Научная статья на тему 'NAVOIYSHUNOS ABDUQODIR HAYITMETOVNING HAYOTI VA IJODI'

NAVOIYSHUNOS ABDUQODIR HAYITMETOVNING HAYOTI VA IJODI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
423
147
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qo‘lyozma / adabiy-tanqidiy / tafakkur / poeziya / antologiya / mumtoz / akademik / lirika

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nozimaxon Mirzayeva

Ushbu maqolada O‘zbek milliy adabiyoti tarixi hamda navoiyshunoslik rivojiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan olim Abduqodir Hayitmetovning hayoti va ijodi to‘g‘risida hamda ilmiy faoliyatida buyuk shoir Ailsher Navoiyning ijodiy faoliyatini o‘rganishda tadbiq etgan asarlari o‘z ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAVOIYSHUNOS ABDUQODIR HAYITMETOVNING HAYOTI VA IJODI»

NAVOIYSHUNOS ABDUQODIR HAYITMETOVNING HAYOTI VA IJODI

Nozimaxon Mirzayeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbek milliy adabiyoti tarixi hamda navoiyshunoslik rivojiga o'zining katta hissasini qo'shgan olim Abduqodir Hayitmetovning hayoti va ijodi to'g'risida hamda ilmiy faoliyatida buyuk shoir Ailsher Navoiyning ijodiy faoliyatini o'rganishda tadbiq etgan asarlari o'z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: qo'lyozma, adabiy-tanqidiy, tafakkur, poeziya, antologiya, mumtoz, akademik, lirika

LIFE AND CREATION OF NAVOIYNHOOS ABDUQADIR HAYITMETOV

Nozimakhon Mirzayeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the life and work of the scientist Abdugadir Hayitmetov, who made a great contribution to the history of Uzbek national literature and the development of Navoi studies, as well as the works of the great poet Ailsher Navoi, which he used in his scientific work to study the creative work of expressed.

Keywords: manuscript, literary-critical, thought, poetry, anthology, classic, academic, lyric

O'zbek mumtoz adabiyotining tarixini qo'lyozma va bosma manbalar asosida tadqiq etishda Abdurauf Fitrat, O.Sharofiddinov, P.Shamsiyev, H.Sulaymonov, Oybek, N.Mallayev, H.Yoqubov, Shayxzoda hamda Izzat Sultonovlar tadqiqot ishlarini amalga oshirishga jiddiy kirishdilar. O'zbek adabiyotining tarixini o'rganishda yuqorida nomlari qayd etildan adabiyotshunos olimlar qatorida navoiyshunoslik rivojiga o'zining katta hissasini qo'shgan olim Abduqodir Hayitmetovning ham o'rni beqiyosdir.

Abduqodir Hayitmetov Farg'ona viloyatining Dang'ara tumanidagi Qiyoliqum qishlog'ida 1926-yilning 27-may oyida tug'ilgan. 1949-yilda O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)da Sharq fakultetini tamomladi. 1949-1952 yillarda Sharq qo'lyozmalar instituti aspiranturasida tahsil oldi. Ustozi akademik Oybek tavsiyasi asosida "Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari" mavzusida nomzodlik hamda "Navoiyning ijodiy metodi" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Olim ish faoliyatini 1953-yilning martidan boshlab to umrining oxirigacha Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida kichik ilmiy

80 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

xodim, katta ilmiy xodim, mumtoz adabiyot tarixi bo'limi mudiri va ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimlarida samarali mehnat qilib keldi.

Alisher Navoiy ijodiyotini o'rganishda ko'plab adabiyotshunos olimlar Navoiyni anglash, tushunish, asarlarini xalqqa yetkazish yo'lida adabiyotshunoslik ilmi ko'p salmoqli yutuqlarga erishdilar.

Mamlakatimizning yirik adabiyotshunos olim sifatida Abduqodir Hayitmetov xalqimizning buyuk shoiri Alisher Navoiy ijodiy faoliyatini o'rganishda o'zining adabiy-ilmiy faoliyatida salmoqli hissasini qo'shdi. O'zbek xalqi badiiy tafakkuri taraqqiyotining muhim bosqichini Navoiy ijodi hamda uning boy lirikasi tashkil etadi, badiiy ijodning go'zal va yuksak cho'qqilari jahon adabiyoti tarixida eng muhim hisoblanadi. Abduqodir Hayitmetov Navoiy ijodining serqirra jihatlarini yoritishda "Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari", "Navoiyxonlik suhbatlari", "Navoiy lirikasi", "Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan", "Navoiy dahosi" hamda "Hayotbaxsh chashma" kabi asarlari bilan Navoiyshunoslik fanini yangicha tadbiq etdi. Olim ilmiy faoliyatining asosiy qismini o'zbek mumtoz adabiyoti tarixini yaratish bilan bog'liq ishlarni tashkil qildi. O'zining ilmiy rahbarligi va hammualliflik asosida o'zbek tilida 5 jildli, rus tilida 2 jildli "O'zbek adabiyoti tarixi"ning akademik nashrini yaratdi. Bundan tashqari olim 4 jildli "O'zbek adabiyoti" majmuasini, 3 jildli "O'zbek poeziyasi antologiyasi" va Alisher Navoiyning 15 va 20 jildli asarlar to'plamlarini tuzishda faol ishtirok etdi. U bir qator monografiya, risolalar va 500ga yaqin ilmiy maqolalar nashr qildi. "Navoiy lirikasi" nomli monografiyasida Navoiy lirikasiga undan keyin ijod qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur, Munis, Ogahiy qardosh turkiy xalqlarning Fuzuliy, Mahtumquli Abay, Berdak, Abdulla To'qay kabi ulug' san'atkorlarga yuksak baho berganliklarini hamda o'z ijodlarida uning ilg'or an'analarini davom ettirganliklarini qayd etadi. Ulug' ajdodlarimiz "Alisher Navoiy", "Abu Rayhon Beruniy" nomli hujjatli filmlarni yaratishda ham faol ishtirok etib jonbozlik ko'rsatdi.

Adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetov ilmiy faoliyatiga nazar tashlasak Navoiy lirikasini tekshirishga oid bo'lgan tadqiqotlar alohida o'rin tutadi. Shoir lirikasining tadrijiy taraqqiyoti, mavzuning ko'lamligi, xususiyatlari, obrazlar tizimi hamda shoir badiiy mahoratining muhim qirralari tadqiqiga bag'ishlangan tadqiqotlari navoiyshunoslikning asosiy yutug'idir. "Navoiy lirikasi" kitobi ayniqsa shoir lirikasining muhim hususiyatlarini yoritgan daslabki eng yirik tadqiqotlaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Akram Ja'far Ozarbayjon adabiyotshunosi olimning ilmiy faoliyatini shunday baholab, "Navoiy lirikasi" kitobi haqida: "Yaqin Sharq xalqlari, birinchi navbatda turkey xalqlar poetikasiga qo'shilgan katta hissa va bu sohada olg'a qo'yilgan katta qadamdir", - deb yozadi.1

1 Abduqodir Hayitmetov-Navoiyshunos olim - Zarif Quvonov

nöcTii^^Bl 81 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Navoiyning "Xazoyin-ul maoniy" asarida jamlangan asarlar tadqiqiga bag'ishlangan "Navoiy lirikasi" deb nomlangan monografiyasi analitik tahlilining batafsilligi, ilmiy-nazariy mulohazalarning puxta va asoslanganligi bilan nafaqat Navoiy lirikasi, kelajakda she'riyat poetikasini o'rganishda muhim qo'llanma bo'ldi.

E'tibor qilish kerakki, "Lirika Navoiy uchun ijod sohasida mahorat qozonishning asosiy maktabi, shoir hayotining har qanday sharoitda hech bir tark qilinmagan, doimo qo'l kelgan sevimli va qulay ijod formasi bo'lgan- deb yozadi Abduqodir Hayitmetov-Navoiy o'zining buyuk epik asarlariga lirika orqali brogan va hayotdan olgan taassurotlari sistemali ravishda, avvalo, lirikada o'z ifodasini topa borgan"

Navoiyning kundalik hayotidagi ijtimoiy-siyosiy voqea va hodisalar bilan bog'liqligi, ularning uzluksiz ravishda shoir kayfiyatiga, ijodiga o'z ta'sirini turli shakllarda ko'rsata borishi yaqqol ko'zga tashlanadi.

Abduqodir Hayitmetov ilmiy tadqiqot olib borar ekan Navoiy lirikasining tahlil qilishida g'oyaviy-badiiy xususiyatlarini o'rganish jarayonida, avvalo Navoiy lirikasining ahamiyati, turi va janriy xususiyatlari hamda undagi obrazlarining rang-barangli bo'yicha ahamiyat berib kuzatishlar olib borgan. Navoiy o'z asarlarining mazmuniga shakliga jiddiy ahamiyat bergan va umrboqiyligini ta'minlagan. Lirik she'rda "xos xol" va "xos ma'no" bo'lishini qonuniy dab tushungan. O'sha davrdagi zamondoshlarini she'r mazmuniga yetarlicha e'tibor qaratmaganliklarini "Majolis un nafois"da Navoiy qattiq tanqid qilgan. Abduqodir Hayitmetov Navoiyni lirikasini o'rganishda puxta nazaariy tayyorgalikni talab qiladi deb - o'z monografiyasida ayni shu masalani alohida ta'kidlab o'tadi.

G'azallar tahlilida ikkita g'azal bir biriga o'xshamaydi, shuningdek, tahlil jarayonida ikkita g'azalga bir xil qarash, yondashish o'zini oqlamaydi. Abduqodir Hayitmetov g'azallar tahlil qilar ekan, kompozitsiyada unchalik ko'zga tashlanavermaydigan ichki belgilarini belgilab berdi. Bular:

a) bir mavzudagi g'azallar;

b) ko'p mavzuli g'azallar;

c) lirik chekinishkar uchraydigan g'azallar;

d) kompozitsiyasini lirik xarakter kayfiyati belgilaydigan g'azallar;

Adabiyotshunos shuni ta'kidlaydi, g'azalning kompozitsion yaxlitligini saqlashda

uning matla', maqta', radif, tasviriy ifodalari ham muhim rol o'ynashini, jumladan quyidagilarni yozadi: "Navoiy davrida g'azalning mat'layiga katta e'tibor berilgan. Navoiy ham o'z ijodida shu traditsiyaga amal qilgan. Masalan, "Majolis un nafois" asarida o'ziga zamondosh bo'lgan 350dan ortiq shoirning hayoti va ijodiga to'xtalib, ularning g'azallaridan matla'larnigina misolga keltiradi hamda g'azallariga va shoirlik mahoratiga shu matla'larga qarab baho beradi"

Abduqodir Hayitmetov Navoiy "Xamsa"ni yaratish masalasi haqida to'xtalar ekan, buyuk asar faqat ikki-uch (1483-1485) yilllar oralig'ida yaratilgan degan fikrni

rfccTii^^Bl 82 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

rad etib, "Xamsa" uning ikki-uch yillik ijodiy faoliyatining mevasi ekan-da, degan xulosaga kelish xato bo'lur edi deb ta'kidlaydi. Navoiyshunos olim fikricha Navoiy o'zbek tilida "Xamsa" yaratish harakatini juda erta - bolaligidan boshlagan. Navoiy "Saddi Iskandariy" dostonining kirish qismida o'z ulug' xamsanavis salaflariga murojaat qilib:

Kichik erkanimdan kelib qoshima,

Ulug' muddao soldingiz boshima, -

der ekan, ma'lum bo'ladiki, unda "Xamsa" yaratish muddaosi kichikligidayoq paydo bo'lgan. Buning uchun Navoiy bir umr tayyorgarlik ko'rgan, o'zidan oldin yaratilgan "Xamsa"larni qayta-qayta o'qigan, mutolaa qilgan. Navoiyda yigitlik vaqtidayoq, agar u shunday katta ishga qo'l uradigan bo'lsa, ba'zi salaflari kabi o'ttiz yilda emas, balki "o'ttiz oy"da yozib tugallashga erishish niyati, orzusi ("Bitigaymen o'ttiz yilin o'ttiz oy") bo'lgan. Bu uning ijodiy faoliyatining noyob xususiyatlaridan biri deb qaralishi kerak. Chunki boshqa asarlarini ham u mumkin qadar qisqa muddatda yozib tugallashga intilgan va ko'p hollarda bunga muvaffaq bo'lgan.2

"Xamsa"ning yaratilishi jarayoniga diqqat bilan nazar solinsa, asar voqealari Navoiyning kundalik hayotidagi ijtimoiy-siyosiy voqea va hodisalar bilan bog'liqligi, ularning uzluksiz ravishda shoir kayfiyatiga, ijodiga o'z ta'sirini turli shakllarda ko'rsata borishi yaqqol ko'zga tashlanadi.

Xulosa o'rnida olim Navoiyning lirikasi mosolida uning poetik g'oyasini chuqur va ta'sirchan ochishga hayotiy ziddiyat va chigalliklarning ko'ngildagi aks-sadosini aniqroq ifodalashga, ruhiy holat va kechinmalarning avj pardalarini susaytirilmaslikka qaratilgan adabiy usuldir. Navoiy lirikasida teranlik, hassoslik bilan qo'llanilgan bo'lib, Abduqodir Hayitmetov maqolasida bildirgan fikrlarini umumlashtirilganda psixologik tasvir ulug' shoir she'riyatida paralezmdan tashqari hayotiy, yumoristik tragik, dramatik bo'yoqlarda o'z ifodasini topgan. Abduqodir Hayitmetov mehnat faoliyati davomida 30ga yaqin shogirdlariga doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishda ilmiy rahbarlik qilgan. "O'zbekiston Respublikasi fan arbobi" faxriy unvoni, davlat mukofoti va "Buyuk xizmatlati uchun" orderi bilan taqdirlangan.

Adabiyotshunos ulug' shoir Alisher Navoiyning lirikasi misolida uning poetik mahorat qirralarini kashf etish bilan birga, adabiyotshunoslikning, xususan, navoiyshunoslikning kelgusida amalga oshirilishi zarur bo'lgan dolzarb muammolarni ko'rsatib berdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abduqodir Hayitmetov - Navoiyshunos olim - Zarif Quvonov

2. "Sharq yulduzi" jurnali - 1985 yil, 9-son

3. Abduqodir Hayitmetov - "Xamsa va davr"

2 Manba: "Sharq yulduzi" jurnali, 1985 yil, 9-son.

83 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

4. Navoiy asarlari lug'ati. Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at. 1973.

5. O. Jo'raboyev. Mumtoz adabiyotda mug'anniynoma Toshkent, "Tamaddun", 2016 y.

6. O. Jo'raboyev. Navoiy va tarix. Toshkent. Tamaddun. 2016.

84

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.