Научная статья на тему 'O‘QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISH USULLARI VA ADABIY ATAMALAR TAHLILI (Erkin Vohidovning adabiy-estetik qarashlari misolida)'

O‘QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISH USULLARI VA ADABIY ATAMALAR TAHLILI (Erkin Vohidovning adabiy-estetik qarashlari misolida) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
104
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
estetik qarash / ijodkor / uslub / adabiy-estetik qarash. / aesthetic view / creator / style / literary-aesthetic view.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirsanova, Moxira Xusniddin qizi

Ushbu maqolada o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish, o‘quvchilarda o‘qish jarayonida ko‘p uchraydigan xatolarni bartaraf etish, shuningdek, Erkin Vohidovning adabiy-tanqidiy qarashlarini maktab darsliklaridagi adabiyotga oid atamalar bilan taqqoslash, o‘quvchilarga ta’lim berishda adabiyotning o‘rni, mohiyati haqida so‘z yuritish kabi masalalar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF IMPROVING READING LITERACY AND ANALYSIS OF LITERARY TERMS (On the example of Erkin Vahidov's literary and aesthetic views)

This article aims to improve the reading literacy of students, to eliminate common mistakes in the process of reading, as well as to compare the literary and critical views of Erkin Vahidov with the terms of literature in school textbooks, to teach students about the importance of literature in education. They talk about issues such as talking about the place and essence

Текст научной работы на тему «O‘QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISH USULLARI VA ADABIY ATAMALAR TAHLILI (Erkin Vohidovning adabiy-estetik qarashlari misolida)»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(10), October, 2023

O'QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISH USULLARI VA ADABIY

ATAMALAR TAHLILI (Erkin Vohidovning adabiy-estetik qarashlari misolida)

Mirsanova Moxira Xusniddin qizi

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti Tel: +998 99 525 68 63 moxiramirsanova@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o 'quvchilarning o'qish savodxonligini oshirish, o 'quvchilarda o'qish jarayonida ko'p uchraydigan xatolarni bartaraf etish, shuningdek, Erkin Vohidovning adabiy-tanqidiy qarashlarini maktab darsliklaridagi adabiyotga oid atamalar bilan taqqoslash, o'quvchilarga ta'lim berishda adabiyotning o'rni, mohiyati haqida so 'z yuritish kabi masalalar to 'g'risida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: estetik qarash, ijodkor, uslub, adabiy-estetik qarash.

АННОТАЦИЯ

Целью данной статьи является повышение читательской грамотности учащихся, устранение типичных ошибок в процессе чтения, а также сравнение литературно-критических взглядов Эркина Вахидова с терминами литературы в школьных учебниках, ознакомление учащихся с важностью литература в образовании.Говорят о таких вопросах, как говорят о месте и сути.

Ключевые слова: эстетический взгляд, творец, стиль, литературно-эстетический взгляд.

ABSTRACT

This article aims to improve the reading literacy of students, to eliminate common mistakes in the process of reading, as well as to compare the literary and critical views of Erkin Vahidov with the terms of literature in school textbooks, to teach students about the importance of literature in education. They talk about issues such as talking about the place and essence

Key words: aesthetic view, creator, style, literary-aesthetic view.

KIRISH

Bolalar tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan shakillantirilib, yillar davomida ular ulg'ayib voyaga yetgunicha muttasil olib boriladi. Bu narsa doimo bir xil e'tibor bilan ota-ona nazoratida qaralsa, bola tarbiyali, odob-axloqli bo'lib shakllanadi. Hali o'qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar bo'lishadi. Shunga qaramay, bizni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

qurshab turgan olamni tezroq bilib olishga uning sirlarni o'rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog'chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa o'qituvchilar yaqindan yordam beradilar, ya'ni ular badiiy asarlardan parchalar o'qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni o'rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini o'qib o'rganishga muvaffaq bo'ladilar. Ulg'ayib ketayotgan yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo'lagi bo'lgan bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti o'z oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog'lom, iymon-e'tiqodi butun, ma'naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani qo'yganligi bilan ajralib turadi.

Adabiyot bevosita ham, bilvosita ham insonni tarbiyalaydi. Tarbiya borasida adabiyotga teng keladigani yo'q. Chunki oddiy tarbiyaviy ahamiyatga ega voqeani so'zlab berib nasihat qilsangiz ham bu adabiyotdir, chunki adabiyot shu kabi voqeliklarning sayqallanib qog'ozga ko'chishidir. Taniqli shoirimiz Erkin Vohidov ijodi va adabiy-estetik qarashlari tahlili orqali ham fikrlarimizni yanada to'ldiramiz.

Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta'lim to'g'risidagi» qabul qilingan Qonunda ham xuddi ana shu masala ko'ndalang qilib qo'yilgan. Zotan xalqning bir bo'lagi sanalgan bu yosh avlod qisqa vaqt ichida voyaga yetib ulg'ayadi. Shuning uchun ham bu avlodga alohida e'tibor bilan qarash lozim. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo'lishi, ular qalbida chuqur o'y-fikrlar uyg'otishi, yorqin obrazlar va yuksak g'oyalarga boy bo'lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Boshlang'ich sinf o'qish darsliklarida yuzdan ortiq shoirlarning ko'plab xilma-xil mavzulardagi she'rlari berilgan. Biz O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga ham alohida to'xtalishni maqsad qildik. Ijodkor she'rlarini boshlang'ich sinf o'quvchilari qay darajada o'zlashtira oladi? Qaysi jihatlariga etibor berish lozim? Kabi savollarga javob qidirishga ham urinib ko'ramiz. Erkin Vohidov ijodi nihoyatda barkamol ijod namunalari hisoblanadi. Ularning ichida bolalar uchun mo'ljallanganlari ham bisyor.

Taniqli shoirimiz Erkin Vohidovning adabiyot haqidagi mulohazalari bilan o'rtoqlashib, fikrlarimizni davom ettirsak: "Adabiyot sohasiga kirgan har qanday odamda shaxsiy manfaatdan ko'ra ijtimoiy manfaat kuchliroq bo'lishi lozim. U har qanday hujumlarga, ginalarga, ta'na toshlariga bardosh bergan hol da, yuragidagi o'ylarni baralla aytish darkor"! Sehr darajasidagi yuksak san'at bo'lmagan joyda qolgan hammasi behuda kuchanish quruq gap. San'atning, adabiyotning, she'riyatning katta- kichikka talabi bitta. Qalblarni zabt etish! Zabt etilgan qalblarga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

esa ezguluk urug'ini sochish! Bizga mukofot o'sha urug'larning mingdan biri bergan hosilni ko'rish, xolos"1.

Darhaqiqat, badiiy adabiyotning o'rni juda kuchli. Insonni ma'naviy kamol topishida ham, uning tafakkuri va dunyoqarashini shakllanishida ham, uning o'rni beqiyos ekanligi qayd etiladi. Yosh avlodning tarbiyasi uchun, har taraflama barkamol bo'lishi uchun yozilayotgan ijod namunalari mukammallikni talab etadi. Qalbni zabt etadigan ijod namunasi chin iste'dod sohiblari tomonidangina yaratiladi. Bunday namunalar millionlab qalblarga ezgulik urug'ini olib kirishga harakat qiladi. Albatta, ularning har biridan ulug' maqsadlar ko'zlangan. Chunki she'r ham, avvalo, badiiy adabiyotdir.

She'r haqidagi mulohazalarga to'xtalamiz, uning zamiridagi turli tahliliy yondoshuvlarni, qarashlarni kuzatamiz. Shu o'rinda Erkin Vohidov "Mendan she'riyat nima deb so'rashsa, she'riyat - go'zal fikrning go'zal ifodasi"2 - deb javob bergan bo'lar edim, deydi. "Go'zal fikrning - go'zal ifodasi" bu ta'rif shuni ko'rsatadiki, ijodkorga ilhom bergan fikr, avvalo, go'zal bo'lmog'i kerak, buning uchun ijodkorning qalbi, shaxsiyati go'zal bo'lsagina bu ishlarni yuzaga chiqish imkoni kengayadi. Shunda go'zal satrlar yuzaga keladi. She'riyat inson qalbidagi nozik torlarni shunday mayinlik bilan chertadiki, qalb to'lqinlanib ketadi, agar u yaxshi yozilgan she'r bo'lsa, kitobxon qalbini larzaga soladi, uning tushunchalarini boyitadi, didini o'stiradi. Bolalarga o'sha go'zal fikrlar singdirilgan, go'zal qoliplar bilan boyitilgan satrlarni o'rgatish, o'rgatganda ham onson va tez o'rgatish, she'r yod oldirish ko'nikmalari va usullarini o'rgatish lozim.

2023-yilda chop ettirilgan yangi darslikning 3-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan O'qish Savodxonligi kitobida she'rga berilgan ta'rifni keltirsak:

"She'r (arabcha: shuur - sezgi) - fikrning his-tuyg'uga qorishiq ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli she'riy nutq bilan ifoda etilgan, ma'lum ichki ohangga ega badiiy asar. "She'r" atamasi o'rniga ba'zan "nazim" so'zi ham qo'llaniladi. She'rning eng kichik ko'rinishi mumtoz adabiyotda 1 baytdangina iborat bo'lib, "fard"; o'zbek folklorida esa 4 qatorni tashkil etib, "to'rtlik" deb ataladi"3

Etiborimizni ikki ta'rifni tahliliga qaratsak, avvalo birinchi ta'rifda shoirona yondoshuv mavjud. Shoir o'zining go'zal his-tuyg'ulari singdirilgan she'rlaridan xulosa qilgan holda "go'zal fikrning - go'zal ifodasi" deya ta'rif bergan. Maktab darsligidan keltirilgan ta'rifda esa adabiyot nazariyalarida keltirilgan she'rning ilmiy

1 Vohidov E. Shoiru, she'ru shuur. Adabiy o'ylar. - Toshkent, 1987. 39-bet.

2 Vohidov E. Shoiru, she'ru shuur. Adabiy o'ylar. - Toshkent, 1987. 29-b

3 Toirova M.E. O'qish savodxonligi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik, I qism./ Toirova M.E. -Toshkent. "Novda Edutainment", 2023. - 24 b

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

ta'rifi berilgan. Bolalarga ilmiy atamalarni o'rgatishda shunga o'xshash fikrlarni taqqoslagan holda o'rgatsak bu ham o'ziga xos jihat bo'lar edi.

Adabiyotni o'z mohiyatiga ko'ra jo'shqin daryoga qiyos qilsa bo'ladi. Daryo suvlaridan dalalar, dov-daraxtlar gullab-yashnasa, adabiyot inson qalbiga ezgulik urug'ini sepadi, uni hayotda to'g'ri yashashga, ulug' maqsadlar yo'lida kurashishga o'rgatadi. Ezgulik urug'i unib chiqqan qalblardan ezgulik hosilini terish bu bolalarga ta'lim-tarbiya berib uning kelajakda ko'rsatadigan natijasidir. Daryo irmoqlardan vujudga keladi. Adabiyotimiz irmoqlari esa adiblarimiz yaratgan asarlardan iborat. Daryolarning sersuvligi, hayqirib oqishi irmoqlar suviga bog'liq bo'lgani singari, adabiyotning jo'shqinligi, kurashchanligi - hayotda tutgan o'rni undagi asarlarning sifatiga qarab belgilanadi. Shunga ko'ra adabiyot ta'limi o'z oldiga bir qator maqsadlarni qo'yadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi adabiy ta'lim asosan sof ilmiy maqsadlarni emas, balki ma'naviy-axloqiy yo'nalishlar ustuvorligini ko'zda tutadi.

Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni o'qishning bir necha turlari ya'ni, ongli, tez, to'g'ri va ifodali o'qishga o'rgatib boriladi. O'qituvchi ongli tez, to'g'ri, ifodali o'qishga o'rganishda ulgurmayotgan o'quvchilar bilan qanday ishlar olib borish kerak? To'g'ri o'qish - tushinarli qilib xatosiz o'qishdir. Ma'lumki ayrim o'quvchilar ko'pincha ba'zi harflarni tushurib, bog'inlar, so'zlarning o'rnini o'zgartirib o'qiydilar. Bunday xatolarga yo'l qo'ymasliklari uchun qiynalib o'qiydigan o'quvchilarga katta hajmdagi matnlarni qismlarga bo'lib o'qishni tavsiya qilish anchagina yengillik yaratadi. To'g'ri o'qishga o'rgatish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:

-dastlab 3-4 bo'g'inli so'zlarni o'qish , 5-6 bo'ginli so'zlarni esa bo'g'inlarga bo'lgan holda o'qishdir;

-tanish matnlarni o'qitishda o'qish surati biroz oshirilgan bo'ladi. Shunday qilinganda bolalar notanish matnlarni ham tutilmay o'qish malakasiga ega bo'ladilar;

-to'g'ri o'qishni bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar o'zlashtirishi uchun tovush, bo'g'in va so'zlarni to'g'ri, aniq, sof talaffuz etish katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, talaffuzda p yozuvda esa b yoziladigan so'zlarni to'g'ri o'qishga o'rgatish (oftob,serob); r tovushini 1, y deb (bayroq,-bayloq,o'rtoq-o'ytoq) talaffuz etishlarining oldini olish uchun bunday so'zlar yo'zilgan ko'rgazmalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

O'qish tezligini oshirish ancha murakkab jarayonlarini o'z ichiga oladi. Bola tez o'qiyman deb shoshiladi, natijada xatolarga yo'l qo'yadi. Bunday vaziyatda o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga shoshmasdan o'qish ko'nikmasi o'rgatilishi lozim. O'qituvchi bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarda yaxshi kayfiyat uyg'ota olishi,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

sinfda yaxshi muhit yaratishi, har bir bolada "To'g'ri va ravon o'qiy olaman" deg an ishonchni uy g'otishi lozim. Bundan ko'rinadiki ustozlarimizdan kuchli psixolok bo'lish ham talab etiladi. Bola psixikasini yaxshi tushungan ustozlarimiz bisyor albatta.

Ongli o'qish jaroyonida o'qilayotgan matnni tushunib, asosiy maqsadni uqib, asardagi ayrim o'z va ko'chma ma'noli so'zlarni izohlash, bunday so'zlar ishtirokida gaplar tuzish, tuzilgan gaplarni mazmun tomondan jamlab, kichik hikoya hosil qilish, matnning tugallangan qismidagi asosiy fikrni topish mashqlarini tez-tez o'tkazish, matndagi tabiat tasvirini, insonlarning yaxshi-yomon odatlarini misollar yordamida, asardagi voqealarga bog'lab gapirib berish maqsadga muvofiq. Qaysi ishlar yaxshi va ularga ergashish mumkin, qaysilari yomon, ulardan nafratlanish kerakligini izohlab berishni o'quvchilarga topsjiriq tariqasida tavsiya etish mumkin. O'quvhilar to'g'ri, ongli, tez o'qishni egallagan taqdirdagina ifodali o'qiy oladilar. Ifodali o'qishga o'rgatish, o'qishga o'rgatish bilan bir paytda amalga oshiriladi. Ifodali o'qishga ulgurmayotgan o'quvchilarga kichik misrali she'rlardan yod olishga topshiriq berish, kichik misradagi she'rdagi ohangga, tinish belgilariga alohida e'tibor bilan yod olish aytiladi. Bundan tashqari bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni mustaqil ishlashga o'rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida uyg'un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun, avvalo, o'quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qilish lozim.

Xulosa qilib aytganda, bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash ancha murakkab jarayon. O'qituvchining pedagogik mahorati zamonaviy dars o'tish usullaridan foydalanishi bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchi bilan yakka tartibda ish olib borishi natijasida uning oldini olishga imkon yaratadi. Jahon - keng Dunyoda mamlakat kop, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz O'zbekistonimiz yakka-yu yagona. O'zbekistonning kelajakdagi ravnaqi bugungi yosh avlodning to'laqonli ta'lim va tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Ana shularni kelajagimiz poydevori bo'lmish boshlang'ich sinf o'qiuvchilari diliga jo etib hayotlari mazmuniga aylantirishimiz ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashimiz lozim.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Toirova M.E. O'qish savodxonligi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik, I qism. / Toirova M.E. -Toshkent. "Novda Edutainment", 2023. - 80 b

2. Vohidov E. Shoiru, she'ru shuur. Adabiy o'ylar. - Toshkent, 1987.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

3. Umumiy o'rta ta'limning davlat standartlari va o'quv dasturi // O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Axborotnomasi, 7-maxsus son. Toshkent. «Sharq», 1999.

4. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha Yangi tahrirdagi davlat ta'lim standarti // «Boshlang'ich ta'lim». Jurnali. Toshkent, 2005. - №5.5,6.

5. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha Yangi tahrirdagi o'quv dasturi // «Boshlang'ich ta'lim». Jurnali. Toshkent, 2005. - № 5.

6. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent: O'zbekiston. 2016. 56-b.

7. BoxugoB 3. 3pK caogarn. Tyna acapnap TynnaMH.VI ^nng. --TomKem; 2018.

360 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.