Научная статья на тему 'ADABIY TANQIDDA UMUMLASHTIRUVCHI TADQIQOTLARNING AHAMIYATI'

ADABIY TANQIDDA UMUMLASHTIRUVCHI TADQIQOTLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
124
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
talant / ijod / qobiliyat / adabiy tanqid / munqqid / adabiy rivojlanish

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Munojatxon Asqarova

Ushbu maqola adabiy tanqidda umumlashtiruvchi tadqiqotlarning ahamiyatini Homil Yoqubov ijodi tadqiqi misolida ko`rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ADABIY TANQIDDA UMUMLASHTIRUVCHI TADQIQOTLARNING AHAMIYATI»

ADABIY TANQIDDA UMUMLASHTIRUVCHI TADQIQOTLARNING

AHAMIYATI

Munojatxon Asqarova asqarova.munoj atxon 19@gmail .com

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqola adabiy tanqidda umumlashtiruvchi tadqiqotlarning ahamiyatini Homil Yoqubov ijodi tadqiqi misolida ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: talant, ijod, qobiliyat, adabiy tanqid, munqqid, adabiy rivojlanish.

THE IMPORTANCE OF GENERALIZED STUDIES IN LITERARY

CRITICISM

Munojatkhan Askarova askarova.munoj atxon 19 @gmail .com Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article shows the importance of summarizing research in literary criticism on the example of Hamil Yakubov's work.

Keywords: talent, creativity, ability, literary criticism, criticism, literary development.

So'nggi yillarda adabiyot jarayoniga bo'lsak katta ijodkorlar davrasi, kitobxonlar tilida "talantli" degan so'z tez-tez tilga olinib turibdi-yu, biroq "iqtidorli", "uquvli", "qobiliyatli" kabi so'zlar birmuncha kam ishlatiladigan bo'lib qoldi. Bu ijod va adabiyot odami uchun shoir ko'p, she'r yo'q degandek gap! Qizig'i shundaki kechagina matbuotda qoralama ijod namunalari chop etilganlarga ham "talantli she'r yozibdi", "talantning uchqunlari ko'rinyapti" kabi fikrlarni bemalol ishlatishmoqda. Tasavvur qiling agar gazeta, jurnallardagi har bir "talantli yozuvchi", "talantning yangi uchquni", "muallif talantining yangi qirrasi" degan so'zlarga ishonadigan bo'lsak demak o'zbek adabiyotini faqat talantlilar bosib ketgan, qo'lidan yoza olish keladigan ijodkorlarga mamlakatimiz to'lib-toshib ketgan deb ishonsak bo'laverar ekan. Aslida esa qo'ldan qo'lga o'tib yuradigan o'qishli asarlar unchalik ham ko'p emas. Ayniqsa so'nggi yillarda ijod ahli uchun yaratilayotgan qator imkoniyatlarga qaramasdan biz o'tgan asr yetishtirib bera olgan adib-u shoirlar salmog'ichalik ijodkor uchrata olmadik hali. To'g'ri faqatgina iste'dodli yozuvchilar yetishib chiqishi katta muammo. Shunga qaramasdan aytish kerakki, har qachon ham adabiyot va so'z kuchini sifat belgilab bergan. Dunyoga mashhur yozuvchilarning ham qalamiga mansub barcha asarlari

I icclT^^^^H 527 http://oac.dsmi-qf.uz

muvaffaqiyatli chiqavermagan. Dostoevskiyning "Jinoyat va jazo", "Telba", Stendal "Qizil va qora", Nodar Dumbadze "Abadiyat qonuni", Gyote "Yosh Verterning zitiroblari", "Faust", O'tkir Xoshimovning "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar", Shukurullo "Kafansiz ko'milganlar", Abdulla Qodiriy "O'tkan kunlar", Cho'lpon "Kecha va kunduz" kabi asarlar qanchalik cho'qqini zabt etganini hamma kitobxon ich-ichidan biladi, xis qiladi. Ammo yuqoridagi mualliflarning ham hamma ishlari o'qimishli deb baho berib bo'lmaydi. Chunki professional mutaxassis biladiki, ichki nerv xujayralari, tuyg'ulari yangi yoziladigan materialga tom ma'nodagi e'tibor, izlanish, xis qilish zarurligini biladi. Umuman olganda ijodkorga avval boshi dard kerak. Dard, iztirob barcha ijod ahli uchun havodek zarur. Dardning mavjud ekani ishning yarmini tayyor kafolatidir. Afsuski biz uni ba'zida payqamay qolamiz. Homil Yoqubov ana shunday dardi bor munaqqid edi. U muallif fantaziyasini bor bo'yicha tabiiy ko'ra olgan adabiyotshunos bo'lgani shubhasiz. Uning adabiy me'rosimiz uchun qo'shgan hissasining salmog'i ham shunga to'laqonli munosibdir. Uning faoliyat ko'rsatgan yillarini inobatga olib davr tuzumiga ham nazar tashlaydigan bo'lsak katta o'zgarishlar va to'ntarishlar yillarida yashagan munaqqidning biz uchun zarur bo'lgan materiallari saqlanib qolmagan. Uning tadqiqotlari bir-birini to'ldiruvchi, umumlashtiruvchi xususiyatlarga ega. Mavjud materiallar ko'lami ham bir qadar katta bo'lib, afsuski ularning asosiy qismi kichik-kichik maqolalardan tashkil topgan.

Homil Yoqubov yashagan davrlar bo'yicha ijodiy ishlari bibliografiyasini quyidagicha tuzib chiqdik: "Oybek va uning she'rlari"1, "Ishlagan tishlaydir (Yozuvchi Beshning hikoyalar to'plami haqida)"2, "Zafar nishoni(Akmal Po'lat va Ilyos Muslimlarning shu nomdagi she'riy to'plami haqida"3, "Tarix tilga kirdi (Ziyo Said va Nazir Safarovning dramasi haqida)"4, "Fadeevning "Yemirilish" romani (M.Roiq tarjimasi)"5, "Yosh yozuvchilar bilan ishlashda konsultatsiyaning ahamiyati va vazifasi"6, "Yosh yozuvchilarga konsultatsiya-maslahatlar"7, "Uyg'un ijodiyoti (Adabiyot sohasida ilmiy tekshirishlar)"8, ""Ko'kan" to'g'risida"9, "Yangi lirika"10, "Tarjimachilar-mas'ul ijod egalari"11, "G'afur G'ulomning ijodiyoti(Ijodiy o'sish yo'lida)"12, "Hamid Olimjonning ijodi(Ijodiy o'sish yo'lida)"13, "Cho'lponning

1 X.Yoqubov. Qizil O'zbekiston, 1929-yil 16-avgust.

2 X.Yoqubov. Kitob va inqilob, 1932-yil № 3.

3 X.Yoqubov. Kitob va inqilob , 1932-yil № 3.

4 X.Yoqubov. Kitob va inqilob, 1932-yil № 1.

5 X.Yoqubov. "Kitob va inqilob". 1933-yil № 2-3.

6 X.Yoqubov. "O'zbekiston sho'ro adabiyoti". 1934-yil 5-son.

7 X. Yoqubov. "O'zbekiston sho'ro adabiyoti". 1934-yil 6-son.

8 X.Yoqubov. "O'zdavnashr," 1-kitob. 1934-yil.

9 X.Yoqubov. "Sovet adabiyoti". 1935-yil 5-son.

10 X.Yoqubov. "Sovet adabiyoti". 1935-yil 3-son.

11 X.Yoqubov. "Qizil O'zbekiston". 1936-yil 23-fevral.

12 X.Yoqubov. "O'zdavnashr", Toshkent. 1936-yil.

13 X.Yoqubov. "O'zdavnashr", Toshkent. 1936-yil.

I fctlT^^^^H 528 http://oac.dsmi-qf.uz

"So'z"i"14, "O'zbek sovet poeziyasi yangi bosqichda"15, "Zahiriddin Muhammad Bobir(1483-1530)"16, "Zahiriddin Muhammad Bobir(1483-1530)"17, "Ulug' shoir va adib(Z.M.Bobir)"18, "Turdi"19, "Zahiriddin Muhammad Bobir(1483-1530)"20, "Zahiriddin Muhammad Bobir"21, "Bobir"22, "Turdi ijodi"23 kabi. Bu albatta 1900-yildan 1940-yilgacha bo'lgan davrni aks ettirganidagi ishlari. Ammo hali oxiri topilmagan ishlarning salmog'i ham shuncha bor. Balki bundan ham kattadir. Bizga ilmiy ishning asosiy qismini yoritish uchun zarur bo'lgan materiallardan biri Turdi ijodi bilan bog'liq edi. Olim ayni shu ijodkorga taalluqli tadqiqotlarni izchil davom ettirgan. Uning ijodiy me'rosini benihoya keng o'rgangan. Shu maqsadda u 1944-yili Leningraddagi o'sha paytdagi SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti aspiranturasiga o'qishga kirib, professor A.K.Borovkov rahbarligida filologiya fanlari kondidati degan ilmiy darajani olish uchun "Turdi va uning adabiy muhiti" mavzusida dissertatsiya tayyorlab, 1948-yilda muvaffaqiyatli yoqlagan. Bu ish klassik adabiyot me'rosimizni o'rganishdagi dadil ishlardan biri bo'lgani shubhasiz. Ammo olim faoliyat yuritgan oliygohdan ham, oilaviy kutubxona me'rosidan ham, Leningraddagi institutda ham ushbu ilmiy ish topilmadi. Katta ehtimollik bilan ikkinchi jahon urushi tugallanishiga himoya qilingan ushbu ilmiy ishning yo'qolishiga ham siyosiy jarayonlar sabab bo'lgani aniq. Bundan tashqari Homil Yoqubovning G'.G'ulom, Hamid Olimjon, Muqimiy, Gulxaniy, H.X.Niyoziy ijodlariga bag'ishlangan ishlarining ham salmog'i og'irdir.

Homil Yoqubov adabiy me'rosi o'zining ko'p qirralari bilan bugun nafaqat o'z davri adabiy tanqidchiligida, balki bugungi kun munaqqidlarining ham ishlarida ajralib turibdi. Bunga birinchi sabab olim ishlarining izchilligida. Turli rakurslarga yo'rg'alamay bir adib muhitini to'laqonli o'rgangach, ikkinchi adib ishiga qo'l cho'zgan. Shu sababli Homil Yoqubov ishlarida izchillik yaqqol bo'y ko'rsatib turibdi. Olim uslubiga joziba berib, qilingan ishlarning salmog'ini oshishiga sabab bo'lgan. Yana bir tomoni borki, munaqqid o'z ishlarini umumlashtiruvchi nuqtalarini yaxshi bilgan. Biri biriga o'xshamaydigan original yangi ishlarning hammasini mavzu, g'oya bobida birlashtira olgan, muallif uslubining o'ziga xos jihatlarini amaliy tajribada qalami tig'idan o'tgan ijodkorlar adabiy me'rosi bilan chog'ishtirgan, farqlagan. Bu zakiylik va so'zamollik juda kam qalam sohibiga beriladigan iqtidordir.

14 X.Yoqubov. "Sovet adabiyoti". 1936-yil 6-son.

15 X.Yoqubov. "Qizil O'zbekiston". 1937-yil 1-aprel.

16 X.Yoqubov. SSSR FA O'zbekiston filiali axboroti. 1940-yil 6-son.

17 X.Yoqubov. "Yosh Leninchi". 1940-yil 20-dekabr.

18 X.Yoqubov. "Qizil O'zbekiston", 1940-yil 26-dekabr.

19 X.Yoqubov. "Guliston", 1940-yil 11-12-son.

20 X.Yoqubov. "Sosialistik fan va turmush". 1940-yil 12-son.

21 X.Yoqubov. "O'zbekiston adabiyoti va san'ati". 1941-yil 2-son.

22 X.Yoqubov. SSSR FA O'zbekiston filialining "Til, adabiyot va tarix" instituti asarlari. 15-seriya, 12-kitob. 1941-yil.

23 X.Yoqubov. SSSR FA O'zbekiston filialining "Til, adabiyot va tarix" instituti asarlari. 15-seriya, 15-kitob. 1941-yil.

I ihSi^^Bl ®29 http://oac.dsmi-qf.uz

Adabiy tanqidda umumlashtiruvchi tadqiqotlar ahamiyatini o'rganar ekanmiz uni tadqiq etadigan mezonlarni belgilab olishimiz zarur albatta. Ba'zida biz tadqiqot uchun shakliga qarab tanlagan materialimiz mazmunan bir-biriga tushmasligi mumkin. Munaqqid ongidagi o'zi to'g'ri deb hisoblagan mazmun uning qo'lida turgan tadqiqot obektiga mos tushishi zarur. Umuman olganda adabiyotda shakl va mazmun tushunchasi muayyan konkret ijod(asar)ga nisbatan qo'llaniladi. Ammo adabiy uslub (huddi shuning singari badiiy metod ham) alohida asarda namoyon bo'lishi bilan birga yozuvchi ijodining takomili va rivojida hamda muayyan davr adabiy jarayonida yanada keng ko'lamda ko'rinadi. Yozuvchining individual uslubi adabiy jarayonning bir xalqasini tashkil etadi. Demak, uslub faqat alohida-alohida yozuvchi ijodida hayotni obrazli idrok etishning natijasigina emas, balki ayni zamonda, umumiy xususiyatlarga ham ega bo'lgan badiiy tushuncha hamdir. Shunga ko'ra, adabiy rivojlanish jarayonida mushtarak metod, adabiy maktab va ijodiy yo'nalaishlar doirasida maydonga kelgan uslubiy oqimlar ham mavjud. O'z davri adabiy muhiti va umumlashtiruvchi hususiyatlaridan kelib chiqib D.Markov shunday fikr bildirgan: "Sotsialistik san'atda metod birligi asosida badiiy umumlashtirishning yangi formalarini ishlab chiqish va serqirra uslublarning yaratilishi tez kechadi... Sotsialistik realizm badiiy ongning yangi bir tipi, tarixan kashf etilgan ifoda vositalari sistemasidir. Masala mana shu vositalarning barcha xilma-xilliklarini aniq ko'rish, ularning vazifalarini belgilashdan iboratdir"24. Davr ruhiyatini hisobga oladigan bo'lsak Markovning so'zlarida jon borday. Serqirra ijod natijasida tug'iladigan turli uslublarda namoyon bo'lguchi mavzu va g'oyani birlashtirib asar yaratish ham, uni munaqqid tomonidan to'g'ri talqin etilishi va umumlashtirilishi ham izchillik formasining eng oddiy strukturasi aslida.

So'z san'atkori badiiy adabiyotning qaysi turida asar yaratmasin, nigohini umumbashariy muammolar yechimi, azaliy qadriyatlar talqiniga qaratadi. Xususan, qissa janrida voqelikni teran tahlil qilish, inson ruhiyatining tubsiz va qorong'u puchmoqlariga nazar tashlash, hayot mohiyatini anglatishga e'tibor kuchaydi. Qissa janri tabiatini kuzatar ekanmiz, unda obrazlar ko'p qirraligi, konflikt o'tkirligi, psixologik tahlil chuqurligi, badiiy-tasviriy vositalarning xilma-xilligi, mavzular rang-barangligi ko'zga tashlanadi. Qissa janri shakllanishi, taraqqiyot bosqichini o'rganish mazkur janr haqidagi qarashlarni yanada mustahkamlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. X.Yoqubov. "Sovet adabiyoti" 1936-yil 6-son.

2. X.Yoqubov. "Qizil O'zbekiston" 1937-yil 1-aprel.

3. X.Yoqubov. SSSR FA O'zbekiston filiali axboroti. 1940-yil 6-son.

4. X.Yoqubov. "Yosh Leninchi" 1940-yil 20-dekabr.

24 "Вопросы литературы". ("О формах художественного обобшения в социалистическом реализме") ("Sotsialistik realizmda badiiy umumlashtirishning formalari haqida "). 1972, № 1, c 87.

I fcOl^^^^HI ®30 http://oac.dsmi-qf.uz

5. X.Yoqubov. "Qizil O'zbekiston", 1940-yil 26-dekabr.

6. X.Yoqubov. "Guliston", 1940-yil 11-12-son.

7. X.Yoqubov. "Sosialistik fan va turmush". 1940-yil 12-son.

8. X.Yoqubov. "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" 1941-yil 2-son.

9. X.Yoqubov. SSSR FA O'zbekiston filialining "Til, adabiyot va tarix" instituti asarlari. 15-seriya, 12-kitob. 1941-yil.

10. X.Yoqubov. SSSR FA O'zbekiston filialining "Til, adabiyot va tarix" instituti asarlari. 15-seriya, 15-kitob. 1941-yil.

531

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.