Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
16
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kognitiv pedagogika / bo‘lajak o‘qituvchi / pedagogik ta’lim / kasbiy ijodkorlik / ta’lim / tarbiya / loyihalash / bilim / metod / kognitiv-pedagogik faoliyat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ibragimova Feruza Xolboyevna

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni kognitiv faoliyat tajribasini egallashga yo‘naltirish, pedagogik tafakkuri, kasbiy ijodkorligini rivojlantirish, kognitiv ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirishga tayyorlash masalasi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI

Ibragimova Feruza Xolboyevna

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti,

PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.10679018

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarni kognitiv faoliyat tajribasini egallashgayo'naltirish, pedagogik tafakkuri, kasbiy ijodkorligini rivojlantirish, kognitiv ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirishga tayyorlash masalasi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: kognitiv pedagogika, bo'lajak o'qituvchi, pedagogik ta'lim, kasbiy ijodkorlik, ta'lim, tarbiya, loyihalash, bilim, metod, kognitiv-pedagogik faoliyat.

Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish insonning bilish jarayoni bilan bevosita bog'liqdir. Insonning bilish jarayoni psixik jarayonlarning tizimli tarzda namoyon bo'lishini ifodalaydi. Bular bo'lajak o'qituvchining kasbiy bilimlarni idrok etishi, xotirasida saqlab qolishi, eslab qolishi, qayta ishlashi, interpretatsiyalashida o'z ifodasini topadi. Ta'limda mazkur jarayonlarni faollashtiruvchi, mahsuldor usullar va metodlarni o'tgan asrning oxirlaridayoq mutaxassislar tomonidan tizimli tarzda o'rganila boshlangan. Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni shakllantirish, bu jarayonda mahsuldor va texnologiyalardan foydalanish, bo'lajak o'qituvchilardan kreativlikni ta'minlash masalalari R.G.Safarova, X.I.Ibraimov, B.Adizov, N.Muslimov, B.S.Abdullaeva, O'.Tolipov, Sh.Sharipov, B.Ma'murov, G.Ibragimova, G'.Nafasovlarning ishlarida tadqiq etilgan.

Bo'lajak o'qituvchilarning kognitiv ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalash ko'nikmalarini egallashlarida texnologik bosqich muhim ahamiyatga ega. Bu bosqichda bo'lajak o'qituvchilar ta'lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini loyihalashda bo'lajak o'qituvchilarni rivojlantirish tamoyillariga amal qilish ko'nikmasini egallashlari kerak. Bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik vositalar, qo'llaniladigan texnologiyalar, ta'lim-tarbiya natijasining kafolatlanganligini ilg'ay olish ko'nikmasiga ega bo'lishlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Bo'lajak o'qituvchilar kognitiv ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashda ta'lim mazmuniga bo'lajak o'qituvchilarning shaxsiy tajribalarini mujassamlashtirish prinsipiga amal qilish zarurligi haqidagi bilimlarga ega bo'lishi muhimdir. Bunda bo'lajak o'qituvchilar dialog asosida o'z bo'lajak o'qituvchilari bilan hamkorlikka kirishish tajribasini ham egallashlari kerak. Kognitiv ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta'minlashda o'qituvchining uni nechog'lik aniq loyihalashtira olganligi, maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish mahorati ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun bo'lajak o'qituvchilar ta'lim-tarbiya jarayonida rang-barang ish shakllaridan foydalanish mahoratini ham egallashlari kerak. Bo'lajak o'qituvchilarning bunday ko'nikmalarni egallaganliklari ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarga taqdim etiladigan o'quv materiallarini maqsadga muvofiq tarzda tanlashi va loyihalashtira olishida ham yaqqol namoyon bo'ladi. Bo'lajak o'qituvchilar bo'lajak o'qituvchilarning o'quv-biluv faoliyatlarini nazorat qilish ko'nikmalarini ham puxta egallashlari zarur. Shundagina ular nazorat materiallari va vaziyatlarini aniq loyihalashtira oladilar. Bu esa, ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi.

Bo'lajak o'qituvchilarni ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish uchun bir qator holatlarga amal qilish kerak:

- pedagogik amaliyot jarayonida fan o'qituvchilarining darslari va ularning kasbiy faoliyati natijalarini tahlil qilish asosida ularning bu sohadagi kasbiy mahoratlarini ustoz-shogird munosabatlari asosida o'rganishlariga imkoniyat yaratish;

- bo'lajak o'qituvchilarni istiqboldagi pedagogik faoliyatlari davomida kognitiv pedagogik ijodkorlikva tashkil etish sohasida duch kelishlari mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni bashorat qilish asosida aniqlash va ularni bartaraf etish yo'llarini izlashlariga o'rgatish;

- bo'lajak o'qituvchilar ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalash va tashkil etishga oid bilimlariga tayangan holda o'zlarining istiqboldagi kasbiy faoliyatlarini tahlil va nazorat qila olishlarini ta'minlash;

- bo'lajak o'qituvchilar ta'lim vositalarini maqsadga muvofiq holda tanlash va mazkur yo'nalishdagi ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashda ulardan unumli foydalana olishlariga erishish;

- bo'lajak o'qituvchilar o'zlari o'zlashtirgan aniq ilmiy, amaliy dalillarga tayangan holda pedagogik ijodkorlik va tashkil etishga oid pedagogik faoliyatini takomillashtirish yo'llarini belgilay olishlari kabilar.

Bo'lajak o'qituvchilar ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashga tayyor bo'lishlari uchun dastlab quyidagi ishlarni amalga oshirishlari kerak:

- pedagogik amaliyot jarayonida bo'lajak o'qituvchilar bilan muntazam suhbatlar o'tkazish va ularga maslahatlar berish;

- tajribali o'qituvchilarning darslariga qatnashish va batafsil tahlil qilish;

- ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish maqsadida tajribali o'qituvchilardan maslahatlar

olish;

- ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalash va tashkil etishga oid suhbatlar, seminarlar, anjumanlar, treninglarda ishtirok etish kabilar.

Bo'lajak o'qituvchilarning ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashga oid o'quv amaliy faoliyatlari professor-o'qituvchilar tomonidan muntazam tahlil qilinishi, ularning bu sohadagi yutuq va kamchiliklari ko'rsatilishi, ularni bartaraf etish yo'llarining tavsiya etilishi alohida amaliy ahamiyatga ega.

Buning uchun bo'lajak o 'qituvchilar quyidagilarni bilishlari kerak:

- muayyan sinfdagi bo'lajak o'qituvchilarga hos bo'lgan individual xususiyatlar, dars jarayonida ularga qo'yiladigan kuchaytirilgan talablar;

- o'qituvchining ta'lim-tarbiya jarayonidagi xatti-harakati bo'lajak o'qituvchi shaxsini rivojlantirishga qay darajada yo'naltirilganligi;

- kognitiv ta'lim-tarbiya jarayonining tarkibiy tuzilishi, harakatlantiruvchi kuchlari nimalarda namoyon bo'lishi;

- ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish sohasida muayyan o'qituvchi erishgan yutuqlar va yo'l qo'ygan kamchiliklar nimadan iborat ekanligi kabilar.

Ta'lim-tarbiya jarayonini samarali loyihalash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

1. Bo'lajak o'qituvchi dars mavzusi, o'quv materiallari mazmunini boyitishi, uni bo'lajak o'qituvchi shaxsiga yo'naltirishga oid tajribalarni o'zlashtirishi.

2. Bo'lajak o'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonida bo'lajak o'qituvchining muvaffaqiyatga erishishi uchun qulay vaziyat yarata olishi, o'quv materialini o'zlashtirishda unga ko'maklashishi.

3. Ta'lim-tarbiya jarayonida bo'lajak o'qituvchi bo'lajak o'qituvchining qiziqishlari, intilishlarini izchil tarzda qo'llab-quvvatlashi.

4. Ta'lim-tarbiya jarayonida bo'lajak o'qituvchi o'quv materiallarini bo'lajak o'qituvchining shaxsiy tajribalari, bilimlari bilan uyg'unlashtirgan holda tanlashi va loyihalashtira olishi lozim.

Ta'lim-tarbiya jarayonini o'quv maqsadi bilan bog'liq holda loyihalash ham uning samaradorligini ta'minlashda muhim didaktikahamiyatga ega. Buninguchun:

1. Bo'lajak o'qituvchilar ta'lim-tarbiya jarayoni loyihasida bo'lajak o'qituvchiga taqdim etiladigan o'quv materiallarida uning yutuqlari, ijodiy tahlil natijalari, bo'lajak o'qituvchining potensial imkoniyatlari, unda shakllangan tajribalar va kognitiv yo'nalishning namoyon bo'lishiga erishishi.

2. Bo'lajak o'qituvchilar ta'lim maqsadi bilan sinfdagi bo'lajak o'qituvchilarning imkoniyatlari, o'quv materiallarini o'zlashtirish darajasi o'zaro mutanosibligini ta'minlash ko'nikmasiga ega bo'lishi kerak.

Kognitiv ta'lim-tarbiya jarayonida muayyan o'quv vaziyatlarini ijodiy fikrlash, muloqotga kirishuvchanlik, aniq faoliyatga yo'naltirilganlik nuqtai nazaridan yondashgan holda loyihalashtirish ko'nikmasini egallash ham bo'lajak o'qituvchilardan muhim kasbiy bilimlarni o'zlashtirishni talab qiladi.

Bo'lajak o'qituvchilar kognitiv ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirishda, birinchi navbatda, bo'lajak o'qituvchilarning shaxsiy taraqqiyotlarini ta'minlash nazarda tutilishi lozimligini yaxshi bilishlari kerak. Chunki, ta'lim-tarbiya jarayonida bo'lajak o'qituvchi bilan o'qituvchi, bo'lajak o'qituvchi bilan bo'lajak o'qituvchilar orasida o'zaro muloqot, dialog tarzidagi suhbat, fikr almashish uchun qulay pedagogik vaziyat vujudga keltirilishi zarurligini bo'lajak o'qituvchilar yaxshi anglab yetishlari talab etiladi. Shu narsa ma'lumki, ta'lim-tarbiya jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning shaxsiy rivojlanishlari, kamol topishlari uchun ahamiyatli bo'lgan natijalarni qo'lga kiritish nazarda tutiladi. Xuddi mana shunday natijalarni nazarda tutgan holda bo'lajak o'qituvchilar o'quv jarayonini bo'lajak o'qituvchi shaxsiga to'laqonli tarzda yo'naltirishga asos bo'ladigan loyihalarni shakllantirish tajribasiga ega bo'lishlari zarur. Shunga ko'ra, bo'lajak o'qituvchilar ta'lim maqsadiga erishishni nazarda tutgan holda dars samaradorligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan holatlar, o'quv topshiriqlari va metodikalarni qo'llash muhimligini loyihalarda aks ettiradilar.

Ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini ta'minlashda kasbiy mahoratga ega bo'lgan o'qituvchilarning o'zaro hamkorligi, bir-birlarining tajribalaridan ijodiy foydalana olish zarurligini bo'lajak o'qituvchilar ongiga yetkazish ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun bo'lajak o'qituvchilar pedagogik amaliyot davomida tajribali o'qituvchilar bilan maslahatlashishlari, ularning kasb mahoratlarini o'zlashtirishlari muhimdir. Bo'lajak o'qituvchilar kognitiv ta'limning konseptual asoslarini o'rganish bilan bir qatorda, o'quv faoliyatini metodik jihatdan uzluksiz ta'minlash yo'llari, bo'lajak o'qituvchilarda o'z faoliyatlarini mustaqil tashkil etish tajribasining shakllanganligi, ta'lim-tarbiya jarayonining shaxsni rivojlantirishdagi imkoniyatlari, bo'lajak o'qituvchi shaxsini rivojlantirishga xizmat qiladigan vaziyatlarning dars jarayonidagi o'rni va ahamiyatini anglab yetishlari lozim.

Yuqorida ko'rsatilgan bo'lajak o'qituvchilar oldiga qo'yilgan barcha talablar oliy pedagogik ta'lim tizimi uchun yaratiladigan o'quv dasturlari va darsliklarda o'z ifodasini topishi zarur.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. - T.: O'zbekiston, 2021.

2. Safarova R.G. Kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar: Monografiya. - T., 2023.

3. Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika nazariyasi: Darslik. - T.: Fan va texnologiya, 2008. - 288 b.

4. Ibraimov Kh.I. Creativity as one of the characteristics of the personality of the future teacher // Science, education and culture. - 2018. - No. 3 (27). - P. 44-46.

5. Ibraimov X.I., Quronov M. Umumiy pedagogika: Darslik. - T.: Shaffof, 2023. - 416 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.