Научная статья на тему 'MUNAQQID — TARJIMON'

MUNAQQID — TARJIMON Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

427
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xaloskor / esse / uslub / siymo / monografiya / munaqqid / xolis. / Saviour / essay / style / figure / monograph / critic / impartial.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saodat Maxmatovna Eshpulatova

Ushbu maqolada munaqqidning mahorati, tanqidchilik, tarjimonlik, munaqqid va ijodkorning ijodidagi maqsad, uygʻunlik haqida gap boradi. Bundan tashqari, rus va gʻarb adabiyoti namoyondalari bilan bahsga kirishishi, asarlari tahlili, yozuvchining mahorati haqida fikrlari tasvirlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CRITIC – TRANSLATOR

This article will focus on the skills, interpretation, purpose, harmony in the work of the critic, translator and the creator. In addition, his disputes with figures of Russian and Western literature, analysis of his works, reflections on the writer's skill are described.

Текст научной работы на тему «MUNAQQID — TARJIMON»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-806-810

MUNAQQID — TARJIMON

Saodat Maxmatovna Eshpulatova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi o'qituvchisi saodat69eshpulatova@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada munaqqidning mahorati, tanqidchilik, tarjimonlik, munaqqid va ijodkorning ijodidagi maqsad, uyg'unlik haqida gap boradi. Bundan tashqari, rus va g'arb adabiyoti namoyondalari bilan bahsga kirishishi, asarlari tahlili, yozuvchining mahorati haqida fikrlari tasvirlangan.

Kalit so'zlar: xaloskor, esse,uslub, siymo, monografiya, munaqqid, xolis.

CRITIC - TRANSLATOR ABSTRACT

This article will focus on the skills, interpretation, purpose, harmony in the work of the critic, translator and the creator. In addition, his disputes with figures of Russian and Western literature, analysis of his works, reflections on the writer's skill are described.

Keywords: Saviour, essay, style, figure, monograph, critic, impartial.

KIRISH

Atoqli munaqqid, tarjimon va adib, O'zbekiston san'at arbobi Ibrohim G'afuro v milliy adabiyotimizda munosib o'rniga ega ijodkorlardan. U adabiyotimiz taraqqi-yotiga qizg'in ijodiy ishlari bilan sezilarli hissa qo'shdi. I.G'afurov adabiy tanqid-chiligimizda o'ziga xos fikrlash tarzi, uslubi bilan alohida ajralib turadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'tgan asrning yetmishinchi - saksoninchi yillarini tanqidchilikda, hech mubolag'asiz, Ibrohim G'afurov davri deyishga haqlimiz. U chinakam fido-yi ijodkor sifatida adabiyotimizda paydo bo'lgan har bir, xalq ta'biri bilan ayt-ganda, pichoqqa ilinadigan asarni tahlil qilib, o'z munosabatini bildirib bordi va adabi y tanqidchilikda yirik siymoga aylandi. Yigirmanchi asr o'zbek adabiyotida o'chmas

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-806-810

iz qoldirgan buyuk so'z san'atkorlarining murakkab va ibratli hayot hamda ijod yo'liga bag'ishlangan teran adabiy tadqiqotlar muallifi, ilmda nafosatga boy tanqidchilardan biri O'zbekiston Qahramoni Ibrohim G'afurov adabiy jarayonga nozik didli, shoir qalbli munaqqid so'zi bilan kirib keldi. Dastlabki tanqidiy maqolalari bilanoq o'ziga xos uslubini namoyon etdi. Tanqidchi, tarjimon, publitsist, adib o'zining dastlabki "Go'zaHikning olmos qirralari"(1963) nomli kitobini e'lon qildi. Yosh munaqqid badiiy asar to'qimasidagi san'atga e'tibor berdi, ilk maqolalaridanoq badiiy asar tabiatidagi go'zalliklar olamini kitobxonga yetkazishga odatlandi.

60-yillar tanqidchiligida o'rtacha adabiyotga munosabat jiddiy muammoga aylandi. Ma'lumki, adabiyot taraqqiyotining barcha bosqichlarida o'rtacha adabiyot bo'lgan, adabiy jamoatchilik unga nisbatan aniq pozitsiyada bo'lgan. 60-70-yillar adabiyotidagi o'rtacha adabiyot o'zbek tanqidchiligi tarixida chuqur iz qoldirdi. "Shunday bir vaziyat paydo bo'ldi: qo'lidan uncha-buncha yozish keladigan, imkoniyati bor har kim, xususan, rahbarlik lavozimidagi kishilar, qaysi mutaxassislikda, qaysi sohada ish olib borishidan qat'i nazar, o'zini adabiyotga urdi. Bu jarayon ham qiziq ro'y berdi—bitta-ikkita maqola, keyin ocherk yozib ko'rishdi. Atrofdagilar "balli!" deyishdi. Ular "yozish qo'limdan kelar ekan" deb qissa va roman deb nomlangan janrlarga ham hamqo'l urishdi. Atrofdagilar yana "ofarin!","ofarin!" deyishdi, chapak chalishdi. Shunday qilib adabiyotda ofarinbozlik boshlandi,-- deb yozadi M.Qo'shjonov "Qayta qurish va o'zbek romani" maqolasida, -- tez fursatda redaktorlar, direktorlar, raislar, sekretarlar adabiyoti paydo bo'ldi. Gazeta va jurnallarning ko'zga birinchi tashlanadigan betlari ular ning asarlari bilan band bo'ldi. Ba'zi kimsalar bu xildagi yuqori lavozimli yozuvchilarning asarlari qachon chiqishini kutib yurishdi. Ayrim paytlarda qo'lyozma, korrektura asosida oshig'ich maqolalar yozildi. Asarning o'zi chiqmasidan oldin shu asarga yoz ilgan taqrizlar chiqib ulgurgan paytlar ham bo'ldi1".

Undagi maqolalarning go'zalligi, jozibadorligi keng kitobxonlar ommasi, mutaxassislar, kattadan kichik shoir yozuvchilar e'tiborini birdan qozona olgani esa shu kitob bosilgan davrdan boshlab, o'zbek tanqidchiligiga yangi tipdagi munaqqidlar kirib kelganini ko'rsatadi va, ayni vaqtda, tanqidchiligi ozining yangi sifat bosqichiga o'tdi, deyishga asos beradi. Munaqqid qalamiga mansub "Unutilmagan bog'", "Joziba", "Yonar so'z", "Yam-yashil daraxt", "Yurak-alanga",

1 Xudoyberganov N., Rasulov A. O'zbek sovet adabiy tanqidchiligi. T.:O'qituvchi, 1990, 100-101-bet

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 807 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-806-810

"O'ttiz yil izhori", "mijo", "Dil erkinligi", "Hayo-xaloskor", "Mangu latofat" nomli kitoblar- mazmundor, o'ziga xos ilmiy-badiiy va ruhiy olamdir.

"Yonar so'z" kitobi uchun I.G'afurov O'zbekiston Yoshlari mukofotiga sazovor bo'ldi .

NATIJALAR VA MUHOKAMA

I.G'afurov qator hikoya va mansuralar e'lon qildi, Oybek, G'afur G'ulom va Zulfiya to'g'risidagi hujjatli filmlar ssenariysini yozdi. Olim yozgan asarlarning aksari shu kunning adabiy jarayoniga bag'ishlangan. Uning "Usmon Nosir", "O'rtoq shoir"(M.Shayxzoda), "Prozaning shoiri"(Said Ahmad) kabi asarlari adabiy portret janrida ham mahorat bilan qalam tebratishini ko'rsatadi. "She'riyat izlanish demakdir" nomli monografiya esa muallifning akademik tahlil yo'lidagi samarali izlanishlar natijasidir.

Ibrohim G'afurov qalamiga xos yana bir jihat - uning jahon adabiyoti yuksakligidan turib fikrlashida ko'rinadi.U jahon adabiyoti adiblarining tabiati va asarlari haqida shu vaqtgacha jahon tanqidchiligida aytilmagan gaplarni topib ayta oladi. Hatto, qalb ehtiyojidan kelib chiqib, masalan, Nitshe va Dostoyevskiy kabi daho faylasuf va adiblar bilan bahsga kirishadi, ilgari surayotgan qarashlari va fikrlariga sizni ishontira oladi. U ayrim ijodkorlar haqida maqola yozibgina qolmay, jahon adabiyotining taraqqiyot yo'llari, Sharq-u G'arb adabiy aloqalari, o'zaro ta'sir,

"5

tipologiya masalalari xususida ham qimmatli mulohazalarini o'rtaga tashlaydi .

Ibrohim G'afurov tarjima sohasida ham samarali ijod qildi. U o'ttiz yil ichida Dostoyevskiyning beshta romanini tarjima qilganini e'tirof etadi: "Dostoyevskiyning beshta yirik romanini o'ttiz yil ichida muttasil o'tirib mana shunday stolga engashib, burnimni qog'ozga ishqab o'zbek tiliga o'girib chiqdim. "Jinoyat va jazo" deysizmi, "Iblislar, "Qimorboz" deysizmi, mana bu yil Dostoyevskiyning eng buyuk romani "Aka-uka Karamazovlar"ni o'zbek tiliga tarjimasini tugatishga muyassar bo'ldim"4.

Ibrohim G'afurov nafaqat tarjimon yoki nasrshunos munaqqid, balki she'rshunos munaqqid hamdir. U she'riyat otliq javohirlar dunyosi sir-asrorini nozik his etib, teran anglay biluvchi munaqqiddir.

"She'riyat- izlanish demak" risolasini she'riyat haqidagi I.G'afurovning o'ylari, dastur sifatidagi tajassumi deyish mumkin. U she'riyat dardida odamlar, shoirlar, olamning boy tarixiga sho'ng'iydi, jahon poeziyasini uzluksiz o'rganadi. U

2 Nazarov B. va boshqalar.O'zbek adabiy tanqidi tarixi. Toshkent, "Tafakkur qanoti"-2012, 196-197-bet

3 Nazarov B. va boshqalar.O'zbek adabiy tanqidi tarixi. Toshkent, "Tafakkur qanoti"-2012, 196-198-bet

4 http://uza.uz<posts

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 808 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-806-810

o'zbek she'riyati ilmiy biografiyasiga nazar tashlar ekan, ba'zan badiiy quvvati yengilroq, jo'nroq, ammo jarayon va davr uchun xarakterli bo'lgan asarlarni ham tahlilga tortadi... Aksar maqolalarida badiiy asarlarni kuyib-yonib tahlil qiladi, shu munosabat bilan hayot va adabiyot haqidagi o'z qarashlarini izhor etadi5.

Bundan tashqari, I.Gafurov ijodida adabiy tanqidchilikning turli janr va rang-barang shakllaridagi asarlar uchraydi. Obzor-maqola, portret-maqola, xotira-maqola, taqriz, maktub, adabiy o'ylar, badia, muammoli maqola, ijodiy portret kabi janrlarda yozilgan tadqiqotlar keying salkam yarim asrlik o'zbek tanqidchiligi taraqqiyotida muhim rol o'ynaydi.

I.G'afurov ijodining yana bir qirrasi tarjimonlikda namoyon bo'ladi. Undagi barkamol iste'dod faqat o'zbek adabiyoti go'zalliklarini kashf etishgina emas, jahon adabiyotining sara namunalarini tarjima va targ'ib etishda ham namoyon bo'ladi. F.Dostoyevskiy, F.Nitshe. Ch.Aytmatov, E.Xeminguey, J.Joys, G.Markes kabi buyuk adiblarning asarlarini katta mahorat bilan o'zbek tiliga o'girdi.6

"Hayo-xaloskor" kitobi shakli-shamoyili, mazmun-mundarijasi bilan adib va munaqqid I.G'afurov siymosi va ijodiy olamiga bir jonli ko'zgudir. Undagi "Dostoyevskiy bilan suhbat", "Nitshe shiddati", "Panchatantra qanday kitob?", "Kolumbiyalik noshir" kabi maqolalar bugungi o'zbek tanqidchiligining jahon munaqqidlari bilan bo'ylasha oladigan namunalaridir... Bu kitob o'quvchiga betakror ruhiyat, kongil bayramlarini tuhfa etadi. Bir vaqtlar Dostoyevskiy "Go'zallik olamni qutqaradi" degan edi. Bugun o'zbek olimi, adibi: "Hayo- xaloskor" demoqda. Munaqqid bugungi milliy ma'naviyatimizning yoniq so'zli vakillaridan biri sifatida istiqlolning fidoyi farzandlari qatorida samarali mehnat qilmoqda.

"Yozgan asari hamrozni hayajonga solsa, shoir ilhom uni aldamaganligi,

о

havoyi yo'llarga olib kirib ketmaganligiga ishonch hosil qiladi" -deydi munaqqid.

XULOSA

Ibrohim G'afurov, shuningdek, o'zbek adabiyotini adabiy-madaniy-ma'naviy mavzulardagi qator esselar bilan boyitdi. U, ayniqsa, esse janrida barakali qalam tebratayotgan adib va tanqidchidir. O'zi ta'kidlaganidek, Turgenev, Borxes, Monten, Fitrat hamda hind, xitoy, yapon faylasuflarining asarlari ta'sirida kuchli nutq oqimiga

5 Nazarov B. va boshqalar.O'zbek adabiy tanqidi tarixi. Toshkent, "Tafakkur qanoti"-2012, 199-bet

6 Nazarov B. va boshqalar.O'zbek adabiy tanqidi tarixi. Toshkent, "Tafakkur qanoti"-2012, 202-bet

7 Nazarov B. va boshqalar.O'zbek adabiy tanqidi tarixi. Toshkent, "Tafakkur qanoti"-2012, 203-bet

8 B.Karimov,O'zbek adabiy tanqidi(antologiya),T., Turon-Iqbol MCHJ, 2011.,156-bet

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 809 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-806-810

asoslangan mansuralar yaratdi. Yuksak ma'rifiy zavq-shavq so'zda tug'iladi, so'zda qad rostlaydi, so'zda yashaydi.9

REFERENCES

1. Xudoyberganov N., Rasulov A. O'zbek sovet adabiy tanqidchiligi. T.:O'qituvchi, 1990

2. Nazarov B. va boshqalar.O'zbek adabiy tanqidi tarixi. Toshkent, "Tafakkur qanoti"-2012

3. B.Karimov,O'zbek adabiy tanqidi(antologiya),T., Turon-Iqbol MCHJ, 2011

4. http : //uza. uz<po sts

9 Nazarov B. va boshqalar.O'zbek adabiy tanqidi tarixi. Toshkent, "Tafakkur qanoti"-2012, 202-203-betlar Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 810 www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.