Научная статья на тему 'RESPUBLIKAMIZDA INVESTITSION LOYIHALARNI BAHOLASH VA SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH'

RESPUBLIKAMIZDA INVESTITSION LOYIHALARNI BAHOLASH VA SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
245
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiyot / investitsiya / yalpi hududiy mahsulot / loyiha / mamlakat iqtisodiyoti / tadbirkorlik faoliyati / xorijiy va mahalliy investorlar.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Usmonova V.B.

Mazkur maqolada investitsiyalardan samarali foydalanishni boshqarishning amaldagi holatini tahlil qilish va investitsion loyihalarni baholash haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKAMIZDA INVESTITSION LOYIHALARNI BAHOLASH VA SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH»

Usmonova V.B.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Iqtisodiyot va turizm kafedrasi stajyor-o'qituvchisi

RESPUBLIKAMIZDA INVESTITSION LOYIHALARNI BAHOLASH VA SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH

Annotatsiya. Mazkur maqolada investitsiyalardan samarali foydalanishni boshqarishning amaldagi holatini tahlil qilish va investitsion loyihalarni baholash haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Iqtisodiyot, investitsiya, yalpi hududiy mahsulot, loyiha, mamlakat iqtisodiyoti, tadbirkorlik faoliyati, xorijiy va mahalliy investorlar.

Usmanova V.B. trainee-teacher Department of Economy and Tourism National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

Jizzakh branch

ASSESSMENT OF INVESTMENT PROJECTS IN OUR REPUBLIC AND

ANALYSIS OF EFFICIENCY

Abstract. This article provides information on the analysis of the current state of management of the effective use of investments and the evaluation of investment projects.

Key words: Economy, investment, gross regional product, project, country's economy, entrepreneurship, foreign and local investors.

So'nggi davrda jahon mamlakatlarida hududlar iqtisodiyoti o'rtasidagi nomutanosibliklar kuchayib bormoqda. Ilg'or mamlakatlarda aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi real yalpi hududiy mahsulot hajmi bo'yicha rivojlanish darajasi jihatidan eng yuqori va eng past 10 foizlikka kiruvchi hududlar o'rtasidagi o'rtacha tafovut ortib borib, oxirgi o'n yillikda 1,7 martani, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa ushbu tafovut aytilgan davrda 3,2 martani tashkil etgan. Ba'zan iqtisodiy salohiyat bo'yicha mamlakatlar ichidagi hududlar o'rtasidagi farq mamlakatlar o'rtasidagi farqdan katta bo'lmoqda20.

Iqtisodiyotda investitsiya loyihalarining qoplanish muddatlari tashkiliy-uslubiy mezonlarini noaniq to'plamlar nazariyasi asosida yaxshi, o'rta va yomon darajalarda baholash hamda tahlil qilish metodikasini takomillashtirish natijasida ularning qoplanish muddatlarini tahlil qilish va aniq mezonlar asosida baholanadi (1-rasm).

20https ://blogs.imf. org/2019/10.09 widening-gaps-regional-economies

Investitsion loyihalarni baholash mezonlari

Amalga oshiriladigan loyihani baholashga imkon beruvchi maqsadli mezonlar Loyihalar orasidan maqbul bo'lganini tanlashga imkon beruvchi mikdoriy mezonlar (moliyaviy-iqtisodiy)

Me'yoriy mezonlar (huquqiy), ya'ni milliy, xalqaro huquq, standart talabi, konventsiyalar va boshqalar. Ilmiy-texnik va bozor mezoni Loyiha qiymati. Ishlab chiqarish mezoni Foyda. Rentabellik.

Sarflangan kapitalning qoplanish vaqti Tavakkalchilik va moliyaviy oqibatlar

Loyihaning uzoq muddatli rivojlanish istiqboli maqsadlariga Foyda ko'rsatkichining mo'ljallanayotgan davr, muhit o'zgarishi va loyihani baholashdagi xatoliklariga ko'ra tarkib topishi

1-rasm. Investitsiya loyihasini baholashda foydalaniladigan mezonlar21

Mamlakat iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini shakllantirish, hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, investitsiya muhitini rivojlantirish, real amaliyotda yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarni o'z vaqtida aniqlab, bartaraf etish mumkin bo'lgan iqtisodiy platformani yaratishga erishish islohotlarning bosh omili bo'lib qolmoqda. Bu borada olimlarning fikrlariga e'tibor qaratsak, A.M.Sodiqovning yondashuviga ko'ra, muayyan mintaqada investitsiya salohiyati undagi tabiiy-resurs, ishlab chiqarish, iste'mol, infratuzilma, innovatsiya, mehnat, institutsional, moliyaviy salohiyat bilan aniqlanadi22. Uning tadqiqotlarida keltirilishicha, faqatgina mintaqaning tabiiy-iqtisodiy, demografik, ekologik va boshqa sharoitlarini har tomonlama hisobga olibgina kapitalni jalb qilishdan kutilayotgan samaraga erishish va uni iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga yo'naltirish mumkin. MDH davlatlari olimlaridan biri D.D.Dengin esa23"...investitsiya salohiyatini mintaqaning makroiqtisodiy xususiyati sifatida bilib, o'z ichiga iqtisodiy-geografik sharoiti, hududning ishlab chiqarish omillari bilan to'yinganligi, aholi turmush darajasi, ularning iste'mol talabi kabi omillarni qamrab olishini ta'kidlaydi.

Investitsiyalarning samaradorligini baholashda investitsiya normasi, investitsiya multiplikatori, investitsiya akseleratori, ICOR koeffitsienti,

21 Tadqiqotlar asosida muallif tomonidan tuzildi

22Садыков А.А. Основы регионального развития: теория, методология, практика//Монография. Ташкент. «IQTISOD-MOLIYA», 2005. С. 198 - 201

23Деньгин Д.Д. Региональный инвестиционный потенциал: пути изучения и проблемы использования // Экономический журнал. 2009. Т. 16. № 2. С. 50-56.

investitsiya qaytimi koeffitsientidan foydalanish maqsadga muvofiq.Mazkur ko'rsatkichlarni tanlashdan maqsad ular investitsiyalarning hajm miqdoriy o'zgarishini emas, balki ularning o'zgarishi iqtisodiyotga qanchalik samara bera olishini ifodalashga xizmat qiladi.

O'zbekiston hududlariga 2010-2022 yillar davomida kiritilgan investitsiyalarning iqtisodiyotga nisbatan ko'lami va samaradorlik darajasini ko'rsatuvchi investitsiya normasi, investitsiya multiplikatori, iqtisodiy salohiyatdan foydalana olish indeksi salmoqli yuqori bo'lgan mintaqalar qatoridan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro viloyati, Qashqadaryo viloyati, Toshkent shahri, Sirdaryo viloyati kabi hududlar joy olgan (2-jadval).

2-jadval

O'zbekiston hududlarida 2010-2022 yillarda o'rtacha investitsiya

samaradorligi ko'rsatkichlarining o'zgarishi24

№ Investitsiya normasi Investitsiya multiplikatori Iqtisodiy salohiyatdan foydalana olish indeksi

Yuqori ko'rsatkichga ega hududlar

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi 61,2 Buxoro 2,44 Qoraqalpog'iston Respublikasi 2,45

2. Buxoro 48,3 Qoraqalpog'iston Respublikasi 1,43 Buxoro 1,90

3. Qashqadaryo 45,1 Qashqadaryo 0,81 Qashqadaryo 1,73

4. Sirdaryo 35,2 Toshkent vil. 0,80 Sirdaryo 1,36

5. Toshkent sh. 35,2 Toshkent sh. 0,67 Toshkent sh. 1,35

O'rtacha ko'rsatkichga ega hududlar

6. Navoiy 32,5 Respublika 0,63 Navoiy 1,25

7. Jizzax 30,9 Andijon 0,61 Jizzax 1,19

8. Namangan 28,7 Samarqand 0,57 Namangan 1,09

9. Surxondaryo 28,0 Farg'ona 0,55 Surxondaryo 1,06

10. Respublika 25,9 Namangan 0,43 Toshkent vil. 0,95

11. Toshkent vil. 24,6 Surxandaryo 0,40 Xorazm 0,94

Nisbatan past ko'rsatkichga ega hududlar

12. Xorazm 23,9 Sirdaryo 0,39 Samarqand 0,92

13. Samarqand 23,4 Jizzax 0,33 Farg'ona 0,79

14. Farg'ona 20,3 Navoiy 0,31 Andijon 0,67

15. Andijon 17,4 Xorazm 0,29

Mazkur hududlarda investitsiya samaradorligi yuqori bo'lish bilan birga ishlab chiqarishning kapital sig'imi ham katta bo'lgani uchun ularning ICOR koeffitsienti ham baland bo'lgan. Andijon, Farg'ona, Samarqand, Xorazm viloyatlarida esa so'nggi o'n yillikda investitsiya faolligi past bo'lgani sababli ularda investitsiya normasi 17,4-23,9 qiymatga ega bo'lgan. Investitsiya

24O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida hisoblangan

multiplikatori bilan tavsiflanuvchi investitsiyalar iqtisodiy samaradorligi esa Xorazm, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida nisbatan past bo'lgan. 20102022 yillarda Samarqand, Farg'ona va Andijon viloyatlari esa o'z iqtisodiy ko'lamiga mos ravishda investitsiyalar jalb qila olmaganlar. Andijon, Farg'ona, Xorazm va Samarqand viloyatlariga o'zlashtirilayotgan investitsiyalar asosan mehnat sig'imi yuqori tarmoqlarga yo'naltirilgan.

"Har qanday korxona samarali investitsiya tanlovi borasida ma'lum muammolarga duch kelishi mumkin. Shu bois, ushbu tanlovning olib borilishi rejalashtirilgan moliyaviy resurslar hajmiga mos kelishi talab etiladi. Investitsiya jozibadorligi loyihalar samaradorligi bilan uzviy bog'liq, ya'ni investitsiya portfelida, birinchi navbatda, samarali investitsiya loyihalari o'rin oladi. Xususan, amaliyotda investitsiya loyihalarini joylashtirish ko'plab bosqichlarda amalga oshirilishini talab etadi. Korxonalarda investitsiya portfelini shakllantirishda loyiha samaradorligini baholash quyidagi usullar orqali aniqlanadi: vaqt omili hisobga olinmagan - oddiy, ya'ni statistik usullar; istiqboldagi tushumlarini diskontlashga asoslangan va davriy qiymatni o'zida mujassamlashtirgan yangi dinamik usullar.

Mamlakatimizda oqilona investitsiya siyosatini olib borish va hududlarga investitsiyalarni faol o'zlashtirish hamda ulardan samarali foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda dastlabki bosqichda uzoq muddatga mo'ljallangan Mintaqaviy siyosat umumrespublika konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Mazkur umumrespublika konsepsiyasi esa alohida mintaqalar doirasida uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chi-qishda ustuvor yo'nalishlar va asosiy maqsadlarni aniqlashga asos bo'ladi. Keyingi bosqichlarda esa mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalari asosida hududlar investitsiya strategiyalarini ishlab chiqish tavsiya etiladi.

Har qanday loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun investitsion resurslar zarur bo'ladi. Lekin uning o'zi etarli emas, korxona zarur investitsion resurslarga ega bo'lish bilan birga, ulardan samarali foydalana olishi ham lozim. Zero, har qanday biznesda birinchi vazifa mavjud resurslardan unumli foydalana olishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Усмонова В. Х,УДУДЛАРДА ИНВЕСТИЦИЯЛАР САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ //Economics and education. - 2022. - Т. 23. - №. 6. - С. 70-74.

2.Усмонова В. Б. ХУДУДЛАР ТАРА^ИЁТИДА РА^АМЛИ ЩТИСОДИЁТ РИВОЖЛАНИШИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ //Current Issues of Bio Economics and Digitalization in the Sustainable Development of Regions (Germany). - 2022. - С. 139-143.

3.Usmanova V. INCREASING INVESTMENT ATTRACTIVENESS IN THE DEVELOPMENT OF THE NATIONAL ECONOMY //International Journal of Advance Scientific Research. - 2023. - Т. 3. - №. 05. - С. 131-138.

4.Usmonova, V., & Esanov, H. (2023). THE EXISTING INVESTMENT ENVIRONMENT IN THE CONSTRUCTION SECTOR OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Science technology&Digital Finance, 1(4), 31-40.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.