Научная статья на тему 'RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA О‘QITUVCHINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASH'

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA О‘QITUVCHINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
12
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / bо‘lajak о‘qituvchi / innovatsion faoliyat / tayyorlash / takomillashtirish / jarayon / yondashish / mezon / munosabat / pedagogika.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mingboyeva Nargiza Mamasoliyevna

Mazkur maqolada о‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayoni ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA О‘QITUVCHINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASH»

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O'QITUVCHINI INNOVATSION

FAOLIYATGA TAYYORLASH Mingboyeva Nargiza Mamasoliyevna

Andijon viloyati Balikchi tumani 42-maktab jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10677457

Annotatsiya. Mazkur maqolada o 'qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayoni ochib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, bo'lajak o'qituvchi, innovatsion faoliyat, tayyorlash, takomillashtirish, jarayon, yondashish, mezon, munosabat, pedagogika.

Pedagogik faoliyat jarayonida muallim har bir o'quvchining qadr-qimmatini inson sifatida hurmat qilishi, o'quvchiga nisbatan ishonch, o'quvchining bilimi va xulqini baholashda talabchan, adolatli bo'lish, bolalarda o'z-o'ziga nisbatan talabchanlik va tanqidiy munosabatni o'stirish, mehribon, g'amho'r bo'lishi, mushkul vaziyatga tushib qolganda unga ko'maklashish, nizolarni axloqiy mezonlar asosida hal etishi, jamoaning fikr-mulohazalarini e'tiborga olish, ularga ishonch bilan qarash, bolalar bilan muomala va munosabatlarda ularning har biriga alohida yondashish, pedagogik taktni saqlash muhim hisoblanadi.

Ta'lim metodlaridan foydalanishning samaradorligi va muvaffaqiyati o'quvchilar mustaqilligi va ijodiy faolligini rivojlantirishga qanchalik yordam berishiga bog'liq. O'qituvchi o'quvchilarga mustaqil faoliyat ko'rsatishi uchun sharoit yaratsa, o'quvchilar bilimlarini bamisoli o'zlari olayotgandek his etishsa, mazkur metod samarali bo'ladi. Ta'lim metodlarida o'qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi, uning psixologik-pedagogik, metodik va maxsus ilmiy tayyorgarligi namoyon bo'ladi.

O'qituvchi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish davomida ko'pgina omillarni to'playdi, tahlil

qiladi:

- pedagogik qobiliyatni rivojlantirishda o'qituvchilik kasbiga qiziqish, havas katta rol o'ynaydi;

- qiziqish bilan bajariladigan faoliyat, u qanchalik murakkab bo'lmasin, hatto, muvaffaqiyatsizliklarga uchramasin, kishiga katta ichki qoniqish, mamnuniyatlik baxsh etadi;

- o'qituvchining bilimi qanchalik keng va chuqur bo'lsa, unda o'quvchilarga shu bilimni berish ishtiyoqi shunchalik zo'r bo'ladi. Bunday o'qituvchi eng yaxshi pedagog hisoblanadi, ularning ko'pchiligi o'z fanining ustalari, metodistlari bo'lib qoladi;

- pedagogik faoliyatning nazariy asosiy kasbga oid bilimlardir. U faqatgina o'z predmetini emas, balki pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarini o'zlashtirishi va ularni muntazam to'ldirib borishi lozim.

Ilgor pedagogik texnologiyaning markazida ta'lim jarayonning rahbari hamda shu jarayonning subyekti ham obyekti bo'lgan o'qituvchi va o'quvchi turadi. Shunday ekan, bu ikki shaxsning hamkorligi, o'zaro muloqoti, bir-biriga ko'rsatadigan ta'siri eng zamonaviy va milliy talablar asosida tashkil topishi kerak.

Buning uchun, birinchi navbatda, o'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayoni oldiga quyilgan talablar, ta'limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari hamda yo'llari, o'quvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish usullari, u bilan hamkorlik qilish, uni o'qishga, o'rganishga yo'naltirish, o'quvchi shaxsi faoliyatini to'g'ri tashkil etish, ular bilan muloqotga kirishish, muammo va kelishmovchiliklarni bartaraf etish, sinfda ijodiy, ishchan muhitni vujudga keltirish, o'quvchi faoliyatini aniq va to'g'ri baholash metodlari bilan qurollangan bo'lishi lozim.

O'qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.

V.A.Slastenin tadqiqotlarida o'qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:

- shaxsning ijodiy-motivatsion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar;

- kreativlik. Bu - hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya;

- kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;

- o'qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat sur'ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat'iyatlik, o'ziga ishonch; mas'uliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar.

Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o 'qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi meyorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastenin):

• innovatsion foliyatga bo'lgan zaruriyatni anglash;

• ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;

• shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;

• ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga shaylik;

• innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;

• innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta'siri;

• kasbiy refleksiyaga bo'lgan qobiliyat.

Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o'qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.

Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri - o'qituvchi shaxsidir. O'qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo'lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg'ullikni, ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o'ch bo'lishi lozim.

O 'qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo 'nalishda amalga oshirilishi lozim: yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish; yangicha harakat qila olishga o'rgatish.

Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o'quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega. Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o'rganish oliy maktab o'quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.

REFERENCES

1. MHp3HëeB ffl.M. ^HrH Y36eKHCTOH crpaTerHacH. - T.: Y36eKHCTOH, 2021.

2. Y36eKHCTOH Pecny6.nHKacH 2020 hh^ 23 ceffra6pgarH YP^-637-COH "Tat.nHM TyrpHCHga"rH KoHyHH: https://lex.uz

3. Узбекистан Республикаси Президентининг 2020 йил 27 февралдаги ПФ-4623-сонли "Педагогик таълим сохдсини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тугрисида"ги фармони // ^онун хужжатлари маълумотлари миллий базаси. - Т., 2020. - 28 февраль.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.