Научная статья на тему 'RAQAMLI JAMIYATDA MEHRNING TRANSFORMATSIYALASHUV IMKONIYATLARI'

RAQAMLI JAMIYATDA MEHRNING TRANSFORMATSIYALASHUV IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat fuqarolik xizmati / ijtimoiy munosabatlar / mehrsizlik / tajovuz / mehr / mehr voqeligi / mehr hodisasi / mehri madaniyati / transformasiya / integrasiya / interaksiya / kompetensiya. / public civil service / social relations / malevolence / aggression / kindness / reality of kindness / kindness phenomenon / culture of kindness / transformation / integration / interaction / competence.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — B. Sh. Karimov

Мaqolada mehr omilining raqamli jamiyatda shaxslararo munosabatlarni konsensus darajasida barqarorlashtiruvchi imkoniyatlari ochib berilgan. Mehrning integratsion, interaksion, kompetensiyaviy ahamiyati, shuningdek, mehr hodisasining mehr muhitini, mehr voqeligini vujudga keltirishi va uning munosabatlarni transformatsiyalashtiruvchi omil sifatidagi roli tahlil qilingan. Mehr ijtimoiy munosabatlarda barqarorlikni ta‘minlash, befarqlik, asabiylik, tajovuzkorlik, kelishmovchilik, toshbagʻirlik, shavqatsizlik kabi salbiy illatlarning oldini olishidagi oʻziga xos ahamiyati bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE TRANSFORMATION OPPORTUNITIES OF MERCY IN A DIGITAL SOCIETY

The article reveals the possibilities of the affection factor in the digital society to restore interpersonal relations at the level of consensus. The integrative, interactive and competency-based meaning of kindness is analyzed, as well as the fact that the phenomenon of kindness creates an environment of kindness, the reality of kindness, its role as a transforming factor in relationships. The special significance of kindness in ensuring stability in social relations, preventing such negative vices as indifference, nervousness, aggressiveness, discord, stubbornness, and rudeness is described.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI JAMIYATDA MEHRNING TRANSFORMATSIYALASHUV IMKONIYATLARI»

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

Natjonal^n^ersjty^f^zbekMan^^^TranfimB

RAQAMLIJAMIYATDA MEHRNING TRANSFORMATSIYALASHUV

IMKONIYATLARI

B. SH. Karimov

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori, sos.f.d. e-mail: bkarimov73@umail.uz

ANNOTATSIYA

Мaqolada mehr omilining raqamli jamiyatda shaxslararo munosabatlarni konsensus darajasida barqarorlashtiruvchi imkoniyatlari ochib berilgan. Mehrning integratsion, interaksion, kompetensiyaviy ahamiyati, shuningdek, mehr hodisasining mehr muhitini, mehr voqeligini vujudga keltirishi va uning munosabatlarni transformatsiyalashtiruvchi omil sifatidagi roli tahlil qilingan. Mehr ijtimoiy munosabatlarda barqarorlikni ta'minlash, befarqlik, asabiylik, tajovuzkorlik, kelishmovchilik, toshbag'irlik, shavqatsizlik kabi salbiy illatlarning oldini olishidagi o'ziga xos ahamiyati bayon etilgan.

Kalit so'zlar: davlat fuqarolik xizmati, ijtimoiy munosabatlar, mehrsizlik, tajovuz, mehr, mehr voqeligi, mehr hodisasi, mehri madaniyati, transformasiya, integrasiya, interaksiya, kompetensiya.

THE TRANSFORMATION OPPORTUNITIES OF MERCY IN A DIGITAL

SOCIETY

Karimov B.SH.

Academy of Public Administration under the President Republic of Uzbekistan, doctor of sociological sciences, professor. e-mail: bkarimov73@umail.uz

ABSTRACT

The article reveals the possibilities of the affection factor in the digital society to restore interpersonal relations at the level of consensus. The integrative, interactive and competency-based meaning of kindness is analyzed, as well as the fact that the phenomenon of kindness creates an environment of kindness, the reality of kindness, its role as a transforming factor in relationships. The special significance of kindness in ensuring stability in social relations, preventing such negative vices as

326

April 20, 2024

International Scientific and Practical Conference

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

indifference, nervousness, aggressiveness, discord, stubbornness, and rudeness is described.

Keywords: public civil service, social relations, malevolence, aggression, kindness, reality of kindness, kindness phenomenon, culture of kindness, transformation, integration, interaction, competence.

Mehr hodisasining ijtimoiy mohiyati odamlarni yaxshilik yo'lida birlashtiruvchi kuch tarzida namoyon bo'ladi. Mehr omili gumanistik maqsadlarga erishish uchun ham ratsional, ham hissiy emotsional asoslarga tayanadi. Mehrda jamoatchilik fikrini ijobiy tomonga o'zgartira olish qudrati asosiy sotsiologik paradigma sifatida ilgari suriladi. Mehr omili munosabatlarni pozitiv yo'nalishga olib kirish va o'zaro konsensus muhitiga erishish zanjirida asosiy rol o'ynaydi.

Mehr jamiyatda fuqarolarni muayyan pozitiv muhit, ishonch, samimiyat, erkinlik, xotirjamlik, baxtiyorlikka qurilgan munosabatlarga asos bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, «Jamiyatimizda sog'lom fikr, sog'lom kuch ustuvor bo'lishi uchun biz ma'naviy hayotimizni yuksaltirish, aholi, avvalo yoshlarimizni turli zararli ta'sirlardan asrash, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash haqida muntazam o'ylashimiz, faol ish olib borishimiz zarur» [1, 229-b]. Mehr voqeiyligi har bir insonda shukronalik, baxt, yashashga ishonch, ezgulikka umid, kelajakka intilish hissini uyg'otadi va rivojlantiradi. Shuningdek, mehr omili ijtimoiy munosabatlarda kelishmovchilik va nizoli jarayonlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Bir so'z bilan aytganda, «mehr» bugungi kunda zamondoshlarimiz orasida juda tor ma'noda idrok qilinmoqda. Agar biz bugun mehrni onaning bolasiga silai rahmi degan tushuncha doirasida tushunadigan bo'lsak, bu tushunchaning ijtimoiy munosabatlarni shakllantiruvchilik hamda ijobiy yo'naltiruvchilik imkoniyatlaridan mahrum bo'lamiz. Jamiyatda yalpi mehrsizlik muhiti avj olishi esa ijtimoiy munosabatlarni rizo (kompromiss) holatidan nizoga (konflikt) olib o'tishda, qahr, g'azab, o'ch olish, urushga olib borishga sabab bo'ladi.

Bugungi kunda ijtimoiy maydonda mehr muhitini shakllantirish, mehr voqeyligini keltirib chiqarish, mehr hodisasiga sabab bo'luvchi omillarni rivojlantirish, mehr madaniyatini yuksaltirish, insonda ijobiy fazilatlarni qaror toptirish xalqaro dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Mehrning jamiyatda ijtimoiy munosabatlarning barqarorlashuvi va yuksalish tendensiyalaridagi rolini aniqlash, mehrning tarixiy ildizlarini o'rganish orqali milliy qadriyatlarimizni qaror toptirish, mehrsizlikning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, huquqiy oqibatlarini tasniflash va ularning negativ rivojlanish sabablarini o'rganish muhim ahamiyatga ega.

327

April 20, 2024

International Scientific and Practical Conference

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

Mehr va mehrlilik tushunchalarining Sharq va G'arb mutafakkirlari tomonidan talqin etilishi, milliy turmush tarzimizdagi mehrning olinishini qadriyat sifatida e'zozlanishi qatorida mehr berish qadriyatini ham teng kuchli diskurs sifatida joriy etish maqsadga muvofiq. Shaxsda mehrlilik darajasini baholash indikatorini aniqlash orqali shaxslararo munosabatlarda mehrlilik holatini o'rganish bilan ijtimoiy makonda ijobiy samaraga ega bo'lish mumkin.

Zamonaviy oilaviy munosabatlarda oila a'zolarining bir-biriga bo'lgan mehrlilik darajasini oshirish bo'yicha tajribaning yetarli emasligi, mehr tushunchasining ijtimoiy munosabatlarni konsensus darajasida yuksaltirishdagi roli yetarlicha ochib berilmaganligi, zamonaviy rahbar imidjini shakllantirishda soft skills - yumshoq ko'nikmalarni rivojlantirish jamiyat barqarorligining muhim omili ekanligi hech kimga sir emas.

Mehr borasidagi mulohazalarni empirik asoslashning ahamiyati katta. Chunki, bilish jonli hissiy mushohadadan, bevosita kuzatishdan boshlanadi. Hissiy tajriba insonni tashqi olam bilan bog'lab turadi. Nazariy bilim esa empirik bazisni kuchaytiradi. Yoshlikda ko'rsatilgan mehr, oilaviy mehrdan oziqlanib ulg'ayish -empirik baza bo'lsa, oladigan nazariy bilimlarimiz asos hisoblanadi. Nazariy asoslashda keng foydalaniladigan usul - deduktiv xulosa chiqarish usuli, ya'ni, umumiy chin mulohazalarga tayanib fikr yuritish, deduktiv xulosa chiqarish yuqoridagilarni uchta yo'nalish bo'yicha o'z ichiga oladi.

Jumladan, deduktiv xulosa chiqarishning aylantirish, almashtirish va predikator qarama-qarshi qo'yishda A (umumiy tasdiq hukm) Ye ga (umumiy inkor) ga Ye-A ga, A-U (juz'iy tasdiq) O - (juz'iy inkor) - O ga aylantiriladi. Masalan:

A: hamma insonlar mehrga muhtoj;

Ye: mehrni xohlamaydigan hech bir inson bo'lmaydi;

E: hech bir yaxshi inson mehrsiz bo'lmaydi;

A: hamma yaxshi insonlar mehrlidirlar va hokazo.

Shuningdek, almashtirish usulida A-A ga, Ye-Ye ga, U-U ga almashadi, ya'ni ega va kesimning o'rni almashadi, saqlanadi. Misol:

A - samimiy insonlar mehribondir.

A - mehribon insonlar samimiydirlar.

Ye - hech bir yomon odam mehribon emas.

E - har bir mehribon yomon emas.

Shu bilan birga, predikatiga qarama-qarshi qo'yish usulda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so'ngra almashtiriladi. Natijada hosil qilingan mulohazaning sub'ekti, ya'ni egasi, asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning sub'ektiga mos bo'ladi.

S-P / P-S. Bu yerda S - ega, P - kesim.

April 20, 2024

328

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

NationalUniversityofUzbekista^^^^^ransf2¡ma

Bunda xulosa S ning inkor shaklida bo'lishi xulosa bog'lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qo'yishda A-Ye ga, Ye-U ga, O-U ga o'zgaradi. Ya'ni A-umumiy tasdiq hukm, Ye-umumiy inkor hukm, U-juz'iy tasdiq hukm, O-juz'iy inkor hukm. Masalan:

A - mehr - insonning komillik nishonasidir.

Ye - hech bir komil inson mehrsiz bo'lmaydi.

E - barcha bilib-bilmay qilingan yaxshiliklar zamirida mehr yotadi.

U - ba'zi yaxshiliklar mehrdandir.

O - ba'zi salbiy holatlar mehrsizlikdandir.

U - ba'zi ijobiy xatti-harakatlar mehribonlikdandir.

Mehr tushunchasini mantiqiy determinant orqali ifoda etganimizda:

A - haqiqiy inson mehrli bo'ladi.

Ye - hech bir qahrli inson mehrli emas. - Bular orasidagi munosabat qat'iy. A - haqiqiy inson mehrli bo'ladi.

O - ba'zi insonlar mehrli. - Bular orasidagi munosabat bo'ysunuvchi. E - hech bir qahrli inson mehrli emas. U - ba'zi insonlar mehrsiz. - Bu ham bo'ysunish munosabati. U - ba'zi insonlar mehrli.

O - ba'zi insonlar mehrsiz. - Ziddiyatli munosabat.

A bilan O o'rtasidagi, Ye bilan U o'rtasidagi munosabatlar ham ziddiyatli hisoblanadi.

Respondentlarning «Mehrsizlik salbiy oqibatlarga olib keladi, deb o'ylaysizmi?» degan savolga bergan javoblari:

1- diagramma. Mehrsizlik salbiy oqibatlarga olib keladi, deb o'ylaysizmi?

Respondentlarning 71 foizi mazkur savolga «Ha» deb munosabat bildirgan. Ularning 14,7 foizi esa «Yo'q» degan. «Siz tanimagan kishingizga zarurat yuzasidan

April_20,_2024_

329

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

mehribonlik qila olasizmi?» degan savolga berilgan javoblar bilan mutanosib. Demak, so'rovda ishtirok etganlarning ko'pchiligi mehrlilikni bir tomondan ijtimoiy zarurat deb bilsa, ikkinchi tomondan mehr bo'lmagan joyda salbiy holatlar avj olishidan xavotirda ekanliklarini aytishgan.

Mehrlilikning ijtimoiy foydalilik koeffisenti va mehrsizlikning ijtimoiy, ma'naviy-axloqiy degradatsiyaga olib boruvchi funksiyalari aniqlash, ijtimoiy munosabatlarni mehr asosida amal qilish xususiyatlari jumladan, global, milliy, guruhiy, oilaviy, korporativ, vertikal va gorizontal omillarini ochib berish ham muhim ahamiyatga ega.

Yangi O'zbekistonda ma'rifatli jamiyatni barpo etishda fuqarolarni o'zaro jipslashtiruvchi mehr komponentlarini tizimlashtirish, hamda barqarorlashtirishda ayrim jihatlarini raqamlashtirish, bir o'lchamli «Mehrlilik darajasini baholash indikatori» ni joriy qilish maqsadga muvofiq. Mehrsizlikning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, huquqiy oqibatlari sotsiologik tasniflandi va ularning negativ rivojlanish sabablari o'rganish lozim.

Mehr sog'lom va baxtli hayot kechirishga yordam berishi, mehribonlik qilish uchun shaxsiy hayotini qanday qilib ijtimoiylashtirish va odamlarga mehr berib, baxtli bo'lish mumkinligini bilib olish, tashkilotlarda mehrlilikning o'zaro namoyon bo'lishi va ulardagi o'xshashlik va tafovutlar shaxsning jinsi, yoshi, kasbi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy guruhlanishiga ko'ra tahlil qilish orqali shaxslararo mehrlilik darajasini mustahkamlash omillarini ko'rish mumkin.

Respondentlarning «Siz atrofdagilarga mehrni qaysi ko'rinishda berasiz?», degan savolga javoblari quyidagicha:

XymMyoMa.a.Higa 59,8%

TaßaccyM 6n. iaii 117,2%

Энг la'pai*. in naÖTga Ky..a6-KyBBaT.afiMaH 1 8,9%

X,aëTH Ba TaKgnpHHH yîrapTHpnmga t 6,4%

^ynoK.a6 KypnmHmga 1 3,5%

floHMHÖ xaßapgop.Higa 2,3%

X,aga Ba coBFa.ap ßepnm 6n. iaii 1%

napBapnm.am 6n. iaii 0,8%

2- diagramma. Siz atrofdagilarga mehrni qaysi ko'rinishda berasiz?

330

^_April_20,_2024_

International Scientific and Practical Conference

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

^ationalUniversityofUzbekista^^^^^ranfimSiiSno

So'ralganlarning mehrni xushmuomalalikda (59,8%) deb tushunishi shaxslararo munosabatlarni yanada mustahkamlash kerakligini ko'rsatadi. Mehrni xushmuomalalikda deb tushunish ko'pincha unga yuzaki yondashuvni keltirib chiqaradi. Mehrga asoslangan munosabat mehnat, ish, xizmat bilan mustahkamlanadi. Albatta xushmuomalalik ayni paytda interaktsion jarayonda samimiylik bilan o'zaro uyg'unlashib ijobiy ijtimoiy manzara kasb qiladi. Ammo bu hamisha ham samimiy munosabatlarga zamin bo'la olmasligi, ayrim hollarda esa bu insonlarning ishonchiga kirish va keyinchalik o'z manfaatlariga burishlarini kuzatish mumkin. Kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, mehnatga asoslanmagan har qanday ijtimoiy munosabat mehrga ega bo'lolmaydi.

Mehrning munosabatlarni ijobiy shakllantirish imkoniyatlarini ko'rib chiqar ekanmiz mehribonlik mehr hodisasini keltirib chiqarishiga guvoh bo'lamiz. Mehr hodisasi mehr voqeligini vujudga keltiradi. Mehrga asoslangan munosabatlar mehr madaniyatini shakllantiradi. Mehr tajovuzkorlik, kelishmovchilik, ko'nglisiniqlik, befarqlik, toshbag'irlik, asabiylik, shafqatsizlik kabi salbiy illatlarning oldini oladi. Mehr bu transformasiyalashgan tuyg'u sifatida insonning borliqqa nisbatan eng yuksak va samimiy munosabati hisoblanadi. Jamiyatda shaxsning individual yuksak insoniy tuyg'ulari mehr tarzida ijtimoiy munosabatlarda ta'sirchan va doimiy namoyon bo'ladi. Mehr bu aql qarori bilan ataylab qilinadigan ish. Maqsad, reja, harakat va natijalar majmuidir. Mehr ong orqali shakllantirib, hissiyotga transformatsiya bo'linuvchi hodisa hisoblanadi. Prezidentimizning ma'rifatli jamiyat konsepsiyalari negizi ham mehr omiliga asoslangan.

Bugungi kunda shaxslararo mehrlilik darajasini tizimli sotsiologik assessmentlash orqali optimallashtirish muammosining dolzarbligi avvalo nazariy jihatdan ma'lum darajadagi ilmiy mushohadalarning taqchilligi, amaliy jihatdan ushbu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan alohida Empirik tadqiqotlar olib borilmaganligi kabi holatlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Mehr hodisasi murakkab va tizimli tarzda kechadigan ijtimoiy jarayonlarning mahsuli bo'lib, uning sodir bo'lishi ham ratsional, ham shaxs fe'l-atvori, ruhiyati bilan bog'liq emotsional omillarga bog'liq. Mehrlilik jamiyatning barqaror rivojlanishini ta'minlovchi ijtimoiy-ma'naviy sterjen sifatida namoyon bo'ladi.

REFERENCES:

1. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. J-2. - Toshkent: NMIU, 2018. - B. 229.

2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: «O'zbekiston» nashriyoti, 2021. - B. 464.

331

^_ApriL20_202£_

International Scientific and Practical Conference

O'zbekiston Milliy universiteti National University of Uzbekistan

Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi PF-60-sonli Farmoni. lex.uz.

4. Abu Bakr Ar-Razi. Duxovnaya meditsina. - Dushanbe, Irfon. 1990. - B. 88.

5. Abu Nasr Farobiy. Fazilat, baxt - saodat va kamolot haqida. - T.: Yozuvchi. 2001. - B. 89.

6. Abu Homid G'azzoliy. Mukoshafat-ul Qulub (Qalblar kashfiyoti) Toshkent: «Movarounnahr» nashriyoti. - B. 480.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami, T.: «Fan», 2000. - B. 264.

8. Amir Temur. Temur tuzuklari. - T.: «Fan va texnologiyalar» nashriyoti. 2014. - B. 196.

9. Avloniy A. Guliston yoxud axloq. -T.:O'qituvchi. 1967. 128 bet.

10. Bekmurodov M.B. Zamonaviy boshqaruv sosiologiyasi. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2020. - B. 436.

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.