O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi
O'ZBEKISTONDA EHTIYOJMAND YOSHLAR BANDLIGINI TA'MINLASHDA IJTIMOIY ISH
J. B. Jabborov
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Ijtimoiy ish" kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ehtiyojmand yoshlar bilan ijtimoiy ish oli borish yo'llari, istiqbollari, bandlik xizmatining mohiyati, yoshlar muammolari va ularning yechimi, ijtimoiy ish mohiyati haqida xulosalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: bandlik, qo'shimcha bandlik, ishsizlik, o'z-o'ziga yordam, ijtimoiy ish, ijtimoiy ishchi.
SOCIAL WORK IN PROVIDING NEEDY YOUTH EMPLOYMENT IN
UZBEKISTAN
J. B. Jabbarov
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
Teacher of the "Social Work" department of the Faculty of Social Sciences
ABSTRACT
This article summarizes the ways and prospects of social work with needy youth, the nature of employment services, youth problems and their solutions, and the nature of social work.
Keywords: employment, additional employment, unemployment, self-help, social work, social worker.
Yoshlar - Jahon mamlakatlarining va xususan, yurtimiz O'zbekistonning e'tibori markazidagi aholi qatlami hisoblanadi. 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" deb nomlanishi va uning naqbul dasturining ham e'lon qilinishi ham alohida ahamiyatliki, yoshlar masalasi davlatimizning bosh strategik siyosati darajasida ekanligidan dalolat beradi. Yoshlar qatlamining o'ziga xos xususiyatlari ish bilan bandlik sohasida tajribaning yetishmasligi va shag'dam qadamlik xususiyatining mavjud bo'lishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham yoshlar bugun nafaqat davlatning, balki muhim bo'lgan siyosiy, iqtisodiy, sotsiologik va ijtimoiy hayotning diqqat markazidadir. Xususan, ular bandligini ta'minlash va ishsizligini oldini olish masalasini ham bu boradagi mazmunga qo'shib o'tsak maqsadga muvofiqdir. O'zbekiston
186
April 20, 2024
qonunchiligi bo'yicha 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan aholi qatlami "yoshlar" deb nomlanadi.
Yevropa mamlakatlarining ko'p davlatlarida esa bu ko'rsatkich 14 yoshdan 35 yoshgacha etib belgilangan. Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda, 29 yoshgacha bo'lgan yoshlar 18 millionni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich Yevropa va Markaziy Osiyoda birinchi raqamli ekanligini ko'rsatadi. Mamlakatda mehnatga layoqatli aholi qatlami 12% ga ko'payib, bu boradagi ko'rsatkich 2045-yilga borib maksimal ko'rsatkichga ko'tarilishi kutilmoqda. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning o'z o'rnida birinchi navbatdagi tashabbuskorligi aynan "Yoshlarga oid davlat siyosati" qonunining qabul qilinishi, Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligi amalga oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab -quvvatlash to'g'risida"gi prezident Farmoni, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy majlis qarorlari, ishlab chiqilayotgan qonunlari, Yoshlar ishlari agentligi faoliyati, Mahalliy o'z - o'zini boshqarish organlari faoliyati, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, bu boradagi asosiy qonunlar qabul qilinishi va uning amaliy ahamiyati tarixan, bugun ham va kelajakda ham muhim o'rin kasb etadi.
O'z navbatida bu ko'rsatkich ehtiyojmand yoshlar - ularning bandligini ta'minlash, jahon mamlakatlarining va o'z navbatida O'zbekistonning ham dolzarb muamosi deb biz baralla ayta olamiz. O'z o'rnida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish" kabi maqsadlarni o'zlarining qabul qilgan farmon va qarorlari bu masalaga huquqiy va qonuniy tus va amaliy yechimlarni bera olgan desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.
Shu boisdan bugungi kunda ehtiyojmand yoshlar ishsiz, kam ta'minlangan, bandligi va ularning bugungi kundagi mehnat bozoriga integratsiyasini tizimli o'rganib, bandlik hodisasining amaliy va hayotiy, tajribaviy, ijtimoiy, sotsiologik, psixologik yechimini topish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarning integratsiyalashuvi va globallashuvi bosqichida ish bilan band bo'lish masalasi strukturasidagi tarkibiy o'zgarishlar dinamikasi uning yangi yo'nalishlarini vujudga keltirmoqda. Ijtimoiy ish va sotsiologiya nazariyalarida ehtiyojmand yoshlar bandligini o'rganishning yangi yo'nalishlarini ishlab chiqish doirasida tizimli yondashuv keng tarqalmoqda, bunda yoshlar va ehtiyojmand yoshlar bandligi jarayonlari kishilarning individual qarorlar qabul qilishining ijtimoiy (mahalla, oila, muhit, ta'lim-tarbiya, mehnat, kasb-hunarga yo'naltirish) omillarga bog'liq natijasi deb qaralsa, boshqa tomondan xalqaro va davlatimiz ichki iqtisodiyoti miqyosda kapital va tovarlar oqimi, mintaqaviy va global siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillarning harakati oqibati sifatida baholanmoqda.
Binobarin, BMT darajasida "Barqaror rivojlanish maqsadlari"ning 8-bandida "Keng qamrovli va barqaror iqtisodiy o'sish hamda barcha uchun bandlik va munosib
April 20, 2024
187
mehnat qilish imkoniyatlarini ta'minlashga ko'maklashish" deb nomalanib, 2030-yilgacha davom etadigan dastur bo'lib xizmat qiladi, yoshlar va ehtiyojmand yoshlar bandligining negativ jihatlarini jilovlash, ijobiy jihatlarini rag'batlantirishga doir davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni takomillashtirish, samarali boshqarish, nazorat qilish, uning normativ-regulyativ asoslari hamda hududiy-ma'muriy, ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy geografik xususiyatlariga differentsial yondashishlar namoyon bo'lmoqda. O'zbekistonda yoshlar va ehtiyojmand yoshlar bilan ijtimoyi ish olib borish xususiyatlari, uning jahon tajribasini qo'llash kabilar va ularning bugungi kun mehnat bozoriga integratsiyalashuvi dinamikasi, ijtimoiy demografik va etnik tarkibini o'rganish so'nggi yillarda bu jabhada olib borilayotgan islohotlar bilan chambarchas bog'liq.
«Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega..». Bu borada fuqarolarning gorizontal va vertikal ijtimoiy mobilligi, shuningdek, yoshlar bandligi jarayonlaridagi faolliklarini tartibga solishning kontseptual asoslarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. O'zbekiston Respublikasidagi yoshlar bandligi jarayonining, rivojlanish tendensiyalarini, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi rolini aniqlashda uning istiqbolini prognozlashtirish va modellashtirish yo'nalishlarida ilmiy izlanishlarni amalga oshirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan "Aholi bandligi to'g'risida"gi qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qarori "Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida", O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni, 2017-yil 11-iyuldagi PQ 3126-son «Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida»gi va 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son «O'zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorlari Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan 799-, 762-, 763-sonli nizomlar, hamda mavzuga oid boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Bandlik masalasi bugungi kunda insoniyat, oilalar va alohida insonlar ehtiyojini qondirishning asosiy omillaridandir. Chet el ma'lumotlariga qaraganda (Rossiya), ijtimoiy xavf guruhidagi oilalar muammolari o'rganilganda buni hal qilish usuli etib xalq
April 20, 2024
188
O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi
vakillari "bandlikni ta'minlash", "ishsizlikni oldini olish" (43%) kabi fikrlarni bildirishgan. Endi yoshlar tabiatan qiziqqonligi, shijoatkor, lekin shuning bilan birgalikda tajribasiz(hayotiy, kasbiy va h.k.) ekanligini ham inobatga olgan holda ular bandligi masalasi dolzarbdir. Tog'ri bugungi kunda "Ishga marhamat -Monomarkaz"lar, kasb-hunar maktablari, bandlik markazlari yoshlarning bandligini ta'minlash bo'yicha qonuniy asosda ishlab kelishmoqda, ammo bu ehtiyojmand yoshlarning muammolarining izlanishi va yechimlari tugashidan dalolat bermaydi. Zamon tezlashgani, internet, axborot-telekomunikatsiya, ijtimoiy tarmoqlar ta'siri va boshqa ko'plab muammolar borligi ehtiyojmand yoshlarni bugun siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, sotsiologik, falsafiy bilimlar diqqat markazida deyishimizga asos bo'ladi.
Ijtimoiy ish - gumanizmga asoslangan, aholi turmush sifatini yaxshilash, ehtiyojmand va muhtoj aholi qatlamlari obekti bo'lgan kasbiy faoliyatdir. Bugun xizmat oluvchilar, xususan, ehtiyojmand, ishsiz yoshlar bilan ishlashda keys menejment, superviziya bilimlariga ega bo'lgan ijtimoiy ishchi mutaxassislari albatta, zarur. To'g'ri mahalla tizimida bugun "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarida "yettilik" tizimining ishga tushganligi, ijtimoiy xodim va ijtimoiy assistentlar, yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilarining faoliyati bu boradagi masala va muammolarga barham bermoqda, lekin, Gyote ta'kidlaganidek : "Bir muammoning hal etilishi boshqa bir muammoni keltirib chiqaradi" ga asoslanib shuni aytaolamizki, yoshlarning ayni real ijtimoy holati bilan ishlovchi ijtimoiy ish xodimlari kerak, nazarimizda.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, ijtimoiy ish, mahalla tizimi, yoshlar ishlari bo'yicha ma'sullar barchalari birikib, o'z kasbiy kompetentligidan kelib chiqqan holda ehtiyojmand yoshlar bandligi uchun kurashishi lozim. Chunki yoshlar etangi kunimiz, kelajagimizdir.
REFERENCES:
1. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - 30.04.2023.
2. "Yoshlarga oid davlat siyosati" 2016-yil 14 sentabr.
3. "Aholi bandligi to'g'risidagi qonun" 2020-yil 20-oktabr.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi "Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni.
189
April 20, 2024