Научная статья на тему 'XX ASRNING 20YILLARI MATBUOTIDA JAHON ADABIYOTI MASALALARI TADQIQI'

XX ASRNING 20YILLARI MATBUOTIDA JAHON ADABIYOTI MASALALARI TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3006
149
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jadid matbuoti / “Maorif va o‘qitg‘uchi” / “Yer yuzi” / Tagor / Pushkin / “Alanga” / Lermontov / “Shohnoma” / Cho‘lpon. / Jadid press / "Education and teacher" / "Earth" / Tagore / Pushkin / "Flame" / Lermontov / "Shohnoma" / Cholpon.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Fayziyeva, Saodat

Ushbu maqolada XX asrning 20yillarida matbuot sahifalarida chop etilgan jahon adabiyoti masalalari o‘rganilib, ular qiyosan tadqiq etiladi. “Maorif va o‘qitg‘uchi”, “Yer yuzi”, “Alanga” kabi davriy nashrlarda bosilgan V.Shekspir, L.N.Tolstoy, A.S.Pushkin, R.Tagor hamda rus adabiyotining bir necha vakillari ( Pushkin, Lermontov, Gogol, Belinskiy)ga bag‘ishlab yozilgan maqolalar tabdilidan kelib chiqib tahlil qilinadi, yakunda tegishli xulosalar beriladi.Maqolaning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, uning natijalarini “Jurnalistika tarixi”, “Chet el adabiyotshunosligi tanqidchiligi va tarixi” va " Adabiyot nazariyasi" darslarida qo‘llash mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESEARCH OF WORLD LITERATURE IN THE PRESS OF THE 20S OF THE XX CENTURY

This article examines and compares the issues of world literature published in the press in the 1920s. V. Shakespeare, LNTolstoy, ASPushkin, R. Tagore and several representatives of Russian literature (Pushkin, Lermontov, Gogol, Belinsky) published in such periodicals as ";Education and Teacher", ";Earth", ";Flame" The scientific significance of the article is that its results can be used in the courses "History of Journalism", "Critique and History of Foreign Literature" and "Literary Theory".

Текст научной работы на тему «XX ASRNING 20YILLARI MATBUOTIDA JAHON ADABIYOTI MASALALARI TADQIQI»

Scientific Journal Impact Factor

XX ASRNING 20- YILLARI MATBUOTIDA JAHON ADABIYOTI

MASALALARI TADQIQI

Fayziyeva Saodat [email protected]; [email protected] Buxoro viloyati Olot tumani 1- umumta'lim maktabi o'qituvchisi

Ushbu maqolada XX asrning 20- yillarida matbuot sahifalarida chop etilgan jahon adabiyoti masalalari o'rganilib, ular qiyosan tadqiq etiladi. "Maorif va o'qitg'uchi", "Yer yuzi", "Alanga" kabi davriy nashrlarda bosilgan V.Shekspir, L.N.Tolstoy, A.S.Pushkin, R.Tagor hamda rus adabiyotining bir necha vakillari ( Pushkin, Lermontov, Gogol, Belinskiy)ga bag'ishlab yozilgan maqolalar tabdilidan kelib chiqib tahlil qilinadi, yakunda tegishli xulosalar beriladi.Maqolaning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, uning natijalarini "Jurnalistika tarixi ", "Chet el adabiyotshunosligi tanqidchiligi va tarixi" va " Adabiyot nazariyasi" darslarida qo 'llash mumkin.

Kalit so 'zlar: Jadid matbuoti, "Maorif va o 'qitg 'uchi ", "Yer yuzi ", Tagor, Pushkin, "Alanga ", Lermontov, "Shohnoma ", Cho 'lpon.

This article examines and compares the issues of world literature published in the press in the 1920s. V. Shakespeare, LNTolstoy, ASPushkin, R. Tagore and several representatives of Russian literature (Pushkin, Lermontov, Gogol, Belinsky) published in such periodicals as "Education and Teacher", "Earth", "Flame" The scientific significance of the article is that its results can be used in the courses "History of Journalism ", "Critique and History of Foreign Literature" and "Literary Theory".

Keywords: Jadid press, "Education and teacher", "Earth", Tagore, Pushkin, "Flame", Lermontov, "Shohnoma", Cholpon.

XX asrning 20- yillari (1920- 1930 -yillar) adabiyotimiz tarixiga alohida sahifa bo'lib kirdi. Boisi XIX asrning II choragida shakllangan matbuot bu davrda faqat siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy hodisalar jarchisi bo'libgina qolmay, adabiyot targ'ibotining asosiy manbalaridan biriga, adabiy- estetik bahslar olib boriladigan maydon darajasiga ko'tarildi. Endi adabiy jarayon haqida faqat ch iqarilgan kitoblar, sahnaga qo'yilgan tomosha ( pyesa)lar orqaligina emas, balki gazeta- jurnallar orqali ham bilib olish mumkin bo'ldi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

XX asrning 20- yillari matbuotida jahon adabiyoti masalalariga e'tibor bir muncha kuchaygan. "Maorif va o'qitg'uchi", "Inqilob", "Alanga", "Yer yuzi", "Bilim uchquni", "Tong yulduzi", "Bilim o'chog'i", "O'zgarishchi yoshlar", "Mushtum", "Qizil O'zbekiston", "Zarafshon", "Qizil yo'l", "Xudosizlar", "Yosh kuch", "Ko'mak", "Yangi yo'l" kabi davriy matbuot namunalarini tadqiq etish jarayonida ulardan ayrimlarida jahon adabiyoti masalalariga alohida o'rin ajratilganini ko'rishimiz mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

20- yillar matbuotida asosan jahon adiblarining shaxsiyatiga, ayrim hollardagina ular yaratgan asarlarga e'tibor qaratilgan. Biz quyida ularni davriga qarab tahlil qilish asnosida tadrijiy o'sishni ko'rib chiqamiz ( tadqiqotda ayrim maqolalar olindi, xolos):

1. Cho'lpon. "Shahnoma"ning turkcha tarjumasi" ("Maorif va o'qitg'uchi" jurnali. 1925- yil).

2. Cho'lpon. "Tagur va tagurshunosliq" ("Maorif va o'qitg'uchi" jurnali.

1925- yil).

3. H.Nuriy. "Rusiyaning buyuk adiblari" ("Maorif va o'qitg'uchi" jurnali.

1926- yil).

4. "Robindranat Tag'ur" ("Yer yuzi" jurnali. 1926- yil).

5. "Rabindranat Tagor" ("Qizil O'zbekiston" gazetasi. 1926- yil).

6. Saidg'ani. "Pushkin" ("Yer yuzi" jurnali. 1927- yil).

7. Cho'lpon. "Jurjdandin (Moler)" ("Zarafshon" gazetasi. 1927- yil).

8. "Maksim Gorkiyning yubilayi" ("Qizil O'zbekiston" gazetasi. 1928- yil).

9. "Maksim Gorkiy va proletariat adabiyoti" ("Yer yuzi" jurnali. 1928- yil).

10. "Maksim Gorkiy" (" Maorif va o'qitg'uchi" jurnali. 1928-yil).

11. Rafiali. "SHekspir" (" Maorif va o'qitg'uchi" jurnali. 1928-yil).

12. Rahim Ali. "Lef Nikolay o'g'li Tulstuy" (" Maorif va o'qitg'uchi" jurnali. 1928-yil).

13. V.Friche. "Tulstuy to'g'risida" (" Maorif va o'qitg'uchi" jurnali. 1928-

yil).

14. H. Badriy. "Lef Tulstuyning tug'ilg'onig'a yuz yil" ("Yangi yo'l" jurnali. 1928- yil).

15. A.V.Lunacharskiy. "Lef Tulstuy yubileyining ahamiyati to'g'risida" ("Alanga" jurnali. 1928- yil).

16. "L. N. Tolstoy" ("Yangi Farg'ona" gazetasi. 1928- yil).

17. Usmon. Go'zal so'z ustasi (N.V. Gogol tug'ilganiga yuz yil to'lishi munosabati bilan). ("Qizil O'zbekiston" gazetasi. 1929- yil).

Scientific Journal Impact Factor

18. Mahmud Rahmon. "Rabindranat Tag'ur" ("Yer yuzi" jurnali. 1930- yil).

"Shahnoma"ning turkcha tarjumasi" maqolasi muallifi Cho'lpon maqola avvalida Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub bu buyuk asarning turkiy tilda bironta mukammal tarjimasi yo'qligidan afsuslanadi. 1900- yillarda Toshkentda asarning nasriy tarjimasi bosilgani, lekin u faqat quruq manfaat uchun tarjima qilingani muallif tomonidan ta'kidlanadi. Cho'lpon yana "Shohnoma"ning ozarbayjoncha nazmiy tarjimalariga ham to'xtaladi: "...Faqat ozarbayjon shevasida mashhur "Sobir" tomonidan tajriba shaklida bir narsa boshlang'on bo'lsa ham, uning bemahal o'limi bilan chala qolib ketgan edi. Yana ozarbayjon shevasida "Shahnoma"ning "Suhrob"ga taalluqli qismi nazm bilan tarjuma qilinib, Tiflisdagi "G'ayrat" bosmaxonasida bosilib chiqqan edi. "Mulla Nasritdin" majmuasining burung'i suratchisi (rassomi) "Ruttir" tomonidan u tarjumaga ikkita surat tortilib berilgan edi. O'sha vaqtlarda fors va rus adabiyotidan xabardor bir kishiga haligi tarjumani ko'rsatib, fikrini so'rag'onimda - "bu tarjumadan ko'ra rus shoiri Jukovskiy tomonidan qiling'on tarjuma yaxshiroq; lekin "Ruttir"ning tortqon rasmi ularning ikkavidan ham yaxshiroq"1

Maqolaning asosiy mazmuni Cho'lpon shaxsiy ish bilan Marg'ilonga borganida "Shohnoma" asarining nazmiy turkcha (o'zbekcha- S.F.) tugal tarjimasini topganiga qaratilgan. Muallif vaqti ozligidan bu manbaga to'la qarab chiqishga ulgurmaydi, ammo imkon qadar u haqda ma'lumot berishga harakat qiladi: Tarjima qo'lyozma-eski nusxalardan bo'lib, tili "Muhammadiya" kitobining tilida( Cho'lpon ma'lumoti). Boshdan- oyoq nazm bilan yozilib, fasllar (hikoyalar)ning sarlavhalari "Shohnoma"ning o'zidagi kabi- nasr bilan qo'yilgan. Tarjima mutarjimning o'z qalami bilan bilan yozilgan yoki asl nusxasidan ko'chirilganligi aniq emas. Faqat tarjimaning shu nusxasi 2-3 kotibning qo'lidan chiqqanligiga Cho'lpon e'tibor qaratadi. Boisi tarjimaning yarimlarigacha puxta va pishiq, lekin o'qilishi qiyin bir xat bilan- juda diqqat bilan yozilgan. Qolgan yarmi (nazm qismi) yana bir boshqa kotib tomonidan xomroq ko'chirilgan. Oxirroqlarida "Hikoya dar xotima kitob" sarlavhasi bilan Sulton Mahmud G'aznaviy to'g'risida bir hikoya boshlanib, bu hikoya tugallanmay qoladi.

Cho'lpon tarjimaning qachon va kim tomonidan qilinganini bayon qilmoqchi bo'lib, bu narsa hech qayerda ochiq- aniq raqamlar bilan ko'rsatilmagani, lekin 906-hijriyda Misrdagi charkas xonlaridan "G'uriqonsuxon" (?) zamonida bo'lganligiga bir necha ishoralar borligini aytadi.

1 ^y^noH. "ffla^HOMa"HHHr Tap^yMacu// Maopu^ Ba yrçHiryHH.- 1925. H* 5-6. E. 18.

Taassufki, maqolada bu mutarjimning ismi keltirilmagan. Bu tarjima XVIII yo XIX asrda yaratilgan yuqorida sanalgan tarjimalardan biri ekanligi haqida ham ma'lumot mavjud emas. Nima bo'lganda ham, Cho'lponning bu maqolasi adabiyotimiz uchun qimmatli ma'lumot bo'lib qoladi.

"Tagur va tagurshunosliq" maqolasi "Maorif va o'qitg'uchi" jurnalining 1925- yil 11-12- sonlarida chop etilgan. Izzat Sulton maqola muallifi sifatida A. Sulaymon nomini ko'rsatadi,2 lekin asl manbani tadqiq qilganda Abdulhamid Sulaymon o'g'li aynan shu maqolasini "Cho'lpon" taxallusi bilan yozganiga guvoh bo'lamiz. Bu manba o'zbek adabiyotiga hind xalqining buyuk vakili Robindranat Tagor haqida ilk ma'lumot bergan manba bo'ladi. Maqola ikki qismdan iborat bo'lib, uning avvalida Tagorning o'rganilishi haqida gapirilsa, ikkinchi qismida Tagor hayotidan ayrim lavhalar beriladi. Aslida, Robindranat Tagor shaxsiyati bilan dunyo adabiyoti ijodkor Nobel nomidagi xalqaro mukofotni olganidan keyin tanish bo'ldi, desak, yanglishmaymiz. 20- yillarda Qozon shahrida chiqqan bir risolada Sharqning ulug' shoirlari haqida gapirilganda aynan Umar Xayyom va Tagor tilga olinishi ham bejiz emas.

Cho'lpon Robindranat Tagorning tuzukroq tarjimayi holi yo'qligini ta'kidlaydi va uning asarlari ruschaga o'girilib chop etilishini pog'onama- pog'ona izohlaydi. Rus tilida adib qalamiga mansub asarlar ilk bor "Kichik adabiy hikoyalar" nomi bi lan chiqqan bo'lsa, ikkinchi marta xuddi shu to'plamga bir- ikkita hikoya qo'shilgan holda "Yangi hikoyalar" nomi bilan chiqqan. Ko'p o'tmay, aynan o'sha to'plam "Tashna toshlar" nomi ostida chop etilgan. Yuqorida aytilganidek, adib xalqaro mukofotni qo'lga kiritganidan so'ng uning shaxsiyatini bilishga intilish butun dunyo adabiyotida kun tartibiga qo'yildi. Fransuz adibi Romen Rollan Mahatma Gandi va Robindranat Tagor haqida bir necha mulohazalarini e'lon qiladi, yana Tagorning fransuzchaga o'girilgan asarlariga so'z boshi yozadi.

Cho'lpon o'zi izlagan ohanglarni aynan Tagor ijodida topa olgani uchun uni o'zbek adabiyotiga tanitishni, asarlarini o'zbekchada o'qishni istaydi. Shuningdek, u adibning eng yuksak asari sifatida "Shanti Nikitan"da ochgan maktabini ta'kidlaydi. Maqola intihosida Cho'lpon Tagor ijodiga tegishli "Hoy, yo'lovchi qiz!" she'rini ilova qiladi.

Shekspir adabiyot maydonida o'z ovozi bilan o'chmas iz qoldirgan shaxsiyat namunasidir. Uning qalamiga mansub asar, xoh u sonet bo'lsin, xoh tragediya, xoh komediya, insonlar ko'ngliga kirmasdan qolmaydi. 20- yillar matbuotida bu adibning ijodini ochib berish maqsadida katta tajriba yaratildi. Rafiali ismi ostida berilgan

2 Султон И. Узбек совет адабий тащиди. I том.- Т.: ФА, 1987.- Б. 51.

265

"Shekspir" maqolasi "Maorif va o'qitg'uchi" jurnalining 1928- yil 3-4- sonlarida "G'arb adabiyoti tadqiqi" rukni ostida chop etilgan. U shu turdagi maqolalardan tubdan farq qiladi. Boisi "Shekspir" maqolasida ijodkor shaxsi haqida gapirilib, so'ng asarlari nomi "quruqqina" sanab ketilmaydi, balki avval Shekspir davrida Angliya (Angiltara)3 dagi ijtimoiy hayot haqida, keyin adibning tarjimayi holi to'g'risida gapirilib, birin- ketin asarlari janriga qarab tahlilga tortiladi. Maqola uch qismdan iborat bo'lib, uning birinchi qismida Shekspirning hayoti, "Qirol Jon", "Richard II", "Genrix IV", "Genrix VI", "Richard III", "Genrix V", "Genrix VIII" kabi tarixiy xronikalari ( Adabiyotshunos O. Qayumov iborasi) haqida ma'lumot beriladi va "Richard III" fojeasi va "O'n ikkinchi kecha" komediyalaridagi ayrim qahramonlar xarakteri tahlil qilinadi.

Ikkinchi qismda esa "Venetsiya savdogari" asarini tahlil qilish asnosida o'rta asrlarda yahudiylarga nisbatan qanday munosabatda bo'lingani ochib beriladi. Yana "Romeo va Juletta" hamda "Otello" fojealari haqida so'z boradi. "Otello" tragediyasidagi qahramonlarga ( Otello, Dezdemonna, Yago) munosabat bildiriladi.

Uchinchi qismda "Hamlet" asari va uning mazmuni, bu asarning umumbashariy ahamiyati haqida gapiriladi. Shuningdek, Shekspirning Rim mavzusidagi fojealari ("Yuliy Sezar", "Antonio va Kleopatra", "Kariolan") hamda "Qirol Lir" asari to'g'risida ham mulohazalar bayon qilingan.

Munaqqid "Romeo va Juletta" tragediyasi haqida shunday deydi: "Shekspir zamon, makon , sharoitga tamoman rioya qilib, muhabbatdek butun insonlar uchun oshno va yaqin bo'lg'on va o'lmaydig'on umumbashariy ehtiroslarni katta bir san'atkorliq bilan tasvir qilg'ondir"4

Yana Shekspirning xasislik fojealari deb munaqqid uchta fojeani sanaydi. Ular quyidagilar: "Otello", "Simbelin", "Troil va Kressida" hamda "Qishki ertak" (manbada "Qish matali"- S.F.). Shuningdek, Rafiali maqolada faqat o'zining kuzatishlarinigina emas, balki boshqa olimlarning ham tadqiqlariga e'tibor qaratadi. Xususan, Stujnikov degan olim Shekspirning ijodini asarlarining yaratilgan davriga qarab to'rt davrga bo'ladi. Ulardan birinchisi Shekspirning o'zgartirgan asarlari davri. Bizningcha, bu davr tarixiy xronikalar yaratilgan davr bo'lib, ijodkor aynan o'sha asarlarining asosini tarixchi Xolenshedning "Angliya, Shotlandiya va Irlandiya xronikalari"dan olgan edi.5

3 Manbada aynan shunday berilgan.

4 Рафиали X,. Шекспир// Маориф ва укитгучи.- 1928. Н* 4.

5 Каюмов О. Чет эл адабиёти.- Т.: Укитувчи, 1973.- Б. 188.

266

Ikkinchi davr esa Shekspiming favqulodda shuhrat qozongan asarlari davri bo'lib, bu davrda "Romeo va Juletta", "O'n ikkinchi kecha", "Venetsiya savdogari" kabi asarlar yaratilgan. Uchinchi davr ijodkorning inson qalbidagi shiddatli ehtiroslarni tasvir etgan fojealari yaratilgan davr bo'lib, "Otello" asari bu davrning eng yuksak namunasi edi. Nihoyat, oxirgi to'rtinchi davr 1609- 1616- yillarni o'z ichiga olib, bu davrda "badbinlikdan qo'l tortib, hayot bilan kelishib"6 qolgan Shekspir "Simbelin", "Qishki ertak", "Bo'ron" (manbada "To'lqin"- S.F.) kabi asarlar yaratdi.

Rafiali "Hamlet" asarining tahliliga kirishganda Hamletga quyidagicha ta'rif beradi: "Hamlat adolat va haqiqatning orasidag'i ixtilofning tug'urg'oni malanxuliq (bizningcha, melanxolik- S.F.) bir huzun va dahshatli bir badbinlik natijasida harakatlarida yavoshliq bilan xarakteriza qila oladi" Bu gaplarda xulosa chiqarsak, munaqqid asarlarga faqat adabiyot doirasida e'tibor qaratmagan, balki asar qahramonlariga shaxs sifatida yondashib, uning psixologiyasiga ham ma'lum chizgilar berishga harakat qilgan. Bu maqola ham o'z davri uchun muhim va qimmatli manba bo'lganligini alohida qayd etishimiz joiz. Sababi 20- yillarda bu kabi keng doirada tadqiqot olib borilmagan. Muallif ham tadqiqotchilik mahorati bilan bemalol Fitrat va V. Mahmud kabi qalami o'tkir munaqqidlarga teng keladigan darajada mahorat ko'rsatgan.

XULOSA

XX asrning 20- yillari matbuotida jahon adabiyoti masalalarini o'rganish 10-yillardagidan ancha rivoj topgan edi. Boisi 10- yillar matbuotini tadqiq etish jarayonida vaqtli nashrlar sahifalarida asosan turk va tatar adabiyoti ( yana ham aniqroq aytganda, dramaturgiyasi- S.F.) masalariga ko'p murojaat qilinganini ko'rishimiz mumkin. 20- yillarda esa bu jarayon avval rus adabiyotini o'z doirasiga sola olgan bo'lsa, keyinchalik hind ( Tagor misolida), fors (Firdavsiy misolida) va bora- bora g'arb adabiyoti (Shekspir misolida)ni ham qamrab oldi.

REFERENCES

1. Do'stqoraev B. O'zbekiston jurnalistikasi tarixi.- Toshkent: G'afur G'ulom, 2009.- 378 b.

2. Jo'raqulov U. Fitratning tadqiqotchilik mahorati: filol. fanlari nomzodi....dis.-Toshkent: ToshDU, 1998.- 158 b.

3. Karim B. Jadid munaqqidi Vadud Mahmud.- Toshkent: Universitet, 2000.- 103 b.

4. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari.- Toshkent: O'zbekiston, 2008.- 534 b.

6 Aynan manbadan olindi.

Scientific Journal Impact Factor

5. Nuriddinova F. Milliy matbuot fixristi. 1- kitob.- Toshkent: Milliy kutubxona, 2010.- 257 b.

6. Nuriddinova F. Milliy matbuot sahifalarida.- Toshkent: Ma'naviyat, 112 b.

7. Qayumov O. Chet el adabiyoti tarixi.- Toshkent: O'qituvchi, 1973.- 296 b.

8. Qosimov B. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti.- Toshkent: Ma'naviyat, 2004.- 461 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.