Научная статья на тему 'MILLIY VA DINIY QADRIYATLARNING INSON TARBIYASIDAGI O’RNI'

MILLIY VA DINIY QADRIYATLARNING INSON TARBIYASIDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2070
103
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
QADRIYAT / MILLIY QADRIYATLAR / DINIY QADRIYATLAR / QADRIYAT SHAKLLARI / HALOLLIK / OILAGA MUHABBATNI / VATANGA MUHABBATNI SHAKLLANTIRISH

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Barotov Sh.R., Ikromova S.A.

Ushbu maqolada qadriyatlarning kelib chiqish shakllari va jihatlari haqida aytib o’tilgan. Hamda milliy va diniy qadriyatlarning inson tarbiyasida muhim o’rin egallashi asoslab berilgan. Milliy qadriyatlarni tiklash va hayotga tadbiq etishni yanada takomillashtirish haqida xulosalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF NATIONAL AND RELIGIOUS VALUES IN HUMAN EDUCATION

This article talks about the forms and aspects of the origin of values. It is also justified that national and religious values occupy an important place in human education. There are conclusions about the restoration of national values and further improvement of the development of their application to life.

Текст научной работы на тему «MILLIY VA DINIY QADRIYATLARNING INSON TARBIYASIDAGI O’RNI»

СОВРЕМЕННЫЕ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЕ

УДК 159.9(075.8)

Barotov Sh.R.

Psixologiya fanlari doktori, professor, Xalqaro psixologiya fanlari

Akademiyasi akademigi Ikromova S.A.

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti mustaqil tadqiqotchisi

MILLIY VA DINIY QADRIYATLARNING INSON TARBIYASIDAGI

O'RNI

Annotatsiya: Ushbu maqolada qadriyatlarning kelib chiqish shakllari va jihatlari haqida aytib o'tilgan. Hamda milliy va diniy qadriyatlarning inson tarbiyasida muhim o 'rin egallashi asoslab berilgan. Milliy qadriyatlarni tiklash va hayotga tadbiq etishni yanada takomillashtirish haqida xulosalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Qadriyat, milliy qadriyatlar, diniy qadriyatlar, qadriyat shakllari, halollik, oilaga muhabbatni, Vatanga muhabbatni shakllantirish.

Barotov Sh.R., doctor of psychological sciences

professor academician

International Academy of Psychological Sciences

Ikromova S.A. independent researcher Bukhara Institute of Psychology and Foreign Languages

THE ROLE OF NATIONAL AND RELIGIOUS VALUES IN HUMAN

EDUCATION

Abstract: This article talks about the forms and aspects of the origin of values. It is also justified that national and religious values occupy an important place in human education. There are conclusions about the restoration of national values and further improvement of the development of their application to life.

Key words: value, national values, religious values, forms of value, honesty, formation of love for the family, love for the Motherland.

Kirish. Qadriyatlar har bir jamiyatning iqtisodiy -ijtimoiy, ma'naviy-madaniy taraqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o'sha zamonda yashagan odamlarning orzu -umidlari, istaklari, talab va ehtiyojlari o'z aksini topadi. Vaqt va zamonlar o'tishi bilan qadriyatlarning shakli, mazmuni va ma'nosi o'zgarib boradi.

Shuning uchun ham qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatiga baho berganda aniq tarixiy shart - sharoitlarni doimo e'tiborga olish kerak.

Jamiyat, millat hayotidagi o'rni, ijtimoiy xarakteriga qarab quyidagi qadriyatlarga ajratish mumkin:

- milliy va umuminsoniy;

-sinfiy yoki diniy;

- shuningdek, kishilarning yoshi;

- professional xususiyatlariga xos qadriyatlar.

Insonning qadr - qimmati, sha'ni, or - nomusi, milliy g'ururi - milliy qadriyatlar bilan bevosita bog'liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o'ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo'lib, o'sha millat bosib o'tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo'shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu mil-liy o'ziga xoslik, o'ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, san'atida, tilida, dinida, tarixiy xotirasida, yashash, ishlash va fikrlash tarzida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o'z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma'naviy madaniyat ifodasi bo'lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo'shgan munosib hissasining hosilasidir.

Asosiy qism. Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm -rusumlar, bayramu-sayillar atshkil eatdi. o'zbek milliy qadri-yatlari mazmunida insonparvarlik g'oyalari yotadi. Uzoq tarix davomida o'zbeklarning o'zaro munosabatlarida, kundalik turmush tarzida o'zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o'zaro hurmat, bir - biriga suyanish va yaxshi qo'shnichilik, bolajonlik va ota - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har tomonlama e'zozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o'sha millatga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazilatlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy - madaniy meros xazinasiga qo'shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko'rsatkichdir.

Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamonga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O'zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik qadriyatlar xalqimiz turmush tarziga kirib kela boshladi. Milliy qadriyatlarimizning yorqin ko'rinishlari sifatida: vatanga muhabbat, do'stlikka sadoqat, ishonch, oilaga vafo hamda mehr tuyg'ularini misol qilib keltirishimiz mumkin. Inson faqatgina dunyoviy bilimlarni o'zlashtirib, yoki bo'lmasa insonga xos bo'lgan mehr, sadoqat, ishonch, odob-axloq, hurmat, tinchlik kabi tushunchalar haqida bilimga ega bo'lishning o'zigina uning ma'nan yetuk bo'lib yetishishi uchun yetarli bo'lmaydi.Insonga uning irodasi qudrati, mas'uliyat tuyg'usini shakllantirish, kasbga, atrofdagilarga mehnatga, ruhan va qalban mehrli va oqibatli bo'lish tuyg'ularini shakllantirish, yuragida ulug' maqsadlar tug'ilishiga va jamiyatda borayotgan hodisalarga o'z fikrini bildira olishiga erishishimiz lozim. Yoshlarda shu xususiyatlarni shakllantirishning turli usullari mavjud: ota- bobolarning

pand- nasihatlarini tinglash va bundan o'zi uchun to'g'ri xulosa chiqarish qobiliyatini shakllantirish orqali, eng muhimi yoshlarga uzluksiz tarbiyani jonu-dildan berish orqali va tinimsiz izlanishlar natijasida erishish mumkin.

Dunyodagi barcha millat va elatlarning asrlardan buyon saqlanib kelayotgan milliy qadriyatlari mavjud. Millatimizning ham uzoq o'tmishlardan buyon saqlanib qolgan juda ko'p milliy qadriyatlari mavjud bo'lib, avlodni mana shu qadriyatlar asosida tarbiyalash bu umuminsoniy va milliy tuyg'ularni shakllantirishning eng asosiy negizi hisoblanadi. Tarbiya bu uzluksiz va tizimli jarayon bo'lib, inson tug'ilganidan to keksalikka qadar davom etadi.

Shu boisdan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2019 yildagi 1059-son qarorini aynan tarbiya sohasida amal qilinishi kerak bo'lgan ustuvor jihatlar bor. Qarorda "...yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish; ..." kerakligi belgilangan. Bu yo'lda biz milliy va diniy qadriyatlarimizdan oqilona foydalanib yoshlarning tarbiyasida ijobiy o'zgarishlar qilishimiz mumkin. Ko'p hollarda milliy va diniy qadriyatlarning bir-biriga chambarchas bog'lanib ketganining guvohiga aylanamiz. Misol uchun, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo'lish, barchaga salom berish.

Milliy va diniy qadriyatlarimizdan yana biri halollik hisoblanadi. Buyuk bobokalonimiz Bahouddin Naqshbandning "Ibodat o'n qism bo'lsa, shundan to'qqiz qismi halollikni talab qilish, qolgan bir qismi boshqa ibodatlardir", degan o'gitlari halollik maqomi qanchalar yuksak ekanini ko'rsatib beradi. Halollik har tomonlama poklikni ifodalaydi. Yana shu o'rinda Navoiy bobomiz o'gitlari yodga keldi. Buyuk mutafakkir barkamollik namunasi bo'lgan Farhodni tavsiflab,

"Demangkim, ko'zi poku ham so'zi pok, Dili poku, tili poku ham o'zi pok", deydi.

Halollikning eng muhim jihatlaridan biri o'g'rilik, poraxo'rlik, firibgarlik, davlat mulkini talon-taroj qilish kabi bu kishilar mulkiga tajovuz va xiyonat qilishdan tiyilish sanaladi. Halollikning muhimligidan, unga olib boruvchi vositalarning barchasi, ayniqsa, mehnat qilish, kasbu hunar bilan shug'ullanish ham islomiy qadriyatlar orasida alohida o'rin tutadi. Kishilar haqiga ko'z olaytirish, tama'girlik muqaddas dinimizda qoralanadi. Hadisi sharifda "Inson o'z qo'li bilan ishlab topgan luqmasidan shirinroq ne'mat yo'q", ekanligi ta'kidlangan. Biz bu hadis orqali farzandlarimizga mehnatsevarlikni, halol yo'l bilan ishlab mablag' topishni ta'kidlashimiz mumkin bo'ladi. Payg'ambarimizning" Avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, so'ng

otangga yaxshilik qil. "degan hadisni eslatish orqali biz ota-onaga bo'lgan mehr-muhabbatni yanada kuchaytirishimiz mumkin. Ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u zot: "Bir musulmon insonning musulmon ota-onasi bo'lsa, ularga yaxshilik qilib, uning savobini kutgan holda tong ottirgan bo'lsa, Alloh taolo unga jannatning ikki eshigini ochadi. Agar faqat biri bo'lsa bir eshikni ochadi. Agar farzand ota-onadan birining g'azabini chiqargan bo'lsa, undan o'sha shaxs rozi bo'lmagunicha, Alloh rozi bo'lmaydi", dedilar. "Ota-ona unga zulm qilgan bo'lsa hammi?" - deyildi. "Zulm qilgan bo'lsalar ham" - dedilar. Bu kabi rivoyat va hadislar ko'plab namuna va misollar keltirish orqali yosh avlod ruhida va qalbida milliy va diniy qadriyatlarimizni shakllantirib boramiz. Bu esa ularning tarbiyasida o'zining ijobiy rolini bajaradi.

Xulosa. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib biz shunday xulosaga kelamizki, milliy va diniy qadriyatlarning inson tarbiyasidagi o'rni beqiyos. Biz o'sib kelayotgan har bir yosh avlodning ongiga milliy qadriyatlarimizni singdirib, buni hayot tarziga chambarchas bog'lagan holda tarbiyani uzluksiz davom ettirishimiz kerak. Kelajagimiz yoshlar qo'lida ekanligini anglagan holda, farzandlarimiz tarbiyasiga diqqatli bo'lmog'imiz lozim. Milliy qadriyatlar bizning o'tmish tarzimiz va madaniyatimizni aks ettirgani kabi, biz ularni kelajakka yosh avlodlarimiz orqali yetkazishimiz darkor.

Adabiyotlar:

1. Isoqova M.T. Milliy an'analar va ijtimoiy omillar ta'sirida ilk o'spirinlarda ma'naviy tasavvurlarni shakllantirish. Psix. Fan. Nom. Diss...avtoref.-Toshkent.1999.B. 29-33.

2. Karimova V.M. O'zbek yoshlarida oila to'g'risidagi ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi: Psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasini yozish uchun yozilgan dissertatsiya.-T.:1994.-312b.

3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Odoblar haziynasi. Sharq. Toshkent. 2011. B.67.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 31.12.2019 yildagi 1059-son qarori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.