Научная статья на тему 'HAYKALLARDA AKS ETGAN BUYUKLIK'

HAYKALLARDA AKS ETGAN BUYUKLIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
92
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alisher Navoiy / Nizomiy Ganjaviy / Abdurahmon Jomiy / xamsanavislik / o’zbek tili va adabiyoti / byust / yodgorlik / monument / haykal / Moskva / Vashington / Seul / Tokiyo / Shanxay / Boku / Dushanbe / Minsk. / Alisher Navoi / Nizami Ganjavi / Abdurakhman Jami / Khomsanavis / Uzbek language and literature / bust / memorial / monument / sculpture / Moscow / Washington / Seoul / Tokyo / Shanghai / Baku / Dushanbe / Minsk.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sulaymonova, Shahnoza Nodirovna

Maqola ulug’ shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning yurtimizda va jahonda o’rnatilgan haykallari, yodgorliklarini tadqiq etishga bag’ishlanadi. Buyuk ajdodimiz nomini abadiylashtirish, ularning boy ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib etish borasida keng ko‘lamli ishlar xususida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GREATNESS REFLECTED IN SCULPTURES

The article is dedicated to the study of the statues and monuments of Alisher Navoi, a great poet and thinker, a famous state and public figure, erected in our country and around the world. There is talk about the wide-scale work of perpetuating the name of our great ancestor, studying and promoting their rich spiritual heritage.

Текст научной работы на тему «HAYKALLARDA AKS ETGAN BUYUKLIK»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

HAYKALLARDA AKS ETGAN BUYUKLIK

Sulaymonova Shahnoza Nodirovna

shahnozanodirovna@gmail.com (91)164-02-86

ANNOTATSIYA

Maqola ulug' shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning yurtimizda va jahonda o'rnatilgan haykallari, yodgorliklarini tadqiq etishga bag'ishlanadi. Buyuk ajdodimiz nomini abadiylashtirish, ularning boy ma 'naviy merosini o 'rganish va targ'ib etish borasida keng ko 'lamli ishlar xususida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, xamsanavislik, o 'zbek tili va adabiyoti, byust, yodgorlik, monument, haykal, Moskva, Vashington, Seul, Tokiyo, Shanxay, Boku, Dushanbe, Minsk.

The article is dedicated to the study of the statues and monuments of Alisher Navoi, a great poet and thinker, a famous state and public figure, erected in our country and around the world. There is talk about the wide-scale work of perpetuating the name of our great ancestor, studying and promoting their rich spiritual heritage.

Key words: Alisher Navoi, Nizami Ganjavi, Abdurakhman Jami, Khomsanavis, Uzbek language and literature, bust, memorial, monument, sculpture, Moscow, Washington, Seoul, Tokyo, Shanghai, Baku, Dushanbe, Minsk.

Статья посвящена изучению статуй и памятников Алишеру Навои, великому поэту и мыслителю, известному государственному и общественному деятелю, установленных в нашей стране и мире. Говорится о широкомасштабной работе по увековечиванию имени нашего великого предка, изучению и популяризации их богатого духовного наследия.

Ключевые слова: Алишер Навои, Низами Гянджеви, Абдурахман Джами, Хомсанавис, узбекский язык и литература, бюст, мемориал, памятник, скульптура, Москва, Вашингтон, Сеул, Токио, Шанхай, Баку, Душанбе, Минск.

GREATNESS REFLECTED IN SCULPTURES ABSTRACT

ВЕЛИЧИЕ, ОТРАЖЕННОЕ В СКУЛЬПТУРАХ АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

KIRISH

Ulug' shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o'rin tutadi. Ulug' shoir o'zining she'riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g'oyalarni, ona tilimizning beqiyos so'z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, er yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o'rin egalladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Inson qalbining quvonchu qayg'usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Insoniy ishq-muhabbatni, mehru vafo, iffat, sharmu hayo va nazokatni yonib, hassoslik bilan kuylagan Navoiyning go'zal satrlarini o'qiganda buyuk va olijanob qalb sadolarini sezib turamiz. Bu yurak tug'yonlari, mana, oradan besh yarim asrdan ziyod vaqt o'tsa hamki, millionlab odamlarni hayajonga solib kelmoqda.

"Alisher Navoiy buyuk tilshunos, adabiyotshunos, tarixchi olim, davlat va jamoat arbobi. Buni hamma biladi. Navoiy ulug' bir din vakili, mutasavvif, mutafakkir tolmas siyosatchi. Buni ham ko'pchilik yaxshi anglaydi. Lekin bularning hech biri Navoiyning shoir-mutafakkirligidan oldinga o'tganmas. Shoir bo'lish, shoir bo'lganda ham zo'r, betakror shoir bo'lmoq uchun tug'ilganini Navoiy hamma

narsadan ortiq his qilar, ilhom yuz ochgan chog'larda zamin bilan samo go'yo o'rin almashardi. Navoiy ham dunyo, ham oxirat, ham shodlik, ham qayg'u, ham baxt, ham baxtsizlik, ham visol, ham hijron, ham o'tmish, ham kelajak ijodkoridir. Uning so'z, fikr, tuyg'u, xayol va armonlarini turmushning tor, biqiq, o'tkinchi talab va manfaatlariga muvofiqlashtirib bo'lmaganidek, ularni yolg'on, hiyla, aldov va soxtakorliklarga xizmat ettirishning yo'li ham berkdir. Chunki Navoiy she'riyatida har bir narsa go'zallik, soflik, ilohiylik sifatlari bilan sayqallangan. Insoniyat bor ekan, Navoiy she'riyati hayotiy, ma'naviy, axloqiy ziyo manbai bo'lib qolaveradi. Buyuk

Adiblar hiyoboni A.Navoiy haykali

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Adabiyot muzeyi. A.Navoiy haykali

shoir bu dunyoga kelishning ketishi - qaytishi borligini har jihatdan teran talqin etib bergan murshid va murabbiy hamdir." [Haqqul.l Navoiyga qaytish 1-kitob].

Buyuk ajdodlarimiz nomini abadiylashtirish, ularning boy ma'naviy merosini o'rganish va targ'ib etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Vatanimiz mustaqillikka erishgan 1991 yil yurtimizda Alisher Navoiy yili deb e'lon qilinib, buyuk mutafakkir tavalludining 550 yilligi munosib nishonlangan edi.

So'nggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o'rganish, uning o'lmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targ'ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, shoir tug'ilgan qutlug' 9-fevral sanasini har yili adabiyot va ma'rifat bayrami sifatida yuksak darajada nishonlash an'anasi qaror topdi. Ulug' so'z san'atkorining asarlari muntazam nashr etilib, navoiyshunoslik sohasida ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar o'tkazilmoqda.

Shu bilan birga, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilgani, mamlakatimiz hamda bir qator xorijiy davlatlarda haykallari o'rnatilgani, asarlar to'plami to'liq nashrdan chiqarilgani, poytaxtimiz markazidagi ulug' bobomizning muazzam me'moriy yodgorligiga mutanosib ravishda Adiblar xiyoboni barpo etilgani madaniy hayotimizdagi ulkan voqealarga aylandi.

2021 yilda esa prezidentimiz Sh.Mirziyoev qarori bilan Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini yuksak darajada nishonlandi. "Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi", Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi tashkil qilindi, Alisher Navoiy ordeni ta'sis etildi, Navoiy shahrida "Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotidagi o'rni" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya r 1 hamda Toshkent shahrida Alisher Navoiy 1 ' tavalludining 580 yilligiga bag'ishlangan tantanali adabiy-badiiy anjuman yuqori saviyada o'tkazildi. ____

TDO'TAU. A.Navoiy haykali

rp Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

__SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(8), August, 2023

"Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi" rukni ostida shoir asarlari, uning hayoti va ijodi haqidagi ilmiy va ommabop kitoblar turkumini chop etildi. Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik

vakolatxonalarida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan tadbirlar tashkil etildi hamda mutafakkirga atab o'rnatilgan monumentlar poyiga gulchambarlar qo'yildi. Biz ham bu jarayonlardan ilhomlanib, ushbu maqolamizda O'zbekiston va xorijda mutafakkirga atab o'rnatilgan monumentlar

XUSUSida to'xtalishga qaror qildik. Samarqand. AJomiy vaANavoiy haykali

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy bog'i O'zbekistonda mamlakat miqyosidagi eng yirik madaniyat va istirohat bog'idir. Toshkent shahrida 1991-yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi yubileyi sababli O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan. Ushbu me'moriy majmua markazida favvorali aylana hovuz, amfiteatr shaklidagi tomoshabinlar joylari va sahna, kanallar ustidagi ko'priklar va tepalikda o'rnatilgan Navoiy haykali joylashgan. (haykaltaroshlar: E.Aliyev, N.Bandzeladze, V.Degtyarov).

Bundan tashqari yana 1991 yil 9 fevral - Adabiyot muzeyi oldidagi "Shoirlar xiyoboni"da Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan shoirning yangi tagsupaga o'rnatilgan haykali ochilgan. Ushbu monument 1968 yilda me'mor -F.Tursunov haykaltaroshlar - D.Ryabichev, K.Salaxitdinovlar tomonidan qurilgan bo'lib, yodgorlik joylashgan ko'chaga va shu yerdagi metro bekatiga ham A.Navoiy nomi berilgan.

2018 yilda A.Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti binosi

qarshisida ham mutafakkirning haykali o'rnatilgan. Shuningdek, 2018-yilda adibga atab yana bir yodgorlik Guliston shahrida o'rnatilgan bo'lib, yodgorlikning bo'yi 5 metru 80 santimetrni tashkil qiladi. Haykal O'zbekiston Badiiy Akademiyasi buyurtmasiga binoan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Ilhom Jabborov tomonidan ishlangan. Bundan oldin ham bu yerda A.Navoiy haykali mavjud edi, ammo u ancha eskirib qolganligi sababli yangi haykal boshqacha ko'rinishda qad rostladi

Termiz shahri A.Navoiy haykali

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(8), August, 2023

Shu yilning o'zida Samarqand shahrining Amir Temur va Alisher Navoiy ko'chalari kesishmasida, Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog'iga kiraverishda o'zbek va fors-tojik adabiyoti namoyandalari - Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari o'rnatildi.

1992-yilda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Alisher Navoiy haykali o'rnatilgan.

2001-yilda Navoiy shahrida A.Navoiy haykali ochildi. Yurtimizdagi bir viloyat va viloyat markaziga Navoiy nomini berilishi buyuk bobomizga bo'lgan yuksak hurmat-ehtirom namunasidir.

2011-yilda Farg'ona shahrida, 2022-yil 4-martda esa Shirin shahrida mutafakkir Navoiy shahriANavoiy haykali haykalining tantanali ochilish marosimi bo'lib

o'tdi. Yodgorlikning ikki yon tomoniga 3x2 metr o'lchamdagi ikkita monitor o'rnatilgan. Ularda Navoiy hayoti va ijodiga oid tarixiy ma'lumotlar, videofilmlar namoyish qilib boriladi.

2021 yil 16-dekabrda Koreya Respublikasi poytaxtida atoqli bobomiz xotirasiga o'rnatilgan byustning ochilish marosimi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi va davlatimiz rahbarining ushbu mamlakatga davlat tashrifiga bag'ishlandi. Shahardagi nufuzli tumanlarning birida o'rnatilgan byustning ochilish marosimida Koreya jamoatchilik vakillari va O'zbekiston Oliy Majlis deputatlari ishtirok etgan.

Moskvada Alisher Navoiyning sharafiga o'rnatilgan yodgorlik O'zbekistonda yasalgan va O'zbekiston hukumati va Toshkent shahar hokimligi tomonidan Rossiya poytaxtiga sovg'a qilingan. Yodgorlik mualliflari taniqli o'zbek haykaltaroshi Ravshan Mirtajiyev va rossiyalik me'morlar Aleksandr Kuzmin va Igor Voskresenskiydir. 2002-yil 15-avgustda haykal Moskvaga samolyotda yetkazildi. 26-noyabr kuni yodgorlikning ochilish marosimi bo'lib o'tdi, unda Moskva meri Yuriy Lujkov va O'zbekiston hukumati a'zolari ishtirok etdi. Monument Serpuxovskaya maydonidagi bog'ning halqasiga qaragan jamoat yil bog'ida o'rnatildi. Haykal shoirning 4,5 metr balandlikdagi bronza siymosi bo'lib, u baland granit poydevorga o'rnatilgan. ^S^SSSSfSIB^™

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Haykaltarosh R. Mirtojiev uni milliy libosda, she'rlarini ilhom bilan o'qiyotgan holda tasvirlagan.

2004 yilda Yaponiya poytaxti Tokiyo shahri Soka universiteti hududida Alisher Navoiy haykali o'rnatilgan. O'tgan yillar davomida Hazrat Navoiy tavallud ayyomida buyuk shoir yodga olinadi va uning haykali poyiga gulchambar qo'yish marosimi o'tkazilib kelinadi. Haykalning toshtaxtasida Navoiyning «Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmandlig', Yor o'ling bir-biringizgakim, erur yorlig' ish» degan o'gitlari yozilgan.

2017 yil 14-martda Shanxay universitetida Xitoy va O'zbekiston o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiyning haykali ochildi. Bronza haykalning balandligi 3,6 metr, postament (haykal o'rnatiladigan maxsus supa) esa -1,8 metrga teng. Haykal loyihasi o'zbek haykaltaroshi Ravshan Mirtojiyev tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u bevosita xitoylik haykaltarosh tomonidan yaratildi.

Shanxay universiteti hovlisida "tosh qo'yish" marosimi 2013 yilda bo'lib o'tgan va haykalning og'irligi 3 tonnaga teng.

2019 yil 30-iyulda Belarus va O'zbekiston mintaqalari birinchi forumi vaqtida Minskda buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy haykali ochilgan. Byust Kirov-Sverdlov-Ulyanovsk ko'chalari chegarasida joylashgan Sverdlov ko'chasidagi skverda o'rnatilgan. Yodgorlik belaruslik yosh haykaltarosh Maksim Makarevich eskizi asosida yaratilgan.

2008 yil sentabr oyida esa Boku shahri markaziy xiyobonlaridan birida buyuk

o'zbek shoiriga haykal qo'yildi. Navoiy o'z davrida Nizomiy asarlari orqali Ozarbayjon adabiyotini o'rgangan va keyinchalik Ozarbayjonda ko'plab izdoshlari uchun ustoz bo'lgan. Buyuk shoirimiz

Nizomiy Ganjaviyning fors tilida yaratilgan mashhur "Xamsa"siga javoban turkiy tilda ilk "Xamsa" asarini bitdi va "Emas oson bu maydon ichra turmoq, -Nizomiy panjasiga panja urmoq", deya o'z ustoziga hurmat bajo keltirgan edi. Shuningdek, ulug' shoir Ozarbayjon adabiyotshunosligida ham alohida o'rin tutadi.

Shirin shahrLANavoiy haykali

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Bundan bir asr muqaddam Bokuda turkologlarning birinchi qurultoyi bo'lib o'tgan, unda Navoiy nomi va shaxsi chin ma'noda ramziy bayroqqa aylangandi. Qurultoy arafasida shoir asarlari chop etilib, turkiy dunyo xalqlari uchun taqdim etilgan edi. 2007 yil may oyida esa „Mezon ul-avzon" asarining ozar tilidagi tarjimasi taqdimoti bo'lib o'tgan.

Dushanbe shahrida tashkil etilgan Nizomiddin Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog'i Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan. Farmoyishda tojik va o'zbek xalqlarining do'stligi ramzi sifatida bog' markaziga Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Nizomiddin Alisher Navoiy haykali o'rnatilishi belgilangan. Haykal loyihasini yaratish bo'yicha tanlov o'tkazilgan. Davlatimiz rahbarining tashrifi arafasida parkka buyuk mutafakkir shoirlar haykali o'rnatildi. 27 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mazkur istirohat bog'i va haykalni tantanali ravishda ochdi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qo'ydi.

Alisher Navoiy bog'i zamonaviy ko'rinishda bo'lib, u 2,23 gektar maydonni egallaydi. Bog'da kiparis, magnoliya, ardach, klion, sikvoy kabi gullar va daraxtlar o'sadi. Bog'da yangi ekilgan daraxtlar va butalar soni 600 dan oshadi va maysazorga aylantirilgan maydon 14 ming metr kvadratni tashkil qilgan.

2007 yil mart oyida O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi AQSh Kongressi kutubxonasi bilan hamkorlikda Vashingtonda Alisher Navoiy va uning merosi bo'yicha simpozium uyushtirgan edi. Simpozium Vashingtonda Alisher Navoiy

haykalini o'rnatishga zamin yaratuvchi tadbir sifatida tarixda qoldi deyishimiz mumkin. Shu yilning o'zida Alisher Navoiyning haykali Vashingtondagi Kongress kutubxonasida ochilgan. Haykal Ravshan Mirtojiyev muallifligida bunyod etilgan.

Joriy yil Qozog'istonning Ostona shahri markazida buyuk o'zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykali o'rnatildi. Balandligi to'rt metrdan ortiq bo'lgan mazkur haykal O'zbekiston xalq rassomi,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratildi.

Adibga atab Ashxabod, O'sh va Mozori sharifda ham yodgorliklar o'rnatilgan. Ma'lumotlarga ko'ra O'shdagi haykal hozirgi kunda yaxshi holatda emas. Mozori sharifdagi yodgorlik esa ikki yil muqaddam Tolibonlar tomonidan vayron qilingan.

Ostona shahri. ANavoiy haykali

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Shanxay shahridagi A.Navoiy haykali

Tokiyodagi A.Navoiy haykali

A.Navoiyning Moskva shahridagi haykali

I >

ANaroiyning Vashingtoitdagi haykali

ANavoiyning O'sh shahridagi haykali

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

A.Navoiyning Minsk shahridagi byusti Mozori sharifdagi yodgorlik

XULOSA

Buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy adabiy merosiga har doim, har yerda alohida e'tibor va ehtirom bilan qaraladi. Ulug' mutafakkir Sharq klassik adabiyotining barcha janrlarida badiiy barkamol asarlar yaratgan. Shuning uchun ham shoir devonlarining ma'lum bo'lgan nusxalari nafaqat mamlakatimiz, balki butun jahon kutubxonalarida ham saqlanadi.

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng davlatimizda tahsinga sazovor bir qancha ezgu ishlar amalga oshirildi va bu hanuz davom etib kelmoqda. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanali nishonlandi. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta'sis etildi. Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy bog'i barpo etildi va bu bog' o'rtasida shoirning salobatli haykali qad ko'tardi. Shoirning 20 jildli mukammal asarlar to'plami nashr etildi. Mamlakatimizda Alisher Navoiy xotirasi yuksak darajada e'zozlanadi. Bir viloyat, shahar, oliy o'quv yurti (Samarqand davlat universiteti), Toshkentdagi Davlat kutubxonasi, O'zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti, Adabiyot muzeyi, Toshkentdagi Katta akademik opera va balet teatri, San'at saroyi, Toshkentdagi metro bekati, o'nlab ko'chalar va jamoa xo'jaliklari uning nomi bilan atalgan. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlab haykaltaroshlar, rassomlar va bastakorlar asarlar yaratishgan. Har yili Alisher Navoiy tug'ilgan kun 9-fevralda ilmiy-an'naviy konferentsiya o'tkazilib, Alisher Navoiy merosini o'rganish sohasida qilingan yillik ishlarga yakun yasaladi.

Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy shaxsiyati va serqirra ijodi nafaqat turkiy xalqlar balki boshqa xalqlarni ham befarq qoldirmagan, ularni qiziqtirgan va ular tomonidan qadrlangan. O'ndan ortiq davlatlarda bobokolonimiz sharafiga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

qo'yilgan yodgorliklar buning yaqqol namunasidir. Atoqli o'zbek shoiri Abdulla Oripov aytganidek, "Alisher Navoiyning qon gruppasi umumiy, u bacha xalqlar qon gruppasiga tusha oladi"

REFERENCES

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Hayitmetov A., Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari, Toshkent,

2. Qayumov A., Alisher Navoiy, Toshkent, 1991.

3. Hayitmetov A., Navoiyxonlik suhbatlari, Toshkent, 1993.

4. Abduqodirov A., Navoiy va tasavvuf, Xo'jand, 1994.

5. Qodirov M., Navoiy va sahna san'ati, Toshkent, 2000.

6. Ibrohim Haqqul, Navoiyga qaytish, Toshkent, 2007.

7. https://ziyouz.uz

1959.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.