Научная статья на тему 'HARBIY TA`LIM FAKULTETLARI TALABALARINING KREATIV SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH'

HARBIY TA`LIM FAKULTETLARI TALABALARINING KREATIV SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
139
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kriativlik / qobiliyat / ijodkorlik / isteʼdod / individ / anʼanaviy / prinsip / iqtidor / mustaqil faktor / raqobatbardosh / konvergent / divirgent. / creativity / abilities / creativity / talent / individuality / tradition / principle / giftedness / independent factor / competitive / convergent / divergent.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nodirjon Azamatovich Jalilov

Mazkur maqolada pedagogika sohasidagi OTM talabalarining kreativ qobiliyatlarii, ijodkorlik isteʼdod darajasi, individning anʼanaviylik yoki odat tusiga kirgan fikrlash sxemasidan uzoq bo‘lgan, prinsipial yangi g‘oyalarni yaratishga tayyorlikni xarakterlovchi, shuningdek, muammolarni o‘zgacha tarzda bartaraf etish, iqtidorning mustaqil faktori sifatida qabul qilingan ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan materiallar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article highlights the creative abilities of university students in the field of pedagogy III, the level of creative giftedness, characterizing the individual's readiness to create fundamentally new ideas, far from traditional or habitual patterns of thinking, as well as aimed at developing creative abilities, perceived as an independent factor of giftedness, overcoming problems.

Текст научной работы на тему «HARBIY TA`LIM FAKULTETLARI TALABALARINING KREATIV SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

HARBIY TALIM FAKULTETLARI TALABALARINING KREATIV SIFATLARINI

RIVOJLANTIRISH Nodirjon Azamatovich Jalilov

Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Harbiy ta'lim fakulteti o'qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7365933

Annotatsiya. Mazkur maqolada pedagogika sohasidagi OTM talabalarining kreativ qobiliyatlarii, ijodkorlik iste 'dod darajasi, individning an'anaviylik yoki odat tusiga kirgan fikrlash sxemasidan uzoq bo'lgan, prinsipial yangi g'oyalarni yaratishga tayyorlikni xarakterlovchi, shuningdek, muammolarni o'zgacha tarzda bartaraf etish, iqtidorning mustaqil faktori sifatida qabul qilingan ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan materiallar yoritilgan.

Kalit so'zlar: kriativlik, qobiliyat, ijodkorlik, iste 'dod, individ, an'anaviy, prinsip, iqtidor, mustaqil faktor, raqobatbardosh, konvergent, divirgent.

Аннотация. В данной статье освещаются творческие способности студентов вузов в области педагогики III, уровень творческой одаренности, характеризующие готовность индивида к созданию принципиально новых идей, далеких от традиционных или привычных схем мышления, а также направленных на развитие творческих способностей, воспринимаемых как самостоятельный фактор одаренности, преодоления проблем.

Ключевые слова: креативность, способности, креативность, талант, индивидуальность, традиционность, принцип, одаренность, независимый фактор, конкурентный, конвергентный, дивергентный.

Abstract. This article highlights the creative abilities of university students in the field of pedagogy III, the level of creative giftedness, characterizing the individual's readiness to create fundamentally new ideas, far from traditional or habitual patterns of thinking, as well as aimed at developing creative abilities, perceived as an independent factor of giftedness, overcoming problems.

Keywords: creativity, abilities, creativity, talent, individuality, tradition, principle, giftedness, independent factor, competitive, convergent, divergent.

Jahon ta'lim muassasalarida bo'lajak pedagoglarning o'zini o'zi rivojlantirishi va kreativ qobiliyatini takomillashtirishning innovatsion modullari amaliyotga tadbiq etilmoqda. 2030-yilgacha mo'ljallangan Yuneskoning Inchxon deklaratsiyasida "Ta'lim-taraqqiyotning asosiy harakatlanuvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlariga yetkazuvchi muhim faoliyat" deb e'tirof berilib malakali mutaxassislarning kasbiy kompetentligini oshirish kreativlik va nostandart tafakkur tarzi bilan bog'liq sifatlarni aniqlash, ta'lim tizimida shaxsning ijodkorlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalarni amaliyotga tadbiq etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jahonda ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida, ta'limga kreativ yondashuv asosida bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, pedagog kadrlarning kreativ sifatlarini rivojlantirish, ta'lim jarayonini loyihalashtirishning zamonaviy metodik ta'minotini yaratish, talabalarda kreativ sifatlarni rivojlantirish, bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda,

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

shuningdek oliy ta'limning sifatini ta'minlash, tashkiliy-didaktik loyixalashtirishni takomillashtirish, innovatsion-interaktiv texnologiyalarni takomillashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e'tibor berilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezdenti SH.M. Mirziyoevning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" nomli kitobida "Hozirgi paytda dunyo miqyosida raqobat qanday keskin tus olib borayotganini hammamiz ko'rib turibmiz. Bu shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan, yuqori texnologiyalari va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqali munosib javob bera olamiz" degan edilar.

Kreativlilik va bilim o'rtasidagi yaqin aloqani ko'rsatadigan mamlakatimiz va chet el olimlari tomonidan olib borilgan ko'plab tadqiqotlar mavjud hamda olib borilmoqda. Kreativlik tushunchasi birinchi bo'lib amerika va yevropa olimlari tomonidan tadbiq e'tilgan. Kreativlik va shaxs kreativligini rivojlantirish masalalari Ray M.Simpson tomonidan tayanch tushuncha sifatida ilk marta 1922 yil AQSH da qo'llanilgan bo'lsa, birinchi nazariy va amaliy tadqiqotlar amerikalik psixolog J.P.Guilfordga tegishli: u 1959 yilda "kreativlik" atamasini kiritgan, uni tafakkurning alohida turi - muammoni hal qilishning ko'plab usullarini ta'minlaydigan, kutilmagan xulosalar va natijalarga olib keladigan divergent ("divergent, turli yo'nalishlarga boradigan") fikrlash deb atagan. Bunday fikrlash yagona to'g'ri yechimga qaratilgan konvergent bilan taqqoslanadi. Konvergent (lotincha convergere - bir yo'ldan) tafakkur formasi bo'lib, muammoning bir qancha yechimlaridan faqat yagona to'g'risini tanlashdir. Konvergent tafakkur asosida intellekt yotadi, shuning uchun intellektual tafakkur deb ham ataladi. Kreativlik bo'yicha Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari olimlaridan ro.P.Bap.aKOBa oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak pedagogik ta'lim bakalavrlari kreativligini rivojlantirish bo'yicha, H.M.rHaTKO ijodkorlik muammosi va taqlid hodisasi haqida, n.^.HeöegeBa boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativligi to'g'risida, BO^yroBaa kreativlik shaxsning moslashuvchan potensialining tarkibiy qismi sifatida, n.A.3a^nH.OBa, 0X.n03flHflK0B, O.H.OBC^HHHKOBa oliy harbiy ta'lim muassalari talabalarining kreativligini rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.

Xususan A.R.Aripdjanova ta'limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilarining kreativ salohiyatini rivojlantirishga doir tadqiqot ishlari, T.Ch.Aliboyev innovatsion ta'lim muhitida o'quvchilarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish, Ch.T.Shokirova, G.N.Ibragimova, M.A.Tilakova, I.M.Sirojiddinova, D.Sh.Djurayevalar talabalarning kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish bo'yicha, Sh.X.Pozilova Oliy ta'lim muassasalari tinglovchilarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida kreativ o'qitish metodikasi bo'yicha, R.Yu.Musinova bo'lajak o'qituvchilarda kreativ o'zini o'zi boshqarishni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga doir tadqiqot ishlarini olib borganlar.

N.A.Muslimov, M.H.Usmonboyeva, D.M.Sayfurov, A.B.To'rayevlar tomonidan pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari, M.Usmonboyeva, A.To'rayevlar kreativ pedagogika asoslari, M.M.Musurmonova kreativ yondashuv asosida o'qitishning didaktik ta'minotini yaratish mexanizmlari, A.I.Avazboyev, J.E.Pardaboyev talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llari nomli ilmiy risolalari chop etilgan.

Jumladan, Kreativ fikrlashni o'rganish uchun siz o'z fikrlaringizga erkinlik berishingiz va ularni ma'lum bir kanal bo'ylab yo'naltirishga urinmasligingiz kerak. Inson boshiga nima tushsa ham, bema'ni tuyulsa ham aytishi mumkin. Muammoni guruhli yechishda ishlatiladigan kreativ

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

fikrlash aqliy hujum deb ataladi. Sh.X.Pozilova esa kreativlik deganda tinglovchilarning nostandart fikrlashi natijasida yangi, original g'oyalarni yaratishga qaratilgan faoliyati, "kreativ o'qitish" esa, pedagog va ta'lim oluvchi o'rtasidagi ijodiy munosabat, o'zaro ta'lim oluvchi yoki ma'lum bir vosita orqali ta'lim oluvchi orasidagi kreativ jarayon bo'lib, u shaxs kreativligini rivojlantirishga xizmat qiladi deb ta'riflaydi. G.N.Ibragimovaning fikriga ko'ra kreativ mutaxassis quyidagi fazilatlarga ega bo'lishi kerak: topqirlik, o'z-o'zini tanqid qilish va tanqidiylik, moslashuvchan fikrlash, mustaqillik, fikr-mulohazalar, jasorat va g'ayrat, matonat, ishni oxirigacha yetkazishda matonat, maqsadga muvofiqlik.

Ilmiy tadqiqotlarni o'rganish natijasida shuni aytishimiz mumkinki kreativlilik jarayoni boshlang'ich g'oyalarni ishlab chiqish, ularni tadqiq qilish va tahlil etish, zarur bo'lsa ulardan voz kechishni ham o'z ichiga oladi. Ta'lim jarayoniga nisbatan kreativ yondashuv ta'lim olish, o'quv fanlarining asoslarini o'zlashtirishga nisbatan qiziqishi susaygan talabalar bilan ishlash bilan birga jonli, qiziqarli, jo'shqin muloqotga kirishish, ularni bilim olish uchun faollikka undash uchun ham qo'llaniladi.

Demak, talabalarning kreativ sifatlarini rivojlantirishning muhim sharti mashg'ulot paytida ijodkorlik muhitini yaratishdir, chunki bu holda faqat turli xil o'quv faoliyatida qobiliyatlarni namoyon etish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, shuni ta'kidlash kerakki, har bir shaxsning umumiy ishga qo'shgan hissasi muhimdir, qiziqishni rag'batlantirish, qiziqishlarni rivojlantirish, motivatsiyani, so'z va harakat erkinligini oshirish kerak. Bu statik, mavjud o'quv tizimi tomonidan belgilangan chegaralardan tashqariga chiqadigan narsani aytish yoki qilishdan qo'rqish darajasini kamaytirishga yordam beradi. R.Yu.Musinovaning ilmiy qarashlarida kreativ o'zini o'zi boshqarish jarayonining o'zi kreativ maqsadni tanlash va amalga oshirishni, individual kreativ, kreativ imkoniyatlarni anglash va hisobga olishni, harakatlar ketma-ketligini tuzish haqidagi g'oyalarni shakllantirishni, ma'lumotlar va natijalarni baholash normalari va mezonlarini belgilashni, kreativ maqsadga erishish uchun dasturlarni tuzishni o'z ichiga olgan shartli, izchil harakatlar shaklida taqdim etilishi mumkin deb takidlaydi. I.M.Sirojiddinovaning fikricha kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonining barqarorligi talabaning yoshi, ma'lumotlilik darajasi, shaxsning individual xususiyatlari va oliy ta'lim muassasasining tarbiyaviy ishlarining xususiyatlariga, o'z tarbiyaviy ta'sirlarini talabalarni bundagi faolliklari bilan qanday umumlashtira olishiga bog'liq.

Bizning nazarimizda kreativlik inson tomonidan amalga oshiriladigan, o'ziga xos noan'anaviy sifatlarga ega bo'lgan va yangi g'oyalarni yaratishga olib keladigan jarayon sifatida tushunilsa, unda kreativlilik insonning intellektual salohiyati, ichki manbai sifatida qaraladi.

Ma'lumki ijodiy faoliyat bizning kundalik hayotimizni jozibaliroq qiladi, fan va san'atni ijodsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Biz har doim murakkab fikrni ifodalaganimizda yoki oq qog'ozni matn bilan qoraytirganimizda ijod qilamiz. Agar biz shu ishni samarali va g'ayrioddiy tarzda uddalay olsak, bizni rosmana ijod kishisi deb atash mumkin. G.N.Ibragimova ta'lim oluvchilarning yangi bilimlarni o'zlashtirish, ijodkorlik hamda fikrlash mezonlariga tayanuvchi paradigmani yaratish zaruriyati namoyon bo'lib, u ta'lim mazmuni, metodlari, tashkiliy shakllari, kadrlar ta'minoti kabi jihatlarni keng ko'lamda aks ettiruvchi ta'lim muammolarini alohida dolzarb masala sifatida oldingi o'ringa olib chiqishni ko'rsatmoqda. Bu esa ta'lim jarayonida "o'qituvchi va talaba" munosabatlarini insonparvarlashtirish, erkinlashtirish va shaxsga yo'naltirish orqali o'quv jarayonini mustaqil tashkil etib, boshqaruvchi, har bir o'quvchining

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

ijodiy va intelektual rivojlanishini ta'minlovchi zamonaviy o'qituvchi shaxsiga bo'lgan talablarni vujudga keltirdi deb fikr yuritadi.

Xususan Yu.M.Asadov o'z ilmiy qarashlarida kreativ salohiyatning eng qimmatli xususiyati uning innovatsiya sohasidagi yuksak rolidir. Innovatsiya asosan inson aqlining mahsuli bo'lgan intellektual qator sifatida kreativ salohiyatdan foydalanishning eng tizimli va vizual natijasidir. Va shunga ko'ra, bu ilmiy va texnologik taraqqiyotning rivojlanishiga eng katta ta'sir ko'rsatadigan yangiliklardir deya ta'kidlaydi. T.Ch.Aliboyevga ko'ra kreativlik amaliy qiymatga ega ko'plab g'oyalarni yaratish qobiliyati bo'lib, u vaqtni, kuchni tejashga imkon beradi, foydalanishga har jihatdan qulay bo'lgan mahsulotning yaratilishini ta'minlaydi. Ana shu sifatga ega shaxs faoliyatida izchil ravishda yangi g'oyalarni ilgari surish, masala, muammoning yechimini topishda oqilona qarorlarni qabul qilish, mahsulotni o'zgacha ko'rinishda talqin etish, uni orginal elementlar bilan boyitish orqali amaliy qiymatga ega natija (mahsulot)ga ega imkonini yaratuvchi qobiliyat aks etadi. G.N.Ibragimova kreativlik-shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik hislatlari bilan bog'liq ko'nikmalar majmui bo'lib, o'z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko'ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi deb ta'kidlaydi.

Bizning fikrimizcha harbiy ta'lim berish sharoitida kreativ shaxs bo'lish uchun harbiy ta'lim fakultetlari talabalari Davlat Ta'lim Standarti va Harbiy ta'lim fakultetlari malaka talablarida taqdim etilgan zarur va yetarli darajada bilim, ko'nikma va malaka hamda qobiliyatga ega bo'lishi, yuqori motivatsiyaga ega bo'lishi, o'rganish va ijodiy faoliyatga qiziqish ko'rsatishi, o'ziga xosligi va fikrlash ravonligini namoyon qilishi kerak.

Bo'lajak chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik o'qituvchilarida kreativ sifatlar tarkibi quyidagi qismlardan iborat:

- motivatsion kasbiy va pedagogik yo'naltirilganlik, o'z bilimlari, qobiliyatlari, ko'nikmalarini egallash va amalga oshirishga shaxsiy munosabat, kelajakdagi kasbiy faoliyatga bo'lgan qadriyat munosabatida, muvaffaqiyatga erishish istagida ham namoyon bo'ladi;

- bo'lajak o'qituvchi kasbiy faoliyatining asosi bo'lgan bilim va ko'nikmalari, shuningdek, kreativlikni rivojlantirishga ta'sir ko'rsatadigan bilim faoliyatining ijodiy xususiyatlarini qamrab oladi; prakseologik kasbiy muammolarni hal qilishga ijodiy yondashish qobiliyati bilan tavsiflanadi hamda shaxs tomonidan kasbiy qadriyatlar, bilim, ko'nikma va qobiliyatlarni o'zlashtirish va o'zgartirish jarayonini ochib beradi va mutaxassis sifatida o'zini o'zi anglashni nazarda tutadi. Shu bilan birga talabalarning kreativ sifatlarini rivojlantirishning asosiy tendensiyalari quyidagilardan iborat: ta'lim jarayonini axborotlashtirish, harbiy ta'lim tizimini insonparvarlashtirish va kreativ sifatlarni rivojlantirish.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki Harbiy ta'lim fakultetlari talabalari har doim ham kreativ shaxs sifatida harakat qila olmaydilar, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabr, 809-son "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmalari to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi qarori rezervdagi va zahiradagi ofitserlarni tayyorlaydigan harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmalari o'z maqomiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tenglashtiriladi deb ta'kidlanganligi talabalarning umumharbiy nizomlar asosida komandir va boshliqlar tomonidan berilgan buyruqlar so'zsiz bajarilishi kerakligini, buyruqlar bajarilmagan holatlarda esa ularga nisbatan intizomiy ta'sir choralari yoki jinoiy javobgarlikka tortish holatlari ham qo'llanishi mumkin. Talabalarga kreativlik kelajakda

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

pedagog sifatida faoliyat olib borganda pedagogik-psixologik jarayonlarni tashkil etish va mazmunni boyitishda, shuningdek, motoo'qchi guruh komandiri sifatidagi faoliyat olib borishida jangovor vazifalarni bajarish vaqtida tez va to'g'ri nostandart qarorlar qabul qilishda divergent fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

REFERENCES

1. Узбекистон Республикаси Вазирлар Мах,камасининг 2017 йил 9 октябрдаги 809-сон "Узбекистон Республикаси олий таълим муассасаларининг хдрбий тайёргарлик укув булинмалари тугрисида" ги карори. Т.; 2017 й.

2. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон стратегияси. - Т., 2021. - 237 б

3. Образование 2030: Инчхоне, Республика Корея, Всемирный форум по вопросам образования 2015 г. https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000245656_rus.

4. Арипджанова А.Р. Развития креативного потенциала педагоговвысших образовательных учреждений в условиях информатизации образования. дис. ... док фил (PhD) педаг наук. 2017. 15 с

5. Алибоев.Т.Ч. Инновацион таълим мух,итида укувчиларда креативлик сифатларини ривожлантириш технологияларини такомиллаштириш. Дес... Пед фан фал док (PhD). Ж.: 2021. Б. 46.

6. Шокирова Ч.Т. Талабаларнинг ижодий фикрлашини ривожлантириш ва дастурий назорат асосида укитиш самарадорлигини ошириш. Дес....Пед. фан. номз. А .: 2009. Б. 45.

7. Ибрагимова Г.Н. Интерфаол укитиш методлари ва технологиялари асосида талабаларнинг креативлик кобилиятларини ривожлантириш. Дес. фал док (PhD).T:. 2017. Б. 33-34.

8. Тилакова М.А. "VIII-IX синф укувчиларида синфдан ташкари машгулотларда креатив кобилиятларни ривожлантиришнинг педагогик шарт шароитлари". Дес. фал док (PhD). 2019. Б. 101.

9. Сирожиддинова .И.М Олий таълим муассасалари талабаларининг касбий-ижодий кобилиятларини ривожлантириш. Дес.... Пед. фан.фал док (PhD).T:.2020. Б. 65.

10. Джураева Д.Ш. "Муаммоли ёндашув асосида булажак укитувчиларнинг ижодий кобилиятларини ривожлантириш" Дес. фал док (PhD). 2022. Б. 16.

11. Позилова Ш.Х. Олий таълим муассасалари тингловчиларини кайта тайёрлаш ва малака ошириш курсларида креатив укитиш методикаси. Дес.фал.док.(PhD). 2019. Б. 22.

12. Мусинова Р.Ю. "Социольно-психологические особенности формирование креативной сомарегуляции у будущех педагогов". Дес. док фил (PhD) по псих-ким науком. Самарк. 2019.112. с.

13. Муслимов Н.А., Усмонбоева МД., Сайфуров Д.М., Тураев А.Б. Педагогик компетентлик ва креативлик асослари. Т.: 2015.Б 120.

14. Усмонбоева М., Тураев А. "Креатив педагогика асослари" Т.: 2016. Б. 18-19.

15. Мусурмонова М.М. "Креатив ёндашув асосида укитишнинг дидактик таъминотини яратиш механизмлари". "Science and education" Scientific journal. 2018.й. https://www.iiste.org/.

16. Авазбоев А.И., Пардабоев Ж.Э. Талабаларда креативлик сифатларини ривожлантиришнинг самарали йуллари. Замонавий таълим / Современное образование 2018. 8. Б. 20-25.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

17. Абдуллаева Б.С. Фанлараро алокадорликнинг методологик-дидактик асослари (Ижтимоий-гуманитар йуналишлардаги академик лицейларда математика укитиш мисолида).: Пед.фан.докт...дис. автореф.Т.; ТДПУ. 2006. Б.49.

18. Позилова Ш.Х. Олий таълим муассасалари тингловчиларини кайта тайёрлаш ва малака ошириш курсларида креатив укитиш методикаси. Дес.фал.док.(PhD). 2019. Б. 22.

19. Ибрагимова Г.Н. Интерфаол укитиш методлари ва технологиялари асосида талабаларнинг креативлик кобилиятларини ривожлантириш. Дес. фал док (PhD).T:. 2017. Б. 33-34.

20. Муслимов Н.А. «Булажак касб таълими укитувчисини касбий шакллантириш.Т.: Фан, 2004, 124 бет.

21. Мусинова Р.Ю. "Социольно-психологические особенности формирование креативной сомарегуляции у будущех педагогов". Дес. док фил (PhD) по псих-ким науком. Самарк. 2019.112. с.

22. Сирожиддинова .И.М Олий таълим муассасалари талабаларининг касбий-ижодий кобилиятларини ривожлантириш. Дес.... Пед. фан.фал док (PhD).T:.2020. Б. 65.

23. Шокирова Ч.Т. Талабаларнинг ижодий фикрлашини ривожлантириш ва дастурий назорат асосида укитиш самарадорлигини ошириш. Дес....Пед. фан. номз. А .: 2009. Б. 45.

24. Ибрагимова Г.Н. Интерфаол укитиш методлари ва технологиялари асосида талабаларнинг креативлик кобилиятларини ривожлантириш. Дес... Пед фан фал док (PhD).T:. 2017. Б. 33-34.

25. Асадов Ю.М. Индивидуально-психологические особенности учителя как факторы развития профессионализма: Автореф. дис. ... канд. псих. наук. Т.; 2007. 25 с.

26. Алибоев.Т.Ч. Инновацион таълим мух,итида укувчиларда креативлик сифатларини ривожлантириш технологияларини такомиллаштириш. Дес... Пед фан фал док (PhD). Ж.: 2201. Б. 46.

27. Ибрагимова Г.Н. Интерфаол укитиш методлари ва технологиялари асосида талабаларнинг креативлик кобилиятларини ривожлантириш. Дес. фал док (PhD).T:. 2017. Б. 33-34.

28. Jalilov ^di^on Azamatovich. (2021). DEVELOP THE QUALITIES OF PROFESSIONAL CREATIVITY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1080-1083. Retrieved from https://giirj.com/index.php/giiri/article/view/867

29. Nodirjon Azamatovich Jalilov, & Umidjon Fazilov. (2022). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF DEVELOPING CREATIVE QUALITIES OF STUDENTS OF MILITARY EDUCATION FACULTIES. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 7, 37-40. Retrieved from http://aiird.iournalspark.org/index.php/ajird/article/view/201

30. Укитувчи Н.А.Жалилов. (2022). HARBIY TA'LIM FAKULTETLARI TALABALARINING KASBIYKREATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY - PEDAGOGIK ZARURIYATI. Conference Zone, 58-60. Retrieved from http://conferencezone.org/index.php/cz/article/view/626

31. Jalilov ^diiion Azamatovich. (2022). CREATIVITY AS AN IMPORTANT PEDAGOGICAL FACTOR FOR STUDENTS OF MILITARY EDUCATION. Conference Zone, 280-282. Retrieved from http://www.conferencezone.org/index.php/cz/article/view/582

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

32.Guilford J. P. Creative Talents. https://www.amazon.com/Creative-Talents-Their-Nature-Development/dp/0943456150

33. Варлакова Ю.Р. "Развитие креотивности будуших бакалавров педагогического образования в вузе" Дес. кан.пед.наук. Краен. 2013.

34. Гнатко Н.М. Проблема креативности и явление подражания. https://search.rsl.ru/ru/record/01001690092.

35. Лебедева Л. Д. Креативность младших школьников. Дис. ... канд. пед. наук. Ульяновск. 2004. 194 с.

36. Луговая В.Ф. Креативность как компонент адаптационного потенциала личности. Дис. ... канд. псих. наук Санк - Петер. 2005.

37. Зацепилова Л.А. "Развитие креативности курсантов при изучении гуманитарных дисциплин в высшем военно-учебном заведении". Дис. Кан пед наук. Улянск. 2011. 27. с.

38. Поздняков.О.Г. Педагогические пути развития творческих способностей к познавательной деятельности у курсантов военных вузов. Дес. Кан пед наук. Красно. 2013. 39. с.

39. Овсянникова О.Н. "Психолого-педагогические условия развития креативных способностей у курсантов военного вуза (на материале изучения курса иностранного языка)". Дес. Кан пед наук. 0рел-2005. 28. с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.