati paydo bo'ladi.

Tahlillarga qaraganda, yurtimizda bog' va tokzorlarda hosildorlik juda past. Masalan, qishloq xo'jaligi rivojlangan AQSH, Xitoy, Italiya, Fransiya kabi davlatlarda bir gektar intensiv

bog'dan 80-120 tonna, ayrim mevalardan 140 tonnagacha hosil olinsa, yurtimizda bir gektardan 10-30 tonna, an'anaviy bog'-tokzorlardan esa 4-5 tonna mahsulot olinadi. Bu albatta iqtisodiy jihatdan samarasiz qishloq xo'jaligidir.

Meva-sabzavotchilik tarmog'ini barqaror rivojlantirish uchun tavsiya etilayotgan chora-tadbirlar:

-birinchidan, meva-sabzavotchilik sohasini modernizatsiya qilish, yangilash, sohani barqaror rivojlanishida kuchli turtki beradigan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

-ikkinchidan, dunyo mamlakatlari iste'mol bozorini importga bog'liqligining kuchayganligi natijasida oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta'minlash, agrar sektorni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va boshqarish mexanizmini takomillashtirish;

-uchinchidan, yildan yilga suv resurslarining tanqisligi yuzaga kelayotganligi tufayli, sug'oriladigan erlardan unumli foydalanish imkoniyatining cheklanganligi sug'orishning innovatsion texnologiyalarga asoslangan ilg'or usullaridan foydalanish, xususan, tomchilatib sug'orishni keng joriy etish masalasiga alohida ahamiyat qaratish;

-to'rtinchidan, meva-sabzavotchilikning barqaror rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar ichida fermer va qishloq xo'jaligi korxonalarining iqtisodiy, texnologik, huquqiy va boshqa sohalardagi imkoniyatlari va erishgan natijalarini chuqur tahlil qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish orqali mavjud ilmiy va innovatsion imkoniyatlarni ishga solish;

-beshinchidan, aholi ehtiyojlarini ta'minlash maqsadida mamlakatga import qilinayotgan meva-sabzavotchilik mahsulotlari o'rnini ichki imkoniyatlarimizdan to'la va samarali foydalanish hisobiga to'ldirishni nazarda tutuvchi dasturlarni qabul qilish va boshqalar.

SHuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribalarining tahlillari ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasi va klasterlarini rivojlantirish zarurati borligini ko'rsatmoqda.

Meva-sabzavotchilik sohasini iqtisodiy tomondan o'sishi mavjud ichki resurslardan foydalanishni yanada kengaytirish hisobiga bo'lishi kerak emas, balki mahsulotlarni sifat jihatidan zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh ishlab chiqarish kooperatsiyasi va klasterlar tizimini joriy etish hisobiga erishish mumkin.

O'zbekistonda meva-sabzavotchilik tarmog'ini yanada qo'llab-quvvatlash bo'yicha takliflar

YUqoridagi tahlildan kelib chiqqan holda, O'zbekiston sharoitida sohani barqaror rivojlantirishda quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq sanaladi:

- qishloq joylarida faoliyat ko'rsatib, bevosita qishloq xo'jalik mahsulotlarini innovatsion resurs tejaydigan usulda saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashgan namunaviy korxonalar faoliyatini moliyaviy rag'batlantirishni yanada kuchaytirish, ularga soliq, bojxona va boshqa imtiyozlarni joriy etish;

- respublikaning har bir qishloq hududida sanoat korxonalarining ixcham va kichik shoxobchalarini rivojlantirish asosida etishtirilayotgan qishloq xo'jalik xom ashyo mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni ko'paytirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorga xaridorgir, raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan tadbirlarni iqtisodiy rag'batlantirish (valyuta ajratish, imtiyozli soliq belgilash, kreditlar ajratish va boshqalar) maqsadga muvofiq;

- tadbirkorga eksport jarayonidan oldin kredit ajratish, sug'urtalash, tashqi bozorlarda o'rin egallash, "geografik, iqtisodiy, moliyaviy va sifat xavflari", transport-logistika, tegishli sertifikatlar olish, oziq-ovqat xavfsizligi (XASSP) va standart masalalarida har tomonlama amaliy yordam berish, xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda ishtirokini ta'minlashga ko'mak berish maqsadida eksport-kredit tashkilotlarini tashkil etish yoki ushbu masalalarni hal etishni mas'ul vazirlik va idoraga yuklash;

- raqamli innovatsion texnologiyalarga asoslangan "Agropark" va "Agrosanoat" ko'p tarmoqli agrologistika majmualarini har tomonlama qulay joylarda tashkil etish. Ushbu majmuada barcha sharoitlar yaratilgan bo'lib, ya'ni mahsulot sotish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, biolaboratoriya xizmati, standartlashtirish va eksportgacha bo'lgan barcha jarayonlar tizimini yaratish;

- "Meva-sabzavotchilik klinikasi" xizmatini joriy etish;

- meva-sabzavot va qayta ishlangan mahsulotlarning sifati va xavfsizligiga qo'yiladigan talablarni tartibga soluvchi huquqiy me'yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi rasmiy sayti. www.stat.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 martdagi "Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo'jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4239-sonli Qarori.

3. Djeyms S.Djonson, Donald F.Vud, Deniel L.Vordlou, Pol R.Merfi- ml. "Modern logistics (Sovremennaya logistika)". Uchebnoe posobie. - M.: "Vilyams", 2015.

4. O'zbekiston milliy axborot agentligi. www.uza.uz.

5. Musaeva Sh.A. Marketing tadqiqotlari. Darslik "STAR-SEL" MChJ nashriyot va ijodiy bo'limi. Samarqand-2023

6. Musaeva Sh.A. Integrallashtirilgan marketing kommunikatsiyasiO'quv qo'llanma "Mahorat" nashriyoti, Samarqand - 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.