Научная статья на тему 'HOMIL YOQUBOV O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTINING YETUK TADQIQOTCHISI'

HOMIL YOQUBOV O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTINING YETUK TADQIQOTCHISI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
234
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
munaqqid / dramaturgiya / adabiy-tanqid / taqriz / adabiyot nazariyasi / matbuot

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Munojatxon Asqarova

O‘zbek millatining boy va mazmunli adabiy merosini o‘rganish va tadqiq etishda adabiy tanqidning roli beqiyosdir. Mumtoz adabiyot vakillari, jumladan, Navoiy, Z.M.Bobur shaxsi, boy adabiy merosi, asarlari tili, uslubi o‘zidan keyingi davr adabiyot vakillari uchun ijodiy yo‘l, ibrat namunasi bo‘lib xizmat qildi. Adabiyotshunoslar tomonidan Bobur ijodi turli davrlarda boy adabiy merosi, badiiy mahorati, janrlar xilma-xilligi, obraz yaratishda o‘ziga xosligi va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishi tomonlari o‘rganilgan hamda yoritilgan bo‘lsa, ushbu maqolada munaqqid H.Yoqubovning Bobur ijodining zamonaviy o‘zbek adabiyotida yoritilishi masalasiga e’tiborni qaratgan va o‘z munosabatini bildirgan fikrlari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HOMIL YOQUBOV O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTINING YETUK TADQIQOTCHISI»

HOMIL YOQUBOV O'ZBEK MUMTOZ ADABIYOTINING YETUK

TADQIQOTCHISI

Munojatxon Asqarova asqarova.munoj atxon 19@gmail .com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: O'zbek millatining boy va mazmunli adabiy merosini o'rganish va tadqiq etishda adabiy tanqidning roli beqiyosdir. Mumtoz adabiyot vakillari, jumladan, Navoiy, Z.M.Bobur shaxsi, boy adabiy merosi, asarlari tili, uslubi o'zidan keyingi davr adabiyot vakillari uchun ijodiy yo'l, ibrat namunasi bo'lib xizmat qildi. Adabiyotshunoslar tomonidan Bobur ijodi turli davrlarda boy adabiy merosi, badiiy mahorati, janrlar xilma-xilligi, obraz yaratishda o'ziga xosligi va insonparvarlik g'oyalarini targ'ib etishi tomonlari o'rganilgan hamda yoritilgan bo'lsa, ushbu maqolada munaqqid H.Yoqubovning Bobur ijodining zamonaviy o'zbek adabiyotida yoritilishi masalasiga e'tiborni qaratgan va o'z munosabatini bildirgan fikrlari berilgan.

Kalit so'zlar: munaqqid, dramaturgiya, adabiy-tanqid, taqriz, adabiyot nazariyasi, matbuot.

HAMIL YAQUBOV IS AN ACCOMPLISHED RESEARCHER OF UZBEK

CLASSICAL LITERATURE

Munojatkhan Askarova askarova.munoj atxon 19 @gmail .com Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The role of literary criticism in studying and researching the rich and meaningful literary heritage of the Uzbek nation is incomparable. Representatives of classic literature, including Navoi, Z.M.Babur, their rich literary heritage, language and style of their works served as a creative path and example for later literary representatives. Babur's work has been studied and highlighted by literary critics in different periods of its rich literary heritage, artistic skills, variety of genres, originality in image creation and promotion of humanitarian ideas, in this article critic H.Yaqubov's Babur The opinions of the artist who drew attention to the issue of the coverage of his work in modern Uzbek literature and expressed his attitude are given.

Keywords: critic, dramaturgy, literary criticism, review, literary theory, press.

Zamonaning har bir davrida adabiy jarayonda o'zining original tahlil usullariga, xos dunyoqarashi va uslubiga ega munaqqidlarga ehtiyoj bo'lgan. Bosilib chiqayotgan

har qanday kitobga taqriz yozish, ora - orada uyushtiriladigan yubiley anjumanlarida umumqarsakbozlikka jo'r bo'lish bilan adabiyotshunos munaqqid bu ijod sohasida o'z qalbi va qiyofasini yaqqol ko'rsata olmaydi. Adabiy tanqid murakkab ijoddir. Zero, adabiy tanqidchining ijodini o'qigan kitobxon badiiy asar mohiyatini, adabiy haqiqatni anglashi kerak. Aslida adabiy tanqidga, badiiy asarni tahlil va talqin etishga hamma zamonlarda zarurat bo'lgan. Bejizga Bahodir Karimov "Ijod ahli o'zi yozgan badiiy asar bahosi bilan qiziqadi; munosabat kutadi. Yozgani to'g'risida mulohaza - ko'proq maqtov yoki tanqidlar eshitish - bu ojizona tuyg'u har qanday soha ijodkori tabiatiga xosdir"1, deb e'tirof etmagan.

Chin munaqqid yoki adabiyotshunos bo'lish uchun ilm va izlanish, iste'dod, estetik did, tushunish, saralash qobiliyati kerak. Badiiy asarni o'qish uchun vaqt, baho berish uchun keng qamrovli dunyoqarash, nazariy bilim, hayotiy tajriba lozim. Ushbu talablarning barchasi Homil Yoqubov shaxsiyatida jamdir. Munaqqid haqida og'iz juftlashdan avval shuni ta'kidlab o'tish kerakki, uning ilmiy salohiyati qanchalar keng va muhokamabop bo'lsa, shaxsiy hayoti, inson ehtiyojlari, orzu-maqsadlari haqidagi ma'lumotlar ko'lami shunchalik tordir. O'zbekiston(SSSR)da xizmat ko'rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Homil Yoqubovning ham hayot yo'li ko'p jihatdan adiblarnikiga o'xshashdir. U 1907-yilning sentyabr oyida Toshkentda o'rtahol dehqon oilasida tavallud topgan. Savodini o'sha davrning oldi maktabi hisoblangan yangi usuldagi "Rahimiya" maskanida chiqargan. Keyinroq "Namuna" maktabiga o'qishga kiradi. O'sha yillari mamlakatimizda "Oktyabr inqilobi" ro'y berib, hokimiyat sovetlar qo'liga o'tadi. O'z-o'zidan ta'lim-tarbiya va o'qitish metodikasida katta o'zgarishlar yuzaga keladi. Ushbu jarayonlar jonli sahnasida bo'lajak munaqqid ulg'ayadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, inqilob natijasida "Namuna" maktabi "Navoiy" nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumiga aylantiriladi. Ayni shu texnikumda Oybek, ko'plab tarixiy-biografik asarlar muallifi Mirkarim Osim, texnika fanlari doktori G'afur Rahimov, geograf olim Muhit Qoriyevlar ta'lim olgan. Ana shunday ulkan salohiyati bor texnikum muhiti Homil Yoqubov dunyoqarashi rivojlanishiga ta'sir qilmasdan qolmagan. Olim haqida mavjud ma'lumotlardan shuni ko'ramizki, u 1924-yilda "Lenin komsomoli" safiga qabul qilingan.2 Aslini olib qaraganda ushbu harakat o'sha davr siyosiy qiyofasini ko'rsatishning o'ziga xos shaklan milliy, mazmunan sotsiolistik, ruhan baynalminal harakati bo'lgan xolos.

Homil Yoqubov ilk faoliyatini texnikumni tamomlagach pedagoglikdan boshlagan. Keyinroq texnikumdagi olingan bilimlar doirasini kengaytirish uchun Leningradga borib o'sha paytdagi Gersen nomidagi pedagogika institutining tabiiy fanlar fakultetiga o'qishga kirgan. Bundan ko'rinadi ilk qarorlar munaqqid bo'lish

1 Карим Бадриев. "Озод ватан саодати (Адабий тащид)" 5-том, Адиб нашриёти, 2013-йил. 329-бет.

2 Бердиали Имомов. "Х,омил Ёкубов(адабий портрет)". Fафур Fулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. Тошкент. 1978-йил. 7-бет

orzusidan ancha yiroq bo'lgan. Biroq Homil Yoqubov shimol iqlimiga moslasha olmaydi va 1927-yilda Toshkentga qaytib, 1929-yildan O'rta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida o'qishini davom ettiradi. Uning hayot yo'liga bag'ishlab adabiy portret yozgan Berdiali Imomov ma'lumotlariga tayanadigan bo'lsak, munaqqid 1932-yilda oliygohni tamomlab, dastavval maktab, kurs, rabfak va texnikumlarda 1934-yilgacha dars berib faoliyat yuritgan va shu yili Toshkentda Fanlar komiteti tashkil etilgach, o'zbek tili va adabiyoti ilmiy-tekshirish institutiga ilmiy hodim bo'lib ishga kirgan.3 Ayni shu institutda uzliksiz faoliyatini davom ettirgan. Oradan o'n yil o'tib 1944-yili O'zbekiston (o'sha davrda SSSR) Fanlar akademiyasi tarkibiga o'zbek tili va adabiyoti ilmiy-tekshirish instituti kiritilgan.

Homil Yoqubov hayot va ijod yo'liga nazar solar ekanmiz uning ongini ikki soha zabt etganiga guvoh bo'lamiz. Birinchisi aniq fanlar bo'lsa, ikkinchisi adabiyotdir. Ammo umrining eng gashtli onlarini bezab, hayot yo'lida muhim iz qoldirgan shubxasiz adabiyot bo'lgan deb aytish mumkin. Ammo uning adabiyot maydonida munaqqid sifatida o'z o'rniga ega bo'lishi oson kechmagan. Bu haqida uning yaqin do'stlaridan biri Mamarasul Boboev quyidagicha xotirlagan: "Adabiy tanqidchiga menimcha hamma narsalardan ham oldin, chuqur bilim, keng mushohada va xolislik kerakdir. Homil Islamovichda zehn ham, bilim ham-hammasi mavjud... ijodi ko'p qirralidir... Uni ko'pgina tanqidchi va dabiyotshunoslardan o'z fikridan chalg'itish mumkin emasligi fazilati ajratib turadi. U o'zining "Adabiy tanqidchi" degan sharafli kasbini oshna-og'aynichilikka yoki xushomadgo'ylikka, hatto moddiy manfaatga hech qachon qurbon qilmagan. Bu sobit tanqidchi shiddatli hujumlarga uchraganida ham, ba'zi kamsitishlarga duchor bo'lib yurgan paytlarda ham tog'day chidam bilan turishini bir necha bor ko'rganman"4 - deydi. Adabiyot olami vakillariga shunday muammoli va murakkab yo'lni bosib o'tish tom ma'noda tabiiy jarayondir. Ijodkor sinovlarda toblanib, uning quroli bo'lgan mashaqqatlarda sayqal topadi. Homil Yoqubov ijodi ham bundan mustasno emas. Dastavval bo'lajak munaqqidni adabiyotning sehrli olami, jo'shqinligi, tabiiyligi o'ziga oshufta qilgan bo'lsa ne ajab. Uning ta'sirida Homil Yoqubov bir qator she'rlar, ba'zan yozuvchilarga taqlidan poemalar qoralagni unga yaqin bo'lgan odam borki, barchasiga ma'lum. Balki shularning ta'siri, qonidagi ijodiy jo'shqinlik ham uning adabiy tanqidchilik faoliyatining muvaffaqiyati kaliti bo'lgandir. Uning ilk yutuqlaridan biri, yuqorida ta'kidlaganimiz maktabdoshi, do'sti Oybekning ikkinchi kitobi - "Ko'ngil naylari"ga yozgan taqrizi bo'lgan. Ushbu voqeaga tanqidchining ilk ammo dadil va jiddiy qadami sifatida qaralishi lozim bo'lgan o'sha taqriz "Qizil O'zbekiston" gazetasining 1927-yil 16-avgustdagi sonida "Oybek va uning she'rlari"5 nomi bilan chop etilgan.

3 Уша манбаа. Каранг. 8-бет.

4 Мамарасул Бобоев. "Умрим кушщлари". "Ёш гвардия" нашриёти. Тошкент. 1974-йил. 38-39-бетлар.

5 Ш. Турдиев, Б.Кориев(Олтой). "Узбек адабиётшунослиги ва тащидчилиги библиографияси (1900-1941)". Узбекистан Республикаси ФА "Фан" нашриёти. 2010-йил. 79-86-бетлар.

ПМ^^^в 24 http://wpjournal.dsmi-qf.uz

O'zining ilk qadamlaridan ruhlangan munaqqid yangidan yangi maqolalarini yozishga kirishib ketadi ammo noma'lum sabablarga ko'ra ularning chop etilishi cho'zilib ketadi, yoki qog'ozlarda qoladi. Ammo ba'zi munaqqidlar va olimlarning qator ishlariga nazar soladigan bo'lsak, 1932-yilda sovet hukumatining nashriyot ishlari va adabiy-ijodiy jarayon ishini yaxshilash, tanqidchilikka e'tibor berish to'g'risidagi ko'rsatmasi berilgan6. Balki shu sababdan ushbu yillardan keyingi gazeta va jurnallarni varoqlasak qator adabiy-tanqidiy maqolalarga ko'zimiz tushadi. Huddi shunday Homil Yoqubov ishlariga ham. Bunga misol qilib uning ilk tanqidiy-ijodiy faoliyatini xarakterlovchi Mirkarim Osim bilan hamkorlikda yozilgan "G'afur G'ulom hikoyalari"(1932), "Zafar nishoni(1932)"7 taqrizlarini keltirish mumkin.

Homil Yoqubov ilmiy-ijodiy faoliyatini bosqichma-bosqich belgilab oladigan bo'lsak, uning birinchi davrini taqrizlarga, ikkinchi davrini maqolalar, uchinchi bosqichni ilmiy tadqiqotlarga bo'lish mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki u o'z faoliyatini oddiydan murakkabga puxta ishlab olib chiqqan. Har bir ijodkor faoliyatini noldan yuzgacha tadqiq etgan, o'rgangan, ta'bir joiz bo'lsa xis qilgan, har bir qahramon obrazida yashagan. Uning bu bosqichdagi faoliyatini Berdiali Imomov asosan o'tgan asrning o'ttizinchi yillari birinchi yarmi bilan chegaralanadi deb hisoblaydi. Munaqqidning 1936-yili nashr etilgan "Ijodiy o'sish yo'lida" kitobidagi "Uyg'un ijodiyoti", "G'afur G'afur ijodiyoti", "Hamid Olimjonning ijodiy yo'li" ilmiy maqolalari yosh tadqiqotchi ijodining jiddiy burilish nuqtasi deb belgilaydi. Bizningcha esa bu jarayonga boshqa rakursdan qarash qulayroq. Sababi munaqqid ijodiy o'sish nuqtasi mavzular ko'lami va tadqiqot obektining davr va vaqt nuqtayi nazaridan belgilandi. Misol uchun Homil Yoqubovning faqat o'z zamonasi yozuvchilari asarlariga yozgan taqriz va maqolasining o'zigina uning faoliyatining perepitiya8sini yasab bermaydi. Uning ijodiy kulminatsiya9si ham bo'la olmaydi. Sababi Homil Yoqubov ilmiy - ijodiy faoliyat doirasi, tadqiqotchilik ko'lami g'oyat keng va rang - barang. O'zbek adabiyotining ko'zga ko'ringan bironta yirik namoyandasi yo'qki, ular to'g'risida yoki ularning asarlari haqida Homil Yoqubov o'z fikr - mulohazalarini bildirib asar yozmagan bo'lsa! Olimning Hamza, Abdulla Qodiriy, Sadriddin Ayniy, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Uyg'un, Nazir Safarov, Sharof Rashidov, Mamarasul Boboev, Asqad Muxtor va boshqa bir qator adiblarimiz ijodi, ularning muayyan asarlari hususidagi o'nlab maqola, taqriz va monografiyalari masalaga nazariy fikrlash va dalillash kuchining asosliligi, kuzatishlarning sinchkov va originalligi, qisqasi, ilmiy - nazariy saviyasining

6 Бердиали Имомов. "Хрмил Ёкубов(адабий портрет)". Fафур FynoM номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. Тошкент. 1978-йил. 10-бет

7 Ш. Турдиев, Б.Крриев(Олтой). "Узбек адабиётшунослиги ва танкидчилиги библиографияси (1900-1941)". Узбекистан Республикаси ФА "Фан" нашриёти. 2010-йил. 138-139-бетлар.

8 Туб бурилиш, кескин бурилиш.

9 Чувди

yuksakligi bilan diqqatga sazovordir. Homil Yoqubov tadqiqotchilik faoliyati g'oyat ko'pqirrali ekanini o'zbek adabiyoti vakillariga, turli janr namunalariga bag'ishlangan asarlaridangina emas, balki ilmiy - ijodiy faoliyati davomida o'zbek klassik shoirlari, rus va Yevropa adabiyoti namoyandalari V.Shekspir, M.Servantes, A.S.Pushkin, V.G.Belinskiy, N.V.Gogol va boshqalar haqida yozgan maqolalaridan ham bilsa bo'ladi. Uning eng salmoqli ishlari mumtoz adabiyot tadqiqida ko'zga tashlanadi. Jumladan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobir, Muqumiy, Turdi Farog'iy kabi katta potensial egalarining munozarali ijodiy yo'lini o'ziga xos tadqiq eta olgani uning faoliyati negizini va munaqqidlik cho'qqisini belgilaydi. Olimning faoliyatida klassik adabiyot masallari yoritilgan boshqa talay asarlari ham borki, ular mamlakat filologiya ilmini boyitish ishiga munosib hissa qo'shgan. Jumladan, "Alisher Navoiyning "Xamsa"si", "O'zbek adabiyotining faxri", "Navoiyning "Sab'ai sayyor" dostoni", ""Sab'ai sayyor"da shahar qatlamlarining obrazi" kabi mumtoz adabiyotimiz vakillari ijodiga bag'ishlangan maxsus maqola va risolalari yaratilgan. Navoiy ijodiga bag'ishlangan ko'lami katta qator ilmiy tadqiqotlarni ham yaratgan. Olimning "Saylanma"10 kitobida berilgan Davr va siyosat nuqtayi nazarini ham inobatga olib, tarixiy haqiqatlarni bor bo'yicha ko'rsata olish, jimjimador va yuzaki so'zlardan foydalanmay ijodkorlar ruhiyatiga nazar solgani uning mumtoz adabiyotning ham tom ma'nodagi muxlisi, mutaxassisi egasi ekanini ko'rsatadi.

Badiiy adabiyot o'zida hayotning hamma jabhalarini aks ettirishi bilan go'zal va mukammaldir. Uning sarchashmasidan adabiyot ixlosmadlari suv ichsa, yosh ijodkorlar ma'naviy ozuqa oladi. Atoqli shoir va nosirlardan tortib, yosh qalamkashlarning ijodiy o'ziga xosligini xalqga ko'rsatib beruvchi, ta'bir joiz bo'lsa yetkazib beruvchi bu - adabiy tanqidchidir. Adabiy tanqidchilik kasbining ikki muhim qirrasi bor: bugungi adabiyot masalalari bilan qiziqadi va adabiyotshunos sifatida klassik me'ros javohirlari xazinasi sirlarini ochishni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'yadi. Homil Yoqubov har ikkala sohada ham shuhrat topgan olimdir. Uning bir qator buyuk ijodkorlarning adabiy me'rosini tadqiq etgan materiallari bugungi kun adabiy tanqidchiligining negizi bo'lib xizmat qilmoqda.

Tadqiqotchi mahoratini ko'rsatish borasida, badiiy so'z sehrining serqirra jilosini, san'atkorona bezagining boyligini nafis ochish jihatidan olimning Bobir ijodiga bag'ishlangan tadqiqoti ko'pchilik kasbdosh va adabiyot ixlosmandlari og'ziga tushganida ham ko'p gap bor. Odatda iste'dod bilan yozilgan badiiy asar, katta -kichikligi va muallifining yozishidan, janridan qat'iy nazar, bir umrga o'lmas, original, hamisha ardoqli, demakki, klassik namuna bo'lib qoladi. Ana shunday mohiyatga molik namunalar badiiy so'z san'ati borasidagina emas, ilmiy kashfiyot bobida ham, fan bilan badiiy ijodni bir - biriga payvand etgan adabiyotshunoslik olamida ham uchraydi. Yuqorida keltirilgan adabiyot muhitida o'sgan, ularning ajoyib asarlari

10 H. Yoqubov. "Saylanma 2".G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1984-yil.

I jbÄÜ^^Bl 26 http://wpjournal.dsmi-qf.uz

taftida kamolga yetgan Homil Yoqubovning dastlab alohida kitobcha shaklida nashr etilgan "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli tadqiqotini shunday asarlar jumlasiga kiritish mumkin.

Tanqidchi shoh va so'z san'atkori Bobur ijodini asosan uchta aspektda tadqiq etadi: shoirning hayoti, mashhur "Boburnoma" asari hamda lirikasining tahlili. O'z qismatining murakkabligi va ijodining ahamiyatiga ko'ra adabiyotimizda alohida ajralib turadigan Bobur shaxsining o'rnini, tarixdagi mehnatini belgilashda, unga baho berishda H.Yoqubov adabiyot qoidalari va ta'limotlariga qat'iy suyanadi. Tadqiqotda "feodalizm davrida o'zaro urushlarni tugatishga intilgan maorifparvar podshohning amaliy ishi ham tarixiy nuqtayi nazardan progressiv harakat"11 bo'lishini asos qilib oladi. Homil Yoqubov yozuvchi biografiyasini yoritishda eng avvalo Bobur asarlaridagi asosli faktik materiallar bilan birga ilm ahli o'rtasida katta mavqega molik mo'tabar manbalarga, xususan, mashhur tarixnavis Xondamir, jahon miqiyosidagi olimlardan G.Vamberi, V.Bertold ham Yakubovskiy asarlariga murojaat etadi. Tadqiqotchi shu vaqtgacha yaratilgan ko'pgina ishlardan ijodiy foydalanish, manbalarni sinchkovlik bilan o'rganish va ularni mohirona o'zlashtirish natijasida Bobur hayotining shoh va shoir sifatidagi butun murakkab qirralarini ko'z o'ngimizda gavdalantiradi. Tadqiqotda ta'kidlanganidek, Boburning ijodkor sifatida ulug' shoir Lutfiyning ajoyib jo'shqin lirikasi, Sakkokiyning go'zal she'rlari, Atoyining durdona satrlari, buyuk Navoiyning genial asarlari bilan bezalgan juda boy va uzoq asrli adabiy tradisiyaga ega bo'lgan benazir me'ros negizida qad ko'tardi. U o'zining eng yirik asari "Boburnoma" bilan o'zbek adabiyoti xazinasiga bebaho hissa qo'shgan. Jahonning juda ko'p tillariga, xususan, rus, ingliz, fors, fransuz va golland tillariga to'la, shuningdek, yana boshqa bir qancha tillarga qisman tarjima qilingan bu asar olim tomonidan qunt bilan tahlil qilingan. Muallif asardan olingan aniq misol va dalillar vositasida "Boburnoma" ensiklopedik, memuar harakterdagi asar sifatida XV asrning oxiri, XVI asr boshlaridagi O'rta Osiyo tarixini tekshiruvchilar uchun hozirgacha eng qimmatli material bo'lib kelganligini ta'kidlab o'tadi. Homil Yoqubov unda zamonanining turli - tuman va murakkab hodisalari, ilmiy yutuqlari, maishiy lavhalar, esdaliklar san'atkorona xususiyatlar bilan chatishib ketishi orqali maroqli, sodda va ma'nodor qissalar shaklini olganini, kishilar xarakteriga xos sifatlarning chizib berilishini, bu bilan uning klassik o'zbek prozasi tarixida yuqori o'rin olishini asosli ravishda ko'rsatib bergan. Shuningdek u asar tilining aniq, sodda, ravon, tabiiy, lo'nda, ixcham va go'zal, o'sha vaqtdagi ilg'or shevalarga xos leksika bilan aloqadorligi hayratda qoldirishini ilhom va idrok kuchi vositasida ochadi, ilmiy ruhda izohlaydi. Tanqidchi "Boburnoma"ni, manbalarga asoslanib, jahonshumul Sezarning "Galliya urushlari haqidagi maktublari" nomli kommentariylari bilan dadil tenglashtiradi va o'z

11 XpMHïï ËrçyôoB. AgaÖHH Ma^o^aiap. Fa$yp Fy^OM HOMHgara AgaônëT Ba camaT HampnëTH, TomKeHT - 1970-hh^, 273-hhïï.

mulohazalarini quyidagicha yakunlaydi: "Boburnoma" ham oddiy material bo'lish darajasidan o'zib ketdi. Uning adabiy - badiiy saviyasining baland bo'lishi - butun jahon adabiyoti tarixi xazinasiga uni tarixiy va badiiy jihatdan mislsiz go'zal haykal, o'lmas me'ros qilib qo'shib qo'ydi" 12

Homil Yoqubovni mohir adabiyotshunos sifatida xarakterlovchi xususiyatlardan biri mulohazalarining uyg'unligida, asoslash va ishontirish mantiqining kuchliligida, talqinda tildan mahorat bilan foydalana olishida ko'rinadi. Ayniqsa, muallif dastxatiga xos uslubdagi ravonlikni, tilida obrazli ifodalardan o'z o'rnida, me'yorida, ilm - fanga mansub etika doirasida chechan foydalanishini qo'shsak, uning tadqiqotlari o'qishli bo'lib, kitobxonni ergashtirishi o'z - o'zidan anglashiladi. Olimning aksar yuqori saviyali tadqiqotlariga mansub bunday xususiyatlar uning Bobur haqidagi ishida ham shundoqqina barq urib turibdi. Tadqiqotchi barcha janrlar namunalari xususidagi fikrlarini maroqli, ravon va yuqori ilmiy saviyada bayon etadi. Ammo u poeziya, xususan, lirik asarlar ustida bahs ochganida tili yanada ravonlik, jo'shqinlik kasb etadi, go'yo u butun vujudi, fikri hayoli bilan berilib, jo'shib mashq chalayotgan sozanda misol she'riyat pardalarini adashmay mohirona bosadi, yayrab - yashnab ketayotgandek tuyiladi kishiga. U Bobur lirikasining san'atkorona xususiyatlarini ham ana shunday nozik did va ulkan bilim sohibi bo'lib talqin etadi. Bunda tadqiqotchi Bobir lirikasining nafosatini, o'ziga xos badiiy sodda, yoqimtoy, dillarga moydek quyiluvchi, ravon she'rlarining ijtimoiy - g'oyaviy o'zagiga, ulardagi real - hayotiy mazmun mohiyatiga - muallif tuyg'u va fikrlarining ko'zgusi ekanini ochishga birinchi darajali ahamiyat beradi. Shu nuqtayi nazar oynasida shoir lirikasi motivlaridagi shikasta, cheklangan va ziddiyatli tomonlar birma - bir, obektiv, borligicha ko'rsatiladi: yuksak she'riy madaniyatga erishgan Boburning ajoyib lirikasidagi yoru vatanga muhabbat, vatanparvarlik tuyg'ulari cheklanganligi, yakka, adolatli hukmdorlikni feodal muhiti doirasida tiklash orzusida bo'lishdek ma'lum progressiv mayllar bilan birga taqdir yaratuvchiga ishonish, shu bilan birga taqdirdan norozilik kabi mayllar mavjudligi butun tadqiqot ruhidan sizib o'tadi. Shu tariqa adabiyotshunos olim turli metodologiyaga asoslanib, ulug' yozuvchi haqida chuqur ilmiy saviyasi bilan ibrat bo'larli ish yaratgan. Bu haqida respublikada xizmat ko'rsatgan fan arbobi N.Mallaev o'z so'zida X.Yoqubovning Boburga bag'ishlangan ishiga alohida to'xtalib o'tib: "Men Homil Yoqubovning Bobirga bag'ishlangan asarini ilmiy saviyaga ko'ra nihoyatda yuqori baholayman va qadrlayman. Bu asar bilan "O'zbek adabiyoti tarixi" darsligini yoza turib, chinakam muloqotda bo'ldim. Gap shundaki, darslikda Bobur haqida material aqalli Homil Yoqubov ishi darajasiga yaqinlashishi kerak edi. Bunga erishish nihoyatda mahol bo'ldi. Olimning asarini qayta - qayta o'qidim, yana boshqa olam - jahon manbalarni ko'zdan kechirdim. Bari bir, ko'z o'ngimda, qarshimda haligi

! X.OMHÏÏ Ë^yôoB. Yma khtoö. 320-6eT.

ish o'z saviyasining yuqoriligi va salobati bilan ko'ngdalang bo'lib, shu darajadagi ish yozishga da'vat etib turardi13, deya e'tirof etadi.

Shu tariqa adabiyotshunos olim klassik adabiyotimiz vakillari ijodidagi xalqchillik, demokratizm, realizm prinsiplarini, badiiy mahoratini ular yashagan davrning tarixiy, adabiy voqealari bilan uzviy bog'liq ravishda tekshira borib, umumlashma xulosalar chiqaradi. O'tmishdagi shoirlarimizning buyukligi sirlari, xalq manfaatlarini ko'zlab ijod etganliklari, ularning ustoz - shogirdlikkacha bosib o'tgan murakkab yo'llari, shu murakkab jarayonlarni ta'minlagan omillar qiziqarli ifodalarga boy, shirali, ilmiy tilda ochib berilgan.

Keyinchalik uzil - kesil qaror topgan tanqidchining uslub qirralariga mansub sifatlar o'sha vaqtdayoq o'z nishonasini bergan edi. Adabiyotshunos xoh Navoiy, xoh Bobur, xoh Turdi, xoh Muqimiy ijodi ustida gapirmasin, o'z uslubidagi shu maneraga sodiq qoladi: so'zni mazmun talabiga muvofiq chertib, tanlab ishlatgan, jumla jilovini tez - tez siltab fikr - mantiq yo'nalishi tomon chapdast burgan va konsepsiyasi manziliga bexato, aniq yetib olgan. Shuning uchun bugungi adabiyotshunoslik tomirlari Homil Yoqubov ijodiy me'rosidan nafas olib, rang olib rivojlanmoqda.

Darhaqiqat, bugungi kungacha Muqimiy ijodi tanqidchi taxlil qilgan, tadqiq etgan pozisiyada turibdi. Shu yo'nalishda bugungi yosh tadqiqotchilar shoir ijodini o'rganishmoqda. Satiraning boy mahsuli bo'lmish Muqimiy she'r va muxammaslari tarixni boricha aks ettirgan oyna kabi bugungi kun adabiyoti rivojiga hissa qo'shmoqda. Ayni holatda qator ijodkorlarning ishlarini taxlil qilgan Homil Yoqubovning ham salmoqli mehnatlarini e'tirof etmaslikning iloji yo'q. Chunki aynan tanqidchining to'g'ri yondashuvi sabab bugun tabiiy ijod nafasi zamonaviy adabiyotshunoslik, transformatsiya bo'lgan o'zbek tanqidchiligining negizi bo'lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Berdiali Imomov. Homil Yoqubov. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1978-yil

2. Homil Yoqubov. Adabiy maqolalar. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, Toshkent - 1970-yil, 273-yil.

3. Yoqubov H. Saylanma. Ikki jildlik. Birinchi jild. Toshkent G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1983.

4. Karim Bahriyev. "Ozod vatan saodati (Adabiy tanqid)" 5-tom, Adib nashriyoti, 2013-yil.

5. Tojiboyev R. XX asr boshlari o'zbek adabiy tanqidi tarixidan. Filologiya fanlari nozodi...diss. T., 1993;

13 bepgnam hmomob. ^omhi ërçy6ob. fa$yp fy^om homhgara aga6nët ba camat hampnëth. 1978-hhïï. 22-6et I fccIT^^^^HI 29 http://wpjournal.dsmi-qf.uz

6. Nazarov B., Rasulov A., Axmedova Sh., Qahramonov Q. O'zbek adabiy tanqidi tarixi. Toshkent., "Tafakkur qanoti"., 2011. B. 170 176;

7. O'zbek adabiy tanqidi. Toshkent., "Turon iqbol "., 2011, B. 44 50.

8. Qayumov L. Adabiy tanqid va ijodiy jarayon ." Sharq yulduzi". 1972.3-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.