REJISSORLIK KASBIDA MAHORATNING AHAMIYATI
Aydos Janabaevich Otepbergenov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali
Annotatsiya: Mazkur maqolada rejissorlik kasbida ijodiy mahoratning ahamiyati haqida fikr-mulohaza yuritilgan. Rejissorlik kasbi - ma'suliyat demakdir. U tashkilotchi, jamoa rahbari. Shunday ekan rejissorlik katta iqtidor va boshqaruvchilik talab qiladigan kasbdir.
Kalit so'zlar: rejissor, rejissura, mahorat, professionallik, mashg'ulot, dars, talaba, mutaxassis, iqtidor
THE IMPORTANCE OF SKILL IN THE PROFESSION OF DIRECTING
Aydos Janabaevich Otepbergenov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture Nukus branch
Abstract: This article discusses the importance of creative skills in the directing profession. The director's profession means responsibility. He is an organizer, a team leader. Therefore, directing is a profession that requires great talent and management.
Keywords: director, directing, skill, professionalism, training, lesson, student, specialist, talent
Rejissorlik kasbi ko'p tarmoqli ijodiy faoliyat va tasavvur qila olish salolhiyatiga ega, chuqur bilim hamda aktyorlik mahorati sirlarini mukammal egallashlikni talab qiladi. Rejissorlik kasbi kabi bir qancha soha mutaxassisligi, ko'p qirrali iqtidor, mahoratni talab qiladigan soha kam uchraydi. Shuning uchun rejissorlik kasbini egallashga bel bog'lagan talaba ko'plab ijodiy soha bilimlariga ega bo'lishidan tashqari, tabiatan shu sohaga layoqatli bo'lishi zarur. Rejissorlik sohasiga layoqati bo'lmagan talabani, turli uzluksiz mashqlar yordamida ma'lum ko'nikmalarga o'rgatish sohaga zarur bilimlar bilan qurollantirish mumkin. Biroq talabaning o'zida tug'ma professional layoqat bo'lmasa, hech qanday mashg'ulot va bilim unga yordam bera olmaydi. Professional layoqat deganimizda nimalarni nazarda tutamiz? Professional layoqatni shartli tarzda uch guruhga ajratish mumkin.
1. Bu guruhga san'atning har bir sohasiga taalluqli bo'lgan (musiqa, tasviriy san'at, teatr, adabiyot) ijodkorlik salohiyatini kiritish mumkin.
2. Bu guruhga san'atning barcha sohalariga xos bo'lgan salohiyat bilan birgalikda, rejissorlikka xos bo'lgan tashkilotchilik qobiliyati bo'lmog'i lozim.
3. Bu guruhga rejissorlikka xos bo'lgan salohiyat bilan birga aktyorlik mahorati, aktyorlikka xos eng asosiy qobiliyat mavjud bo'lishligi zarar.
Badiiy ijod uchun zaruriy bo'lgan qobilityaning nechog'lik rivojlanganligini ko'rib chiqaylik. Bunday qobiliyatning birinchi sharti, ijodkorni o'z ichki his -xayajoni badiiy ta'surotini izhor etish, ko'rsatish, aytib berishga bo'lgan kuchli ihtiyojdir. Manga shu ixtiyojdan kelib chiqqan holda, o'z bilimi, tafakkurini, xayotiy kuzatuvlarini tinimsiz boyitib borishga bo'lgan izlanishlaridan iboratdir. Agar ko'rgan va bilgan narsalarini ihzor etish uchun qalbining ich-ichidan tinimsiz tashqariga chiqishga, odamlarga aytishga,odamlar bilan baham ko'rishga o'zida kuchli ixtiyoj bo'lmasa, bu sohadagai barcha say'i harakatlari zoye ketadi. Lev Tolstoy - "agar yoza olmasang, yaxshisi yozmaganing ma'qul"degan so'zini rejissura sohasiga to'g'rilasak." Agar sahnalashtira olmasang, yaxshisi sahnalashtirmaganing ma'qul" deyish mumukin. Rejissor o'zi o'qigan peiesadan olgan ta'surotlarini, xayotiy voqealar silsilasidan olgan ta'ssurotlari ostida o'zining aytmoqchi bo'lgan fikrlarini sahnadan turib baralla xayqirishga o'zida kuchli e'tiyoj sezmuguncha asar ustidagi ishni amalga oshirishga kirishmasligi zarur.
Aytmoqchi bo'lgan fikrning samiymiyligi, mazmundorlik, san'atkor layoqati bir-birini to'ldirib, boyitishi natijasi o'laroq yaxshi asar dunyoga kelishi mumkin. Bulardan tashqari har bir zabardast ijodkorda bo'lganidek, badiiy-g'oyaviy dunyoqarashning keng shakllanganligi, ijtimoiy, falsafiy mushohadaning teranligi, hayotning pasti-balandini yaxshi tushinishi asar muvaffaqiyatida hal qiluvchi o'rin egallaydi. Rejissorning ilmiy salohiyatini o'stirishda san'atshunoslik ilmini yaxshi tushinishi, tahlil qila olish ko'lamining ko'p qiraligi muhim omil hisoblanadi. San'atshunoslik fanlari bo'yicha rejissor zamonaviy bilimlardan xabardor bo'lishi zarur. San'atning barcha turlarini yaxshi bilishi, ularni tahlil qila olishilikni o'rganmog'i lozim bo'ladi.
Bulardan tashqari rejissorda estetik didining mukammal shakllanganligi yolog'onni-rostdan, soxtalikni-haqiyqiydan ajrata olishida yordam beradi. Ma'lumki, rejissorning asosiy quroli-aktyordir. Buning uchun esa, aktyor psixologiyasini yaxshi bilgan bo'lishi, aktyor yaratmoqchi bo'lgan timsol-obraz psixiologiyasi unga yaqin bo'lmog'i zarur[1:15].
San'at kishilik jamiyatining ajralmas muhim qismi, inson ijodiy qobiliyati va mehnatining hosilasidir. San'atning manbai hayo, san'at hayotga, uning taraqqiyotiga xizmat qiladi. Jamiyat rivojini san'at taraqqiyotisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun ham san'at har bir davrga zeb beradi, har bir davrning yarashiqli san'ati bo'ladi.
San'atning turidan qat'iy nazar u musiqa san'ati bo'ladimi, teatr, kino, dramaturgiya, maqom, baxshichilik, estrada, milliy qo'shiqchilik, konsert-gastrol, tasviriy, amaliymi barcha turlari hayot voqealarini, kishilarning turmushi, ularning
ong tushunchalari, tasavvurlarini aks ettiradi, boyitadi, mazmun mohiyati jihatidan ma'lum bir g'oyani, maqsadni ilgari suradi. San'atdan bahramand bo'larkanmiz, qahramonlar hatti-harakatlarida, munosabatlarida, konfliktu ziddiyatlarida o'zimizni ko'ramiz. San'atni insonni madaniy, estetik- psixologik, pedagogik va sotsiologik jihatdan tarbiyalab borishiga amin bo'lamiz, san'at inson ijodi mahsuli bo'lish bilan birga tarbiyalovchisi ekaniga ham ishonchimiz ortib boradi, san'atdan ma'no o'qish malakamiz, estetik zavq olishimiz orta boradi.
Rejissor tomonidan adabiy asarning mazmun-mohiyati, badiiy to'qimasidan ssenariy uchun g'oya kelib chiqadi. Ma'lum bir asarning mazmuniga ko'ra g'oyasi har bir obraz, qahramon muayyan vazifani yagona maqsad sari amalga oshirilishiga undash leytmotivni bildiradi. Rejissor tomonidan xarakter va shart-sharoit yaratish, odamlar orasidagi munosabatlar va ziddiyatlarni yuzaga chiqarish imkonini berishga xizmat qiladigan badiiy komponentlar syujetni tashkil qiladi, N.G.Chernishevskiy ta'biri bilan aytganda: syujet - bu asarning estetik qimmatidir.
Mo'jiza o'z-o'zidan ro'y bermaydi. Uning ortida tinimsiz, mashaqqatli mehnat yotibdi. Rejissorning har qanday rejasi, o'ylagan maqsadi mashqsiz to'satdan amalga oshmaydi. Spektakldagi har bir topilma, aktyorning qiyofa yaratishidagi xatti-harakati izlanishlar natijasida yuzaga keladi. Mashhur rejissor Georgiy Tovstanogov "teatr iqtidorni tarbiyalaydi, buloqning ko'zini ochganday mashqlar evaziga unga imkoniyatlar yaratadi" deb bekorga aytmagan. Mashhur teatr rejissori Anatoliy Efros "Mashq - mening muhabbatim" deydi. Darhaqiqat mashq tufayligina rejissor ham, aktyor ham idrok qiladi, asarning mag'zini, yechimini topadi. Ko'pincha teatrda mashq paytida ijodiy muhit hukm suradi, hech kim halal bermaydi, pashsha uchgani bilinadi. Bu ijodiy jarayon. Haqiqiy san'at ahli bu jarayonni qutlug' bir holat deb biladi. Rejissorning stol atrofida ishlashi bo'ladimi, sahnada mizonsahnalarni joylashtirish,aktyorlarning libosda, pardozda mashq o'tkazishi bo'ladimi, sahna bezagi, musiqa va ijro uyg'unlashgan mashq bo'ladimi, barchasida ijodiy muhit hukm surmog'i darkor. Mashq jarayonida rejissor yordamchisidan tortib pardozchiyu liboschi, sahna ishchisiyu jihozchi, chiroqchiyu qorovul, barchasi rejissor va aktyor xizmatiga, mashqning unumli o'tishiga qaratilishi kerak.
Farzand ona qornida to'qqiz oy kamol topib dunyoga kelganiday, ijod mahsuli -spektakl ham teatr farzandiday mashqlar tufayli kamol topadi, o'z meyorini topgandagina sahna yuzini ko'radi, tomoshabinga havola etiladi. Demak teatrda spektakl, rejissor rejasiga asosan aktyorning rol ustida ishlashi, o'z ustida ishlashi, rassom, bastakor va boshqa ishlab chiqarish jarayoniga qatnashgan barcha soha kishilarining maslagida ro'yobga chiqar ekan. Teatrda ham, kinoda ham talab bitta: hayotiylikka erishish, ishonarli ijro qilish, tomoshabin qalbidan joy olish. Teatrda aktyor tomoshabinning jonli nafasini sezib turadi, kayfiyatidan ruhlanadi[2:50].
Rejissor - tashkilotchi, badiiy rahbar , jamoa tarbiyachisi muallim hamda yaxshi ijrochi aktyor bo'lishi kerak. Stanislavskiy sistemasi V.I.Nemirovich Danchenko ta'limotida rejissor-pyesa talqinchisi, rejissor - ko'zgu va tashkilotchi ekanligi ta'kidlangan. Rejissor - tomosha yaratishda barcha ijodiy jarayonni tashkilotchisi, yagona oliy maqsadga, g'oyaga yo'naltirishda barcha jamoani yo'lboshchisi sifatida gavdalanadi.
U o'ziga nisbatan nihoyatda talabchan, doimo o'z ustida ishlovchi, izlanuvchan, tomoshabinlar oldida javobgarlikni his etib zamon talablariga hozirjavob shaxs bo'lishi lozim. Shuning uchun u sahna asar yaratishda rejissor shaxsini, dunyoqarashining, hayotni, axloqiy qoidalarni bilish, insoniy ruhiy holatini tushunish, san'at turlari va qonunlarini bilish, ijod, tasavvur (fantaziya) texnologiyasini mukammal o'zlashtirgan bo'lishi shart[3:136].
Mashq - mushtra-trening ham deyishadi. Ayniqsa bu professional aktyorlar uchun suv bilan havoday zarur. Ba'zan tarbiya kundalik hayotimizda qanchalik ehtiyojga aylangan bo'lsa, trening ham aktyorlarga kundalik zaruratga aylanishi kerak. Ovoz yo'llari, jussa xatti-harakati kundalik mashqqa ruju qo'ymasa, beso'naqay jasadga aylanadi, sahnani tezda tark qiladi. Plastik jussa bilan yuksak mahoratga ega bo'lgan san'atkor sahnada, ekranda uzoq yashaydi. Ko'rib turibmizki, teatrda ham, kinoda ham, televideniyeda ham mashqning o'z o'rni bor ekan. Rejissor ijodi mashq bilan uzviy bog'liqligini unutmaslik kerak[4:51].
"Rejessuraning har qanday muammosini o'zlashtirish juda uzoq va ko'p mashqlarni talab qiladi" (M.O.Knebel). "Har bir rejissor muallifning har bir satri va xatlaridan fikr va harakatni yuzaga keltiruvchi nuqtani o'ziga singdirib, tarbiyalay olishi zarur (A.A.Goncharov). "Yaxshi rejissor yomonidan shunisi bilan farq qiladi-ki, u piesani sahna shakliga bog'lashga shoshilmaydi. Avvalo u sinchkov vrach singari kichik sahnalarni o'rganib chiqadi (A.V.Efros). "Butun kursning ishi faqat nazariyaga bog'lanib qolmasligi uchun, parallel ravishda adabiy materialning har tomonlama tahlilini o'rganish: psixologik harakatlar yordamida, muhit partiturasi bo'yicha-repetitsiya usuli kabi[5:114]1" (M.A.Chexov).
Rejissor rejasini yuzaga chiqarish, aktyor psixologiyasini va sahna amaliyotini bilish bilan bog'liqdir. U aktyorlar bilan ishlashda ikki uslubdan foydalanadi: tushuntirib berish - podskaz; ko'rsatib berish - pokaz. Shuning uchun rejissor ma'lum darajada aktyor ham bo'lishi talab qilinadi. Aktyorning xatolarini aniq va oshirmasdan ko'rsatish, harakat kelib chiqishi sababini tushuntirish, ular mahoratini o'stirib borish - bosh masalaga aylanadi. Rejissor faqat tushuntirsa yoki faqat ko'rsatib bersa bir yoqlamalik paydo bo'ladi. Ko'rsatib berishning ham yaxshi, ham yomon tomonlari bor. To'g'ri, ko'rsatish - o'z vaqtida bo'lsa, ya'ni aktyor shu
1 Yuldashev K. Rejissura va aktyorlik mahorati fanlarini inavatsion o'qitish//jur. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021. 117-b.
ncTTni^^H] 27 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
ko'rsatishdan keyin, tushunmay yoki qiynalib turgan yerdagi o'z xatosini tezda tushunib olsa - yaxshi. Rejissor ko'rsatganini aktyor tushunmagan holda qabul qilib olib, ko'rganlari kelgusidagi harakatlariga, ijodiga to'siq bo'lib qolsa - yomon. Ba'zi bir aktyorlarga rejissorning ko'rsatganlari yoqib qolib, o'z izlanishlarini to'xtatib ko'yadi. Shuniig uchun rejissordan tushuntirish va ko'rsatib berishni me'yoridan oshirmay, aktyorning ijod qilishiga yo'l ochib, imkon yaratishi, uni yunaltirishi, turtki berishi talab qilinadi[6:169].
Rejissor bu kuzatuvlarni shunday olib borishi kerakki, aktyor buni faqat ijodiy hamkorlik va yordam deb tushunsin. Bundan tashqari aktyorni o'rganishda, uning ijodiy qiziqishini (ashula, badiiy o'qish, sahna harakati va raqs) bilish ham yordam beradi. Qolaversa, rejissor aktyorlar bilan maxsus mashqlar ustida ishlaganda ham ko'p narsani bilib olishi mumkin. Eng muhimi esa har bir rejissor, u nechog'li iqtidorli bo'lmasin, uni orzu umidlari faqatgina "aktyor hazrati oliylari" orqali va teatrdagi rassom, butafor, kompozitor, nur ustalari kabi ijodiy hamkorlari ko'magi bilan ro'yobga chiqishini unutmasligi lozim. Shuning uchun har bir ota o'z farzandlarini e'zozlagani kabi, rejissor ham o'z ijodiy hamkorlarini qadrlashi va eng yuqori saviyadagi hamkorlik uchun, har doim shay turishi kasb talabi ekanligini unutmasligi kerak. Chunki rejissorning va jamoaning zafarlari eng avval ana shu o'zaro hurmat-ehtiromida hamda ijodiy hamkorligidadir. Endi ijodkor rejissor burchining uch qirrasiga e'tibor qarataylik. Teatr san'ati nechog'li rivojlangan bo'lmasin aktyorlar mahorati, hamda dramaturg asari qanchalik mukammal bo'lmasin, ijodiy jamoa naqadar kuchli va tarbiyali bo'lmasin - rejissor talqinini amalga oshiruvchi barcha omillar sintezlashgan holda birlashmasa badiiy yaxlit spektakl paydo bo'lmaydi.
Birlashtiruvchi kuch rejissorning tashkilotchilik qobiliyatidir. Nemirovich Danchenko o'zining "O'tmishdan" degan asarida rejissorlik burchining uch qirrasi bo'lishi kerak degan ta'limotni olg'a surdi. Hozirgi zamon teatrida jamoaga ijodiy rahbar bo'lish uchun bu uch qirra rejissorlarda mavjud bo'lishi zarur. Ular:
- rejissor - tushuntirib beruvchi, pedagog;
- rejissor oyna (ko'zgu), ko'rsatib beruvchi;
- rejissor - tashkilotchi, birlashtiruvchi kabi tushunchalardir.
Pyesani jamoa bilan o'qish rejissorning spektakl ustida ish boshlash jarayonida muhim bosqich hisoblanadi. Chunki, rejissor - aktyorlar, rassom, kompozitor bilan hamkorlikda ish olib borishi uchun o'z rejasini, ularga to'g'ri tushuntira olishi kerak[7:174].
Foydalanilgan adabiyotlar
1. J. Maxmudov., X. Maxmudova. Rejissura asoslari. - Toshkent.: O'zDSMI. 2008. 192-b
2. Muhammedov M. Rejissura asoslari. - Toshkent.: O'zDSMI. 2007.
3. U.Boltaboyeva., R.Dehqonov. Hayotiylik va haqqoniylik dramatik asar, rejissura, aktyorlik mahorati asosi//jur. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021.
4. Muhammedov M. Rejissura asoslari. - Toshkent.: O'zDSMI. 2007.
5. AögpefiMOB, M. E. (2021). KOPA^A.mOK KHHEMATOrPAOH^CH^A 0B03 PE^HCCEP^HrH MYAMMO^APH. Oriental Art and Culture, (8), 22-25.
6. Abdreymov, M. B. (2021). QORAQALPOQ ZAMONAVIY MILLIY KINODAGI IZLANISHLAR XARAKTERI. Oriental Art and Culture, 2(4), 44-49.
7. Abdreymov, M. B. (2020). QORAQOLPOQ KINEMATOGRAFIYASIGA NAZAR: "TANKA" FILMI MISOLIDA. HHTeprnyKa, (16-4), 49-50.
8. BEKPOLATOVICH, M. A. Ways of Formation of Karakalpakfilm in the Pre-independence Years. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 7(4), 1-3.
9. Bekpolatovich, A. M. (2021). Specific Features of Sound Directing in Karakalpak National Cinema. International Journal on Integrated Education, 4(9), 103-108.
10. Yuldashev K. Rejissura va aktyorlik mahorati fanlarini inavatsion o'qitish//jur. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021. 117-b.
11. Umarov M., Yuldashev T. Rejissorlik va aktyorlik san'ati asoslari. -Toshkent: . 2018. - 343 bet.
12. M.Umarov T. Yuldashevl. "Rejissorlik va aktyorlik san'ati asoslari" darslik -Toshkent:O'zDSMI. 2018 -343 b.