Научная статья на тему 'RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA MEHNAT UNUMDORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI'

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA MEHNAT UNUMDORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamli vakolatlar / jamoaviy ish / raqamli mehnat / mehnat unumdorligi / ish hajmi / mahsulot sifati. / digital economy / digital opportunities / soft skills / teamwork / digital labor / labor productivity / volume of work / product quality.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — N. S. Alikariyev

Maqolada raqamlashtirish tendentsiyasi sharoitida iqtisodiy rivojlanishning bugungi realliklariga mos keladigan mehnat resurslarining intellektual xususiyatlaridan foydalanish texnologiyalari muhokama qilinadi. Hozirgi vaqtda mehnat unumdorligini oshirish inson resurslarini, ayniqsa, ularning intellektual xususiyatlarini yanada samarali rivojlantirish va ulardan foydalanishda namoyon boʻladi. Shu munosabat bilan faoliyatning barcha sohalarini raqamlashtirish sharoitida mehnat unumdorligini oshirish maqsadida intellektual resurslardan foydalanishning zamonaviy texnologiyalarini shakllantirish, ishlab chiqish va joriy etish zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO INCREASE LABOR PRODUCTIVITY IN THE CONTEXT OF DIGITALIZATION

The article discusses the technologies of using intellectual property of labor resources in accordance with the modern realities of economic development in the context of the trend of digitalization. At present, the growth of labor productivity is expressed in more effective development and use of human resources, especially their intellectual properties. In this regard, in order to increase labor productivity in the conditions of digitalization of all spheres of activity, it is necessary to form, develop and implement modern technologies for the use of intellectual resources.

Текст научной работы на тему «RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA MEHNAT UNUMDORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI»

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA MEHNAT UNUMDORLIGINI

OSHIRISH YO'LLARI

N. S. Alikariyev

Iqt.f.d., professor, O'zbekiston Milliy universiteti,Toshkent, O'zbekiston E-mail: nur.aliq.1937@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada raqamlashtirish tendentsiyasi sharoitida iqtisodiy rivojlanishning bugungi realliklariga mos keladigan mehnat resurslarining intellektual xususiyatlaridan foydalanish texnologiyalari muhokama qilinadi. Hozirgi vaqtda mehnat unumdorligini oshirish inson resurslarini, ayniqsa, ularning intellektual xususiyatlarini yanada samarali rivojlantirish va ulardan foydalanishda namoyon bo'ladi. Shu munosabat bilan faoliyatning barcha sohalarini raqamlashtirish sharoitida mehnat unumdorligini oshirish maqsadida intellektual resurslardan foydalanishning zamonaviy texnologiyalarini shakllantirish, ishlab chiqish va joriy etish zarur.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot; raqamli vakolatlar; jamoaviy ish; raqamli mehnat; mehnat unumdorligi; ish hajmi; mahsulot sifati.

WAYS TO INCREASE LABOR PRODUCTIVITY IN THE CONTEXT OF

DIGITALIZATION

N. Alikariev

Doctor of Economics, Professor National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan E-mail: nur.aliq.1937@gmail.com

ABSTRACT

The article discusses the technologies of using intellectual property of labor resources in accordance with the modern realities of economic development in the context of the trend of digitalization. At present, the growth of labor productivity is expressed in more effective development and use of human resources, especially their intellectual properties. In this regard, in order to increase labor productivity in the conditions of digitalization of all spheres of activity, it is necessary to form, develop and implement modern technologies for the use of intellectual resources.

Keywords: digital economy; digital opportunities; soft skills; teamwork; digital labor; labor productivity; volume of work; product quality.

April 20, 2024

51

Ma'lumki, jamiyat rivoji, xalq farovonligi, yurt obodligi, inson salohiyati va kapitali darajasi, ayniqsa, kelajak hayot, qolaversa, barcha orzular va go'zallik, o'rtacha umr darajasi ham mehnat unumdorligi va uning doimiy o'sib borishiga bog'liqdir. Demak, mehnat va uning samaradorligi eng katta iqtisodiy va ijtimoiy sintetik ko'rsatkichdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini, vositalarini ham, hatto, ijtimoiy-siyosiy tuzumning o'zini ham belgilab beradi. Shunday qilib, XX asrda mehnat unumdorligi bo'yicha tadqiqotlar asosan inson kapitalining samaradorligini o'rganishga qaratilgan degan xulosaga kelish mumkin. Mehnat unumdorligi - korxonada mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasi va umuman bozor tizimining samaradorlik darajasini tavsiflovchi asosiy rejali va iqtisodiy ko'rsatkichdir. Zamonamizning bozor sharoitida har bir korxona mehnat unumdorligini maksimallashtirish maqsadida ishlab chiqarishni rivojlantirishni rejalashtirish va boshqarish tizimini tashkil etishi va faoliyat ko'rsatishi lozim [1].

Mehnat samaradorligi, deganda, asosan, iqtisodiy, ijtimoiy, psixofiziologik, tashkiliy, texnologik va ekologik jihatlar tushuniladi. Samaradorlikka erishish va uni barqarorlashtirish uchun unga bog'liq bo'lgan va har xil ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olishni yo'lga qo'yish va ularni iqtisodiy, ijtimoiy, psixofiziologik usullar yordamida tadqiq va tahlil qilish lozim. Ayrim korxonalar va butun jamiyat uchun mehnat unumdorligining o'sishi katta ahamiyatga ega bo'lib, mehnat unumdorligi darajasiga ta'sir qiluvchi barcha omillarni o'rganish va uni oshirish uchun zahiralarni ochish zarur [2]. Taksonomiya tamoyiliga ko'ra, ko'rib chiqilayotgan mehnat unumdorligi omillarini 3 turga bo'lish mumkin [3].

1. Resurslarni boshqarish bilan bog'liq omillar: kadrlar bo'limi; kapital (texnik vositalar va investisiyalar); energiya; materiallar; axborot.

2. O'zaro ta'sir o'tkazish shakliga bog'liq bo'lgan omillar: texnologik; iqtisodiy; hulq-atvor; siyosiy; tizimli; jarayonli.

3. Tahlil qilinadigan korxona birligining hajmiga bog'liq bo'lgan omillar: -individual; guruhli; butun korxona.

Agar biz mehnat samaradorligini va unga barqaror erishib turishni istasak, unga ijobiy va salbiy ta'sir qiluvchi barcha omillarni har tomonlama chuqur o'rganib, kerakli chora-tadbirlar majmuasini yaratishimiz kerak. Boshqachasiga aytganda, mehnat jarayonlarini kompleks usullarni qo'llagan holda optimal darajada boshqarish lozimdir. Unga asosiy jihatlar, ya'ni insonga sanitariya-gigiena sharoitini yaratish, mehnatga ta'sir etuvchi xavfsizlikni ta'minlash, mehnatning mazmundorligini ta'minlash, mehnat taqsimotiga rioya qilish, mehnat davomida insondagi aqliy-jismoniy kuchni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratish, mehnat tashkilotida muhim bo'lgan meyordagi sotsial munosabatlarni shakllantira bilish, boshqaruv madaniyatini

April 20, 2024

52

shakllantirish, xodimlarni motivasiyalovchi turli iqtisodiy, ijtimoiy rag'batlar turkumini yaratish, eng asosiysi - xodimlarning o'z mehnatidan qoniqish darajasini hosil qilishga erishishdir [4].

Mehnat samaradorligi, asosan, ikkita ko'rsatkich, ya'ni miqdor va sifat bilan o'lchanadi. Mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirib borishda mehnat harajatlarini minimal holatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi. Mehnat samaradorligi, asosan, vaqt birligidagi ish hajmi, xodimlar soni va mehnat sifati orqali aniqlanadi. Mehnat samaradorligining ko'rsatkichlari yana quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: mehnat unumdorligi va uning dinamikasi; mahsulot ishlab chiqarishning o'zgarishi; mehnatning sifati; xodimlarning kasbiy mahorati va malakasi; bajarilgan ishga sarf qilingan insonning aqliy va jismoniy mehnati; ish vaqtini tejash; ish vaqtidan unumli va oqilona foydalanish.

Mehnat unumdorligi va uning samaradorligi yalpi mahsulot - milliy daromadni ham asosiy o'zagidan biridir. Mehnat unumdorligining hajmi ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi xodimlarning salohiyatiga, ijodiy potentsialiga, ijtimoiy munosabatiga, tashkilotdagi adolat tarozining to'g'ri ishlashiga, sotsial adolatga, rahbar va xodimlarning ma'naviy qiyofasiga, huquqiy asoslarning mustahkamligiga, texnika va energiya bilan qurollanganlik darajasiga, mamlakatdagi ilm-fan taraqqiyoti va eng asosiysi xodimlarning ertangi kunga bo'lgan munosabatlariga va ishonchlariga ko'proq bog'liqdir.

Doimiy mehnat unumdorligi va uning barqaror samaradorligini ta'minlash har bir korxona, tarmoq, hokimiyat va davlatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Buning uchun nima qilmoq kerak? Birinchidan, mehnat sohasining ilm, fan va prognoz sohalarini doimiy va eng yuqori darajaga olib chiqmoq kerak. Bu sohada ilmiy-amaliy ishlar ko'lamini kengaytirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va har xil sohalarda mehnat taqsimoti, mehnatni tashkil etish, mehnatni rag'batlantirish, mehnat resurslarini sifat va miqdor jihatdan o'rganish, mehnat sohasida har xil iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy tajribalar o'tkazish, mehnatga haq to'lashni dunyo standarti darajasiga ko'tarish, mehnat korxonalarida nozarur harajatlarga chek qo'yish va mehnat sohasidagi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni zamon darajasida olib borish, barcha hududlarda ishsizlikka barham berish va optimal bandlikka erishish va h.k. Shuningdek, mehnat unumdorligini doimo oshirib borishda ichki va tashqi omillarga ham e'tibor berish bilan birga ular o'rtasidagi integrasiyani doimiy rivojlantirish katta ahamiyatga egadir.

Mehnat unumdorligini oshirishning asosiy yo'llaridan yana biri mehnat tashkilotlarining sotsial-iqtisodiy dasturini yaratish va joriy etishdan iboratdir. Bunday dastur doirasida mehnat va tashkilotni boshqarish sohalarining hamma elementlari hisobga olinadi. Mehnat unumdorligining doimo o'sib borishini

April 20, 2024

53

ta'minlash borasida yana ko'pgina ishlarni amalga oshirish mumkin. Jumladan, inson potentsialini oshib borishida kompleks tadbir-choralarni ko'rish, birinchi navbatda esa, ta'lim tizimini mukammal darajada tezkorlik bilan rivojlantirish va zamonaviy islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Mehnat unumdorligiga ta'sir etuvchi omillardan yana biri bu - har bir makon va sohalarda ishsizlikning bartaraf etilishiga erishishdir. Ishsizlik tufayli har xil salbiy holatlar vujudga kelishi mumkin. Ya'ni, turli xil jinoyatlarning oshib borishi, kasalliklarning ko'payishi, insonlar orasida ruhiy holatlarning vujudga kelishi va eng katta zararlardan biri ochlik va kambag'allikning asosiy omiliga aylanishi mumkin. Bunday katta fojeani bartaraf etishning asosiy yo'llari - har bir makon va joylarda kichik va o'rta biznesni innovasion yondashuvlarga asosan tezkorlik bilan ko'paytirishni taqozo etadi. Har bir mamlakatni ochlik va kambag'allikdan tez fursatlarda xalos etish ham ushbu masalaga bog'liqdir.

Bugungi kunda nafaqat ishsizlar, balki har bir kichik va katta yoshdagi mehnatga layoqatli insonlar, sohasidan qat'iy nazar, ishbilarmonlik bilan shug'ullanishi zamon taqozosidir. Hozirda bir nechta davlatlarda bunday holatni kuzatish mumkin. Masalan, Xitoyda 70% yalpi mahsulotni o'rta va kichik biznesda ishlayotganlar tashkil etadi. Shuningdek, rivojlangan davlatlar - Norvegiya, Germaniya, Koreya, Izroil, Turkiya va boshqalarda kichik va o'rta biznesning ulushi yalpi mahsulotda yuqori hajmlarni tashkil etadi. Mehnat unumdorligini optimallashtirishda eng asosiy ishlardan biri bu sotsial va iqtisodiy statistik axborotlar ba'zasini yaratishdan iboratdir. Iqtisodiy ba'zani yaratishda rasmiy, statistik axborotlardan keng foydalanish mumkin, sotsial axborotlarni shakllantirish esa bir necha murakkablikni tashkil etadi.

Buning uchun, joylarda sotsial sharoitlarni xisobga olgan holda kompleks, sotsiologik tadqiqotlar o'tqaziladi va ularning sotsiologik tahlili amalga oshiriladi. Albatta, bu erda statistikaning qonunlari, masalan, tanlov asosida yig'ilgan statistik axborotlar, statistikaning reprezentativlik qonuniga amal qilingan holda bajarilishi shart. Kompleks yondashuv natijasida olingan matematik model yordamida olib borilgan xisob-kitoblar ma'lum bir obyektga va ma'lum bir davrga xos bo'lishi lozim [5]. Davr o'tishi bilan obyektiv omillarni xisobga olgan holda, sotsial va statistik axborotlar ba'zasini yangilab turish va hisobotlarni qayta olib borish lozim, deb qaraladi. Uchinchidan, barcha davlatlar va jamiyatlarda insonlarga hos bo'lgan ma'naviy qiyofani shakillantira olish.

Bizningcha, birinchi navbatda, barcha hududlarda, tarmoqlarda, bir-biri bilan integrallashgan aloqaga ega bo'lgan yaqin o'rta va uzoqqa mo'ljallangan sotsial-iqtisodiy rivojlanish dasturini hamda kompleks taraqqiyot to'g'risidagi prognozlarni ilmiy asosda aniq va Ravshan ishlab chiqish talab etiladi. Bu dastur doirasida barcha

April 20, 2024

54

sotsial va iqtisodiy taraqqiyotni belgilovchi ko'rsatkichlar va indikatorlar hisobga olinadi va ular orqali barcha statistik tahlillar va boshqa miqdoriy jihatlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, avvalo, sotsial va iqtisodiy axborot bazalari to'liq ravishda bajarilishi lozim. Buning uchun 2 xil yo'nalishda, ya'ni sosiologik tadqiqotlar yo'li bilan va iqtisodiy-statistik ma'lumotlarni eng kamida 10-15 yilga shakllantiriladi. Sotsial-iqtisodiy dasturlar, avvalo, vertikal ravishda, ya'ni pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga qarab hamda paralell shaklda shakllantiriladi. Dastur bir necha bosqich va pog'onalardan iboratdir. Birinchi bosqichda, kichik va o'rta davlat va nodavlat tashkilotlarida yaratiladi. Ikkinchi bosqichda qolgan katta tashkilotlarda va korporasiyalarda yaratiladi. Uchinchi bosqichda esa barcha boshqaruvning barcha tarmoq tizimlarida amalga oshiriladi. To'rtinchi bosqichda esa barcha hududiy aholi yashaydigan qishloq, mahalla, tuman, shahar va viloyatlarda dastur yaratiladi. Beshinchi bosqichda esa hamma dastur bir-biri bilan integrallashgan ham statistika nuqtai nazaridan ham boshqa barcha integrallashuvning qoidalari nuqtai nazaridan umumiy respublika bo'yicha sotsial-iqtisodiy rivojlanishning dasturi yaratiladi.

Shu bilan birga, O'zbekistonda barcha resurslar raqamlashgan tarzda va ularning hajmi bo'yicha hisob-kitob ishlari bajariladi. Zamonamizning eng rivojlangan kompyuter texnologiyalarini va barcha matematik usullarini hisobga oluvchi algoritmik tizim yaratiladikim, bu 5 bosqichning hammasida ham o'ziga xos va o'ziga mos ravishda bajariladi. To'rtinchidan, barcha davlatlar, millatlar va dinlar o'rtasida yuqori darajadagi munosabatlarni ta'minlash. Beshinchidan, har bir guruh, korhona, tarmoq, hududlarda o'ziga hos va mos mehnat unumdorligining kompleks, innovatsion, matematik modellini yaratish va joriy etish lozim. Ma'lumki, inson mehnat unumdorligini doimiy o'sib borishini ta'minlash bu hayotning qonunidir. Shu qonunni bajarish uchun barcha millat va elatlar butun kuchlarni bir joyga jamlab, yakdillik bilan birgalikda ish olib borishi lozim. Ma'lumki, birlashgan o'zar, birlashmagan esa to'zar maqoli haqiqatdir va birlashganlarni hech qanday kuch enga olmaydi.

Biz, nafaqat, o'zbekistonliklarni balki, butun dunyo davlatlarini va xalqlarini birlikka va hamkorlikka chaqiramiz. Zero, biz intellektual kuch orqali har qanday og'ir va murakkab masalani ham birgalikda yechish quvvatiga egamiz. O'zbekistonda kambag'allikka va qashshoqlikka qarshi kuchli kurash boshlandi va bunda olib borilayotgan sotsial va iqtisodiy siyosatning to'g'ri va ilmiy asoslanligiga hech shubha yo'qdir.

REFERENCES:

1. Alikariyev N., Alikariyeva A. Complex factors of increasing the efficiency of human labor//Neuro Quantology. November 2022. Volume 20. Issue 18. Page 102-

April 20, 2024

55

107. doi:10.14704 /nq.2022.20.18.NQ880012. www.neuroquantology.com. eISSN-1303-5150.

2. Аликариев Н.С., Аликариева А.Н. Олий таълим сифати менежменти тизимини ривожлантириш концепцияси//"Ижтимоий тадкикотлар журнали" (www.tadqiqot.uz\soci) электрон журнали. №1. - Тошкент, 2020. - Б. 7-18. DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181-9297-2020-1

3. Хусанова Х.Т. Ахрлини ижтимоий хдмоялашда хорижий тажриба: илгор моделлар ва амалиёт//Журнал социальных исследований 5 (3), 2022 12022

4. Ahmedova F.M, Ta'limni rivojlantirishdagi ustuvor vazifalar//Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallar to'plami. - Toshkent, .2023

5. Заитов Э.Х. Институционал муассаса битирувчиларини жамиятга ижтимоийлашувининг устувор йуналишлари //Журнал социальных исследований. - 2020. - №. SI-1.

6. Сабирова У. Ф. Социология как путь повышения интеллектуального потенциала общества Узбекистана //Журнал социальных исследований. - 2020. - Т. 3. - №. 5.

7. Kholbekov A.J. "Jamiyat ijtimoiy sohasi" tushunchasiga doir. // "Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari tuplami (Toshkent sh., 25-may 2023.). -Toshkent : UzMU. - B/ 53-56.

8. Ernazarov B. Avlodlar almashinuvidagi yosh klasifikatsiyasining sosiologiyadagi ahamiyati //News of UzMU journal. - 2024. - Т. 1. - №. 1.2. 1. - С. 261-265.

9. Isropilov M.B. The role of pr technologies in ensuring the sustainable development of society//Open Access Repository. - 2023. - Т. 4. - №. 2. - С. 729-735.

56

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.