Научная статья на тему 'KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA KASBIY IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING RAQAMLI JIHATLARI'

KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA KASBIY IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING RAQAMLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bo‘lajak o‘qituvchi / kasbiy ijodkorlik / oliy pedagogik ta’lim / kognitiv pedagogika / kognitiv psixologiya / kognitiv ta’lim / bilim / retrospektiv tahlil / metod / kognitiv yondashuv / raqamlashtirish / kreativ texnologiyalar / pedagogik faoliyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ibraimova Feruza Xolboyevna

Maqolada kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar asosida oliy pedagogik ta’lim mazmuni va o‘qitish metodlarini takomillashtirish, kognitiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishning raqamli xususiyatlariga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA KASBIY IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING RAQAMLI JIHATLARI»

KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA KASBIY IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING RAQAMLI JIHATLARI Ibraimova Feruza Xolboyevna

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti,

(PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10981303

Annotatsiya. Maqolada kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar asosida oliy pedagogik ta'lim mazmuni va o'qitish metodlarini takomillashtirish, kognitiv yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishning raqamli xususiyatlariga e 'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: bo'lajak o'qituvchi, kasbiy ijodkorlik, oliy pedagogik ta'lim, kognitiv pedagogika, kognitiv psixologiya, kognitiv ta'lim, bilim, retrospektiv tahlil, metod, kognitiv yondashuv, raqamlashtirish, kreativ texnologiyalar, pedagogik faoliyat.

Аннотация. В данной статье особое внимание уделяется совершенствованию содержания и методов обучения высшего педагогического образования на основе теоретических подходов когнитивной педагогики, особенностям цифрового развития профессионального творчества будущих учителей на основе когнитивного подхода.

Ключевые слова: будущий преподаватель, профессиональное творчество, высшее педагогическое образование, когнитивная педагогика, когнитивная психология, когнитивное образование, знания, ретроспективный анализ, метод, когнитивный подход, цифровизация, креативные технологии, педагогическая деятельность.

Abstract. This article pays special attention to improving the content and teaching methods of higher pedagogical education based on theoretical approaches of cognitive pedagogy, and the features of the development of professional creativity of future teachers based on the cognitive approach.

Keywords: future teacher, professional creativity, higher pedagogical education, cognitive pedagogy, cognitive psychology, cognitive education, knowledge, retrospective analysis, method, cognitive approach, creative technologies, pedagogical activity.

Kirish. Kognitiv pedagogika atamasi o'tgan XX-asrning ikkinchi yarmida iste'molga kirib keldi. Bugungi kunga kelib kognitiv pedagogik yo'nalishidagi tadqiqotlarga har qachongidan ko'proq murojaat qilinmoqda. Kognitiv pedagogika qanchalik yangi bo'lishidan qati'iy nazar o'zining rivojlanish tarixi va taraqqiyot tendensiyasiga ega. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, kognitiv pedagogikaning asl ildizlari kognitiv psixologiyaga borib taqaladi. Kognitiv pedagogika kognitiv ta'lim muammolari va bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ijodkorligini o'rgandi.

Asosiy qism. Inson xotirasi va tafakkurida bilimlarning saqlanishi va rivojlanishi kognitiv faoliyat va kasbiy ijodkorlikning vujudga kelishiga asos bo'ladi. Bo'lajak o'qituvchilarda shakllannadigan kognitiv faoliyat kasbiy ijodkorlikning asosiy manbai hisoblanadi. Bugungi kunda butun dunyo miqiyosida kognitiv pedagogikaga inson faoliyatiga xos bo'lgan barcha bilimlarni o'zida mujassamlashtirgan ilm sohasi sifatida yondashilmoqda. Bu esa o'z navbatida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash, ularda kasbiy ijodkorlikni shakllantirishda kognitiv pedagogikaning imkoniyatlaridan samarali foydalanish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

Kognitiv yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlarining maqsadlariga mos bo'lib, kognitiv pedagogikani rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi. Kognitiv pedagogikaning yetakchi

metodlaridan biri retrospektiv tahlil metodidir. Mazkur metod kognitiv yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash sohasidagi ko'plab yo'nalishlar va g'oyalarni har tomonlama o'rganib, chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Chunki kasbiy ijodkorlik ajdodlarimizga xos bo'lib pedagogik faoliyatning mohiyatini belgilaydi. Mazkur g'oyalar, ta'limotlar, konsepsiyalar bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini belgilab berishga xizmat qiladi.

Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish insonning bilish jarayoni bilan bevosita bog'liqdir. Insonning bilish jarayoni psixik jarayonlarning tizimli tarzda namoyon bo'lishini ifodalaydi. Bular bo'lajak o'qituvchining kasbiy bilimlarni idrok etishi, xotirasida saqlab qolishi, eslab qolishi, qayta ishlashi, interpretatsiyalashida o'z ifodasini topadi. Ta'limda mazkur jarayonlarni faollashtiruvchi, mahsuldor usullar va metodlarni o'tgan asrning oxirlaridayoq mutaxassisilar tomonidan tizimli tarzda o'rganila boshlangan. Kognitiv pedagogikada bo'lajak o'qituvchini faollashtirish, o'quv jarayoniga nisbatan faol munosabatni shakllantirish, yetakchi masalalardan biriga aylangan. Bunda bo'lajak o'qituvchining bilish faoliyatini jadallashtirish orqali kasbiy ijodkorlik sifatlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Bugungi kunda kognitiv pedagogikada quyidagi yo'nalishlarni ilmiy asoslashga alohida e'tibor qaratilmoqda [1]. Ular:

- bo'lajak o'qituvchilarning kognitiv jarayonlarini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish;

- bo'lajak o'qituvchining shaxsiy kognitiv jarayonlarini faollashtirish imkoniyatlarini aniqlash orqali ularda ijodkorlik sifatlarini rivojlantirish;

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy nuqtai nazarlari ularning kogniv sohalari va o'z-o'zlarini mustaqil rivojlantirish omili ekanligini nazariy jihatdan asoslash kabilar.

Kognitiv yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirishda quyidagi metodlarga ustuvorlik berish nazarda tutilmoqda:

1. Reproduktiv;

2. Izlanuvchanlikka undovchi evristik;

3. Kreativ metodlar.

Ko'rinib turibdiki, kognitiv pedagogika tadqiqotlarning yangi sohasini kashf etish imkonini berdi. Kognitiv pedagogikada shaxsning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan kognitiv texnologiyalardan foydalanish zaruriyatini kuchaytirmoqda.

Bugungi kunda kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlarga tayangan holda oliy pedagogik ta'lim mazmuni va o'qitish metodlarini takomillashtirishga oid ilimy yogdashuvlar vujudga kelmoqda. Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirish imkonini beradigan o'qitish shakllari va metodlarini takomillashtirish, shaxsni kasbiy, ijodiy jihatdan shakllantirishga oid falsafiy, sotsiologik, psixologik, pedagogik bilimlarni uyg'unlashtirish zaruriyati kuchaymoqda.

Oliy pedagogik ta'lim mazmunini tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, kognitiv yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy rivojlantirish imkonini beradigan mavzular, o'quv materiallari, kognitiv texnologiyalari, o'quv modullari tarkibiga yetarlicha singdirilmagan [2].

Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun o'quv jarayoniga bo'lajak mutaxassisni intellektual, ma'naviy, madaniy, axloqiy va kasbiy jihatdan rivojlantirishning kognitiv tizimi sifatida namoyon bo'lishini ta'minlash talab etilmoqda. Oliy

pedagogik ta'limning mazmunini kognitiv yondashuv asosida takomillashtirishda jarayon subyektlarining kasbiy tafakkurni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish kerak. Bu o'z navbatida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ijodkorlik sifatlarini bosqichma-bosqich egallashlari, kreativ fikrlashlari va ijodiy xarakterdagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish tajribasini egallashlari uchun asos yaratadi. Oliy pedagogik ta'lim jarayoni subyektlarining kasbiy ijodkorligini kognitiv yondashuv asosida rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish talab etiladi [3]:

- bo'lajak o'qituvchilar ijodiy pedagogik jarayon sub'ekti sifatida namoyon bo'lishlari uchun qulay didaktik muhit yaratish;

- ularda ijodiy rivojlanish jarayonida muvaffaqiyat qozonish;

- intellektual, ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun qulay vaziyatlarni vujudga keltirish;

- kasbiy rivojlanishga erishishlari uchun motivatsiya hosil qilish;

- kreativ faoliyat ko'rsatishlari uchun qulay pedagogik muhit yaratish;

- bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish strategiyalarini qo'llash;

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy madaniyatini boyitishga alohida e'tibor qaratish

kabilar.

Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni muntazam rivojlantirish talab etiladi. Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash oldiga ulkan vazifalar qo'yilayotgan hozirgi davrda ushbu muammoning samarali yechimini ta'minlash alohida ahamiyatga ega. Buning uchun bo'lajak o'qituvchilarda kognitiv bilimlarni mustaqil o'zlashtirish va turli nostandart pedagogik vaziyatlarda ularni samarali qo'llash kompetensiyasiga ega bo'lish talab etiladi. Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish natijasida ular tomonidan o'zlashtirilgan bilimlar faollashadi, bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlik madaniyati, ijodiy xarakteridagi pedagogik faoliyatni amalga oshirish motivatsiyasi kuchayadi.

Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun o'quv modullari tarkibiga kreativ texnologiyalarni singdirish maqadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchilar bilan professor-o'qituvchilar orasida ijodiy hamkorlik, o'quv materiallarini birgalikda tahlil qilish, ishchan dialogga kirishish muhim ahamiyatga ega. Chunki dialog jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning ijodkorlik sifatlari namoyon bo'ladi. Oliy pedagogik ta'lim jarayoniga kognitiv yondashuvni tatbiq etish bo'lajak o'qituvchilarning ijodiy fikrlash usullarini o'zlashtirishlariga ko'maklashadi.

Kognitiv yondashuvning nazariy asoslarini shaxsning bilish jarayoni va uning tarkibiy tuzilishi haqidagi ilmiy yondashuvlar tashkil etadi. Professor R.G.Safarova kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar haqida fikr yuritib quyidagilarni ta'kidlab o'tgan: "Kognitiv pedagogika ta'lim oluvchilar olamni qanday va nima vositasida tadqiq etishlari, o'z faoliyatlarini tashkil qilish hamda o'z hayot tarzini amalga oshirishi haqidagi ilmiy yondashuvlarni ilgari surmoqda [1].

Kognitiv pedagogika mumtoz instrumental pedagogikadan shaxsning bilish faoliyati tarkibiga alohida e'tibor qaratilishi hamda inson instrumentariysi va uning rivojlanishi, xulq-atvor yo'nalishlari, an'anaviy maktabning o'ziga xos jihatlariga e'tibor qaratilishi bilan farqlanadi. Bu jarayon shaxs va uning mahsuldor jihatlariga e'tibor qaratilishi bilan tavsiflanadi. O'quv topshiriqlarni bajarishning muayyan natijalari qanday bo'lishiga qarab jarayonning rivojlanishi baholandi" [1, 5-6].

Kognitiv yondashuv o'z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:

- shaxs bilish faoliyatining ob'ektiv borliq bilan aloqadorligini ta'minlash;

- bo'lajak o'qituvchilarning bilish imkoniyatini kengaytirish orqali shaxsiy-kasbiy rivojlanishi uchun shart sharoitlar yaratish;

- bilimlarni kognitiv o'zlashtirish jarayonini tashkil etish orqali bo'lajak o'qituvchilarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini takomillashtirish;

- bo'lajak o'qituvchilarning ijodiy sifatlarini boyitish orqali muvaffaqiyat qozonishlari uchun qulay shart sharoitlar yaratish;

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tafakkurini rivojlashntirish orqali yetuklikka undash hamda kreativligini rivojlantirish;

- bo'lajak o'qtuvchilarning o'z o'zini rivojlantirishi uchun quylay sharoit yaratishi asosida, ularda kasbiy ijodkorlikka intilish motivlarini hosil qilish;

- kognitiv yondashuvni tatbiq etish orqali bo'lajak o'qituvchilarni mahsuldor pedagogik faoliyatga tayyorlash;

- har bir bo'lajak o'qituvchining kasbiy ijodiy layoqatga egaligini e'tirof etish, professor o'qituvchilar tomonidan ularning ijodiy muvaffaqiyatlarini tan olish va rag'batlantirish;

- bo'lajak o'qituvchilarni ijodiy faoliyatish imkoniyatlarini kengaytirish;

- guruh a'zolarining o'zaro ijodiy hamkorlik qilishlari uchun sharoit yaratish;

- bo'lajak o'qituvchilarning ijodiy fikr mahsulini bayon qilishlariga ko'maklashadigan kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirish kabilar.

Xulosa. Yuqoridagi tahlillar asosida takidlash mumkinki, bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlik sifatlarini kognitiv yondashuvga tayangan holda rivojlantirish jarayoni quyidagilarni amalga oshirishni taqozo etadi:

- oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ijodkorlik sifatlarini rivojlantirish bilan bog'liq vazifalarini muvaffaqiyatli yechish;

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy bilimlarni ijodiy o'zlashtirish ko'nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ijodiy faoliyat motivlarini qo'llab quvvatlash va rivojlantirish;

- oliy pedagogik ta'lim jarayonini bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodiy sifatlarni rivojlantirish mazmunini takomillashtirish;

- kognitiv yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarni bilish motivlarini faollashtirish;

- kasbiy ijodkorlik sifatlarini egallashga intilishni bo'lajak o'qituvchilarning ichki ehtiyojiga aylantirish;

- oliy pedagogik ta'lim jarayoni sub'ektlarini ob'ektiv borliqni ijodiy tarzda qayta his etishga o'rgatish, shu asosda ularning estetik didi va kreativ faoliyatini rivojlantirish kabilar.

Oliy pedagogik ta'lim tizimi uchun o'quv dasturlari, ma'ruza matnlari, qo'llanma va tavsiyanomlarni yaratishda ushbu yo'nalishlarni alohida hisobga olish talab etiladi.

REFERENCES

1. Safarova R.G. Kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar. Monografiya. - Toshkent, 2023.

2. Ibragimov, X., Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." - T.: Fan va texnologiya, 288 (2008).

3. Ibraimov Kh. I. Creativity as one of the characteristics of the personality of the future teacher // Science, education and culture. - 2018. - No. 3 (27). - P. 44-46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.