Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA PEDAGOGIK IJODKORLIKNI SHAKLLANTIRISHDA AKMEOLOGIK YONDASHUVNING AHAMIYATI'

BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA PEDAGOGIK IJODKORLIKNI SHAKLLANTIRISHDA AKMEOLOGIK YONDASHUVNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
12
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijodkorlik / pedagogik ijodkorlik / akmeologik yondashuv / innovatsiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Samidjonova M. X., Oripov H.T.

Ushbu maqolada bo’lajak o’qituvchilarda pedagogik ijodkorlikni shakllantirish masalalari va pedagogik ijodkorlikni shakllantirishda akmeologik yondashuvning muhim ahamiyat kasb etishi haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA PEDAGOGIK IJODKORLIKNI SHAKLLANTIRISHDA AKMEOLOGIK YONDASHUVNING AHAMIYATI»

Samidjonova M. X. Namangan viloyati pedagoglarni yangi metodiklarga o>gatish milliy markazi maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim metodikalari kafedrasi o'qituvchisi

Oripov H.T.

Namangan viloyati pedagoglarni yangi metodiklarga o>gatish milliy markazi maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim metodikalari kafedrasi o'qituvchisi

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA PEDAGOGIK IJODKORLIKNI SHAKLLANTIRISHDA AKMEOLOGIK YONDASHUVNING

AHAMIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo 'lajak o 'qituvchilarda pedagogik ijodkorlikni shakllantirish masalalari va pedagogik ijodkorlikni shakllantirishda akmeologikyondashuvning muhim ahamiyat kasb etishi haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: ijodkorlik, pedagogik ijodkorlik, akmeologik yondashuv, innovatsiya.

Samidjonova M.Kh.

teacher

Department of Pre-school, Primary and Special Education Methods National Center for Training Teachers in New Methodologies of Namangan Region

Oripov H.T. teacher

Department of Pre-school, Primary and Special Education Methods National Center for Training Teachers in New Methodologies of Namangan Region

FUTURE TEACHERS THE IMPORTANCE OF ACMEOLOGICAL APPROACH IN FORMING PEDAGOGICAL CREATIVITY

Abstract. This article describes the issues of formation of pedagogical creativity in future teachers and the importance of the acmeological approach in the formation of pedagogical creativity.

Key words: creativity, pedagogical creativity, acmeological approach, innovation.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 8 oktyabr O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi PF-5847-sonli Farmonida Oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo'nalishlari oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, mustaqil va tanqidiy fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko'nikmalari shakllantirish, iqtidorli yoshlar orasidan oliy ta'lim muassasalariga talabalarni saralab olish mexanizmlarini ishlab chiqish to'g'risida belgilab qo'yilgan1

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2019 yil 8 oktyabr. PF-5847-sonli Farmoni

Oliy ta'lim muassasalari hududiy miqyosdagi mavjud muammolarga innovatsion yechim topishi, hududda ilm-fan rivojlanishida lokomotiv vazifasini bajarishi muham ahamiyat kasb etadi. Ilm-fanni rivojlantirish, tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, iqtidorli talabalar ilmiy izlanishlar olib borishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar kerak. Buning uchun pedagogik ijodkorlikka alohida e'tibor qaratish muhimdir.

Bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik ijodkorligini rivojlantirishda ta'limda akmeologik yondashuvdan kengroq foydalanish, bo'lajak pedagoglarning axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga doir kompetentligini rivojlantirish, pedagogik ijodkorlikni rivojlantirishning modernizatsiyalashgan didaktik ta'minotini yaratish, maxsus ta'lim sharoitida raqobatbardosh mutaxasislarni tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi hech kimga sir emas. Ijodkorlik deganda mavjud tajribani yangicha tashkil qilish va bilimlar, malakalar, mahsulotlarning yangi kombinatsiyalarini yaratish asosida mohiyatan yangi moddiy va ma'naviy qadriyatlar yaratish bilan bog'liq faoliyat jarayoni yoki yangilik yaratish qobiliyati tushuniladi. Ijodkorlikning turli darajalari mavjud: bir darajasida mavjud bilimlardan foydalaniladi va ularning qo'llanish sohalari kengaytiriladi; boshqa, yuqoriroq darajasida esa biron bir ob'ekt yoki bilim sohasiga nisbatan odatlanib qolingan nuqtai nazarni o'zgartirib yuboradigan mutlaqo yangicha yondashuv yaratiladi. Ijodkorlik ilmiy- pedagogik adabiyotlarda insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan yangilik yaratishi bilan bog'liq murakkab psixologik jarayon tarzida talqin etilgan.

Pedagogik ijodkorlik o'qituvchi tomonidan muttasil o'zgarib turadigan ta'lim-tarbiya jarayonida, talabalar bilan muloqotda optimal va nostandart pedagogik qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish demakdir. Pedagogik ijodkorlikning asosiy vazifasi esa talabalarga axborot berishning yangi maqbul tizimlarini ishlab chiqish va qo'llash, ularni pedagogik mahorat cho'qqilariga erishishda pedagogika ilmi va amaliyoti to'plagan bilimlarga daxldor qilish,

ularda yangi bilimlarni mustaqil izlab topish malakasini rivojlantirishdan iborat. Bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik ijodkorlikni rivojlantirish shaxsning ijodiy faoliyatida o'z aksini topgan ijodiy salohiyati, ijodiy tafakkuri, ijodiy faolligi, ijodiy qobiliyatining rivojlanishi bilan uzviy bog'liq bo'lgan jarayondir. Ijodiy qobiliyat yangilik yaratish zarurligi va mumkinligini tushunish, muammoni ifodalay olish, g'oya, farazni ilgari surish uchun kerak bo'ladigan bilimlardan foydalanish, farazni nazariy va amaliy tasdiqlash, muammoni hal qilish yo'llarini izlash hamda yechimini topish va pirovard natijada yangi original mahsulotlar yaratish (ilmiy kashfiyot, ixtiro, san'at asari va boshqalar) sifatlari majmuini ifoda etsa, ijodiy faoliyat - bu sub'ekt faoliyatining o'z mehnatiga (ishdan qoniqish, uni bajarish jarayonida yangilikka intilish, muammo yechimini topishda ijodiy motivatsiya) munosabati va masalani ijodiy hal etish (avval o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni hamda faoliyat usullarini yangi holatga mustaqil ko'chirish, muammoli, ma'lum ob'ektning yangi funktsiyasini ko'ra bilish) jarayonidir. Shunday qilib, bo'lajak o'qituvchining pedagogik ijodkorligi ob'ektiv va sub'ektiv omillar ta'sirida rivojlanadi. Ob'ektiv omillarga pedagoglar va talabalar jamoasidagi va umuman, mamlakatdagi ijtimoiy munosabatlar, fan va texnika taraqqiyoti, talabalarni tayyorlash shart- sharoitlari va vositalarining takomillashuvi, o'qituvchilar pedagogik mahoratining ortishi mansub bo'lsa, sub'ektiv omillarga jamiyatda sodir bo'layotgan jarayonlarga o'qituvchining munosabati, uning axloqiy sifatlari, ma'naviy qadriyatlari, kasbiga bo'lgan mayli, pedagogik faoliyatda o'zini o'zi namoyon qilishga bo'lgan intilishi, uning shaxsiy fe'l-atvori kiradi.

Akmeologik yondashuv bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishning ilmiy asosi sifatida pedagogika oliy ta'lim muassasasi talabalarining o'zlarini ta'lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilari, kasbiy faoliyatning yetuk shaxslari va faol sub'ektlari tarzida namoyon qilishlarini ko'zda tutadi hamda ularning sub'ekt va mutaxassis sifatida bosqichma-bosqich, uzluksiz o'zini o'zi rivojlantirishi va o'zini o'zi takomillashtirishi uchun sharoit yaratadi.

Pedagogik ijodkorlikning rivojlanishi turli-tuman qobiliyatlarning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Shaxsning o'zini o'zi anglash, o'zini o'zi rivojlantirish, o'zini o'zi namoyon qilishini taqozo etadigan akmeologik qobiliyatlar o'qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ularning aynan jadal rivojlanishi psixologik kompetentlikning rivojlanishi natijasida sodir bo'ladi. Akmeologik yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish tizimining markaziy bo'g'ini sifatida samarali ijodiy faoliyatga qobiliyatlilikni aks ettiruvchi kreativ tarkibiy qism aks etadi. Aynan kreativlikni rivojlantirish akmeologik yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy-pedagogik ijodkorlikni rivojlantirishning bosh maqsadlaridan biridir.

Akmeologik yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish tizimining markaziy bo'g'ini sifatida samarali ijodiy

faoliyatga qobiliyatlilikni aks ettiruvchi kreativ tarkibiy qism aks etadi2 [2. 592]. Aynan kreativlikni rivojlantirish akmeologik yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy-pedagogik ijodkorlikni rivojlantirishning bosh maqsadlaridan biridir.

Pedagogik ijodkorlikning rivojlanishi xilma-xil qobiliyatlarning aks etishi bilan bog'liqdir. Akmeologik qobiliyatlar insonning hayoti-faoliyati jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi, biroq ularning aynan jadal rivojlanishi avtopsixologik kompetentlikning rivojlanishi natijasida sodir bo'ladi.

Oliy ta'lim muassasalari va ulardagi o'quv-tarbiya jarayonini modernizattsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat-monitoringini oshirish, bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish pedagog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi.

2.Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -T.: Moliya, 2003. B- 592.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2019 yil 8 oktyabr. PF-5847-sonli Farmoni

2.Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: Moliya, 2003. B- 592.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.