Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIY-INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY HAMKORLIKNING AHAMIYATI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIY-INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY HAMKORLIKNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
88
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o‘qituvchi / ta’lim tizimi / qobiliyat / islohotlar / ijtimoiy hamkorlik / kasbiy ko‘nikmalar / ta’limning shakllari / yangi usullar / o‘quv jarayoni / pedagogik faoliyat / shaxsning psixologik xususiyatlari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umarov Alisher Yusubjanovich

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda ijtimoiy hamkorlikning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIY-INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY HAMKORLIKNING AHAMIYATI»

BO'LAJAK O'QITUVCHINING KASBIY-INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY HAMKORLIKNING AHAMIYATI Umarov Alisher Yusubjanovich

pedagogika fanlari doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.10115476 Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchining kasbiy-intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda ijtimoiy hamkorlikning ahamiyati haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, ta'lim tizimi, qobiliyat, islohotlar, ijtimoiy hamkorlik, kasbiy ko'nikmalar, ta'limning shakllari, yangi usullar, o'quv jarayoni, pedagogik faoliyat, shaxsning psixologik xususiyatlari.

Ma'lumki, hozirgi vaqtda mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo'lib, ularning kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy talablarga muvofiq kasbiy bilimlar bilan qurollantirish mexanizmlarini joriy etish asosida uzluksiz kadrlar tayyorlashni amalga oshirish ta'lim bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida qaralmoqda.

2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-sonli qaror asosida tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonda, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy sohani rivojlantirish ustovor vazifa sifatida belgilab berilgan. Ushbu Konsepsiya O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo'nalishlari, vazifalari, o'rta va uzoq muddatli istiqbolidagi rivojlanish bosqichlarni belgilab, sohaga oid fan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo'ladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son "Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarorida quyidagi asosiy vazifalari etib belgilangan:

oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ta'limning yangi pedagogik texnologiyalari va o'qitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq ta'lim jarayonini tashkil etish, o'quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, o'qitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikasiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda o'quv jarayonini sifat jihatidan yangilash;

zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish orqali talabalarni jahon ta'lim resurslari, ilmiy adabiyotlar elektron katalogi va ma'lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va hokazo.

Mazkur qaror ijrosini ta'minlashda bevosita bo'lajak pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, tizimda samarali islohotlar olib borish muhim.

Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayonining mazmuni ularni imkon qadar nazariy tushunchalar bilan qurollantirish emas, balki ularda mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish,

dunyoqarashini kengaytirish, tegishli kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishdan iborat bo'lishi zarur.

O'rganilayotgan jarayon, ya'ni o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash jarayoni pedagogik faoliyatning barcha bosqichlarida o'zlarining kasbiy tajribalarini anglash, tahlil qilish va baholash, shuningdek, o'zini-o'zi shaxsiy rivojlantirish ehtiyojlarini faollashtirish va qo'llab-quvvatlashga asoslanadi. Mazkur jarayonda shaxsning ma'naviy takomillashuvi hamda ijodiy salohiyatining rivojlanishi uchun imkoniyat vujudga keladi.

Pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi yo'nalishida olib borilgan tadqiqotlarda mazkur jarayonga turlicha yondashuvlar mavjudligini ko'rish mumkin. Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayonida ularning kasbiy-intelektual qobiliyatlarini rivojlantirishning uch bosqichi mavjud: tayyorgarlik bosqichi, integratsiya bosqichi va ijodiy bosqich.

Tayyorgarlik bosqichida ta'limning prognostik va diagnostik darajasiga o'z-o'zini baholash, o'zini o'zi aniqlash, o'qitishning mazmuni va uslublarini faol rivojlantirishga tayyorlikni shakllantirish asosida erishish ta'minlanadi. Vazifaning mazmuni asosan o'qituvchi va ta'lim oluvchining birgalikdagi faoliyatida kutiladigan muammoli-rivojlantiruvchi ta'lim sharoiti konkretlashtiriladi. Ushbu bosqichda bo'lajak o'qituvchilarda muayyan jarayonga tayyorlik va uning tarkibiy qismlari to'g'risida tushuncha rivojlantiriladi, takomillashuv va o'zini o'zi rivojlantirish maqsadlari belgilab olinadi, kasbiy-intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan faoliyatga kognitiv qiziqish uyg'otiladi, o'zini o'zi baholash darajasi me'yorlashtiriladi, maqsadlarni belgilash, o'z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rivojlantiriladi. Bo'lajak o'qituvchilar mustaqil o'quv-bilish faoliyatining ratsional usullarini o'zlashtiradilar, berilgan vazifalarni hal qilishning samarali usullarini tanlashni o'rganadilar. Regulyativ harakatlarni takomillashtirish va o'qitishning boshlang'ich darajasiga erishish bilish jarayonida tashabbusni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchining mustaqil faoliyatini rag'batlantirish, kasbiy faoliyati uchun zarur bo'lgan o'ziga xos fazilatlarni, bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga e'tibor berish ko'nikmalariga ega bo'lishi muhim.

Pedagog kadrlar tayyorlash tizimida bo'lajak o'qituvchilar kasbiy, intellektual qobilyatlarini rivojlantirishda ta'lim sifatining asosiy tashkil etuvchilari:

ta'lim muhitining tashkil etilishi sifati (kadrlar, axborot, texnika, o'quv-metodik ta'minot); ta'lim jarayoni sifati (ta'lim mazmuni, ta'limning shakllari, metodlari va texnologiyalari); natija (qo'yilgan maqsadlarga erishish, fikrlash va faoliyat yuritishning yangi usullarini egallash, kasbiy kompetensiyaning oshishi).

Bo'lajak o'qituvchilar tayyorlash jarayonining sifatini baholashni tizimli tashkil etish, ya'ni monitoringni joriy etish zaruriyatini talab etadi. Mazkur monitoring biryoqlamalik tavsifiga ega bo'lib, u, asosan, tinglovchilarning kurs oldi va so'ngidagi tayyorgarligi saviyasi, o'quv modullari bo'yicha ta'lim samaradorligi, mashg'ulotlar sifati, tinglovchilarning o'tilgan darslarni baholashi, ta'lim muhitining tashkil etilish sifati, amalga oshirilgan o'quv, tarbiyaviy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar saviyasiga doir ma'lumotlarni olish imkoniyatini beradi. Monitoring natijalari ta'lim jarayoni sifati to'g'risida ma'lum darajada axborot beradi, lekin ta'lim sifatiga ta'sir etish va uni boshqarish uchun yetarli emas.

Pedagog kadrlar tayyorlash jarayoni pedagogik faoliyatning shaxsiy-yo'naltirilgan jihatlarini o'zlashtirish va ishlab chiqish, turli darajada ularni amalga oshirish, ta'lim jarayonining barcha subyektlarining shaxsiy rivojlanishini ta'minlash uchun imkoniyat yaratuvchi psixologik tayyorgarlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.

Buning uchun, mazmunan integrativ xususiyatga ega bo'lgan, ta'lim menejmenti hamda boshqaruv psixologiyasining roli va ahamiyati kengroq yoritilgan, ta'lim jarayonida kompetentlilik, innovatsion faoliyat va pedagog shaxsining kasbiy sifatlari yo'nalishidagi mavzularni o'z ichiga olgan o'quv dasturlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday o'quv dasturlarini ishlab chiqishda ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta'lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faoliyatlarini takomillashtirish va o'quv jarayonini rivojlantirish lozim. Ayni vaqtda ta'lim jarayonida yangiliklarni izlash, o'rganish va ularga asoslanish hamda ilmiy asoslangan ma'lumotlardan foydalanish, ta'limning pedagogik, psixologik va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini o'zlashtirish, shular qatori boshqaruv jarayoniga innovatsion yondashuv texnologiyalarini joriy etish yo'nalishlari bo'yicha oliy ta'lim tizimi xodimlari, pedagoglarda zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishni inobatga olish zarurdir.

Pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etishda ularning shaxs sifatida umumiy rivojlanishi, shuningdek, pedagogik faoliyatga tayyorgarlik darajasini hisobga olish zarur. Agar pedagogda shaxs sifatida yangiliklarni yaratishga ichki moslashuv va fikrlash usullari shakllangan bo'lsa, u barcha o'zgarishlarga o'z munosabatini oson bildiradi, ularni to'g'ri baholaydi, boshqaradi va o'z kasbiy sohasida ularni amalga oshiradi. Agarda yangiliklarni yaratishga ichki moslashuv yaxshi shakllanmagan bo'lsa, u shaxs sifatida ko'proq konservatizmga moyil bo'ladi va bunda maxsus tashkil etilgan ta'lim zarur bo'ladi. G.S.Suxobskayaning fikriga ko'ra, bunday ijtimoiy-shaxsiy moslashuv ongning quyidagi sifatlarining rivojlanganligini nazarda tutadi: divergentlik, haqiqiylik, moslashuvchanlik, tanqidiylik. Bular analiz va sintez kabi fikrlash usullari bilan birgalikda o'qituvchining tadqiqiy fikrlashini tashkil etadi.

Pedagog kadrlar tayyorlash tizimida ta'lim jarayonini tashkil etishda o'zaro ta'sir jarayonining ahamiyatini, ya'ni kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan shaxsiy xususiyatlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi quyidagi natijalarga erishish mumkinligini inobatga olish zarur:

shaxsning psixologik xususiyatlarining o'zgarishi;

ma'naviy va madaniy tushunchalarning rivojlanishi;

kasbiy kompetentlilik darajasini ortishi;

o'zini-o'zi anglash va o'zini-o'zi baholash ko'nikmalarining rivojlanishi;

hamkorlikdagi faoliyatni vujudga kelishi va unda axborotlar almashinuvi natijasida kasbiy faoliyatga psixologik moslashuvning vujudga kelishi;

subyektning faolligi va tashabbuskorligining rivojlanishi.

Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, pedagoglarning kasbiy faolligini oshirish, refleksiv qobiliyatlarini takomillashtirish, ma'naviy va madaniy tushunchalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'zaro ta'sirni vujudga keltiruvchi shaxslararo aloqalarni amalga oshirishda ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyat kasb etuvchi pedagog kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish zarur.

Pedagog kadrlar tayyorlash jarayonlarini tashkillashtirishda subyektning ichki imkoniyatlarini harakatga keltiruvchi, tushunchalarini mustaqil ravishda rivojlantirishga ko'maklashuvchi, pedagogikaning "tarbiya"-"o'zini-o'zi tarbiya", "ma'lumot"-"mustaqil ma'lumot", "ta'lim"-"mustaqil ta'lim" tushunchalari bir-birini to'ldiruvchi hamda biri-

ikkinchisining, ikkinchisi-uchinchisining ta'minlovchisi sifatida shaxsning rivojlanishi hamda shaxsiy qobiliyatlarini shakllantirish uchun xizmat qilishini inobatga olish zarur.

Bo'lajak o'qituvchi tashkiliy va pedagogik madaniyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida ijodiy vaziyatlarda madaniy ko'nikmalarni shakllantirish dasturi ishlab chiqildi. Dasturning tarkibiy bo'g'ini amaliy mashg'ulotlarda (eksperimental guruhlarda) qo'llanadigan ijodiy vaziyatlardir. Tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, vaziyat maqsadga erishishni ta'minlaydigan shart-sharoitlarning yig'indisi, muvaffaqiyatning o'zi esa bunday vaziyat natijasidir. Muvaffaqiyat o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Muvaffaqiyatga erishish uchun sharoit yaratilishi, vaziyat tayyor bo'lishi kerak; har bir kishi maqsadga yetish uchun yetarlicha kuch va aqlga ega ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim; talaba ham o'zining muvaffaqiyati uchun avvalambor, o'zi mas'ul ekanligiga amin bo'lishi zarur.

Pedagogik madaniyat nuqtai nazaridan o'z-o'zini rivojlantirishni takomillashtirish haqida gapirganda, shunga e'tibor qaratish lozimki, talaba turli ijodiy vaziyatlarda ishtirok etib, o'zini rivojlantirish imkoniyatlarini qo'lga kiritadi. Ushbu jarayon tashkiliy ko'nikmalarning maqsadga muvofiq tarkib topishini ta'minlaydi. Ko'rinib turibdiki, bo'lajak o'qituvchida tashkiliy-pedagogik madaniyatni shakllantirishda turli pedagogik shakl, usul va vositalardan foydalanish muhimdir.

Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib shuni ta'kidlaymizki, ijodiy vaziyatlarda madaniy ko'nikmalarni shakllantirish jarayonida talabalar turli xil faoliyat turlari bilan shug'ullanadilar, ijodiy izlanishda bo'ladilar.

Shuni ta'kidlash kerakki, bo'lajak o'qituvchining tashkiliy va pedagogik madaniyatini shakllantirish jarayonida barcha o'zgarishlar regulyativ, tartibga soluvchi xarakterga ega. Talabalar faoliyatini tartibga solish doimiy ravishda o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi, pedagogik yordam ko'rsatib, bo'lajak o'qituvchilar harakatlari muvofiqlashtirib boriladi. Shunday qilib, bo'lajak o'qituvchining tashkiliy va pedagogik madaniyatini shakllantirish jarayonini tahlil qilish quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi:

- o'qituvchilar va talabalarning ushbu jarayondagi pozitsion-subyektiv harakatlari tegishli subordinatsiya mavjudligi bilan tavsiflanadi;

- talabalar faoliyati o'qituvchining pedagogik ko'magi va yordamida amalga oshiriladi;

- talabalar xatti-harakati tartibga solinuvchi (o'qituvchi tomonidan tartibga solinadigan va yo'naltirilgan) faoliyat sifatida tavsiflanadi;

- faoliyat to'g'ri tashkillashtirilganda bo'lajak o'qituvchining tashkiliy va pedagogik madaniyatini shakllantirish jarayoni talabalarning kognitiv-yo'naltirilgan bosqichdan ehtiyojni qidirish bosqichiga va keyinchalik faol ishtirok etish bosqichiga muvaffaqiyatli o'tishi bilan birga kechadi.

Xulosa qilib aytganda, oliy ta'lim tizimida pedagog kadrlar tayyorlash ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy shakllaridan biri bo'lib, uning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, androgogik ta'lim tabiatiga ko'ra uni tashkil etishda katta yoshdagi shaxslarning individual-psixologik va shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish zarur. Mazkur jarayon bo'lajak o'qituvchilarda o'zini-o'zi rivojlantirish, shaxsiy ahamiyatga ega bo'lgan o'zaro ta'sir ko'nikmalarini shakllantirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.

REFERENCES

1. Абдуллаева Б. Фанлараро алокадорликнинг методологик-дидактик асослари (Ижтимоий-гуманитар йуналишлардаги академик лицейларда математика укитиш мисолида).: Пед.фан.докт...дис. автореф. - Тошкент: ТДПУ. 2006. - 49 б.

2. Безрукова B.C. Педагогическая интеграция: сущность, состав, механизмы реализации// Интеграционные процессы в педагогической теории и практике: сб. научн.тр./Свердловский инженерно-педагогический институт; Редкол.: B.C. Безрукова (отв. ред.) и др. - Свердловск: СИПИ, 1990. - С.5-25.

3. Занина Л.В., Меньшиков Н.П. Основы педагогического мастерства./Серия "Учебники, учебные пособия". - Ростов н/Д: Феникс, 2003.- 288 с.

4. ^одиров У.Д. Укитувчининг психологик компетенциясига доир айрим мулох,азалар. "Замонавий таълим" журнали, 2015 йил 4-сон.

5. Гозиев Э.Г. Психологические основы развития самоуправления учебной деятельностью у школьников и студентов.: дисс. докт. псих. наук. - Ташкент, 1991. -316 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.