Научная статья на тему 'RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR MUHITIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH'

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR MUHITIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy faoliyat / bo’lajak o’qituvchi / kasbiy kompetensiya / rivojlanish / raqamli texnologiylar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kasimova Nargiza Dilmuratovna, Adhamov Shohjahon Abdullajon O‘G‘Li, Latipov Rustamjon Jahongir Oʻgʻli

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar muhitida bo’lajak o’qituvchilarda raqamli texnologiyalar bilan faol ishlashga qaratilgan kasbiy komptensiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari, kasbiy pedagogik kompetensiyalarning mezonlari, afzalliklari haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR MUHITIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR MUHITIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA

KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH 1Kasimova Nargiza Dilmuratovna, 2Adhamov Shohjahon Abdullajon o'g'li, 3Latipov

Rustamjon Jahongir o'g'li

1Andijon davlat chet tillari instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya

kafedrasi dotsenti, ps.f.n.

2Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti talabasi 3Andijon davlat tibbiyot instituti Jarrohlik kasalliklari va fuqaro muhofazasi kafedrasi

assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10677385 Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar muhitida bo'lajak o'qituvchilarda raqamli texnologiyalar bilan faol ishlashga qaratilgan kasbiy komptensiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, kasbiy pedagogik kompetensiyalarning mezonlari, afzalliklari haqida bayon qilingan.

Kalit so'zlar: kasbiy faoliyat, bo'lajak o'qituvchi, kasbiy kompetensiya, rivojlanish, raqamli texnologiylar.

Bugungi raqamli texnologiyalar asrida ilg'or xorijiy tajribalar orqali bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb masalalardan biridir. Ma'lumki, pedagog doimiy ravishda o'sib o'zgarib boradigan inson ob'ekti bilan ishlaydi. Bu esa ular bilan ishlashda bir xil qolip, shakllanib qolgan hatti-harakatlardan foydalanish mumkin emasligini bildiradi ya'ni, pedagogdan doimo izlanish, xorijiy tajribalarni o'rganishni talab etadi.

Pedagogika fanida psixologik-pedagogik kompetentlik tushunchasi pedagogning ta'lim-tarbiya jarayonida eng yuqori darajada natijaga erishishni, yuqori kasbiy salohiyatga, muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega bo'lish degan xulosaga kelinadi [1].

Bo'lajak o'qituvchilardan talab qilinadigan kompetentlikning quyidagi ko'rinishlari tafovut qilinadi. Bular:

-bo'lajak o'qituvchi tomonidan o'z bilimlarini teran ravishda boyitib borish; -egallangan malakalarni takomillashtirishga tayyor bo'lish; -zamon yangiliklaridan boxabar bo'lish;

-ta'lim jarayonida axborot komunikatsiya raqamli texnologiyalarni faol qo'llay olish;

-tashabbuskorlik;

-tanqidiy fikr yurita olish;

-hamkorlik;

-chuqur kasbiy bilimdonlikka ega bo'lish.

Bunda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy bilimdonligi va qobiliyati mezonlari sifdatida quyidagilar e'tirof etiladi:

Ixtisoslik bilimdonligi-sohasi bo'yicha har tomonlama bilimga ega bo'lishi, o'z ustida ishlay olish qobiliyatiga ega bo'lish.

Uslubiy bilimdonlik-barcha bilimlarini yoshlarga tushunarli tilda yetkazib bera olish va bunda ta'limning turli metodlaridan, texnologiyalaridan foydalana olish ko'nikmalariga ega bo'lish.

Ijtimoiy bilimdonlik- darslar davomida auditoriya bilan samarali o'zaro muloqot qila olish, til topisha bilish va sog'lom ma'naviy muhitni shakllantira olish.

Kasbiy kompetentlik-mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar egallanishi va ularning amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir [2].

Mamlakatimizda ilg'or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta'lim tizimi uchun bo'lajak yosh o'qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon beradigan zarur shart-sharoitlarni yaratishag yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratish muhim ahamiyatga egadir.

Bugungi kunda raqamlashtirish inson faoliyatining, jamiyatimizning barcha sohalarida xususan, ta'lim tizimida ham jadal ravishda olib borilmoqda. Raqamli texnologiyalarga asoslangan ta'lim tizimini yaratish bo'lajak o'qituvchilarda raqamli texnologiyalarni faol qo'lay olish kasbiy kompetensiyalariga mukammal ega bo'lishni talab etadi. Bu bugungi bo'lajak o'qituvchilarning ega bo'lishi kerak bo'lgan vazifalardan biridir.

Raqamli kompetensiyalarni shakllantirishda quyidagilar muhim o'rin tutadi: -raqamli kasbiy ta'lim muhitini yaratish; -raqamli ta'lim resurslarini yaratish;

-raqamli texnologiyalarni ta'limning samarali jarayonida faol qo'llash; -samarali baholash maqsadida raqamli texnologiya usullaridan foydalanish; -raqamli texnologiyalarni o'rganuvchilarni ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish shular jumlasidandir.

Axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish ta'lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi [4].

Raqamli texnologiyalar orqali ta'lim berilsa ta'lim oluvchilarga ta'lim olish usullari osonlashadi.

REFERENCES

1. Berdiyeva H.B. Bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari. "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" scientific journal imfact factor. Volume 1, issue 9, October, 2021, 886-898-pp.

2. Aripov Z.T. Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary studies (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekistonning umidli yoshlari" 1 (2), 2022, 28-mart, 92-96-b.

3. Toshmatova G. O'qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini oshirish. Theory and analytical aspects of recent research international scientific online conference. Part 20, December 9th, 2023, 151-155-pp.

4. Mirzahmedova N.D. Raqamli texnologiyalarning ta'lim sohasida qo'llanilishi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" scientific journal imfact factor. Volume 2, issue 5/2, May, 2022, 538-545-pp.

5. N.D.Kosimova. Yosh o'qituvchilarda komplaensni shakllantirishning psixologik mexanizmlari. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021.

6. N.D.Kosimova.Zamonaviy shaxsni shakllantirishda komplaensning psixologik mexanizmlari. MUQIMIY NOMIDAGI QO'QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA: MUAMMO VA YECHIMLAR Mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.Qo'qon-2021 yil.

7. www.oriens.uz

8. www.interconf.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.