Научная статья на тему 'Социальные факторы, повышающие производительность предприятий'

Социальные факторы, повышающие производительность предприятий Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
27
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
экономика / социальные факторы / производство / промышленные предприятия / затраты на рабочую силу / рабочая сила / рабочее время и др. / economy / social factors / manufacturing / industrial enterprises / labor costs / labor force / working hours / etc.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Маргуба Назарова

В сегодняшнем развивающемся мире основным фактором развития любой страны является экономика. В экономике социальные факторы играют особую роль в повышении производительности труда, его учета и производительности. Социальные факторы включают заработную плату, рабочее время, отпуск и другие условия. В статье автор подробно рассматривает социальные факторы, способствующие эффективному повышению производительности труда, приводит детали и примеры из мнений зарубежных экспертов.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Social factors that increase the productivity of enterprises

In today’s developing world, the primary factor in the development of any country is the economy. In the economy, social factors play a special role in increasing labor efficiency, labor accounting and productivity. Social factors include wages, working hours, vacations, and other conditions. In this article, the author discusses in detail the social factors that contribute to the effective increase of labor productivity, provides details and examples from the views of foreign experts.

Текст научной работы на тему «Социальные факторы, повышающие производительность предприятий»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Social factors that increase the productivity of enterprises

Marguba NAZAROVA1

Almalyk branch of Tashkent State Technical University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2021 Received in revised form 20 July 2021

Accepted 15 August 2021 Available online 15 September 2021

Keywords:

economy, social factors, manufacturing, industrial enterprises, labor costs, labor force, working hours, etc.

In today's developing world, the primary factor in the development of any country is the economy. In the economy, social factors play a special role in increasing labor efficiency, labor accounting and productivity. Social factors include wages, working hours, vacations, and other conditions. In this article, the author discusses in detail the social factors that contribute to the effective increase of labor productivity, provides details and examples from the views of foreign experts.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Korxonalar ish samaradorligini oshiruvchi ijtimoiy omillar

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

iqtisodiyot, ijtimoiy omillar, ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, mehnat sarfi, ishchi-xodimlar, mehnat soatlari va h.k.

Bugungi rivojlanayotgan dunyoda har bir mamlakat rivoj-lanishining birlamchi omili bu - iqtisodiyot hisoblanadi. Iqtisodiyotda esa mehnat samaradorligi, mehnatni hisoblash va uning hosildorligini oshirishdagi ijtimoiy omillar alohida ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnatga haq to'lash miqdori, ish vaqtining davomiyligi, ta'tillar va boshqa shartlar kiradi. Ushbu maqolada muallif ayni mehnat hosildorligini effektiv oshirishni ta'minlovchi ijtimoiy omillar haqida batafsil to'xtalib, faktlar-detallar va xorijiy mutaxassislar fikrlaridan namunalar keltiradi.

1 senior lecturer, department of Social Sciences and Humanities, Almalyk branch of Tashkent State Technical University, Almalyk, Uzbekistan.

Социальные факторы, повышающие производительность

Barchamizga ma'lumki, bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning bugungi bosqichida, innovatsiyalarni joriy etish, milliy sanoat korxonalar raqobatdoshligini oshirish, ularning iqtisodiy tomonlama mustaqilligini vakatta bozordagi mavqeinimustahkamlashning birlamchi omillaridan biri sanaladi. Mamlakatimiz rivojlanishining zamonaviy bosqichida innovatsionfaoliyatni rivojlantirishva qo'llab-quvvatlash insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o'sishningmuhim omiliga aylanmoqda. Innovatsion faoliyatni muntazam ravishda rivojlanibborishi insoniyat va ijtimoiy hayot o'zgarishiga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Shuningdek, jamiyatning rivojlanishi va uning barcha sohalari hamda a'zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o'sishiga bog'liqdir. Shu bilan bir qatorda, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini, turini ham, boringki ijtimoiy -siyosiy tuzumning o'zini ham belgilab beradi.Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko'rsatkich hisoblanadi.Ma'lumot uchun aytib o'tish joizki, "Iqtisodiyot" fani mehnat unumdorligi muammolarini o'rganishni XIX asr oxirida boshlagan. XX-asrning 70-yillaridan boshlab g'arb mehnat sotsiologiyasi doirasida mehnatni gumanizatsiyalash tendesiyasi o'rganila boshlandi. Mehnat sharoitini yaxshilashga ko'proq e'tibor berildi. G'arb sotsiologlarining fikricha, mehnat insonga azob-uqubat emas, balki, huzur bag'ishlashi kerak.Bu tamoyil ayniqsa bizda, kelajagi buyuk davlat qurish yo'lida yanada muhim ahamiyat kasb etmog'i lozim. O'tish davrining hozirgi bosqichida asosiy vazifalardan biri "... sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag'bat bilan imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo'l tanlash va faoliyat ko'rsatish erkinligiga bo'lgan kafolatli huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir". Bu yo'lda, mehnat sotsiologiyasining muhim vazifalaridan biri mehnat unumdorligini oshiruvchi sotsiologik omillarni va zaxiralarni tahlil qilib o'rganishdir. Uning asosiy ijtimoiy vazifalaridan yana biri, jamiyat hayotida, xalq xo'jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni, mehnat sohasi bilan bog'liq bo'lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni o'rganishni o'z ichiga oladi.

Mehnat unumdorligini hisoblash bir ishlab chiqarish ishchisiga nisbatan natural ifodada o'rtacha mahsulot ishlab chiqarish tarzida amalga oshirila boshladi. Bu ko'rsatkichlar sanoatning alohida tarkibi jihatidan bir xil (galogen) tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotning eng muhim turlari bo'yicha aniqlandi. So'ngra iqtisodiyot-ning boshqa tarmoqlarida mahsulot ko'rsatkichlari hamda mehnat sarflari hisob-

предприятии

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

экономика, социальные факторы, производство, промышленные предприятия, затраты на рабочую силу, рабочая сила, рабочее время и др.

В сегодняшнем развивающемся мире основным фактором развития любой страны является экономика. В экономике социальные факторы играют особую роль в повышении производительности труда, его учета и производительности. Социальные факторы включают заработную плату, рабочее время, отпуск и другие условия. В статье автор подробно рассматривает социальные факторы, способствующие эффективному повышению производительности труда, приводит детали и примеры из мнений зарубежных экспертов.

kitobining rivojlanishi mehnat unumdorligini faqat natura ifodasida emas, balki pul ifodasida va faqat sanoatda emas, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida, xizmat ko'rsatish sohasini ham qo'shgan holda hisoblab chiqish imkonini berdi. Hozirgi kunda iqtisodchilarning aksariyati, unumdorlik ishlab chiqarish va jonli mehnat sarflari natijalarining nisbatini, iqtisodiy samaradorlik esa ishlab chiqarish natijalarining jonli va moddiylashgan mehnat sarflariga munosabatini ifodalaydi, deb hisoblaydi. Jonli mehnat sarflari xodimlarning o'rtacha ro'yxatdagi soni yoki ishlangan

• kishi kunlari

• kishi soatlari soni

• ko'rsatkichlari bilan ifodalanadi.

O'tgan asrning 50-yillar oxirigacha sotsialistik davlat statistikasida mehnat unumdorligini hisoblash uchun bunda ishchilarning mehnat sarfigina hisobga olingan. 60-yillardan boshlab, ishlab chiqarish xodimlarining barcha toifalari (sanoatda ishlab chiqarish xodimlari; qishloq xo'jaligida chorvachilik va dehqonchilikda band bo'lgan xodimlar; qurilishda qurilish-montaj ishlarida, yordamchi ishlab chiqarishda band bo'lganlar va ularning mehnat sarflari) e'tiborga olina boshladi.

Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o'laroq faqat mehnatning miqdor ko'rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko'rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashning aks etishidir. Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi darajasini taqqoslash, shuningdek, uning dinamikasini o'rganish ishlari boshlanib ketdi.Dastlabki bosqichlarda unumdorlik mehnat unumdorligi sifatida o'rganildi, keyinchalik mehnat unumdorligini ishlab chiqarishning boshqa omillari unumdorligiga o'xshash xususiy unumdorlik sifatida talqin qiladigan global unumdorlik konsepsiyasi umumiy qabul qilingan konsepsiyaga aylandi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda milliy hisoblash tizimining paydo bo'lishi varivojlanishi unumdorlikni o'rganish sohasidagi ishlarga yangi turtki bo'ldi, chunki bu tizim ma'lumotlari mehnat unumdorligini tarmoq va butun iqtisodiyot darajasida tadqiq qilish imkonini beradi, shuningdek, xalqaro taqqoslashlar uchun asos yaratadi. Hozirgi vaqtda mehnat unumdorligining o'sish omillari faqat xodim malakasini yoki yoki uning mehnatini mexanizatsiyalash darajasini oshirish bilangina emas, balki inson salomatligining ahvoli, uning kayfiyati, oiladagi, munosabatlar bilan ham bog'liqdir. Mehnat munosabatlarining bu ijtimoiy tomoni mehnatning moddiy rag'batlantiruvchi omillarini to'ldiradi va inson hayotida muhim rol o'ynaydi.

Sir emaski, statistikada mehnat unumdorligi deganda faqat jonli aniq mehnatning unumdorligi tushuniladi. Stastistikada unumdorlikni faqat jonli emas, balki moddiylashgan mehnat sarfini ham hisobga olib o'rganadigan qator ishlar bor. Birinchi bunday yondashuvni S.G. Strumilin o'zining 1935-yilda nashr etilgan "SSSR qora metallurgiyasi" asarida asoslab bergan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta'minlash masalasi barcha korxonalarda ham hal etilgan, deb bo'lmaydi. Bu kamchilik, ayniqsa, biz uchun o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan yengil sanoat, farmatsevtika va qurilish materiallari sanoati kabi iste'mol tovarlari ishlab chiqariladigan tarmoqlarga tegishlidir. Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlabchiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish uchun katta mablag' sarflaymiz, ko'p miqdordagi xorijiy investitsiyalarni jalb etamiz.Ishlab chiqarish omillari deganda mehnatning texnikaviy, sanitariya, gigiena, ishlab chiqarish-

maishiy va boshqa shartlari qonun hujjatlari va mehnat to'g'risidagi boshqa normativ hujjatlar bilan, shuningdek, mehnat shartomasi taraflarining kelishuviga muvofiq belgilanadi, hamda ularni belgilash tartibiga bog'liq holda, ikki guruhga bo'linadi: -O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan markaz-lashtirilgan tartibda belgi-lanadigan mehnat shartlari; - lokal hujjatlar bilan (jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnatga haq to'lash to'g'risidagi nizom va shu kabilar bilan) yoki mehnat shartnomasidagi taraflarning kelishuviga muvofiq, belgilanadigan mehnat shartlari. Lokal tartibda yoki mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilangan mehnat shartlarini o'zgartirishga umumiy qoidaga ko'ra, faqat xodimning roziligi bilangina yo'l qo'yiladi, bu esa uning mehnat huquqlariga rioya etilishining muhim kafolatidir.

Har qanday xodim yoki ularning guruhi uchun natija samaradorligi, ya'ni vaqt birligi - soat, kun, yil mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot, ko'rsatilgan xizmat miqdori muhim ahamiyatga ega. Binobarin, mehnat unumdorligi yuqori, mahsulot hajmi ko'proq bo'lsa, uning xarajatlari kamroq bo'ladi. Mehnat samaradorligi mahsuldorligi mehnat ko'rsatkichi bilan o'lchanadi. Har qanday mahsulot, buyum, xizmatda jonli va buyumlashgan mehnat jamlangan bo'ladi. Bunday jamiyat mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi.Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanib borgan sari jonli mehnat moddiylashgan mehnat-ning tobora ko'proq massasini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi ko'payib borgani sari jonli mehnatning ulushi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi oshganligining asosiy belgisidir. Ishlab chiqarishning takomillashib borishi va fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi oshishining asosiy shartlaridir. Yangi texnologik jarayonlar, materiallar va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi mehnatni mexanizatsiyalash darajasining ortishiga olib keladi.

Mehnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishish, masalan, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishdan iboratdir. Mehnat unumdorligi - xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko'rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko'rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya'ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Mehnat unumdorligi ko'rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. "Mehnat unumdorligi" tushunchasiga o'z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo'lgan tushuncha "mehnat samaradorligi" tushunchasidir. Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat unumdorligi va intensivligi mahsulot qiymati o'lchamiga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Mehnat unumdorligi ortishi ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini oshiradi va shunga muvofiq bita mahsulotning qiymatini pasaytiradi, lekin ularning umumiy yangi yaratilgan qiymatini o'zgartirmaydi, mehnat intensivligini ortishi esa ishlab chiqariladigan mahsulotlar va umumiy umumiy yangi yaratilgan qiymatni oshiradi, lekin mahsulot birligining qiymatini o'zgartirmaydi. Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo'lsa, ish sifati zarur darajada bo'lgani holda mehnat xarajatlari qanchalik kam bo'lsa, mehnat samaradorligi shunchalik yuqori bo'ladi. Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi ichida qanday ishlab chiqarish darajasiga erishilgani emas, shu bilan birga u qanday mehnat xarajatlari bilan ta'min etilgani ham muhimdir. Mehnat xarajatlar xodimlar soni va mehnatga to'langan haq xarajatlari bilan o'lchanadi. Unisi ham, bunisi ham ish vaqti bilan o'lchanishi mumkin. Shuning uchun ham mehnat samaradorligini tahlil qilganda vaqt birligi ichida sarflangan

mehnat xarajatlari ham, shu bilan birga uning tuzilishi hisobga olingan holda ham qarab chiqiladi. Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni ta'minlash imkonini beradigan uslubiyot ideal hisoblanishi mumkin:

• korxona ishning ijtimoiy qadriyatlar bilan bog'liqligi;

• xodimga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatish:

• mehnat unumdorligining umumiy va xususiy ko'rsatkichlari bir o'lchov

• bilan o'lchanishi mumkinligi;

• mehnat miqdori bilan sifati o'rtasidagi bog'liqlik.

Mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari jumlasiga o'z ishini mashinalar va mexanizmlar yordamida bajaradigan kishilar kiritiladi. Mehnatni mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) darajasining ortishi moddiylashgan mehnat ulushining oshganligi va jonli mehnat sarflashni ko'paytirmasdan turib mehnat unumdorligini oshirish imkoniyat-laridan dalolat beradi. Mehnat unumdorligining asosi bo'lgan mehnatning unumdorlik kuchi mehnat unumdorligining aynan o'zi emas: haqiqiy mehnat unumdorligi yana ikkita muhim omilga - jonli mehnatning eng muhim ko'rsatkichi bo'lgan mehnat intensivligiga (jadalligiga) va ish vaqtining nominal fondidan foydalanishga ham bog'liq. Mehnat jadalligi (intensivligi) - bu, jonli mehnatning jiddiyligi yoki murakkabligi darajasi bo'lib, ish vaqti birligi ichida inson asab va muskul quvvatining sarflanishi bilan o'lchanadi. Bunda inson organizmiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan jadallik ijtimoiy normal jadallik hisoblanadi, sarflangan quvvat ovqatlanishi, dam olish va hissiy engillanish hisobiga to'liq tiklanadi. Hisobga ko'ra, mehnatning normal jadalligi darajasi tekis yuzada soatiga 4,8 km tezlik bilan ketayotgan kishining kuch-quvvat sarflashiga tengdir. Nisbatan normal muayyan mehnat jadalligini oshirish mehnatga haq to'lashda tegishli darajada hisobga olishni talab qiladi. Mehnat unumdorligi mehnat jadalligi bilan bir qatorda ish vaqti fondidan foydalanish darajasi bilan ham bog'liqdir. Ish vaqtidan foydalanish ishlangan vaqtning, shu jumladan, ichki smena dam olishga ajratilgan tartibga solingan tanaffus vaqtining mazkur ishlar turi uchun belgilangan nominal vaqt fondiga (ish kunining ish haftasi, oyi va yilning soat hisobidagi miqdoriga) nisbati sifatida aniqlanadi.

Mehnat unumdorlgini o'lchash muammosi mazkur iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini aniqlashdan birmuncha murakkabroq. Amalda mehnat unumdorligining o'sishi va mahsulot ishlab chiqarishni o'lchashning turli usullaridan foydalaniladi. U yoki bu usulning qo'llanishi, birinchidan, mehnat unumdorligini o'lchash darajasiga, ikkinchidan esa, hisoblashni amalga oshiradigan iqtisodiy xizmat oldida qanday vazifa turganligi bilan bog'liqdir. Mehnat unumdorligini o'lchash darajasi bo'yicha bir xildagi mahsulotni ishlab chiqaradigan alohida ish o'rinlari (brigada, uchastkalar)ni ko'rsatib o'tish mumkin. Bu o'rinda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va ishlab chiqarish normalarini (dona, tonna, kub yoki kvadrat metr va hokazo) aniqlashning natural (tabiiy) usulini qo'llash maqsadga muvofiqdir. Bu usul oddiy, qulay va ishonchli bo'lsada, u faqat bir xil mahsulot ishlab chiqariladigan ish joylarida qo'llaniladi, shuning uchun ham amalda undan kamroq foydalaniladi. Korxonaning birigada va uchastkalarida butunlay bir xil mahsulot ishlab chiqarilsa, bunday holatdagina natural usul qo'llanilishi mumkin:

Natural usulning bir ko'rinishi shartli-natural usul bo'lib, bunda ish hajmi bir xil mahsulotning shartli birligida hisobga olinadi. Masalan, turli hajmdagi vagonlarga, turli hajmdagi konserva bankalari shartli bankalarga, turli poyabzallar shartli juftga aylantiriladi. Shartli o'lchovlarga aylantirish, odatda, o'tkazish birliklari koeffitsentlari yordamida amalga oshiriladi. Shartli natural usul qo'llanish uchun qulaydir, chunki

ko'pgina xilma-xil tovarlarning, xizmatlarning aylantirish koeffitsentlari yordamida ishlab chiqarishni qiyoslanadigan turga keltirish mumkin. Masalan, un, non va makaron mahsulotlari sotish xarajatlarini non-bulka mahsulotlarini shartli kilogrammiga aylantirish orqali ifodalash mumkin. Mehnat unumdorligini o'lchashning yana bir keng tarqalgan usuli mehnat usulidir.Mehnat usulining afzal tomoni uni barcha ish turlari va xizmatlarga tatbiq etish mumkinligidir. Biroq bu usuldan keng foydalanishda har bir ish turi uchun vaqt normativlari zarurdir, ular hamisha ham mavjud bo'lavermaydi. Bu usuldan ishbay ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini hisoblash uchun foydalanib bo'lmaydi, chunki ular uchun vaqt normalari tatbiq etilmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N., va boshqalar. "Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi". Toshkent: "O'qituvchi" - 2001-yil. - B. 445-462.

2. Gasanov M., Sokolov E. "O'zbekistonning mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari: savollar va javoblar". Toshkent: "O'qituvchi" - 2001-yil. - B. 10-13

3. Iqtisodiy nazariya. Sokolinskiy V.M. Ed - 2015.

4. Iqtisodiy nazariya. Nikolaeva I.P. Ed - 2015.

5. https://ilovs.ru/uz/otnosheniya/sposoby-povysheniya-proizvoditelnosti-truda-puti-povysheniya-proizvoditelnosti-truda.html.

6. https://fayllar.org/mehnat-unumdorligi-uni-oshirish-omillari-va-korsatkichlari-rej.html.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.