Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TO‘G‘RI O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TO‘G‘RI O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2394
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ruhiy tuzulishi / predmetlar / hikoya / izohli o‘qish / sayyora / qiziqarli kitoblar. / mental structure / subjects / story / annotated reading / planet / interesting books.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D. Ergasheva

O‘quvchining o‘qish qobiliyati rivojlangani sari aqliy komil va axloqiy barkamol bo‘lib boradi, unda esa asosiy omillarni yaratuvchi o‘qituvchi bo‘ladi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish malakalarini rivojlantirish va uning asosiy bosqichlari haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF CORRECT READING SKILLS IN PRIMARY SCHOOL PUPILS

As the student's ability to study develops, he becomes mentally perfect and morally harmonious, and in him he becomes a teacher who creates the main factors. This article discusses the development of reading skills of Primary School students and its main stages.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TO‘G‘RI O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TO'G'RI O'QISH KO'NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISH Ergasheva Durdona Safarali qizi

Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7437995 Annotatsiya. O'quvchining o'qish qobiliyati rivojlangani sari aqliy komil va axloqiy barkamol bo'lib boradi, unda esa asosiy omillarni yaratuvchi o'qituvchi bo'ladi. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish malakalarini rivojlantirish va uning asosiy bosqichlari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: ruhiy tuzulishi, predmetlar, hikoya, izohli o'qish, sayyora, qiziqarli kitoblar.

ФОРМИРОВАНИЕ НАВЫКОВ ПРАВИЛЬНОГО ЧТЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. По мере развития способности ученика к чтению он становится умственно совершенным и морально совершенным, в то время как учитель является создателем основных факторов. В данной статье рассматривается развитие читательских навыков младших школьников и его основные этапы.

Ключевые слова: ментальная структура, предметы, рассказ, аннотированное чтение, планета, интересные книги.

FORMATION OF CORRECT READING SKILLS IN PRIMARY SCHOOL PUPILS Abstract. As the student's ability to study develops, he becomes mentally perfect and morally harmonious, and in him he becomes a teacher who creates the main factors. This article discusses the development of reading skills of Primary School students and its main stages.

Keywords: mental structure, subjects, story, annotated reading, planet, interesting books.

Kirish. Boshlang'ich sinflarda o'qitilayotgan Ona tili va o'qish darslari yuqori sinflarda o'tiladigan adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. O'qish darslarida o'tkaziladigan mashg'ulotlar mazmuni, o'quvchilarni to'g'ri, ravon, ma'lum darajadagi tezlik bilan ifodali o'qishga o'rganishi, bolaning ona Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g'oyalarini ular ongiga singdirilishi kabi bilimlarini boyitish orqali o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.

O'qish darslarini Davlat standarti talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog'lab o'tilishi uning ta'sirchanligi hamda ongli idrok etishlarini ta'minlaydi. Unda o'qish va nutq o'stirishning ta'limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo'yicha o'qish mazmunini o'qish ko'nikmalarining og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o'qish mashg'ulotlarining yozma nutq bilan bog'lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.

O'qish darslari davomida o'quvchilar so'zdagi harflarni bir-biriga bog'lab yozish va so'z, gaplarni kichik hamda bosh harflarni Alifbe darsligida berilgan tartibda yozishga o'rgatiladi. 610 yoshdagi bolalar bir soatga mo'ljallangan saboqni sabr-toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzulishi faol harakatni talab etsa, hayoli esa o'yinda bo'ladi. O'quvchi diqqatini uzog'i 20 daqiqadan ortiq darsga qarata olmaydi, shuning uchun darslar davomida dam olish daqiqalaridan to'g'ri foydalanish malakali pedagogning asosiy ish quroli sanaladi. Shu tufayli sinflarda ta'lim-tarbiya vazifalari, asosan o'yin, ashula, qisqa muddatli qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o'qish orqali amalga oshiriladi. Dono xalqimizda: "Ish quroling soz bo'lsa,

1675

mashaqqating oz bo'lur" degan gap bejiz aytilmaydi. Har bir pedagogning darsni qay tarzda o'tishini oldindan rejalashtirish, zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan unumli foydalanishni yo'lga qo'yini ish quroling yanada "o'tkir" bo'lishiga sabab bo'ladi.

Ifodali o'qish turli badiiy va amaliy matnlarni puxta o'zlashtirishning muhim metodlaridan biri sifatida o'qituvchi uchun kalit rolini bajaradi. Ifodali o'qish darslarda o'quvchilarning zerikishiga yo'l qo'ymaydi, aksincha, faollashtiradi, badiiy asarlarga qiziqishini kuchaytiradi, adabiyotga havasini uyg'otadi.

O'qish darslarida o'quvchilarni ifodali o'qishga o'rgatishning, asosan, ikki yo'li mavjud:

1. Dars jarayonida turli matn xarakteridan kelib chiqib, o'quvchilarni ifodali o'qishga o'rgatish;

2. O'qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga maxsus ifodali o'qish dasturlarini tashkil etish.

Tadqiqot materiallari va metodologiyasi. O'qish mashg'ulotlarini o'tkazish jarayonida o'quvchilar nutq faoliyatining asosiy ko'rinishi bo'lgan ko'nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish ko'zda tutiladi.

1-sinfda o'quvchilar matnni ongli, to'g'ri va bo'g'inlab sidirg'ali o'qishni o'rganadilar. Ona tili va o'qish savodxonligi darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o'tkaziladigan darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg'ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berishi lozim. Bolalar o'qilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga to'g'ri javob berishga o'rganadilar. Bilamizki, matn ustida ishlash o'qituvchi rahbarligida olib boriladi.

2-sinfda o'quvchilarga so'zlarni butunligicha sidirg'asiga o'qish malakasi shakllanadi. O'qishning to'g'ri, ifodali bo'lishiga erishiladi. O'qish sur'ati tezlashib boradi. Bu sinfda o'quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni mustaqil o'qishga o'tadilar. Matn ustida ishlash murakkablashib boradi. Bolalar o'qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning xatti-harakatini ifodalovchi so'z va iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so'z bilan tasvirlashga o'rganadilar. Ularda so'z boyligiga talab ortadi.

3-sinfda so'zlarni butunicha sidirg'a o'qish ko'nikmasi to'la shakllanadi. So'zlarni to'g'ri tanlashga, gap qurilishidagi so'zlarning bir-biriga bog'lanishidan to'g'ri foydalanishga talab etiladi.

4-sinfda o'quvchilar esa so'zlarni bo'g'inlamay sidirg'a o'qishlari, matnni tez, to'g'ri, ongli o'qiy olishlari kerak. Bu sinfda o'quvchilarni bo'g'inlab o'qishga yo'l qo'ymaslik kerak . Bolalar o'qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari va o'qilgan matnni to'la, qayta hikoya qilishlari kerak.

1676

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ifodali o'qish va o'zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me'yorlari shakllanadi. O'quvchilar nutqining faollashuvi nutqning grammatik shakllarini to'g'ri qo'llash va to'g'ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon ifodali bo'lishiga yordam beradi. Ifodali o'qishga o'rgatishdagi muhil omillarga:

a) nafasdan to'g'ri foydalana olish;

b) adabiy til talaffuz normalarini yaxshi bilish;

d) so'z bo'g'in va tovushni to'g'ri, aniq talaffuz etish kiradi.

Tadqiqot natijalari. O'qish darslarining samaradorligi ko'p jihatdan ta'lim metodlarini to'g'ri tanlanishiga bog'liq. Binobarin, fanning o'zi kabi o'qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo'ladi. Masalan, eski maktablarda o'qish quruq yod olish metodi asosida o'rgatilgan bo'lsa, hozir izohli o'qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so'zlarga izoh berishga, ma'nosini o'qishning ongli bo'lishiga mutlaqo e'tibor berilmagan. Ularda to'g'ri talaffuz, qiroat bilan o'qish, ifodali o'qish nazarda tutilgan.

Hozir maktablarda o'qish izohli o'qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug'iladi: Izohli o'qish nima?

Izohli o'qishga XIX asrning 60-70-yillarida rus pedagogi K.D.Ushinskiy asos solgan, u o'qishda o'quvchilarni "ongli, tushunib, o'ylab o'qishga" o'rgatishni alohida ta'kidlaydi va uni "Izohli o'qish" deb nomlaydi.

Izohli o'qish metodiga K.D.Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritadilar. Korf va Vaxterev izohli o'qish o'quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o'quvchilarga o'qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog'liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.

3-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligida berilgan "Quyoshning bolalari" matni bolalar uchun faqat quyosh haqida emas, balki ular bilmagan sayyoralar haqida ham qiziq ma'lumotlar beradi. Matn: "Qadim zamonda koinotning cheksiz kengliklarida to'qqizta aka-uka sayyora bo'lgan ekan. Ular: quvnoq Merkuriy, yoqimtoy Venera, beg'ubor Yer, uyalganda darrov qizarib ketadigan Mars, shirinlikxo'r Yupiter, ozg'in bo'lay deb hamisha halqa aylantirib yuradigan Saturn, yuvoshgina Uran, xayolparast Neptun va Pluton edi."- deya boshlanadi. Bundan ko'rinib turibdiku, o'quvchilar uchun darsliklar yangilanib borishi ularning o'qish malakalarini yanada rivojlantiradi.

Xulosa. Maktabda o'qitiladigan eng muhim predmetlardan biri bu o'qishdir. O'qish o'quvchi faoliyatining asosiy turi bo'lib, o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o'qish malakalarini takomillashtirish va o'stirish ustida tizimli va maqsadli ishlashni talab qiladi.

Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o'qish malakalarini takomillashtirishga yo'naltirilgan bo'lsin. Bundan tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni ham reja asosida olib borish va unda badiiy asarlar tahlilini qilish ham ko'p foyda beradi. Hozirda bolalar uchun qiziq bo'lgan rasmli, qiziqarli kitoblar nashr etilmoqda, o'qituvchi bola yoshidan kelib chiqib uyda qo'shimcha o'qish uchun topshiriqlar berishi ham katta samara beradi.

I677

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Soliyev I. S., qizi Ergasheva D. S. BOSHLANG 'ICH TA'LIM FANLARINI O 'QITILISH JARAYONIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI ME'ROSIDAN UNUMLI FOYDALANISH //RESEARCH AND EDUCATION. - 2022. - T. 1. - №. 8. - C. 16-20.

2. Ergasheva D. BARKAMOL AVLODNI MA'NAVIY YETUK QILIB TARBIYALASHDA BOSHLANG 'ICH TA'LIMNING O 'RNI //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. B4. - C. 139-141.

3. Haydarov I. O. Uzluksiz kasb-hunarga yo'naltirishning maqsadi, vazifalari, metod va vositalari. // "Maktab va hayot" jurnali, 2012 y., № 7-8, 5-6-betlar.

4. Egamberdiyeva F. Adabiy ta'lim samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalar: Ped fan. nom. diss va avtoref.-T.: 2005. 23 bet.

5. Matchonov S. Kitob o'qishni bilasizmi? -T.: O'qituvchi 1993-114 bet.

1678

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.