MUNAQQID OYBEK VA O'ZBEK ADABIY TANQIDCHILIGI
DEHQONOVA Maxsuma
FarDUkatta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo 'yich falsafa doktori(PhD) MUXTORJONOVA Zulxumor
Farg'ona Davlat Universiteti 2-bosqich magistranti [email protected]., +9989911131179.
d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-310-316
ANNOTATSIYA Ushbu maqolada o'zbek adabiy tanqidchiligi muammolari, Oybek va uning tanqidchilikdagi faoliyati, Oybek ilmiy qarashlarining o'zbek adabiyotshunosligida o'rganilishi haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: Tanqidchilik, ilmiy-tanqidiy faoliyat, Oybekning badiiy-estetik qarashlari, sotsialistik realizm, o'zbek adabiy tanqidchiligi, munaqqid tahlili, davrlashtirish.
ABSTRACT This article talks the problems of Uzbek literary criticism, Oybek and his work in criticsm, the study of Oybek's scientific views in Uzbek literary studies.
Keywords: Criticism, scientific and critical activity, Oybek's artistic and aesthetic views, socialist realism, uzbek literary criticism, a critic's analysis, periodization.
KIRISH (Introduction)
O'zbek adabiy tanqidchiligi shakllanishi va ravnaq topishi o'zining ma'lum davrlariga ega. Adabiyotshunoslik, tanqidchilik, badiiy ijod taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan ijodkorlar orasida Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning o'rni alohida. Uning chuqur mushohada va tahlilga asoslangan ilmiy ishlari bugungi kunga qadar adabiyotimiz rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Taniqli munaqqid Ozod Sharafiddinov adib ijodiga baho berar ekan, Oybek iste'dodining olmos
qirralaridan biri - uning adabiyotshunoslik va tanqidchilik faoliyatida yarqirab
ko'rinadi - deb yozadi1. Darhaqiqat, Oybek badiiy ijodda qanchalik mohir, o'z
ishining ustasi bo'lsa, ilmiy faoliyatda ham shunday talabchan va bilimdon edi. Oybekning estetik qarashlari o'zbek adabiyotshunosligida yangi yo'nalishga yo'l ochib berdi. Ammo bu izlanishlarni to'liq o'rganish nisbatan kechroq amalga
1 Shaharafiddinov O. Iste'dod jilolari. T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1976. 124-bet.
310
www.birunijournal.uz
f
\ I -.1 II /
oshirildi. Ozod Sharafiddinovning "Iste'dod jilolari" (1976) kitobidan o'rin olgan "So'z san'atiga fidoyi sadoqat" nomli maqolasi Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlarini o'rganishdagi ilk qadamlardan bo'ldi. Unda adibning Navoiy lirikasiga bag'ishlangan maqolasi, "Alisher Navoiy" tadqiqoti, "A.Qodiriyning ijod yo'li" risolasi haqida so'z yuritiladi. Olim o'z ishida Oybekning mahoratli adabiyotshunos ekanligiga ahamiyat qaratadi, boy ilmiy-tanqidiy merosini tahlil etadi. U keyinchalik ham ko'plab maqola va tadqiqotlarida Oybek ijodiga o'zining munosabatini bildirib bordi. Yana bir adabiyotshunos olim, akademik Baxtiyor Nazarov nomzodlik dissertatsiyasini Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlarini o'rganishga bag'ishladi. Uning "Bu sehrli dunyo"(1980) nomli kitobi Oybek hayoti, ijod olamiga kirib kelishi va mahoratli yozuvchi bo'lib yetishishi haqidagi voqealarni bayon qiladi. Shu bilan birga Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlarini ham tahlilga tortadi. Olimning
"Hayotiylik - bezavol mezon" (1985) kitobidan o'rin olgan "Quyoshdek yashagan
ichdagi sevgi..." nomli maqolasida Oybekning ijodiy va ilmiy faoliyati o'rganiladi. Maqola nomini uning she'rlaridan biridagi dilbar misradan oladi. Sababi Oybekning adabiyotga, ijodga bo'lgan mehri uning qalbida quyoshdek yashagan edi. Faqat Oybekgagina xos bo'lgan uslub, mahorat munaqqid e'tiborini tortadi va o'z fikrlarini adibning hatto ilmiy maqola yozishda ham badiiylik va ilmiylikni uyg'unlashtira olgani bilan isbotlaydi. So'ngra shunday xulosaga keladi: Ilmiy maqolani bu qadar badiiy chechaklar bilan bezash, yozilayotgan masalani, xodisotni suratlashtirish, jonlantirish, tanqidiy ishni ham imkonicha badiiy asar yanglig' o'qimishli qilish, mantiqiy va obrazli fikrlash orasida hukm surmish sarhadlarni ajib bir ustalik bilan yoritib, yozayotgan maqolasi to'qimasiga ifor tuyg'ularini singdirib yuborish olim Oybek uslubiga xos bo'lgan fazilatlardan biridir2. Munaqqid ta'kidlab o'tganidek, Oybekning ilmiy ishlari va adabiy-tanqidiy maqolalari xuddi badiiy asardek ehtiyoj farzandlari, zarurat xosilasi sifatida maydonga keldi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
B.Nazarov Oybekning ilmiy faoliyatini ikki guruhga bo'lib o'rganishni ma'qul ko'radi. Birinchi guruhga Oybek ijodining ilk davrlaridan tortib, "Qutlug' qon" romani yaratilguncha bo'lgan davr (1924-1938-yillar)ni oladi. Bu vaqt mobaynida Oybekning ilk adabiy-tanqidiy qarshlari shakllangan bo'lib, olim bu guruhning o'zini ham ikkiga ajratadi: 1924-1932-yillarda Oybekning ilk estetik va adabiy qarashlari markscha-lenincha estetika ta'siriga tushmagan davr va 1932-1938-yillar, avvalgi yillarga nisbatan markscha-lenincha estetika prinsplari biroz chuqurlashgan davr. Buning sababi 1932-yil voqealari nafaqat Oybek ijodida tub burilish yasagan, balki
2 B.Nazarov. Hayotiylik —bezavol mezon. T., "Yosh gvardiya" nashriyoti, 1985. 45-bet.
311
butun sovet ijodkorlari uchun ham keskin o'zgarishlar olib kelgan edi. Shundan so'ng Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlari jadal sur'atda rivojlanib bordi va sotsialistik realizmning yetuk na'munasi bo'lmish "Qutlug' qon" romani yaratildi. B.Nazarov ikkinchi asosiy davrga ushbu roman yaratilgandan keyingi davr (19381968), Oybekning so'nggi asari "Navoiy va Guli" dostoni yaratilguncha bo'lgan davrni kiritadi. Bu davrlashtirish Oybek ijodiy faoliyatining kengroq o'rganilishiga, har bir davrga xos xususiyatlarni yetarlicha yoritib berishga dastak bo'lib xizmat qiladi. Oybekning badiiy-estetik, ilmiy-tanqidiy qarashlaridagi o'sib boruvchi farqlarni ko'rsatadi.
Oybekshunos tadqiqotchilardan biri filologiya fanlari doktori A.Sabirdinov Oybekning ilmiy faoliyatini uch turkumga ajratib o'rganishni taklif etadi3. (Keyingi o'rinlarda ushbu tasniflash bo'yicha ma'lumot beriladi.) Birinchi turkumga Oybekning o'zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari ijodini o'rganishga bag'ishlangan maqolalarini kiritadi. Unda Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Rabg'uziy, Xorazmiy, Durbek, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Muhammad Solih, Turdi, Mashrab, Munis, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, Gulxaniy, Mahmur, Muqumiy, Furqat kabi ijodkorlar asarlari tahlilga tortilgan. Ushbu maqolalar Oybekning yetuk ilmiy salohiyat egasi va mumtoz adabiyot bilimdoni ekanligini ko'rsatadi. Ikkinchi turkumda XX asr o'zbek namoyondalari ijodi haqidagi izlanishlar. Ularda Hamza, Fitrat, A.Qodiriy, G'.G'ulom, H.Olimjon, A.Qahhor, M.Shayxzoda, S.Abdulla, K.Yashin, G'aytariy, S.Ahmad, Shukrullo, S.Zunnunova, H.Nazir, Shuhrat, H.Sharipov, E.Vohidov kabi ijodkorlar asarlari ilmiy tahlilga tortilgan. Uchinchi turkumga esa jahon qardosh xalqlar va rus adabiyoti namoyondalari haqidagi ilmiy tadqiqotlar kiritiladi. Ularda Fuzuliy, Jomiy, Prem Chand, Shevchenko, A.Chexov, A.Tolstoy, M.Gorkiy, A.Serafimovich, N.Tixonov, M.Tursunzoda, S.Ayniy, M.Avezov, B.Kerboboyev kabi adiblar ijodi o'rganilgan. Ushbu bo'linish bo'yicha A.Sabirdinov o'z tahlilini bayon etadi. Oybek faoliyatidagi keng ko'lamlilik, har qanday yo'nalishda yetakchilik, bilim va salohiyatga egalik ushbu tasniflashda ham ko'zga tashlanadi. Chunki Oybek nafaqat o'z davri, balki o'tmish va kelajakdagi adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga javob izlagan edi. Uning har bir maqolasi qalb ehtiyoji bilan adabiy-ma'daniy hayotning talabi kesishgan nuqtada tug'ilgandir deyish mumkin.
Oybekning tanqidchilikdagi ilk ko'rinishi 1926-yilda yozgan "Adabiyot qoidalari" nomli taqrizi bo'ldi. Bu taqzir Fitratning shu nomdagi adabiyot nazariyasiga oid kitobiga yozilgan edi. Unda Oybekning dastlabki adabiy-tanqidiy qarashlari namoyon bo'ladi, u asosiy e'tiborini adabiyotning ijtimoiyligiga qaratadi.
3 A.Sabirdinov. Ma'naviyat va ma'rifat chashmalari. T., "Akademnashr", 2016. 100-bet.
312
Oybek har qanday san'at asari estetik zavq berishi bilan birga, albatta, ijtimoiy jihatdan ham foydali bo'lishi kerak, chunki san'at sinflarning mafkurasi, u sinfiy
munosabatlar tarixi bilan birga takomillashib boradi - deydi. Ushbu fikrlar yosh
adibning adabiyot borasida chuqur bilim egasi ekanligini namoyon etadi. Oybek o'zbek sovet adabiyotshunosligi tarixida birinchilardan bo'lib adabiy asarni, adabiy jarayonni sotsiologik metod bilan tahlil etish prinsplarini ilgari surdi. 1927-yilda "Qizil O'zbekiston" gazetasida uning "Cho'lpon shoirni qanday tekshirish kerak?" nomli maqolasi bosilib chiqdi. Bu maqola Olim Sharafiddinovning "O'zbek shoirlari Cho'lpon" nomli maqolasi munosabati bilan yozilgandi. Shundan keyin bu ikki maqola atrofida keskin bahslar boshlandi. Ko'p o'tmay "Qizil O'zbekiston" gazetasining 1927-yildagi 22,23,27-sonlarida Oybekning ushbu maqolasiga qarshi Usmonxonning "Munaqqidning "munaqqidi" maqolasi e'lon qilindi. Unga javoban Oybek o'zining "Munaqqidning "munaqqidi" maqolasi egasiga" nomli maqolasini e'lon qildi. Ikki maqolada ham yetarlicha asosli fikrlar bor edi. Akademik B.Nazarov "Bu sehrli dunyo" kitobida ushbu bahslarni tahlil etgan holda Oybek adabiy-tanqidiy faoliyatini 30-yillarda emas, 20-yillarda boshlagan degan fikrni keladi4. Chunki bunga qadar Oybekning ilmiy faoliyati 30-yillarga kelib boshlangani haqidagi fikrlar mavjud edi (G'.G'ulom. "Звезда BocTOKa". 1955. №8). U Oybekning "Cho'lpon shoirni qanday tekshirish kerak" maqolasini tahlilga tortadi. Dastlab maqola bilan chuqur tanishib chiqqan olim o'z mulohazalarini quyidagicha bayon etadi: Oybekning fikriga ko'ra, xalq Cho'lponning mafkurasini emas, balki yaratgan badiiy ijod na'munalarini o'qiydi. Munaqqid bu fikrda ijobiy bahoga loyiq nuqta borligini ta'kidlaydi va ayrim kamchiliklarni ham keltirib o'tadi. Ya'ni badiiy asar g'oyasini, mazmunini uning tilidan, shaklidan ayricha qabul qilish mutlaq mumkin emas. Chunki she'rxon avvalambor asarning g'oyasidan, mazmunidan ozuq oladi. Ana shundan so'ngina o'z qalbi, shuuriga mos tushgan g'oya va mazmunni ifodalagan shaklning, tilning totliligiga e'tibor beradi (o'sha kitob, 28-bet). Oybekdagi bu yanglishish sababini uning adabiy qarashlari shakllanayotgan ilk bosqichdagi ba'zi bir cheklanishlar deya izohlaydi. U Oybekning Cho'lpon bilan Pushkinni taqqoslashidagi ayrim xatolarini ham tahlil qiladi. 20-yillar Oybek estetikasiga o'sha davr rus tanqidchiligi, xususan, Lunacharskiy maqolalarining kuchli ta'siri seziladi. Bu chog'ishtirish asosida Lunacharskiyning Gogol ijodi va dunyoqarashiga oid fikrlari ta'siri yotsa ajabmas deydi. Shu bilan birga adibning yutug'ini ham e'tirof etadi: Oybek "adabiyot ijtimoiy hayotning aks-sadosi va davrning mafkuraviy ko'rinishi" ekanligini anglab yetdi. Darhaqiqat, Oybek 30-yillardan keyin yozilgan
4 B.Nazarov. Bu sehrli dunyo. T.,1980. 24-bet.
313
maqolalarida chuqur tafakkur va asosli dalillarga tayanar edi. Uning adabiy-tanqidiy qarashlari o'zbek tanqidchiligi uchun samarali ta'sir ko'rsatdi. Ayniqsa, "So'nggi yillarda o'zbek poeziyasi", "Tanqid sohasida savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o't ochaylik" kabi maqolalari bilan 30-yillar adabiy tanqidi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdi. Oybekning A.Qodiriy haqidagi monografiyasi zamonaviy adabiyot tarixini yaratishdagi ilk qadamlardan bo'ldi. "Abdulla Qodiriyning ijod yo'li" (1936) nomli kitobida mafkuraviy bosim ostida aytilgan ba'zi fikrlarini hisobga olmaganda, A.Qodiriyning romannavislik mahoratiga va o'zbek adabiyotiga ulkan baho berildi. Ushbu tadqiqot ayni "Qutlug' qon" va "Navoiy" romanlariga tayyorgarlik ko'rish paytida maydonga keldi. Tadqiqotda Abdulla Qodiriy ijodining bir talay fazilatlari, adib realizmining o'ziga xos xususiyatlari katta bilimdonlik, nozik did bilan kashf etilgan. Umarali Normatovning ta'kidlashicha Oybek ko'p o'rinlarda Qodiriy bilan jiddiy bahs olib boradi. "Oybekning tanqidiy mulohazalariga sinchiklab qarasangiz, ulardan kuzatilgan asosiy maqsad Qodiriy romanlarining kamchiliklarini "ochib tashlash" emas, ko'proq adibning o'z ijodiy prinsplari, konsepsiyalarini belgilashga intilishdan iborat ekanligini sezib turasiz; go'yo yozuvchi Qodiriy romanlariga, realizmiga xos bir qator xususiyatlarni tanqid qilish bilan o'zining bo'lg'uvsi romanlariga xos ijodiy prinsplarni bayon etadi..."5 Chindan ham Oybekning "Navoiy" va "Qutlug' qon" romanlarida Qodiriyga yaqinlikni sezish mumkin. Oybek o'zining ilmiy tadqiqotlarida tahlil bilan birga, yangi bilim, yangi xulosalarni egallab borganki, ular kelgusi ishlarida bir tajriba sifatida xizmat qilgan.
XULOSA (Conclusion)
Oybek ilmiy faoliyatini o'rganish bo'yicha olib borilgan ishlar, tadqiqotlar ayrim yoritilmagan jihatlarni ochdi. Adibning badiiy-estetik qarashlari turkumlarga bo'lindi va unga ko'ra Oybek ijodini o'rganishda yangicha yo'nalishlar aniqlandi. Tajribali adabiyotshunoslar, taniqli munaqqidlar o'z izlanishlarida adib ijodiga oid bir qancha yangiliklarni aniqlashdi, boshlab qo'yilgan ishlarni to'liq o'rganib adabiyot olamiga taqdim etishdi. Shu o'rinda oybekshunos olimlardan Homil Yoqubov, Naim Karimov, Matyoqub Qo'shjonov, Baxtiyor Nazarov, Aziz Qayumov, Vohid Zohidov, Akbarali Sabirdinov, Maxsuma Dehqonova kabilarning tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab o'tish joiz. Ularda Oybekning turli yo'nalishlardagi ijodiy merosi o'rganiladi. Oybek dahosini kashf etish, ba'zi o'rganilmagan masalalar bo'yicha izlanishlar bundan keyin ham davom etadi degan umiddamiz.
5 O.Yoqubov va U.Normatov suhbati. Oybek dahosi. "Yoshlik" jurnali. 1985.1-son.
314
REFERENCES
1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.
2. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).
3. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).
4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.
5. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.
6. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.
7. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.
8. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.
9. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 5(2), 33-39.
10. Akhmadjonova, O. A. (2021). Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 389-392.
11. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.
12. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.
13. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.
315
14. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.
15. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.
16. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).
17. 18. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.
18. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.
19. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.
20. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.
21. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.
22. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.
23. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.
24. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.
25. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3), 111-112.
26. Sabirdinov, A. (2019). Sketches to the novel "Night and day" by Chulpan. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6), 119-120.
27. Sabirdinov, A. G. (2021). Interpretation of Characters in Utkir Hoshimov's Story "Yanga". International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(6), 196-200.
28. Murodilovna, O. G. (2020). Melody and musicality in Lirycs. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 656-664.
29. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.
316