Научная статья на тему 'QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA VUJUDGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI'

QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA VUJUDGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

1194
151
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari / mahsulotlar sifat va xavfsizligi / eksport / import / Clobal GAP / ISO 22000 standarti. / Agricultural products / product quality and safety / export / import / Global GAP / ISO 22000 standard

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Azizbek Roʻziqul Oʻgʻli Abdirayimov, Najmiddin Shamsiddinovich Muminov

Ushbu maqolada qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sifati va xavfsizligini taminlash hamda ularni eksport miqdorini oshirish bilan bogʻliq faoliyat yoritilgan. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy tashqi bozorlari eksport geografiyasi, eksportining dinamikasi va tarkibi tahlil qilingan. Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini sifati va xavfsizligini taminlashni yangi bosqichga koʻtarish bilan bogʻliq takliflar berilgan. Organic va Global G.A.P., ISO xalqaro standartlarni oʻrni alohida taʼkidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the activities related to ensuring the quality and safety of agricultural products and increasing their exports. Export geography, export dynamics and composition of the main foreign markets of fruit and vegetable products are analyzed. Proposals have been made to raise the quality and safety of agriculture and food products in our country to a new level. Organic and Global G.A.P., the role of ISO international standards is highlighted

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA VUJUDGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI»

QISHLOQ XO'JALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA VUJUDGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR VA ULARNING

YECHIMLARI

Azizbek Ro'ziqul o'g'li Abdirayimov

Toshkent davlat agrar universiteti, assistent abdirayimov9191 @mail .ru

Najmiddin Shamsiddinovich Muminov

Toshkent davlat agrar universiteti professor, muminov .najmiddin@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sifati va xavfsizligini taminlash hamda ularni eksport miqdorini oshirish bilan bog'liq faoliyat yoritilgan. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy tashqi bozorlari eksport geografiyasi, eksportining dinamikasi va tarkibi tahlil qilingan. Mamlakatimizda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini sifati va xavfsizligini taminlashni yangi bosqichga ko'tarish bilan bog'liq takliflar berilgan. Organic va Global G.A.P., ISO xalqaro standartlarni o'rni alohida ta'kidlangan.

Kalit so'zlar: Qishloq xo'jaligi mahsulotlari, mahsulotlar sifat va xavfsizligi, eksport, import, Clobal GAP, ISO 22000 standarti.

ABSTRACT

This article describes the activities related to ensuring the quality and safety of agricultural products and increasing their exports. Export geography, export dynamics and composition of the main foreign markets of fruit and vegetable products are analyzed. Proposals have been made to raise the quality and safety of agriculture and food products in our country to a new level. Organic and Global G.A.P., the role of ISO international standards is highlighted.

Keywords: Agricultural products, product quality and safety, export, import, Global GAP, ISO 22000 standard.

KIRISH

Yurtimizda so'nggi yillarda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sifati va xavfsizligini ta'minlash, eksport salohiyatini oshirish

January, 2023

167

yo'nalishida bajarilayotgan keng ko'lamli ishlar, uzoq yillar davomida qishloq xo'jaligi sohasini tubdan isloh qilish, unga ilg'or va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoatini butunlay yangi bosqichga olib chiqdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu ayniqsa, mamlakatimizda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, meva-sabzavot yetishtirish, ishlab chiqarish, saqlash, qadoqlash va eksport qilishdagi yuqori ko'rsatkichlarda yaqqol aks etmoqda.

Bugungi kunda eksport qilingan meva-sabzavotlarimiz dunyoning turli burchaklarigacha yetib boryapti. Oxirgi yillarda mahsulotlarni MDH mamlakatlaridan tashqari yirik tashqi bozorlar: — Xitoy, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Boltiqbo'yi davlatlariga eksport qilish yo'lga qo'yildi. Mamlakatimizda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashda mahsulot sifatining yaxshilanishi, qadoqlash jarayonlarida zamonaviy texnologiyalarning qo'llanilishi hisobiga dunyoda o'zbek mahsulotlari, ayniqsa, gilos, anor, qovun, quritilgan mevalar, yong'oq va uzumga bo'lgan talab ortib bormoqda.

Hozirgi zamon talabiga mos qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan tadbirkorlarga qator imtiyozlar, imkoniyatlar, zarur shart-sharoitlar yaratilib, ayrim mahsulot turlari bojxona to'lovlaridan ozod qilinayotgani, zamonaviy issiqxonalar barpo etish uchun imtiyozli kreditlar ajratilayotgani yurtimiz eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish haqida gap borganida, e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan yana bir muhim jihat mahsulotning jahon standartlari talabiga javob berishi hisoblanadi.

Oxirgi yillarda bu yo'nalishda ham sezilarli o'zgarishlar ko'zga tashlanmoqda. Ko'plab dehqonlar, fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksporti bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlarga GLOBALG.A.P, Organic, HACCP kabi xalqaro sertifikatlarning berilishi noan'anaviy bozorlar, jumladan, Yevropa davlatlariga yo'l ochmoqda. Xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritish ko'pchilik o'ylaganidek tez va oson kechadigan jarayon emas, balki buning uchun yillab vaqt kerak bo'ladi. Masalan, dehqon yeriga uzum ekayotgan bo'lsa, yeri, suvining tarkibi va sifatidan tortib uzumning navi, hosildorlik darajasigacha tekshiruvdan o'tkazilishi kerak bo'ladi. Barcha jarayonlar tahlildan muvaffaqiyatli o'tib, talabga javob beradi deb topilganidan keyingina xalqaro sertifikat beriladi. Bundan tashqari, mahsulot jahon bozorida o'z o'rnini topishi uchun eksportyor tinimsiz o'z ustida ishlab, meva-sabzavot sifati, uzoq yo'lga chidamliligi, eng muhimi, xaridor topishda bilim va tajribaga ega bo'lishi lozim.

January, 2023

168

Bugungi kunda ko'plab tadbirkorlar, dehqon va fermer xo'jaliklari ana shu jihatlarni o'rganib, ko'nikmalar hosil qilishi, ularga berilayotgan qator imtiyoz va imkoniyatlardan to'g'ri foydalanishi natijasida eksport borasida sezilarli yutuqlarga erishayotganini ham ta'kidlashimiz joiz. Ayniqsa, Farg'ona vodiysi bu borada yetakchilik qildi.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar orasida Farg'ona viloyati birinchi o'rinni egalladi - 289,3 ming tonna. Davlat statistika qo'mitasi dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, undan keyingi o'rinlardan mos ravishda 217 ming tonna hamda 180,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan Toshkent viloyati va Samarqand viloyati joy oldi. Ushbu ko'rsatkich qolgan hududlar bo'yicha quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi:

❖ Surxondaryo viloyati - 157 ming tonna;

❖ Xorazm viloyati - 144 ming tonna;

❖ Namangan viloyati - 141,5 ming tonna;

❖ Andijon viloyati - 106,8 ming tonna;

❖ Toshkent shahri - 89,1 ming tonna;

❖ Jizzax viloyati - 77,1 ming tonna;

❖ Buxoro viloyati - 67,6 ming tonna;

❖ Qashqadaryo viloyati - 49,3 ming tonna;

❖ Sirdaryo viloyati - 45,4 ming tonna;

❖ Qoraqalpog'iston Respublikasi - 23,7 ming tonna;

❖ Navoiy viloyati - 10,6 ming tonna.

Hozirgi kunda Respublikamiz qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ko'plab turlarini yetishtirish, ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash hamda eksport salohiyatini oshirish borasida katta imkoniyatga ega. Lekin, bu imkoniyatlardan hozircha yetarlicha foydalanilayotgani yo'q. Mamlakat eksport salohiyatining yuksalishida qishloq xo'jaligi muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston joriy yilda xorijiy davlatlarga Davlat statistika qo'mitasi dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 1,0 mlrd. AQSH dollari qiymatidagi 1,6 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 168,3 ming tonnaga oshgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur maqolada tadqiqot metodologiyasi sifatida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sifati va xavfsizligini ta'minlash, eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlarini yaratish, xalqaro standart talablari asosida tahlil qilish metodlari tanlandi. Maqolada tashqi

January, 2023

169

savdo aloqalari hamda savdodagi texnik to'siqlarni bartaraf etish, eksport hajmi va tarkibini o'rganish hamda eksport salohiyatini oshirishda zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarini joriy qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilishda muommolar va ularning yechimlarini tahlili ilmiy va nazariy hamda empirik usulda yondashuv uslublari qo'llanildi.

Maqolada qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sifati va xavfsizligini ta'minlashda xalqaro standartlarni ahamiyati hamda ularni qishloq xo'jaligida keng joriy etish bo'yicha talab va tavsiyalar berildi.

Ushbu maqolada qishloq xo'jaligi vazirligi hisobotlari, ma'lumotlari, shuningdek mamlakat milliy statistika hisobotlari va ma'lumotlaridan foydalanildi. Shuningdek mavzuni chuqurroq yoritish, eksportni rivojlantirish, tashqi va ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta'minlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini xavfsizligini ta'minlashda texnik reglamentlar bilan bog'liqligini tasvirlash uchun konsepsiyalar tuzilmasi ishlab chiqildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Mavjud ilmiy tadqiqotlar, adabiyotlar tahlili va qishloq xo'jaligi mahsulotlarni eksport salohiyatini oshirishda vujudga kelayotgan muammo va ularning yechimlari tahlillarining natijasiga ko'ra, eksport salohiyatini oshirishda savdodagi texnik to'siqlarni bartaraf etishda xalqaro standartlarni qo'llash, sinov laboratoriyalarni ilmiy metodik tashkil qilish, rivojlantirish bevosita qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish samaradorligidan tortib xalqaro bozorlarda eksport hajmini oshirishga ta'sir ko'rsatadi.

Respublika meva-sabzavot mahsulotlari eksportining dinamikasi va tarkibi

1-jadval

Eksport qilmgan meva va sabzavotlar hajmi (ming tonna)

2022 yd 11 oyi

Eksport liajuii 2054,2

meva va rezavorlar 335

quritilgan mera va rezavorlar 42

sabzavotlar 819

piyoz 199.5

karam 142

pomidor 71

uzum 218

niayiz 73,6

yeryang'oq 18,3

tarvuz-qovun 135,8

January, 2023

170

Shu bilan birga o'z navbatida, bunday ijobiy ko'rsatkichlarni yanada yaxshilash ushbu sohadagi mavjud qonunlarni va qonun osti hujjatlarini xalqaro standartlar (ISO, Global G.A.P., HACCP, ISO 22000) hamda organik qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish talablari asosida takomillashtirishni talab etadi.

Shu bilan birga, jahon bozorida mahsulotlarga qo'yilgan sifat va xavfsizlik ko'rsatkichlari, organik qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talablarning tobora kuchayib borishi, respublikamizda yetishtirilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi o'rnini mustahkamlash qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sertifikatlashtirish jarayoni uchun qo'shimcha chora-tadbirlar ko'rishni talab qilmoqda [3].

O'zbekiston bog'dorchilik, sabzavot-polizchilik singari qishloq xo'jaligining yetakchi tarmoqlarida boy tajriba va yuksak ilmiy salohiyatga ega mamlakat hisoblanadi. Bu, ayniqsa, keyingi yillarda soha istiqboliga qaratilayotgan alohida e'tibor tufayli yanada yaqqolroq namoyon bo'lmoqda. Natijada meva-sabzavot, uzum, poliz va kartoshka kabi mahsulotlarni yetishtirish hajmi tobora ortib, ularga bo'lgan ichki ehtiyojni to'liq ta'minlash barobarida, eksport salohiyati ortib bormoqda. Juda qisqa davr ichida o'rik, olxo'ri, gilos, uzum, yong'oq, karam, shuningdek, boshqa ko'plab meva va sabzavotlar eksport qilish hajmi bo'yicha mamlakatimiz dunyoda yetakchi davlatlar safidan mustahkam joy egallagani buning yaqqol tasdig'idir.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini samaradorligini oshirish, uni dunyo talablari darajasida tashkil qilishni ta'minlash bu sohaga fan va texnika yutuqlarini keng joriy etishni taqozo etadi. Buning uchun mutaxassis kadrlar turli shakldagi korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarishning ilg'or usullarini, iqtisodiy qonunlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida amal qilish mexanizmlari, qishloq xo'jaligi soha korxonalarini eksport faoliyatiga keng jalb qilish, ularning mahsulotlarini xorijiy bozorlarga eksport qilish, eksport salohiyati hamda geografiyasini yanada kengaytirish va ushbu sohadagi eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchilarda yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni tahlil qilish, chet el bozorlarida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirishda ko'maklashish va sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilish jarayonida vujudga kelayotgan muammolarni chuqur o'rgangan holda, ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqildi.

Shu bilan birga, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sifati va xavfsizligini ta'minlash, raqobatbardoshligi hamda eksport salohiyatini oshirish, eksportyor korxonalarning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va respublikamizda milliy sifat

January, 2023

1?1

infratuzilmasini yaxshilash hamda "O'zbekistonda ishlab chiqarilgan" belgisi os tida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport bozorlariga ortiqcha to'siqlarsiz kirib borishiga imkoniyat yaratish eng oliy maqsadimizdir.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarni eksport salohiyatini oshirishda vujudga kelayotgan

muammolar

Xodimlarni malakasini doimiy ravishda oshirib borish va ularni tajribalarini ilg'or xorijiy davlatlarda malakasini oshirish va tajriba almashish borasida ishlarni amalga oshirish;

Texnik reglament qabul qilish choralarini kuchaytirish va amalda tadbiq etishni jadallashtirish;

Regional va halqaro tashkilotlar bilan uzviy va doimiy hamkorlik qilish hamda ular bilan o'zaro aktual ma'lumot almashishni yo'lga qo'yish;

Muvofiqlikni baholash idoralariga bo'lgan talabni kuchaytirish.

XULOSA

Ushbu maqolada O'zbekiston sharoitida yetishtirilayotgan eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sifati va xavfsizligini ta'minlash, raqobatbardoshligi hamda eksport salohiyatini oshirishdagi muommo va ularning yechimlari bo'yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda eksportga mo'ljallab ko'proq qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, xavfsizligini ta'minlash hamda savdodagi texnik to'siqlarni bartaraf etish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini xavfsizligini ta'minlashda xalqaro standartlar talablari bilan uyg'unlashtirish, ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, eksport va import qiluvchilarning sifatsiz chiqarilgan mahsuloti uchun javobgarlik darajasini oshirishga, bozorda xavfli mahsulotlar realizatsiyasining oldini olishga qaratilgan davlat nazoratini kuchaytirishga, mahalliy mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, umumiy va maxsus texnik reglamentlarni qishloq xo'jaligiga keng joriy etish, mahsulotlarni xavfsizligiga qo'yilgan talablar, xalqaro standartlarni eksportyor korxonalarda joriy qilish va ularni qo'llab-quvvatlash, sertifikatlashtirish yo'nalishlarida amaliy yordam ko'rsatish eng asosiy vazifa bo'lib hisoblanadi.

January, 2023

172

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-sonli "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PF-5995-sonli —Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko'rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori.

3. Muminov Najmiddin Shamsiddinovich, Odinaev Mirzamad Isaevich, Abdirayimov Azizbek Ro'ziqul O'g'li, Rajabov Sardor Jumaboy O'g'li, (2021). Problems Of Quality Assurance And Export Potential Of Grapes. The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 3(06), 38-44.

4. Н.Муминов, М.Одинаев, А.Абдирайимов XapaKTep^Trna и оценка качества винограда 2021. 97-98.

5. Хакимов, Д. В., & Мирзаев, О. А. (2017). Задачи метрологического обеспечения в повышении качества агропромышленной продукции. In Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования (pp. 1657-1660).

6. Хакимов Д.В. и др. Улучшения потенциала национальной инфраструктуры качества и проблемы экспорта плодоовощной продукции //Итоги и перспективы развития агропромышленного комплекса. - 2018. - С. 502-508.

7. Odinayev, M., Buriev, K., Sultonov, K., & Eralieva, S. (2021). Analysis of mechanical properties, biochemical composition and technological parameters of grape (Vitis) raisin varieties in conditions of Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 284, p. 03023). EDP Sciences.

8. Хакимов, Д. В.У., Мамажонов, А.А., & Саттаров, М.О. (2020). Управление внутренним аудитом в соответствии с международными стандартами. Universum: экономика и юриспруденция, (4 (69)), 4-12.

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.