Научная статья на тему 'KEKSA YOSHLILARGA IJTIMOIY XIZMAT KOʻRSATISHDA QADRIYATLARNING AHAMIYATI'

KEKSA YOSHLILARGA IJTIMOIY XIZMAT KOʻRSATISHDA QADRIYATLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Keksa yoshlilar / qadriyat / diniy qadriyat / milliy qadriyat / umuminsoniy qadriyat ijtimoiy xizmat. / Elderly / value / religious value / national value / universal value social service

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — O. A. Dulanbayeva, I. U. Ochilboyeva

Ushbu maqolada keksa yoshlilarga alohida e‘tibor qaratish, keksa yoshlilarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishda milliy va diniy qadriyatlarning ahamiyati haqida ma‘lumot berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IN PROVIDING SOCIAL SERVICES TO THE ELDERLY IMPORTANCE OF VALUES

This article covers the importance of national and religious values in providing social services to the elderly, with a special focus on the elderly.

Текст научной работы на тему «KEKSA YOSHLILARGA IJTIMOIY XIZMAT KOʻRSATISHDA QADRIYATLARNING AHAMIYATI»

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

KEKSA YOSHLILARGA IJTIMOIY XIZMAT KO'RSATISHDA QADRIYATLARNING AHAMIYATI

0. A. Dulanbayeva

Sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, O'zbekiston

1. U. Ochilboyeva Sotsiologiya yo'nalishi 4-kurs talabasi

O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada keksa yoshlilarga alohida e'tibor qaratish, keksa yoshlilarga ijtimoiy xizmat ko'rsatishda milliy va diniy qadriyatlarning ahamiyati haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar. Keksa yoshlilar, qadriyat, diniy qadriyat, milliy qadriyat, umuminsoniy qadriyat ijtimoiy xizmat.

IN PROVIDING SOCIAL SERVICES TO THE ELDERLY IMPORTANCE OF

VALUES

0. A Dulanbayeva

Doctor of Philosophy (PhD) in Sociology National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

1. U Isomiddinova 4th year student of sociology

National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

ABSTRACT

This article covers the importance of national and religious values in providing social services to the elderly, with a special focus on the elderly.

Keywords. Elderly, value, religious value, national value, universal value social service.

Kishilik jamiyatining turli bosqichlarida qariyalarga munosabat ko'rsatishda diniy, milliy, qolaversa umuminsoniy qadriyatlarning o'rni g'oyat katta bo'lgan. Ushbu xolat ayniqsa dinlarning muqaddas kitoblarida, turli davrdagi falsafiy ta'limotlarda, san'at asarlarida ifodalangan. Misol uchun qadimgi Bobil svilizatsiyasidagi ilk yozma manbalardan biri "Gilgamish" dostonida keksalik inson kamolotining cho'qqisi, ularga hurmat oliy fazilatlardan biri sanaladi [1]. Qadimgi xitoy svilizatsiyasida esa, yoshi ulug' kishilarni xurmat qilish, ularni qadirlash muhim axloqiy me'yorlardan biri hisoblangan. Ushbu ahloqiy ko'rsatmalar Konfutsiy

175

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

tomonidan ishlab chiqilgan axloqning beshta oltin qoidasi deb nomlangan tamoyilga kiritilgan [2].

Keksa yoshli kishilarga alohida e'tibor ko'rsatish, ularni xazinani qadrlaganday, qadrlash an'anasi qadimgi xind ta'limotlarida "Satradaniya" atamasi bilan izoxlangan. "Rigveda" madh qo'shiqlarida Qarisi bor xar bir xonadon xazinasi bor xonodon sanaladi deya uqdiriladi. "Rigveda"da ushbu nasixatlar xalqimizning "Qarisi bor uyning parisi bor" degan maqoliga ayni mos keladi.

Qariyalarga o'ziga xos, aloxida munosabatda bo'lishda, umuman olganda, yoshi katta insonga hurmat ko'rsatishda diniy qadriyatlarning o'rni muhim o'rin tutadi. Masalan islom dinida ota-ona, shuningdek, jamoaning yoshi ulug'lariga bo'lgan insonparvarlik munosabati "Qur'on" va "Hadislarda" o'z ifodasini topadi. "Qur'onda" "Biz insonga ota onasiga yaxshilik qilishni buyurdik" oyati keksa yoshli insonlarga xurmat ko'rsatishni ham bildiradi [3]. Shuningdek Xadislarda "Agar ota-onang vafot etgan bo'lsa, ularning yaqin birodarlariga yaxshilik qil" deb uqdiriladi [4]. Qolaversa, islom dinidagi zakot tizimi kambag'al, yetim, beva bechoralar bilan bir qatorda, boquvchisini yo'qotgan qari, yordamga muxtoj kishilarga moddiy yordam berishni ham nazarda tutadi.

Shuningdek keksa yoshli kishilarga alohida hurmat ko'rsatish haqida payg'ambarning quyidagi hadislarini misol qilib keltirish mumkin: "Har bir kishi keksa yoshda bo'lgan shaxsning maqomi va fazilatini yoshiga qarab bilsa va uni hurmat-ehtirom qilsa, Alloh taolo uni oxiratdan qo'rqish va xavotirlanishdan saqlaydi". Shuningdek keksalik masalalariga Islom dinida ham o'rinli fikrlar keltirib o'tilgan. Dinimiz keksalarni hurmat-ehtirom qilish va ularni muhofazat etishni jamiyatning har bir shaxsi uchun vojib etib ko'rsatma beradi. Rasuli Akram salallohu alayhi va olihi va sallam shunday marhamat qiladilar: "Musalmon keksalarni hurmat-ehtirom qilish Alloh taologa ta'zim qilishdir". Yoki boshqa bir joyda shunday buyuradilar: "Har bir kishi keksa yoshda bo'lgan shaxsning maqomi va fazilatini yoshiga qarab bilsa va uni hurmat-ehtirom qilsa, Alloh taolo uni oxiratdan qo'rqish va xavotirlanishdan amonda saqlaydi". Yoshi ulug' insonlarni qadrlash va kichiklarga mehr-muhabbat ko'rsatish islom dinining axloqiy dasturulamallaridan sanaladi va oila poydevorini musaffo aylab, mustahkamlaydi. Imom Sodiq alayhissalom bu haqda shunday marhamat etadilar: "Kichiklarga rahim-shafqat qilmagan va keksalarimizning qadrlarini bilmaganlar bizdan emas". Keksa yoshlilarga insonparvarlik munosabatini ko'rsatishda diniy qadriyatlar bilan birga milliy qadriyatlarning ham ahmiyati yuqori. Bu manoda milliy qadriyatlar asrlar davomida jamiyat tomonidan o'rnatilgan muayyan xulq-atvor standartlari asosida shakllanadi. Shu bois keksalarga ijtimoiy hizmat ko'rsatishda ularning ham roli sezilarli sanaladi. Aksariyat holda milliy qadriyatlar odob axloq me'yorlari tarbiyaning o'ziga xos shakli sifatida namoyon bo'ladi.

Keksa yoshli kishilarga ijtimoiy xizmat ko'rsatishda diniy qadriyatlar bilan birga, umumiinsoniy qadriyatlarning ham ahamiyati g'oyat muhim o'rin tutadi. Boisi umuminsoniy qadriyatlar aynan diniy, milliy qadriyatlarning o'ziga xos jamlanmasi sanaladi. Bu ma'noda umuminsoniy qadriyatlar barcha madaniyatlarga ta'luqli bo'lish bilan bir qatorda, bugungi

April 20, 2024

176

O'zbekiston Milliy universiteti National University of Uzbekistan

y

Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

kundagi xalqaro va milliy me'yorlarning asosi hisoblanadi. Keksa yoshlilarga ijtimoiy xizmat ko'rsatishda umuminsoniy qadiyatlarning ahamiyati ayniqsa, Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh assambleyasi tomonidan 1992-yil 16-dekabrda qabul qilingan "Keksalarni ijtimoiy himoya qilish" to'g'risidagi huquqiy tamoyilda ifodalanadi. Mazkur huquqiy xujjat o'z ichiga quyidagi tamoyillarni oladi:

1. "Erkinlik" tamoyili. Ushbu tamoyilga ko'ra, keksa yoshli insonlar hayot uchun eng zarur bo'lgan: oziq-ovqat, boshpana, kiyim kechak va tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egalar. Hayot uchun zarur bo'lgan mazkur huquqlarni amalga oshirish uchun ularni yetarli mablag' bilan ta'minlash kafolatlanadi.

2."Ishtirok" tamoyili. Ushbu tamoyil keksa yoshlilarni jamiyat hayotidagi ishtirokini ta'minlashni, shuningdek, o'zlarining ma'nfatlariga doir siyosiy va amaliy dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qatnashishlariga imkon berishni nazarda tutadi. Shuning bilan birgalikda, keksa yoshli kishilarning boy tajribasidan foydalanish, ularning hayotiy bilmlarini yosh avlodga yetkazishda yordam berish, turli manfat klublari, norasmiy tashkilotlarni tuzish ko'zda tutiladi. Ayni tamoyil keksa yoshli kishilarni psixologik qo'llab quvatlashga, ularni jamiyatdan begonalashuvini oldini olishga, o'zlarini ijtimoiy hayotga kerakli xis qilishga imkon beradi.

3. "Parvarish" tamoyili. Mazkur tamoyil qadriyalarni jamiyat, davlat, oila institutlari tomonidan himoyalanishini ko'zda tutadi. Shuningdek, ularga salomatliklarini tiklash, sog'ayish, zarur bo'lganda, kassalik xavfidan ogohlantirish maqsadida tibbiy xizmat ko'rsatish lozimligi keltiriladi. Buning uchun Davlatlarning ijtimoiy himoya milliy dasturlari doirasida turli kassalxonalar, sixatgohlar, salomatlikni tiklash tashkilotlarini tuzish, ularning faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi.

4. "Ichki imkoniyatlarni amalga oshirish" tamoyili. Ushbu tamoyilga muvofiq, keksa yoshli kishilarning qiziqishlari, ichki potensiallarini amalga oshirish istagi hurmat qilinadi. Ularni o'zlarini har tomonlama rivojlantirishlari uchun shart- sharoitlar yaratish nazarda tutiladi. Ta'lim, madaniy xordiq olish, diniy ma'naviy meros kabi jamiyatning ijtimoiy resurslaridan foydalanishga imkon yaratiladi.

5."Qadr-qimmat" tamoyili. Ushbu tamoyil keksa yoshli insonlarga hayotlarini mazmunli, xavfsiz o'tkazishni kafolatlaydi. Ularni turli jismoniy, psixologik, tajovuslardan himoya qilishni nazarda tutadi. Shuningdek, keksa yoshli insonlarga ularning yoshi, irqi, jinsi, millati, iqtisodiy holatidan qat'iy nazar hurmat bilan muomilada bo'lish lozimligini ko'rsatadi. Yuqoridagi mulohazalarni umumlashtirib aytish mumkinki, keksa yoshli kishilarga hurmat ko'rsatish, ularni e'zozlash g'oyalari uzoq tarixiy ildizga ega. Keksa yoshli inson qadimgi Bobil, Hind, Xitoy madaniyatlarida katta hayotiy tajribaga ega, donishmand inson sifatida baholanadi. Jahon dinlari: buddaviylik, xristianlik hamda islom dinlarida esa, yoshi ulug' kishilar alohida hurmat iltifot ko'rsatilishi zarur bo'lgan toifa sifatida e'tirof etiladi. Ayni ushbu munosabat bugungi kunda keksalarga ijtimoiy xizmat ko'rsatishda diniy qadriyatlarning o'rni yuqori ekanligini ko'rsatadi. Shuningdek, diniy milliy qadriyatlar bilan bir qatorda umuminsoniy qadriyatlar ham, qariyalarga ijtimoiy xizmat ko'rsatishda muhim o'rin tutadi. Bu

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

ayniqsa Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon Sog'liqni saqlash tashkilotlarining keksalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan huquqiy me'yoriy hujjatlari aynan umuminsoniy qadriyatlar tamoyillariga asoslanganligini ko'rsatadi.

REFERENCES:

1. Religion in Modern Societas. Gunnar Skirbekk. Routledge 2024.

2. "Большой катехизис" Martin Lyuter. ISBN 978-5-7454-1346-9. 2013.

3. 604 sahifali Qur'onda.77-106 sahifa. 4-6 juz.

4. Sodiqova Sh.M. Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida keksalarni ijtimoiy himoyalashning sotsiologik tahlili. Sotsiologiya fanlari bo'yicha fan doktori diss. avtoref. -Toshkent: O'zMU, 2016. - B. 18. - 63 b.

5. Садыкова Шахида Мархабаевна. Актуальные вопросы социальной защиты пожилых людей в Узбекистане // НАУ. 2015. №4-6 (9). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/aktualnye-voprosy-sotsialnoy-zaschity-pozhLlyh-lyudey-v-uzbekistane (дата обращения: 18.04.2024).

6. Zaitov E. K. Theoretical and methodological approaches to social work with deviant youth prone to harmful habits //Theoretical & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука. - 2021. - №2. 12. - С. 1067-1069.

7. Хайринисо Тайировна Хусанова. Ащлини ижтимоий хцмоялаш - инсон капиталини ривожлантириш омили сифатида // Academic research in educational sciences. 2022. №NUU Conference 2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/a-olini-izhtimoiy-imoyalash-inson-kapiMini-rivozMantirish-omili-sifatida

8. Сабирова У. Ф. Социология как путь повышения интеллектуального потенциала общества Узбекистана //Журнал социальных исследований. - 2020. - Т. 3. - №. 5.

9. Kholbekov A.J. "Jamiyat ijtimoiy sohasi" tushunchasiga doir. // "Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari tuplami (Toshkent sh., 25-may 2023.). -Toshkent : UzMU. - B/ 53-56.

10. Alikarieva Alokxon. Sociological survey in the implementation of the educational quality management system// International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers. Volume-11| Issue-5| 2023 Published: |22-05-2023| https://doi.org/10.5281/zenodo.8003531

178

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.