Научная статья на тему 'RASHID XOʻJAMOV VA MEHMED NURI SHE’RIYATINING QIYOSIY TAHLILI'

RASHID XOʻJAMOV VA MEHMED NURI SHE’RIYATINING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy janr / didaktik adabiyot / ilhom / nazm / nasr / ruhiyat / adabiy asar / qalamkash. / literary genre / didactic literature / inspiration / poetry / prose / spirituality / literary work / writer.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ruxshona Xamid Qizi Maxsudova, Bahor Bahriddinovna To‘Rayeva

Maqolada badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchi she’riyat misolida tahlil qilingan. Yaratilgan badiiy asarlar va she’rlar insonga qay darajada ta’sir qilishi, shuningdek, jahon adabiyoti durdonalaridan – zamonaviy turk va o’zbek she’riyati qiyoslanib, farqli va o’xshash jihatlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article analyzes the aesthetic impact of fiction on the example of poetry. To what extent the created works of art and poems affect people, as well as the masterpieces of world literature modern Turkish and Uzbek poetry are compared and their differences and similarities are explained.

Текст научной работы на тему «RASHID XOʻJAMOV VA MEHMED NURI SHE’RIYATINING QIYOSIY TAHLILI»

RASHID XO'JAMOV VA MEHMED NURI SHE'RIYATINING

QIYOSIY TAHLILI

1Ruxshona Xamid qizi MAXSUDOVA, 2Bahor Bahriddinovna TO'RAYEVA

1O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetining 1- bosqich talabasi 2Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11109414

Annotatsiya. Maqolada badiiy adabiyotning estetik ta'sir kuchi she 'riyat misolida tahlil qilingan. Yaratilgan badiiy asarlar va she 'rlar insonga qay darajada ta'sir qilishi, shuningdek, jahon adabiyoti durdonalaridan - zamonaviy turk va o'zbek she 'riyati qiyoslanib, farqli va o'xshash jihatlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: adabiy janr, didaktik adabiyot, ilhom, nazm, nasr, ruhiyat, adabiy asar, qalamkash.

Abstract. The article analyzes the aesthetic impact of fiction on the example of poetry. To what extent the created works of art and poems affect people, as well as the masterpieces of world literature - modern Turkish and Uzbek poetry are compared and their differences and similarities are explained.

Key words: literary genre, didactic literature, inspiration, poetry, prose, spirituality, literary work, writer.

Adabiyot arabcha odob so'zidan olingan. O'z navbatida odob ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya va xushmuomalalikdir. Bu orada savol tug'ilishi mumkin, adabiyot insonga qay tarzda yetuk odob sohibi bo'lishni o'rgata oladi?! Bu sohada adabiy janrlar talaygina, insonning odobini go'zal qilish uchun esa didaktik adabiyot muhim rol o'ynaydi, chunki "didaktik adabiyot" deganda nasihat, o'git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi. Bu Sharqda ham, G'arbda ham bo'lgan. Sharq so'z san'atida pand-nasihat ruhi ustunroq, ochig'i, u shunisi bilan g'arb adabiyotidan farq qiladi ham. Endi adabiyot fanining asl mohiyatini tushunishga harakat qilamiz, bu fan insonning ichki kechinmalarini uyg'ota oladi. Kitobxon turli vaziyatlarda, xayolan bo'lsa-da, qahramonning o'rniga o'zini qo'yib ko'ra oladi, musibatlarni birgalikda boshidan kechiradi, kezi kelganda hayotning ayrim damlarida yashamasdan turib to'g'ri xulosa chiqarishga yordam beradi, nutqimizni ravon, fikratimizni ravshan qilish bilan birgalikda iymonimizni ham mustahkamlaydi.

Adabiy asarlarni bor vujudi bilan, tasavvur qilib o'qiydigan, va so'ngida tafakkur ham qila oladigan kitobxon ushbu fanning asl mohiyatini anglab yetadi. Aslida ham adabiyot bizga o'zgacha olamni ko'rsatib berishi mumkin. U bizni hech qachon borib ko'rmagan joylarimizga elta oladi. Bir marta o'zgacha olamlarga sayr qilib, sehrli mevalarni tatib ko'rsak biz o'zimiz yashayotgan dunyodan to'liq qoniqmay boshlaymiz. Qoniqmaslik - bu yaxshi narsa. Bu tuyg'u orqali biz o'z dunyoqarashimizni kengaytirishimiz, yaxshilashimiz mumkin. Ko'pchilik asarlarni o'qish mobaynida qahramonlar bilan birgalikda yashaymiz, masalan, "Ikki eshik orasi " asarida Robiya bilan birgalikda Kimsanni kutamiz, "Kecha va Kunduz " dagi Zebi bilan Sibirga surgun qilinamiz-u, mahkamadan chiqayotib beixtiyor " Endi uyimning manzilini qanday topaman" deb o'ylaymiz. "O'tkan kunlar " asarini o'qib Zaynab va Kumush o'rtasida qolamiz. So'z shunday kuchli qudratga egaki, birgina u bilan xasta ko'ngillarga darmon bo'lamiz, hatto ikki og'iz shirin

so'z halovatsiz insonga o'z bo'lsa-da sakinatni bera oladi, yoki aksincha bo'lishi ham mumkin. Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida adabiyotning inson hayotidagi o'rni haqida alohida to'xtalib o'tgan : " Insonni, uning ma'naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo'lsa so'z san'ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotni insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarni inson ruhining muhandislari deb ta'riflash bejiz emas, albatta. Shuning uchun ham taniqli yozuvchi Abdulla Qahhor: " Adabiyot - atomdan kuchli, uning kuchini o'tin yorishga sarflamasligimiz kerak! " - deb aytgan.

Asar, ayniqsa, katta asar yozayotgan qalamkash taqdiri, - deb yozadi adib, qay jihati bilandir tinib- tinchimas sayyoh taqdiriga o'xshab ketadi. Sayyoh-ku, notanish orolga tasodifan boradi. Qalamkash esa bu yerga o'z ixtiyori bilan boradi. Bir varaq oppoq qog'oz bilan yuzma-yuz kelganida xuddi notanish orolga borib qolgandek bo'ladi. Ushbu orol - bo'lajak asar. Bu yerda u aholi yaratadi, ya'ni asar qahramonlariga jon ato etadi. Bora-bora yozuvchi o'zi kashf qilgan orolga, o'zi yaratgan qahramonlarga shu qadar ko'nikib qoladiki, "orolni" hech tark etgisi kelmaydi. Ammo u baribir o'sha odamlardan, o'sha "oroldan" voz kechishi kerak. Bu fanni bir daraxtga qiyoslaydigan bo'lsak, ildiz bu adabiyotning tarixi va shakllanishi, har tomonga yoyilgan shoxlari esa uning janrlari va so'ngida mevalari asarlaridir. Daraxtdagi olmalarni hamma yoqtirib yegani kabi, yaratilgan asarni ham butun insoniyat o'qib tushuna olishi lozim. Bog'bon uchun bir bog'ni barpo etishga qancha kuch va mehnat talab qilinsa, yozuvchilar uchun ham shuncha mehnat talab etiladi. " Meva"ni shirin qiladigan vosita esa bu ilhomdir.

Hammaning ham yoziqlari asar, she'r bo'lavermaydi, hammaga ham Yaratgan tomonidan ilhom berilavermaydi. Usiz yozilgan barcha narsalar quruq, jonsizdek tuyuladi. Usmon Azim ta'biri bilan aytganda esa " Ilhomga yo'g'rilmagan hamma narsa o'limga mahkumdir! " Shuningdek, adabiyotning asosiy turlaridan biri bo'lgan nazm ilhomga quriladi. So'zimizning isboti sifatida yosh shoir Rashid Xo'jamovning "Had " nomli she'rini tahlil qilib ko'ramiz. Had -qisqa qilib aytganda insonning ko'ngil sig'imi, chegara ma'nolarini anglatadigan bu tushuncha she'rning so'ngida ko'zga tashlanganday tuyuladi. Aslida esa, she'rning sig'imi bundan ulkanroq. uning har bir satrida Had bor, sarlavha she'rning har bir so'zini bosiqlik bilan o'ziga bo'yinsundirib turadi. Muallif o'z "bolasi"ga qo'ygan ism ma'nisini har qatorda himoya qiladi: Bizni qay shamollar etdi yuzma-yuz, Qaysi sukutlar-la qildik ahd-paymon, Rost bo'lsa, osmondan umidingni uz -Lek yerda yashash ham bo'lmaydi oson!

Bu qismdagi Hadning go'zalligini qarangki, shamollar yuzlashtirib qo'ygan, sukutlar bilan ahdlashib turgan ikki qalb shu yerda osmondan umidini uzishiga to'g'ri keladi... Bu yerda Inson haddi bor, chegarasi bor. Zero, inson bilan Inson o'rtasidagi dastlabki ahdlashuvning o'ziyoq uni yerda yashashga mahkum qilib ulgurgan. Illo, ikki qalbning shamollar sabab yuzlashishi ham, sukutlar-la ahd- paymon qilishlari ham Shoirning nihoyatda yuksak did bilan chizib qo'ygan Chegarasi aslida!..

Endi o'zingniki emassan, essiz, Sochdan tirnoq qadar ishqqa tovunsan.

Boyagi satrlarda ikki qalbni sukutlar-la ahdlashtira olgan shoir endi ularning o'zi o'ziniki emasligiga essiz deydi. Yerga tushgan insonning qismatiga chizib qo'yilgan yana bir Had chizig'ini o'z she'rida chizib ko'rsatadi, endi u sochdan Tirnog'igacha faqatgina Ishqqa mahkumligini takidlaydi.

Yomonsiz, deb yaxshi ko'rasan, so'zsiz, She'rimni o'qiysan, meni sog'insang...

Endi, bu yerdagi Hadni, hayoning haddini, chinakam o'zbek ayolining Haddini sezgan she'rparast borki, u shoirdan ko'ra ko'proq zavqlansa ajabmas! Bundagi ayol ruhiyati shu qadar ichkin, shu qadar "ojiza"ki, qaysidir sahnalarda "qandaydir" g'urur bilan namoyish etilayotganidek, qalbining qahramoni bo'lgan inson eshigini "mardlarcha" taqillatib bora olmaydi. Balki uning qalb so'zlarini jimgina takrorlab yuradi. Sog'inganda... .Ayro bo'lmoqlikdan ayromiz, shoyad, Shukr, toq dunyoda toq emasman men, Sensiz baxtiqaro edim bag'oyat, Va haliyam baxti oq emasman men!

Nega endi toq dunyo? Hatto zarralarni juft qilib yaratgan Zotning bu dunyosini toq deb atash mumkinmikan? Biz: u dunyo, bu dunyo, - deb atab yurgandunyolarimiz inson juftliklaridan ko'ra bir-biriga yaqin va ulardan ko'ra ko'proq uzviy bog'liq deb o'ylayman... Keyingi ikki misrada shoir lirik qahramon iqrori orqali o'z qavmiga yana bir bor Had ko'zgusini qaratadi.

Vanihoyat, yakun - siz-u bizga Ruhning go'zal iqrorini, va aynan pishib yetilgan Ruh iqrorini(!) inkor etib bo'lmas xulosalarda ifodalab beradi: .. .Haddim yo'q Xudodan ortiq suyishga, Haqqim yo'q ortiqroq suydirishga ham!

Birgina she'r mana shunday go'zal tahlilga ega bo'ldi, ilhom bilan yo'g'rilgani ko'rinib turibdi. Yuqorida ilhomsiz she'r o'limga mahkum deyilgan edi, bundan ko'rinib turibdiki, " olma" ko'rinishidan qip-qizil, go'zal bo'lsa-da, iste'mol qilishga yaramasa u tashlab yuboriladi, xuddi she'rdek bir zumda unutiladi, shuning uchun ham she'rning tarkibida ilhom bo'lishi kerak. Toki hamma adabiyotdan, nazmdan birdek zavqlana olsin. Yuqorida o'zbek adabiyotini, umuman olganda adabiyot nima ekanligini qisman bo'lsa-da tushunib oldik. Jahon adabiyotining shunday durdonari borki, ular ijodkorlarning uslub, yo'nalishlari va xalqlarning madaniyati bir-birlariga juda o'xshab ketadi. Quyida turk adabiyotiga mansub bo'lgan bir she'rni tahlil qilib ko'ramiz. Mehmed Nuri qalamiga mansub "Osonmi?" she'ri: Sendan uzoqlashmoq osonmi? Har kun yuksaklaran yerga tushmoq kabi, O'lmoq tirilmoq orasidagi narsa bu, Har ko'ringanni sen deb o'ylamoq, Uxlarkan xayollaring bilan ovunmoq, Va har doim yo'qligingga ishonib, Ismi pushaymonlik bo'lgan bu o'lkada, Tuni bo'yi ho'ngrab yig'lamoq, Kulaymi, shu haqda o'ylasang, Sendan uzoqlashmoq osonmi?

Ushbu she'riy parcha orqali biz turk va o'zbek she'riyatining qanchalar bir-biriga yaqin ekanligiga guvoh bo'lamiz. Misraning boshidanoq ayriliqning achchiq va tug'yonli dardlrini ko'ramiz, yuqoridagi "Had" orqali ayon bo'lgan chegara ham bu yerda yashirin qo'llangan. Ya'ni shoir har qanday azobning va his tuyg'ularning ham chegarasi borligini birgina "Osonmi?" so'zi bilan yashirin holda ifodalaydi. Bundan ko'rinib turibdiki, ikki qardosh millat o'rtasidagi ma'no-

mazmun, his-tuyg'u, kechinmalar bir xil bo'lsa-da, yozilgan uslub har ikki shoirda ham o'zgacha:

aniq va mavhumlik bilan ajralib turibdi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Karimov I. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: "Ma'naviyat", 2008. - B. 136.

2. Hamdamov Ulugbek Abduvakhabovich. (2024). On The Relationship Of Globalism And Literature. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 5(3), 32-35. Retrieved from https://scholarzest.com/index.php/ejhea/article/view/4396

3. Sabirova, Z. (2020). Independence and Literature. 36ipHHK HayKOBux npa^ AOrOE, 19-21. https://doi.org/10.36074/11.12.2020.v6.06

4. Zebo Sabirova Zokirovna. (2021). SOUL IS THE CENTER OF CONFESSION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(10), 608-612. Retrieved from https://www.giirj.com/index.php/giirj/article/view/407

5. Zebo Sabirova. (2024). The Blessing of Words (About the Book "Ruhni Uyg'otguvchi So'z" ("Spirit Awakening Word") by Ulugbek Hamdam, Literary Critic). European Journal of Humanities and Educational Advancements, 5(3), 28-32. https://scholarzest.com/index.php/ejhea/article/view/4395/3498

6. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Didaktik_adabiyot

7. https://telegra.ph/RUHPAZ-09-01

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.