Научная статья на тему 'HOMIL YOQUBOV TADQIQIDA NAVOIY IJODI'

HOMIL YOQUBOV TADQIQIDA NAVOIY IJODI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
124
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijod / uslub / novatorlik / ijodiy o‘zlashtirish / qofiya / band / majoziy ifoda

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Munojatxon Asqarova

Ushbu maqolada adabiyotshunos Homil Yoqubov tadqiqida Navoiy ijodi, uslubi, adabiy qarashlari o‘z aksini topgan. Tanqidchi taxlilining bugungi adabiyot rivojida hamon dolzarb bo‘lib qolgani aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HOMIL YOQUBOV TADQIQIDA NAVOIY IJODI»

"World of Philology" Scientific Journal / ISSN 2181-3630 Volume 2 Issue 1 / March 2023

HOMIL YOQUBOV TADQIQIDA NAVOIY IJODI

Munojatxon Asqarova asqarova.munoj atxon 19@gmail .com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada adabiyotshunos Homil Yoqubov tadqiqida Navoiy ijodi, uslubi, adabiy qarashlari o'z aksini topgan. Tanqidchi taxlilining bugungi adabiyot rivojida hamon dolzarb bo'lib qolgani aks etgan.

Kalit so'zlar: ijod, uslub, novatorlik, ijodiy o'zlashtirish, qofiya, band, majoziy ifoda

HOMIL YAQUBOV'S RESEARCH CREATION

Munojatkhan Askarova askarova.munoj atxon 19 @gmail .com Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, literary critic Hamil Yaqubov's work, style, and literary views are reflected. It is reflected that the critic's analysis is still relevant in today's development of literature.

Keywords: creativity, style, innovation, creative mastery, rhyme, busyness, figurative expression

O'zbek adabiyoti rivoji tarixida bir qator shoir va yozuvchilarning o'z o'rni bor. Ularning ichida ma'naviy me'rosning boyligi bilan Navoiy ijodi alohida ajralib turadi. Aynan unga bag'ishlab qilingan ilmiy izlanishlar soni ham boshqa mavzularga qaraganda ko'lami bilan farq qiladi. Masalan, Aziz Qayumov, Laziz Qayumov, Suyuma G'aniyeva, M.Hakimov va Homil Yoqubovlar. Har bir tadqiqotchi Navoiy ijodiga o'z pozitsiyasidan kelib chiqib yondashgan. Shuningdek, ayni bir mavzu doirasida, yoki janr doirasida ko'plab izlanishlar olib borishgan.

H.Yoqubov Navoiy ijodiga umuman boshqa rakursdan nazar tashlagan bo'lib, u Sovet davri adabiyoti rivojida Navoiy ta'sirini tadqiq etgan. Ammo uning tadqiqlarini tom ma'noda bugungi kun adabiyotshunosligi to'laqonli xazm qila olmasligi aniq. Chunonan U "Navoiy tradisiyalari problemasi" ustida bir qancha mulohazalarni ilgari surgan. "Adabiy tradisiya masalasi, xususan, Navoiy tradisiyalarini ijodiy o'zlashtirish hamisha novatorlik bilan, yangi ijodiy metod bilan, adabiyot oldida turgan vazifalar va uning taraqqiyotidagi yangi xususiyatlar bilan mustahkam aloqadordir"1-deya

1 "Navoiy va o'zbek adabiyoti" maqola. 1968-yil. H.Yoqubov

IM^^SI 27

http://wpjournal.dsmi-qf.uz

ta'kidlaydi adabiyotshunos olim Yoqubov. Homil Yoqubovning nafaqat Navoiy ijodiga yondashuviga, umuman uning faoliyatiga davrning siyosiy tuzumi o'z ta'sirini o'tkazgani shubhasiz. Chunki uning bir qadar qarashlariga V.I.Lenin so'zlari bilan bo'yoq berilgan. Uning ifoda vositalaridan foydalangan. Masalan Homil Yoqubov Navoiy asarlarining kitobxonni tarbiyalash, did va farosatini yuksaltirishda benazir ekanini ayta turib, uning ijodi qayta o'zlashtirilishiga 1920-yil 2 oktyabrda RQSMning III Butunrossiya syezdida so'zlagan nutqidan iqtibos keltirib o'tadi: "Insoniyatning kapitalistik jamiyat, pomeshchiklar jamiyati, chinovniklar jamiyati zulmi ostida yaratgan bilim zapaslarini qonuniy ravishda taraqqiy ettirishdan iborat"2, desa, yana fikrini davom ettirib,-"kommunizm kurtaklarining o'sishi va rivojlanishiga yo'l ochadigan ommaning o'z tashabbuskorligi va bunyodkorligi bo'lsa, ikkinchisi o'tmish jamiyatdan yangi sotsiolistik jamiyatga madaniy me'ros bo'lib o'tadigan qimmatli narsalardir"3, deydi. Ushbu fikrlardan bir qarashda Navoiy ijodining gumanizm g'oyalarini bo'g'ib, uni ma'lum tor doirada xususiylashtirish, o'zlashtirish ko'zga tashlanadi. E'tibor qaratish kerak bo'lgan yana bir muhim jihat borki, ushbu g'oyaviy kurash faqatgina Navoiy ijodiga tadbiq etilmay, balki butun o'zbek adabiyoti durdonalariga birdek tegishli bo'lgan. Ana shunday vaziyatda bironta adabiyotshunos yozuvchining asl maqsadi va g'oyalarini to'laqonli ocha olishi muammoli vaziyatdir.

Homil Yoqubov Navoiyga o'z pozitsiyasi bilan yondoshar ekan, biz rad eta olmaydigan bir qancha faktlarni aytib aytgan. Chunonchi, "Navoiy ijodining hozirgi zamon o'zbek adabiyotiga ko'rsatgan ta'siri, Navoiy tradisiyalarining rivojlantirilishi g'oyat murakkab va keng ko'lamdagi problemalar bo'lib, ular badiiy asarlarning mazmuniga ham, formasiga ham aloqadordir va poetikaning ritm, kompozitsiya va tasviriy til vositalari (qofiya, vazn, band tuzilishi, she'r turlari va shakllarining majoziy ifodalari, stilistik qoidalari)dan tortib, turli janr formalarining eng muhim badiiy komponentlari (hayotni aks ettirish usullari, obrazlar sistemasi, syujetika va hokazolar)qadar talay muammolarni qamrab olishi mumkindir"4, deb o'z fikrini shunday izohlaydi: Unga ko'ra o'sha davr adabiyotida yuqorida tilga olingan muammolar hali tadqiq etilmagan bo'lib, ba'zilariga "tesha tegmagan"ligiga ishora qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, adabiyotshunos, ushbu muammolarning mayda detallarigacha e'tibor qaratmay, balki bir qarashda ko'zga tashlanadigan muammolari haqida ilmiy qarashlarni ilgari surganini ta'kidlaydi.

Ilk xususiyatlardan biri Navoiy dostonlari yoki doston ichiga kirgan poetic hikoyalarning qayta o'zlashtirilish jarayonida sahnalashtirilishiga e'tibor qaratib, Navoiy ijodining gultoji "Xamsa"ning dostonlaridan bir qanchasi aynan sovet ittifoqi davrida sahna yuzini ko'rganini ta'kidlaydi. Haqiqatdan ham o'sha vaqtda Xurshid

2 "V.I.Lenin madaniyat va san'at to'g'risida" (to'plam), Toshkent, O'zdavnashr, 1962, 315-bet

3 Qarang o' sha manbaa.

4 "Navoiy va o'zbek adabiyoti" maqola. 1968-yil. H.Yoqubov

I fccIT^^^^HI 28 http://wpjournal.dsmi-qf.uz

(Shamsuddin Sharofuddinov) "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun"ni, Yashin (Komil Numonov) esa "Mehr va Suhayl", "Dilorom" musiqali drama va librettolarini sahnalashtirishgan edi. Homil Yoqubov ushbu dramalar haqida fikr yuritar ekan, u 1922-yil sahnalashtirilgan "farhod va Shirin" musiqali dramasini faqat oshiq-mashuqlarning ideal sevgi liniyasi bo'lib qolgan. Unda Navoiy oldinga surgan qahramonlik, adolatparvarlik, vatanparvarlik motivlari yo'qolib qolganiga e'tibor qaratadi. Uningcha asarning birinchi variantida Mehinbonu o'z saltanatini Bekobodga ko'chirishi, Shirin esa Mirzacho'lga suv chiqargan kishiga tegishi kerak bo'lgan. Ammo bu so'nggi variantda sahnada yuz bermaydi. Homil Yoqubov buni kamchilik sifatida tadqiq etadi. Bizningcha uning bu qarorga kelishiga davr siyosati majbur qilgan. Chunki ayni o'sha vaqtlarda mamlakatda qayta o'zlashtirish jarayonlari ro'y berayotgan, paxta yetishtirish ishtiyoqida cho'llarga suv yetkazish ishlari borayotgan vaqt edi. Bu esa fuqarolar ongida vatanparvarlik va mehnatsevarlik motivlarini kuchaytirishni talab etar, uning eng yaxshi yo'li teatr san'ati kuchidan foydalanish, umuman olganda xalq uchun yaqin bo'lgan ijodkorlar asarlariga o'z g'oyalarini singdirish qisqa va foydali yo'l edi. Shuning uchun keyinchalik Xurshid yo'l qo'ygan "xato"ga Komil Yashin uchun yo'l qoldirishmadi. Shu sababli, K.Yashin drama va opera librettolarida mehnatsevarlik, qahramonlik, bunyodkorlik qirralari romantik yo'sinda bo'rttirib ifodalanadi. Shuningdek, sovet davrining bevosita ta'siri ostida Xurshid ham "Layli va Majnun"ni sahnalashtirish jarayonida dastlab syujet leytmotivini asosiy ko'rinish qilib olgan bo'lsa, keyinroq ushbu liniyani inson shaxsining ozodligi uchun kurash motivlari bilan boyitadi, sosial-sinfiy sharoitning oshiqlar taqdiriga ko'rsatgan ta'sirini qabartib tasvirlashga harakat qilgan. Bu esa doston mavzusini go'yoki gumanistik mazmun bilan birmuncha boyitgan. Xurshidning ushbu urinishini olqishlagan Homil Yoqubov Navoiy ijodining asl mohiyati chetga surilib qolishiga e'tibor qaratmagan. Bizningcha esa, bu g'oyaviy kurashlar Navoiy dostonini U oldinga surgan asosiy g'oyadan uzoqlashtirib yuborgan. Shuningdek sinfiy kurash haqidagi fikrlar ham kommunizmning asosiy g'oyalaridan biri bo'lib, ushbu siyosiy tizim barcha aholining sinfiy qatlamlarga bo'linishini qoralagan.

Bir qancha tanqidiy-tahlilimizga qaramasdan o'sha davr tuzumi vaqtida Navoiy ijodiga dadil yondoshish tom ma'noda yaxshi edi. Shuning uchun Homil Yoqubov tadqiqini adabiyotshunoslikdagi o'rni beqiyosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Berdiali Imomov. "Homil Yoqubov (adabiy portret)" G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at va nashriyoti, T:.-1978-yil.

2. "Navoiy va o'zbek adabiyoti" maqola. 1968-yil. H.Yoqubov

3. "V.I.Lenin madaniyat va san'at to'g'risida" (to'plam), Toshkent, O'zdavnashr, 1962, 315-bet

I ¡bOÜ^^Bl 29 http://wpjournal.dsmi-qf.uz

4. Homil Yoqubov. Adabiy maqolalar. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, Toshkent - 1970-yil.

5. Yoqubov H. Saylanma. Ikki jildlik. Ikkinchi jild. Toshkent G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1984.

30

http://wpjournal.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.